29.04.2004 yildagi 203-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2004-yil 29-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
203-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 29-apreldagi 203-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-martdagi 57-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2014-y., 11-son, 126-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 24-dekabrdagi PQ-2095-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-martdagi 244-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.03.2019-y., 09/19/244/2819-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy fuqarolarning va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasiga kelishlari, ketishlari, bu yerda bo‘lishlari va tranzit o‘tishlari tartibi to‘g‘risida” 1996-yil 21-noyabrdagi 408-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Xorijiy fuqarolarning va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasiga kelishlari va O‘zbekiston Respublikasidan ketishlari tartibi”da (1-ilova):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bandning “a” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“a) O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan xorijiy davlatlarning doimiy vakolatxonalari, xalqaro hukumatlararo tashkilotlar va xorijiy davlatlarning hukumat tashkilotlari vakolatxonalari, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazilgan xalqaro va xorijiy nodavlat (hukumatga qarashli bo‘lmagan) notijorat tashkilotlarning vakolatxonalari va filiallari xodimlariga (va ularning qaramog‘ida bo‘lgan ularning oila a’zolariga), shuningdek Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan matbuot vakillariga va ularning qaramog‘ida bo‘lgan ularning oila a’zolariga”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bandning “a” kichik bandidagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi” so‘zlari “Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“10. Yuridik shaxslar yoki O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan xorijiy davlatlarning doimiy vakolatxonalari, xalqaro hukumatlararo tashkilotlar va xorijiy davlatlarning hukumat tashkilotlari vakolatxonalari, xorijiy fuqarolarning, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazilgan xalqaro va xorijiy nodavlat (hukumatga qarashli bo‘lmagan) notijorat tashkilotlarning vakolatxonalari va filiallari taklifi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasiga kelmoqchi bo‘lgan xorijiy fuqarolar vizalar olish uchun O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi konsullik muassasalariga, bunday muassasalar bo‘lmagan taqdirda — O‘zbekiston Respublikasi uchun konsullik funksiyalarini bajarish yuzasidan kelishib olingan boshqa davlatlar konsullik muassasalariga ikki nusxada to‘ldirilgan belgilangan shakldagi viza anketasiga taklifnoma va milliy pasportni yoki uning o‘rnini bosadigan hujjatni (keyingi o‘rinlarda matnda “milliy pasport” deb yuritiladi) ilova qilgan holda murojaat qiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazilgan xorijiy fuqarolar — xalqaro va xorijiy nodavlat (hukumatga qarashli bo‘lmagan) notijorat tashkilotlarning vakolatxonalari va filiallari xodimlari hamda ularning oila a’zolari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining akkreditatsiya kartochkasi asosida viza olish va uning amal qilish muddatini uzaytirish uchun murojaat qiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuridik shaxslar yoki O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan xorijiy davlatlarning doimiy vakolatxonalari, xalqaro hukumatlararo tashkilotlar va xorijiy davlatlarning hukumat tashkilotlari vakolatxonalari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazilgan xalqaro va xorijiy nodavlat (hukumatga qarashli bo‘lmagan) notijorat tashkilotlarning vakolatxonalari va filiallari xorijiy fuqarolarga taklifnomalarni faqat O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga viza berilishida yordam ko‘rsatish to‘g‘risida iltimosnoma berganlaridan keyingina yuboradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan xorijiy davlatlarning doimiy vakolatxonalari, xalqaro hukumatlararo tashkilotlar va xorijiy davlatlarning hukumat tashkilotlari vakolatxonalari, xorijiy fuqarolarning, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazilgan xalqaro va xorijiy nodavlat (hukumatga qarashli bo‘lmagan) notijorat tashkilotlarning vakolatxonalari va filiallarining yozma murojaatlarini ko‘rib chiqadi va chet eldagi konsullik muassasalariga tegishli ko‘rsatmalar yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuridik shaxslarning taklifnomalariga binoan O‘zbekiston Respublikasiga kontrakt va shartnomalar bo‘yicha uch oydan ortiq muddatga ishga kelayotgan xorijiy fuqarolarga vizalar berish belgilangan tartibga muvofiq Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi tomonidan xorijiy fuqaroga berilgan mehnat faoliyatiga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlar asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan xorijiy fuqarolar — xalqaro hukumatlararo tashkilotlar va xorijiy davlatlarning hukumat tashkilotlari xodimlari va ularning oila a’zolari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan matbuot vakillari va ularning oila a’zolari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining akkreditatsiya kartochkasi asosida vizalarning amal qilish muddatini uzaytirish uchun murojaat qiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Viza berish hujjatlarini ko‘rib chiqish va xorijiy fuqaroga kelish vizasini rasmiylashtirish muddati 10 sutkadan oshmasligi kerak”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Xorijiy fuqarolarning va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasida bo‘lishlari qoidalarida (2-ilova):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-banddagi “diplomatik korpus hamda doimiy xorijiy vakolatxonalar” so‘zlari “xorijiy davlatlarning doimiy vakolatxonalari, xalqaro hukumatlararo tashkilotlar va xorijiy davlatlarning hukumat tashkilotlari vakolatxonalari, xalqaro va xorijiy nodavlat (hukumatga qarashli bo‘lmagan) notijorat tashkilotlarining vakolatxonalari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14-bandning “v” kichik bandidagi “xalqaro tashkilotlar” so‘zlari “xalqaro hukumatlararo tashkilotlar va xorijiy davlatlarning hukumat tashkilotlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27-bandning birinchi xatboshidagi “Davlat avtomobil nazorati” so‘zlari “Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati” so‘zlari bilan almashtirilsin”.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 31-avgustdagi 683-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 36-son, 951-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Vazirlar Mahkamasining “Muruvvat yordamidan va beg‘araz texnik ko‘makdan maqsadli foydalanilishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002-yil 26-iyuldagi 268-son qaroriga 1-ilovaning 3-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 7-son, 44-modda) quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“3. O‘zbekistonda muruvvat yordami ko‘rsatuvchi xalqaro va hukumatga qarashli bo‘lmagan xorijiy tashkilotlar vakolatxonalari va filiallari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tadilar. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijtimoiy kompleksining xulosasi xalqaro va hukumatga qarashli bo‘lmagan xorijiy tashkilot vakolatxonasi yoki filialini davlat ro‘yxatidan va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun asos hisoblanadi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-martdagi 125-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.03.2021-y., 09/21/125/0195-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-sentabrdagi 268-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2012-y., 37-son, 429-modda)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 17-son, 199-modda; 2012-y., 37-son, 429-modda; 2014-y., 11-son, 126-modda; 2017-y., 36-son, 951-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.03.2019-y., 09/19/244/2819-son; 10.03.2021-y., 09/21/125/0195-son)