Hujjat kuchini yo‘qotgan 07.07.2020 09.03.2001 yildagi 119-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 07.07.2020
Hujjat 05.05.2004 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2001-2002 YILLARDA XORIJIY INVESTORLARNI JALB ETGAN HOLDA KORXONALARNI DAVLAT TASARRUFIDAN ChIQARISh VA XUSUSIYLAShTIRISh BOʻYIChA KELGUSIDAGI ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 425-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 19-fevraldagi PF-5666-son Farmoni)” qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarini yanada chuqurlashtirish, xorijiy investorlarni obyektlarni xususiylashtirishga keng jalb etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi—beshinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 17-apreldagi 185-sonli qarori bilan chiqarib tashlangan — OʻR QHT, 2003-y., 7-8-son, 61-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat mulki boʻlgan obyektlarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-2-ilovalarda koʻrsatilgan korxonalarning xususiylashtiriladigan mulki (aksiyalar paketlari) qiymati erkin almashtiriladigan valyutada belgilanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy kompaniyalarning — baholash, auditorlik, konsalting va moliya agentlarining xizmatlariga haq toʻlash Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi tomonidan, Jahon bankining institutsional qayta oʻzgartirishlarni amalga oshirish uchun beradigan qarzi boʻyicha tushadigan mablagʻlar hisobiga, shuningdek davlat mulkini xususiylashtirishdan tushadigan umumiy mablagʻlar hisobiga amalga oshiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
baholash kompaniyalarining — Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlarining xizmatlariga haq toʻlash davlat mulkini xususiylashtirishdan tushadigan umumiy mablagʻlar hisobiga amalga oshiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
(2-bandning uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 14-noyabrdagi 512-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 21-son, 219-modda; )
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aksiyadorlik jamiyatlarining ustav fondini koʻpaytirishga investitsiyalarni, shu jumladan xorijiy investitsiyalarni jalb etishda davlat ulushi kamaytirilishiga yoʻl qoʻyiladi, aksiyalarining davlat paketi miqdori Hukumatning alohida qarorlari bilan belgilangan korxonalar bundan mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlariga tovar-xomashyo birjalarining hisob-kitob-kliring palatalari va “Koʻrgazmasavdo” aksiyadorlik jamiyati hisob raqamlaridagi, respublikaning vakolatli banklarida ochilgan chet el banklarining “Loro” korrespondentlik hisob raqamlaridagi, birjalarning hisob-kitob-kliring palatalaridagi maxsus hisob raqamlaridagi milliy valyutadagi mablagʻlaridan:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ham birlamchi, ham ikkilamchi bozorlarda mamlakatimiz emitentlarining aksiyalarini sotib olish uchun foydalanishga ruxsat berilsin;
(3-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-apreldagi 189-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 7-8-son, 63-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tender savdolarini oʻtkazish boʻyicha Davlat komissiyasi qaroriga koʻra davlat mulki uchun haq toʻlashning aralash shaklini amalga oshirishda foydalanishga ruxsat etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Tender savdolarini oʻtkazish boʻyicha Davlat komissiyasiga davlat mulkini xorijiy investorlarga sotishda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasining Vazirlar Mahkamasi komplekslari bilan kelishilgan takliflari yuzasidan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy investorlar tomonidan ular sotib olishadigan aksiyalar paketlari va obyektlar uchun haq toʻlashning turli shakllarini moslashtirilgan holda qoʻllash toʻgʻrisida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-ilovaga kiritilgan obyektlar negizida belgilangan tartibda qoʻshma korxonalar tashkil etish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki bilan birgalikda ikki hafta muddatda Xorijiy investorlar tomonidan ular sotib olishadigan aksiyalar paketlari va obyektlar uchun haq toʻlash shakllari toʻgʻrisidagi Nizomni belgilangan tartibda ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirliklar, idoralar va xoʻjalik birlashmalari bilan birgalikda fond bozorida, shu jumladan xorijiy investorlarga sotish uchun yoʻnaltiriladigan resurslarni mehnat jamoalari ulushini va aksiyalarning boshqa paketlarini qisqartirish hisobiga koʻpaytirish maqsadida aksiyadorlik jamiyatlari ustav fondlarini 2001-yil 1-sentabrgacha xatlovdan oʻtkazsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 6-ilovaga* muvofiq qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
*6-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2001-yil 9-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
119-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
2001-yil 9-martdagi 119-son qaroriga
5-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat mulki boʻlgan obyektlarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga, “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq ishlab chiqilgan hamda davlat mulki boʻlgan obyektlarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish tartibotlarini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasida davlat tasarrufidan chiqarish (xususiylashtirish) quyidagi shakllarda amalga oshirilishi mumkin:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat korxonasini xoʻjalik jamiyatiga (aksiyadorlik jamiyatiga, masʼuliyati cheklangan hamda qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatga), shirkatga yoki boshqa tijorat tashkilotlariga aylantirish;
(2-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 5-sentabrdagi 317-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2002-y., 17-18-son, 135-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat mulki boʻlgan obyektlarni va (yoki) davlatga tegishli aksiyalarni, ulushlar va mulkiy paylarni jismoniy va nodavlat yuridik shaxslarga, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlariga birja va birjadan tashqari savdolarda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda sotish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Davlat tasarrufidan chiqarish (xususiylashtirish) shakllarini tanlash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yoki Davlat mulki qoʻmitasining (Davlat mulki qoʻmitasi hududiy boshqarmasining) qarorlariga muvofiq, ishlab chiqarish xususiyatlarini, korxonalar faoliyati samaradorligini oshirish maqsadlarini va ishlab chiqarish koʻlamlarini, asosiy fondlar qiymatini hamda potensial investorlar takliflarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasining respublikadan tashqarida joylashgan mulkini davlat tasarrufidan chiqarish (xususiylashtirish) Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga va xalqaro shartnomalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Davlat tasarrufidan chiqarish (xususiylashtirish)ning borishi, mulkni sotish boʻyicha bitishuvlar va sotib olish tushumlari summasi toʻgʻrisidagi statistik axborot Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi tomonidan, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi belgilagan tartibda va muddatlarda statistika organlariga taqdim etiladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-fevraldagi 112-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 4-son, 42-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Davlat tasarrufidan chiqarish (xususiylashtirish) jarayonlari boʻyicha tashabbus koʻrsatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Davlat tasarrufidan chiqarish (xususiylashtirish) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi yoki uning hududiy boshqarmalari tomonidan Vazirlar Mahkamasi qarorlari, Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan (belgilanadigan) davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish dasturlari (korxonalar roʻyxatlari), shuningdek, yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatnomalari (buyurtmanomalari) asosida amalga oshiriladi,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan yoki davlat tasarrufidan chiqarish (xususiylashtirish) dasturiga kiritilgan obyektlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi tomonidan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxslar birlashmalari bilan birgalikda har bir obyekt boʻyicha davlat tasarrufidan chiqarish (xususiylashtirish) jarayonlarini amalga oshirish jadvallari tasdiqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat tasarrufidan chiqarish (xususiylashtirish)ni amalga oshiruvchi organ — Davlat mulki qoʻmitasi yoki uning hududiy boshqarmasi belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan yoki davlat tasarrufidan chiqarish (xususiylashtirish) dasturiga kiritilgan obyektlar boʻyicha davlat tasarrufidan chiqarish (xususiylashtirish) yuzasidan mehnat jamoasi aʼzolaridan buyurtmanomalar talab qilinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Ushbu Nizomning 7-bandida koʻrsatilmagan obyektlar boʻyicha davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish yuridik yoki jismoniy shaxslarning, shu jumladan, ushbu korxonalar mehnat jamoalari aʼzolarining buyurtmanomalari asosida amalga oshirilishi mumkin. Davlat tasarrufidan chiqarish yoki xususiylashtirishni amalga oshiruvchi organni (Davlat mulki qoʻmitasi yoki uning hududiy boshqarmasini) belgilash Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadigan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Davlat tasarrufidan chiqarish (xususiylashtirish) yuzasidan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nodavlat yuridik shaxslardan (shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlaridan) buyurtmanoma mulkdorlar tomonidan yoki mulkdorlar bunga vakil qilgan shaxslar tomonidan imzolangan va arizachining muhri bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak (1-ilova*);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy shaxsdan (Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosidan, xorijiy davlat fuqarosidan va fuqaroligi boʻlmagan shaxsdan) buyurtmanoma uning tomonidan yoki bunga vakil qilingan shaxs tomonidan imzolangan boʻlishi kerak (2-ilova*);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxonaning mehnat jamoasidan buyurtmanoma mehnat jamoasi aʼzolarining umumiy yigʻilishi (konferensiyasi) tomonidan bunga vakil qilingan korxona, boʻlinma mehnat jamoasi aʼzosi tomonidan imzolanadi (3-ilova*). Mehnat jamoasi buyurtmanomasiga mehnat jamoasi umumiy yigʻilishi (konferensiyasi)ning korxona muhri bilan tasdiqlangan protokolidan koʻchirma, imzolash varaqasi ilova qilinadi. Yuqorida sanab oʻtilgan barcha hujjatlar korxona muhri bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 1—3-ilovalar matni rus tilida berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Korxona (obyekt)ni davlat tasarrufidan chiqarish (xususiylashtirish) yuzasidan buyurtmanoma Davlat mulki qoʻmitasining davlat tasarrufidan chiqarilayotgan (xususiylashtirilayotgan) korxona (obyekt) joylashgan joy boʻyicha hududiy boshqarmasiga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Davlat tasarrufidan chiqarish (xususiylashtirish) yuzasidan buyurtmanomaga eng kam oylik ish haqining besh baravari miqdoridagi maxsus yigʻim toʻlanganligi toʻgʻrisidagi hujjat nusxasi ilova qilingan boʻlishi kerak. Yigʻim summasi, koʻrib chiqish natijalaridan qatʼi nazar, arizachiga qaytarilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Buyurtmanoma berilgan vaqtdan boshlab oʻn kun mobaynida Davlat mulki qoʻmitasi yoki uning hududiy boshqarmasi tomonidan arizachiga yozma shaklda davlat tasarrufidan chiqarish (xususiylashtirish)ni oʻtkazish yoki oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisida qabul qilingan qaror haqidagi axborot yetkaziladi. Axborotda davlat tasarrufidan chiqarish (xususiylashtirish)ni amalga oshiruvchi organ — Davlat mulki qoʻmitasi yoki uning hududiy boshqarmasi koʻrsatiladi, Salbiy qaror qabul qilingan taqdirda arizachiga rad etish sabablari xabar qilinadi. Bunda rad etish sabablari bilan birga davlat tasarrufidan chiqarish (xususiylashtirish) amalga oshirilishi mumkin boʻlgan shartlar va muddatlar koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Oliy Majlisning 1995-yil 31-avgustdagi 119-1-son qaroriga 2-ilovaga kiritilgan korxona (obyekt)ni davlat tasarrufidan chiqarish (xususiylashtirish) yuzasidan buyurtmanoma tushgan taqdirda hamda davlat tasarrufidan chiqarish (xususiylashtirish) jarayonini oʻtkazishga toʻsqinlik qiluvchi sabablar mavjud boʻlmaganda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi uni davlat tasarrufidan chiqarish (xususiylashtirish) toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritadi. Vazirlar Mahkamasi tomonidan ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda Davlat mulki qoʻmitasi tomonidan korxona (obyekt)ni davlat tasarrufidan chiqarish (xususiylashtirish) ushbu Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Vazirlar Mahkamasi tomonidan davlat tasarrufidan chiqarish (xususiylashtirish) toʻgʻrisida qarorlar qabul qilingan, Davlat tasarrufidan chiqarish (xususiylashtirish) dasturi tasdiqlangan, obyektni davlat tasarrufidan chiqarish (xususiylashtirish) yuzasidan buyurtmanomalar berilgan vaqtdan boshlab hamda ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda ushbu korxonaga (ulush, pay, aksiyalarga) mulkiy egalik qilish huquqi boshqa mulkdorga berilgungacha yoki korxonani qayta oʻzgartirish rad etilgungacha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxonani qayta tashkil etish va tugatish (belgilangan tartibda bankrotlik tartibotini oʻtkazish bundan mustasno);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat tasarrufidan chiqarilayotgan (xususiylashtirilayotgan) korxonaning xoʻjalik yuritish yoki operativ boshqarish huquqidagi mulkini, mulkiy huquqlarini begonalashtirish (roʻyxatdan chiqarish) taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Davlat tasarrufidan chiqarish (xususiylashtirish)ni oʻtkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Davlat tasarrufidan chiqarish (xususiylashtirish)ni oʻtkazish uchun Davlat mulki qoʻmitasi yoki uning hududiy boshqarmasi Davlat tasarrufidan chiqarish (xususiylashtirish) boʻyicha komissiya (keyingi oʻrinlarda Komissiya deb ataladi) tuzadi. Komissiya tarkibiga Davlat mulki qoʻmitasi yoki uning hududiy boshqarmasi vakillari bilan bir qatorda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarkibiga davlat tasarrufidan chiqarilayotgan (xususiylashtirilayotgan) korxona kiradigan yuridik shaxslar birlashmasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat tasarrufidan chiqarilayotgan (xususiylashtirilayotgan) korxona maʼmuriyati va mehnat jamoasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moliya, monopoliyaga qarshi kurashish va soliq organlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmat koʻrsatuvchi bank;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
joylardagi davlat hokimiyati organlari vakillari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqa mutaxassislar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Ushbu Nizomning 7-bandiga muvofiq tuzilgan davlat tasarrufidan chiqarish (xususiylashtirish) jarayonlarini oʻtkazish grafigi asosida yoki davlat tasarrufidan chiqarish (xususiylashtirish) yuzasidan buyurtmanoma asosida davlat mulki obyektini davlat tasarrufidan chiqarish (xususiylashtirish) toʻgʻrisida qaror qabul qilingandan keyin Davlat mulki qoʻmitasi yoki uning hududiy boshqarmasi tegishli organlardan ularni Komissiya tarkibiga kiritish uchun soʻrovni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Tegishli boshqaruv organlarining va ushbu Nizomning 15-bandida koʻrsatilgan muassasalarning rahbarlari Davlat mulki qoʻmitasi yoki uning hududiy boshqarmasi soʻrovnomasi olingandan keyin uch kun muddatda Komissiya tarkibiga kiritish uchun nomzod toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni xabar qiladilar hamda keyinchalik uning Komissiya ishlarida ishtirok etishi uchun sharoitlarni taʼminlaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya aʼzolarining Komissiyada ishlagan vaqti uchun asosiy ish joyi boʻyicha ish haqi va boshqa qoʻshimcha toʻlovlari saqlanib qoladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Komissiya faoliyatiga rahbarlik qilish va uning ishlarini tashkil etish Davlat mulki qoʻmitasi yoki uning hududiy boshqarmasi oʻz xodimlaridan tayinlaydigan Komissiya raisi tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya raisi oʻz vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya aʼzolariga, davlat mulki boʻlgan qayta oʻzgartirilayotgan obyektning mansabdor shaxslariga Komissiya faoliyati masalalari boʻyicha topshiriqlar berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat mulki qoʻmitasi yoki uning hududiy boshqarmasi koʻrib chiqishi uchun Komissiya ish tartibini muntazam ravishda buzuvchi ayrim aʼzolarni Komissiya tarkibidan chiqarish, ularni tegishli ravishda almashtirish masalalarini kiritish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Komissiya majlisi unda Komissiya aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi, shu jumladan, Komissiya raisi qatnashgan taqdirda huquqiy kuchga ega hisoblanadi. Komissiya qarorlari uning aʼzolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovoz berish ochiq usulda oʻtkaziladi. Komissiyaning har bir aʼzosi bitta ovozga ega boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya qarorining qabul qilinishiga rozi boʻlmagan Komissiya aʼzosi oʻz mulohazasini yozma ravishda bayon qilish va uni Davlat mulki qoʻmitasiga yoki uning hududiy boshqarmasiga yuborish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Komissiya alohida ish yoʻnalishlari boʻyicha ekspertlar guruhlarini shakllantirishi, davlat tasarrufidan chiqarilayotgan (xususiylashtirilayotgan) korxona mablagʻlari hisobidan haq toʻlagan holda baholovchilarni, konsultatsiya, auditorlik tashkilotlarini va boshqa tashkilotlarni jalb etishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Korxonani davlat tasarrufidan chiqarish (xususiylashtirish)ga tayyorlash boʻyicha Komissiya tomonidan amalga oshiriladigan ishlar quyidagilardan iborat boʻladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxonaning ishlab chiqarish va noishlab chiqarish fondlarini xatlovdan oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat tasarrufidan chiqariladigan va xususiylashtiriladigan mulklar tarkibini aniqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyektning baholash qiymatini, shu jumladan, baholash faoliyatini amalga oshirish yuzasidan litsenziyaga ega boʻlgan tashkilotlar xulosasi asosida belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnat jamoasida tushuntirish ishlarini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa masalalarni hal etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Davlat tasarrufidan chiqarilayotgan (xususiylashtirilayotgan) korxona maʼmuriyati mulklarni xatlovdan oʻtkazish dalolatnomalarini tayyorlash uchun ishchi komissiya tuzadi. Ishchi komissiya oʻz faoliyatini Komissiya rahbarligida amalga oshiradi. Ishchi komissiya aʼzolari taqdim etilayotgan hujjatlarning toʻgʻriligi uchun amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Komissiya Davlat mulki qoʻmitasiga yoki uning hududiy boshqarmasiga koʻrib chiqish uchun:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxonani aksiyadorlik jamiyatiga, boshqa xoʻjalik jamiyatiga, shirkatga yoki boshqa tijorat tashkilotiga aylantirish toʻgʻrisidagi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxonani mulk kompleksi sifatida toʻliq sotish toʻgʻrisidagi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxonani qayta tashkil etish (qoʻshib yuborish, birlashtirish, boʻlish, ajratish), shuningdek, qayta tashkil etish jarayonida vujudga keladigan obyektlarni davlat tasarrufidan chiqarish (xususiylashtirish) shakllari toʻgʻrisidagi takliflardan bittasini kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Korxonani xoʻjalik jamiyatiga yoki shirkatga aylantirishda Komissiya tomonidan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat mulki qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadigan shakl boʻyicha, davlat tasarrufidan chiqarishning namunaviy rejasiga muvofiq davlat tasarrufidan chiqarish (xususiylashtirish) rejasi tuziladi, unda davlat tasarrufidan chiqarish (xususiylashtirish)ni oʻtkazishning tavsiya etilayotgan muddatlari, obyektning baholash qiymati, qonunchilikka muvofiq korxona mehnat jamoasining ayrim aʼzolariga tavsiya etilayotgan imtiyozlar koʻrsatiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mulk qiymatini baholash dalolatnomalari, taʼsis hujjatlari loyihalari, biznes-reja tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Komissiyaning obyektlarni toʻliq sotish toʻgʻrisidagi takliflarida quyidagilar boʻlishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyektni mulk kompleksi sifatida toʻliq sotish afzalliklarining asoslanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshlangʻich narxning hisob-kitob va asoslanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sotishning tavsiya etilayotgan usuli (birja, kimoshdi, tender yoki investitsiya savdolari).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Korxonani qayta tashkil etish (qoʻshib yuborish, birlashtirish, boʻlish, ajratish, oʻzgartirish) toʻgʻrisida takliflar kiritilganda Komissiya uni qayta tashkil etishning zarurligini asoslashi va qayta tashkil etishga doir tadbirlar rejasini tuzishi kerak. Taqdim etilgan hujjatlarda, zarurat boʻlganda, qayta oʻzgartirilayotgan birliklar oʻrtasida majburiyatlarning taqsimlanishi va boshqa aloqalar boʻyicha takliflar boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Komissiyaning ish yakunlari boʻyicha Davlat mulki qoʻmitasiga yoki uning hududiy boshqarmasiga majlislar protokollari, Komissiya tasdiqlagan mulk qiymatini baholash dalolatnomalari, ishlab chiqarish va boshqa boʻlinmalarning, yer uchastkalarini taqsimlashning tavsifi (reja-sxemasi, hajmlari, joylashishi), qayta oʻzgartirish obyektining baholash qiymati toʻgʻrisidagi xulosa, ushbu Nizomning 23—26-bandlariga muvofiq davlat tasarrufidan chiqarish (xususiylashtirish) shakliga doir takliflar, shuningdek:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxona soliq boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilgan joydagi soliq organi tomonidan tasdiqlangan korxona balansi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobot (2-shakl);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
debitorlik va kreditorlik qarzlarning, shu jumladan, toʻlov muddati oʻtganlarining yoyilmasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer uchastkalari, yer osti boyliklari va boshqa tabiiy resurslardan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tarkibiy oʻzgartirishlar boʻyicha rejalarda korxonalarning monopolist (monopolistlar) korxonalar (yuridik shaxslar guruhlari) paydo boʻlishiga olib keluvchi qoʻshib yuborilishi nazarda tutilgan hollarda monopoliyaga qarshi kurashish organining rozilik xati ham taqdim etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya tomonidan korxonani masʼuliyati cheklangan hamda qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatga yoki shirkatga aylantirish toʻgʻrisida taklif kiritilganda ayni bir vaqtda 4-ilovaga muvofiq yuridik shaxslarning yoki 4a-ilovaga muvofiq jismoniy shaxslarning qayta tashkil etilayotgan korxonaning ustav fondidan muayyan ulushlar sotib olish xohishi toʻgʻrisidagi buyurtmanomalari taqdim etiladi.
(27-bandning yettinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 5-sentabrdagi 317-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2002-y., 17-18-son, 135-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya tomonidan korxonani aksiyadorlik jamiyatiga aylantirish toʻgʻrisida taklif kiritilganda aksiyalarning mehnat jamoasi aʼzolariga sotishga tavsiya etilgan paketi doirasida, ularning har biri tomonidan ular koʻrsatgan summaga aksiyalar sotib olish xohishi toʻgʻrisida 5-ilovaga* muvofiq shakl boʻyicha mehnat jamoasi aʼzolarining imzolash varaqasi taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya tomonidan mehnat jamoasining qonunchilikka muvofiq imtiyozlar olish huquqiga ega boʻlgan aʼzolari roʻyxati ham taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 4, 4a, 5-ilovalar matni rus tilida berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Komissiya ishlarining umumiy muddati Komissiya tuzilgan vaqtdan boshlab ikki oydan oshmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Komissiya taqdim etgan materiallar va hujjatlar koʻrib chiqilgandan keyin Davlat mulki qoʻmitasi yoki uning hududiy boshqarmasi bir hafta muddatda quyidagi qarorlardan bittasini qabul qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiyaga hujjatlarni, qaytarish sabablarini koʻrsatgan va hujjatlarni takroriy taqdim etish muddatini belgilagan holda puxtalashtirish uchun qaytaradi, hujjatlarni takroriy taqdim etish muddati ular qaytarilgan vaqtdan boshlab 10 kundan oshmasligi kerak. Agar Komissiya tomonidan hujjatlar takroriy taqdim etilganda ularda davlat tasarrufidan chiqarish yoki xususiylashtirish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga imkon bermaydigan jiddiy kamchiliklar topilsa, Komissiya tarqatib yuboriladi va yangi Komissiya tuziladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat tasarrufidan chiqarish yoki xususiylashtirish toʻgʻrisida buyruq chiqaradi. Korxona aksiyadorlik jamiyatiga aylantirilganda namunaviy ustavga va emissiya prospektiga muvofiq tuzilgan ustav va emissiya prospektini ayni bir vaqtda buyruq bilan tasdiqlaydi. Korxona masʼuliyati cheklangan hamda qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatga aylantirilganda buyruq bilan bir vaqtning oʻzida ustav hamda davlat mulkida saqlanib qoladigan va investorlarga sotiladigan ustav fondidagi ulushlar tasdiqlanadi.
(29-bandning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 5-sentabrdagi 317-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2002-y., 17-18-son, 135-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Buyruq, ustav, emissiya prospekti (chiqarish toʻgʻrisidagi axborot) Davlat mulki qoʻmitasi yoki uning hududiy boshqarmasi vakolatli rahbari tomonidan imzolanadi, qonunchilikda belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkaziladi, tarqatiladi va saylanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Buyruqni bajarish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xoʻjalik jamiyatini, shirkatni yoki boshqa tashkilotni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha — uning rahbariga;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxona xoʻjalik jamiyatiga aylantirilganda obyektlarni toʻliq, ustav fondidan ulushlarni (aksiyalarni), shu jumladan, mehnat jamoasi aʼzolariga sotish, boshqaruv organlarini shakllantirishni tashkil etish boʻyicha — tegishli ravishda Davlat mulki qoʻmitasining aniq xodimlariga, Davlat mulki qoʻmitasining vakolatli agentlariga yuklanadi.
(31-bandning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 5-sentabrdagi 317-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2002-y., 17-18-son, 135-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31-1. Davlat mulki qoʻmitasi yoki uning hududiy boshqarmasi davlat korxonalarini qayta oʻzgartirish natijasida tashkil etiladigan masʼuliyati cheklangan hamda qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlarning muassisi hisoblanadi.
(5-ilova 31-1-band bilan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 5-sentabrdagi 317-sonli qaroriga muvofiq toʻldirilgan — OʻR QHT, 2002-y., 17-18-son, 135-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Korxona xoʻjalik jamiyatiga, shirkatga yoki boshqa tashkilotlarga aylantirilganda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uni davlat roʻyxatidan oʻtkazish taʼsis hujjatlari taqdim etilgandan keyin roʻyxatdan oʻtkazish organlari tomonidan qonunchilikda belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqaruv organlarini saylash (tayinlash) davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan keyin oʻn kun muddatda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Davlat korxonalari negizida tashkil etilgan xoʻjalik jamiyatlarida va shirkatlarda mavjud boshqaruv organlari ular qayta saylangungacha (qayta tayinlangungacha) faoliyatini davom ettirishadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Qonunchilikka muvofiq davlat tasarrufidan chiqarish (xususiylashtirish) davrida korxona maʼmuriyati ilgari tuzilgan jamoa shartnomasining barcha qoidalariga rioya etishga majburdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mulkka egalik qilish huquqi yangi mulkdorga oʻtgan vaqtdan boshlab olti oy mobaynida uning bilan korxonaning mehnat jamoasi oʻrtasida yangi jamoa shartnomasi tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Agar taʼsis hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, davlat mulki obyekti negizida yangidan tashkil etilgan xoʻjalik jamiyati yoki shirkat davlat tasarrufidan chiqarilgan yoki xususiylashtirilgan vaqtda korxonada mavjud boʻlgan barcha huquqlar va majburiyatlarning, shu jumladan, yerlardan, yer osti boyliklaridan va boshqa tabiiy resurslardan foydalanish huquqlarining huquqiy vorisi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Alohida davlat korxonalari davlat tasarrufidan chiqarilganda va xususiylashtirilganda tayyorgarlik ishlarini amalga oshirish, obyekt qiymatini baholash, xususiylashtirish strategiyasini ishlab chiqish va oldi-sotdi jarayonini amalga oshirish uchun Davlat mulki qoʻmitasi hayʼati qaroriga binoan moliyaviy, texnik va boshqa konsultantlar jalb etilishi mumkin. Agentlar va konsultantlarning aniq vazifalari Davlat mulki qoʻmitasi yoki uning topshiriqlariga binoan vakolatli agentlar tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Alohida davlat korxonalari qayta tashkil etilganda strategik investorlarni jalb etish maqsadida, yakka tartibdagi loyihalar boʻyicha xususiylashtirishni amalga oshirish uchun belgilangan tartibda tashkil qilinadigan hukumat va nohukumat tashkilotlari ham jalb etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Ochiq aksiyadorlik jamiyatlarini taʼsis etish xususiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Davlat mulki qoʻmitasi yoki uning hududiy boshqarmasi davlat korxonalarini qayta tashkil qilish natijasida barpo etiladigan aksiyadorlik jamiyatlarining taʼsischilari boʻladilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Aksiyadorlik jamiyatlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyish uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(38-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 22-avgustdagi 347-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 15-16-son, 106-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyadorlik jamiyatlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish ular joylashgan joyda, hokimliklar apparatining korxonalarni roʻyxatdan oʻtkazishga masʼul boʻlgan tegishli boʻlimlari tomonidan bir hafta muddatda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizomga muvofiq taʼsis etilgan aksiyadorlik jamiyatlarini roʻyxatdan oʻtkazishda roʻyxatdan oʻtkazish yigʻimlari va boshqa toʻlovlar undirilmaydi. Davlat roʻyxatidan oʻtkazishning rad etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyadorlik jamiyatining roʻyxatdan oʻtkazilgan hamda notarial tasdiqlangan ustavi nusxasi uning rahbari tomonidan Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markaziga (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) yuboriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(39-40-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-apreldagi 189-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2003-y., 7-8-son, 63-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Davlat mulki qoʻmitasi yoki uning hududiy boshqarmasi tomonidan korxonani xususiylashtirish rejasi tasdiqlanishi uni ochiq aksiyadorlik jamiyatiga aylantirish toʻgʻrisidagi qaror, emissiya prospektini tasdiqlash esa — aksiyalar chiqarish (emissiya) toʻgʻrisidagi qaror hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Davlat korxonalarini aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirish jarayonida emissiya qilingan aksiyalar belgilangan tartibda yangi mulkdorga sotilgunga qadar birlamchi joylashtirilgan davlat aktivlari hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Korxonani qayta oʻzgartirish toʻgʻrisidagi buyruq, emissiya prospekti (aksiyalar chiqarish soʻrovnomasi) ular imzolangandan va tasdiqlangandan keyin uch kun muddatda Davlat mulki qoʻmitasi yoki uning hududiy boshqarmasi tomonidan qiymatli qogʻozlar chiqarishni roʻyxatdan oʻtkazish uchun Markazga yuboriladi.
(43-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 9-iyuldagi 307-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 13-son, 108-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Markaz qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda qonun hujjatlarida belgilangan hujjatlarni olgandan keyin:
(44-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 9-iyuldagi 307-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 13-son, 108-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qiymatli qogʻozlar chiqarilishini roʻyxatdan oʻtkazadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aksiyalar namunalari (eskizlari)ni tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat roʻyxatidan oʻtkazish sanasi, kodi koʻrsatilgan va “Roʻyxatdan oʻtkaziladi” degan belgi qoʻyilib, ip oʻtkazib tikilgan va oʻz muhri bilan tasdiqlangan emissiya prospektining bir nusxasini aksiyadorlik jamiyatiga beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat mulki qoʻmitasi yoki uning hududiy boshqarmasining korxonani qayta oʻzgartirish toʻgʻrisidagi buyrugʻi nusxasi bilan birgalikda qiymatli qogʻozlar chiqarilishini hisobga olish uchun emissiya prospektining ikkinchi nusxasini Markaziy depozitariyga beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Birlamchi emissiya prospektlari (aksiyalar chiqarilishi) Markaz tomonidan tekin roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. Markaziy depozitariy mazkur Nizomning 43-bandida sanab oʻtilgan hujjatlar olingandan keyin uch kun muddatda emissiya prospekti roʻyxatini tuzadi va emissiya qilinayotgan aksiyalarni hisobga oladi. Davlatga tegishli aksiyalar bilan operatsiyalar boʻyicha Markaziy depozitariy xizmatlariga va ularni saqlash uchun haq toʻlash davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan tushgan mablagʻlar hisobiga Davlat mulki qoʻmitasi tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47. Agar emissiya prospektida aksiyalarni maxsus blankalar (naqd shaklda) shaklida chiqarish nazarda tutilsa, ularni tayyorlashga Davlat mulki qoʻmitasi yoki uning hududiy boshqarmasi tomonidan davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan tushgan mablagʻlar hisobiga haq toʻlanadi. Bunda ularni chiqarish muddati, shu jumladan, Davlat mulki qoʻmitasi yoki uning hududiy boshqarmasi buyurtmasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining litsenziyasiga ega boʻlgan matbaa korxonalari tomonidan tayyorlash ham shu jumlaga kiradi, Markaziy depozitariyga saqlash uchun berish emissiya prospekti roʻyxatdan oʻtkazilgan vaqtdan boshlab bir oydan ortiq boʻlmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48. Aksiyalarni mehnat jamoasi aʼzolari oʻrtasida tarqatish emissiya prospektiga muvofiq, shuningdek, Davlat mulki qoʻmitasi yoki uning hududiy boshqarmasi buyrugʻi bilan (buyruqda aksiyalar haqini boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan sotib olgan mehnat jamoasi ayrim aʼzolariga berilgan imtiyozlar koʻrsatiladi, biroq bu muddat bir yildan ortiq boʻlmasligi kerak) Davlat mulki qoʻmitasi yoki uning hududiy boshqarmasining vakolatli agenti tomonidan amalga oshiriladi (buyruqqa ilova qilinadigan roʻyxatga muvofiq).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Davlat mulki boʻlgan, davlat tasarrufidan chiqarilayotgan (xususiylashtirilayotgan) korxona (obyekt)ning baholash qiymatini hamda uni sotishning taklif qilinayotgan dastlabki (boshlangʻich) narxini belgilash
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49. Davlat tasarrufidan chiqarilayotgan (xususiylashtirilayotgan) korxonalar (obyektlar) mol-mulkini baholash qiymati “Oʻzbekiston Respublikasi mol-mulkni baholash milliy tizimi” standartiga muvofiq belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Baholash qoidaga koʻra uch usulda: xarajat, daromad, qiyosiy sotuvlar usullari boʻyicha amalga oshiriladi. Baholashning ushbu uch usulidan birortasini qoʻllanish mumkin boʻlmagan taqdirda baholovchi u yoki bu usulni qoʻllashdan voz kechganligini asoslashi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Baholash qiymati milliy valyutada aniqlanadi, ayni bir vaqtda u Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining baholash oʻtkazilayotgan paytdagi kursi boʻyicha AQSh dollarida fiksatsiya qilinadi, agar qonun hujjatlarida mol-mulkni baholashning boshqacha tartibi belgilanmagan boʻlsa.
(49-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 17-apreldagi 185-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2003-y., 7-8-son, 61-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(50-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 17-apreldagi 185-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2003-y., 7-8-son, 61-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51. Mazkur Nizomning 49-bandida koʻrsatilgan usulni qoʻllashda xarajat baholanayotgan mol-mulk tarkibiga quyidagilar kiritiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxona balansida boʻlgan barcha asosiy vositalar, ularning texnik holatidan qatʼi nazar, ham ishlab turgan (vaqtincha toʻliq taʼmirlashda va modernizatsiyada boʻlgan obyektlar ham shu jumlaga kiradi), ham konservatsiyada, zaxirada yoki rezervda boʻlgan (oʻrnatilmagan asbob-uskunalar), ishlab chiqarish va xoʻjalik inventari, ish mollari va mahsuldor mollar, koʻp yillik daraxtlar va asosiy vositalarning boshqa turlari, shuningdek, boshqa korxonalar va tashkilotlarga foydalanishga, ijaraga berilgan asosiy vositalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqa uzoq muddatli aktivlar, shu jumladan, nomoddiy aktivlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aylanma aktivlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqa aktivlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mol-mulkni baholash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) ishga tushirish yoki sotib olish vaqtida dastlabki qiymatdan kelib chiqilgan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 18-iyundagi 293-son, 1993-yil 1-iyundagi 261-son va 1994-yil 28-noyabrdagi 572-son va 2000-yil 26-dekabrdagi 500-son qarorlariga muvofiq indeksatsiya koeffitsiyentlari hisobga olingan holda qayta hisoblab chiqilgan asosiy fondlarning balans qiymati belgilanadi;
(51-bandning 1-kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 17-apreldagi 185-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 7-8-son, 61-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) asosiy fondlarning qiymatini tayyorlovchi zavodlar narxlariga, preyskurantlar, prays-varaqlar va boshqalarga muvofiq boʻlgungacha qayta baholash yoʻli bilan yoki baholash sanasida Hukumat qarori boʻyicha asosiy fondlarni soʻnggi qayta baholash sanasidan boshlab Iqtisodiyot vazirligi maʼlumotlari boʻyicha asosiy fondlar qiymati qimmatlashishi koeffitsiyentlarini qoʻllash yoʻli bilan asosiy fondlarning amaldagi narxlardagi (bozor narxlaridan yuqori boʻlmagan) tiklash qiymati aniqlanadi.
(2-kichik bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-fevraldagi 112-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 4-son, 42-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10 foizdan kamroq qoldiq, qiymatga ega boʻlgan asosiy fondlar boʻyicha ustav fondiga ularning amaldagi narxlardagi tiklash qiymatining 10 foizi miqdoridagi qiymati kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Avtotransport vositalarini baholash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat avtomototransport vositalarini sotish tartibi toʻgʻrisida” 1994-yil 28-sentabrdagi 489-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) 1997-yil 1-yanvargacha amal qilgan va 1997-yil 1-yanvardan keyin joriy etilgan asosiy fondlarni toʻliq tiklashga va ulardan foydalanish muddatlariga belgilangan tegishli amortizatsiya normalaridan kelib chiqib asosiy fondlarning eskirishi hajmi belgilanadi. Ishchi komissiyaning qaroriga koʻra eskirish darajasi asosiy fondlarning dastlabki isteʼmol qiymatlari yoʻqolishi darajasiga qarab aniqlashtirilishi mumkin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) amaldagi narxlarda tiklash qiymati bilan foydalanish davridagi muayyan normativ eskirish hajmi oʻrtasidagi tafovut sifatida amaldagi narxlarda asosiy fondlarning qoldiq qiymati aniqlanadi. Asosiy fondlarni baholash dalolatnomasi 6-ilovaga* muvofiq tuziladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) ijtimoiy infratuzilma obyektlarini baholash dalolatnomasi 7-ilovaga* muvofiq tuziladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6) kapital qoʻyilmalarni (tugallanmagan qurilish va oʻrnatilmagan asbob-uskunalarni) baholash dalolatnomalari 8 va 9-ilovalarga* muvofiq baholash paytida amalda boʻlgan narxlarda tuziladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7) oxirgi (baholash sanasidagi) korxonaning buxgalteriya balansi yoki aylanma aktivlar qiymatini qayta roʻyxatdan oʻtkazish maʼlumotlari (ishlab chiqarish zaxiralari, tugallanmagan ishlab chiqarish, tayyor mahsulot, pul mablagʻlari, qisqa muddatli qoʻyilmalar, debitorlik qarzlar), shuningdek, korxonaning majburiyatlari (uzoq muddatli va qisqa muddatli qarzlar va kreditlar, avanslar, kreditorlik qarzlar) aniqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8) yer uchastkalaridan, yer osti boyliklaridan va boshqa tabiiy resurslardan foydalanish huquqi qiymati baholanadi, uning natijalari 10-ilovaga* muvofiq dalolatnomada aks ettiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9) aylanma vositalarga tegishli boʻlgan tovar-moddiy boyliklar, shuningdek, arzonbaho va tez eskiradigan buyumlar amaldagi ulgurji yoki chakana narxlarda baholanadi, boyliklarning ayrim turlariga yangi narxlar hisobga olingan holda ularning qiymati aniqlashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 6—10-ilovalar matni rus tilida berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
52. Baholash natijalari boʻyicha 11-ilovaga* muvofiq mol-mulkni baholash yigʻma dalolatnomasi tuziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
53. Korxonani (mol-mulk, ulushlar, paylar, aksiyalar) sotishda taklif etiladigan narx AQSh dollarida qayd etilgan baholash qiymatini sotish paytida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi boʻyicha qayta hisoblab chiqish yoʻli bilan aniqlanadi.
(53-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-maydagi 209-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 18-son, 206-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
54. Baholashning ikki va undan ortiq usuli qoʻllanilgan taqdirda Komissiya Davlat mulki qoʻmitasiga mol-mulk qiymatini baholash boʻyicha barcha olingan natijalarni taqdim etadi, ular asosida Davlat mulki qoʻmitasi (respublika vazirliklari, idoralari va xoʻjalik boshqaruvi organlari tizimiga kiradigan korxonalar boʻyicha) yoki uning hududiy organi (boshqa korxonalar boʻyicha) buyrugʻiga binoan korxonaning qiymati, ustav fondi miqdori belgilanadi. Korxona qiymati, ustav fondining belgilanadigan miqdori ushbu Nizomning 51-53-bandlarida nazarda tutilgan tartibda aniqlangan baholash qiymatidan past boʻlishi mumkin emas.
(54-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-maydagi 209-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 18-son, 206-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
55. Davlat mulki qoʻmitasi yoki uning hududiy boshqarmasining qaroriga koʻra, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda, korxona mol-mulkini sotish toʻlovni boʻlib-boʻlib toʻlash shartnomasi boʻyicha (besh yildan ortiq boʻlmagan muddatga) amalga oshirilishi mumkin.
(55-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 26-martdagi 97-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2002-y., 5-6-son, 44-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(56-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 17-apreldagi 185-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2003-y., 7-8-son, 61-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI. Tomonlarning oʻzaro majburiyatlari toʻgʻrisida shartnomalar tuzish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
57. Davlat mulki obyektini xoʻjalik jamiyatiga va shirkatga aylantirishda oʻzaro majburiyatlar toʻgʻrisidagi shartnoma-bitim Davlat mulki qoʻmitasi yoki uning hududiy boshqarmasi tomonidan aksiyadorlar (qatnashchilar), (kuzatuvchi Kengash raisi yoki ijro etuvchi organ rahbari) vakolat bergan shaxs bilan tuziladi. Shartnoma-bitimda quyidagilar aks ettirilishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muayyan davrda korxona faoliyati sohasini va ishlab chiqarish, mahsulot eksportining kelishilgan hajmlarini saqlab qolish shartlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ish oʻrinlari sonini oʻzgartirish shartlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muayyan isteʼmolchilarga mahsulot yetkazib berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekologiya xavfsizligini taʼminlash, ishlovchilarning mehnat sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlarini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodimlarning ijtimoiy-maishiy taʼminoti xususiyatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy, tabiatni muhofaza qilish obyektlarini saqlash shartlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
58. Davlat aktivlarini sotishda Davlat mulki qoʻmitasi (Davlat mulki qoʻmitasining hududiy boshqarmasi) bilan investor oʻrtasida ham muayyan davrda tomonlarning oʻzaro majburiyatlari toʻgʻrisida shartnoma-bitim tuzilishi mumkin, unda zarurat boʻlganda quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mulk qilib sotib olinayotgan mol-mulk (ulushlar, paylar, aksiyalar) haqini investorlarga toʻlashning va investitsiya majburiyatlari bajarilishining kelishilgan muddatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sotib olinayotgan mol-mulkni yangi mulkdorga berish, shu jumladan, mulk huquqini beruvchi dalolatnoma berish shartlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻlovlarni boʻlib-boʻlib toʻlash va investitsiya majburiyatlarini bajarish davrida investor tomonidan sotib olinayotgan mol-mulk (ulushlar, paylar, aksiyalar)dan foydalanish shartlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Investor tomonidan korxona yaxlit yoki aksiyalar (ulushlar, paylar)ning nazorat paketi sotib olinishida shartnoma-bitimga mazkur Nizomning 57-bandida bayon qilingan shartlar ham kiritilishi mumkin,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VII. Mulkka egalik qilish huquqini tasdiqlovchi dalolatnomani berish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
59. Davlat tasarrufidan chiqarilgan (xususiylashtirilgan) mol-mulkka mulkka egalik qilish huquqining joriy etilishi yangi mulkdor (mulkdorlar) Davlat mulki qoʻmitasi tomonidan beriladigan dalolatnomani olgan paytdan boshlab amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
60. Dalolatnoma blankasi 12-ilovaga* muvofiq belgilangan shakl boʻyicha maxsus qogʻozda tayyorlanadi, tartib raqamiga ega boʻladi va qatʼiy hisobda turadigan hujjat hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 11-12-ilovalar matni rus tilida berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
61. Dalolatnoma 5 kundan koʻp boʻlmagan muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan aksiyadorlik jamiyatiga — boshqaruv organlari tuzilgandan keyin;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
masʼuliyati cheklangan hamda qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatga yoki shirkatga — investorlar tomonidan ushbu maqsadlar uchun moʻljallangan jamiyat (shirkat) shakllantirilgan ustav fondi ulushlari sotib olingandan va boshqaruv organlari tuzilgandan keyin;
(61-bandning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 5-sentabrdagi 317-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2002-y., 17-18-son, 135-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxona (obyekt)ni sotib olgan investorga — u mol-mulkning sotuv qiymatini toʻliq toʻlagandan keyin beriladi, tuzilgan bitishuv narxiga kirgan investitsiya majburiyatlari bajarilishi ham shu jumlaga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
62. Mol-mulk toʻlov boʻlib-boʻlib toʻlanganda davlat dalolatnomasi tuzilgan oldi-sotdi shartnomasiga muvofiq investor tomonidan barcha majburiyatlar bajarilgandan keyin beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
63. Davlat tasarrufidan chiqarilgan (xususiylashtirilgan) mol-mulk (uning bir qismi) oʻzgaga berilishi natijasida mulkdor oʻzgargan taqdirda oʻzgaga berilgan mol-mulkka yangi davlat dalolatnomasi berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
64. Davlat mulki obyekti kimoshdi savdosida yoxud tanlov, tender, investitsiya savdosi natijalari boʻyicha sotib olingan taqdirda davlat dalolatnomasi Davlat mulki qoʻmitasi tomonidan oldi-sotdi shartnomasi va bitishuv shartlariga muvofiq xaridor tomonidan sotib olinayotgan mol-mulkning qiymatini toʻlash boʻyicha barcha majburiyatlar bajarilganligi toʻgʻrisida taqdimnoma taqdim etilishi asosida beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
65. Dalolatnoma berilganligi uchun yangi mulkdor (aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirilgan korxonalardan tashqari) tomonidan obyektni sotish qiymatining bir foizi miqdorida davlat boji toʻlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 5-son, 26-modda, 11-son, 67-modda, 15-16-son, 106-modda, 20-son, 142-modda; 2002-y., 5-6-son, 44-modda, 17-18-son, 135-modda, 17-18-son, 141-modda, 19-son, 148-modda; 2003-y., 4-son, 42-modda, 7-8-son, 61-modda, 7-8-son, 63-modda, 13-son, 108-modda, 21-son, 219-modda; 2004-y., 18-son, 206-modda; 2005-y., 22-son, 159-modda, 32-33-son, 251-modda; 2006-y., 28-29-son, 264-modda, 30-son, 292-modda; 2007-y., 1-2-son, 13-modda; 2008-y., 40-41-son, 412-modda; 2009-y., 6-son, 51-modda, 52-son, 568-modda; 2011-y., 50-son, 515-modda; 2015-y., 26-son, 340-modda; 2016-y., 6-son, 56-modda, 52-son, 602-modda; 2017-y., 13-son, 200-modda;Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/912/0254-son, 07.08.2019-y., 09/19/650/3532-son)