05.02.2016 yildagi 31-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimining turg‘un davolash-profilaktika muassasalarida ovqatlanishni tashkil etish va uning uchun haq to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining “2015 — 2020-yillar davrida O‘zbekiston Respublikasi aholisining sog‘lom ovqatlanishini ta’minlash Konsepsiyasini va chora-tadbirlar kompleksini tasdiqlash to‘g‘risida” 2015-yil 29-avgustdagi 251-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimining turg‘un davolash-profilaktika muassasalarida ovqatlanishni tashkil etish va uning uchun haq to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi manfaatdor vazirliklar, idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimliklari bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimining turg‘un davolash-profilaktika muassasalarida davolanayotgan shaxslarning (bemorlarning) vrachlar ko‘rsatmalariga hamda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq sifatli davolovchi ovqatlanishi tashkil etilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2016-yil 5-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31-son

Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 5-fevraldagi 31-son qaroriga
1-ILOVA

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimining turg‘un davolash-profilaktika muassasalarida ovqatlanishni tashkil etish va uning uchun haq to‘lash tartibi to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimining turg‘un davolash-profilaktika muassasalarida (keyingi o‘rinlarda tibbiyot muassasalari deb ataladi) ovqatlanishni tashkil etish va uning uchun haq to‘lash tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Nizomning talablari respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlariga va respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlariga, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimining o‘zini o‘zi to‘liq moliyalashtirish shartlarida faoliyat ko‘rsatadigan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida belgilangan shaxslarning (bemorlarning) imtiyozli toifasini davolash xarajatlari, shu jumladan ovqatlanish xarajatlari yo‘llanmalar (orderlar) bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga qoplanadigan tibbiyot muassasalariga, ularning bo‘limlariga tatbiq etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Tibbiyot muassasalaridagi ovqatlanish nonushta, tushlik, tushlikdan keyingi ovqat va kechki ovqatlanishdan iborat bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Tibbiyot muassasalarida shaxslarga (bemorlarga) nonushtalar bepul beriladi, ularga qilinadigan xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.

4. Tibbiyot muassasalarida ovqatlanish uchun (nonushtalardan tashqari) haq to‘lash shaxsning (bemorning), uning qarindoshlarining yoki boshqa shaxslarning, tashkilotlarning, shu jumladan homiylarning va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tibbiyot muassasalarida homiylarning mablag‘larini sarflash qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi, agar tibbiyot muassasalari bilan homiylar o‘rtasida tuzilgan shartnomalarda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Tibbiyot muassasalarida quyidagilar ovqatlanish uchun haq to‘lashdan ozod qilinadilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq ro‘yxat bo‘yicha kasalliklarga chalingan shaxslar (bemorlar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq ro‘yxat bo‘yicha shaxslar (bemorlar) toifalari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Bemorlarning shifoxonada bo‘lish cheklangan muddatlarining tasdiqlangan standartlari bo‘yicha reanimatsiya tadbirlari va intensiv terapiyani talab qiluvchi kasalliklari va holatlari barham topganda shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish chog‘ida davolanishni davom ettirishayotgan shaxslarning (bemorlarning) ovqatlanishi uchun haq to‘lashi ushbu Nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Tibbiyot muassasalari ovqat bloklarida yoki shartnoma shartlarida tibbiyot muassasalari buyurtmalariga ko‘ra ovqatlar tayyorlash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatuvchi ixtisoslashtirilgan tashkilotlar (keyingi o‘rinlarda ixtisoslashtirilgan tashkilotlar deb ataladi) tomonidan tayyorlangan ovqatlar qiymati bo‘yicha ovqatlarga haq to‘lanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tibbiyot muassasalari bilan ixtisoslashtirilgan tashkilotlar o‘rtasida tuzilgan shartnomalarda, ixtisoslashtirilgan tashkilotlarning barcha xarajatlari hisobga olingan holda, ovqatlarni sotish qiymati nazarda tutiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Ta’minotining asosiy manbai budjet mablag‘lari hisoblanadigan tibbiyot muassasalarida ularning ovqat bloklarida ovqatlarni tayyorlash bilan bog‘liq boshqa (qo‘shimcha) xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek, pulli asosda tibbiy xizmatlar ko‘rsatuvchi tibbiyot muassasalarida ularning ovqat bloklarida ovqatlar tayyorlash bilan bog‘liq boshqa (qo‘shimcha) xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hamda pulli asosda tibbiy yordam ko‘rsatishdan tushadigan budjetdan tashqari tushumlar hisobiga qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Ovqatlanishni tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Tibbiyot muassasalarida shaxslarning (bemorlarning) ovqatlanishi va mavjud ovqat bloklari bazasida, ular bo‘lmagan taqdirda — ixtisoslashtirilgan tashkilotlar tomonidan tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ixtisoslashtirilgan tashkilotlar belgilangan tartibda tibbiyot muassasalari tomonidan tender savdolari (tanlovlar) o‘tkazish yo‘li bilan ovqat tayyorlash uchun jalb etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Tibbiyot muassasalarida davolovchi ovqatlanish tashkil etilishi kerak. Davolovchi ovqatlanishni tashkil etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Tibbiyot muassasalarida, ixtisoslashtirilgan tashkilotlarda ovqatlarni tayyorlash sanitariya qoidalariga, normalariga va gigiyena normativlariga to‘liq muvofiq bo‘lishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Shaxs (bemor) yozma ariza asosida tibbiyot muassasasi tomonidan tavsiya etilayotgan ovqatlanishni to‘liq yoki qisman rad etishi mumkin. Bu holda shaxs (bemor) tomonidan mustaqil ravishda tashkil etilgan ovqatlanish shifokorning parhez bo‘yicha ko‘rsatmasiga muvofiq bo‘lishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Tibbiyot muassasasi ovqatlanishga muhtoj bo‘lgan shaxslarning (bemorlarning) har kungi soni hisobini yuritadi, ushbu hisob asosida ovqatlanishning har qaysi turi (nonushta, tushlik, tushlikdan keyingi ovqat, kechki ovqat) uchun alohida har kunlik buyurtmanoma tuziladi. Buyurtmanoma hisobga olinadigan hujjat hisoblanadi va keyingi hisoblashlar va o‘zaro hisob-kitoblar uchun, shuningdek tibbiyot muassasalarining hisobotlarini tuzish uchun asos hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Ixtisoslashtirilgan tashkilotlar tomonidan shartnoma shartlarida ovqatlanish tashkil etilgan taqdirda tibbiyot muassasasi taomnoma va buyuriladigan taomlar miqdori yuzasidan har haftalik buyurtmanoma taqdim etadi. Buyuriladigan ovqatlar miqdorini aniqlash shartnoma shartlariga muvofiq har kuni amalga oshirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Ovqatlanish uchun haq to‘lash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Ovqatlanish uchun haq to‘lashga mablag‘larni qabul qilish uchun tibbiyot muassasalari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligi bo‘linmalarida alohida hisob raqamlari ochadilar, ularga ushbu Nizomning 4-bandida nazarda tutilgan manbalardan mablag‘lar tushadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Ovqatlanish uchun haq to‘lash tibbiyot muassasalarining kassalariga bevosita naqd pul bilan yoki naqdsiz hisob-kitoblar bo‘yicha yoxud tibbiyot muassasasining O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligi bo‘linmalaridagi alohida hisob raqamiga taqdim etilgan schyotlar bo‘yicha amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Har qaysi to‘lovdan keyin bevosita tibbiyot muassasalarining kassalariga naqd pul bilan yoki naqdsiz hisob-kitoblar bo‘yicha ovqat uchun haq to‘lagan shaxslarga (bemorlarga) haqiqatda amalga oshirilgan to‘lov miqdorini tasdiqlovchi hujjatlar beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Shaxs (bemor) shifoxonaga yotqizilayotganda uning tomonidan ovqatlanish uchun haq to‘lash tibbiyot muassasasiga joylashtirilgungacha uning shifoxonada bo‘lishining butun muddati uchun to‘liq yoki qisman amalga oshiriladi, lekin u hisoblangan summaning 50 foizidan kam bo‘lmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxs (bemor) shifoxonaga yotqizilayotganda u ovqatlanish uchun o‘zi to‘lagan haqni tasdiqlovchi hujjatni yoxud tibbiyot muassasasi tomonidan beriladigan ovqatni rad etishi to‘g‘risidagi arizani taqdim etishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Butun sutka davomidagi ovqatlanishning qiymati tibbiyot muassasasi buxgalteriyasi tomonidan, vrachning parhez ovqat bo‘yicha ko‘rsatmasini hisobga olgan holda, xarajatlar kalkulyatsiyasi asosida hisoblab chiqiladi va belgilangan tartibda tibbiyot muassasasining rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Butun sutka davomidagi ovqatlanish qiymati to‘g‘risidagi axborot stendlardagi yoki tibbiyot muassasasining ma’muriy binosidagi boshqa texnik vositalarda ko‘rinarli joyga joylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Dastavval tibbiyot muassasasida pul to‘lab ovqatlanishni rad etgan shaxs (bemor), shifoxonada bo‘lishining rejalashtirilayotgan davri uchun oldindan haq to‘lagan holda, ovqatlanishga istalgan vaqtda buyurtma berishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Ovqatlanish uchun oldindan qisman haq to‘langan taqdirda ovqatlanish uchun to‘liq hisob-kitob shaxs (bemor) shifoxonadan chiqqungacha uning tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Ovqatlanish uchun to‘langan haqning foydalanilmagan mablag‘lari to‘lovchiga qaytariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Tibbiyot muassasalarida ovqatlanish uchun haq to‘lanmagan, haq to‘liq miqdorda to‘lanmagan barcha holatlarda shaxs (bemor) shifoxonadan chiqqandan keyin ovqatlanish uchun haqiqiy xarajatlar summasi shaxslarning (bemorlarning) qarzlarini to‘lash hisobiga xarajatlarni qoplash choralarini ko‘rish yo‘li bilan qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Naqd pul mablag‘larini tibbiyot muassasalari kassasiga qabul qilib olish va topshirish yuridik shaxslar tomonidan kassa operatsiyalarini yuritish qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Oziq-ovqat mahsulotlariga xarajatlarni moliyalashtirish tartibi, shuningdek unga rioya etilishi ta’minlanishi yuzasidan nazorat va javobgarlik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Ushbu Nizomning 5-bandiga muvofiq ovqatlanish uchun haq to‘lashdan ozod qilingan shaxslarning (bemorlarning) ovqatlanishini moliyalashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari tibbiyot muassasalarining tegishli moliya yili uchun xarajatlarining tasdiqlanadigan smetalari doirasida, rejalashtirilayotgan koykalar fondi va oziq-ovqat mahsulotlari uchun haqiqiy narxlardan kelib chiqqan holda ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Tibbiyot muassasasida shaxslar (bemorlar)ning ovqatlanishini tashkil etish tartibi yuzasidan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tibbiyot muassasalarining ovqat bloklaridan foydalanilganda — tibbiyot muassasasining rahbari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ixtisoslashtirilgan tashkilot jalb etilgan taqdirda — tibbiyot muassasasining rahbari va tegishli ixtisoslashtirilgan tashkilot rahbari javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Ovqatlanish uchun to‘langan haqni qabul qilishda yuridik shaxslar tomonidan kassa operatsiyalarini yuritish qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimining turg‘un davolash-profilaktika muassasalarida ovqatlanishni tashkil etish va uning uchun haq to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga

Shaxslarni (bemorlarni) davolash-profilaktika muassasalarida ovqatlanish to‘lovidan ozod qiluvchi kasalliklar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
RO‘YXATI

1. OIV kasalligini yuqtirganlar (OITS).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Onkologik kasalliklar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ruhiy kasalliklar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Yuqumli kasalliklar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Giyohvandlik kasalliklari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Endokrinologik kasalliklar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Nurlanish kasalligiga chalingan bemorlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Moxov kasalligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Sifilis.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Sil kasalligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish chog‘ida bemorlarning shifoxonada bo‘lishi cheklangan muddatlarining tasdiqlangan standartlari bo‘yicha reanimatsiya tadbirlarini va intensiv terapiyani talab etuvchi kasalliklar va holatlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Darajasidan qat’i nazar, kamqonlik kasalligiga chalingan homilador ayollar va tuqqan ayollar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: ushbu ro‘yxat tibbiy yordam pulli asosda ko‘rsatiladigan tibbiyot muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘lari (o‘z mablag‘lari) hisobiga moliyalashtirish shartlarida faoliyat ko‘rsatuvchi tibbiyot muassasalariga, ularning bo‘limlariga yoki palatalariga tatbiq etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimining turg‘un davolash-profilaktika muassasalarida ovqatlanishni tashkil etish va uning uchun haq to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tibbiyot muassasalarida ovqatlanish to‘lovidan ozod qilinadigan shaxslar (bemorlar) toifalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
RO‘YXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslar va ularga g‘amxo‘rlik qiluvchi shaxslar (ota-onasi va ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar).
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-sentabrdagi 585-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.09.2024-y., 09/24/585/0731-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. 1941 — 1945-yillardagi urush oqibatida nogironligi bo‘lgan shaxslar va urush qatnashchilari, shuningdek, ularga tenglashtirilgan shaxslar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Chernobil AESidagi halokat oqibatlarini bartaraf etishda qatnashish natijasida nogironligi bo‘lgan shaxslar.
(1 — 4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. 1941 — 1945-yillardagi urush yillari mehnat fronti qatnashchilari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Baynalmilalchi jangchilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. G‘irt yetimlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Vakolatli organlarda hisobda turuvchi yolg‘iz pensionerlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar, shuningdek o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Chaqiriq komissiyalari xulosalariga ko‘ra mudofaa ishlari bo‘limlarining yo‘llanmalari bo‘yicha 18 yoshdan 27 yoshgacha bo‘lgan chaqiriq yoshidagilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. “O‘zbekiston Respublikasi faxriy donori” (“Pochetniy donor Respubliki Uzbekistan”) ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan shaxslar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. 1 yoshgacha bolasi bo‘lgan emizikli onalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: ushbu ro‘yxat tibbiy yordam pulli asosda ko‘rsatiladigan tibbiyot muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘lari (o‘z mablag‘lari) hisobiga moliyalashtirish shartlarida faoliyat ko‘rsatuvchi tibbiyot muassasalariga, ularning bo‘limlariga yoki palatalariga tatbiq etilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazida davolanayotgan bolalarga qarovchi shaxslar (ota-ona va boshqalar).
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-apreldagi PQ-216-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.04.2022-y., 07/22/216/0343-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 5-fevraldagi 31-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan qarorlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
RO‘YXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining “Davolash-profilaktika muassasalarini mablag‘ bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 1997-yil 2-dekabrdagi 532-son qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 2-dekabrdagi 532-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2000-yil 5-sentabrdagi 344-son qarori.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolarning pensiya ta’minoti tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2009-yil 30-dekabrdagi PF-4161-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2009-yil 30-dekabrdagi PQ-1251-son hamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tashkiliy tuzilmasini shakllantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2009-yil 30-dekabrdagi PQ-1252-son qarorlari)” 2010-yil 24-martdagi 52-son qaroriga 1-ilovaning 15-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 3-son, 12-modda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Vazirlar Mahkamasining “Shaxslarning ayrim toifalarini imtiyozli asosda dori vositalari bilan ta’minlash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2013-yil 22-iyuldagi 204-son qaroriga 4-ilovaning 2 va 4-bandlari (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 7-son, 46-modda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi faxriy donori” (“Pochetniy donor Respubliki Uzbekistan”) ko‘krak nishoni to‘g‘risida” 2014-yil 23-iyuldagi 202-son qarorining 4-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 30-son, 374-modda).
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-y., 6-son, 54-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son, Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son, 26.04.2022-y., 07/22/216/0343-son; 20.09.2024-y., 09/24/585/0731-son)