1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.12.00 Teatr-konsert faoliyati]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Madaniyat]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mustaqillik yillarida respublikada zamonaviy milliy estrada sanʼatini yanada rivojlantirish, estrada ijrochilarining professional mahoratini oshirish hamda iqtidorli yosh xonandalarni kashf etish uchun barcha zarur shart-sharoitlar va imkoniyatlar yaratildi. Estrada ijrochilarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish, badiiy jihatdan yuksak musiqa asarlarini keng targʻib qilish taʼminlanmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, tegishli vazirliklar va idoralar tomonidan konsert-tomosha faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish, madaniy-ommaviy tadbirlarni oʻtkazish, badiiy jihatdan yuksak musiqa asarlarini yaratish sohasidagi ishlar susaygan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, “Oʻzbeknavo” estrada birlashmasi hamda Milliy estrada sanʼatini rivojlantirish va muvofiqlashtirish Kengashining Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Estrada qoʻshiqchilik sanʼatini yanada rivojlantirish toʻgʻrisida” 2001-yil 26-iyundagi 272-son qarorida belgilangan yosh va iqtidorli ijrochilarni aniqlash va qoʻllab-quvvatlash, yoshlarni vatanparvarlik va milliy mustaqillik gʻoyalari ruhida tarbiyalashga hissa qoʻshadigan musiqa asarlari yaratishni ragʻbatlantirish, sogʻlom ijodiy muhitni shakllantirish borasidagi vazifalarni amalga oshirish boʻyicha faoliyati qoniqarsizligicha qolmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari tomonidan madaniy-tomosha tadbirlarini tashkil etishda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ommaviy tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2014-yil 29-iyuldagi 205-son qarori talablariga toʻliq rioya etilmayapti.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasining televideniye va radio dasturlarining yuqori badiiy darajasini taʼminlashga doir ishlari yetarli emas, azaliy maʼnaviy-madaniy qadriyatlarga va milliy urf-odatlarga muvofiq boʻlmagan, kamol topayotgan avlodni maʼnaviy-axloqiy tarbiyalashga salbiy taʼsir koʻrsatadigan qoʻshiqlar va videokliplarning efirga chiqishiga yoʻl qoʻyilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu holatlar madaniy-tomosha tadbirlarini oʻtkazish tartibining qoʻpol tarzda buzilishiga, estrada ijrochilari tomonidan odob-axloq meʼyorlariga rioya qilinmasligiga, ular tomonidan badiiy jihatdan sayoz musiqiy asarlarning ijro etilishiga olib kelmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida” hamda “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq, milliy musiqa sanʼatini yanada rivojlantirish, ushbu sohani rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish, badiiy jihatdan yuksak asarlarni targʻib qilish, litsenziya talablari va shartlarini kuchaytirish orqali madaniy-tomosha tadbirlarini tashkil qilish va oʻtkazishni tizimli ravishda tartibga solish, litsenziya talabgorlariga qoʻyiladigan mezonlarni va malaka talablarini takomillashtirish, shuningdek litsenziatlarning aholiga madaniy xizmat koʻrsatish boʻyicha huquqlari va majburiyatlarini aniqlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi (Ahmedov), “Oʻzbeknavo” estrada birlashmasi (Majidov), Milliy estrada sanʼatini rivojlantirish va muvofiqlashtirish Kengashi (Mirzaaliyev), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi (Xadjayev)ning konsert-tomosha faoliyati sohasini muvofiqlashtirish va nazorat qilishga doir ishlari qoniqarsiz deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsert-tomosha faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun davlat boji stavkalari 2-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsert-tomosha tadbiriga bir martalik ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
konsert-tomosha va madaniy-ommaviy tadbirlarni chuqur va noformal gʻoyaviy mazmun bilan toʻldirish, ijodiy uyushmalar, davlat va nodavlat tashkilotlari bilan mustahkam hamkorlik oʻrnatish chora-tadbirlarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
konsert-tomosha hamda madaniy-ommaviy tadbirlarning oʻtkazilishini muvofiqlashtirsin, ular yuzasidan samarali monitoringni amalga oshirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirlarning dastur va ssenariylarini koʻrib chiqish boʻyicha tartibot reglamentlariga, tadbir tashkilotchilarining qonunchilikka muvofiq talablarga soʻzsiz rioya etishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziya va ruxsatnoma talablari va shartlariga qatʼiy rioya etilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziatlar va konsert-tomosha tadbirlarining tashkilotchilari tomonidan qonunchilik talablarining bajarilishi yuzasidan tizimli nazorat oʻrnatsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Milliy estrada sanʼatini rivojlantirish va muvofiqlashtirish Kengashi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli tashkilotlarning yosh va iqtidorli ijrochilarni aniqlash va qoʻllab-quvvatlash, qoʻshiqlar va videokliplarning badiiy saviyasini oshirish, badiiy yuksak musiqa asarlari yaratishni ragʻbatlantirish ishlarini muvofiqlashtirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
konsert-tomosha faoliyatini litsenziyalashda mezonlarga va litsenziya talabgorlariga qoʻyiladigan malaka talablariga qatʼiy rioya etilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi va Elektron ommaviy-axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi bilan hamkorlik qilish dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari ommaviy tadbirlarning oʻtkazilishini nazorat qilish boʻyicha komissiyalar ishlarini bir oy muddatda tanqidiy qayta koʻrib chiqsinlar va komissiya aʼzolarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish choralarini koʻrsinlar, shuningdek ommaviy tadbirlarni oʻtkazishga qoʻyiladigan talablarga ogʻishmay rioya etilishini taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalq sayillarini, konsert-tomosha va madaniy-ommaviy tadbirlarni oʻtkazishda belgilangan talablarga soʻzsiz rioya etilishi yuzasidan nazoratning kuchaytirilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ommaviy tadbirlarni oʻtkazish obyektlarini muntazam ravishda xatlovdan oʻtkazish va texnik jihatdan tekshirish, shu jumladan ularning muhandislik-texnik kommunikatsiyalari, yongʻinga qarshi, evakuatsiya inshootlari, yer osti yoʻllari va transport vositalarining toʻxtab turish joylari, dastlabki tibbiy yordam koʻrsatish punktlari, texnik uskunalar, favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun zarur boʻlgan maxsus vositalarning hisoblangan zaxirasi va turlari holatini tekshirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ommaviy tadbirlarning oʻziga xos xususiyatlaridan, shuningdek ommaviy tadbirlarni oʻtkazish obyektlari joylashgan joylar va obyektlarning shart-shartlaridan kelib chiqqan holda favqulodda vaziyatlar boʻyicha hududiy boshqarmalarning zarur maxsus vositalar va texnika bilan taʼminlangan malakali mutaxassislari ishga jalb etilishini taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, “Oʻzbeknavo” estrada birlashmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari konsert-tomosha faoliyati bilan shugʻullanishning belgilangan tartibiga yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan rioya etilishi yuzasidan qatʼiy va muntazam nazoratni amalga oshirsinlar, aybdor shaxslarning qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortilishini taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektron ommaviy-axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi bilan birgalikda televideniye va radio dasturlarining badiiy jihatdan yuksak darajasini taʼminlashda televideniye va radiokanallarning badiiy kengashlari ishlarini tanqidiy koʻrib chiqsin, madaniy qadriyatlarga va milliy urf-odatlarga muvofiq boʻlmagan, oʻsib kelayotgan yosh avlodni maʼnaviy-axloqiy tarbiyalashga salbiy taʼsir koʻrsatadigan qoʻshiqlar va videokliplarning efirga chiqishiga yoʻl qoʻymaslik chora-tadbirlarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, “Oʻzbeknavo” estrada birlashmasi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi va Bastakorlar uyushmasi bilan birgalikda milliy musiqani qoʻllab-quvvatlash va ommalashtirish hamda badiiy jihatdan yuksak asarlarni yaratish borasida tizimli ishlar amalga oshirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.Yu.Xodiyev, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yoshlar siyosati, taʼlim, madaniyat va sport masalalari axborot-tahlil departamenti (Rizayev) vazirliklar va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, tashkilotlar tomonidan konsert-tomosha faoliyati sohasidagi qonunchilik talablariga rioya etilishi yuzasidan tizimli monitoring yuritilishini taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq baʼzi qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.Yu. Xodiyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2015-yil 9-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
354-son

Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 9-dekabrdagi 354-son qaroriga 1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsert-tomosha faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

I. Umumiy qoidalar

1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasida va uning tashqarisida konsert-tomosha faoliyatini litsenziyalash tartibini, shuningdek ijrochilarning reyting guruhlarini belgilash boʻyicha mezonlar va malaka talablarini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Konsert-tomosha faoliyatini litsenziyalash Milliy estrada sanʼatini rivojlantirish va muvofiqlashtirish kengashi huzuridagi ijodiy koʻmaklashuvchi vakillar guruhining (keyingi oʻrinlarda ijodiy koʻmaklashuvchi vakillar guruhi deb ataladi) xulosalari asosida “Oʻzbeknavo” estrada birlashmasi (keyingi oʻrinlarda litsenziyalovchi organ deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish huquqiga litsenziya 5 yil muddatga beriladi. Talabgorning arizasiga koʻra litsenziya 5 yildan kam muddatga, biroq kamida 1 yilga berilishi mumkin. Litsenziyaning amal qilish muddati litsenziya berilgan kundan boshlab hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziya faqat ijrochilarga — jismoniy shaxslarga va ijodiy jamoalarga – yuridik shaxslarga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun namunaviy (oddiy) litsenziyalar beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Litsenziya konsert-tomosha faoliyatining olti reyting guruhlari boʻyicha beriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) I, II, III, IV reyting guruhlari berilishi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yakkaxon ijrochi konsertini tashkil etish (bitta ijrochining yakkaxon konsert dasturi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bitta janrning ikki yoki undan koʻp ijrochisi ishtirokidagi konsert dasturida ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turli janrlar yoʻnalishlarining bir nechta ijrochilari ishtirokidagi konsert dasturida ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ommaviy axborot vositalarida qoʻshiqlar va videokliplar taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻylar, yubileylar va boshqa tantanalarda konsert xizmati koʻrsatish huquqini beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) V va VI reyting guruhlari berilishi toʻy, yubiley va boshqa tantanalarga konsert xizmati koʻrsatish (restoranlar, barlar, qahvaxonalar va xususiy uylarda toʻy, yubiley va boshqa tantanalarga xizmat koʻrsatish), shu jumladan koʻngilochar tashkilotlarda (klublar, diskotekalar, restoranlar, barlar va qahvaxonalarda) konsert xizmati koʻrsatish huquqini beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziya talabgorining arizasiga koʻra litsenziya umuman faoliyat turiga yoki uning bir qismiga berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Konsert-tomosha faoliyatini litsenziyalash ushbu Nizomning 1-ilovasidagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Litsenziya talablari va shartlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Quyidagilar konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirishdagi litsenziya talablari va shartlari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish sohasidagi qonun hujjatlariga majburiy rioya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijrochilarining ushbu Nizom bilan belgilanadigan reyting guruhlaridan biri mezonlar va malaka talablariga muvofiqligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziatlar tomonidan aholiga konsert-tomosha xizmatlarini qatʼiy ravishda ushbu Nizomning 2-ilovasida koʻrsatilgan aholiga konsert-tomosha xizmatlari koʻrsatish huquqi boʻyicha amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
konsert-tomosha tadbirlarida, toʻylar va boshqa tantanalarda artistning odob-axloq qoidalariga, sahna madaniyati va tashqi koʻrinish madaniyatiga zid boʻlgan xatti-harakatlar qilishini hamda maʼnaviyatga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi va tomoshabinlarning his-tuygʻularini haqorat qiluvchi, axloqsizlik gʻoyalarini targʻib qilishni istisno etgan holda milliy mentalitetga, milliy qadriyatlar va urf-odatlarga muvofiq boʻlgan qoʻshiqlarni va ular boʻyicha yaratilgan videokliplarni ijro etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻtkazilgan konsert-tomosha tadbirlari soni toʻgʻrisida litsenziyalovchi organning hududiy boʻlinmalariga litsenziyalovchi organ tomonidan belgilanadigan shakl boʻyicha har choraklik hisobotlar taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisida konsert-tomosha tadbirlarini amalga oshirish toʻgʻrisida litsenziyalovchi organni yozma ravishda xabardor qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun davlat boji toʻlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Litsenziya bitimida ushbu Nizomning 7-bandidan kelib chiqadigan aniq litsenziya talablari va shartlari nazarda tutiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Ijrochilarning reyting guruhlarini belgilash boʻyicha litsenziyalash mezonlari va malaka talablari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Quyidagilar konsert-tomosha faoliyatini litsenziyalashda mezonlar hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) ijodiy maqom mezoni:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
konsert-tomosha faoliyati sohasida ijrochilarga va ijodiy jamoalarga boʻlgan talab darajasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmatlar bozorida ijrochilarga va ijodiy jamoalarga boʻlgan talab darajasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) ijro mahorati va repertuar mezoni:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijrochilar va ijodiy jamoalarning elektron manbalarga yozilgan asarlarini eshitish yoʻli bilan aniqlanadigan ijro mahorati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yakkaxon ijrochilarni jonli ijroda eshitish yoʻli bilan baholanadigan ijro mahorati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
repertuardagi musiqa va qoʻshiqlar soʻzlari soni va sifati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) unvonlar va mukofotlar, tanlovlar va koʻriklarda ishtirok etish mezoni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat mukofotlari (“Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti”, “Oʻzbekiston Respublikasi xalq hofizi”, “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist”, “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi”), “Nihol” Davlat mukofoti va boshqalarning mavjudligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika va xalqaro darajadagi tanlovlar, koʻriklar gʻolibi diplomlarining mavjudligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Yakkaxon ijrochilarning malaka (professional) sifatlarini muntazam va xolisona baholash maqsadida har yili (ular litsenziyalarni olgan kundan boshlab) ijodiy koʻmaklashuvchi vakillar guruhi yakkaxon ijrochilarning ijodiy faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotlarni oʻrganadi va ularni jonli ijroda eshitadi. Oʻrganish va eshitish natijalari boʻyicha yakkaxon ijrochining reyting guruhi oshirilishi, pasaytirilishi, oldingi darajada qoldirilishi yoxud, ijrochi malaka talablariga muvofiq boʻlmagan taqdirda, litsenziatga konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish huquqini berish rad etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziat reyting guruhini qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisida ariza berish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Litsenziya olish uchun zarur boʻlgan hujjatlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Litsenziya olish uchun litsenziya talabgori — yuridik shaxs litsenziyalovchi organning hududiy boʻlimiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) litsenziya berish toʻgʻrisidagi ariza, unda quyidagilar koʻrsatiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta manzili), bank boʻlimining nomi va bankdagi hisob raqamlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami;

yuridik shaxs amalga oshirishni moʻljallayotgan litsenziyalanadigan faoliyat turi (uning qismi) va koʻrsatib oʻtilgan faoliyat turi (uning qismi) amalga oshiriladigan muddat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) yuridik shaxs davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziya talabgori arizasini koʻrib chiqish uchun litsenziya talabgori tomonidan yigʻim toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) ijrochilarning 4x6 sm oʻlchamli 2 ta fotosurati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) ijrochilarda musiqa maʼlumoti mavjudligini tasdiqlaydigan hujjatlarning (guvohnomalar, attestatlar, diplomlar) nusxalari — ular mavjud boʻlganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) davlat mukofotlari, mukofotlar, sovrinlar va shu kabilar olganligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxalari — ular mavjud boʻlganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) litsenziya talabgori tomonidan tuzilgan ijrochilarning repertuari toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
z) ijrochilarning malakasi toʻgʻrisida yanada aniq tasavvurni shakllantirish maqsadida litsenziya talabgori qoʻshimcha ravishda mustaqil taqdim etishni xohlaydigan boshqa hujjatlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Litsenziya talabgori — jismoniy shaxs litsenziya olish uchun litsenziyalovchi organning hududiy boʻlimiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) litsenziya berish toʻgʻrisida ariza, unda quyidagilar koʻrsatiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
familiyasi, ismi, otasining ismi, litsenziya talabgori shaxsini tasdiqlovchi hujjatga doir maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy shaxs amalga oshirishni moʻljallayotgan litsenziyalanadigan faoliyat turi (uning qismi) va koʻrsatib oʻtilgan faoliyat turi (uning qismi) amalga oshiriladigan muddat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziya talabgori arizasini koʻrib chiqish uchun litsenziya talabgori tomonidan yigʻim toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 4 x 6 oʻlchamli 2 ta fotosurat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) ijrochida musiqa maʼlumoti mavjudligini tasdiqlaydigan hujjatlarning (guvohnomalar, attestatlar, diplomlar) nusxalari — ular mavjud boʻlganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) davlat mukofotlari, mukofotlar, sovrinlar va shu kabilar olganligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxalari — ular mavjud boʻlganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) litsenziya talabgori tomonidan tuzilgan ijrochining repertuari toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) litsenziya talabgorining malakasi toʻgʻrisida yanada aniq tasavvurni shakllantirish maqsadida litsenziya talabgori qoʻshimcha ravishda mustaqil taqdim etishni xohlaydigan boshqa hujjatlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Litsenziya talabgoridan mazkur Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlarning taqdim etilishini talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Litsenziya olish uchun zarur boʻlgan hujjatlar litsenziya talabgori tomonidan litsenziyalovchi organning hududiy boʻlimlariga bevosita, olinganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma olingan holda pochta aloqa vositasi orqali yoki elektron shaklda taqdim etiladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar litsenziya talabgorining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziya olish uchun litsenziyalovchi organning hududiy boʻlimlariga taqdim etilgan hujjatlar roʻyxat boʻyicha qabul qilinadi, roʻyxatning nusxasi koʻrsatib oʻtilgan organ tomonidan hujjatlar qabul qilib olingan sana toʻgʻrisida belgi qoʻyilgan holda ariza beruvchiga yuboriladi (topshiriladi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Ishonchsiz yoki buzilgan maʼlumotlar taqdim etilganligi uchun litsenziya talabgori qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Arizalarni koʻrib chiqish va litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Litsenziya talabgorining litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizasi koʻrib chiqilganligi uchun qonun hujjatlarida toʻlov kunida belgilangan eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdorida yigʻim undiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziya talabgori berilgan arizadan voz kechgan taqdirda toʻlangan yigʻim summasi qaytarib berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror litsenziya talabgorining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda olingan kundan boshlab yigirma bir kundan oshmaydigan muddatda qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Litsenziya berish (muddatini uzaytirish) toʻgʻrisidagi hujjatlarni koʻrib chiqish, ular boʻyicha xulosalar tayyorlash ijodiy koʻmaklashuvchi vakillar guruhi tomonidan amalga oshiriladi. Ijodiy koʻmaklashuvchi vakillar guruhining majlisi oʻn besh kunda kamida bir marta oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziya talabgorining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda ular qabul qilingan kundan boshlab uch kun mobaynida ijodiy koʻmaklashuvchi vakillar guruhining koʻrib chiqishi uchun kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijodiy koʻmaklashuvchi vakillar guruhi taqdim etilgan hujjatlarni oʻn kundan ortiq boʻlmagan muddatda koʻrib chiqadi va ular boʻyicha litsenziya berish yoki uni berishni rad etish toʻgʻrisida xulosa tayyorlaydi. Xulosa ijodiy koʻmaklashuvchi vakillar guruhi majlisining bayoni bilan tasdiqlanadi va guruh rahbari (uning oʻrinbosari) tomonidan imzolanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Ijodiy koʻmaklashuvchi vakillar guruhi litsenziya talabgorlari tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqish jarayonida malaka (professional) sifatlarni baholaydi va ijrochilarni ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq malaka talablariga binoan litsenziatlarga aholiga konsert-tomosha xizmatlari koʻrsatish huquqi berilishini nazarda tutuvchi aniq reyting guruhlariga (birinchi — oltinchi guruhlar) kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Ijodiy koʻmaklashuvchi vakillar guruhi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har bir yakkaxon ijrochining malakasi va kasb mahorati darajasiga bogʻliq ravishda yakkaxon ijrochi — vokalistga va uning ansambli aʼzolariga — turli reyting guruhlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijodiy va xalq badiiy jamoalari tomonidan konsert-tomosha faoliyati amalga oshirilishida — umuman jamoaga va yakkaxon ijrochiga reyting guruhi berishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Litsenziyalovchi organ besh kun muddatda ijodiy koʻmaklashuvchi vakillar guruhi xulosasi asosida litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziyalovchi organ joylardagi hududiy boʻlimlar orqali litsenziya talabgorini qabul qilingan qaror toʻgʻrisida tegishli qaror qabul qilingandan keyin uch kun mobaynida xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziya berish yuzasidan qaror qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga bank hisob raqami rekvizitlari, davlat bojini toʻlash muddati koʻrsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Litsenziyalovchi organ bilan litsenziatning oʻzaro huquqlari va majburiyatlarini belgilovchi litsenziya bitimida quyidagilar boʻlishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bitimni imzolagan shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tomonlarning rekvizitlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
reyting guruhi va amalga oshirilishiga litsenziya berilayotgan faoliyat turi (uning qismi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziatlarning aholiga konsert-tomosha xizmatlari koʻrsatish huquqi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziatga qoʻyiladigan litsenziya talablari va shartlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziyaning amal qilish muddati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziya bitimi talablari va shartlari buzilganligi uchun tomonlarning javobgarligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziat tomonidan litsenziya bitimi talablari va shartlari bajarilishini litsenziyalovchi organ tomonidan nazorat qilish tartibi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziya bitimi ikki nusxada — litsenziat va litsenziyalovchi organ uchun bir nusxadan tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Litsenziyalar jismoniy shaxslar uchun — 3-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha, yuridik shaxslar uchun — 4-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha maxsus blankalarda rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziyalar blankalari qatʼiy hisobda turadigan hujjatlar hisoblanadi, hisobga olish seriyasiga, tartib raqamiga va himoyalanganlik darajasiga ega boʻladi. Litsenziyalar blankalari litsenziyalovchi organning buyurtmasi boʻyicha “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasida matbaa usulida tayyorlanadi. Litsenziyalovchi organ rahbari litsenziya blankalari hisobga olinishi, saqlanishi va ulardan maqsadli foydalanilishi uchun belgilangan tartibda shaxsan javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziyalar litsenziya talabgori tomonidan davlat boji toʻlanganini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgandan va u litsenziya bitimini imzolagandan keyin uch kun muddatda rasmiylashtiriladi va beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Agar litsenziat litsenziya berish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganligi haqidagi bildirishnoma yuborilgan (topshirilgan) vaqtdan boshlab uch oy mobaynida litsenziyalovchi organga litsenziya berilganligi uchun davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmasa yoxud litsenziya bitimini imzolamasa, litsenziyalovchi organ litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Litsenziya berish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasida belgilangan asoslar boʻyicha rad etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziya talabgori litsenziya berish rad etilishi toʻgʻrisidagi qaror, shuningdek litsenziyalovchi organ mansabdor shaxsining xatti-harakati (harakatsizligi) yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Litsenziya berishning rad etilishi toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda rad etish toʻgʻrisidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga rad etishning aniq sabablari va litsenziya talabgori koʻrsatib oʻtilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni takroran koʻrib chiqishga taqdim etishi uchun yetarli boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi). Litsenziya berishni rad etish haqidagi bildirishnomada koʻrsatilgan muddat aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur boʻlgan vaqtga mutanosib boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Litsenziya berish rad etilishiga asos boʻlgan sabablar litsenziya talabgori tomonidan bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlar litsenziya talabgorining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda olingan kundan boshlab oʻn kundan ortiq boʻlmagan muddatda takroran koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda takroran taqdim etilgan hujjatlar ijodiy koʻmaklashuvchi vakillar guruhiga koʻrib chiqish uchun ular qabul qilib olingan kunda taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijodiy koʻmaklashuvchi vakillar guruhi taqdim etilgan hujjatlarni besh kundan oshmaydigan muddatda qayta koʻrib chiqadi va ular boʻyicha litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida ekspert xulosasi tayyorlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziyalovchi organ ijodiy koʻmaklashuvchi vakillar guruhi xulosasi asosida litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida toʻrt kun muddatda qaror qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Litsenziya talabgorining arizasi qayta koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziya talabgorining arizasini qayta koʻrib chiqishda ilgari litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha litsenziya berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish, uning amal qilish muddatini uzaytirish, dublikat berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Litsenziat — yuridik shaxs qayta tashkil etilgan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgargan taqdirda, litsenziat yoki uning huquqiy vorisi qayta roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin bir oy muddatda litsenziyalovchi organga koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza berishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziat — jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi yoki turar joyi oʻzgargan taqdirda litsenziat qayta roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin bir oy muddatda litsenziyalovchi organga koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi ariza berishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Litsenziya qayta rasmiylashtirilgunga qadar litsenziat litsenziyada koʻrsatilgan faoliyatni ilgari berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Litsenziyani qayta rasmiylashtirishda litsenziyalovchi organ litsenziyalar reyestriga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi. Litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish litsenziyalovchi organ tomonidan tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza olingan kundan boshlab besh kun mobaynida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziyani qayta rasmiylashtirishda yigʻim undirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish litsenziatning arizasiga koʻra amalga oshiriladi. Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi ariza litsenziyalovchi organga litsenziyaning amal qilish muddati oʻtgunga qadar ikki oydan kechikmay berilishi kerak. Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish litsenziya berish uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Amal qilish muddati oʻtmagan yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan litsenziya oʻrniga litsenziatning arizasiga koʻra uning dublikati berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziyalarning dublikatlarini berishda yigʻim undirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VII. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Litsenziat tomonidan litsenziya shartlari va talablariga rioya etilishini nazorat qilish litsenziyalovchi organ va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilishni amalga oshirishda litsenziyalovchi organ va uning hududiy boʻlinmalari oʻz vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tekshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chogʻida paydo boʻladigan masalalar yuzasidan litsenziatdan zarur axborotni soʻrash va olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tekshirishlar natijalari asosida, litsenziya talablari va shartlarining litsenziat tomonidan aniq buzilishlarini koʻrsatgan holda dalolatnoma (maʼlumotnoma)lar tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziatga aniqlangan talablar va shartlar buzilishini bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar chiqarish, bunday talablar va shartlar buzilishini bartaraf etish muddatlarini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish yoki litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qaror chiqarish yoki sudga murojaat qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirishda litsenziyalovchi organning va (yoki) uning hududiy boʻlinmalarining tekshiruvchi xodimlari tomonidan ikki nusxada dalolatnoma tuziladi, ularning bittasi litsenziatga beriladi, ikkinchi nusxasi litsenziyalovchi organda yoki uning hududiy boʻlimida qoladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VIII. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish, litsenziyani bekor qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish va toʻxtatish, uni bekor qilish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 22 — 24-moddalarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziyalovchi organning litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish yoki toʻxtatish, uni bekor qilish toʻgʻrisidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilish mumkin. Sud tomonidan litsenziyalovchi organning qarori asossiz deb eʼtirof etilgan taqdirda litsenziyalovchi organ litsenziat oldida uning koʻrgan zarari miqdorida javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IX. Litsenziyalar reyestri
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Litsenziyalovchi organ konsert-tomosha faoliyatining litsenziyalar reyestrini yuritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziyalar reyestrida litsenziatlar toʻgʻrisida quyidagi asosiy maʼlumotlar koʻrsatilishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxslar uchun — yuridik shaxsning nomi, uning tashkiliy-huquqiy shakli, pochta manzili, telefoni, soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy shaxslar uchun — litsenziatning familiyasi, ismi, otasining ismi, uning pasportiga oid maʼlumotlar, uy manzili, telefoni, soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziyalar berilgan sana va tartib raqami;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziyalarning amal qilish muddati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish, ularning amal qilishini toʻxtatib turish va tiklashning asoslari va sanasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziyalarning amal qilishini toʻxtatish asoslari va sanasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziyalarni bekor qilishning asoslari va sanasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dublikat berishning asoslari va sanasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Litsenziyalarning reyestrlarida mavjud boʻlgan maʼlumotlar litsenziyalovchi organning veb-saytiga joylashtiriladi va tanishib chiqish uchun ochiq boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
X. Davlat boji toʻlash tartibi. Litsenziyalashdan tushgan mablagʻlardan foydalanish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish huquqiga litsenziya olgan jismoniy shaxslar oʻzlariga berilgan reyting guruhiga bogʻliq ravishda tabaqalashtirilgan miqdorda davlat boji toʻlaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish huquqiga litsenziya olgan yuridik shaxslar har bir ijrochiga berilgan reyting guruhiga bogʻliq ravishda tabaqalashtirilgan miqdorlarda davlat boji toʻlaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat boji miqdori har bir litsenziya talabgori uchun unga berilgan reyting guruhiga bogʻliq ravishda belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Davlat boji litsenziya talabgorlari tomonidan litsenziyalovchi organning maxsus hisob raqamiga toʻlanadi va quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30 foizi — respublika budjetiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
70 foizi — Estrada sanʼatini rivojlantirish jamgʻarmasining hisob raqamiga.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat boji stavkalari oʻzgarganda toʻlanishi lozim boʻlgan davlat boji litsenziyaning stavkalar oʻzgargandan keyingi amal qilish davri uchun qayta hisoblab chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat boji litsenziya berilgan muddat mobaynida ham bir yoʻla va ham choraklar boʻyicha toʻlanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziat ilgari davlat boji toʻlangan davr tamom boʻlgan paytdan boshlab uch oy mobaynida navbatdagi davr uchun davlat boji toʻlamagan taqdirda litsenziyalovchi organ litsenziyaning amal qilishini toʻxtatish choralarini koʻradi, ayni paytda litsenziya amal qilishining barcha davri uchun toʻlanmagan davlat bojini belgilangan tartibda undirib oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziya berilgan sanadan bir yil oʻtmasdan litsenziyaning amal qilishi toʻxtatilganda yoki litsenziya bekor qilinganda davlat boji bir yillik miqdorda undiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Davlat bojini choraklar boʻyicha toʻlashda litsenziyaning amal qilishi toʻxtatilganda yoki litsenziya bekor qilinganda toʻlangan davlat boji qaytarilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat boji bir yoʻla toʻlanganda ortiqcha toʻlangan davlat boji summasini qaytarish litsenziatning yozma arizasi asosida toʻlovni qaytarish toʻgʻrisidagi ariza berilgan sanadan boshlab oʻttiz ish kuni mobaynida amalga oshiriladi. Litsenziya berilgan sanadan bir yil oʻtmasdan litsenziyaning amal qilishi toʻxtatilganda yoki litsenziya bekor qilinganda davlat bojining ortiqcha toʻlangan summasini qaytarish uning bir yillik miqdoridan oshgan qismi boʻyicha amalga oshiriladi.
(42-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 22-dekabrdagi PQ-2455-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 52-son, 646-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Konsert-tomosha faoliyati bilan shugʻullanish huquqiga litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizalarni koʻrib chiqish uchun tushadigan mablagʻlar summasi toʻliq miqdorda litsenziyalovchi organ hududiy boʻlinmalarining talab qilib olinadigan depozit hisob raqamlariga oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Litsenziya talabgorlari va litsenziatlarning arizalari koʻrib chiqilganligi uchun tushgan mablagʻlardan litsenziyalovchi organning hududiy boʻlinmalari tomonidan litsenziyalashni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash uchun foydalaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Estrada sanʼatini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlaridan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
konsert-tomosha faoliyatini rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijrochilarni, shu jumladan yosh ijrochilarni moddiy va moliyaviy qoʻllab-quvvatlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
musiqa tanlovlari, festivallar oʻtkazish va ularning gʻoliblariga mukofotlar berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumdavlat tadbirlari, jamoat tadbirlari va boshqa bayram tadbirlarini oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziyalovchi organ va uning hududiy boʻlinmalarini moliyalashtirish va ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularning xodimlarini ragʻbatlantirish maqsadlarida foydalaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsert-tomosha faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziyalash mezonlari va ijrochilarning reyting guruhlarini belgilash boʻyicha malaka talablari, litsenziatlarning aholiga konsert-tomosha xizmatlari koʻrsatishga
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
huquqlari

Reyting guruhlari
Mezonlar
Mezonlar boʻyicha malaka talablari
Litsenziatlarning aholiga konsert-tomosha xizmatlari koʻrsatishga huquqlari
I
1.Ijodiy maqomi:
konsert-tomosha faoliyati sohasida talab darajasi.
2.Ijrochilik mahorati va repertuari:
yaratilgan qoʻshiqlarning soni va sifati.
3.Mukofotlarning mavjudligi, tanlovlar va koʻriklarda ishtiroki.
Ijodiy maqomi boʻyicha:
a)kamida 5 yil mobaynida muntazam ravishda yakkaxon ijrochi konsertlari oʻtkazish;
b)konsert-tomosha faoliyati sohasida ijrochilar yoki ijodiy jamoalarga talab darajasi.
Ijrochilik mahorati va repertuari boʻyicha:
a)ijodiy faoliyat davomida kamida 5 ta albom chiqarish;
b)atoqli yozuvchilar, bastakorlar va aranjirovkachilar bilan oʻzaro hamkorlik.
Mukofotlarning mavjudligi, tanlovlar va koʻriklarda ishtiroki boʻyicha:
“Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti”, “Oʻzbekiston Respublikasi xalq hofizi”, “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist” va boshqa faxriy unvonlari mavjudligi;
respublika va xalqaro darajadagi tanlovlar, koʻriklar gʻolibi diplomlari, ular mavjud boʻlganda.
Oʻzbekiston Respublikasi hududida va uning tashqarisida yakkaxon konserti tashkil etish;
bitta janrning ikki va undan koʻp ijrochilari ishtirokidagi konsert dasturida, turli janrlar yoʻnalishlarining bir nechta ijrochilari ishtirokidagi konsert dasturida qatnashish;
ommaviy axborot vositalarida qoʻshiqlar va videokliplarni taqdim etish.
II
1.Ijodiy maqom:
konsert-tomosha faoliyati sohasida talab darajasi.
2.Ijrochilik mahorati va repertuari:
yaratilgan qoʻshiqlarning soni va sifati.
3.Mukofotlarning mavjudligi, tanlovlar va koʻriklarda ishtiroki.
Ijodiy maqomi boʻyicha:
a)kamida 3 yil mobaynida muntazam ravishda konsert dasturlarida qatnashish;
b)konsert-tomosha faoliyati sohasida ijrochilar yoki ijodiy jamoalarga talab darajasi.
Ijrochilik mahorati va repertuari boʻyicha:
a)ijodiy faoliyat davomida kamida 3 ta albom chiqarish;
b)ijrochilik mahorati, musiqalar va qoʻshiqlar soʻzlari darajasi;
v)yozuvchilar, bastakorlar va aranjirovkachilar bilan oʻzaro hamkorlik.
Mukofotlarning mavjudligi, tanlovlar va koʻriklarda ishtiroki boʻyicha:
“Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti”, “Oʻzbekiston Respublikasi xalq hofizi”, “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist”, “Nihol” Davlat mukofoti va boshqa faxriy unvonlari mavjudligi;
respublika va xalqaro darajadagi tanlovlar, koʻriklar gʻolibi diplomlari — ular mavjud boʻlganda.
Oʻzbekiston Respublikasi hududida yakkaxon konserti tashkil etish;
bitta janrning ikki va undan koʻp ijrochilari ishtirokidagi konsert dasturida, turli janrlar yoʻnalishlarining bir nechta ijrochilari ishtirokidagi konsert dasturida qatnashish;
ommaviy axborot vositalarida qoʻshiqlar va videokliplarni taqdim etish.
III
1.Ijodiy maqom:
konsert-tomosha faoliyati sohasida talab darajasi.
2.Ijrochilik mahorati va repertuari:
a)yaratilgan qoʻshiqlarning soni va sifati;
b)musiqalar va qoʻshiqlar soʻzlari darajasi.
3.Mukofotlarning mavjudligi, tanlovlar va koʻriklarda ishtiroki.
Ijodiy maqomi boʻyicha:
a)kamida 1 yil mobaynida muntazam ravishda konsert dasturlarida qatnashish;
b)konsert-tomosha faoliyati sohasida ijrochilar yoki ijodiy jamoalarga talab darajasi.
Ijrochilik mahorati va repertuari boʻyicha:
a)ijodiy faoliyat davomida kamida 1 ta albom chiqarish;
b)ijrochilik mahorati, musiqalar va qoʻshiqlar soʻzlari darajasi;
v)yozuvchilar, bastakorlar va aranjirovkachilar bilan oʻzaro hamkorlik.
Mukofotlarning mavjudligi, tanlovlar va koʻriklarda ishtiroki boʻyicha:
“Nihol” Davlat mukofoti va boshqalar mavjudligi;
Respublika va xalqaro darajadagi tanlovlar, koʻriklar gʻolibi diplomlari — ular mavjud boʻlganda.
bitta janrning ikki va undan koʻp ijrochilari ishtirokidagi konsert dasturida, turli janrlar yoʻnalishlarining bir nechta ijrochilari ishtirokidagi konsert dasturida qatnashish;
ommaviy axborot vositalarida qoʻshiqlar va videokliplarni taqdim etish.
IV
1.Ijrochilik mahorati va repertuari:
a)ijrochilik mahorati;
b)yaratilgan qoʻshiqlarining soni va sifati;
v)musiqalar va qoʻshiqlar soʻzlari darajasi.
Ijrochilik mahorati va repertuari boʻyicha:
a)ijrochilik mahorati, shu jumladan solistlarni jonli ovozda eshitish yoʻli bilan baholanadigan ularning mahorati;
b)oʻziga xos isteʼdodi, talantining mavjudligi;
v)kamida 2 ta qoʻshigʻining mavjudligi;
g)musiqalar va qoʻshiqlar soʻzlari darajasi, yozuvchilar, bastakorlar va aranjirovkachilar bilan oʻzaro hamkorlik.
bitta janrning ikki va undan koʻp ijrochilari ishtirokidagi konsert dasturida, turli janrlar yoʻnalishlarining bir nechta ijrochilari ishtirokidagi konsert dasturida qatnashish;
ommaviy axborot vositalarida qoʻshiqlar va videokliplarni taqdim etish.
V
1.Ijodiy maqom:
xizmatlar bozorida ijrochilar va ijodiy jamoalarga talab darajasi.
2.Ijrochilik mahorati va repertuari:
a)ijrochilik mahorati;
b)musiqalar va qoʻshiqlar soʻzlari darajasi.
Ijodiy maqomi boʻyicha:
kamida 1 yil toʻylarda, yubileylarda va boshqa tantanalarda konsert xizmatlari koʻrsatish.
Ijrochilik mahorati va repertuari boʻyicha:
a)oʻziga xos isteʼdodi, talantining mavjudligi;
b)ijrochilik mahorati;
v)havaskorlik sanʼati.
toʻylarda, yubileylarda va boshqa tantanalarda konsert xizmati koʻrsatish (restoranlarda, barlarda, qahvaxonalarda va xususiy uylarda toʻylar, yubileylar va boshqa tantanalarga konsert xizmatlari koʻrsatish), jumladan hordiq chiqarish tashkilotlarida (klublarda, diskotekalarda, restoranlarda, barlarda va qahvaxonalarda) konsert xizmatlari koʻrsatish.
VI
1.Ijrochilik mahorati va repertuari:
a)ijrochilik mahorati;
b)musiqalar va qoʻshiqlar soʻzlari darajasi.
Ijrochilik mahorati va repertuari boʻyicha:
a)oʻziga xos isteʼdodi, talantining mavjudligi;
b)ijrochilik mahorati;
v)havaskorlik sanʼati.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izohlar:

Ijodiy koʻmaklashuvchi vakillar guruhi litsenziatlarning reyting guruhlarini koʻtarish yoki pasaytirishga oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilishda quyidagi koʻrsatkichlarga asoslanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
konsert-tomosha faoliyati sohasida va aholi oʻrtasida talab va taklif darajasining oʻsishi va kamayishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat mukofoti, turli professional mukofotlar olishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan mezonlar va malaka talablariga muvofiq kelmasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kasbiy kasalliklari sababli bir yildan ortiq faoliyat yuritmasligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsert-tomosha tadbirlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsert-tomosha faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri) OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI “OʻZBEKNAVO” ESTRADA BIRLASHMASI
Konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi LITSENZIYA (Ijrochi-jismoniy shaxs uchun)
Seriya AA
№ 0000
Toshkent sh.
Berilgan sana “___” ____________20__yil
“Oʻzbeknavo” estrada birlashmasining 20__ yil “___”____________dagi_______-son___________ buyrugʻi asosida
konsert-tomosha faoliyatining ________________________________________________________ _________________________________________________________________________________ qismi boʻyicha faoliyatini amalga oshirish huquqi berildi. Amal qilish muddati: __________________________________________
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsert-tomosha faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri) OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI “OʻZBEKNAVO” ESTRADA BIRLASHMASI
Konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi LITSENZIYA (Ijodiy jamoa-yuridik shaxs uchun)
Seriya AY
№ 0000
Toshkent sh.
Berilgan sana “___” ____________20__yil
“Oʻzbeknavo” estrada birlashmasining 20__ yil “___”____________dagi_______-son___________ buyrugʻi asosida
_________________________________________________________________________________ (yuridik shaxsning nomi, pochta manzili, STIR) _________________________________________________________________________________ _________________________________________________________________________________ (ijodiy jamoa aʼzolarining F.I.O.) _________________________________________________________________________________
konsert-tomosha faoliyatining ________________________________________________________ _________________________________________________________________________________ qismi boʻyicha faoliyatini amalga oshirish huquqi berildi. Amal qilish muddati: __________________________________________
yakkaxon ijrochi konserti (bir yakkaxon ijrochining konsert dasturi);
bitta janrning ikki yoki undan koʻp ijrochisi ishtirokidagi konsert dasturi;
turli janrlarning bir nechta ijrochilari ishtirokidagi konsert dasturi (solist, sozanda, raqqosa, boshlovchi, qiziqchi va boshqalar);
ommaviy axborot vositalarida qoʻshiqlar va videokliplarni taqdim etish.
195
98
65
40
restoranlar, barlar, qahvaxonalar va xususiy uylarda yubiley tantanalariga xizmat koʻrsatish;
restoranlar, barlar, qahvaxonalar va xususiy uylarda toʻylar (nikohni qayd etish, osh berish, kechqurungi nikoh toʻyi, “kelin salom”), “sunnat toʻyi” tadbirlariga xizmat koʻrsatish;
hordiq chiqarish muassasalari, klublar, diskotekalar, restoranlar, barlar va qahvaxonalarda xizmat koʻrsatish (solist, sozanda, raqqosa, boshlovchi, qiziqchi, didjey-ovoz operatori, maʼmur va boshqalar).
26
13
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izohlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Davlat boji (shu jumladan, choraklar boʻyicha boʻlib-boʻlib toʻlanganda — davlat bojining tegishli qismi) miqdorlari toʻlov kunidagi eng kam oylik ish haqi miqdoridan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
** IV reyting guruhiga kiritilgan va taʼlim muassasalarida oʻqiyotgan hamda birinchi marta litsenziya olayotgan ijrochilar ushbu taʼlim muassasasida taʼlim olish davrida (tegishli tasdiqlovchi hujjat mavjud boʻlganda), biroq litsenziya berilgan sanadan boshlab koʻpi bilan bir yil mobaynida davlat boji toʻlamaydi.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 22-dekabrdagi PQ-2455-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 52-son, 646-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 9-dekabrdagi 354-son qaroriga 3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsert-tomosha tadbiriga bir martalik ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq konsert-tomosha tadbiriga bir martalik ruxsatnoma berish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ruxsatnoma — “Oʻzbeknavo” estrada birlashmasi (keyingi oʻrinlarda vakolatli organ deb ataladi) yoki uning hududiy boʻlinmalari tomonidan ariza beruvchilarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida konsert-tomosha tadbirlarini tashkil etish uchun beriladigan bir martalik hujjat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza beruvchi — konsert-tomosha tadbiriga bir martalik ruxsatnoma olish uchun murojaat qilgan yuridik shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
konsert-tomosha tadbiri — yakkaxon konsert dasturi bilan bir nafar ijrochi, ikki yoki undan koʻp ijrochilar (solist, sozanda, raqqosa, olib boruvchi, qiziqchi va boshqalar) ishtirokida konsert dasturi bilan konsert-tomosha tadbirlari obyektlarida tashkil etiladigan madaniy-ommaviy va koʻngilochar-tomosha dasturlari (musiqali, adabiy va boshqa festivallar, konsert, teatr, reklama tadbirlari, xalq sayillari, milliy tomoshalar va oʻyinlar, koʻrik-tanlovlar va shu kabilar).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Konsert-tomosha tadbirini oʻtkazish ushbu Nizomga muvofiq berilgan ruxsatnoma mavjud boʻlgan taqdirda amalga oshiriladi, quyidagilar bundan mustasno:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan oʻtkazish belgilangan konsert-tomosha tadbirlari, shu jumladan umumxalq bayramlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining qarorlari asosida oʻtkaziladigan xalqaro va umumdavlat ahamiyatiga molik konsert-tomosha tadbirlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ruxsatnoma:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tijorat va reklama maqsadlarida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
notijorat maqsadlarida tashkil etiladigan konsert-tomosha tadbirlarini tashkil etishga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Konsert-tomosha tadbirlarini tashkil etishga ruxsatnoma berish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tijorat va reklama maqsadlarida tashkil etiladigan konsert-tomosha tadbirlarini tashkil etishga — ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
notijorat maqsadlarida tashkil etiladigan konsert-tomosha tadbirlarini tashkil etishga — ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Tijorat va reklama maqsadlaridagi konsert-tomosha tadbirlarini tashkil etishga ruxsatnoma berish — ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha vakolatli organ tomonidan beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
notijorat maqsadlarida konsert-tomosha tadbirlarini tashkil etishga ruxsatnoma — ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha vakolatli organning hududiy boʻlinmalari tomonidan beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ariza beruvchilar konsert-tomosha tadbirlarini tashkil etishga ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi ariza bilan vakolatli organga yoki uning hududiy boʻlinmalariga murojaat qilishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Ruxsatnoma konsert-tomosha tadbiri tashkilotchisining arizasida koʻrsatilgan aniq konsert-tomosha tadbirini bir marta oʻtkazish huquqiga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ruxsatnoma faqat unda koʻrsatilgan muddat mobaynida amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Ruxsat beruvchi talablar va shartlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Quyidagilar konsert-tomosha tadbirlarini tashkil etishda ruxsat berish talablari va shartlariga tegishlidir:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
konsert-tomosha tadbirini tashkil etishda qonun hujjatlariga, jumladan, faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash, mualliflik huquqi va turdosh huquqlar, reklama toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
konsert-tomosha tadbirini ruxsatnomada koʻrsatilgan sana, joy va vaqtda oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vakolatli organga yoki uning hududiy boʻlinmalariga (konsert-tomosha tadbirlari notijorat maqsadlarida tashkil etilgan taqdirda) taqdim etilgan konsert-tomosha tadbirining dasturi (ssenariysi)ga qatʼiy rioya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zaruriyat boʻlganda konsert-tomosha tadbirini oʻtkazish sanasi, vaqti, joyiga yoki konsert-tomosha tadbirining dasturi (ssenariysi)ga oʻzgartirishlar kiritish, bu haqda vakolatli organni yoki uning hududiy boʻlinmalarini (konsert-tomosha tadbirlari notijorat maqsadlarida tashkil etilgan taqdirda) belgilangan muddatlarda oldindan yozma ravishda xabardor qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
konsert-tomosha tadbirini oʻtkazishda sahna madaniyatiga, milliy qadriyatlar va anʼanalarga rioya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijrochilarning chiqishlarida ular tomonidan nojoiz xatti-harakatlarga, jumladan, tomoshabinlarga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi xatti-harakatlarga yoʻl qoʻyilmasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tomoshabinlarning konsert-tomosha tadbiri oʻtkaziladigan hududdagi harakatini taʼminlash, ularning chiptalarda koʻrsatilgan oʻrinlarga joylashishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
konsert-tomosha tadbirlarini ommaviy tadbirni oʻtkazishda xavfsizlikni taʼminlash toʻgʻrisida ichki ishlar organlari bilan shartnoma tuzilgandan keyin ommaviy tadbirni oʻtkazishga ruxsatnoma asosida oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirlarni yetarlicha miqdordagi evakuatsiya qilish yoʻllari mavjud boʻlgan joylarda oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chipta (taklifnoma)ning orqa tomonida konsert-tomosha tadbirini oʻtkazish obyektiga olib kirish taqiqlangan buyumlar va ashyolar toʻgʻrisida ogohlantirish mavjudligini taʼminlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Konsert-tomosha tadbiri uning dasturi (ssenariysi)ga muvofiq ushbu konsert-tomosha tadbirining tashkilotchisi tomonidan oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Ruxsatnoma olingunga qadar konsert-tomosha tadbirining tashkilotchisi va boshqa shaxslar ommaviy axborot vositalarida, Internet tarmoqlarida, plakatlarda konsert-tomosha tadbiri oʻtkazilishi toʻgʻrisida eʼlon qilishga, reklama materiallari tarqatilishiga, konsert-tomosha tadbirini oʻtkazish joyi, sanasi va vaqti toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni boshqa tarzda tarqatishga, chiptalarni sotishga haqli emaslar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Ruxsatnoma olish uchun zarur boʻlgan hujjatlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Konsert-tomosha tadbirlarini tashkil etishga ruxsatnoma olish uchun ariza beruvchi quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) tijorat va reklama maqsadlarida konsert-tomosha tadbirlarini tashkil etish uchun vakolatli organga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi arizani;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxs davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning nusxasini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
konsert-tomosha tadbirining ariza beruvchi tomonidan tasdiqlangan dasturi (ssenariysi)ni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ruxsatnoma olinganligi uchun belgilangan yigʻim ariza beruvchi tomonidan toʻlanganligini tasdiqlaydigan hujjatning nusxasini taqdim etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) notijorat maqsadlarida konsert-tomosha tadbirlarini tashkil etish uchun vakolatli organning hududiy boʻlinmalariga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Nizomga 6-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi arizani;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
konsert-tomosha tadbirining ariza beruvchi tomonidan tasdiqlangan dasturi (ssenariysi)ni taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Ariza beruvchidan ushbu Nizomning 12-bandida nazarda tutilmagan hujjatlar taqdim etilishini talab etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Ishonchsiz yoki buzilgan maʼlumotlar taqdim etilganligi uchun ariza beruvchi qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Ruxsatnoma olish uchun zarur boʻlgan hujjatlar ariza beruvchi tomonidan vakolatli organga yoki uning hududiy boʻlinmalariga (notijorat maqsadlarida konsert-tomosha tadbirlari tashkil etilgan taqdirda) bevosita, olinganligi tasdiqlangan holda pochta aloqasi orqali yoki elektron shaklda taqdim etiladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar ariza beruvchining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Ruxsatnoma olish uchun ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar vakolatli organ buning aksini isbot qilmaguniga qadar barcha hollarda ishonchli deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Arizani koʻrib chiqish va ruxsatnomani berish yoki uni berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Konsert-tomosha tadbirlarini tashkil etishga ruxsatnoma olish uchun hujjatlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tijorat va reklama maqsadlarida tashkil etiladigan konsert-tomosha tadbirini oʻtkazishdan kamida oʻttiz kun oldin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
notijorat maqsadlarida tashkil etiladigan konsert-tomosha tadbirini oʻtkazishdan kamida oʻn kun oldin taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Konsert-tomosha tadbirlarini:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) tijorat va reklama maqsadlarida tashkil etishga ruxsatnoma berilganligi uchun:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahrida — eng kam oylik ish haqining 5 baravari miqdorida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nukus shahrida va viloyat markazlarida — eng kam oylik ish haqining 3 baravari miqdorida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqa aholi punktlarida — 1 eng kam oylik ish haqi miqdorida yigʻim undiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) notijorat maqsadlarida tashkil etishga ruxsatnoma berilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Tijorat va reklama maqsadlarida konsert-tomosha tadbirlarini tashkil etishga ruxsatnoma:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir necha kun mobaynida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ayni bir dastur (ssenariy) boʻyicha har xil vaqtda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aynan bir ariza beruvchi tomonidan turli joylarda bir kunda oʻtkaziladigan har bir konsert-tomosha tadbiri uchun alohida beriladi va yigʻimlar undiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Tijorat va reklama maqsadlarida konsert-tomosha tadbirlarini tashkil etishga ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish uchun — vakolatli organ tomonidan Milliy estrada sanʼatini rivojlantirish va muvofiqlashtirish kengashining roziligi bilan ekspert komissiyasi tashkil etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
notijorat maqsadlarida konsert-tomosha tadbirlarini tashkil etishga ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish uchun — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari tomonidan vakolatli organning hududiy boʻlinmalarida ekspert guruhlari tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Ekspert komissiyasi tarkibiga malakali mutaxassislar — yozuvchilar va shoirlar, bastakorlar, musiqashunoslar, rejissorlar, baletmeysterlar, maʼnaviy-maʼrifiy xodimlar va boshqa sohalarning vakillari kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ekspert guruhlarining namunaviy tarkibi ushbu Nizomga 7-ilovada keltiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish ariza beruvchidan ushbu Nizomning 12-bandida nazarda tutilgan barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda ariza qabul qilingan sanadan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vakolatli organ tomonidan — yigirma kundan ortiq boʻlmagan muddatda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vakolatli organning hududiy organlari tomonidan — oʻn uch kundan ortiq boʻlmagan muddatda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi arizani va ushbu Nizomning 12-bandida nazarda tutilgan barcha zarur hujjatlarni qabul qilish, tayyorlash va ekspert komissiyasi va ekspert guruhlarining koʻrib chiqishi uchun kiritish ariza berilgan kundan boshlab uch kundan kech boʻlmagan muddatda amalga oshirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish muddati ariza va barcha zarur hujjatlar vakolatli organ (uning hududiy boʻlinmalari)dan qabul qilingan sanadan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vakolatli organ huzuridagi ekspert komissiyasi tomonidan — oʻn ikki kundan ortiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vakolatli organning hududiy boʻlinmalari huzuridagi ekspert guruhi tomonidan — yetti kundan ortiq boʻlmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Ekspert komissiyasi va ekspert guruhlari arizalarni koʻrib chiqishda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
konsert-tomosha tadbiri dasturi (ssenariysi)ning gʻoyaviy-badiiy darajasiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taqdim etilgan repertuarning milliy anʼanalarga va umuminsoniy qadriyatlarga muvofiqligiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
konsert-tomosha tadbiri dasturi (ssenariysi)da Vatanga sadoqat va muhabbat singari gʻoyalar aks etganligiga eʼtibor beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha ekspert komissiyasi va ekspert guruhlarining xulosasi tegishli bayonnoma bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Xulosalar asosida ruxsatnomani berish yoki uni berishni rad etish toʻgʻrisidagi buyruqlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vakolatli organ tomonidan — ekspert komissiyasi tomonidan xulosa tasdiqlangan kundan boshlab besh kun mobaynida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vakolatli organning hududiy boʻlinmalari tomonidan — ekspert guruhi tomonidan xulosa tasdiqlangan kundan boshlab uch kun mobaynida chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Ariza beruvchi tomonidan ruxsatnomani olish uchun vakolatli organga va uning hududiy boʻlinmalariga taqdim etilgan hujjatlar va materiallar qaytarilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Agar vakolatli organ yoki uning hududiy boʻlinmalari (notijorat maqsadlarida konsert-tomosha tadbirlari tashkil etilgan taqdirda) arizani koʻrib chiqishning belgilangan muddati mobaynida ariza beruvchini konsert-tomosha tadbirlarini tashkil etishga ruxsatnoma berish yoki uni berishni rad etish toʻgʻrisida xabardor qilmagan boʻlsa, u holda ariza beruvchi uning uchun ruxsatnoma olishni moʻljallagan konsert-tomosha tadbirini, bu haqda vakolatli organni yoki uning hududiy boʻlinmalarini (notijorat maqsadlarida konsert-tomosha tadbirlari tashkil etilgan taqdirda) yozma ravishda xabardor qilgan holda, tashkil etish huquqiga egadir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Ushbu Nizomning 29-bandida nazarda tutilgan holatda vakolatli organ yoki uning hududiy boʻlinmalari (notijorat maqsadlarida konsert-tomosha tadbirlari tashkil etilgan taqdirda) ariza beruvchining yozma bildirishnomasi olingandan keyin besh ish kuni mobaynida unga ruxsatnoma berishi shart. Ruxsatnoma olingunga qadar taqdim etilgan hujjatlar roʻyxati ular qabul qilingan sana toʻgʻrisida belgi qoʻyilgan holda va ariza beruvchi tomonidan vakolatli organ yoki uning hududiy boʻlinmalariga (notijorat maqsadlarida konsert-tomosha tadbirlari tashkil etilgan taqdirda) yuborilgan yozma bildirishnoma ruxsatnomaga tenglashtiriladi va konsert-tomosha tadbirini tashkil etish uchun asos hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Vakolatli organ yoki uning hududiy boʻlinmalari (notijorat maqsadlarida konsert-tomosha tadbirlari tashkil etilgan taqdirda) tegishli qaror qabul qilingan sanadan boshlab bir ish kunidan kechikmay ariza beruvchiga ruxsatnomani berishi (yuborishi) yoki ruxsatnomani berish rad etilganligi toʻgʻrisida yozma shaklda uni xabardor qilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Quyidagilar ruxsatnomani berishni rad etish uchun asos hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ruxsatnomani berish uchun zarur boʻlgan hujjatlar ariza beruvchi tomonidan toʻliq boʻlmagan hajmda taqdim etilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza beruvchining ruxsat beruvchi talablar va shartlarga nomuvofiqligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda ishonchsiz yoki buzilgan maʼlumotlar mavjudligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshqa asoslar, shu jumladan maqsadga muvofiq emaslik sababi bilan ruxsatnoma berish rad etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Ruxsatnomani berish rad etilganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma ariza beruvchiga rad etish sabablari, qonun hujjatlarining aniq normalari va ariza beruvchi koʻrsatib oʻtilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi). Ariza beruvchi rad etish sabablarini bartaraf etishga va hujjatlarni takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etishga haqli boʻlgan muddat ruxsatnomani berish rad etilganligi toʻgʻrisida yozma bildirishnoma olingan kundan boshlab oʻn ish kunidan kam boʻlmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Ruxsatnomani berish rad etilishi uchun asos boʻlib xizmat qilgan sabablar ariza beruvchi tomonidan belgilangan muddatda bartaraf etilgan taqdirda hujjatlarni takroran koʻrib chiqish, ruxsatnomani berish yoki uni berishni rad etish vakolatli organ tomonidan ariza beruvchidan rad etish sabablari bartaraf etilganligi toʻgʻrisidagi ariza va rad etish sabablari bartaraf etilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar olingan kundan boshlab oʻn ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda (notijorat maqsadlarida konsert-tomosha tadbirlari tashkil etilgan taqdirda vakolatli organning hududiy boʻlinmalari tomonidan besh ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda) amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ariza takroran koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Hujjatlarni takroran koʻrib chiqishda vakolatli organ yoki uning hududiy boʻlinmalari tomonidan (notijorat maqsadlarida konsert-tomosha tadbirlari tashkil etilgan taqdirda) ariza beruvchiga yozma bildirishnomada oldin bayon qilinmagan rad etish sabablari keltirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, oldin koʻrsatilgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar bilan bogʻliq rad etish sabablari keltirilishi bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Ariza beruvchi tomonidan ruxsatnomani berish rad etilganligi toʻgʻrisidagi yozma bildirishnomada koʻrsatilgan muddat tamom boʻlgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza deb hisoblanadi va vakolatli organ yoki uning hududiy boʻlinmalari (notijorat maqsadlarida konsert-tomosha tadbirlari tashkil etilgan taqdirda) tomonidan umumiy asoslarda koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Ariza beruvchi ruxsatnomani berish rad etilishi, shuningdek vakolatli organ yoki uning hududiy boʻlinmalarining mansabdor (vakolatli) shaxsining xatti-harakati (harakatsizligi) ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga egadir (notijorat maqsadlarida konsert-tomosha tadbirlari tashkil etilgan taqdirda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish, uning amal qilish muddatini uzaytirish, dublikatlar berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Ariza beruvchi qayta tashkil etilgan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgargan, yuridik shaxs sifatida qayta roʻyxatdan oʻtkazilgan taqdirda ariza beruvchi yoxud uning huquqiy vorisi qayta roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin yetti ish kuni mobaynida vakolatli organga yoki uning hududiy boʻlinmalariga (notijorat maqsadlarida konsert-tomosha tadbirlari tashkil etilgan taqdirda) koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlarni tasdiqlaydigan hujjatlarni ilova qilgan holda ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza berishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Konsert-tomosha tadbirini oʻtkazish vaqti yoki joyiga, konsert-tomosha tadbirining dasturi (ssenariysi)ga nisbatan oʻzgartirishlar kiritish zarur boʻlgan taqdirda (baʼzi ijrochilarning tadbirda ishtirok etishi imkoni boʻlmasligi hollari bundan mustasno) ariza beruvchi bu haqda vakolatli organni kamida oʻn kun oldin (notijorat maqsadlarida konsert-tomosha tadbirlari tashkil etilgan taqdirda — uning hududiy boʻlinmalarini konsert-tomosha tadbiri oʻtkaziladigan sanadan kamida besh kun oldin) yozma ravishda xabardor qilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisidagi arizaga ruxsatnomaning asl nusxasi ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Vakolatli organ yoki uning hududiy boʻlinmalari (notijorat maqsadlarida konsert-tomosha tadbirlari tashkil etilgan taqdirda) tomonidan ruxsatnoma qayta rasmiylashtirilganda ruxsatnomalar reyestriga tegishli oʻzgartirish kiritiladi. Ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish va berish vakolatli organ yoki uning hududiy boʻlinmalari (notijorat maqsadlarida konsert-tomosha tadbirlari tashkil etilgan taqdirda) tomonidan tegishli hujjatlar ilova qilingan holda ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi ariza olingan kundan boshlab ikki ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Ruxsatnoma yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan taqdirda ariza beruvchining arizasi boʻyicha uning dublikati beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ruxsatnoma yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan taqdirda vakolatli organ yoki uning hududiy boʻlinmalari (notijorat maqsadlarida konsert-tomosha tadbirlari tashkil etilgan taqdirda) ariza va ruxsatnomaning asl nusxasi olingan kundan boshlab ikki ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda ruxsatnoma dublikatini berishi (yuborishi) shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Ruxsatnomaning dublikatini berish toʻgʻrisidagi ariza koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI. Ruxsatnomaning amal qilishini toʻxtatib turish va toʻxtatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Ruxsatnomani amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish va uni bekor qilish vakolatli organ yoki uning hududiy boʻlinmalari tomonidan (notijorat maqsadlarida konsert-tomosha tadbirlari tashkil etilgan taqdirda) “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 22, 23 va 25-moddalarida nazarda tutilgan tartibda va hollarda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Ruxsat berish talablari va shartlari bir marta qoʻpol buzilishining quyidagi hollari ruxsatnomaning amal qilishini toʻxtatish uchun asos boʻlishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
konsert-tomosha tadbirining tasdiqlangan dastur (ssenariy)ga nomuvofiqligi aniqlanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
konsert-tomosha tadbirini oʻtkazishda milliy qadriyatlar va anʼanalarga, sahna madaniyatiga rioya qilmaslik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijro etuvchilar tomonidan chiqishlar vaqtida nojoiz xatti-harakatlarga, jumladan, tomoshabinlarda tajavuzkorlik namoyon boʻlishiga undovchi xatti-harakatlarga yoʻl qoʻyilishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VII. Berilgan ruxsatnomalar reyestri
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Reyestr qogʻozda va elektron manbalarda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) tijorat va reklama maqsadlarida tashkil etiladigan konsert-tomosha tadbiriga berilgan ruxsatnomalar boʻyicha reyestrga quyidagi maʼlumotlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza beruvchining tashkiliy-huquqiy shakli, pochta manzili, telefon raqami;

ruxsatnoma berilgan sana va uning raqami;

ruxsatnomaning amal qilish muddati;

ruxsatnomani bergan organning nomi;

konsert-tomosha tadbirining nomi, unda ishtirok etadigan asosiy ijrochilarning familiyasi va ismi (taxallusi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
konsert-tomosha tadbiri oʻtkaziladigan joy va sana;

ekspert komissiyasi majlisining bayonnomasi va vakolatli organning bosh direktori buyrugʻi rekvizitlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish, uning amal qilishini toʻxtatib turish va tiklashning asosi va sanasi;

ruxsatnomaning amal qilishini toʻxtatishning asosi va sanasi;

ruxsatnomani bekor qilishning asosi va sanasi;

ruxsatnomaning dublikatini berishning asosi va sanasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yigʻim toʻlanganligini tasdiqlaydigan hujjatning tegishli rekvizitlari kiritilgan holda vakolatli organ tomonidan yuritiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) notijorat maqsadlarida tashkil etiladigan konsert-tomosha tadbiriga beriladigan ruxsatnomalar boʻyicha reyestrga quyidagi maʼlumotlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza beruvchining tashkiliy-huquqiy shakli, pochta manzili, telefon raqami;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ruxsatnoma berilgan sana va uning raqami;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ruxsatnomaning amal qilish muddati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ruxsatnomani bergan organning nomi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
konsert-tomosha tadbirining nomi, unda ishtirok etadigan ijrochilarning familiyasi va ismi (taxallusi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
konsert-tomosha tadbiri oʻtkaziladigan joy va sana;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish, uning amal qilishini toʻxtatib turish va tiklashning asosi va sanasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ruxsatnomaning amal qilishini toʻxtatishning asosi va sanasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ruxsatnomani bekor qilishning asosi va sanasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ruxsatnomaning dublikatini berishning asosi va sanasi kiritilgan holda vakolatli organning hududiy boʻlinmalari tomonidan yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. Qogʻozdagi va elektron manbalardagi maʼlumotlar oʻrtasida nomuvofiqlik mavjud boʻlgan taqdirda qogʻozdagi yozuvlar ustunlikka ega boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47. Ruxsatnomalar reyestri yangi yilning birinchi ish kunidan boshlab yangi reyestr ochilgan holda har bir yil uchun alohida yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ruxsatnomaning nusxasi, shuningdek ruxsatnoma berish bilan bogʻliq hujjatlar vakolatli organda yoki uning hududiy boʻlinmalarida (notijorat maqsadlarida konsert-tomosha tadbirlari tashkil etilgan taqdirda) uch yil saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VIII. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48. Ruxsatnoma yagona asl nusxada rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsert-tomosha tadbirlarini tashkil etish uchun berilgan ruxsatnomalarning nusxalari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tijorat va reklama maqsadlarida tashkil etiladigan konsert-tomosha tadbirlari boʻyicha — vakolatli organda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
notijorat maqsadlarida tashkil etiladigan konsert-tomosha tadbirlari boʻyicha — vakolatli organning hududiy boʻlinmalarida saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49. Ruxsat berish talablari va shartlariga rioya qilish ustidan nazorat qilish belgilangan tartibda vakolatli organning yoki mahalliy davlat hokimiyati organlarining (notijorat maqsadlarida konsert-tomosha tadbirlari tashkil etilgan taqdirda) masʼul xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50. Masʼul xodim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
konsert-tomosha tadbirining repetitsiyalarida ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
konsert-tomosha tadbirining tashkilotchisidan konsert-tomosha tadbiriga tegishli zarur maʼlumotlarni soʻrash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ruxsat berish talablari va shartlari buzilgan hollar aniqlanganda konsert-tomosha tadbiri tashkilotchisidan ushbu talablar buzilishini bartaraf etishni talab etishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51. Konsert-tomosha tadbirining tashkilotchisi tomonidan ruxsat berish talablari va shartlari buzilgan taqdirda masʼul xodim talablar buzilganligi toʻgʻrisida dalolatnoma tuzadi va konsert-tomosha tadbirining tashkilotchisi qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
52. Vakolatli organning hududiy boʻlinmalari notijorat maqsadlarida konsert-tomosha tadbirlari tashkil etilishiga ular tomonidan berilgan ruxsatnomalar toʻgʻrisida ular berilgan kundan boshlab uch kun mobaynida vakolatli organni xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
53. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsert-tomosha tadbiriga bir martalik ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsert-tomosha tadbiriga bir martalik ruxsatnoma berishda ruxsat berish tartibotlaridan oʻtish sxemasi (tijorat va reklama maqsadlarida tashkil etiladigan konsert-tomosha tadbirlari uchun)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsert-tomosha tadbiriga bir martalik ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsert-tomosha tadbiriga bir martalik ruxsatnoma berishda ruxsat berish tartibotlaridan oʻtish sxemasi (notijorat maqsadlarida tashkil etiladigan konsert-tomosha tadbirlari uchun)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsert-tomosha tadbiriga bir martalik ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ruxsatnomaning old tomoni
(Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri) OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI “OʻZBEKNAVO” ESTRADA BIRLASHMASI Konsert-tomosha tadbirini tashkil etish uchun bir martalik RUXSATNOMA (tijorat va reklama maqsadlarida tashkil etiladigan konsert-tomosha tadbirlari uchun)
BMR 0000
______-son
______________ (berilgan sana)
Toshkent shahri
Konsert-tomosha tadbirining nomi yoki asosiy ishtirok etuvchi ijrochilarning F.I.O.
_________________________________________
Konsert-tomosha tadbirini oʻtkazish joyi

Konsert-tomosha tadbirini oʻtkazish sanasi va vaqti

Konsert-tomosha tadbirining tashkilotchisi

Tashkilot rahbari — masʼul shaxs

Tashkilotchi joylashgan manzil (pochta manzili), telefon raqami
________________________________________
Soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami

Vakolatli shaxs
_______________ (imzo)
__________________________ (F.I.O.)
M.Oʻ.
ruxsatnomaning orqa tomoni
Ruxsat berishga doir talablar va shartlar (tijorat va reklama maqsadlarida tashkil etiladigan konsert-tomosha tadbirlari uchun)
1. Konsert-tomosha tadbirini tashkil etishda qonun hujjatlariga, jumladan faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash, mualliflik huquqi va turdosh huquqlar, reklama toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etish. 2. Konsert-tomosha tadbirini ruxsatnomada koʻrsatilgan sana, joy va vaqtda oʻtkazish. 3. Vakolatli organga taqdim etilgan konsert-tomosha tadbirining dasturi (ssenariysi)ga qatʼiy rioya qilish. 4. Zaruriyat boʻlganda konsert-tomosha tadbirini oʻtkazish sanasi, vaqti, joyiga yoki konsert-tomosha tadbirining dasturi (ssenariysi)ga oʻzgartirishlar kiritish, bu haqda vakolatli organni belgilangan muddatlarda oldindan yozma ravishda xabardor qilish. 5. Konsert-tomosha tadbirini oʻtkazishda milliy qadriyatlar va anʼanalarga, sahna madaniyatiga qatʼiy rioya qilish. 6. Ijrochilarning chiqishlarida ular tomonidan nojoiz xatti-harakatlarga, jumladan tomoshabinlarga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi xatti-harakatlarga yoʻl qoʻyilmasligi. 7. Tomoshabinlarning konsert-tomosha tadbiri oʻtkaziladigan hududdagi harakatini, ularning chiptalarda koʻrsatilgan oʻrinlarga joylashishini taʼminlash. 8. Konsert-tomosha tadbirini ommaviy tarzda oʻtkazishda xavfsizlikni taʼminlash toʻgʻrisida ichki ishlar organlari bilan shartnoma tuzilgandan keyin beriladigan ruxsatnoma asosida ommaviy tadbirni oʻtkazish. 9. Konsert-tomosha tadbirlarini yetarlicha miqdordagi evakuatsiya yoʻllari mavjud boʻlgan joylarda oʻtkazish. 10. Chipta (taklifnoma)larning orqa tomonida konsert-tomosha tadbirlari oʻtadigan joylarga olib kirish taqiqlangan buyumlar va ashyolar haqida eslatma boʻlishini taʼminlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsert-tomosha tadbiriga bir martalik ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ruxsatnomaning old tomoni
(Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri) OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI “OʻZBEKNAVO” ESTRADA BIRLASHMASI Konsert-tomosha tadbirini tashkil etish uchun bir martalik RUXSATNOMA (notijorat maqsadlarda tashkil etiladigan konsert-tomosha tadbirlari uchun)
________________ shahri
______-son
______________ (berilgan sana)
Konsert-tomosha tadbirining nomi yoki asosiy ishtirok etuvchi ijrochilarning F.I.O.
_________________________________________
Konsert-tomosha tadbirini oʻtkazish joyi
_________________________________________
Konsert-tomosha tadbirini oʻtkazish sanasi va vaqti
_________________________________________
Konsert-tomosha tadbirining tashkilotchisi
_________________________________________
Tashkilot rahbari — masʼul shaxs
_________________________________________
Tashkilotchi joylashgan manzil (pochta manzili), telefon raqami
________________________________________
Soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami
_________________________________________
Vakolatli shaxs
_______________ (imzo)
__________________________ (F.I.O.)
M.Oʻ.
ruxsatnomaning orqa tomoni
Ruxsat berishga doir talablar va shartlar (notijorat maqsadlarda tashkil etiladigan konsert-tomosha tadbirlari uchun)
1. Konsert-tomosha tadbirini tashkil etishda qonun hujjatlariga, jumladan faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash, mualliflik huquqi va turdosh huquqlar, reklama toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etish. 2. Konsert-tomosha tadbirini ruxsatnomada koʻrsatilgan sana, joy va vaqtda oʻtkazish. 3. Vakolatli organga taqdim etilgan konsert-tomosha tadbirining dasturi (ssenariysi)ga qatʼiy rioya qilish. 4. Zaruriyat boʻlganda konsert-tomosha tadbirini oʻtkazish sanasi, vaqti, joyiga yoki konsert-tomosha tadbirining dasturi (ssenariysi)ga oʻzgartirishlar kiritish, bu haqda vakolatli organni belgilangan muddatlarda oldindan yozma ravishda xabardor qilish. 5. Konsert-tomosha tadbirini oʻtkazishda milliy qadriyatlar va anʼanalarga, sahna madaniyatiga qatʼiy rioya qilish. 6. Ijrochilarning chiqishlarida ular tomonidan nojoiz xatti-harakatlarga, jumladan tomoshabinlarga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi xatti-harakatlarga yoʻl qoʻyilmasligi. 7. Tomoshabinlarning konsert-tomosha tadbiri oʻtkaziladigan hududdagi harakatini, ularning chiptalarda koʻrsatilgan oʻrinlarga joylashishini taʼminlash. 8. Konsert-tomosha tadbirini ommaviy tadbirni oʻtkazish uchun beriladigan ruxsatnoma asosida oʻtkazish. 9. Konsert-tomosha tadbirlarini yetarlicha miqdordagi evakuatsiya yoʻllari mavjud boʻlgan joylarda oʻtkazish. 10. Chipta (taklifnoma)larning orqa tomonida konsert-tomosha tadbirlari oʻtadigan joylarga olib kirish taqiqlangan buyumlar va ashyolar haqida eslatma boʻlishini taʼminlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsert-tomosha tadbiriga bir martalik ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 5-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsert-tomosha tadbiriga bir martalik ruxsatnoma berish toʻgʻrisida ARIZA (tijorat va reklama maqsadlarida tashkil etiladigan konsert-tomosha tadbirlari uchun)
Telefon: _______________, ___________, faks: ____________, el. manzil ___________________.
Konsert-tomosha tadbiri oʻtkaziladigan obyektning toʻliq nomi va joylashgan joyi_____________ _________________________________________________________________________________ _________________________________________________________________________________. Konsert-tomosha tadbiri oʻtkaziladigan sana, uning boshlanishi va tamom boʻlishi vaqti _________________________________________________________________________________ _________________________________________________________________________________.
Konsert-tomosha tadbiri toʻgʻrisidagi maʼlumotlar _______________________________________
(tadbirning nomi yoki ijrochining F.I.O.)
_________________________________________________________________________________ ________________________________________________________________________________. Arizaga ilova qilinadigan hujjatlar roʻyxati (hujjatning nomi va varaqlar soni), hammasi _____ varaqda, shu jumladan: a) yuridik shaxs — konsert-tomosha tadbiri tashkilotchisining davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning nusxasi; b) konsert-tomosha tadbirining ariza beruvchi tomonidan tasdiqlangan dasturi (ssenariysi); v) ruxsatnoma olinganligi uchun ariza beruvchi tomonidan yigʻim toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatning nusxasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsert-tomosha tadbiriga bir martalik ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 6-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsert-tomosha tadbiriga bir martalik ruxsatnoma berish toʻgʻrisida ARIZA (notijorat maqsadlarida tashkil etiladigan konsert-tomosha tadbirlari uchun)
Telefon: _______________, ___________, faks: ____________, el. manzil ___________________.
Konsert-tomosha tadbiri oʻtkaziladigan obyektning toʻliq nomi va joylashgan joyi______________ _________________________________________________________________________________ _________________________________________________________________________________. Konsert-tomosha tadbiri oʻtkaziladigan sana, uning boshlanishi va tamom boʻlishi vaqti _________________________________________________________________________________ _________________________________________________________________________________.
Konsert-tomosha tadbiri toʻgʻrisidagi maʼlumotlar _______________________________________
(tadbirning nomi yoki ijrochining F.I.O.)
________________________________________________________________________________. Arizaga ilova qilinadigan hujjatlar roʻyxati (hujjatning nomi va varaqlar soni), hammasi _____ varaqda, shu jumladan: a) yuridik shaxs — konsert-tomosha tadbiri tashkilotchisining davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning nusxasi; b) konsert-tomosha tadbirining ariza beruvchi tomonidan tasdiqlangan dasturi (ssenariysi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsert-tomosha tadbiriga bir martalik ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 7-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Notijorat maqsadlarida tashkil etiladigan konsert-tomosha tadbirlari uchun konsert-tomosha tadbiriga bir martalik ruxsatnomani berish toʻgʻrisidagi arizalarni koʻrib chiqish va xulosalarni tayyorlash boʻyicha ekspert guruhlarining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.
lavozimi boʻyicha
—
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining ijtimoiy-iqtisodiy masalalar boʻyicha oʻrinbosarlari, ekspert guruhi rahbari
2.
lavozimi boʻyicha
—
“Oʻzbeknavo” estrada birlashmasi hududiy boʻlinmasining direktori, ekspert guruhi rahbarining oʻrinbosari
3.
lavozimi boʻyicha
—
madaniyat va sport ishlari boʻyicha boshqarma boshligʻi
4.
lavozimi boʻyicha
—
Respublika maʼnaviyat markazi hududiy boʻlinmasining vakili
5.
lavozimi boʻyicha
—
“Oʻzbeknavo” estrada birlashmasi hududiy boʻlinmasining mutaxassisi, ekspert guruhi kotibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: notijorat maqsadlarida tashkil etiladigan konsert-tomosha tadbirlari uchun konsert-tomosha tadbiriga bir martalik ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi arizalarni koʻrib chiqish va xulosalarni tayyorlash boʻyicha ekspert guruhlarining namunaviy tarkibi sakkiz kishidan shakllantiriladi, ularning besh nafari tarkibga lavozimi boʻyicha kiradi, uch nafari esa madaniyat, sanʼat, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar sohasidagi mutaxassislar orasidan, jamoatchilik vakillaridan va boshqa mutaxassislardan jalb etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 9-dekabrdagi 354-son qaroriga 4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 26-iyundagi 272-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 6-son, 32-modda) bilan tasdiqlangan “Oʻzbeknavo” estrada birlashmasi toʻgʻrisidagi nizom 3.1-bandining beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 15-avgustdagi 225-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 8-son, 55-modda) bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar roʻyxatiga quyidagi mazmundagi 1761-band qoʻshilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1761.
Konsert-tomosha tadbiriga bir martalik ruxsatnoma
Konsert-tomosha tadbirlarini oʻtkazish
“Oʻzbeknavo” estrada birlashmasi va uning hududiy boʻlinmalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 9-dekabrdagi 354-son qaroriga 5-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblangan qarorlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
roʻyxati

1. Vazirlar Mahkamasining “Konsert-tomosha faoliyati sohasida soliq solishni va audio-, videokassetalarni tarqatishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2001-yil 29-iyundagi 285-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 6-son, 36-modda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining “Konsert-tomosha faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2003-yil 11-noyabrdagi 498-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 11-son, 114-modda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2006-yil 10-martdagi 41-son qaroriga 1-ilovaning 4-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 3-son, 18-modda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun ruxsatnoma turlarini qisqartirish va ularni berish tartib-qoidalarini soddalashtirish toʻgʻrisida” 2005-yil 21-sentabrdagi PQ-186-son qarori)” 2006-yil 22-maydagi 92-son qaroriga ilovaning 31-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 5-son, 34-modda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (“Tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilish tizimi takomillashtirilganligi hamda ularning javobgarligi erkinlashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi OʻRQ-59-son Qonuni)” 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qaroriga 1-ilovaning 52-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 11-son, 86-modda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2011-yil 7-sentabrdagi OʻRQ-292-son Qonuni)” 2012-yil 1-fevraldagi 26-son qaroriga ilovaning 16-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 2-son, 5-modda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining “Intellektual mulk toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2011-yil 26-dekabrdagi OʻRQ-312-son Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 15-martdagi 72-son qaroriga 3-ilovaning 3 va 7-bandlari (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 3-son, 18-modda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Statistik, soliq va moliyaviy hisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan qisqartirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 16-iyuldagi PF-4453-son Farmoni)” 2012-yil 1-noyabrdagi 313-son qaroriga 1-ilovaning 47-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 11-son, 79-modda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish va davlat xizmatlarini koʻrsatish bilan bogʻliq tartibotlarni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2014-yil 15-apreldagi PQ-2164-son qarori)” 2014-yil 17-iyuldagi 196-son qaroriga 1-ilovaning 6 va 18-bandlari (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 7-son, 73-modda).
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 49-son, 613-modda, 52-son, 646-modda; 2017-y., 19-son, 345-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.10.2018-y., 09/18/884/2128-son, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son, 11.08.2019-y., 09/19/661/3571-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son; 09.01.2021-y., 09/21/7/0005-son, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 09/21/524/0802-son; 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son; 10.04.2023-y., 09/23/147/0203-son; 16.01.2024-y., 09/24/25/0036-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)