09.12.2015 yildagi 354-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mustaqillik yillarida respublikada zamonaviy milliy estrada san’atini yanada rivojlantirish, estrada ijrochilarining professional mahoratini oshirish hamda iqtidorli yosh xonandalarni kashf etish uchun barcha zarur shart-sharoitlar va imkoniyatlar yaratildi. Estrada ijrochilarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, badiiy jihatdan yuksak musiqa asarlarini keng targ‘ib qilish ta’minlanmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, tegishli vazirliklar va idoralar tomonidan konsert-tomosha faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish, madaniy-ommaviy tadbirlarni o‘tkazish, badiiy jihatdan yuksak musiqa asarlarini yaratish sohasidagi ishlar susaygan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi hamda Milliy estrada san’atini rivojlantirish va muvofiqlashtirish Kengashining O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Estrada qo‘shiqchilik san’atini yanada rivojlantirish to‘g‘risida” 2001-yil 26-iyundagi 272-son qarorida belgilangan yosh va iqtidorli ijrochilarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlash, yoshlarni vatanparvarlik va milliy mustaqillik g‘oyalari ruhida tarbiyalashga hissa qo‘shadigan musiqa asarlari yaratishni rag‘batlantirish, sog‘lom ijodiy muhitni shakllantirish borasidagi vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha faoliyati qoniqarsizligicha qolmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari tomonidan madaniy-tomosha tadbirlarini tashkil etishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ommaviy tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2014-yil 29-iyuldagi 205-son qarori talablariga to‘liq rioya etilmayapti.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining televideniye va radio dasturlarining yuqori badiiy darajasini ta’minlashga doir ishlari yetarli emas, azaliy ma’naviy-madaniy qadriyatlarga va milliy urf-odatlarga muvofiq bo‘lmagan, kamol topayotgan avlodni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan qo‘shiqlar va videokliplarning efirga chiqishiga yo‘l qo‘yilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu holatlar madaniy-tomosha tadbirlarini o‘tkazish tartibining qo‘pol tarzda buzilishiga, estrada ijrochilari tomonidan odob-axloq me’yorlariga rioya qilinmasligiga, ular tomonidan badiiy jihatdan sayoz musiqiy asarlarning ijro etilishiga olib kelmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida” hamda “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq, milliy musiqa san’atini yanada rivojlantirish, ushbu sohani rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish, badiiy jihatdan yuksak asarlarni targ‘ib qilish, litsenziya talablari va shartlarini kuchaytirish orqali madaniy-tomosha tadbirlarini tashkil qilish va o‘tkazishni tizimli ravishda tartibga solish, litsenziya talabgorlariga qo‘yiladigan mezonlarni va malaka talablarini takomillashtirish, shuningdek litsenziatlarning aholiga madaniy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha huquqlari va majburiyatlarini aniqlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi (Ahmedov), “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi (Majidov), Milliy estrada san’atini rivojlantirish va muvofiqlashtirish Kengashi (Mirzaaliyev), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi (Xadjayev)ning konsert-tomosha faoliyati sohasini muvofiqlashtirish va nazorat qilishga doir ishlari qoniqarsiz deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi:
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-maydagi 270-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 19-son, 345-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
konsert-tomosha va madaniy-ommaviy tadbirlarni chuqur va noformal g‘oyaviy mazmun bilan to‘ldirish, ijodiy uyushmalar, davlat va nodavlat tashkilotlari bilan mustahkam hamkorlik o‘rnatish chora-tadbirlarini ko‘rsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
konsert-tomosha hamda madaniy-ommaviy tadbirlarning o‘tkazilishini muvofiqlashtirsin, ular yuzasidan samarali monitoringni amalga oshirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirlarning dastur va ssenariylarini ko‘rib chiqish bo‘yicha tartibot reglamentlariga, tadbir tashkilotchilarining qonunchilikka muvofiq talablarga so‘zsiz rioya etishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi:
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-maydagi 270-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 19-son, 345-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziya va ruxsatnoma talablari va shartlariga qat’iy rioya etilishini ta’minlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziatlar va konsert-tomosha tadbirlarining tashkilotchilari tomonidan qonunchilik talablarining bajarilishi yuzasidan tizimli nazorat o‘rnatsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Milliy estrada san’atini rivojlantirish va muvofiqlashtirish Kengashi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli tashkilotlarning yosh va iqtidorli ijrochilarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlash, qo‘shiqlar va videokliplarning badiiy saviyasini oshirish, badiiy yuksak musiqa asarlari yaratishni rag‘batlantirish ishlarini muvofiqlashtirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
konsert-tomosha faoliyatini litsenziyalashda mezonlarga va litsenziya talabgorlariga qo‘yiladigan malaka talablariga qat’iy rioya etilishini ta’minlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi va Elektron ommaviy-axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi bilan hamkorlik qilish dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari ommaviy tadbirlarning o‘tkazilishini nazorat qilish bo‘yicha komissiyalar ishlarini bir oy muddatda tanqidiy qayta ko‘rib chiqsinlar va komissiya a’zolarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish choralarini ko‘rsinlar, shuningdek ommaviy tadbirlarni o‘tkazishga qo‘yiladigan talablarga og‘ishmay rioya etilishini ta’minlasinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
61. Davlat organlari va tashkilotlari tizimidagi konsert, madaniyat saroylari va boshqa muassasalarda to‘liq jonli ijro asosida o‘tkazilgan konsert dasturlari uchun ijara to‘lovidan 50 foiz chegirma beriladi.
(61-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-yanvardagi 7-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.01.2021-y., 09/21/7/0005-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Madaniyat vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari:
(7-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-maydagi 270-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 19-son, 345-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalq sayillarini, konsert-tomosha va madaniy-ommaviy tadbirlarni o‘tkazishda belgilangan talablarga so‘zsiz rioya etilishi yuzasidan nazoratning kuchaytirilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ommaviy tadbirlarni o‘tkazish obyektlarini muntazam ravishda xatlovdan o‘tkazish va texnik jihatdan tekshirish, shu jumladan ularning muhandislik-texnik kommunikatsiyalari, yong‘inga qarshi, evakuatsiya inshootlari, yer osti yo‘llari va transport vositalarining to‘xtab turish joylari, dastlabki tibbiy yordam ko‘rsatish punktlari, texnik uskunalar, favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan maxsus vositalarning hisoblangan zaxirasi va turlari holatini tekshirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ommaviy tadbirlarning o‘ziga xos xususiyatlaridan, shuningdek ommaviy tadbirlarni o‘tkazish obyektlari joylashgan joylar va obyektlarning shart-shartlaridan kelib chiqqan holda favqulodda vaziyatlar bo‘yicha hududiy boshqarmalarning zarur maxsus vositalar va texnika bilan ta’minlangan malakali mutaxassislari ishga jalb etilishini ta’minlasinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari konsert-tomosha faoliyati bilan shug‘ullanishning belgilangan tartibiga yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan rioya etilishi yuzasidan qat’iy va muntazam nazoratni amalga oshirsinlar, aybdor shaxslarning qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortilishini ta’minlasinlar.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-maydagi 270-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 19-son, 345-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektron ommaviy-axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi bilan birgalikda televideniye va radio dasturlarining badiiy jihatdan yuksak darajasini ta’minlashda televideniye va radiokanallarning badiiy kengashlari ishlarini tanqidiy ko‘rib chiqsin, madaniy qadriyatlarga va milliy urf-odatlarga muvofiq bo‘lmagan, o‘sib kelayotgan yosh avlodni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan qo‘shiqlar va videokliplarning efirga chiqishiga yo‘l qo‘ymaslik chora-tadbirlarini ko‘rsin;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi va Bastakorlar uyushmasi bilan birgalikda milliy musiqani qo‘llab-quvvatlash va ommalashtirish hamda badiiy jihatdan yuksak asarlarni yaratish borasida tizimli ishlar amalga oshirilishini ta’minlasin.
(9-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-maydagi 270-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 19-son, 345-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 8-apreldagi 147-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.04.2023-y., 09/23/147/0203-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ba’zi qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.Yu. Xodiyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2015-yil 9-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
354-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-yanvardagi 25-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.01.2024-y., 09/24/25/0036-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 9-dekabrdagi 354-son qaroriga
5-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblangan qarorlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ro‘yxati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining “Konsert-tomosha faoliyati sohasida soliq solishni va audio-, videokassetalarni tarqatishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2001-yil 29-iyundagi 285-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 6-son, 36-modda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining “Konsert-tomosha faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2003-yil 11-noyabrdagi 498-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 11-son, 114-modda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2006-yil 10-martdagi 41-son qaroriga 1-ilovaning 4-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 3-son, 18-modda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun ruxsatnoma turlarini qisqartirish va ularni berish tartib-qoidalarini soddalashtirish to‘g‘risida” 2005-yil 21-sentabrdagi PQ-186-son qarori)” 2006-yil 22-maydagi 92-son qaroriga ilovaning 31-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 5-son, 34-modda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (“Tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilish tizimi takomillashtirilganligi hamda ularning javobgarligi erkinlashtirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi O‘RQ-59-son Qonuni)” 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qaroriga 1-ilovaning 52-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 11-son, 86-modda).
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasining “Intellektual mulk to‘g‘risidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida” 2011-yil 26-dekabrdagi O‘RQ-312-son Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 15-martdagi 72-son qaroriga 3-ilovaning 3 va 7-bandlari (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 3-son, 18-modda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Statistik, soliq va moliyaviy hisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 16-iyuldagi PF-4453-son Farmoni)” 2012-yil 1-noyabrdagi 313-son qaroriga 1-ilovaning 47-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 11-son, 79-modda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish va davlat xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq tartibotlarni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2014-yil 15-apreldagi PQ-2164-son qarori)” 2014-yil 17-iyuldagi 196-son qaroriga 1-ilovaning 6 va 18-bandlari (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 7-son, 73-modda).
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y., 49-son, 613-modda, 52-son, 646-modda; 2017-y., 19-son, 345-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2018-y., 09/18/884/2128-son, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son, 11.08.2019-y., 09/19/661/3571-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son; 09.01.2021-y., 09/21/7/0005-son, Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 09/21/524/0802-son; 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son; 10.04.2023-y., 09/23/147/0203-son; 16.01.2024-y., 09/24/25/0036-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)