18.03.2011 yildagi 157-II-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qarori, 18.03.2011 yildagi 157-II-son
Kuchga kirish sanasi
18.03.2011
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri hamda Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirining taʼlim muassasalarining aholida, eng avvalo yoshlarda yuksak huquqiy madaniyatni, inson huquqlari va erkinliklariga nisbatan hurmat bilan munosabatda boʻlishni shakllantirish, fuqarolarning qonunga itoatkorlik tuygʻusini taʼminlash borasidagi faoliyati haqidagi axboroti toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri hamda Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirining taʼlim muassasalarining aholida, eng avvalo yoshlarda yuksak huquqiy madaniyatni, inson huquqlari va erkinliklariga nisbatan hurmat bilan munosabatda boʻlishni shakllantirish, fuqarolarning qonunga itoatkorlik tuygʻusini taʼminlash borasidagi faoliyati haqidagi axborotini tinglab va muhokama qilib, mazkur yoʻnalishda muayyan ishlar amalga oshirilganligini qayd etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taʼlim muassasalarida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997-yil 29-avgustdagi 466-I-sonli qarori bilan tasdiqlangan Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturiga (bundan buyon matnda Milliy dastur deb yuritiladi), Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 29-maydagi “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 235-sonli qaroriga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2001-yil 4-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini oʻrganishni tashkil etish toʻgʻrisida”gi F-1322-sonli Farmoyishi hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq aholida, eng avvalo yoshlarda yuksak huquqiy madaniyatni, inson huquqlari va erkinliklariga nisbatan hurmat bilan munosabatda boʻlishni shakllantirish, fuqarolarning qonunga itoatkorlik tuygʻusini taʼminlash borasida tizimli ish olib borilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taʼlim muassasalarida huquq yoʻnalishlaridagi fanlarni oʻqitishni innovatsion taʼlim texnologiyalari asosida takomillashtirishga, huquq fanlari oʻqituvchilarining malakasini oshirib borishga eʼtibor qaratilmoqda. Yoshlar huquqiy madaniyatini yuksaltirish bilan bogʻliq masalalar vazirliklar hayʼatlari yigʻilishlarida muntazam muhokama etib borilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga taʼlim muassasalarining aholida, eng avvalo yoshlarda yuksak huquqiy madaniyatni, inson huquqlari va erkinliklariga nisbatan hurmat bilan munosabatda boʻlishni shakllantirish, fuqarolarning qonunga itoatkorlik tuygʻusini taʼminlash borasidagi faoliyatida muayyan kamchiliklar mavjud.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy dastur doirasidagi ayrim vazifalar ijrosi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan toʻliq taʼminlanmagan. Milliy dastur talablari doirasida oʻtkazilgan konferensiyalar, davra suhbatlari yakunlari boʻyicha (ayniqsa, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tizimida) huquqiy madaniyatni yuksaltirish, bu sohadagi ishlarni takomillashtirish masalalarini hal etishga qaratilgan asosli tavsiyalar ishlab chiqilmagan. Oʻzbekistonda yuridik taʼlimning yagona konsepsiyasini yaratish va hayotga tatbiq etish masalasi shu paytga qadar hal etilmagan. Chet eldagi yuridik oʻquv yurtlari bilan hamkorlik qilish va Oʻzbekiston Respublikasining chet ellardagi elchixonalarining bu yoʻnalishdagi imkoniyatlaridan foydalanish boʻyicha ishlarga aksariyat yuridik oʻquv yurtlarida yetarli eʼtibor berilmayapti.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent farmatsevtika instituti, Toshkent viloyati va Toshkent shahridagi kasb-hunar kollejlari, umumtaʼlim maktablarida oʻtkazilgan monitoring, shuningdek “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi tomonidan yoshlar oʻrtasida oʻtkazilgan soʻrovlar taʼlim muassasalari talaba va oʻquvchilarining huquqiy bilimlarni oʻzlashtirishi yuqori saviyada emasligidan va huquq fanlari oʻqituvchilari malakasini oshirishga yetarli eʼtibor qaratilmayotganidan dalolat beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taʼlim muassasalari huquq fanlari boʻyicha malakali mutaxassislar, huquqshunoslik boʻyicha lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosidagi adabiyot va oʻquv qoʻllanmalari bilan yetarli darajada taʼminlanmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksariyat taʼlim muassasalarida aholi oʻrtasida huquqiy targʻibot tizimi yoʻlga qoʻyilmagan. Qayd etish lozimki, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, mazkur vazirliklarning taʼlim muassasalari hamda boshqa tuzilmalar tomonidan taʼsis etilgan ommaviy axborot vositalarining aholida, eng avvalo yoshlarda yuksak huquqiy madaniyatni, inson huquqlari va erkinliklariga nisbatan hurmat bilan munosabatda boʻlishni shakllantirish, fuqarolarning qonunga itoatkorlik tuygʻusini taʼminlash borasidagi ishi samaradorligi pastligicha qolmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tahlillar shundan dalolat beradiki, taʼlim muassasalarining oʻqituvchilari, talaba va oʻquvchilari oʻrtasida huquqbuzarliklar, jumladan jinoyatlar sodir etish hollari koʻp. Ayniqsa, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari oʻquvchilari tomonidan sodir etilgan jinoyatlar soni 2009-yilga nisbatan 2010-yilda 26 foizga oshganligi tashvishli holatdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taʼlim muassasalarining aholida, eng avvalo yoshlarda yuksak huquqiy madaniyatni, inson huquqlari va erkinliklariga nisbatan hurmat bilan munosabatda boʻlishni shakllantirish, fuqarolarning qonunga itoatkorlik tuygʻusini taʼminlash borasidagi faoliyati samaradorligini yanada oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri hamda Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirining taʼlim muassasalarining aholida, eng avvalo yoshlarda yuksak huquqiy madaniyatni, inson huquqlari va erkinliklariga nisbatan hurmat bilan munosabatda boʻlishni shakllantirish, fuqarolarning qonunga itoatkorlik tuygʻusini taʼminlash borasidagi faoliyati haqidagi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (B. Xodiyev), Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi (A. Maraximov) aholida, eng avvalo yoshlarda yuksak huquqiy madaniyatni, inson huquqlari va erkinliklariga nisbatan hurmat bilan munosabatda boʻlishni shakllantirish, fuqarolarning qonunga itoatkorlik tuygʻusini taʼminlash borasida yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan aniq choralar koʻrishi lozimligi qayd etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (B. Xodiyev), Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi (A. Maraximov), Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (R. Muhitdinov) bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2010-yil 12-noyabrdagi qoʻshma majlisidagi “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” nomli maʼruzasi asosida qabul qilinayotgan yangi qonunlar va amaldagi qonun hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartish hamda qoʻshimchalar mohiyatini aholiga, ayniqsa yoshlarga yetkazish boʻyicha aniq dasturlar doirasida tegishli ishlarni amalga oshirsin, mazkur Konsepsiyada qayd etilgan, mamlakatimizda huquqiy taʼlim va maʼrifatni, jamiyatda huquqiy bilimlar targʻibotini tubdan yaxshilashga yoʻnaltirilgan Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturi loyihasini ishlab chiqishda faol ishtirok etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholida, eng avvalo yoshlarda yuksak huquqiy madaniyatni, inson huquqlari va erkinliklariga nisbatan hurmat bilan munosabatda boʻlishni shakllantirish, fuqarolarning qonunga itoatkorlik tuygʻusini taʼminlash borasida taʼlim muassasalarining fuqarolik jamiyati institutlari, jumladan fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan hamkorligini yanada yaxshilash boʻyicha zarur choralarni koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga sharhlar va huquqiy atamalarning izohli lugʻatlarini oʻquvchilarning yosh xususiyatlarini eʼtiborga olgan holda tayyorlash hamda lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosida chop etish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot-kutubxona va axborot-resurs markazlarining taʼlim muassasalari oʻquvchilari hamda aholi zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda tizimli huquqiy taʼlim olishi va mustaqil ravishda huquqiy madaniyatini oshirishiga koʻmaklashish borasidagi faoliyatini kuchaytirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim muassasalarida umumeʼtirof etilgan xalqaro huquqiy hujjatlar, xususan inson huquqlarini himoya qilishning kafolatlariga bagʻishlangan xalqaro hujjatlar mohiyatini yoshlarga yetkazishga oid ishlarni tubdan yaxshilash yuzasidan qoʻshimcha choralarni koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholida, eng avvalo yoshlarda yuksak huquqiy madaniyatni, inson huquqlari va erkinliklariga nisbatan hurmat bilan munosabatda boʻlishni shakllantirish, fuqarolarning qonunga itoatkorlik tuygʻusini taʼminlash borasida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, mazkur vazirliklarning taʼlim muassasalari hamda boshqa tuzilmalar tomonidan taʼsis etilgan ommaviy axborot vositalari olib borayotgan ishlar koʻlamini kengaytirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
huquqiy targʻibot borasida ommaviy axborot vositalari, xususan Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, gazeta va jurnallar, nodavlat ommaviy axborot vositalari bilan oʻzaro hamkorlikni kuchaytirish yuzasidan choralar koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mamlakatda amalga oshirilayotgan huquqiy islohotlar mohiyatidan kelib chiqib, huquqiy fanlar boʻyicha darsliklarni yangilab borish hamda taʼlim muassasalarini tegishli darsliklar va adabiyot bilan taʼminlash borasida qoʻshimcha choralarni koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim muassasalarini huquqiy fanlar boʻyicha malakali oʻqituvchilar bilan toʻliq taʼminlash yuzasidan qoʻshimcha choralarni amalga oshirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
huquqshunos pedagoglarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha oʻquv dasturlari, oʻquv qoʻllanmalarini, malaka oshirish kurslari ishini ilgʻor pedagogik texnologiyalarga muvofiq izchil takomillashtirib borsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yosh pedagog kadrlarni moddiy ragʻbatlantirish yuzasidan qoʻshimcha choralarni koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rahbarlar va pedagog kadrlar, oʻquvchilar va talabalar tomonidan huquqbuzarliklar, jumladan jinoyatlar sodir etilishiga imkon beradigan sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etishga qaratilgan taʼsirchan choralarni belgilasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim muassasalarida huquqiy taʼlim va huquqiy tarbiyaning uzluksizligini taʼminlash, talaba hamda oʻquvchilarning bilimlarini yakuniy tarzda aniqlash maqsadida huquq fanlari boʻyicha namunaviy oʻquv rejalarini davlat taʼlim dasturlariga muvofiqlashtirish, shuningdek oʻquvchilarning yoshi va fiziologik xususiyatlarini inobatga olgan holda, dars soatlari miqdorini optimallashtirish boʻyicha tegishli ishlarni amalga oshirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini oʻrganish markaziga (R. Ubaydullayeva) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (B. Xodiyev) hamda Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi (A. Maraximov) bilan birgalikda taʼlim muassasalari talaba va oʻquvchilari huquqiy bilimlarni qay darajada egallaganligini aniqlash boʻyicha soʻrovlar oʻtkazish amaliyotini kuchaytirish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qoʻmitasi (F. Akbarova), Oʻzbekiston Respublikasi “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy kengashi (B. Ganiyev), Respublika “Mahalla” xayriya jamgʻarmasi (A. Axmedov), Oʻzbekiston faxriylarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasiga (E. Boqiboyev) aholining, eng avvalo yoshlarning huquqiy bilimlarini yanada yuksaltirish bilan bogʻliq tadbirlarni tashkil etish vaqtida taʼlim muassasalari imkoniyatlaridan foydalanishga eʼtiborni kuchaytirish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi (B. Axmedov), Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi (B. Alimov), Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A. Xadjayev), “Oʻzbekteatr” birlashmasi (O. Rizayev), “Oʻzbekkino” milliy agentligi (A. Isʼhoqov) radio, televideniye, teatr va kino muassasalari, klublar, ijodiy markazlar, muzeylar va boshqa madaniyat muassasalarining aholining, eng avvalo yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish borasidagi faoliyatini yanada yaxshilashga eʼtibor qaratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi (R. Qodirov) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (B. Xodiyev), Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligini (A. Maraximov) jalb etgan holda, taʼlim muassasalari oʻqituvchilari, talaba va oʻquvchilari tomonidan sodir etilayotgan huquqbuzarliklar, jumladan jinoyatlarning sabablarini, ularni sodir etishga imkoniyat yaratayotgan shart-sharoitlarni chuqur tahlil qilib, ularning oldini olish boʻyicha huquqiy targʻibotni hamda boshqa choralarni kuchaytirsin, bunda voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiyalar imkoniyatlaridan samarali foydalansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari sessiyalarida hamda ularning doimiy komissiyalari majlislarida tegishli taʼlim muassasalarining aholida, eng avvalo yoshlarda yuksak huquqiy madaniyatni, inson huquqlari va erkinliklariga nisbatan hurmat bilan munosabatda boʻlishni shakllantirish, fuqarolarning qonunga itoatkorlik tuygʻusini taʼminlash borasidagi faoliyati bilan bogʻliq masalalar doimiy muhokama qilib borilsin, kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan aniq choralar koʻrilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (B. Xodiyev), Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi (A. Maraximov), Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (R. Muhitdinov), Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi (R. Qodirov), Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi (B. Axmedov), Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi (B. Alimov), Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A. Xadjayev), Oʻzbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qoʻmitasi (F. Akbarova), “Oʻzbekteatr” birlashmasi (O. Rizayev), “Oʻzbekkino” milliy agentligi (A. Isʼhoqov), Respublika “Mahalla” xayriya jamgʻarmasi (A. Axmedov), Oʻzbekiston faxriylarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasi (E. Boqiboyev), “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi (R. Ubaydullayeva), Oʻzbekiston Respublikasi “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy kengashi (B. Ganiyev) ushbu Qarorning bajarilishi yuzasidan 2012-yilning 1-yanvariga qadar har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashiga axborot taqdim etib borsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi (M. Xujamberdiyev) zimmasiga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2011-yil 18-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
157-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2011-y., 3-son, 88-modda)