|
T/r |
Tadbirlar |
Bajarish |
Masʼullar |
|
1. |
“Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturi”ni vazirliklar, davlat qoʻmitalari, hokimliklar, jamoat tashkilotlari, korxonalar va muassasalarda atroflicha oʻrganish va uni amalga oshirishni taʼminlash |
1998-yil, |
Vazirlik va idoralar, jamoat tashkilotlarining rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Mahalliy hokimiyat organlari, “Mahalla”, “Kamolot”, |
|
2. |
Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, hokimliklar huzurida har oyning oxirgi haftasida “huquqiy bilimlar” oʻquv mashgʻulotlarini joriy etish. |
1998-yildan boshlab muntazam ravishda |
Vazirliklar, davlat qoʻmitalari rahbarlari, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimliklari |
|
3. |
Huquqiy sohadagi dolzarb muammolarni tadqiq qilishni davlat tomonidan moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirish. Oliy malakali ilmiy va pedagogik kadrlar tayyorlashni tubdan yaxshilash yuzasidan chora-tadbirlar belgilash. |
1998-yil, |
Fan va texnika davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, Fanlar akademiyasi |
|
4. |
Oʻzbekiston xalqining siyosiy-huquqiy yodgorliklari roʻyxatini tuzish, ularning matnlarini toʻplash va nashr qilish chora-tadbirlarini koʻrish |
1998-yil, |
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi, Fan va texnika davlat qoʻmitasi, Adliya vazirligi, huquqiy maʼrifat targʻibot markazi “Oltin meros” jamgʻarmasi, Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, “Oʻzteleradio” kompaniyasi, “Adolat”, “Oʻzbekiston” va “Oʻqituvchi” nashriyotlari |
|
5. |
Huquqshunoslikka ixtisoslashtirilgan 4 ta akademik litsey tashkil etish (Toshkent, Fargʻona, Samarqand va Nukus shaharlarida) |
1999-2000-yillar |
Oliy taʼlim vazirligi, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi |
|
6. |
Huquqiy madaniyatni yuksaltirish muammolariga bagʻishlab konferensiyalar, seminarlar, davra suhbatlari tashkil etish |
1998-yildan boshlab muntazam ravishda |
Adliya vazirligi, Oliy taʼlim vazirligi, Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, huquqiy maʼrifat targʻibot markazi |
|
7. |
Oʻzbekistonda yuridik taʼlimning yagona konsepsiyasini yaratish va uni hayotga tatbiq etish tadbirlarini ishlab chiqish |
1998-yil, |
Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Oliy taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Adliya vazirligi |
|
I. Fuqaro, jamiyat va davlatning oʻzaro munosabatlarida aholining huquqiy | |||
|
1. |
Fuqarolarni qonunlarga itoatkorlik ruhida tarbiyalash, har bir shaxsda qonunga hurmat tuygʻusini shakllantirishni taʼminlash |
Muntazam ravishda |
“Oʻzteleradio” kompaniyasi, huquqiy maʼrifat targʻibot markazi, barcha gazeta va jurnallar tahririyatlari |
|
2. |
Aholining turli ijtimoiy guruhlariga tegishlicha huquqiy yordam koʻrsatishga moʻljallangan jamoatchilik asosidagi yuridik maslahatxonalar tashkil etish |
Muntazam ravishda |
Adliya vazirligi, hokimliklar, “Kamolot” “Nuroniy”, |
|
3. |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi “Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi” institutining aholi huquqiy madaniyatini takomillashtirishdagi faoliyati samaradorligini oshirish choralarini koʻrish |
Muntazam ravishda |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi “Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi” instituti |
|
4. |
Talabalar uyiga huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari faol jalb etilib, huquqiy taʼlim boʻyicha muloqotlar uyushtirish |
Muntazam ravishda |
Oliy taʼlim vazirligi, huquqni muhofaza qilish organlari |
|
5. |
Keng jamoatchilikka huquqiy taʼlimni singdirish, ularning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida muntazam ravishda tele- va radiolektoriy tashkil etish, unda qonun majmualari sharhini berib borish |
Muntazam ravishda |
“Oʻzteleradio” kompaniyasi |
|
II. Fuqarolarning huquqiy taʼlimi va huquqiy tarbiyasini takomillashtirish | |||
|
1. |
Maktabgacha tarbiya muassasalarida “Ilk huquqiy tushunchalar” mashgʻulotlarini joriy etish |
1998-99 oʻquv yilidan boshlab |
Xalq taʼlimi vazirligi |
|
2. |
Huquqiy taʼlim boʻyicha oʻquvchilarning respublika olimpiadalarini oʻtkazib borish |
1999-yil, aprel-may oylaridan boshlab |
Xalq taʼlimi, Adliya vazirliklari, huquq tartibot organlari bilan hamkorlikda |
|
3. |
Oʻzbekiston Respublikasi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ga asoslanib, Oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlari tizimida huquqshunoslikka oid fanlardan test sinovlarini joriy qilish |
1998-99 oʻquv yilidan boshlab |
Oliy taʼlim, Xalq taʼlimi vazirliklari, Davlat test markazi, Adliya vazirligi, Huquqiy maʼrifat targʻibot markazi |
|
4. |
Talaba yoshlarga huquqiy maʼrifatni yetkazish maqsadida Respublika Ichki ishlar vazirligi, Oliy Sudi, Oliy xoʻjalik Sudi, Prokuratura idoralari bilan ularning xodimlarini mashgʻulotlarga jalb qilish haqida oʻzaro shartnomalar tuzish |
1998-99 oʻquv yilidan boshlab |
Oliy taʼlim vazirligi, Prokuratura, Oliy Sud, Oliy xoʻjalik sudi, IIV bilan hamkorlikda |
|
5. |
Talaba yoshlarning huquqiy bilimi va huquqiy madaniyatini takomillashtirish maqsadida turli huquqiy mavzularda davra suhbatlari, munozaralar, savol-javob tadbirlarini oʻtkazish |
1998-99 oʻquv yilidan boshlab |
Oliy taʼlim, Xalq taʼlimi vazirliklari, Prokuratura, Oliy sud, Oliy xoʻjalik sudi bilan hamkorlikda |
|
6. |
Huquqiy bilimlar va huquqiy madaniyatni mukammal egallagan talabalarni ragʻbatlantirishning aniq usullarini ishlab chiqish va tatbiq etish |
1998-yil |
Oliy taʼlim, Xalq taʼlimi vazirliklari, “Kamolot”, “Mahalla” jamgʻarmalari bilan hamkorlikda |
|
7. |
Oliy taʼlim tizimi gazetalarida huquqiy bilim va madaniyatni shakllantirish va takomillashtirishning dolzarb muammolariga doir maqolalar muntazam chop etilishini taʼminlash |
Muntazam ravishda |
Oliy taʼlim, Xalq taʼlimi vazirliklari |
|
8. |
Taʼlim muassasalarida huquqbuzarlik, qoidabuzarlik, ichkilikbozlik, giyohvandlik va boshqa jinoiy hodisalarning oldini olish boʻyicha maxsus dastur, ish rejalari tuzish va ularni amalga oshirish |
Muntazam ravishda |
Oliy taʼlim va Xalq taʼlimi vazirliklari, Oliy sud, Prokuratura, Ichki ishlar vazirligi |
|
9. |
Gazeta, jurnallarda hamda radio va televideniye orqali yoshlarning huquqiy taʼlim-tarbiyasi mavzusida olimlar, oʻqituvchi, tarbiyachilarning chiqishlarini uyushtirish. “Maʼrifat”, “Uchitelskaya gazeta”, “Tong yulduzi”, “Turkiston” va boshqa gazetalar sahifalarida huquqiy bilimlar ruknlarini tashkil etish |
1998-yildan boshlab muntazam ravishda |
“Oʻzteleradio” kompaniyasi, gazeta va jurnallarning tahririyatlari |
|
10. |
Kutubxonalarni huquqiy taʼlim-tarbiyaga oid adabiyotlar bilan boyitish va huquqiy taʼlim-tarbiya boʻyicha maxsus burchaklar tashkil etish. Adabiyotlar nashr etish va tarqatish |
1998-yildan boshlab muntazam ravishda |
Xalq taʼlimi, Oliy taʼlim vazirliklari, Madaniyat ishlari vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat matbuot qoʻmitasi |
|
11. |
Oʻquvchi-yoshlar oʻrtasida “Vatanni sevmoq iymondandur”, “Bizdan ozod va obod Vatan qolsin”, “Vatan tuprogʻi — sajdagohimiz”, “Biz huquqni nima uchun bilishimiz kerak?” mavzularida insholar koʻrik tanlovini oʻtkazish |
Har yili bir marta |
Xalq taʼlimi, Oliy taʼlim vazirliklari |
|
12. |
Huquqshunoslik fanlarini barcha oliy, oʻrta maxsus oʻquv yurtlari va oʻrta maktablarning test sinovlari va davlat imtihonlari tarkibiga kiritish |
1998-99 oʻquv yilidan boshlab |
Adliya vazirligi, Oliy taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Davlat test markazi |
|
13. |
Huquqiy taʼlim va tarbiya sohasidagi maʼnaviy merosimizni hamda xorijiy davlatlarning ilgʻor tajribalarini oʻrganish va oʻzlashtirishni tashkil etish |
1998-yildan boshlab |
Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi, Adliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, OʻzR FA, Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz |
|
14. |
Yuridik oʻquv yurtlari bilan xorijiy davlatlar yuridik oʻquv yurtlari oʻrtasida aloqa bogʻlash hamda Oʻzbekiston Respublikasining chet ellardagi elchixonarining bu sohadagi imkoniyatlardan foydalanish |
Muntazam ravishda |
Tashqi ishlar vazirligi, Oliy taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Adliya vazirligi, yoshlarning |
|
15. |
Yoshlarning xorijiy davlatlardagi turli maxsus huquqiy kurslarida taʼlim olishlari uchun Soros fondi, BMT, EXHT (OBSE), Yevropa hamjamiyatining TASIS dasturi kabi tashkilotlarning xizmatlaridan unumli foydalanish |
Muntazam ravishda |
Tashqi ishlar vazirligi, Oliy taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Adliya vazirligi, yoshlarning |
|
16. |
Turli xalqaro tashkilotlarning axborot markazlari bilan aloqalarni va axborot ayirboshlashni yoʻlga qoʻyish. Yangi olingan axborotlarni ommaga tarqatish |
Muntazam ravishda |
Tashqi ishlar vazirligi, Oliy taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Adliya vazirligi, yoshlarning |
|
17. |
Aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish ishlarida taʼsirchanlikni oshirish maqsadida Konstitutsiya, Prezident farmonlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining huquqiy mavzularda chiqarilgan qarorlaridan ayrim bandlarini plakat, shior va boshqa rangli, bezakli tarzda chop ettirib, ularning maktablar, oʻquv yurtlari, mahallalar, korxona, tashkilot, muassasalar, shuningdek aholi koʻp yashaydigan va mehnat qiladigan joylarga ilib qoʻyilishini tashkil etish |
1998-yil, |
Adliya, Oliy taʼlim, Xalq taʼlimi vazirliklari, “Kamolot”, “Mahalla” jamgʻarmalari, Davlat matbuot qoʻmitasi, huquqiy maʼrifat targʻibot markazi |
|
III. Davlat organlari xodimlari, mansabdor shaxslar va fuqarolarning | |||
|
1. |
Attestatsiya jarayonida rahbar shaxslarning huquqiy bilimi va huquqiy madaniyati, ularning qonunlarni bilishlari va unga amal qilishlarini hisobga olishni taʼminlash. Attestatsiyani test sinovlari asosida oʻtkazish |
1998-yildan boshlab muntazam ravishda |
Adliya vazirligi, Xalq taʼlimi, Oliy taʼlim vazirliklari, Davlat test markazi |
|
2. |
Davlat idoralarida, muassasalarida xoʻjalik rahbarlari, xodimlar va mansabdor shaxslarning huquqiy bilimlarini oshirish maqsadida qisqa muddatli huquqiy taʼlim mashgʻulotlari tashkil qilish |
Muntazam ravishda |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, vazirliklar va Davlat qoʻmitalari, hokimliklar, korxona, tashkilot va muassasalarning rahbarlari |
|
3. |
Adliya vazirligi tomonidan nashr qilinayotgan qonun toʻplamlari, vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning meʼyoriy hujjatlar “Axborotnoma”si tirajlarini koʻpaytirish va erkin obuna boʻlishni taʼminlash |
Muntazam ravishda |
Adliya vazirligi, Davlat matbuot qoʻmitasi |
|
4.� |
Davlat xizmatchilarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimida, ular faoliyatining oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda huquqiy bilim asoslarini albatta oʻqitishni taʼminlash |
Muntazam ravishda |
Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi, Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazi |
|
5. |
Aholining huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, oʻquv yurtlari, mahallalarda fuqarolar bilan huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, advokatlar va huquqshunos olimlar uchrashuvlarini tashkil qilish |
Muntazam ravishda |
Huquqiy maʼrifat targʻibot markazi. Sud, Prokuratura, Ichki ishlar organlari va “Mahalla” xayriya jamgʻarmasi, Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Advokatlar uyushmasi, OʻzR FA Falsafa va huquq instituti |
|
IV. Yuridik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish | |||
|
1. |
Oʻquv yurtlarida ishlayotgan huquqshunos mutaxassislar tarkibini oʻrganish (attestatsiyadan oʻtkazish) va ixtisoslik malakasini oshirish va qayta tayyorlash yoʻllarini oʻrganish boʻyicha test savollarini ishlab chiqish va ularni amalda qoʻllash |
1998-99 oʻquv yili |
Xalq taʼlimi, Oliy taʼlim vazirliklari, Davlat test markazi |
|
2. |
Huquqshunoslar malakasini oshirib borish maqsadida qisqa muddatli taʼlimga moʻljallangan Yuridik universitetlar tashkil etish va davlat sertifikatlari berish |
Muntazam ravishda |
Adliya vazirligi, IIV, OʻzR FA FHI, Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi, Sudyalar uyushmasi, Oliy xoʻjalik sudi, Advokatlar uyushmasi, Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, “Oʻzteleradio” kompaniyasi, |
|
3. |
Yuridik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishda tegishli davlat idoralariga ilmiy va amaliy yordam koʻrsatish |
Muntazam ravishda |
Adliya vazirligi, OʻzR FA, IIV akademiyasi, Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi |
|
4. |
Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi faoliyatini Dastur asosida takomillashtirish |
Muntazam ravishda |
Adliya vazirligi |
|
5. |
Markazning moddiy-texnika bazasi, professor-oʻqituvchilar salohiyatini talab darajasiga yetkazish |
1998-yil davomida |
Adliya vazirligi |
|
6. |
Huquqshunos kadrlarning malakasini oshirish, qayta tayyorlash maqsadida chet el yetakchi oliy oʻquv yurtlari va ilmiy markazlariga mutaxassislarni yuborish |
Muntazam ravishda |
“Ustoz” jamgʻarmasi, Adliya vazirligi, OʻzR FA, IIV akademiyasi, Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi |
|
7. |
Huquqshunos kadrlarga boʻlgan ehtiyojni aniqlash, vazirliklar, idoralar va viloyatlarda marketing xizmatlari maʼlumotlari asosida oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasalariga huquqshunos mutaxassislar qabul qilish boʻyicha takliflar berish |
Har yili |
“Makroiqtisodiyotstat” vazirligi, Adliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi |
|
8. |
Xoriji? davlatlarning tajribalarini oʻrgangan holda huquqiy taʼlim va tarbiya sohasidagi mutaxassislarning xorijiy davlatlar oʻquv markazlarida bilim olishi malaka oshirishi va tajriba almashishi ishlarini keng yoʻlga qoʻyish va bu faoliyatning meʼyoriy, moddiy va axborot bazasini yaratish |
Muntazam ravishda |
Tashqi ishlar vazirligi, Oliy taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Adliya vazirligi, yoshlarning |
|
V. Huquqiy madaniyatni yuksaltirishning ilmiy asoslarini tadqiq etish | |||
|
1. |
Huquqiy fanlar sohasidagi taʼlimni takomillashtirish rejalarini tuzish va chet el tajribasini oʻrganish |
1998-yildan boshlab muntazam ravishda |
Oliy taʼlim vazirligi, OʻzR FA, Tashqi ishlar vazirligi, Moliya vazirligi |
|
2. |
Huquqiy madaniyatni shakllantirishning pedagogik muammolarini tadqiq etish boʻyicha tadbirlar ishlab chiqish |
1998-yildan boshlab |
Oliy taʼlim vazirligi, Adliya vazirligi |
|
3. |
Huquqshunos olimlarning “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturi” boʻyicha maqola, risolalarini tayyorlash va nashr etish |
1998-yildan boshlab |
Oliy taʼlim vazirligi, Adliya vazirligi, OʻzR FA Falsafa va huquq instituti, Davlat matbuot qoʻmitasi |
|
4. |
Huquqiy madaniyatni shakllantirish va kjsaltirish usullarini aniqlashda ilmiy izlanishlarning ustuvor yoʻnalishini aniqlash va ilmiy tadqiqotlar olib borish |
1998-yil |
Oʻzbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qoʻmitasi, OʻzR FA |
|
5. |
Huquqiy madaniyatning mohiyati, mazmuni, tarkibiy tuzilishi va namoyon boʻlishining falsafiy, ijtimoiy, iqtisodiy, psixologik va yuridik muammolarini tadqiq etish boʻyicha ilmiy tadqiqotlar mavzularini belgilash va DFTQga takliflar kiritish |
1998-yil |
OʻzR FA, Fan va texnika davlat qoʻmitasi, Oliy taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi |
|
6. |
Oʻzbekiston Respublikasining oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olib, xorijiy davlatlardagi huquqiy madaniyatni oshirishga doir huquqiy-qiyosiy tadqiqotlar natijalarini oʻrganish |
1998-yil |
Oliy Majlisning inson huquqlari boʻyicha vakili, Inson huquqlari boʻyicha milliy mar�az, OʻzR FA, Adliya vazirligi, IIV akademiyasi |
|
7. |
Aholining huquqiy ong va madaniyati darajasini oʻrganish boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasida, viloyatlar, shaharlarda sotsiologik tadqiqotlar oʻtkazish, ularning natijalari asosida tavsiyalar tayyorlash |
1998-yil |
Oliy Majlisning inson huquqlari boʻyicha vakili, “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi, Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, OʻzR FA Falsafa va huquq instituti |
|
8. |
Huquqshunos olimlarning aholi huquqiy madaniyatini yuksaltirish boʻyicha vazifalari mavzusida huquqiy muhofaza qiluvchi organlarning xodimlari ishtirokida kengaytirilgan anjuman oʻtkazish |
1998-yil, |
OʻzR FA FHI, Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi, Adliya vazirligi, IIV, Sudyalar uyushmasi, Oliy xoʻjalik sudi, Advokatlar uyushmasi, Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, “Oʻzteleradio” kompaniyasi, Huquqiy maʼrifat targʻibot markazi |
|
9. |
Huquqiy savodxonlik, huquqiy maʼrifat, huquqiy targʻibot va tashviqot meʼyoriy hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish va tasdiqlash |
1998-yil, |
Adliya vazirligi, Respublika Prokuraturasi, Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, Huquqiy maʼrifat targʻibot markazi, Oliy Sud, Oliy xoʻjalik sudi, Ichki ishlar vazirligi |
|
10. |
Respublika huquqni muhofaza etuvchi organlar, yuridik oʻquv yurtlari, ilmiy muassasalar bilan hamkorlikda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish borasida axborot almashuvini amalga oshirish |
Muntazam ravishda |
Adliya vazirligi, IIV, OʻzR FA FHI, Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi, Sudyalar uyushmasi, Oliy xoʻjalik sudi, Advokatlar uyushmasi, Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, “Oʻzteleradio” kompaniyasi |
|
11. |
Huquqiy fanlarni rivojlantirishning ilmiy asoslangan rejalarini ishlab chiqish va uning ustuvor yoʻnalishlarini aniqlash |
1998-yil, |
Fan va texnika davlat qoʻmitasi, Oliy attestatsiya komissiyasi, Ichki ishlar vazirligi akademiyasi, OʻzR FA Falsafa huquq instituti |
|
12. |
Huquqiy sohada davlat ahamiyatiga molik muammolarni tadqiq qilishning davlat rejasini ishlab chiqish |
1998-yil, |
Fan va texnika davlat qoʻmitasi, vazirligi, Ichki ishlar vazirligi akademiyasi, OʻzR FA |
|
13. |
Huquqiy sohadagi ilmiy-tadqiqotlar natijalaridan davlat idoralari, korxona, tashkilot, muassasalar, ularning mansabdor shaxslarini va keng jamoatchilikni xabardor qilib turish |
Muntazam ravishda |
Fan va texnika davlat qoʻmitasi, nashriyotlar, Davlat matbuot qoʻmitasi, “Oʻzteleradio” kompaniyasi, Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi akademiyasi |
|
14. |
Huquqiy sohadagi dolzarb muammolarni tadqiq qilishning davlat tomonidan ragʻbatlantirilishi. Oʻzbekiston uchun zarur boʻlgan huquqiy sohadagi mutaxassisliklar boʻyicha doktorantura, aspiranturalarga koʻproq joy ajratish |
Muntazam ravishda |
Moliya vazirligi, Fan va texnika davlat qoʻmitasi, Oliy attestatsiya komissiyasi |
|
Yuridik oʻquv yurtlarining moddiy-texnika va moliya bazasini mustahkamlash, yuridik | |||
|
1. |
Yuridik oʻquv yurtlari moddiy-texnika va moliya bazasini mustahkamlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish, ularni jahonning yuridik oʻquv markazlari bilan hamkorligini kuchaytirish |
Muntazam ravishda |
Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Oliy taʼlim vazirligi |
|
2. |
Yuridik oʻquv yurtlari moddiy-texnika va moliya bazasini mustahkamlashda ichki imkoniyatlardan unumli foydalanishni yoʻlga qoʻyish (pullik yuridik maslahatlar koʻrsatish, grantlar yutish, huquqiy ommabop adabiyotlar chop etish va boshqalar) |
Muntazam ravishda |
Oliy taʼlim vazirligi, Fan va texnika davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi |
|
3. |
Xalqaro huquqning umumiy tamoyillari hamda inson huquqlarini himoya qilish xalqaro standartlarini hisobga olgan holda oʻquv darsliklari va maxsus dasturlar yaratish |
Muntazam ravishda |
Oliy taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Adliya vazirligi, Inson huquqlari milliy markazi, Tashqi ishlar vazirligi, yoshlarning |
|
4. |
Inson huquqlari, ijtimoiy masalalar, pensiya taʼminoti, nikoh-oila munosabatlari boʻyicha qonunlar toʻplamlarini nashr etish, yuridik maʼlumotnomalar va ilmiy-ommabop huquqiy adabiyotlar chiqarish |
Muntazam ravishda |
Davlat matbuot qoʻmitasi, Respublika “Maʼnaviyat va maʼrifat” markazi, Huquqiy maʼrifat targʻibot markazi, Inson huquqlari boʻyicha Milliy markaz, “Ulugʻbek”, |
|
5. |
“Taʼlim toʻgʻrisida” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari asosida respublikamiz viloyatlari va yirik shaharlarida huquqshunoslik fanlari chuqurlashtirilib oʻqitiladigan maxsus akademik litseylar uchun maxsus dasturlar, darslik va oʻquv qoʻllanmalari yaratish |
1999-2000 oʻquv yilidan boshlab |
Oliy taʼlim vazirligi, Adliya vazirligi, viloyat va shahar hokimliklari |
|
6. |
Oʻrta umumtaʼlim maktablarining 1—4-sinflarida “Huquq alifbosi”, 5—8-sinflari fanlar tarkibida “Huquq saboqlari”, 9-sinflar, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida “Davlat va huquq asoslari”, “Inson huquqlari”, |
1998-99 oʻquv yilidan boshlab |
Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim vazirligi, Adliya vazirligi va Inson huquqlari milliy markazi bilan hamkorlikda |
|
7. |
Jamiyat aʼzolari huquqiy savodxonligini oshirishga yoʻnaltirilgan huquqiy meʼyor va boshlangʻich tushunchalarning izohli lugʻatini tayyorlash va chop etish |
2000-yilgacha |
Adliya v�zirligi, Davlat matbuot qoʻmitasi |
|
8. |
Kasb-hunar kolleji, maktab, gimnaziya oʻquvchilari uchun “Huquq asoslari”, |
2000-yilgacha |
Oliy taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Adliya vazirligi |
|
9. |
Oilada huquqiy savodxonlik va huquqiy tarbiyani yuksaltirish boʻyicha tavsiya, ommabop risolalar tayyorlash va chop etish |
2000-yilgacha |
Davlat matbuot qoʻmitasi, Adliya vazirligi |
|
10. |
Jamiyat aʼzolarining xalqaro huquq toʻgʻrisidagi savodxonligini oshirish maqsadida Adliya vazirligi v� Tashqi ishlar vazirligi bilan hamkorlikda xalqaro hujjatlar toʻplamini chop etishga kirishish. Bu hujjatlarni respublikamiz oliy oʻquv yurtlarida keng oʻrganish |
Muntazam ravishda |
Adliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Oliy taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Inson huquqlari milliy markazi |
|
11. |
Ommaviy axborot vositalari, xususan, televideniye, radio, gazeta va jurnallar orqali yangi huquqiy hujjatlarni tushuntirish, sharhlash, uchrashuvlar oʻtkazish, maqolalar eʼlon qilish va chop etish |
Muntazam ravishda |
Adliya vazirligi, IIV, OʻzR FA, Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi. Sudyalar uyushmasi, Oliy xoʻjalik sudi, Advokatlar uyushmasi, Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, “Oʻzteleradio” kompaniyasi |
|
12. |
Qonunlar va boshqa huquqiy hujjatlarni oddiy, ommabop shaklda tushuntiruvchi sharhlar, savolnomalar ommabop kitob va boshqa huquqiy adabiyotlar turkumini chop etishni yoʻlga qoʻyish |
1998-yildan boshlab muntazam ravishda |
Adliya vazirligi, huquqiy maʼrifat targʻibot markazi, Moliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi akademiyasi, “Adolat” nashriyoti |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori , 29.05.1998 yildagi 235-son
Kuchga kirish sanasi
29.05.1998
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
|
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
|
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
JAMIYATDA HUQUQIY MADANIYATNI YuKSALTIRISh MILLIY DASTURINI AMALGA OShIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Huquqiy tarbiyani yaxshilash, aholining huquqiy madaniyati darajasini yuksaltirish, huquqshunos kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish, jamoatchilik fikrini oʻrganish ishini yaxshilash haqida” 1997-yil 25-iyundagi PF-1791-son Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturi toʻgʻrisida”gi qarori va Vazirlar Mahkamasining ushbu masalalar yuzasidan qabul qilgan qarorlarining ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturini roʻyobga chiqarishga qaratilgan tadbirlar rejasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Barcha vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, jamoat tashkilotlari, korxonalar va jamgʻarmalar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tasdiqlangan tadbirlar rejasining amalga oshirilishini taʼminlasinlar va har yarim yillikda Vazirlar Mahkamasiga axborot bersinlar.
3. Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunchilik sohalari umumhuquqiy klassifikatorini 1998-yil 1-sentabrgacha boʻlgan muddatda ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A. A. Azizxoʻjayev va Adliya vaziri S. M. Mirsafoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. Sultonov
Toshkent sh.,
1998-yil 29-may,
235-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturi toʻgʻrisida”gi qarorini amalga oshirish boʻyicha
TADBIRLAR REJASI