18.09.2015 yildagi 14-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 18.09.2015 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxsni gʻayriixtiyoriy tartibda psixiatriya statsionariga hamda sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan boʻlimiga yotqizish yoki uning ushbu muassasalarda yotishi muddatini uzaytirish bilan bogʻliq fuqarolik ishlari boʻyicha sud amaliyoti haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 40-moddasiga muvofiq, har bir inson malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Psixiatriya yordami ruhiy holati buzilgan shaxslarning ruhiy sogʻligʻini 2000-yil 31-avgustdagi “Psixiatriya yordami toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va boshqa qonun hujjatlarida belgilangan asoslar va tartibda tekshiruvdan oʻtkazishni, ularni profilaktika qilishni, ularga tashxis qoʻyish, ularni davolash, parvarishlash va tibbiy-ijtimoiy jihatdan tiklashni oʻz ichiga oladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ruhiy holati buzilgan shaxslarga psixiatriya yordami koʻrsatish davlat tomonidan kafolatlanadi va qonuniylik, rahm-shafqat, insonparvarlik hamda inson va fuqaro huquqlari va erkinliklariga rioya etish prinsiplari asosida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek, 2001-yil 11-maydagi “Aholini sil kasalligidan muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida sil kasalligining oldini olishga qaratilgan ijtimoiy, tibbiy, sanitariya- gigiyenaga oid, epidemiyaga qarshi va boshqa chora-tadbirlarni amalga oshirishning, shuningdek sil kasalligiga chalingan bemorlarni aniqlash, davolash, dispanser koʻrigidan oʻtkazish va reabilitatsiya qilishning huquqiy asoslari belgilangan.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqorida qayd etilgan qonunlar asosida Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksiga 331 va 332-boblari kiritilgan boʻlib, tegishincha shaxsni gʻayriixtiyoriy tartibda psixiatriya statsionariga yotqizish yoki uning statsionarda yotishi muddatini uzaytirish hamda shaxsni sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan boʻlimiga gʻayriixtiyoriy tartibda yotqizish yoki uning ushbu muassasada yotishi muddatini uzaytirish haqidagi fuqarolik ishlarini alohida ish yuritish tartibida koʻrish belgilangan.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolik protsessual kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilishi va sudlar tomonidan mazkur toifadagi ishlarni koʻrishda kelib chiqayotgan masalalarni tushuntirish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 17-moddasiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Sudlarning eʼtibori shaxsni gʻayriixtiyoriy tartibda psixiatriya statsionariga yotqizish yoki uning statsionarda yotishi muddatini uzaytirish hamda shaxsni sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan boʻlimiga gʻayriixtiyoriy tartibda yotqizish yoki uning ushbu muassasada yotishi muddatini uzaytirish haqidagi arizalarni oʻz vaqtida va toʻgʻri hal qilish fuqaroni malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqi kafolatlaridan biri ekanligiga qaratilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Psixiatriya yordami toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 27, 29-moddalariga muvofiq, agar ruhiy holati buzilgan shaxsni faqat statsionar sharoitida tekshiruvdan oʻtkazish yoki davolash mumkin boʻlsa, ruhiy holatning buzilishi esa ogʻir va uning oʻzi uchun yoki atrofidagilar uchun bevosita xavf tugʻdirishi, uning nochorligi, yaʼni asosiy hayotiy ehtiyojlarini mustaqil ravishda qondirishga layoqatsizligi, agar shaxs psixiatriya yordamisiz qoldirilgudek boʻlsa, ruhiy holati yomonlashuvi oqibatida uning sogʻligʻiga jiddiy zarar yetkazilishi bilan bogʻliq boʻlsa, uni gʻayriixtiyoriy tartibda psixiatriya muassasasiga yotqizish masalasi sudlar tomonidan hal qilinishi tushuntirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Shaxsni gʻayriixtiyoriy tartibda psixiatriya statsionariga yotqizish toʻgʻrisidagi yoki uning stadionarda yotishi muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi fuqarolik ishlari psixiatriya muassasasi joylashgan yerdagi fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlari sudloviga taalluqliligiga sudlarning eʼtibori qaratilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Nazarda tutmoq lozimki, shaxsni gʻayriixtiyoriy tartibda psixiatriya statsionariga yotqizish toʻgʻrisidagi yoki uning statsionarda yotishi muddatini uzaytirish haqidagi arizalar alohida ish yuritish tartibida koʻriladigan ishlar jumlasiga kiradi va ariza mazmun jihatdan Oʻzbekiston Respublikasi FPK 149-moddasi hamda 2971-moddasi talablariga muvofiq boʻlishi lozim va psixiatriya muassasasining rahbari tomonidan imzolanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Gʻayriixtiyoriy tartibda psixiatriya statsionariga yotqizish toʻgʻrisidagi arizaga shifokor psixiatrlardan iborat komissiyaning shaxsning psixiatriya statsionariga yotqizish zarurligi toʻgʻrisidagi asoslantirilgan xulosasi ilova qilinishi shartligiga sudlarning eʼtibori qaratilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek, shaxsning psixiatriya statsionarida bundan keyin boʻlishi zarurligi toʻgʻrisidagi asoslantirilgan xulosa uning statsionarda yotish muddatini uzaytirish haqidagi arizaga ilova qilinishi lozimligi sudlarga tushuntirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Sudlarning eʼtibori FPK 160-moddasida nazarda tutilgan ishni sudda koʻrishga tayyorlash boʻyicha harakatlar bilan birgalikda ushbu kodeksning 2971-moddasida nazarda tutilgan arizani sudda koʻrib chiqish uchun zarur boʻlgan muddatda shaxsning psixiatriya statsionarida boʻlib turishi masalasini hal etishlari lozimligiga qaratilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, shaxsning psixiatriya statsionarida boʻlib turishi masalasi arizani qabul qilish vaqtida hal qilinishi va ajrim tarzda rasmiylashtirilishi va ajrimda shaxsni psixiatriya statsionarida sudning hal qiluv qarori qabul qilinguniga qadar boʻlib turishi koʻrsatilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudning ushbu ajrimi ustidan xususiy tartibda shikoyat yoki protest keltirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu qoida shaxsni gʻayriixtiyoriy tartibda sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan boʻlimiga yotqizish yoki uning ushbu muassasada yotishi muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi fuqarolik ishlarga ham taalluqli.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Sudlarga tushuntirilsinki, shaxsni gʻayriixtiyoriy tartibda psixiatriya statsionariga yotqizish toʻgʻrisidagi yoki uning statsionarda yotishi muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi ishlar statsionarga yotqizilayotgan shaxsning qonuniy vakili va statsionarga yotqizishning asosliligi toʻgʻrisida xulosa bergan komissiya tarkibidagi shifokor psixiatr, prokuror, shuningdek shaxs yotgan psixiatriya muassasasi vakili ishtirokida koʻrib chiqiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
FPK 2972-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq, sud majlisiga muassasa vakilining uzrsiz sabablarga koʻra kelmaganligi arizani koʻrib chiqishga monelik qilmaydi, biroq sud uning kelishini shart deb topishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunday toifadagi ishlar boʻyicha sud majlisi sudning binosida yoki ish holatiga koʻra, psixiatriya statsionarida oʻtkazilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Psixiatriya statsionariga yotqizilayotgan shaxsning qonuniy vakili tushunchasi va doirasi “Psixiatriya yordami toʻgʻrisida”gi Qonunda belgilanganligiga sudlarning eʼtibori qaratilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, Qonunning 9-moddasiga muvofiq, fuqaro oʻziga psixiatriya yordami koʻrsatilayotganda oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun oʻzi xohlagan vakilni taklif etishga haqli. Vakillikni rasmiylashtirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻn toʻrt yoshgacha boʻlgan voyaga yetmagan shaxs va qonunda belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxsga psixiatriya yordami koʻrsatilishida ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ota-onalari, farzandlikka oluvchilari yoki boshqa qonuniy vakillari, ular boʻlmagan hollarda esa — ijtimoiy taʼminot yoki maxsus taʼlim psixiatriya muassasasi maʼmuriyati himoya qiladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud shaxsni gʻayriixtiyoriy tartibda psixiatriya statsionariga yotqizish yoki uning statsionarda yotishi muddatini uzaytirish haqidagi arizani koʻrib chiqish yakuni boʻyicha FPKning 203 — 206, 219, 2973-moddalariga asosan hal qiluv qarori chiqaradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. “Aholini sil kasalligidan muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 121-moddasida, sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan, dispanser hisobida turgan hamda tibbiy tekshiruvdan va (yoki) davolanishdan boʻyin tovlayotgan shaxs sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan boʻlimiga sudning hal qiluv qarori asosida gʻayriixtiyoriy tartibda yotqizilishi belgilanganligiga sudlarning eʼtibori qaratilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxsni sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan boʻlimiga gʻayriixtiyoriy tartibda yotqizish toʻgʻrisidagi ariza ushbu muassasa tibbiy komissiyasining tibbiy tekshiruvdan va (yoki) davolanishdan boʻyin tovlayotgan mazkur shaxsni gʻayriixtiyoriy tartibda yotqizish zarurligi haqidagi xulosasi qabul qilingan kundan eʼtiboran bir sutka ichida beriladi. Ariza sudga shaxs dispanser hisobida turgan yoki davolanayotgan yoxud uning yashash (turgan) joyidagi sil kasalligiga qarshi kurash muassasasi tomonidan beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Qonunning 122-moddasida, sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxsning sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan boʻlimida gʻayriixtiyoriy tartibda davolanishda boʻlishining davomiylik muddati olti oygacha etib belgilanganligiga, sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxsning sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan boʻlimida gʻayriixtiyoriy tartibda davolanishda boʻlishi muddati ushbu muassasa tibbiy komissiyasining xulosasi asosida sud tomonidan olti oygacha uzaytirilishi mumkinligiga sudlarning eʼtibori qaratilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Shaxsni gʻayriixtiyoriy tartibda sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan boʻlimiga yotqizish yoki uning ushbu muassasada yotishi muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi fuqarolik ishlari mazkur shaxs dispanser hisobida turgan yoki davolanayotgan sil kasalligiga qarshi kurash muassasasi joylashgan yerdagi yoki uning yashash (turgan) joyidagi fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlari sudloviga taalluqliligiga sudlarning eʼtibori qaratilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Shaxsni gʻayriixtiyoriy tartibda sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan boʻlimiga yotqizish yoki uning ushbu muassasada yotishi muddatini uzaytirish haqidagi arizalar alohida ish yuritish tartibida koʻriladigan ishlar jumlasiga kiradi va ariza mazmun jihatdan Oʻzbekiston Respublikasi FPK 149-moddasi xamda 2975-moddasi talablariga muvofiq boʻlishi lozim va muassasaning rahbari tomonidan imzolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxsni sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan boʻlimiga gʻayriixtiyoriy tartibda yotqizish toʻgʻrisidagi arizaga ushbu muassasa tibbiy komissiyasining tibbiy tekshiruvdan va (yoki) davolanishdan boʻyin tovlayotgan mazkur shaxsni gʻayriixtiyoriy tartibda yotqizish zarurligi haqidagi xulosa ilova qilinishi, xulosada davolash oʻtkaziladigan muddat koʻrsatilishi lozimligi sudlarga tushuntirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek, sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxsni sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan boʻlimida gʻayriixtiyoriy tartibda yotishi muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi arizaga ushbu muassasa tibbiy komissiyasining shaxs davolanishda boʻlgan muassasada yotishi muddatini uzaytirish zarurligi haqidagi xulosasi ilova qilinishi, xulosada davolash oʻtkaziladigan muddat koʻrsatilishi lozimligiga sudlarning eʼtibori qaratilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Sudlarga tushuntirilsinki, shaxsni gʻayriixtiyoriy tartibda sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan boʻlimiga yotqizish toʻgʻrisidagi yoki uning ushbu muassasada yotishi muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi ishlar mazkur shaxs dispanser hisobida turgan yoxud davolanayotgan sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining vakili — tibbiy komissiyasi aʼzosi, sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxsning vakili, shuningdek prokuror ishtirokida koʻrib chiqiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan, ishi sudda koʻrib chiqilayotgan shaxs, agar uning sogʻligʻi holati imkon bersa, sud majlisiga chaqirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
FPK 2976-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq, sud majlisiga muassasa vakilining — tibbiy komissiya aʼzosining, sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxs vakilining uzrsiz sababga koʻra kelmaganligi ishni koʻrib chiqishga monelik qilmaydi, biroq sud ularning kelishini shart deb topishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Sudlarga tushuntirilsinki, shaxsni psixiatriya statsionariga yotqizish toʻgʻrisidagi yoki uning statsionarda yotishi muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi arizani koʻrish uchun qonunda belgilangan oʻn kunlik muddat hamda shaxsni sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan boʻlimiga gʻayriixtiyoriy tartibda yotqizish haqidagi yoki uning ushbu muassasada yotishi muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi arizani koʻrish uchun qonunda belgilangan uch kunlik muddat ish qoʻzgʻatilgan kundan boshlab hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu munosabat bilan fuqarolik ishini qoʻzgʻatish, ishni sudda koʻrishga tayyorlash boʻyicha harakatlarni amalga oshirish va ishni sudda koʻrishga tayinlashda sudlar belgilangan muddatlardan kelib chiqishlari zarurligi tushuntirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 24-moddasida koʻrsatib oʻtilgan bemorning huquqlaridan kelib chiqib, shaxsni gʻayriixtiyoriy tartibda psixiatriya statsionariga hamda sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan boʻlimiga yotqizish yoki uning ushbu muassasalarida yotishi muddatini uzaytirish bilan bogʻliq fuqarolik ishlari yopiq sud majlisida koʻrilishi tushuntirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
FPKning 219-moddasiga asosan sudlar tomonidan shaxsni gʻayriixtiyoriy tartibda sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan boʻlimiga yotqizish yoki uning ushbu muassasada yotishi muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi arizani qanoatlantirish haqidagi hal qiluv qarori darhol ijroga qaratilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hal qiluv qarori ustidan psixiatriya statsionariga joylashtirilgan shaxs, uning vakili, psixiatriya muassasa rahbari hamda sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan boʻlimiga gʻayriixtiyoriy ravishda yotkizilgan shaxs, uning vakili, sil kasalligiga qarshi kurash muassasasi rahbari qonunda nazarda tutilgan tartibda shikoyat qilishi, prokuror protest keltirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxsni gʻayriixtiyoriy tartibda psixiatriya statsionariga hamda sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan boʻlimiga yotqizish yoki uning ushbu muassasalarida yotishi muddatini uzaytirish bilan bogʻliq fuqarolik ishlari boʻyicha sud xarajatlari arizachidan undirilmasligi sudlarga tushuntirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Sudlar shaxsni gʻayriixtiyoriy tartibda psixiatriya statsionariga hamda sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan boʻlimiga yotqizish yoki uning ushbu muassasada yotishi muddatini uzaytirish bilan bogʻliq fuqarolik ishlarini koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasining “Psixiatriya yordami toʻgʻrisida”gi Qonuni 28-moddasida va “Aholini sil kasalligidan muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni 122-moddasida belgilangan muddatlarga qanchalik rioya qilinganligiga alohida eʼtibor qaratishlari, bu borada aniqlangan qonun buzilishi holatlariga har doim ham FPKning 19-moddasiga asosan munosabat bildirib borish chorasini koʻrishlari lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy sud raisi Sh. GAZIYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Plenum kotibi, Oliy sud sudyasi D. KAMILOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2015-yil 18-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14-son