21.10.2015 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2721
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining qarori, 21.10.2015 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2721
Kuchga kirish sanasi
26.10.2015
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi tomonidan bajariladigan geodeziya va kartografiya ish turlarining roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktorining 2026-yil 15-yanvardagi 4-10-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2721-3, 21.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.01.2026-y., 10/26/2721-3/0062-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 21-oktabrda 2721-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Geodeziya va kartografiya faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-sentabrdagi PF-6061-son “Yer hisobi va davlat kadastrlarini yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-fevraldagi 66-son “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi toʻgʻrisidagi hamda Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktorining 2021-yil 27-sentabrdagi 9-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2721-1, 20.10.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.10.2021-y., 10/21/2721-1/0982-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi tomonidan bajariladigan geodeziya va kartografiya ish turlarining roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktorining 2026-yil 15-yanvardagi 4-10-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2721-3, 21.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.01.2026-y., 10/26/2721-3/0062-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Rais S. ARABOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2015-yil 14-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining 2015-yil 11-sentabrdagi 32-son qaroriga
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi tomonidan bajariladigan geodeziya va kartografiya ish turlarining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
(ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktorining 2026-yil 15-yanvardagi 4-10-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2721-3, 21.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.01.2026-y., 10/26/2721-3/0062-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi tomonidan quyidagi umumdavlat ahamiyatiga molik geodeziya va kartografiyaga oid ishlar bajariladi:
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktorining 2026-yil 15-yanvardagi 4-10-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2721-3, 21.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.01.2026-y., 10/26/2721-3/0062-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Yer shaklining va tashqi gravitatsiya maydonining parametrlarini aniqlash:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat gravimetrik punktlarida ogʻirlik kuchi tezlanishining absolyut (nisbiy) qiymatlarini aniqlash boʻyicha gravimetriya ishlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
geodeziya punktlarida kenglik, uzunlik va azimutni astronomik aniqlash ishlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) grafik, raqamli, fotosurat shaklidagi va boshqa shakllardagi davlat topografik xaritalari hamda rejalarini yaratish, yangilash va nashr etish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aerokosmik suratga olish asboblari yordamida uchish apparatlaridan joyning fotosurat tasvirini olish boʻyicha aerosuratga olish ishlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1:10 000, 1:25 000 masshtablarda topografik tasvirga olish jarayonlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1:10 000, 1:25 000, 1:50 000, 1:100 000, 1:200 000, 1:500 000, 1:1 000 000 masshtablarda davlat topografik xaritalarini qonunchilik hujjatlarida belgilangan davriylik bilan yangilash ishlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turli masshtablardagi davlat raqamli topografik xaritalari va rejalarini ishlab chiqish ishlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turli masshtablardagi davlat raqamli topografik xaritalari va rejalarini qonunchilik hujjatlarida belgilangan davriylik bilan yangilash ishlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turli masshtablardagi davlat topografik xaritalarini kompyuter texnologiyalaridan foydalangan holda nashrga tayyorlash ishlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turli masshtablardagi davlat topografik xaritalarining majburiy tirajini poligrafik yoki boshqa koʻpaytirish vositalaridan foydalangan holda nashr etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Davlat geodeziya, nivelir, gravimetriya tarmoqlarini, geodezik zichlashtirish tarmoqlarini yaratish, rivojlantirish va ishlash holatida saqlab turish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
referens geodeziya punktlaridan, yuqori aniqlikdagi (0-sinf, 1-sinf) geodeziya punktlaridan tashkil topgan davlat yoʻldosh geodeziyasi tarmogʻini tashkil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat rejali geodeziya tarmogʻini 3 va 4-sinflar, 1 va 2-razryadlar yoʻldosh geodeziyasi tarmoqlaridan, 4-sinf, 1 va 2-razryadlar poligonometriya tarmogʻidan tashkil topgan geodeziya zichlash tarmoqlarini tuzish orqali rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rejali va balandlik davlat geodeziya tarmogʻining va zichlash tarmoqlarining punktlarini tadqiq etish va tiklash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
doimiy faoliyat koʻrsatadigan sunʼiy yoʻldosh orqali kuzatish stansiyalari tarmogʻini tashkil qilish, stansiyalarda yoʻldosh signallarini qabul qilish, ularga ishlov berish va mobil stansiyalarining qabul qiluvchi qurilmalariga tarqatish ishlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sunʼiy yoʻldosh navigatsiya tizimlarining ishlashini taʼminlash uchun geodeziya va kartografiyaga doir materiallarni (maʼlumotlarni) yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat fundamental gravimetrik tarmogʻidan va 1-sinf davlat gravimetrik tarmogʻidan iborat davlat gravimetrik tarmogʻini yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gravimetrik zichlashtirish tarmoqlarini qurish yoʻli bilan davlat gravimetrik tarmogʻini rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat gravimetrik tarmogʻi punktlarini tadqiq etish va tiklash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1 va 2-sinf davlat nivelir tarmogʻi hamda 3 va 4-sinf balandlik zichlashtirish tarmoqlari punktlarining balandliklarini aniqlash boʻyicha nivelirlash ishlari, shu jumladan avval oʻtkazilgan nivelirlash ishlarini tartibga soluvchi hujjatlarda belgilangan davriyliklar bilan 1 va 2-sinf takroriy nivelirlash ishlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) Yerning kartografik monitoringini, uni masofadan turib zondlashni va geodinamika tadqiqotlarini amalga oshirish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyektlarning fazoviy maʼlumotlarini yer usti, havo yoki aerokosmik joylashuvdagi suratga olish asboblari yordamida maxsus jihozlangan stansiyalarga qabul qilish, maʼlumotlarni kartografik maqsadlarda ishlash, saqlash va qoʻllash ishlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
geodinamik va texnogen poligonlar punktlarida yuqori aniqlikdagi (1-sinf) yoʻldosh oʻlchovlarini bajarish, oʻlchovlar natijalari boʻyicha Yer qobigʻining hozirgi gorizontal va vertikal harakatlarini tadqiq etish ishlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) Oʻzbekiston Respublikasining davlat kartografiya-geodeziya fondini shakllantirish va yuritish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining kartografiya-geodeziya fondi tomonidan geodeziya va kartografiya faoliyatini amalga oshirishda olingan geodeziya va kartografiyaga doir materiallarni (maʼlumotlarni) hisobga olish, saqlash hamda foydalanish uchun taqdim etish ishlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kartografiya-geodeziya davlat kadastrini yuritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) Milliy geografik axborot tizimini, umumdavlat ahamiyatiga molik boshqa geografik axborot tizimlarini yaratish va yuritish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fazoviy maʼlumotlarning milliy infratuzilmasini yaratish, rivojlantirish va uning faoliyat koʻrsatishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarmoqlararo, mintaqaviy geografik axborot tizimlarini tashkil etish va yuritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) umumgeografik, siyosiy-maʼmuriy, ilmiy-maʼlumotga oid va boshqa tematik xaritalar hamda tarmoqlararo ahamiyatga molik atlaslar, kartografik oʻquv qoʻllanmalarini yaratish va nashr etish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarmoqlararo ahamiyatga molik turli tematik xaritalar va atlaslarni, oʻquv kartografiya qoʻllanmalarini yaratishda tahrirlash-tayyorlash ishlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarmoqlararo ahamiyatga molik turli tematik va oʻquv xaritalarining asl nusxalarini kompyuter texnologiyalaridan foydalangan holda tuzish va rasmiylashtirish ishlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat, mintaqaviy va tarmoqlararo ahamiyatga molik turli tematik atlaslarni, oʻquv atlaslarini kompyuter texnologiyalaridan foydalangan holda tuzish va rasmiylashtirish ishlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarmoqlararo ahamiyatga molik turli tematik xaritalar va atlaslarning, oʻquv xaritalarining nashr etilgan asl nusxalarini kompyuter texnologiyalaridan foydalangan holda tayyorlash ishlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
z) Oʻzbekiston Respublikasining davlat chegarasini (keyingi oʻrinlarda Davlat chegarasi deb yuritiladi) delimitatsiya, demarkatsiya (redemarkatsiya) qilish va uning oʻtish chizigʻini tekshirish boʻyicha ishlarni zarur geodeziya, kartografiya hamda gidrografiyaga doir ishlar, materiallar (maʼlumotlar) bilan taʼminlash:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat chegarasiga tutash mintaqa uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq tuzilgan Hukumat delegatsiyasi tomonidan belgilanadigan masshtablarda delimitatsiya, demarkatsiya (redemarkatsiya) xaritalar yaratish boʻyicha topografiya-geodeziya ishlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat chegarasiga tutash mintaqaga topografik xaritalar (fotoplanlar, fotosxemalar) tuzish uchun aerosuratga olish ishlari (Hukumat delegatsiyasining topshirigʻi boʻyicha);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat chegarasi mintaqasida geodeziya tarmoq punktlarini tekshirish, ularning saqlanishini va boʻlgʻusi topografiya-geodeziya ishlarini oʻtkazish uchun ulardan foydalanish imkoniyatini tekshirish ishlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
daryolarda (koʻllarda, suv omborlarida) ularning Davlat chegarasi chizigʻining oʻtishini belgilovchi oʻrtasini (stvorini) suv sirti boʻylab aniqlash va belgilar bilan mahkamlash boʻyicha gidrografiya ishlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlatlararo komissiya tomonidan belgilangan konstruksiyadagi chegara belgilarini tayyorlash va chegara belgilari bilan Davlat chegarasi chizigʻini mustahkamlash ishlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chegara belgilarining koordinatalarini Hukumat delegatsiyasi tomonidan belgilangan aniqlikda yoʻldoshli oʻlchovlar uslubi bilan belgilash ishlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chegara belgilarining koordinatalari katalogini tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chegara belgilari protokollarini Hukumat delegatsiyasi tomonidan belgilangan namunada tuzish ishlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maʼlumotlarni toʻplash va Davlat chegarasi mintaqasida joylashgan geografik obyektlarning nomlari roʻyxatini tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat chegarasi chizigʻini taʼriflash bayonnomasini tegishli namunadagi hujjatni toʻldirib, Hukumat delegatsiyasi tomonidan belgilanadigan masshtablar topografik xaritalari varaqlarida Davlat chegarasining oʻtish chizigʻini hamda chegara belgilari oʻrnashgan joylarni tasvirlab grafik ilovani yaratgan holda tuzish ishlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
i) geodeziya va kartografiyaga oid ishlarni bajarishda oʻlchovlar birligini va metrologiya nazoratini taʼminlash:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
geodeziya va kartografiyaga oid ishlarni bajarishda oʻlchovlar birligi hamda talab qilinadigan aniqlikka erishish maqsadida ilmiy-texnik va tashkiliy asoslarni, texnik vositalarni, qoidalar hamda normalarni belgilash va qoʻllash ishlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
etalon bazisni — geodeziya va kartografiyaga oid ishlarning bajarilishini metrologik taʼminlash uchun uzunlik etalonini yaratish hamda ish holatida saqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
k) geografik obyektlarning nomlarini belgilash, meʼyorlashtirish, davlat roʻyxatidan oʻtkazish, ulardan foydalanish va ularni saqlash, shuningdek Geografik obyektlar nomlarining davlat reyestrini yuritish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
geografik obyekt nomi, shuningdek uni berish yoki qayta nomlash jarayonining hamda ularni qoʻllash darajasining va keyinchalik meʼyorlashtirish zaruriyatining Oʻzbekiston Respublikasining geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiqligini tekshirish ishlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
geografik obyektlarning nomlarini meʼyorlashtirish ishlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
geografik obyektlarning nomlarini roʻyxatdan oʻtkazish va hisobga olish shaklini tuzish ishlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Geografik obyektlar nomlarining davlat reyestri maʼlumotlar bazasiga kiritish ishlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
geografik obyektlarga nom berish va ularni qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarni davlat ekspertizasidan oʻtkazish ishlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
geografik obyektlarning meʼyorlashtirilgan nomlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish ishlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
geografik obyektlarning nomlarini hisobga olish ishlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Geografik obyektlar nomlarining davlat reyestri maʼlumotlarini qonunchilik hujjatlariga muvofiq foydalanuvchilarga taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
l) ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va tajriba-texnologik ishlarni olib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
m) geodeziya va kartografiya faoliyatini texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni ishlab chiqish.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktorining 2021-yil 27-sentabrdagi 9-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2721-1, 20.10.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.10.2021-y., 10/21/2721-1/0982-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi tomonidan “Geodeziya va kartografiya faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq maxsus ahamiyatga molik geodeziya va kartografiya ishlari bajarilishi mumkin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktorining 2026-yil 15-yanvardagi 4-10-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2721-3, 21.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.01.2026-y., 10/26/2721-3/0062-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Umumdavlat ahamiyatiga molik geodeziya va kartografiyaga oid ishlarni geodeziya va kartografiya faoliyatini amalga oshirish huquqiga doir litsenziya yoki xabardor qilish tartibi orqali geodeziya va kartografiya faoliyatini amalga oshirish boʻyicha tasdiqnomaga ega boʻlgan yuridik shaxslar tomonidan ham bajarilishi mumkin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktorining 2021-yil 27-sentabrdagi 9-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2721-1, 20.10.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.10.2021-y., 10/21/2721-1/0982-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur Roʻyxat Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vaziri R. AZIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2015-yil 11-sentabr
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 42-son, 547-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 20.10.2021-y., 10/21/2721-1/0982-son; 12.06.2023-y., 10/23/2721-2/0351-son; 21.01.2026-y., 10/26/2721-3/0062-son)