1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.24.00.00 Buyuk shaxslar xotirasi, tarixiy voqealarni abadiylashtirish. Nom berish, toponimik obyektlarni nomlash va nomini oʻzgartirish;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.14.00.00 Intellektual mulk / 03.14.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Maʼmuriy-hududiy tuzilish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
GEOGRAFIK OBYEKTLARNING NOMLARI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasi tomonidan 2011-yil 4-martda qabul qilingan Senat tomonidan 2011-yil 26-avgustda maʼqullangan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi va qoʻllanilish sohasi
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.24.00.00 Buyuk shaxslar xotirasi, tarixiy voqealarni abadiylashtirish. Nom berish, toponimik obyektlarni nomlash va nomini oʻzgartirish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonunning maqsadi geografik obyektlarning nomlari sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonunning amal qilishi Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida joylashgan geografik obyektlar nomlarining ulardan Oʻzbekiston Respublikasida foydalanishga doir qismiga ham tatbiq etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda. Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisidagi qonunchilik
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.24.00.00 Buyuk shaxslar xotirasi, tarixiy voqealarni abadiylashtirish. Nom berish, toponimik obyektlarni nomlash va nomini oʻzgartirish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.06.00.00 Xalqaro shartnomalar huquqi / 19.06.03.00 Shartnomalarga rioya qilishni qoʻllash va sharhlash]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
(2-moddaOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda. Asosiy tushunchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
[SPiT:
1.Извините, отсутствует описание....]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
geografik obyektlar — Yerning hozirda yoki oʻtmishda mavjud boʻlgan hamda muayyan oʻrnashgan joyi bilan tavsiflanadigan, kelib chiqishi tabiiy yoki sunʼiy boʻlgan yaxlit va nisbatan barqaror hosilalari. Ular jumlasiga: maʼmuriy-hududiy birliklar (viloyatlar, tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar, ovullar); aholi punktlari va ularning tarkibiy qismlari (mahallalar, shohkoʻchalar, koʻchalar, maydonlar, bogʻlar, xiyobonlar); transport va muhandislik-texnika infratuzilmasi obyektlari (temir yoʻl stansiyalari, avtostansiyalar, metropoliten stansiyalari, vokzallar, aeroportlar, portlar, pristanlar, koʻpriklar, razyezdlar, yoʻllar, kanallar, suv omborlari, toʻgʻonlar, dambalar); tabiiy obyektlar (daryolar, koʻllar, muzliklar, tekisliklar, togʻlar, togʻ tizmalari, gʻorlar, choʻllar, vodiylar, daralar, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar, yonbagʻirlar, foydali qazilmalar konlari) va boshqa shu kabi obyektlar kiradi;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.24.00.00 Buyuk shaxslar xotirasi, tarixiy voqealarni abadiylashtirish. Nom berish, toponimik obyektlarni nomlash va nomini oʻzgartirish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
geografik obyektlarning nomlari — geografik obyektlarning ularni farqlash va aniqlash uchun foydalaniladigan oʻz nomlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
geografik obyektning nomini belgilash — yanada normallashtirish maqsadida geografik obyektning nomini aniqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
geografik obyektning nomini normallashtirish — geografik obyektning eng koʻp foydalaniladigan va eng maqbul nomini tanlash, ushbu nom yoziladigan shaklini belgilash hamda tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
geografik obyektning nomini oʻzgartirish — geografik obyektning hozirgi nomini ushbu Qonunda belgilangan hollarda va tartibda oʻzgartirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
geografik obyektlarning nomlari sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi — Kadastr agentligi;
(3-moddaning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
geografik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi takliflarning davlat ekspertizasi — geografik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi takliflarning qonunchilik talablariga muvofiqligini aniqlashga qaratilgan hamda Kadastr agentligi tomonidan oʻtkaziladigan toponimik, etnografik, lingvistik, kartografik va boshqa tadqiqotlar majmui.
(3-moddaning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi OʻRQ-708-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda. Geografik obyektlarning nomlariga doir talablar
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.24.00.00 Buyuk shaxslar xotirasi, tarixiy voqealarni abadiylashtirish. Nom berish, toponimik obyektlarni nomlash va nomini oʻzgartirish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Geografik obyektga berilayotgan nom:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
geografik obyektga eng xos boʻlgan belgilarni aks ettirishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur geografik obyekt joylashgan yerdagi geografik obyektlar nomlarining mavjud tizimiga mos tushishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy aholining fikrini hisobga olishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qoida tariqasida, koʻpi bilan uchta soʻzdan iborat boʻlishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Qonun 6-moddasining ikkinchi qismi talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Viloyatlar, tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar, ovullar, aholi punktlariga odamlarning ismi-sharifini berishga, shuningdek ularni tarixiy voqealar sharafiga nomlashga, qoida tariqasida, yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholi punktlarining tarkibiy qismlariga (mahallalar, shohkoʻchalar, koʻchalar, maydonlar, bogʻlar, xiyobonlarga) ayrim odamlarning, jamoat arboblarining, siyosiy arboblarning ismi-sharifini berishga, qoida tariqasida, yoʻl qoʻyilmaydi, bundan Oʻzbekiston yoki jahon tarixida chuqur iz qoldirgan shaxslar mustasno.
(4-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 2-noyabrdagi OʻRQ-799-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2022-y., 03/22/799/0986-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakolatli davlat hokimiyati organlari va respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan tashkil etilayotgan geografik obyektlarga ularni tashkil etish toʻgʻrisidagi tegishli hujjatlar bilan ushbu Qonun talablariga muvofiq nom beriladi.
(4-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maʼmuriy-hududiy birliklarning nomlari, qoida tariqasida, ularning maʼmuriy markazlari nomidan, ushbu maʼmuriy-hududiy birliklar joylashgan hudud qismining geografik yoki tarixiy nomidan hosil boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Transport va muhandislik-texnika infratuzilmasi obyektlarining, shu jumladan aeroportlar, vokzallar, portlar, pristanlar, razyezdlar, temir yoʻl stansiyalarining va boshqa obyektlarning nomlari, qoida tariqasida, ularning yonida joylashgan aholi punktlarining yoki ular tarkibiy qismlarining, boshqa geografik obyektlarning nomlaridan hosil boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyidagilarga aynan bir xil nom berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi doirasidagi viloyatlar, tumanlar, shaharlarga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar doirasidagi shaharchalar, qishloqlar, ovullarga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir tuman, shahar doirasidagi, tarkibida tumanlar mavjud boʻlgan shahar yoki aholi punkti doirasidagi bir nechta turdosh geografik obyektga.
(4-modda yettinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 2-noyabrdagi OʻRQ-799-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2022-y., 03/22/799/0986-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41-modda. Geografik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirishda mahalliy aholining fikrini hisobga olish
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.24.00.00 Buyuk shaxslar xotirasi, tarixiy voqealarni abadiylashtirish. Nom berish, toponimik obyektlarni nomlash va nomini oʻzgartirish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Geografik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish toʻgʻrisida takliflar tayyorlash jarayonida mahalliy aholining fikri hisobga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Geografik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirishda respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari, tegishli mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan mahalliy aholining fikri hisobga olinadi.
(41-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari, tegishli mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari geografik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi takliflarni kelib tushganidan keyin muhokama qilish uchun ularni besh ish kunidan kechiktirmay oʻz rasmiy nashrlarida, rasmiy veb-saytlarida, shuningdek ommaviy axborot vositalarida eʼlon qiladi.
(41-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Takliflarning muhokamasini oʻtkazish muddati geografik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi takliflar eʼlon qilingan sanadan eʼtiboran oʻn besh kundan kam boʻlmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahalliy aholi geografik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi takliflarga nisbatan oʻz fikrini ogʻzaki, yozma yoxud elektron shaklda yakka tartibda yoki jamoa boʻlib bildirishi mumkin. Bunda shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, shuningdek uning yashash joyi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari, tegishli mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organi geografik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi takliflarga nisbatan aholidan kelib tushgan fikrlarni umumlashtiradi hamda bu fikrlarni geografik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish masalalari boʻyicha tegishli komissiyaga kiritadi, mazkur komissiya xulosa tayyorlash chogʻida bu fikrlarni hisobga oladi.
(41-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda. Geografik obyektlarning nomlarini oʻzgartirishga doir talablar
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.24.00.00 Buyuk shaxslar xotirasi, tarixiy voqealarni abadiylashtirish. Nom berish, toponimik obyektlarni nomlash va nomini oʻzgartirish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Geografik obyektlarning nomlarini oʻzgartirishga quyidagi hollarda yoʻl qoʻyiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
geografik obyektning belgilangan maqsadi jiddiy tarzda oʻzgarganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ayrim geografik obyektlarning tarixiy nomlarini tiklash zarur boʻlganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agar geografik obyekt geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga muvofiq kelmaydigan qisqartma soʻz, raqam yoki soʻz birikmasi bilan belgilangan boʻlsa;
(5-moddaning toʻrtinchi xatboshisiOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
geografik obyektlarga ushbu Qonun 4-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan shaxslar ismi-sharifini berish zarur boʻlganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
geografik obyektlarning ushbu Qonun 4-moddasining yettinchi qismida nazarda tutilgan bir xil nomlari mavjud boʻlganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-modda. Geografik obyektlarning nomlarini belgilash
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.24.00.00 Buyuk shaxslar xotirasi, tarixiy voqealarni abadiylashtirish. Nom berish, toponimik obyektlarni nomlash va nomini oʻzgartirish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Geografik obyektlarning nomlari hududni kartografiya qilish, toponimik tadqiqotlar oʻtkazish vaqtida, shuningdek geografik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish toʻgʻrisida takliflar tayyorlanayotganda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli davlat hokimiyati organlarining va respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning hujjatlari;
(6-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rasmiy kartografik hamda maʼlumotnoma nashrlarining, statistik, arxivga oid, tarixiy va boshqa manbalarning maʼlumotlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy aholi, shuningdek oʻlkashunoslar, geograflar, tarixchilar va boshqa mutaxassislar oʻrtasida soʻrovlar oʻtkazish asosida belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Geografik obyektlarning nomlarini belgilashda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy aholi turmushining geografik, tarixiy, milliy, etnik, tilga oid va boshqa xususiyatlari hisobga olinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
geografik obyektlar nomlarining yanglishishga olib keluvchi oʻxshashligi, ushbu nomlarning hurmatsizlik mazmunida boʻlishi, Oʻzbekiston xalqining tarixi, anʼanalari va madaniyati bilan nomuvofiqligi istisno etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Davlat organlarining geografik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirishga doir vakolatlari hamda vazifalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-modda. Tumanlar, shaharlar, viloyatlarga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.08.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi / 01.08.01.00 Umumiy qoidalar. Oliy Majlisga saylovlar / 01.08.01.01 Umumiy qoidalar;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang);
3.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.24.00.00 Buyuk shaxslar xotirasi, tarixiy voqealarni abadiylashtirish. Nom berish, toponimik obyektlarni nomlash va nomini oʻzgartirish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tumanlar, shaharlar, viloyatlarga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimlari iltimosnomalari asosida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi kiritgan taklifga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tumanlar, shaharlar, viloyatlarga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi takliflarni koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan geografik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish masalalari boʻyicha komissiya (bundan buyon matnda respublika komissiyasi deb yuritiladi) tuziladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-oktabrdagi 295-son qarori bilan tasdiqlangan Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha respublika komissiyasi toʻgʻrisidagi nizom.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi viloyatlar, Toshkent shahar hokimlarining tumanlar, shaharlar, viloyatlarga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi iltimosnomalarini koʻrib chiqadi hamda ularni tegishli hujjatlar bilan birga xulosa olish uchun respublika komissiyasiga yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika komissiyasi taqdim etilgan hujjatlar har tomonlama oʻrganilishini tashkil etadi, geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi nuqtai nazaridan ularni davlat ekspertizasidan oʻtkazish uchun Kadastr agentligiga topshiradi. Respublika komissiyasi oʻtkazilgan ish yakunlariga koʻra hamda davlat ekspertizasi natijalarini hisobga olgan holda tegishli xulosa beradi, ushbu xulosa Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etiladi.
(7-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi OʻRQ-708-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi respublika komissiyasining xulosasini hisobga olgan holda, geografik obyektlarga nom berish yoki ularning nomini oʻzgartirish toʻgʻrisida takliflar tayyorlaydi hamda ularni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari koʻrib chiqishi uchun kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining takliflarini koʻrib chiqadi va tegishli qaror qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-modda. Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida joylashgan tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar, ovullar, aholi punktlariga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.12.00.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi qonunchilik va ijro organlari / 01.12.01.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.24.00.00 Buyuk shaxslar xotirasi, tarixiy voqealarni abadiylashtirish. Nom berish, toponimik obyektlarni nomlash va nomini oʻzgartirish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida joylashgan tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar, ovullar, aholi punktlariga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish tumanlar, shaharlar hokimlarining taklifiga koʻra Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida joylashgan tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar, ovullar, aholi punktlariga hamda ularning tarkibiy qismlariga nom berish va ular nomlarini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi takliflarni koʻrib chiqish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi tomonidan geografik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish masalalari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi komissiyasi (bundan buyon matnda Qoraqalpogʻiston Respublikasi komissiyasi deb yuritiladi) tuziladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-oktabrdagi 295-son qarori bilan tasdiqlangan Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha hududiy komissiyalar toʻgʻrisidagi namunaviy nizom.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuman, shahar hokimi mahalliy aholi, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning fikrlarini hisobga olgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida joylashgan tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar, ovullar, aholi punktlariga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish toʻgʻrisida takliflar tayyorlaydi hamda ularni tegishli hujjatlar bilan birga xulosa olish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi komissiyasiga yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi komissiyasi taqdim etilgan hujjatlar har tomonlama oʻrganilishini tashkil etadi, geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi nuqtai nazaridan ularni davlat ekspertizasidan oʻtkazish uchun Kadastr agentligiga topshiradi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi komissiyasi oʻtkazilgan ish yakunlariga koʻra hamda davlat ekspertizasi natijalarini hisobga olgan holda tegishli xulosa beradi, ushbu xulosa geografik obyektga nom berish va uning nomini oʻzgartirish toʻgʻrisida taklif kiritgan tuman, shahar hokimiga yuboriladi.
(8-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi OʻRQ-708-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuman, shahar hokimi Qoraqalpogʻiston Respublikasi komissiyasining xulosasini hisobga olgan holda, geografik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish toʻgʻrisida takliflar tayyorlaydi hamda ularni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi koʻrib chiqishi uchun kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi tuman, shahar hokimining taklifini koʻrib chiqadi va tegishli qaror qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-modda. Shaharchalar, qishloqlar, ovullar, aholi punktlariga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.03.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 02.04.00.00ga qarang);
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.24.00.00 Buyuk shaxslar xotirasi, tarixiy voqealarni abadiylashtirish. Nom berish, toponimik obyektlarni nomlash va nomini oʻzgartirish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaharchalar, qishloqlar, ovullar, aholi punktlariga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish tumanlar hokimlarining taklifiga koʻra xalq deputatlari viloyatlar Kengashlari tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaharchalar, qishloqlar, ovullar, aholi punktlariga hamda ularning tarkibiy qismlariga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi takliflarni koʻrib chiqish uchun viloyatlar hokimlari tomonidan geografik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish masalalari boʻyicha viloyatlar komissiyalari (bundan buyon matnda viloyat komissiyasi deb yuritiladi) tuziladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-oktabrdagi 295-son qarori bilan tasdiqlangan Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha hududiy komissiyalar toʻgʻrisidagi namunaviy nizom.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuman hokimi mahalliy aholi, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning fikrlarini hisobga olgan holda shaharchalar, qishloqlar, ovullar, aholi punktlariga nom berish va ularning nomini oʻzgartirish toʻgʻrisida takliflar tayyorlaydi hamda ularni tegishli hujjatlar bilan birga xulosa olish uchun viloyat komissiyasiga yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Viloyat komissiyasi taqdim etilgan hujjatlar har tomonlama oʻrganilishini tashkil etadi, geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi nuqtai nazaridan ularni davlat ekspertizasidan oʻtkazish uchun Kadastr agentligiga topshiradi. Viloyat komissiyasi oʻtkazilgan ish yakunlariga koʻra hamda davlat ekspertizasi natijalarini hisobga olgan holda tegishli xulosa beradi, ushbu xulosa geografik obyektga nom berish va uning nomini oʻzgartirish toʻgʻrisida taklif kiritgan tuman hokimiga yuboriladi.
(9-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi OʻRQ-708-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuman hokimi viloyat komissiyasining xulosasiga muvofiq geografik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish toʻgʻrisida takliflar tayyorlaydi hamda ularni xalq deputatlari viloyat Kengashi koʻrib chiqishi uchun kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalq deputatlari viloyat Kengashi tuman hokimining taklifini koʻrib chiqadi va tegishli qaror qabul qiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 4-martdagi 48-son qarori bilan tasdiqlangan Shaharlar, posyolkalar, qishloqlar va ovullarning mahallalarini tuzish, birlashtirish, boʻlish va tugatish, shuningdek ularning chegaralarini belgilash va oʻzgartirish, ularga nom berish va ularning nomini oʻzgartirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-modda. Aholi punktlarining tarkibiy qismlariga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.24.00.00 Buyuk shaxslar xotirasi, tarixiy voqealarni abadiylashtirish. Nom berish, toponimik obyektlarni nomlash va nomini oʻzgartirish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholi punktlarining tarkibiy qismlariga (mahallalar, shohkoʻchalar, koʻchalar, maydonlar, bogʻlar, xiyobonlarga) nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish fuqarolarning tashabbuslari, shuningdek fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning iltimosnomalariga asosan tumanlar, shaharlar hokimlari kiritgan taklifga koʻra xalq deputatlari tumanlar, shaharlar Kengashlari tomonidan, tarkibida tumanlar mavjud boʻlgan shaharlarda esa tumanlar hokimlari kiritgan takliflarga koʻra xalq deputatlari shaharlar Kengashlari tomonidan amalga oshiriladi, bundan ushbu Qonunning 101-moddasida nazarda tutilgan hollar mustasno.
(10-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 2-noyabrdagi OʻRQ-799-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2022-y., 03/22/799/0986-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholi punktlarining tarkibiy qismlariga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi takliflarni koʻrib chiqish va tayyorlash uchun tumanlar, shaharlar hokimlari tomonidan geografik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish masalalari boʻyicha tumanlar, shaharlar komissiyalari (bundan buyon matnda tuman, shahar komissiyasi deb yuritiladi) tuziladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-oktabrdagi 295-son qarori bilan tasdiqlangan Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha hududiy komissiyalar toʻgʻrisidagi namunaviy nizom.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuman, shahar hokimi fuqarolarning tashabbuslarini, shuningdek fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning aholi punktlarining tarkibiy qismlariga (mahallalar, shohkoʻchalar, koʻchalar, maydonlar, bogʻlar, xiyobonlarga) nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi iltimosnomalarini koʻrib chiqadi hamda ularni zarur hujjatlar bilan birga takliflar tayyorlash uchun tuman, shahar komissiyasiga yuboradi.
(10-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 2-noyabrdagi OʻRQ-799-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2022-y., 03/22/799/0986-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuman, shahar komissiyasi taqdim etilgan hujjatlarni geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi nuqtai nazaridan koʻrib chiqadi, keyinchalik Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat, Toshkent shahar komissiyasiga kiritish uchun takliflar tayyorlaydi hamda ularni tuman, shahar hokimiga yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuman, shahar hokimi aholi punktlarining tarkibiy qismlariga (mahallalar, shohkoʻchalar, koʻchalar, maydonlar, bogʻlar, xiyobonlarga) nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi tuman, shahar komissiyasi tomonidan koʻrib chiqilgan takliflarni tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat, Toshkent shahar komissiyasiga yuboradi, komissiya taqdim etilgan hujjatlarning har tomonlama oʻrganilishini tashkil etadi, shundan soʻng ularni geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi nuqtai nazaridan davlat ekspertizasidan oʻtkazish uchun Kadastr agentligiga topshiradi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat, Toshkent shahar komissiyasi amalga oshirilgan ishlarning yakunlariga koʻra hamda davlat ekspertizasi natijalarini hisobga olgan holda tegishli xulosa beradi, ushbu xulosa aholi punktlarining tarkibiy qismlariga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish toʻgʻrisida taklif kiritgan tuman, shahar hokimiga yuboriladi.
(10-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 2-noyabrdagi OʻRQ-799-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2022-y., 03/22/799/0986-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuman, shahar hokimi tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat, Toshkent shahar komissiyasining xulosasiga muvofiq aholi punktlarining tarkibiy qismlariga (mahallalar, shohkoʻchalar, koʻchalar, maydonlar, bogʻlar, xiyobonlarga) nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish toʻgʻrisida taklif tayyorlaydi hamda uni xalq deputatlari tuman, shahar Kengashi koʻrib chiqishi uchun kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalq deputatlari tuman, shahar Kengashi tuman, shahar hokimining taklifini koʻrib chiqadi va tegishli qaror qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
101-modda. Aholi punktlarining tarkibiy qismlariga Oʻzbekiston yoki jahon tarixida chuqur iz qoldirgan shaxslarning ismi-sharifini berish
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.02.00 Vakolat;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang);
3.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.24.00.00 Buyuk shaxslar xotirasi, tarixiy voqealarni abadiylashtirish. Nom berish, toponimik obyektlarni nomlash va nomini oʻzgartirish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston yoki jahon tarixida chuqur iz qoldirgan shaxslarning ismi-sharifini berish ularning vafotidan keyin Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga asosan hamda, qoida tariqasida, nomlari mavjud boʻlmagan aholi punktlarining tarkibiy qismlariga nisbatan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuman, shahar hokimi aholi punktlarining tarkibiy qismlariga (mahallalar, shohkoʻchalar, koʻchalar, maydonlar, bogʻlar, xiyobonlarga) Oʻzbekiston yoki jahon tarixida chuqur iz qoldirgan shaxslarning ismi-sharifini berish toʻgʻrisidagi fuqarolar tashabbuslarini, shuningdek fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning iltimosnomalarini koʻrib chiqadi hamda ularni zarur hujjatlar bilan birga takliflar tayyorlash uchun tuman, shahar komissiyasiga yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuman, shahar komissiyasi taqdim etilgan hujjatlarni ularning geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi nuqtai nazaridan koʻrib chiqadi, keyinchalik tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat, Toshkent shahar komissiyasiga kiritish uchun takliflar tayyorlaydi, shuningdek ularni tuman, shahar hokimiga yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuman, shahar hokimi tuman, shahar komissiyasi tomonidan koʻrib chiqilgan aholi punktlarining tarkibiy qismlariga (mahallalar, shohkoʻchalar, koʻchalar, maydonlar, bogʻlar, xiyobonlarga) Oʻzbekiston yoki jahon tarixida chuqur iz qoldirgan shaxslarning ismi-sharifini berish toʻgʻrisidagi takliflarni tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat, Toshkent shahar komissiyasiga yuboradi, komissiya taqdim etilgan hujjatlarning har tomonlama oʻrganilishini tashkil etadi va ularni geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi nuqtai nazaridan davlat ekspertizasidan oʻtkazish uchun Kadastr agentligiga topshiradi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat, Toshkent shahar komissiyasi amalga oshirilgan ishlarning yakunlariga koʻra hamda davlat ekspertizasi natijalarini hisobga olgan holda tegishli xulosa beradi, ushbu xulosa Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi aholi punktlarining tarkibiy qismlariga (mahallalar, shohkoʻchalar, koʻchalar, maydonlar, bogʻlar, xiyobonlarga) Oʻzbekiston yoki jahon tarixida chuqur iz qoldirgan shaxslarning ismi-sharifini berish toʻgʻrisidagi taklifni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi bilan kelishadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahar hokimlari aholi punktlarining tarkibiy qismlariga (mahallalar, shohkoʻchalar, koʻchalar, maydonlar, bogʻlar, xiyobonlarga) Oʻzbekiston yoki jahon tarixida chuqur iz qoldirgan shaxslarning ismi-sharifini berish toʻgʻrisidagi iltimosnomani, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat, Toshkent shahar komissiyasining xulosasini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar, Toshkent shahar hokimlarining aholi punktlarining tarkibiy qismlariga (mahallalar, shohkoʻchalar, koʻchalar, maydonlar, bogʻlar, xiyobonlarga) Oʻzbekiston yoki jahon tarixida chuqur iz qoldirgan shaxslarning ismi-sharifini berish toʻgʻrisidagi iltimosnomalarini koʻrib chiqadi hamda ularni zarur hujjatlar bilan birga xulosa olish uchun respublika komissiyasiga yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika komissiyasi taqdim etilgan hujjatlarni har tomonlama oʻrganib chiqadi va tegishli xulosa beradi, ushbu xulosa Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi aholi punktlarining tarkibiy qismlariga (mahallalar, shohkoʻchalar, koʻchalar, maydonlar, bogʻlar, xiyobonlarga) Oʻzbekiston yoki jahon tarixida chuqur iz qoldirgan shaxslarning ismi-sharifini berish toʻgʻrisida respublika komissiyasining xulosasini hisobga olgan holda takliflar tayyorlaydi hamda ularni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga koʻrib chiqish uchun kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining takliflarini koʻrib chiqadi va tegishli qaror qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston yoki jahon tarixida chuqur iz qoldirgan shaxslarning toifalarini aniqlash mezonlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(101-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 2-noyabrdagi OʻRQ-799-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2022-y., 03/22/799/0986-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-modda. Tabiiy obyektlarga, transport va muhandislik-texnika infratuzilmasi obyektlariga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tabiiy obyektlarga, transport va muhandislik-texnika infratuzilmasi obyektlariga nom berish hamda ularning nomlarini oʻzgartirish respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining taklifiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi.
(11-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tabiiy obyektlarga, transport va muhandislik-texnika infratuzilmasi obyektlariga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi takliflarni koʻrib chiqish respublika komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining va xoʻjalik boshqaruvi organlarining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining takliflarini koʻrib chiqish uchun qabul qiladi hamda ularni tegishli hujjatlar bilan xulosa olish uchun respublika komissiyasiga yuboradi.
(11-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika komissiyasi taqdim etilgan hujjatlar har tomonlama oʻrganilishini tashkil etadi, geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi nuqtai nazaridan ularni davlat ekspertizasidan oʻtkazish uchun Kadastr agentligiga topshiradi. Respublika komissiyasi oʻtkazilgan ish yakunlariga koʻra hamda davlat ekspertizasi natijalarini hisobga olgan holda tegishli xulosa beradi, ushbu xulosa Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etiladi.
(11-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi OʻRQ-708-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi respublika komissiyasining xulosasini hisobga olgan holda, geografik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish masalasi yuzasidan tegishli qaror qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-modda. Geografik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish masalalari boʻyicha komissiyalarning asosiy vazifalari
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.24.00.00 Buyuk shaxslar xotirasi, tarixiy voqealarni abadiylashtirish. Nom berish, toponimik obyektlarni nomlash va nomini oʻzgartirish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Geografik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish masalalari boʻyicha komissiyalarning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston xalqining tarixiy-madaniy qadriyatlari hamda merosi bilan bogʻliq geografik obyektlarning nomlari muhofaza qilinishini taʼminlash, asossiz oʻzgartirilishining oldini olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
geografik obyektlarga Oʻzbekiston xalqining milliy anʼanalari va mentalitetiga yot boʻlgan nomlar berilishiga hamda ularning nomlari shu ruhda oʻzgartirilishiga yoʻl qoʻymaslik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
geografik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish chogʻida mahalliychilik, oshna-ogʻaynigarchilik, xizmat mavqeyini suiisteʼmol qilish hollarini istisno etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonun 4-moddasi talablarining hamda geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisidagi qonunchilik boshqa qoidalarining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, tumanlar, shaharlar komissiyalari tomonidan bajarilishi ustidan nazoratni respublika komissiyasi amalga oshiradi.
(12-moddaning ikkinchi qismiOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiyalarning tarkibi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining va xoʻjalik boshqaruvi organlarining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining rahbarlari va xodimlari, fuqarolik jamiyati institutlarining, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining vakillari, shuningdek fan va madaniyat arboblari, ekspertlar, mutaxassislar hamda tegishli faoliyat sohalarida maxsus bilimlarga ega boʻlgan boshqa shaxslar orasidan shakllantiriladi. Respublika komissiyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, tumanlar, shaharlar komissiyalari tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar, shaharlar hokimliklarining rahbariyati tomonidan boshqariladi.
(12-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang)]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika komissiyasining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, tumanlar, shaharlar komissiyalarining faoliyatini tashkil etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-oktabrdagi 295-sonli ““Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq geografik obyektlarning nomlari sohasidagi ishlarni tartibga solish chora-tadbirlari haqida”gi qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-modda. Kadastr agentligining geografik obyektlarning nomlari sohasidagi vakolatlari
(13-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi OʻRQ-708-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.24.00.00 Buyuk shaxslar xotirasi, tarixiy voqealarni abadiylashtirish. Nom berish, toponimik obyektlarni nomlash va nomini oʻzgartirish;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
3.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.07.00.00 Kadastr maʼlumoti]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kadastr agentligi:
(13-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi OʻRQ-708-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika komissiyasining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi hamda viloyatlar komissiyalarining taqdimnomasiga koʻra geografik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi takliflarni davlat ekspertizasidan oʻtkazadi, ushbu masalalar boʻyicha tegishli xulosalar va tavsiyalarni tayyorlaydi hamda ularga yuboradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
geografik obyektlarning nomlarini normallashtirish ishlarini amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Geografik obyektlar nomlarining davlat reyestrini yuritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Geografik obyektlar nomlarining davlat reyestriga kiritilgan geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisidagi axborotni yuridik va jismoniy shaxslarga belgilangan tartibda taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14-modda. Geografik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi takliflarni davlat ekspertizasidan oʻtkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.24.00.00 Buyuk shaxslar xotirasi, tarixiy voqealarni abadiylashtirish. Nom berish, toponimik obyektlarni nomlash va nomini oʻzgartirish;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.07.00.00 Kadastr maʼlumoti]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Geografik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi takliflarning davlat ekspertizasi ular geografik obyektlarning nomlariga, mazkur nomlar oʻzgartirilishiga hamda belgilanishiga qoʻyiladigan talablarga muvofiqligini aniqlash, shuningdek geografik obyektlarning nomlarini normallashtirish maqsadida Kadastr agentligi tomonidan oʻtkaziladi.
(14-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi OʻRQ-708-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Geografik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi takliflarning davlat ekspertizasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika komissiyasi tomonidan — tumanlar, shaharlar, viloyatlarga, tabiiy obyektlarga, transport va muhandislik-texnika infratuzilmasi obyektlariga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi takliflarga nisbatan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi komissiyasi tomonidan — Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida joylashgan tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar, ovullarga, aholi punktlariga hamda ularning tarkibiy qismlariga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi takliflarga nisbatan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
viloyatlar komissiyalari tomonidan — shaharchalar, qishloqlar, ovullarga, aholi punktlariga hamda ularning tarkibiy qismlariga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi takliflarga nisbatan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahar komissiyasi tomonidan — aholi punktlarining tarkibiy qismlariga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi takliflarga nisbatan tayinlanadi.
(14-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 2-noyabrdagi OʻRQ-799-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2022-y., 03/22/799/0986-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kadastr agentligi davlat ekspertizasi chogʻida toponimik va boshqa tadqiqotlar oʻtkazilishini, kartografik, arxivga doir, tarixiy va boshqa materiallar har tomonlama oʻrganilishini tashkil etadi, geografik obyektlar nomlarining normallashtirilishini amalga oshiradi hamda ekspertiza yakunlariga koʻra geografik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi takliflarning qonunchilikda belgilangan talablarga muvofiqligi yoxud muvofiq emasligi toʻgʻrisida xulosa beradi, ushbu xulosa tegishli komissiyalar murojaat etgan kundan eʼtiboran bir oy ichida ularga yuboriladi.
(14-moddaninguchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi OʻRQ-708-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat ekspertizasining xulosasi respublika komissiyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi hamda viloyatlar komissiyalari tomonidan xulosalar berishda hisobga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kadastr agentligi davlat ekspertizasini oʻtkazish uchun respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar mutaxassislarini, yetakchi olimlarni, fan va madaniyat arboblarini, shuningdek tegishli faoliyat sohalarida maxsus bilimlarga ega boʻlgan boshqa shaxslarni jalb etishga haqli.
(14-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15-modda. Geografik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi takliflarga ilova qilinadigan hujjatlar
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.24.00.00 Buyuk shaxslar xotirasi, tarixiy voqealarni abadiylashtirish. Nom berish, toponimik obyektlarni nomlash va nomini oʻzgartirish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Geografik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirishni amalga oshiruvchi organlarga kiritiladigan geografik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi takliflarga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
geografik obyektlarga nom berish yoki ularning nomlarini oʻzgartirish zarurligining, maqsadga muvofiqligining asosi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli geografik obyekt joylashgan hududda yashovchi mahalliy aholining fikrini oʻrganishga oid hujjatlar;
(15-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 2-noyabrdagi OʻRQ-799-sonli Qonuniga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2022-y., 03/22/799/0986-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kartografiya materiallari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
geografik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish bilan bogʻliq tegishli hisob-kitoblar hamda xarajatlarning manbalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishincha respublika komissiyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi komissiyasi, viloyatlar, tumanlar, shaharlar komissiyalarining xulosasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Qonun 14-moddasining ikkinchi qismi talablariga muvofiq oʻtkazilgan davlat ekspertizasining xulosasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Geografik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi takliflarga geografik obyektlarning oʻziga xos xususiyati hamda belgilangan maqsadi hisobga olingan holda boshqa hujjatlar ham ilova qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Geografik obyektlarning nomlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish, ulardan foydalanish va ularni saqlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16-modda. Geografik obyektlar nomlarining davlat reyestri
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.24.00.00 Buyuk shaxslar xotirasi, tarixiy voqealarni abadiylashtirish. Nom berish, toponimik obyektlarni nomlash va nomini oʻzgartirish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Geografik obyektlar nomlarining davlat reyestri geografik obyektlarning nomlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish maqsadida yuritiladigan, ushbu obyektlarning nomlariga taalluqli boʻlgan maʼlumotlarning tizimlashtirilgan toʻplamidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.07.00.00 Kadastr maʼlumoti]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kadastr agentligi geografik obyektlarning nomlari davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini qonunchilikda belgilangan tartibda Geografik obyektlar nomlarining davlat reyestriga kiritgan holda amalga oshiradi.
(16-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi OʻRQ-708-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Geografik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirishni amalga oshiruvchi organlar geografik obyektlarga nom berilganligi va ularning nomlari oʻzgartirilganligi toʻgʻrisidagi tegishli hujjatlarni Geografik obyektlar nomlarining davlat reyestriga kiritish uchun oʻn kunlik muddatda Kadastr agentligiga taqdim etishi shart.
(16-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi OʻRQ-708-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Geografik obyektlar nomlarining davlat reyestriga kiritilgan geografik obyektlarning nomlari haqidagi axborot Kadastr agentligi tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarga belgilangan tartibda taqdim etiladi.
(16-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi OʻRQ-708-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17-modda. Geografik obyektlarning nomlaridan foydalanish
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.24.00.00 Buyuk shaxslar xotirasi, tarixiy voqealarni abadiylashtirish. Nom berish, toponimik obyektlarni nomlash va nomini oʻzgartirish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Geografik obyektlarning roʻyxatdan oʻtkazilgan nomlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz faoliyatini amalga oshirayotganda davlat hokimiyati organlari va respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan;
(17-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquv nashrlarida, kartografik, maʼlumotnoma, ensiklopedik nashrlarda, eʼlonlar, reklama, yoʻl belgilari, pochta joʻnatmalarida foydalanish uchun majburiydir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Geografik obyektlarning roʻyxatdan oʻtkazilgan nomlaridan boshqa hollarda ham qonunchilikka muvofiq foydalanish mumkin.
(17-moddaning ikkinchi qismiOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan geografik obyektlar nomlarining yoʻl belgilaridagi, peshlavhalar va boshqa koʻrsatkichlardagi yozuvlari davlat tilida ifodalanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat hokimiyati organlari va respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, korxonalar, muassasalar hamda tashkilotlar oʻz vakolatlari doirasida Kadastr agentligi bilan kelishilgan holda, geografik obyektlar nomlarining rasmiy kataloglari va maʼlumotnomalarini nashr etadi.
(17-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18-modda. Geografik obyektlarning nomlarini saqlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Geografik obyektlarning nomlari davlat tomonidan muhofaza qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Geografik obyektlar nomlarining birini boshqasiga oʻzboshimchalik bilan almashtirishga, geografik obyektlarning buzib koʻrsatilgan nomlaridan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19-modda. Geografik obyektlarning nomlaridan foydalanilishi va ularning saqlanishi ustidan nazorat
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.16.00.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (shuningdek, 02.05.00.00ga qarang);
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.24.00.00 Buyuk shaxslar xotirasi, tarixiy voqealarni abadiylashtirish. Nom berish, toponimik obyektlarni nomlash va nomini oʻzgartirish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Geografik obyektlarning nomlaridan foydalanilishi va ularning saqlanishi ustidan nazorat belgilangan vakolatlar doirasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat hokimiyati organlari va respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari;
(19-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika komissiyasi, Kadastr agentligi;
(19-moddaning birinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi OʻRQ-708-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20-modda. Geografik obyektlarning nomlari sohasidagi ishlarni moliyalashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.24.00.00 Buyuk shaxslar xotirasi, tarixiy voqealarni abadiylashtirish. Nom berish, toponimik obyektlarni nomlash va nomini oʻzgartirish;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.01.00 Umumiy qoidalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Geografik obyektlarning nomlari sohasidagi ishlarni moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
(20-moddaning birinchi qismiOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan quyidagilar moliyalashtiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
geografik obyektlarning nomlarini belgilash, normallashtirish va davlat roʻyxatidan oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
geografik obyektlar nomlarining rasmiy kataloglari va maʼlumotnomalarini tayyorlash hamda nashr etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholi punktlarining tarkibiy qismlariga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish tegishli mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Geografik obyektlarga davlat hokimiyati organlarining va respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining taklifiga koʻra nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish mazkur organlarning faoliyatini moliyalashtirish nazarda tutilgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
(20-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Geografik obyektlarga xoʻjalik boshqaruvi organlarining taklifiga koʻra nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari, shuningdek mazkur organlar mablagʻlari hisobidan amalga oshirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Geografik obyektlarning nomlari sohasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
(21-moddaning matniOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 17-iyundagi PQ-4754-sonli qarori bilan tasdiqlangan Jismoniy va yuridik shaxslar hamda davlat organlari oʻrtasidagi nizolarni sudgacha hal qilish boʻyicha apellyatsiya kengashi toʻgʻrisidagi nizom.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22-modda. Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
(22-moddaOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
(23-moddaning nomiOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang)]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari hamda bekor qilishlarini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.05.00 Normativ-huquqiy hujjatlarni eʼlon qilish va kuchga kirishi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
LexUZ sharhi
Ushbu Qonun “Xalq soʻzi” gazetasining 2011-yil 13-oktabrdagi 198 (5365)-sonida eʼlon qilingan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2011-yil 12-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻRQ–303-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 41-son, 448-modda; 2017-y., 35-son, 914-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son; 03.11.2022-y., 03/22/799/0986-son; 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)