29.09.2011 yildagi O‘RQ-298-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
JINOYAT ISHINI YURITISH CHOGʻIDA QAMOQDA SAQLASH TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasi tomonidan 2011-yil 27-iyulda qabul qilingan
Senat tomonidan 2011-yil 26-avgustda maʼqullangan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda. Ushbu Qonunning vazifalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonunning vazifalari jinoyat sodir etganlikda gumon qilinib ushlab turilgan shaxslarni va oʻziga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan shaxslarni qamoqda saqlash tartibi hamda shart-sharoitlarini, ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari kafolatlarini belgilashdan iborat.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda. Jinoyat ishini yuritish chogʻida qamoqda saqlash toʻgʻrisidagi qonunchilik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jinoyat ishini yuritish chogʻida qamoqda saqlash toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining jinoyat ishini yuritish chogʻida qamoqda saqlash toʻgʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
(2-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda. Asosiy tushunchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushlab turilgan — jinoyat sodir etganlikda gumon qilinib, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha ushlab turilgan shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qamoqqa olingan — Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining normalariga muvofiq oʻziga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qamoqda saqlash — jinoyat sodir etganlikda gumon qilinib ushlab turilgan shaxslarni yoxud oʻziga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan shaxslarni qamoqda saqlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda. Qamoqda saqlashning asosiy prinsiplari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonuniylik, fuqarolarning qonun oldida tengligi, shaxsning shaʼni va qadr-qimmatini hurmat qilish, fuqarolarning huquq hamda erkinliklarini muhofaza qilish, aybsizlik prezumpsiyasi qamoqda saqlashning asosiy prinsiplaridir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda. Qamoqda saqlash asoslari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 225-moddasida nazarda tutilgan tartibda tuzilgan ushlab turish bayonnomasi ushlab turilganlarni qamoqda saqlashga asos boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudning Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksida nazarda tutilgan tartibda chiqargan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi qarori qamoqqa olinganlarni qamoqda saqlashga asos boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-modda. Qamoqda saqlash muddatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qamoqda saqlash muddatlari Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksida belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-modda. Ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlarning huquqiy holati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlar ularning jinoyat sodir etishda aybdorligi qonunda nazarda tutilgan tartibda isbotlangunga va qonuniy kuchga kirgan sud hukmi bilan aniqlangunga qadar aybsiz hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlar qonunda nazarda tutilgan cheklashlar inobatga olingan holda, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun belgilangan huquqlarga, erkinliklarga ega boʻladi va majburiyatlarni bajaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi hududida ushlab turilgan va qamoqqa olingan chet el fuqarolari, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng ravishda huquqlardan, erkinliklardan foydalanadi hamda majburiyatlarni bajaradi, Oʻzbekiston Respublikasining qonuni va xalqaro shartnomalarida belgilangan hollar bundan mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlarni jinsi, irqi, millati, tili, dini, eʼtiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy mavqeyiga koʻra kamsitishga yoʻl qoʻyilmaydi.
(7-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 20-sentabrdagi OʻRQ-963-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.09.2024-y., 03/24/963/0735-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlarga nisbatan qiynoqlar hamda boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi tazyiqlar qoʻllanilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Qamoqda saqlash joylari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-modda. Ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlarni saqlash joylari
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushlab turilganlar Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi organlarining vaqtincha saqlash hibsxonalarida (bundan buyon matnda vaqtincha saqlash hibsxonalari deb yuritiladi) va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati organlarining tergov hibsxonalarida, ushlab turilgan harbiy xizmatchilar esa Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining garnizon hamda qoʻshin gauptvaxtalarida (bundan buyon matnda gauptvaxtalar deb yuritiladi) saqlanadi.
(8-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 18-fevraldagi OʻRQ-522-sonli Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-y., 2-son, 47-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushlab turilganlarni ayrim joylarda istisno tarzida ushbu maqsadlar uchun maxsus moslashtirilgan binolarda, dengiz va daryo kemalarida esa maxsus ajratilgan kayutalarda saqlashga yoʻl qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushlab turilganlar qonunda belgilangan hollarda va tartibda jazoni ijro etish muassasalarida saqlanishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qamoqqa olinganlar Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati organlarining tergov hibsxonalarida (bundan buyon matnda tergov hibsxonalari deb yuritiladi) saqlanadi.
(8-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 18-fevraldagi OʻRQ-522-sonli Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-y., 2-son, 47-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qamoqqa olinganlar qonunda belgilangan hollarda va tartibda vaqtincha saqlash hibsxonalarida hamda jazoni ijro etish muassasalarida, qamoqqa olingan harbiy xizmatchilar esa gauptvaxtalarda saqlanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlar qonunda belgilangan hollarda va tartibda davlat sogʻliqni saqlash tizimining tibbiy muassasalarida vaqtincha saqlanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-modda. Vaqtincha saqlash hibsxonalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vaqtincha saqlash hibsxonalari ushlab turilganlarni qamoqda saqlash uchun moʻljallangandir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qamoqqa olinganlar vaqtincha saqlash hibsxonalarida oʻn sutkagacha saqlanishi mumkin. Qamoqqa olinganlarni tergov hibsxonasiga olisligi yoki lozim darajadagi qatnov yoʻllari mavjud emasligi tufayli olib borishning imkoniyati boʻlmagan hollarda, bunday shaxslar vaqtincha saqlash hibsxonalarida tergovchining prokuror bilan kelishilgan qaroriga, shuningdek prokurorning qaroriga yoxud sudning ajrimiga koʻra oʻttiz sutkagacha saqlanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vaqtincha saqlash hibsxonalari Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan tashkil etiladi, qayta tashkil etiladi va tugatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-modda. Tergov hibsxonalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tergov hibsxonalari qamoqqa olinganlarni qamoqda saqlash uchun moʻljallangandir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunda belgilangan hollarda hamda tartibda tergov hibsxonalarida ushlab turilganlar va mahkumlar ham saqlanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tergov hibsxonalari yuridik shaxslardir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tergov hibsxonalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tashkil etiladi, qayta tashkil etiladi va tugatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-modda. Ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlarni saqlash uchun gauptvaxtalardan foydalanish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushlab turilgan va qamoqqa olingan harbiy xizmatchilar gauptvaxtalarda qonun hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida garnizon va qorovullik xizmatini tashkil etish hamda oʻtash tartibini belgilovchi boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan tartib va shart-sharoitlarda saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qamoqqa olingan harbiy xizmatchilar gauptvaxtalarda koʻpi bilan yigirma sutka, olis joylarda esa qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasining butun amal qilish muddati mobaynida saqlanishi mumkin. Harbiy xizmatchining gauptvaxtada saqlash muddati harbiy sudlar tomonidan ishning sudda koʻrib chiqilishi vaqtiga, lekin koʻpi bilan oʻn besh sutkaga uzaytirilishi mumkin. Intizomiy qismga yuborishga hukm qilingan harbiy xizmatchilar sudning hukmi qonuniy kuchga kirguniga qadar gauptvaxtalarda saqlanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-modda. Ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlarni saqlash uchun tibbiy muassasalardan foydalanish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlarga ixtisoslashtirilgan tibbiy yoki psixiatriya yordami koʻrsatilgan taqdirda, shuningdek qamoqqa olinganlarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha statsionar sud-tibbiy yoki sud-psixiatriya ekspertizasi tayinlangan taqdirda, ular qonunchilikka muvofiq davlat sogʻliqni saqlash tizimining tibbiy muassasalariga joylashtiriladi.
(12-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-modda. Ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlarni saqlash uchun jazoni ijro etish muassasalaridan foydalanish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jazoni ijro etish muassasalarida jazoni oʻtayotgan, boshqa jinoyatni sodir etishda gumon qilinib ushlab turilgan mahkumlar shu muassasalarda, lekin jazoni oʻtayotgan mahkumlardan ajratilgan holda vaqtincha saqlanishi mumkin. Ushbu maqsadda jazoni ijro etish muassasalarida ushlab turilganlar uchun maxsus kameralar jihozlanadi. Ushlab turilganlarni jazoni ijro etish muassasalarining karserlari va intizomiy hibsxonalarida saqlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jazoni ijro etish muassasalarida jazoni oʻtayotgan, boshqa jinoyat ishi yuritilishi munosabati bilan oʻziga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan mahkumlar jazoni ijro etish muassasalaridagi ushbu maqsadlar uchun maxsus jihozlangan, tergov hibsxonalari rejimida ishlaydigan xonalarda saqlanishi mumkin. Qamoqqa olinganlarni jazoni ijro etish muassasalarida saqlash shart-sharoitlari qamoqqa olinganlarni tergov hibsxonalarida saqlash shart-sharoitlaridan farq qilmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14-modda. Tergov hibsxonalaridan vaqtincha saqlash hibsxonalariga, jazoni ijro etish muassasalaridan tergov hibsxonalariga oʻtkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tergov harakatlarini bajarish yoki jinoyat ishlarini tergov hibsxonalari joylashgan aholi punktlari hududidan tashqarida sudda koʻrib chiqish zarur boʻlgan hollarda, qamoqqa olinganlarni mazkur harakatlarni amalga oshirish va sud majlislarini oʻtkazish uchun har kuni olib borish imkoniyati boʻlmaganda ular tergov hibsxonalaridan vaqtincha saqlash hibsxonalariga oʻtkazilishi, lekin bir oy mobaynida koʻpi bilan oʻn sutkaga oʻtkazilishi mumkin. Bunday oʻtkazish uchun qamoqqa olinganni boshqa yerga koʻchirish toʻgʻrisidagi tergovchining, prokurorning qarori yoxud sudning ajrimi asos boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Basharti mahkum boshqa jinoyat ishi boʻyicha guvoh yoki jabrlanuvchi boʻlsa, u sud hukmi qonuniy kuchga kirganidan keyin jazoni ijro etish muassasasidan tergov hibsxonasiga oʻtkazilishi yoki tergov hibsxonasida qoldirilishi mumkin. Bu holda mahkum: Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurorining, viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlarining, shuningdek ularga tenglashtirilgan prokurorlarning roziligi bilan uch oygacha muddatga, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning oʻrinbosari roziligi bilan olti oygacha muddatga, sudning ajrimiga koʻra esa ish sudda koʻrib chiqilishi vaqtiga tergov hibsxonasida saqlanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshqa tumanda (shaharda) turgan mahkum boshqa yerga koʻchirish toʻgʻrisidagi tergovchining prokuror bilan kelishilgan qaroriga, shuningdek prokurorning qaroriga yoxud sudning ajrimiga muvofiq boshqa yerga oʻtkaziladi. Mahkumni boshqa yerga koʻchirishni ijro etish Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining maxsus boʻlinmalari zimmasiga yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15-modda. Qamoqda saqlash joylarida rejimni taʼminlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qamoqda saqlash joylarida ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari roʻyobga chiqarilishini, oʻz majburiyatlarini bajarishini, ularning ajratib qoʻyilishini, alohida-alohida joylashtirilishini, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksida nazarda tutilgan boshqa vazifalar bajarilishini taʼminlaydigan rejim oʻrnatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qamoqda saqlash joylarida rejimni taʼminlash qamoqda saqlash joylarining maʼmuriyati, shuningdek xodimlari zimmasiga yuklatiladi, ular oʻz xizmat vazifalarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi uchun qonunda belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16-modda. Qamoqda saqlash joylaridagi ichki tartib
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qamoqda saqlash joylarida rejimni taʼminlash maqsadida tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi yoki Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vaziri tomonidan qamoqda saqlash joylaridagi ichki tartib qoidalari (bundan buyon matnda ichki tartib qoidalari deb yuritiladi) tasdiqlanadi.
(16-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 18-fevraldagi OʻRQ-522-sonli Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-y., 2-son, 47-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichki tartib qoidalarida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlarni qabul qilish hamda kameralarga joylashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qamoqda saqlash joylari hududiga kirishda va undan chiqishda shaxslarning ashyolari, kiyim-boshlari va poyabzallarini koʻzdan kechirishdan oʻtkazish, shuningdek kirayotgan hamda chiqib ketayotgan transport vositalarini koʻzdan kechirish, taqiqlangan oziq-ovqat mahsulotlari, narsalar va moddalarni olib qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlarni shaxsiy tintuvdan oʻtkazish, barmoq izlarini olish, fotosuratga olish, shuningdek ularning ashyolarini hamda ular saqlanayotgan xonalarni koʻzdan kechirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlardan saqlash, tarqatish, isteʼmol qilish hamda foydalanish taqiqlangan pullar, qimmatli qogʻozlarni hamda boshqa qimmatliklarni, oziq-ovqat mahsulotlari, narsalar va moddalarni olib qoʻyish, shuningdek ularni saqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlarning moddiy-maishiy taʼminoti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlarning tibbiy-sanitariya taʼminoti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qamoqqa olinganlarning oziq-ovqat mahsulotlari, eng zarur narsalar, darsliklar, qogʻoz va kanselyariya ashyolarini sotib olishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
posilkalar, yoʻqlovlar, banderollarni qabul qilish hamda ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlarga berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlarning xat-xabarlarni olishi va joʻnatishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qamoqqa olinganlarning pul joʻnatmalari olishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlarning har kungi sayrlarini oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlarning ushbu Qonunning 22-moddasida sanab oʻtilgan shaxslar bilan uchrashuvlarini oʻtkazish, shuningdek qamoqqa olinganning telefon orqali limitlangan soʻzlashuv huquqini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlarning diniy rasm-rusumlarni ado etishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlarning fuqarolik-huquqiy bitimlarda ishtirok etishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qamoqqa olinganlarning oilaviy munosabatlarda ishtirok etishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qamoqqa olinganlarni mehnatga jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlarning arizalar, takliflar va shikoyatlar yuborishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlarning qamoqda saqlash joyining boshligʻi va u vakolat bergan shaxslar tomonidan shaxsan qabul qilinishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlarning tergov harakatlari va sud majlislarida ishtirok etishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qamoqda saqlash joylarida vafot etgan ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlarning jasadlarini berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlarni qamoqdan ozod qilish tartibi belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilgan normalardan tashqari, ichki tartib qoidalarida ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlarning qamoqda saqlash joylaridagi xulq-atvor qoidalari, tegishincha ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlarning yonida boʻlishi, saqlashi, posilkalar, yoʻqlovlar, banderollarda olishi hamda naqd pulsiz hisob-kitob boʻyicha sotib olishi mumkin boʻlgan oziq-ovqat mahsulotlarining, eng zarur narsalarning roʻyxati va miqdori belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17-modda. Qamoqda saqlash joylarining xodimlari
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qamoqda saqlash joylarining xodimlari jumlasiga qamoqda saqlash joylarida rejimni taʼminlash majburiyatini bajarayotgan ichki ishlar organlarining oddiy askarlari, serjantlari va ofitserlari tarkibidagi shaxslar, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilari kiradi.
(17-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 18-fevraldagi OʻRQ-522-sonli Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-y., 2-son, 47-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qamoqda saqlash joylarida rejimni taʼminlash majburiyatini bajarayotgan davrda dengiz va daryo kemalarining kapitanlari, shuningdek ular vakolat bergan shaxslar qamoqda saqlash joylarining xodimlari uchun ushbu Qonunda nazarda tutilgan majburiyatlarni bajaradi hamda huquqlardan foydalanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlarning huquqlari, shuningdek bu huquqlarni taʼminlash kafolatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18-modda. Ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlarning huquqlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlar quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz huquqlari, erkinliklari va majburiyatlari, qamoqda saqlash joylaridagi rejim, xulq-atvor qoidalari, arizalar, takliflar va shikoyatlarni yuborish tartibi toʻgʻrisida axborot olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qamoqda saqlash joyining boshligʻiga yoki u vakolat bergan shaxsga, shuningdek qamoqda saqlash joylarini nazorat qiluvchi yoki tekshiruvchi mansabdor shaxslarga shaxsan qabul qilish toʻgʻrisida iltimos bilan murojaat etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzlarining saqlab turilishi qonuniyligi va asosliligi hamda oʻz huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi toʻgʻrisidagi masala yuzasidan shaxsan yoki himoyachi yoxud qonuniy vakil orqali arizalar va shikoyatlar bilan murojaat etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yozishmalar olib borish, oʻz tasarrufida qogʻoz va kanselyariya ashyolari boʻlishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsiy xavfsizlik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
himoyachisi, qonuniy vakili, qarindoshlari va boshqa shaxslar bilan uchrashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jinoyat ishiga daxldor yoki oʻz huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini roʻyobga chiqarish masalalariga taalluqli hujjatlarni hamda yozuvlarni oʻzida saqlash, bundan gʻayrihuquqiy maqsadlarda foydalanilishi mumkin boʻlgan yoxud davlat siri yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan hujjatlar va yozuvlar mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bepul ovqat, moddiy-maishiy va tibbiy-sanitariya taʼminoti olish, shu jumladan oʻzlarining tergov harakatlari va sud majlislarida ishtirok etishi davrida olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan tartibda dori vositalarini olish va saqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
posilkalar, yoʻqlovlar, banderollar olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tungi vaqtda sakkiz soat uxlash, bu vaqtda ularni protsessual va boshqa harakatlarda ishtirok etishga jalb etish taqiqlanadi, Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kamida bir soat davom etadigan har kungi sayr etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsiy kiyim-boshi, poyabzali va boshqa ashyolaridan, shuningdek roʻyxati va miqdori ichki tartib qoidalarida belgilanadigan oziq-ovqat mahsulotlaridan, eng zarur narsalardan foydalanish;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qamoqda saqlash joyi kutubxonasidagi qonunchilik hujjatlari, adabiyotlar va davriy matbuot nashrlaridan foydalanish hamda mustaqil taʼlim olish bilan shugʻullanish;
(18-modda birinchi qismining oʻn beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agar bu ichki tartib qoidalarini, shuningdek boshqa shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzmasa, qamoqda saqlash joyi xonalarida diniy rasm-rusumlarni ado etish, qamoqda saqlash joyi kutubxonasidagi diniy adabiyotlardan foydalanish, diniy ibodat narsalaridan foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qamoqda saqlash joylari xodimlarining xushmuomalada boʻlishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolik-huquqiy bitimlarda ishtirok etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushlab turilgan va qamoqqa olingan ayollar ikki yoshga toʻlmagan bolalari oʻz yonida boʻlishiga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qamoqqa olinganlar ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqlardan tashqari quyidagi huquqlarga ham ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pul joʻnatmalarini olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qamoqda saqlash joyi maʼmuriyati orqali oziq-ovqat mahsulotlari, eng zarur narsalar, darsliklar, qogʻoz va kanselyariya ashyolarini sotib olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qamoqda saqlash joyi kutubxonasidagi stol ustida oʻynaladigan oʻyinlardan foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zarurat boʻlganda, qamoqda saqlash joyi maʼmuriyatidan kiyishga ruxsat etilgan kiyim-bosh va poyabzal olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oilaviy munosabatlarda ishtirok etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qamoqqa olinganlarga tegishli sharoitlar boʻlgan taqdirda, mehnat qilish imkoniyati beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlar ushbu Qonunda belgilangan huquqlardan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksida gumon qilinuvchi va ayblanuvchi uchun nazarda tutilgan huquqlarga ega boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jazoni ijro etish muassasalarida jazoni oʻtayotgan mahkumlar boshqa jinoyat ishi yuritilishi munosabati bilan ularga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksida ular jazoni oʻtayotgan jazoni ijro etish muassasasining rejim turi uchun belgilangan qoidalarga muvofiq posilkalar, yoʻqlovlar, banderollar olishga, oziq-ovqat mahsulotlarini, eng zarur narsalarni sotib olishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19-modda. Arizalar, takliflar va shikoyatlar yuborish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlar qamoqda saqlash joyi maʼmuriyatiga, davlat organlariga, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari hamda jamoat birlashmalariga oʻz ona tilida yoki boshqa tilda arizalar, takliflar va shikoyatlar bilan murojaat etish hamda murojaat etilgan tilda belgilangan tartibda yozma javoblar olish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Arizalar, takliflar va shikoyatlar qamoqda saqlash joyi maʼmuriyati orqali yuboriladi, bundan ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlarni shaxsan qabul qilish vaqtida qamoqda saqlash joylarining faoliyatini nazorat qiluvchi yoki tekshiruvchi mansabdor shaxslar tomonidan olingan murojaatlar mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud, prokuror, himoyachi yoki qamoqda saqlash joylarini tekshirish huquqiga ega boʻlgan davlat organlari nomiga, shuningdek jinoyat ishini yuritayotgan mansabdor shaxsga yoki organga yoʻllangan arizalar, takliflar va shikoyatlar senzuradan oʻtkazilmaydi hamda berilgan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmay muhrlangan tarzda adresatga yuboriladi yoki topshiriladi. Boshqa davlat organlari va tashkilotlari nomiga yoʻllangan arizalar, takliflar va shikoyatlar berilgan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmay jinoyat ishini yuritayotgan mansabdor shaxsga yoki organga topshiriladi, ular tomonidan qarab chiqiladi hamda oʻsha muddatda adresatga yuboriladi. Murojaat adresatga yuborilganligi toʻgʻrisidagi ilova xatning koʻchirma nusxasi ushlab turilganga yoki qamoqqa olinganga eʼlon qilish uchun qamoqda saqlash joyiga yuboriladi.
(19-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi OʻRQ-542-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilning nomiga yuborilgan shikoyatlar muassasa maʼmuriyati tomonidan koʻzdan kechirilishi mumkin emas hamda oluvchiga yigirma toʻrt soatdan kechiktirmay yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilning javobi muassasa maʼmuriyati tomonidan koʻzdan kechirilishi mumkin emas va arizachiga darhol yetkazib beriladi.
(19-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi OʻRQ-542-sonli Qonuniga toʻrtinchi va beshinchi qismlar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ mansabdor shaxsining, surishtiruvchining yoki tergovchining harakatlari va qarorlari ustidan berilgan shikoyatlar berilgan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmay qamoqda saqlash joyi maʼmuriyati tomonidan tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organga, surishtiruv organiga, tergov organining boshligʻiga yoxud prokurorga, prokurorning harakatlari va qarorlari ustidan berilgan shikoyatlar esa yuqori turuvchi prokurorga yuboriladi yoki topshiriladi.
(19-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi OʻRQ-542-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jinoyat ishi boʻyicha haqiqatni aniqlashga toʻsqinlik qilishi yoxud jinoyat sodir etilishiga koʻmaklashishi mumkin boʻlgan maʼlumotlar koʻrsatilgan, maxfiy yozuv, belgilar bilan yozilgan, davlat sirini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni oʻz ichiga olgan arizalar, takliflar va shikoyatlar adresatga yuborilmaydi hamda jinoyat ishini yuritayotgan mansabdor shaxsga yoki organga topshirilib, bu haqda ushlab turilgan yoki qamoqqa olingan, shuningdek prokuror yozma ravishda xabardor qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Arizalar, takliflar va shikoyatlarga berilgan yozma javoblar, shuningdek ular joʻnatilganligi toʻgʻrisidagi ilova xatlarning koʻchirma nusxalari ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlarga tilxat olib eʼlon qilinadi hamda ularning shaxsiy hujjatlar yigʻmajildiga qoʻshib qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlarni oʻz huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari buzilganligi haqidagi arizalar va shikoyatlar bilan murojaat etganligi uchun har qanday shaklda taʼqib qilish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20-modda. Ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlarning qarindoshlari hamda boshqa shaxslar bilan yozishmalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlar qarindoshlari hamda boshqa shaxslar bilan yozishmalar olib borish huquqiga ega. Ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlarning xat-xabarlarini joʻnatish ularning oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushlab turilganning, qamoqqa olinganning yozishmalari qamoqda saqlash joyining maʼmuriyati orqali amalga oshiriladi hamda senzuradan oʻtkaziladi. Senzura qamoqda saqlash joyining maʼmuriyati tomonidan, zarur boʻlgan taqdirda esa jinoyat ishini yuritayotgan mansabdor shaxs yoki organ tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushlab turilganning, qamoqqa olinganning jinoyat ishi boʻyicha haqiqatni aniqlashga toʻsqinlik qilishi yoxud jinoyat sodir etilishiga koʻmaklashishi mumkin boʻlgan maʼlumotlar koʻrsatilgan, maxfiy yozuv, belgilar bilan yozilgan, davlat sirini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni oʻz ichiga olgan xat-xabari adresatga joʻnatilmaydi, ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlarga berilmaydi hamda jinoyat ishini yuritayotgan mansabdor shaxsga yoki organga topshiriladi. Bu haqda prokuror yozma ravishda xabardor qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xat-xabarni ushlab turilganlarga yoki qamoqqa olinganlarga topshirish va adresatlarga joʻnatish xat-xabar kelib tushgan yoxud u joʻnatishga topshirilgan kundan eʼtiboran uch kunlik muddatda qamoqda saqlash joyi maʼmuriyati tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushlab turilganning yoki qamoqqa olinganning yaqin qarindoshi vafot etganligi, ogʻir kasalligi, ushlab turilganning yoki qamoqqa olinganning oilasi yoxud yaqin qarindoshlariga moddiy zarar yetkazgan tabiiy ofat haqidagi maʼlumotlar, shuningdek boshqa shunga oʻxshash maʼlumotlar olinganidan keyin darhol adresatga maʼlum qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turli qamoqda saqlash joylaridagi ushlab turilganlar, qamoqqa olinganlar oʻrtasidagi yoki ushlab turilganlar, qamoqqa olinganlarning ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan mahkumlar bilan yozishmalari faqat qarindoshlar oʻrtasida amalga oshirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qamoqda saqlash joyidan ketgan ushlab turilganning yoki qamoqqa olinganning nomiga kelgan xatlar olinganidan keyin uch kunlik muddatdan kechiktirmay qamoqda saqlash joyining maʼmuriyati tomonidan u ketgan joyga joʻnatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21-modda. Shaxsiy xavfsizlik huquqi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlar shaxsiy xavfsizlik huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushlab turilganning yoki qamoqqa olinganning hayoti va sogʻligʻiga tahdid yoxud unga nisbatan shaxsga qarshi jinoyatlar sodir etilishi tahdidi yuzaga kelganda qamoqda saqlash joyining xodimlari darhol uning shaxsiy xavfsizligini taʼminlash choralarini koʻrishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qamoqda saqlash joyining boshligʻi ushlab turilganlarning, qamoqqa olinganlarning shaxsiy xavfsizligini taʼminlash boʻyicha zarur choralar koʻradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22-modda. Ushlab turilganning yoki qamoqqa olinganning himoyachisi, qonuniy vakili, qarindoshlari va boshqa shaxslar bilan uchrashuvlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlarga himoyachisi, qonuniy vakili, qarindoshlari hamda boshqa shaxslar bilan uchrashuvlar beriladi. Himoyachi va qonuniy vakil bilan moneliksiz va xoli uchrashuvlar ularning soni hamda davom etish muddati cheklanmagan holda beriladi, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 230-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushlab turilganga jinoyat ishini yuritayotgan mansabdor shaxsning yoki organning yozma ruxsati asosida qarindoshlari va boshqa shaxslar bilan oyiga davom etish muddati ikki soatgacha boʻlgan bitta uchrashuv, qamoqqa olinganga esa har birining davom etish muddati ikki soatgacha boʻlgan koʻpi bilan ikkita uchrashuv (shu jumladan ushlab turilgan davrida berilgan uchrashuv) berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushlab turilgan, qamoqqa olingan bilan uchrashuvlar quyidagilarga beriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
advokatga — u advokat guvohnomasini va oʻzining muayyan ishni yuritishga boʻlgan vakolatini tasdiqlovchi orderni koʻrsatganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
himoyachi sifatida ishtirok etayotgan yaqin qarindoshiga yoki qonuniy vakiliga — uning ishda himoyachi sifatida ishtirok etishiga yoʻl qoʻyish toʻgʻrisida surishtiruvchi, tergovchining qarorini yoki sudning ajrimini va oʻz shaxsini tasdiqlovchi hujjatni koʻrsatganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonuniy vakilga — uning ishda qonuniy vakil sifatida ishtirok etishiga yoʻl qoʻyish toʻgʻrisida surishtiruvchining, tergovchining qarorini yoki sudning ajrimini va oʻz shaxsini tasdiqlovchi hujjatni koʻrsatganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarindoshga yoki boshqa shaxsga — jinoyat ishini yuritayotgan mansabdor shaxsning yoki organning yozma ruxsatini va oʻz shaxsini tasdiqlovchi hujjatni koʻrsatganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu moddaning uchinchi qismida sanab oʻtilgan shaxslardan boshqa hujjatlarni talab qilib olish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushlab turilganning yoki qamoqqa olinganning oʻz himoyachisi va qonuniy vakili bilan uchrashuvlari qamoqda saqlash joyining xodimi ularni koʻrib turadigan, lekin eshitmaydigan sharoitlarda oʻtkazilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarindoshlar va boshqa shaxslar bilan uchrashuvlar qamoqda saqlash joylari xodimlarining nazorati ostida amalga oshiriladi hamda ushlab turilganga yoki qamoqqa olinganga taqiqlangan oziq-ovqat mahsulotlari, narsalar va moddalarni topshirishga yoxud jinoyat ishi boʻyicha haqiqatni aniqlashga toʻsqinlik qilishi yoki jinoyat sodir etilishiga koʻmaklashishi mumkin boʻlgan, shuningdek qamoqda saqlash joylaridagi rejimga taalluqli maʼlumotlarni shartli imo-ishoralar yordamida yoxud qamoqda saqlash joylarining xodimlariga tushunarsiz tilda topshirishga urinilgan taqdirda muddatidan ilgari toʻxtatib qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Himoyachilar, qonuniy vakillar, qarindoshlar va boshqa shaxslarga uchrashuvlar berilganda, ularning yonida aloqa vositalari, shaxsiy kompyuter, fotoapparatlar, videokameralarning va ovoz yozish qurilmalarining boʻlishi taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarindoshlar va boshqa shaxslar bilan uchrashuv huquqini amalga oshirish imkoniyati boʻlmagan hollarda (qarindoshlar va boshqa shaxslar kelishining moddiy va boshqa qiyinchiliklari, ularning kasalligi va hokazo), qamoqqa olinganga u saqlanayotgan joyning texnik imkoniyatlari boʻlganda uning shaxsiy hisobvaragʻidagi mablagʻlar hisobidan telefon orqali limitlangan soʻzlashuv huquqi berilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning), uning oʻrinbosarining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi mintaqaviy vakillarining, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Bola huquqlari boʻyicha vakilining (Bolalar ombudsmanining) hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilning qamoqda saqlash joylariga borishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman), uning oʻrinbosari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi mintaqaviy vakillari (bundan buyon matnda mintaqaviy vakillar deb yuritiladi), Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari boʻyicha vakili (Bolalar ombudsmani) hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil qamoqda saqlash joylariga moneliksiz kirish, shuningdek ushlab turilgan yoki qamoqqa olingan shaxs bilan uchrashish va suhbatlar oʻtkazish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qamoqda saqlash joyining maʼmuriyati Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakiliga (ombudsmanga), uning oʻrinbosariga, mintaqaviy vakillariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari boʻyicha vakiliga (Bolalar ombudsmaniga) hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilga ushlab turilganlar, shuningdek qamoqqa olinganlar bilan moneliksiz va xoli uchrashish hamda suhbatlashish uchun zarur shart-sharoitlarni taʼminlashi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning), uning oʻrinbosarining, mintaqaviy vakillarining, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Bola huquqlari boʻyicha vakilining (Bolalar ombudsmanining) hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilning ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlar bilan uchrashuvlari va suhbatlari qamoqda saqlash joyi xodimlari ularni koʻrib turadigan, lekin eshitmaydigan sharoitlarda xoli oʻtkaziladi.
(23-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 15-noyabrdagi OʻRQ-1002-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.11.2024-y., 03/24/1002/0936-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
231-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xodimlarining qamoqda saqlash joylariga borishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xodimlari korrupsiyaning sabablari va shart-sharoitlarini oʻrganish hamda tahlil qilish uchun oʻz vakolatlari doirasida qamoqda saqlash joylariga moneliksiz kirish va zarur hujjatlar bilan tanishish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qamoqda saqlash joyining maʼmuriyati Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xodimlariga ularning oʻz vazifalarini bajarishi va tegishli hujjatlar bilan tanishishi uchun zarur shart-sharoitlarni taʼminlashi shart.
(231-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 18-noyabrdagi OʻRQ-729-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.11.2021-y., 03/21/729/1064-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24-modda. Ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlarning ovqati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlar ular organizmining normal yashashi uchun yetarli boʻlgan bepul ovqat bilan taʼminlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qamoqda saqlash joylaridagi ovqat normalari ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlarning sogʻligʻi holatiga hamda yoshiga, shuningdek qamoqqa olinganlar jalb etilishi mumkin boʻlgan ishning xususiyati va ogʻirligiga qarab Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushlab turilgan va qamoqqa olingan homilador ayollarga va yonida ikki yoshga toʻlmagan bolalari bor ayollarga, voyaga yetmaganlarga, shuningdek bemorlarga, birinchi yoki ikkinchi guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga beriladigan ovqat oshirilgan normalarda belgilanadi.
(24-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 17-maydagi OʻRQ-770-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25-modda. Oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalarni sotib olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qamoqqa olinganlar ichki tartib qoidalarida belgilanadigan roʻyxatga va miqdorga muvofiq oʻz shaxsiy hisobvaraqlaridagi mablagʻlari hisobidan oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalarni naqd pulsiz hisob-kitob qilish yoʻli bilan sotib olish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26-modda. Moddiy-maishiy taʼminot
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlarga qonunchilikda belgilangan sanitariya, gigiyena hamda yongʻin xavfsizligi talablariga javob beradigan maishiy sharoitlar yaratiladi.
(26-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlar shaxsiy kiyim-boshi va poyabzalidan foydalanadi. Ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlarda zarur mablagʻlar boʻlmagan taqdirda ularning iltimosiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan ularga jinsi hamda iqlim sharoitlari inobatga olingan holda kiyib yurishga ruxsat etilgan mavsumiy kiyim-bosh va poyabzal beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlarga alohida yotoq joyi, koʻrpa-toʻshak, idishlar hamda ovqatlanish asboblari beriladi. Ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlarda zarur mablagʻlar mavjud boʻlmagan taqdirda, ularning iltimosiga koʻra, ularga yakka tartibdagi gigiyena vositalari (kamida sovun, tish chyotkasi, tish pastasi yoki poroshogi), soqol oladigan asbob yoki shaxsiy gigiyena vositalari (ayollar uchun) ham beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlar saqlanadigan kameralar ventilyatsiya jihozlariga hamda isitish tizimiga, shuningdek koʻzga ziyon yetkazmaydigan holda oʻqish yoki yozish uchun yetarli tabiiy va sunʼiy yorugʻlikka ega boʻlishi kerak. Kameralarning derazalari sunʼiy ventilyatsiya tizimi mavjudligidan qatʼi nazar, toza havo kirishini taʼminlashi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlar saqlanadigan kameralar radioeshittirish vositalari bilan jihozlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qamoqqa olinganlarning choʻmilib-yuvinishi, choyshab va yostiqjildlarini almashtirish yetti kunda kamida bir marta amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qamoqda saqlash joylarida bir kishiga toʻgʻri keladigan yashash maydonining normasi ikki yarim kvadrat metrdan, ayollar va voyaga yetmaganlar uchun esa uch kvadrat metrdan kam boʻlmagan oʻlchamda belgilanadi. Ushlab turilgan va qamoqqa olingan bemorlar, shuningdek homilador ayollar va yonida ikki yoshga toʻlmagan bolalari bor ayollar saqlanadigan palatalarda (kameralarda) bir kishiga toʻgʻri keladigan yashash maydoni toʻrt kvadrat metrdan kam boʻlmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qamoqda saqlash joylarida yashash maydoni normasi belgilangan tartibda tasdiqlangan sanitariya-gigiyena va qurilish normalari hamda qoidalariga mos boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27-modda. Tibbiy-sanitariya taʼminoti
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qamoqda saqlash joylarida davolash-profilaktika va sanitariya, epidemiyaga qarshi ishlar qonunchilik muvofiq tashkil etiladi va oʻtkaziladi. Mazkur joylar maʼmuriyati ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlarning sogʻligʻini saqlashni taʼminlaydigan sanitariya-gigiyena talablarini bajarishi shart.
(27-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlarga ixtisoslashtirilgan tibbiy yoki psixiatriya yordami koʻrsatilishi zarur boʻlgan hollarda, shuningdek qamoqqa olinganlarga Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha statsionar sud-tibbiy yoxud sud-psixiatriya ekspertizasi tayinlangan taqdirda, ular davlat sogʻliqni saqlash tizimining tibbiy muassasalariga joylashtiriladi. Bunda ularni qoʻriqlash va xulq-atvorini nazorat qilish taʼminlanadi. Ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlarni qamoqda saqlash joyi hududidan tashqariga olib chiqish jinoyat ishini yuritayotgan mansabdor shaxs yoki organ bilan kelishiladi. Ushlab turilgan va qamoqqa olinganga shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish zarur boʻlganda ularni davlat sogʻliqni saqlash tizimining tibbiy muassasalariga olib chiqish qamoqda saqlash joyi boshligʻining yozma ruxsati bilan amalga oshirilib, keyinchalik jinoyat ishini yuritayotgan mansabdor shaxs yoki organ yozma ravishda xabardor qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushlab turilgan yoki qamoqqa olingan qamoqda saqlash joylarida tan jarohatlari olganda qamoqda saqlash joylarining tibbiy xodimlari tomonidan kechiktirmasdan tibbiy guvohlantirish oʻtkaziladi. Tibbiy guvohlantirish natijalari belgilangan tartibda qayd etiladi va jabrlanuvchiga maʼlum qilinadi. Tibbiy guvohlantirish qamoqda saqlash joyi boshligʻining yoxud jinoyat ishini yuritayotgan mansabdor shaxsning yoki organning shaxsiy tashabbusiga yoxud ushlab turilganning yoki qamoqqa olinganning yoxud uning himoyachisining iltimosiga koʻra chiqarilgan qarori asosida davlat sogʻliqni saqlash tizimining tibbiy muassasalari xodimlari tomonidan amalga oshiriladi. Tibbiy guvohlantirishni oʻtkazishning rad etilishi ustidan prokurorga shikoyat qilinishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlarga tibbiy yoki psixiatriya yordami koʻrsatish, dori vositalari berish, tibbiy guvohlantirish oʻtkazish, sanitariya nazoratini tashkil etish va oʻtkazish, shuningdek bunday shaxslarni tibbiy muassasalarda saqlash hamda davlat sogʻliqni saqlash tizimining tibbiy muassasalari xodimlarini ularga xizmat koʻrsatishga jalb etish tartibi tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati yoki Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadi.
(27-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 18-fevraldagi OʻRQ-522-sonli Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-y., 2-son, 47-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlarga tibbiy xizmat koʻrsatish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushlab turilgan yoki qamoqqa olingan ogʻir kasallikka chalingan yoxud u vafot etgan taqdirda, qamoqda saqlash joyining maʼmuriyati bu haqda uning yaqin qarindoshlariga, qonuniy vakiliga, jinoyat ishini yuritayotgan mansabdor shaxsga yoki organga va prokurorga darhol xabar qiladi. Ushlab turilganning yoki qamoqqa olinganning vafot etganligi fakti boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksida nazarda tutilgan tartibda tergov oldi tekshiruvi oʻtkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushlab turilgan yoki qamoqqa olingan vafot etgan shaxsning jasadi sud-tibbiy ekspertizasidan oʻtkazilganidan, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksida nazarda tutilgan boshqa harakatlar bajarilganidan keyin vafot etgan shaxsning eri (xotini), ota-onasi, farzandlari va boshqa qarindoshlariga yoki qonuniy vakillariga yoxud dafn etishni amalga oshirish majburiyatini oʻz zimmasiga olgan boshqa shaxslarga topshiriladi. Ushlab turilgan yoki qamoqqa olingan vafot etgan shaxsning eri (xotini), ota-onasi, farzandlari va boshqa qarindoshlari yoki qonuniy vakillaridan yoxud dafn etishni amalga oshirish majburiyatini oʻz zimmasiga olgan boshqa shaxslardan jasadni berish toʻgʻrisida ariza tushmagan taqdirda, vafot etgan shaxsni dafn etish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(27-moddaning yettinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
271-modda. Qamoqqa olinganlarni majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qamoqqa olinganlar tergov hibsxonasiga joylashtirilishidan oldin tergov hibsxonasining oʻzida majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Majburiy tibbiy koʻrik qamoqqa olinganlar tergov hibsxonasiga olib kelingan paytdan eʼtiboran ikki soat ichida tibbiy xodim tomonidan oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qamoqqa olinganni majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtkazishda tergov hibsxonasining u bilan bir jinsda boʻlgan xodimi ishtirok etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Majburiy tibbiy koʻrikni oʻtkazishda qamoqqa olinganning roziligi bilan uning advokati ham ishtirok etishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtkazish natijalari boʻyicha belgilangan namunadagi tibbiy maʼlumotnoma rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tibbiy maʼlumotnomaning bir nusxasi majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtkazilgan qamoqqa olingan u bilan imzo qoʻydirib tanishtirilganidan keyin uning shaxsiy hujjatlar yigʻmajildiga qoʻshib qoʻyiladi, ikkinchi nusxasi majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtkazilgan qamoqqa olinganni olib kelgan xodimlarga topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tibbiy maʼlumotnomaning koʻchirma nusxasi qamoqqa olinganning yoki uning advokatining talabiga asosan tegishincha qamoqqa olinganga yoki uning advokatiga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Majburiy tibbiy koʻrik chogʻida qamoqqa olinganning tanasida jarohatlar, shikastlanishlar va yaralar aniqlangan taqdirda, ular belgilangan tartibda qayd etilib, bu haqda qamoqqa olinganga maʼlum qilinadi va zudlik bilan prokurorga xabar beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tergov hibsxonasiga joylashtirilgan qamoqqa olinganlar boshqa joyga oʻtkazilganda yoki protsessual harakatlar oʻtkazish uchun olib chiqilib, tergov hibsxonasiga qaytarilganda ular ushbu moddada nazarda tutilgan tartibda majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi.
(271-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 26-iyundagi OʻRQ-1072-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.06.2025-y., 03/25/1072/0546-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 28-sentabr)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28-modda. Posilkalar, yoʻqlovlar, banderollar va pul joʻnatmalarini olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qamoqqa olinganlarning bir oy mobaynida, ushlab turilganlarning ushlab turilgan davrida ogʻirligi pochta aloqasi xizmatlari koʻrsatish qoidalarida belgilangan normalardan oshmaydigan bittadan posilka yoki banderol, shuningdek umumiy ogʻirligi oʻn ikki kilogrammgacha boʻlgan oziq-ovqat mahsulotlaridan iborat ikkita yoʻqlov olishiga ruxsat etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushlab turilgan va qamoqqa olingan homilador ayollar va yonida ikki yoshga toʻlmagan bolalari bor ayollar, voyaga yetmaganlar, shuningdek shifokorning yozma xulosasiga koʻra davolanishga hamda kuchaytirilgan ovqatga muhtoj deb topilgan bemorlar, birinchi yoki ikkinchi guruh nogironligi boʻlgan shaxslar uchun yoʻqlovlarning soni va ogʻirligi cheklanmaydi.
(28-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 17-maydagi OʻRQ-770-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shifokorning yozma xulosasiga koʻra tavsiya etiladigan, ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlar tomonidan olinadigan dori vositalarining miqdori cheklanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qamoqqa olinganlar oʻz shaxsiy hisobvaraqlariga oʻtkaziladigan pul joʻnatmalarini olishi mumkin. Pul joʻnatmalari toʻgʻrisida qamoqqa olingan, shuningdek jinoyat ishini yuritayotgan mansabdor shaxs yoki organ xabardor qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Odamlar hayoti va sogʻligʻi uchun xavf tugʻdiradigan yoki jinoyat quroli sifatida yoxud ushlab turish, qamoqda saqlash maqsadlariga toʻsqinlik qilish uchun foydalanilishi mumkin boʻlgan oziq-ovqat mahsulotlari, narsalar va moddalarni ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlarga berish taqiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Saqlanishi hamda foydalanilishi taqiqlangan oziq-ovqat mahsulotlari, narsalar va moddalarni koʻzdan kechirishdan yashirish yoki ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlarga berish, xuddi shuningdek ularga oziq-ovqat mahsulotlari, narsalar va moddalarni belgilangan ichki tartib qoidalarini buzgan holda berish qonunchilikka muvofiq javobgarlikka sabab boʻladi.
(28-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29-modda. Ushlab turilganlarning, qamoqqa olinganlarning fuqarolik-huquqiy bitimlarda va oilaviy munosabatlarda ishtirok etishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushlab turilganlar, qamoqqa olinganlar jinoyat ishini yuritayotgan mansabdor shaxsning yoki organning yozma ruxsati bilan va ichki tartib qoidalarida belgilangan tartibda oʻz vakillari orqali yoxud bevosita fuqarolik-huquqiy bitimlarda ishtirok etish huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qamoqqa olinganlar, agar ushbu Qonunga va boshqa qonunchilikka zid boʻlmasa, nikoh tuzish hamda nikohdan ajralish, boshqa oilaviy munosabatlarda ishtirok etish huquqiga ega.
(29-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30-modda. Qamoqqa olinganlarni mehnatga jalb etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qamoqqa olinganlar tegishli sharoitlar mavjud boʻlganda qamoqda saqlash joyi hududida oʻz xohishlariga koʻra va jinoyat ishini yuritayotgan mansabdor shaxs yoki organning yozma ruxsati bilan mehnatga jalb etilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qamoqqa olinganlarning mehnat sharoiti qonunchilikda belgilangan xavfsizlik, sanitariya va gigiyena talablariga javob berishi kerak. Qamoqqa olinganlar oʻz mehnati uchun tegishli haq olishga haqlidir.
(30-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qamoqqa olinganlarning ish haqi qonunchilikda Mehnatga haq toʻlash yagona tarif setkasining birinchi razryadi boʻyicha belgilangan miqdordan kam boʻlmasligi lozim va qonunda nazarda tutilgan chegirmalar qilinganidan keyin ularning shaxsiy hisobvaraqlariga oʻtkaziladi.
(30-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qamoqqa olinganlarni mehnatga jalb etish maqsadida tergov hibsxonalari qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda oʻz ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirishi mumkin.
(30-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qamoqqa olinganlarning tergov hibsxonalaridagi ishlab chiqarish faoliyatidan olingan daromadlardan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar toʻlanganidan keyin qamoqqa olinganlarni saqlash shart-sharoitlarini yaxshilash, shuningdek tergov hibsxonalarining ijtimoiy sohasini rivojlantirish uchun foydalaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31-modda. Homilador ayollarni va yonida ikki yoshga toʻlmagan bolalari bor ayollarni qamoqda saqlash xususiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qamoqda saqlash joylarida homilador ayollar va yonida ikki yoshga toʻlmagan bolalari bor ayollar uchun yaxshilangan moddiy-maishiy sharoitlar yaratiladi, ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmat koʻrsatish tashkil etiladi hamda ovqatning oshirilgan normalari belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushlab turilgan yoki qamoqqa olingan homilador ayollar tugʻish uchun davlat sogʻliqni saqlash tizimining tibbiy muassasalariga olib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Homilador ayollarning va yonida ikki yoshga toʻlmagan bolalari bor ayollarning har kungi sayri kamida ikki soat davom etadigan qilib belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zarur boʻlgan taqdirda, qamoqda saqlash joyining maʼmuriyati jinoyat ishini yuritayotgan mansabdor shaxsga yoki organga onaning roziligi bilan bolani qarindoshlariga yoxud boshqa shaxslarga yoki bolalar muassasasiga vaqtincha topshirish toʻgʻrisida iltimosnoma kiritishi mumkin. Jinoyat ishini yuritayotgan mansabdor shaxs yoki organ iltimosnomani olgach, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 218-moddasiga muvofiq homiylik qilish choralarini koʻradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32-modda. Voyaga yetmaganlarni qamoqda saqlash xususiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qamoqda saqlash joylarida voyaga yetmaganlar uchun yaxshilangan moddiy-maishiy sharoitlar yaratiladi va ovqatning oshirilgan normalari belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Voyaga yetmaganlarning har kungi sayri kamida ikki soat davom etadigan qilib belgilanadi. Sayrlar vaqtida voyaga yetmaganlarga jismoniy mashqlar va sport oʻyinlari uchun imkoniyat beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushlab turilgan, qamoqqa olingan voyaga yetmaganlarga shart-sharoitlar mavjud boʻlganda, kinofilmlar namoyish etiladi, ular uchun telekoʻrsatuvlarni tomosha qilish tashkil etiladi, sport mashgʻulotlari va boʻsh vaqtni oʻtkazish uchun xonalar, shuningdek ochiq havoda sport maydonchalari jihozlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushlab turilgan, qamoqqa olingan voyaga yetmaganlar bilan madaniy-tarbiyaviy ishlar oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushlab turilgan, qamoqqa olingan voyaga yetmaganlarning posilkalar, yoʻqlovlar va banderollarda darsliklar hamda yozuv ashyolari olishiga, qamoqqa olingan voyaga yetmaganlarning esa mazkur narsalarni qamoqda saqlash joyining maʼmuriyati orqali sotib olishiga ham ruxsat beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33-modda. Hujjatlarning koʻchirma nusxalarini topshirishni, shuningdek ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlarning tergov harakatlari hamda sud majlislarida ishtirok etishini taʼminlash
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qamoqda saqlash joyining maʼmuriyati qamoqqa olinganlarga ayblov xulosalarining va ayblov dalolatnomalarining, sud hukmlari, ajrimlarining koʻchirma nusxalarini ular kelib tushgan kunda tilxat olinib topshirilishini taʼminlaydi, tilxat koʻchirma nusxa topshirilgan sana va vaqt koʻrsatilgan holda sudga taqdim etiladi.
(33-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi OʻRQ-542-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qamoqda saqlash joyining maʼmuriyati surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudning yozma koʻrsatmasi boʻyicha quyidagilarni taʼminlaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushlab turilganlar, qamoqqa olinganlarni qamoqda saqlash joylariga qabul qilish va joylashtirish, shuningdek ularni belgilangan joyga joʻnatish uchun soqchiga topshirishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qamoqda saqlash joyi hududida tergov va sud harakatlarini, ambulatoriya sud-psixiatriya ekspertizasini hamda boshqa ekspertizalarni oʻtkazish uchun jihozlangan xonalar berilishini.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qamoqda saqlash joyining maʼmuriyati ushlab turilganlarni yoki qamoqqa olinganlarni boshqa tumanda (shaharda) joylashgan tergov hibsxonalariga oʻtkazishni ushlab turilganlarni yoki qamoqqa olinganlarni boshqa yerga koʻchirish toʻgʻrisidagi tergovchining prokuror bilan kelishilgan qarori, shuningdek prokurorning qarori yoxud sudning ajrimi asosida amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlarning majburiyatlari hamda moddiy javobgarligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34-modda. Ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlarning majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Qonunda va ichki tartib qoidalarida belgilangan qamoqda saqlash tartibi va shart-sharoitlariga rioya etishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qamoqda saqlash joyi maʼmuriyatining qonuniy talablarini bajarishi, shuningdek qamoqda saqlash joylari xodimlarining va tartibni taʼminlovchi boshqa shaxslarning xizmat vazifalarini bajarishiga toʻsqinlik qilmasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsiy gigiyena va sanitariya talablariga rioya etishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya etishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qamoqda saqlash joylarining mol-mulkiga ehtiyotkorlik bilan munosabatda boʻlishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kameralar va boshqa xonalarni navbat tartibida tozalab turishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqa shaxslarning shaʼni va qadr-qimmatini kamsituvchi xatti-harakatlarni sodir etmasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz hayoti va sogʻligʻiga, shuningdek boshqa shaxslarning hayoti va sogʻligʻiga tahdid soluvchi xatti-harakatlarni qasddan sodir etmasligi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonunda belgilangan majburiyatlardan tashqari, ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlarning zimmasida Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksida gumon qilinuvchi va ayblanuvchi uchun nazarda tutilgan majburiyatlar boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35-modda. Ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlarning moddiy javobgarligi
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlar qamoqda saqlash joyining mol-mulkiga oʻz xatti-harakatlari tufayli yetkazilgan zarar uchun fuqarolik qonunchilikda nazarda tutilgan miqdorlarda, agar zarar qamoqqa olinganning mehnat faoliyati jarayonida yetkazilgan boʻlsa, mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikda nazarda tutilgan miqdorlarda moddiy javobgar boʻladi. Yetkazilgan moddiy zarar miqdori qamoqda saqlash joyi boshligʻining qarori bilan belgilanadi. Mazkur qaror ushlab turilganga yoki qamoqqa olinganga tilxat olinib eʼlon qilinadi va yuqori turuvchi mansabdor shaxsga, prokurorga yoki sudga bu qaror ustidan shikoyat qilinishi mumkin.
(35-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushlab turilgan yoki qamoqqa olingan moddiy zararning oʻrnini ixtiyoriy ravishda qoplashni rad etgan taqdirda, bu zarar qonunga muvofiq sud tartibida undiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yetkazilgan moddiy zarar uchun notoʻgʻri undirilgan summalar ushlab turilganga yoki qamoqqa olinganga qaytarilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushlab turilgan yoki qamoqqa olingan yetkazgan moddiy zararning oʻrni uning qarindoshlari yoki boshqa shaxslar tomonidan ularning roziligi bilan qoplanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahkum jazoni ijro etish muassasasiga yuborilgan taqdirda, oʻrni qoplanmagan moddiy zarar mazkur muassasa maʼmuriyati tomonidan mahkumning shaxsiy hisobvaragʻiga tushadigan mablagʻlar hisobidan undiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushlab turilgan yoki qamoqqa olingan qamoqdan ozod qilingan taqdirda, uning tomonidan oʻrni qoplanmagan moddiy zarar qonunga muvofiq sud tartibida undirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlarga nisbatan qoʻllaniladigan ragʻbatlantirish hamda intizomiy jazo choralari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36-modda. Ragʻbatlantirish choralari va ularning qoʻllanilish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlarga nisbatan majburiyatlarini namunali bajarganlik, qamoqda saqlashning belgilangan tartibi va shart-sharoitlariga rioya etganlik uchun quyidagi ragʻbatlantirish choralari qoʻllanilishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashakkur eʼlon qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilgari qoʻllanilgan intizomiy jazoni muddatidan ilgari olib tashlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har kungi sayr vaqtini koʻpaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
voyaga yetmaganlarga qoʻshimcha kinofilm namoyish etish, telekoʻrsatuvlar tomosha qilishni tashkil etish, sport mashgʻulotlari xonasiga qoʻshimcha ravishda kirish, shuningdek boʻsh vaqtni oʻtkazishning boshqa shakllari uchun ruxsat berish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ragʻbatlantirish choralari qamoqda saqlash joyi boshligʻi yoki uning oʻrnini bosuvchi shaxsning buyrugʻi bilan qoʻllaniladi va ushlab turilganga yoki qamoqqa olinganga eʼlon qilinadi. Ragʻbatlantirish choralari qoʻllanilganligi toʻgʻrisida ushlab turilganning yoki qamoqqa olinganning shaxsiy hujjatlar yigʻmajildiga tegishli yozuv kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37-modda. Intizomiy jazo choralari va ularning qoʻllanilish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlarga nisbatan belgilangan majburiyatlarni bajarmaganlik, qamoqda saqlash tartibi va shart-sharoitlarini, ajratib qoʻyishni taʼminlash talablarini buzganlik uchun quyidagi intizomiy jazo choralari qoʻllanilishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ogohlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hayfsan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qamoqqa olinganlarni karserga yoki gauptvaxtadagi bir kishilik kameraga oʻn sutkagacha, voyaga yetmaganlarni esa karserga besh sutkagacha boʻlgan muddatga kiritib qoʻyish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Intizomiy jazo yozma shaklda beriladi. Intizomiy jazo qoʻllanilganligi haqidagi materiallar ushlab turilganning yoki qamoqqa olinganning shaxsiy hujjatlar yigʻmajildiga qoʻshib qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushlab turilgandan yoki qamoqqa olingandan intizomiy jazo qoʻllanilishidan oldin yozma tushuntirish olinadi, bunday tushuntirish berishdan bosh tortilgan hollarda esa tegishli dalolatnoma tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Intizomiy jazoni qoʻllash chogʻida qoidabuzarlik sodir etilgan holatlar, ushlab turilganning yoki qamoqqa olinganning xulq-atvori va shaxsiga oid sifatlar, ilgari intizomiy jazolar berilgan-berilmaganligi inobatga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Intizomiy jazo qoidabuzarlik aniqlangan kundan eʼtiboran oʻn sutkadan kechiktirmay, qoidabuzarlik fakti yuzasidan tekshiruv oʻtkazilgan taqdirda esa u tugagan kundan eʼtiboran, lekin qoidabuzarlik sodir etilgan kundan eʼtiboran ikki oydan kechiktirmay berilishi mumkin. Intizomiy jazo darhol qoʻllaniladi, uni darhol qoʻllash imkoniyati boʻlmagan taqdirda esa ushbu jazo berilgan kundan eʼtiboran bir oydan kechiktirmay qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Intizomiy jazo qamoqda saqlash joyining boshligʻi yoki uning oʻrnini bosuvchi shaxs tomonidan beriladi. Bir vaqtning oʻzida sodir etilgan bir nechta qoidabuzarlik uchun bitta intizomiy jazo qoʻllaniladi. Bitta qoidabuzarlik uchun bir nechta intizomiy jazo qoʻllash taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlar yuqori turuvchi mansabdor shaxsga, prokurorga yoki sudga qoʻllanilgan intizomiy jazo ustidan shikoyat qilish huquqiga ega. Shikoyat berish intizomiy jazoning ijro etilishini toʻxtatib turmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38-modda. Karserga kiritib qoʻyish tarzidagi intizomiy jazoning qoʻllanilish xususiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qamoqqa olinganlar quyidagilar uchun karserga kiritib qoʻyilishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qamoqda saqlanayotgan boshqa shaxslarga zulm qilganlik va ularni haqorat qilganlik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qamoqda saqlash joylari xodimlarining yoki boshqa shaxslarning qonuniy talablariga itoat etmaganlik yoxud ularni haqorat qilganlik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ajratib qoʻyishni taʼminlash talablarini bir necha marta buzganlik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining taʼsir doirasiga tushadigan huquqbuzarlik sodir etganlik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Qonunda va ichki tartib qoidalarida taqiqlangan narsalarni va moddalarni saqlaganlik, tarqatganlik, isteʼmol qilganlik hamda ulardan foydalanganlik uchun.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Karserga kiritib qoʻyish tarzidagi intizomiy jazo ilgari ogohlantirish yoki hayfsan tarzidagi ikkita va undan ortiq intizomiy jazo qoʻllanilgan qamoqqa olinganlarga nisbatan ham qoʻllanilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Karserga kiritib qoʻyish tarzidagi intizomiy jazo homilador ayollarga va yonida ikki yoshga toʻlmagan bolalari bor ayollarga, shuningdek birinchi guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga nisbatan qoʻllanilishi mumkin emas.
(38-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 17-maydagi OʻRQ-770-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Karserga kiritib qoʻyish qamoqda saqlash joyi boshligʻining qarori va shifokorning qamoqqa olinganning sogʻligʻi holatiga koʻra karserda turishi mumkinligi haqidagi yozma xulosasi asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qamoqda saqlash joyining boshligʻi tibbiy koʻrsatuvlarni inobatga olgan holda karserga kiritib qoʻyish tarzidagi intizomiy jazoning ijrosini kechiktirish, karserda saqlash muddatini qisqartirish yoki qamoqqa olinganni karserdan muddatidan ilgari ozod qilish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar qamoqqa olingan kechiktirish davrida yangi qoidabuzarlik sodir etmagan boʻlsa, u karserga kiritib qoʻyish tarzidagi intizomiy jazodan ozod qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqori turuvchi mansabdor shaxs, prokuror yoki sud karserga kiritib qoʻyish tarzidagi intizomiy jazo asossiz yoxud u sodir etilgan qoidabuzarlikka nomutanosib boʻlgan hollarda intizomiy jazoni yengillashtirish yoki bekor qilish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu moddaning qoidalari qamoqqa olingan harbiy xizmatchilarni intizomiy jazo sifatida gauptvaxtalardagi bir kishilik kameraga kiritib qoʻyishda ham qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39-modda. Karserda saqlash shart-sharoitlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Karserda qamoqqa olinganlarni yakka saqlash belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Karserda qamoqqa olinganlar yotish uchun alohida joy va koʻrpa-toʻshak bilan faqat tungi uxlash vaqti uchun taʼminlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Karserda saqlash vaqtida qamoqqa olinganlarning yozishmalari, himoyachi, qonuniy vakil bilan uchrashuvlardan tashqari uchrashuvlari, shuningdek oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalarni sotib olishi, posilkalar, yoʻqlovlar hamda banderollar olishi, stol ustida oʻynaladigan oʻyinlar, kitoblar va davriy matbuot nashrlaridan foydalanishi taqiqlanadi. Posilkalar, yoʻqlovlar hamda banderollar qamoqqa olinganlarga ularning karserda boʻlish muddati tugaganidan keyin topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Karserda saqlanayotgan qamoqqa olinganlar har kuni bir soat davom etadigan sayrdan foydalanish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Karserda saqlanayotgan qamoqqa olinganlarga nisbatan ushbu moddada nazarda tutilmagan cheklashlarga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Qamoqda saqlash joylarida ajratib qoʻyishni, qoʻriqlashni va nazoratni taʼminlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40-modda. Ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlarning ajratib qoʻyilishini taʼminlash talablari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlar ushbu Qonunning 41-moddasida nazarda tutilgan alohida-alohida joylashtirish talablariga muvofiq umumiy kameralarda saqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar qamoqqa olinganlar Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 15-moddasining toʻrtinchi va beshinchi qismlarida nazarda tutilgan ogʻir va oʻta ogʻir jinoyatlarni sodir etishda ayblanayotgan boʻlsa, prokurorning qaroriga yoki sudning ajrimiga koʻra tergov hibsxonasining bir kishilik kamerasida qamoqda saqlab turilishi mumkin. Bu chora voyaga yetmaganlarga, oltmish yoshdan oshgan shaxslarga, shifokorning yozma xulosasi bilan tasdiqlangan ogʻir kasallarga va ruhiy holati buzilgan shaxslarga nisbatan qoʻllanilmaydi.
(40-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 12-sentabrdagi OʻRQ-567-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.09.2019-y., 03/19/567/3737-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlarni bir kishilik kameralarga joylashtirishga qamoqda saqlash joyi boshligʻining prokuror bilan kelishilgan asoslantirilgan qaroriga koʻra:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Qonunning 41-moddasida nazarda tutilgan alohida-alohida joylashtirish talablariga rioya etilishini taʼminlashning boshqa imkoniyati mavjud boʻlmaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlarning shaxsiy xavfsizligini taʼminlash manfaatlarini koʻzlab;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushlab turilganning yoki qamoqqa olinganning yakka saqlash toʻgʻrisidagi yozma arizasiga binoan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushlab turilganni yoki qamoqqa olinganni, agar kunduzi umumiy kamerada saqlanayotgan boʻlsa, tungi vaqtda bir kishilik kameraga joylashtirish zarur boʻlganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushlab turilganlarning yoki qamoqqa olinganlarning ajratib qoʻyilishini taʼminlash talab qilingan boshqa hollarda ham yoʻl qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlarning qamoqda saqlash joylarining boshqa kameralarida yoki oʻzga xonalarida saqlanayotgan ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlar bilan soʻzlashishiga, ularga biron-bir narsa berishiga hamda ular bilan yozishmalar olib borilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ajratib qoʻyishni taʼminlashga doir talablarga ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlarni qamoqda saqlash joylari hududidan tashqariga koʻchirishda ham rioya etilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41-modda. Ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlarni kameralarda alohida-alohida joylashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlarni kameralarda alohida-alohida joylashtirish ularning shaxsini va psixologik jihatdan mosligini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Chekuvchilar imkoni boricha chekmaydiganlardan alohida joylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlar quyidagi talablarga rioya etilgan holda bir-biridan alohida saqlanadi va kameralarga joylashtiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
erkaklar ayollardan alohida saqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
voyaga yetmaganlar katta yoshlilardan alohida saqlanadi. Alohida hollarda prokurorning roziligi bilan, voyaga yetmaganlar saqlanayotgan kameralarda ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan jinoyatlarni yoki uncha ogʻir boʻlmagan jinoyatlarni sodir etganlik uchun jinoiy javobgarlikka birinchi marta tortilayotgan, ijobiy tavsifga ega katta yoshlilarni saqlashga yoʻl qoʻyiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jinoiy javobgarlikka birinchi marta tortilayotgan shaxslar ilgari ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlangan shaxslardan alohida saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jinoyat ishini yuritayotgan mansabdor shaxsning yoki organning yozma koʻrsatmasi boʻlganda, bitta jinoyat ishi boʻyicha yoxud bir nechta oʻzaro bogʻliq jinoyat ishlari boʻyicha ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlar ham alohida-alohida saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyidagilar boshqa ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlardan alohida saqlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sudya, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimi, advokat boʻlib ishlagan yoki ishlayotgan shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻta ogʻir jinoyatlarni sodir etganlikda gumon qilinayotganlar yoki ayblanayotganlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻta xavfli retsidivistlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahkumlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hayoti va sogʻligʻiga boshqa ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlar tomonidan xavf tugʻilgan ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlar qamoqda saqlash joyi boshligʻining yoki uning oʻrinini bosuvchi shaxsning qaroriga koʻra yoxud jinoyat ishini yuritayotgan mansabdor shaxsning yoki organning yozma koʻrsatmasiga koʻra;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuqumli kasalliklarga chalingan yoki alohida tibbiy parvarish va kuzatuvga muhtoj boʻlgan bemorlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42-modda. Ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlarni qoʻriqlash hamda nazorat qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlar qamoqda saqlash joylarida qoʻriqlanadi hamda nazorat ostida boʻladi va mazkur joylar hududida sogʻchi nazorati ostida yoki qamoqda saqlash joylari xodimlarining kuzatuvida yuradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlar shaxsiy tintuv qilinadi, ularning barmoq izlari hamda fotosurati olinadi. Ular joylashtirilgan xonalar tintuv qilinadi, ularning yonidagi ashyolari hamda nomiga kelgan posilkalar, yoʻqlovlar va banderollar esa koʻzdan kechiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qamoqqa olinganlardan olib qoʻyilgan pullar ularning shaxsiy hisobvaragʻiga oʻtkaziladi, qimmatli qogʻozlar va boshqa qimmatliklar esa saqlash uchun topshiriladi. Ushlab turilganlardan olib qoʻyilgan pullar qimmatli qogʻozlar va boshqa qimmatliklar bilan birga saqlash uchun topshiriladi. Ushlab turilgan yoki qamoqqa olingan qamoqda saqlash joyiga kelganida yashirgan, shuningdek u qamoqda saqlash joyida boʻlgan davrida undan topib olingan pullar, qimmatli qogʻozlar va boshqa qimmatliklar qamoqda saqlash joyi boshligʻining prokuror bilan kelishilgan asoslantirilgan qaroriga koʻra davlat daromadiga oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taqiqlangan oziq-ovqat mahsulotlari, narsalar va moddalar saqlash uchun topshiriladi yoki tegishli muassasalarga beriladi yoxud qamoqda saqlash joyi boshligʻining asoslantirilgan qaroriga koʻra yoʻq qilib tashlanib, bu haqda tegishli dalolatnoma tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanitariya ishlovidan oʻtkazish chogʻida ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlarni nazorat qilish hamda shaxsiy tintuv qilish qamoqda saqlash joyining ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlar bilan bir jinsda boʻlgan xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxslarni taqiqlangan oziq-ovqat mahsulotlari, narsalar va moddalarni olib oʻtishga urinishda gumon qilish uchun yetarli asoslar boʻlsa, qamoqda saqlash joylarining xodimlari bunday joylar hududiga kirish va chiqish joyida shaxslarning ashyolari, kiyim-boshlari hamda poyabzallarini, shuningdek kirib kelayotgan hamda chiqib ketayotgan transport vositalarini koʻzdan kechirishdan oʻtkazishga, taqiqlangan oziq-ovqat mahsulotlari, narsalar va moddalarni olib qoʻyishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlarga nisbatan jinoyat ishlarini yuritayotgan shaxslarning, advokatlarning, shuningdek qamoqda saqlash joylarini nazorat qiluvchi va tekshiruvchi mansabdor shaxslarning ashyolari, kiyim-boshlari va poyabzallari koʻzdan kechirilmaydi. Mazkur shaxslar kelganda, oʻqotar qurol hamda boshqa taqiqlangan vositalar va narsalarni qamoqda saqlash joyining navbatchilik qismiga topshirishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43-modda. Nazorat qilish va tekshiruvning texnik vositalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qamoqda saqlash joylarida qamoqdan qochish va boshqa jinoyatlarning, ichki tartib qoidalari buzilishlarining oldini olish, ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlarning xulq-atvori toʻgʻrisida zarur axborot olish uchun nazorat qilish va tekshiruvning audiovizual, elektron vositalaridan hamda boshqa texnik vositalaridan foydalaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qamoqda saqlash joyining maʼmuriyati nazorat qilish va tekshiruvning texnik vositalari qoʻllanilayotganligi haqida ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlarni xabardor etishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nazorat qilish va tekshiruvning texnik vositalari roʻyxati, ulardan foydalanish tartibi tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati yoki Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadi.
(43-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 18-fevraldagi OʻRQ-522-sonli Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-y., 2-son, 47-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44-modda. Ushlab turilgan yoki qamoqqa olingan ovqat yeyishdan bosh tortgan taqdirda koʻriladigan choralar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushlab turilgan yoki qamoqqa olingan ovqat yeyishdan bosh tortganligi fakti aniqlanganda qamoqda saqlash joyining boshligʻi yoxud uning oʻrnini bosuvchi shaxs jinoyat ishini yuritayotgan mansabdor shaxsni yoki organni, shuningdek prokurorni bu haqda xabardor qilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ovqat yeyishdan bosh tortayotgan ushlab turilgan yoki qamoqqa olingan imkoni boricha boshqa ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlardan alohida saqlanadi hamda tibbiy xodimning kuzatuvi ostida boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ovqat yeyishdan bosh tortayotgan ushlab turilganning yoki qamoqqa olinganning sogʻligʻini saqlab turishga qaratilgan majburiy tusdagi choralar (sunʼiy va majburiy ovqatlantirish), agar uning hayoti yoxud sogʻligʻiga xavf tugʻilsa, shifokorning yozma xulosasi asosida hamda tibbiy xodim ishtirokida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushlab turilganning yoki qamoqqa olinganning ovqat yeyishdan bosh tortishi uning boshqa qamoqda saqlash joylariga oʻtkazilishiga yoxud tergov harakatlari va sud majlislarida ishtirok etish uchun qoʻriqlab borilishiga toʻsqinlik qilmaydi. Zarurat boʻlganda, ushlab turilganni yoki qamoqqa olinganni boshqa yerga koʻchirish yoki qoʻriqlab borish tibbiy xodim kuzatuvida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushlab turilganlar yoki qamoqqa olinganlar ovqat yeyishni rad etganda qoʻllaniladigan majburiy tusdagi choralarni qoʻllash tartibi tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati yoki Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadi.
(44-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 28-avgustdagi OʻRQ-558-sonli Qonuniga asosan beshinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2019-y., 03/19/558/3662-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45-modda. Jismoniy kuch ishlatish, tinchlantirish koʻylagini, maxsus vositalar, gazli, shikastlantiruvchi va oʻqotar qurolni qoʻllash shartlari
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qamoqda saqlash joylarining xodimlari yoki ichki ishlar organlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining va Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining boshqa xodimlari tomonidan jismoniy kuch ishlatish, tinchlantirish koʻylagini, maxsus vositalar, gazli, shikastlantiruvchi va oʻqotar qurolni qoʻllashga faqat qonunda nazarda tutilgan asoslar hamda hollarda yoʻl qoʻyiladi.
(45-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 18-fevraldagi OʻRQ-522-sonli Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-y., 2-son, 47-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jismoniy kuch ishlatish, tinchlantirish koʻylagini, maxsus vositalar, gazli, shikastlantiruvchi va oʻqotar qurolni qoʻllash ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlarga azob-uqubat yetkazilishiga olib bormasligi, shuningdek shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi tazyiqlar bilan amalga oshirilmasligi lozim. Oʻqotar qurolni qoʻllash, shuningdek ushlab turilganlarning yoki qamoqqa olinganlarning hayoti va sogʻligʻiga jismoniy kuch ishlatish, maxsus vositalar yoxud gazli, shikastlantiruvchi qurolni qoʻllash natijasida zarar yetkazilgan har bir holat toʻgʻrisida prokurorga xabar qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46-modda. Jismoniy kuch ishlatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlarning jinoyatlari yoki boshqa huquqbuzarliklariga barham berish maqsadida, shuningdek ularning qamoqda saqlash joylari xodimlarining qonuniy talablariga qarshilik koʻrsatishini bartaraf etish uchun, agar qonuniy talablarning ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlar tomonidan bajarilishini jismoniy kuch ishlatmay boshqa usullar bilan taʼminlashning iloji boʻlmasa, ularga nisbatan jismoniy kuch ishlatilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47-modda. Tinchlantirish koʻylagini qoʻllash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlarga nisbatan, agar ular jazavaga tushsa, tinchlantirish koʻylagini qoʻllashga yoʻl qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tinchlantirish koʻylagi tibbiy xodim ishtirokida qoʻllaniladi hamda uni qoʻllashning davomiyligi ikki soatdan oshmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tinchlantirish koʻylagi ushlab turilgan va qamoqqa olingan voyaga yetmaganlar hamda ayollarga nisbatan qoʻllanilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48-modda. Maxsus vositalar, gazli va shikastlantiruvchi qurolni qoʻllash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushlab turilganlarning yoki qamoqqa olinganlarning gʻayrihuquqiy xatti-harakatlariga, shuningdek oʻziga oʻzi zarar yetkazishiga barham berish maqsadida ularga nisbatan maxsus vositalar qoʻllanilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus vositalarga rezina tayoqlar, qoʻlkishanlar yoki boshqa bogʻlash vositalari, xizmat itlari, koʻzdan yosh oqizuvchi moddalar, chalgʻitma taʼsir koʻrsatuvchi nur-tovush moslamalari, toʻsiq-gʻovlarni bartaraf etuvchi vositalar, suv bilan zarba beruvchi va zirhli mashinalar, xonalarni ochish, transport vositalarini majburiy toʻxtatish moslamalari hamda qonunda nazarda tutilgan boshqa vositalar kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus vositalar quyidagi hollarda qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushlab turilganlarning yoki qamoqqa olinganlarning qamoqda saqlash joylari xodimlariga, boshqa ushlab turilganlarga yoki qamoqqa olinganlarga va oʻzga shaxslarga hujumini daf etishda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushlab turilganlar yoki qamoqqa olinganlar tomonidan sodir etilgan ommaviy tartibsizliklarga, jamoat tartibini guruh boʻlib buzishlarga barham berishda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qamoqda saqlash joylarining xodimlariga ashaddiy tarzda boʻysunmayotgan yoki qarshilik koʻrsatayotgan huquqbuzarlarni ushlashda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qamoqdan qochgan ushlab turilganlarni yoki qamoqqa olinganlarni ushlashda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
garovga olinganlarni, egallab olingan binolar, inshootlar, xonalar va transport vositalarini ozod qilishda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushlab turilganlarni yoki qamoqqa olinganlarni boshqa yerga koʻchirish, qoʻriqlab borish va qoʻriqlab turishda — qamoqdan qochishning oldini olish uchun.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu modda uchinchi qismining ikkinchi, beshinchi va oltinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda gazli va shikastlantiruvchi qurol qoʻllanilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus vositalar, gazli va shikastlantiruvchi qurol qonunga muvofiq boshqa hollarda ham qoʻllanilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus vositalar, gazli va shikastlantiruvchi qurolning turlari, ularni ishlatish muttasilligi yuzaga kelgan vaziyat, huquqbuzarlikning xususiyati va huquqbuzarning shaxsi inobatga olingan holda belgilanadi. Maxsus vositalar, gazli va shikastlantiruvchi qurolni qoʻllash ushlab turilganlarga yoki qamoqqa olinganlarga hamda boshqa shaxslarga mumkin qadar kam zarar yetkazishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushlab turilgan yoki qamoqqa olingan homiladorlik belgilari sezilib turgan ayollarga, nogironlik belgilari yaqqol koʻrinib turgan shaxslarga hamda yoshi aniq koʻrinib turgan yoxud maʼlum boʻlgan voyaga yetmaganlarga nisbatan maxsus vositalar, gazli va shikastlantiruvchi qurolni qoʻllash taqiqlanadi, bundan ular tomonidan qurolli qarshilik koʻrsatilgan yoki fuqarolar hayoti va sogʻligʻiga haqiqatda tahdid etib, guruh boʻlib hujum qilingan hollar mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49-modda. Oʻqotar qurolni qoʻllash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Alohida hollarda, agar jinoyatga boshqa vositalar bilan barham berishning iloji boʻlmasa, oxirgi chora sifatida oʻqotar qurolni qoʻllashga yoʻl qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻqotar qurol quyidagi hollarda qoʻllanilishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qamoqda saqlash joylarining xodimlarini, boshqa shaxslarni ularning hayoti va sogʻligʻiga haqiqatda tahdid soluvchi hujumdan himoya qilish, shuningdek qurolni qoʻlga kiritish maqsadida qilingan hujumni daf etishda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
garovga olinganlarni, egallab olingan binolar, inshootlar, xonalar va transport vositalarini ozod qilishda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qamoqda saqlash joylarining qoʻriqlanadigan obyektlariga, transport vositalariga guruh boʻlib qilingan hujumni yoki qurolli hujumni daf etish yoxud ushlab turilganlarni yoki qamoqqa olinganlarni zoʻrlik bilan ozod qilishga urinishlarga barham berishda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qamoqdan qochayotgan yoki qurolli qarshilik koʻrsatayotgan ushlab turilganni yoki qamoqqa olinganni ushlashda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushlab turilgan yoki qamoqqa olingan tomonidan qamoqdan qochishda foydalanilayotgan transport vositasini toʻxtatishda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻqotar qurol qonunga muvofiq boshqa hollarda ham qoʻllanilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻqotar qurolni qoʻllashdan oldin uning qoʻllanilishi mumkinligi haqida ogohlantirish va yuqoriga qarab ogohlantiruvchi oʻq otish kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻqotar qurol qoʻqqisdan hujum qilinganda, qurolli hujumni yoki jangovar texnika, transport vositalari, uchish apparatlari, dengiz va daryo kemalaridan foydalangan holda qilingan hujumni daf etishda, garovga olinganlarni ozod qilishda, qamoqdan qurol bilan, transport vositalari yordamida yoxud yurib ketayotgan transport vositalaridan, tunda yoki koʻrish cheklangan sharoitlarda qochilgan hollarda ogohlantirishsiz va yuqoriga qarab ogohlantiruvchi oʻq otmasdan qoʻllanilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻqotar qurol qoʻllanilganda fuqarolar xavfsizligini taʼminlash, shuningdek jabrlanganlarga tibbiy yordam koʻrsatish uchun imkoni boricha barcha choralar koʻrilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50-modda. Qamoqda saqlash joylarida alohida holat joriy etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Favqulodda vaziyatlar roʻy bergan, qamoqda saqlash joylari joylashgan yerda favqulodda yoki harbiy holat joriy etilgan hollarda, urush davri mobaynida, ushlab turilganlar yoki qamoqqa olinganlar tomonidan guruh boʻlib boʻysunmaslik, shuningdek ommaviy tartibsizliklar sodir etilganda qamoqda saqlash joylarida alohida holat joriy etilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qamoqda saqlash joylarida alohida holat tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining raisi yoki Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vaziri tomonidan ularning vakolati doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori bilan kelishilgan holda oʻttiz sutkagacha boʻlgan muddatga joriy etiladi. Alohida holatning amal qilish muddati ayrim hollarda qoʻshimcha ravishda oʻttiz sutkagacha uzaytirilishi mumkin.
(50-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 18-fevraldagi OʻRQ-522-sonli Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-y., 2-son, 47-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qamoqda saqlash joylarida alohida holat amal qilib turgan davrda qoʻriqlash va nazoratning kuchaytirilgan rejimi, obyektlarga kirishning alohida tartibi joriy etiladi, kun tartibi oʻzgartirilishi, baʼzi xizmatlarning faoliyati cheklanishi mumkin. Ayni vaqtda ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlarning ayrim huquqlarini cheklashga yoʻl qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51-modda. Qamoqda saqlash joylariga tutash hududlarda rejim talablarining taʼminlanishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qamoqda saqlash joylariga bevosita tutash va chegaralari mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan belgilanadigan hududlarda qamoqda saqlash joyi boshligʻining taqdimnomasiga binoan rejim talablari oʻrnatilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
52-modda. Qamoqda saqlash joylarida tezkor-qidiruv faoliyati
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qamoqda saqlash joylarida jinoyatlarni aniqlash, ularning oldini olish, ularga barham berish va ularni fosh etish, shuningdek jinoyatlarni tayyorlayotgan, sodir etayotgan yoki sodir etgan shaxslarni aniqlash hamda topish maqsadida, qonunchilikda belgilangan tartibda tezkor-qidiruv faoliyati amalga oshiriladi.
(52-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlarni qamoqdan ozod qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
53-modda. Ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlarni qamoqdan ozod qilish asoslari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning qarori yoki sudning qarori, shuningdek ushlab turish yoki qamoqda saqlashning Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksida nazarda tutilgan muddati tugashi ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlarni qamoqdan ozod qilishga asos boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
54-modda. Ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlarni qamoqdan ozod qilish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlarni qamoqdan ozod qilish ushlab turilganni yoki qamoqqa olinganni qamoqdan ozod qilish toʻgʻrisida surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning qarori yoxud sudning qarori kelib tushgach, qamoqda saqlash joyining boshligʻi tomonidan darhol amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qamoqda saqlash joyining boshligʻi ushlab turish muddati tugashidan oʻn ikki soat oldin va qamoqda saqlash muddati tugashidan yetti sutka oldin bu haqda jinoyat ishini yuritayotgan mansabdor shaxsni yoki organni, shuningdek prokurorni yozma shaklda xabardor qilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar ushlab turish yoki qamoqda saqlashning Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksida belgilangan muddatlari tugaganidan keyin ushlab turilganni yoki qamoqqa olinganni ozod qilish, ushlab turish muddatini uzaytirish, ushlab turilganga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash yoxud qamoqda saqlash muddatini uzaytirish toʻgʻrisida surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning qarori yoxud sudning qarori kelib tushmagan boʻlsa, qamoqda saqlash joylarida qonunlar ijrosi ustidan nazorat qiluvchi prokuror yoxud qamoqda saqlash joyining boshligʻi ushlab turilganni yoki qamoqqa olinganni oʻz qarori bilan darhol ozod qiladi. Qarorning koʻchirma nusxasi kechiktirmasdan jinoyat ishini yuritayotgan mansabdor shaxsga yoki organga, shuningdek prokurorga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qamoqdan ozod qilinayotgan ushlab turilganga yoki qamoqqa olinganga uning shaxsiy hujjatlari, ashyolari, shaxsiy hisobvaragʻida saqlanayotgan pullari, shuningdek qimmatli qogʻozlari va boshqa qimmatliklari, ushlab turilgan yoki qamoqqa olingan saqlangan muddat hamda uni ozod qilish asoslari koʻrsatilgan maʼlumotnoma beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zarur boʻlgan taqdirda, qamoqda saqlash joyining maʼmuriyati qamoqdan ozod qilingan shaxsni yashash joyiga yetib olishi uchun yoʻl hujjatlari va belgilangan normalar boʻyicha oziq-ovqat mahsulotlari yoxud tegishli pul kompensatsiyasi, shuningdek jinsi hamda iqlim sharoitlarini inobatga olgan holda mavsumiy kiyim-bosh va poyabzal bilan taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
55-modda. Vaqtincha saqlash hibsxonalari va tergov hibsxonalarini moliyalashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vaqtincha saqlash hibsxonalari va tergov hibsxonalarini moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
56-modda. Qamoqda saqlash joylarida qonunlarga rioya etilishi ustidan nazorat
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlarni saqlash joylarida qonunlarga rioya etilishi ustidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori va unga boʻysunuvchi prokurorlar tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
57-modda. Jinoyat ishini yuritish chogʻida qamoqda saqlash toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jinoyat ishini yuritish chogʻida qamoqda saqlash toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
(57-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
58-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
(58-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
59-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2011-yil 29-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻRQ-298-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 40-son, 409-modda; 2012-y., 37-son, 421-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-y., 2-son, 47-modda, Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son, 29.08.2019-y., 03/19/558/3662-son, 13.09.2019-y., 03/19/567/3737-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son, 19.11.2021-y., 03/21/729/1064-son, 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son; 21.09.2024-y., 03/24/963/0735-son; 18.11.2024-y., 03/24/1002/0936-son; 27.06.2025-y., 03/25/1072/0546-son)