1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.01 Sogʻliqni saqlash sohasida boshqaruv;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.04 Psixiatriya yordami va uni koʻrsatishda fuqarolarning huquqlari]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sogʻliqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PSIXIATRIYA YORDAMI TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-maydagi OʻRQ-690-sonli “Psixiatriya yordami toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan 2021-yil 13-avgustdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
LexUZ sharhi
Ushbu Qonunning ishlab chiqilishi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 10-noyabrdagi PF-2107-son Farmoni bilan tasdiqlangan 1998—2005-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida sogʻliqni saqlash tizimini isloh qilishning asosiy chora-tadbirlarida nazarda tutilgan edi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. UMUMIY QOIDALAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonunning maqsadi aholiga psixiatriya yordami koʻrsatish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda. Psixiatriya yordami toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Psixiatriya yordami toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining psixiatriya yordami toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda. Ushbu Qonunning qoʻllanish sohasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonun Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga psixiatriya yordami koʻrsatishda tatbiq etiladi va Oʻzbekiston Respublikasi hududida psixiatriya yordami koʻrsatishga ixtisoslashgan yuridik va jismoniy shaxslarga nisbatan qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar oʻzlariga psixiatriya yordami koʻrsatilishida ushbu Qonunda belgilangan barcha huquqlardan Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari bilan teng ravishda foydalanadilar.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun mazkur Qonunning 7 va 34-moddalariga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda. Psixiatriya yordami hamda uni koʻrsatish prinsiplari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Psixiatriya yordami ruhiy holati buzilgan shaxslarning ruhiy sogʻligʻini ushbu Qonunda va boshqa qonun hujjatlarida belgilangan asoslar boʻyicha va tartibda tekshiruvdan oʻtkazishni, ularni profilaktika qilishni, ularga tashxis qoʻyish, ularni davolash, parvarishlash va tibbiy-ijtimoiy jihatdan tiklashni oʻz ichiga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ruhiy holati buzilgan shaxslarga psixiatriya yordami koʻrsatish davlat tomonidan kafolatlanadi va qonuniylik, rahm-shafqat, insonparvarlik hamda inson va fuqaro huquqlari va erkinliklariga rioya etish prinsiplari asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda. Psixiatriya yordami koʻrsatish va ijtimoiy himoya qilish kafolatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat tomonidan quyidagilar kafolatlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shoshilinch psixiatriya yordami;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kasalxonadan tashqarida va statsionar sharoitlarda maslahat berish-tashxis qoʻyish, davolash, psixoprofilaktika, tiklash yordami;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
barcha turdagi psixiatriya ekspertizasi, vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlikni aniqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ruhiy holati buzilgan shaxslarni ishga joylashtirishda ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish va koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vasiylik va homiylik masalalarini hal qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
psixiatriya muassasalarida huquqiy masalalar yuzasidan maslahatlar berish va yuridik yordamning boshqa turlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ruhiy holati buzilgan nogironlarni va qariyalarni ijtimoiy-maishiy joylashtirish, shuningdek ularni parvarishlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ruhiy holati buzilgan nogironlar va voyaga yetmaganlarni oʻqitish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
favqulodda vaziyatlar paytida psixiatriya yordami.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ruhiy holati buzilgan shaxslarni psixiatriya yordami bilan taʼminlash va ularni ijtimoiy himoya qilish uchun davlat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kasalxonadan tashqarida va statsionarda psixiatriya yordami koʻrsatuvchi barcha turdagi muassasalarni barpo etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ruhiy holati buzilgan voyaga yetmaganlarning umumiy taʼlim va kasb-hunar taʼlimi olishini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ruhiy holati buzilgan shaxslarning, shu jumladan nogironlarning mehnat terapiyasi uchun davolash-ishlab chiqarish korxonalari, shu korxonalarda ularni yangi kasblarga oʻqitish va ishga joylashtirish, shuningdek bunday shaxslar uchun mehnat sharoitlari yengillashtirilgan maxsus ishlab chiqarishlar, sexlar yoki uchastkalarni barpo etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ruhiy holati buzilgan nogiron shaxslarni ishga joylashtirish uchun turli ixtisoslashgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda ish oʻrinlarining majburiy kvotalarini belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ruhiy holati buzilgan nogiron shaxslarga ish oʻrinlarini beruvchi korxonalar, muassasalar va tashkilotlar uchun iqtisodiy ragʻbatlantirish usullarini qoʻllaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ruhiy holati buzilgan shaxslarni ijtimoiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash uchun zarur boʻlgan boshqa choralarni koʻradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-modda. Psixiatriya yordami soʻrab murojaat etishning ixtiyoriyligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Psixiatriya yordami shaxs ixtiyoriy ravishda murojaat etgan taqdirda yoki uning roziligi bilan koʻrsatiladi, ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻn toʻrt yoshgacha boʻlgan voyaga yetmagan shaxsga, shuningdek qonunda belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxsga psixiatriya yordami ularning qonuniy vakillari iltimosiga binoan yoki roziligi bilan ushbu Qonunda nazarda tutilgan tartibda koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-modda. Ruhiy holati buzilgan shaxslarning huquqlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ruhiy holati buzilgan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida nazarda tutilgan fuqarolarning barcha huquqlari va erkinliklariga egadirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ruhiy holati buzilgan shaxslar oʻzlariga psixiatriya yordami koʻrsatilayotganda quyidagi huquqlarga ega boʻladilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzlariga nisbatan inson qadr-qimmati kamsitilishini istisno etadigan muruvvatli va insoniy muomala qilinishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz huquqlari haqida, shuningdek ruhiy holatining xususiyati hamda qoʻllanilayotgan davolash usullari haqida oʻzlari uchun tushunarli shaklda va oʻz ruhiy holatlari hisobga olingan holda maʼlumot olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bunday yordamni eng kam cheklovli sharoitlarda, imkoni boricha turar joyida olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tibbiy zaruratga koʻra davolashning barcha turlaridan foydalanish (shu jumladan sanatoriy-kurortda davolanish);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bunday yordam sanitariya-gigiyena talablariga javob beradigan sharoitlarda koʻrsatilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tibbiy vosita va usullarni sinash, ilmiy tadqiqotlar yoki oʻquv jarayoni obyekti tariqasida foydalanilishga, foto, video yoki kinosuratga olinishga oldindan rozilik berish va istalgan bosqichda undan voz kechish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzlarining talablariga binoan istalgan mutaxassisni ushbu Qonun bilan tartibga solinadigan masalalar yuzasidan tibbiy komissiyada ishlash uchun taklif etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda advokat, qonuniy vakil yoki boshqa shaxsning yordamini olish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ruhiy holati buzilgan shaxslar oʻzlariga psixiatriya yordami koʻrsatilayotganida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ruhiy holati buzilgan shaxslarning huquqlari va erkinliklarini (faqat psixiatriya tashxisiga, dispanser kuzatuvida, psixiatriya statsionarida yoxud ijtimoiy taʼminot yoki maxsus taʼlim psixiatriya muassasida boʻlganiga asoslanib va hokazo) cheklashga yoʻl qoʻyilmaydi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Bunday huquq buzilishlarda aybdor boʻlgan mansabdor shaxslar qonunga muvofiq javobgar boʻladilar.
Mazkur Qonun bilan ruhiy holati buzilgan shaxslarning huquqlari va erkinliklarini cheklovchi bir qancha holatlar belgilangan. (Qonunning 8, 15, 21, 22, 27—31 va 34-moddalariga qarang).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-modda. Kasb bilan bogʻliq faoliyatning va oʻta xavfli manba bilan bogʻliq faoliyatning ayrim turlarini bajarishdagi cheklashlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqaro ruhiy holati buzilganligi tufayli kasb bilan bogʻliq faoliyatning va oʻta xavfli manba bilan bogʻliq faoliyatning ayrim turlarini bajarishga vaqtincha (besh yildan oshmagan muddatga va keyin qayta tekshiruvdan oʻtish huquqi bilan) yaroqsiz deb topilishi mumkin. Bunday qaror sogʻliqni saqlash organi vakolat bergan tibbiy komissiya tomonidan, fuqaroning ruhiy sogʻligʻi holatini tibbiy psixiatriya moneliklari roʻyxatiga muvofiq baholash asosida qabul qilinadi va uning ustidan sudga shikoyat qilish mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kasb bilan bogʻliq faoliyatning va oʻta xavfli manba bilan bogʻliq faoliyatning ayrim turlarini amalga oshirish uchun tibbiy moneliklar roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi hamda toʻplangan tajriba va ilmiy yutuqlarni hisobga olgan holda vaqti-vaqti bilan (besh yilda kamida bir marta) qayta koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-modda. Psixiatriya yordami koʻrsatilayotgan fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ifodalash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqaro oʻziga psixiatriya yordami koʻrsatilayotganda oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun oʻzi xohlagan vakilni taklif etishga haqli. Vakillikni rasmiylashtirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻn toʻrt yoshgacha boʻlgan voyaga yetmagan shaxs va qonunda belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxsga psixiatriya yordami koʻrsatilishida ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ota-onalari, farzandlikka oluvchilari yoki boshqa qonuniy vakillari, ular boʻlmagan hollarda esa — ijtimoiy taʼminot yoki maxsus taʼlim psixiatriya muassasasi maʼmuriyati himoya qiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqaroga psixiatriya yordami koʻrsatilishida uning huquqlari va qonuniy manfaatlarini advokat himoya qilishi mumkin. Advokatni taklif etish va uning xizmatiga xaq toʻlash tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi. Psixiatriya yordamini koʻrsatayotgan muassasa maʼmuriyati advokat taklif etish imkoniyatini taʼminlaydi, ushbu Qonun 21-moddasi birinchi qismining ikkinchi xatboshisida va 27-moddasining ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Oʻzbekiston Respublikasi “Advokatura toʻgʻrisida”gi Qonunining 11-moddasiga muvofiq, yuridik xizmat uchun haq toʻlash advokat bilan mijoz oʻrtasida ixtiyoriy ravishda tuziladigan bitim (shartnoma) asosida amalga oshiriladi. Shaxs toʻlovga qobiliyatsizligi sababli koʻrsatilgan yuridik yordam haqini toʻlashdan ozod etilganda, jinoiy ishni koʻrib chiqishda qatnashishga tayinlangan advokatning yuridik yordami uchun haq toʻlash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda davlat hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-modda. Ruhiy sogʻliq holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni talab qilishning taqiqlanishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqaro oʻz huquqlari va erkinliklaridan foydalanayotganida uning ruhiy sogʻligʻi holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etishni yoki uning shifokor psixiatr tekshiruvidan oʻtishini talab qilish taqiqlanadi, qonun hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno.
Mazkur Qonunning 11-moddasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi “Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida”gi Qonunining 45-moddasiga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-modda. Psixiatriya yordami koʻrsatishda shifokor sirini saqlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqaroda ruhiy holatning buzilishi borligi, u psixiatriya yordami uchun murojaat etganligi va shunday yordam koʻrsatadigan muassasada davolangani haqidagi maʼlumotlar, shuningdek ruhiy sogʻligʻi holati toʻgʻrisidagi boshqa maʼlumotlar qonun bilan koʻriqlanadigan shifokor siri hisoblanadi. Ruhiy holati buzilgan shaxsning huquqlari va qonuniy manfaatlarini roʻyobga chiqarish uchun uning iltimosiga yoki uning qonuniy vakilining iltimosiga binoan ularga mazkur shaxsning ruhiy sogʻligʻi holati toʻgʻrisida va unga koʻrsatilgan psixiatriya yordami toʻgʻrisida tushunarli shaklda va bemorning ruhiy holatini hisobga olgan holda maʼlumotlar taqdim etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-modda. Ruhiy holati buzilgan shaxslarga tashxis qoʻyish va ularni davolash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ruhiy holatning buzilganlik tashxisi umum eʼtirof etilgan xalqaro standartlar hamda tasniflarga muvofiq qoʻyiladi va fuqaroning jamiyatda qabul qilingan axloqiy, madaniy, siyosiy va diniy qadriyatlarga qoʻshilmasligiga yoxud uning ruhiy sogʻligʻi holatiga bevosita bogʻliq boʻlmagan boshqa sabablarga asoslanishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ruhiy holati buzilgan shaxsga tashxis qoʻyish va uni davolash uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ruxsat etilgan tibbiy vositalar va usullar qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tibbiy vositalar va usullar xastalik xususiyatiga muvofiq faqat tashxis qoʻyish va davolash maqsadlarida qoʻllaniladi hamda boshqa maqsadlarda foydalanilmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-modda. Davolanishga rozilik berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ruhiy holati buzilgan shaxsni davolash uning yozma roziligi olinganidan keyin oʻtkaziladi, ushbu moddaning toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shifokor ruhiy holati buzilgan shaxsga ruhiy holatining xususiyati, tavsiya etilayotgan davolashning maqsadlari, usullari, shu jumladan muqobil usullari va davom etish muddati haqida, shuningdek ehtimol tutilgan xavf, salbiy taʼsirlar va kutilayotgan natijalar toʻgʻrisida tushunarli shaklda va uning ruhiy holatini hisobga olgan holda maʼlumotlar taqdim etishi shart. Maʼlumot taqdim etilgani toʻgʻrisida tibbiy hujjatlarga yozib qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻn toʻrt yoshgacha boʻlgan voyaga yetmagan shaxsni, shuningdek qonunda belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxsni davolash uchun rozilik ularning qonuniy vakillari tomonidan, ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan maʼlumotlar ularga maʼlum qilinganidan keyin, beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Faqat qonun hujjatlarida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari qoʻllanilayotganda, shuningdek ushbu Qonunning 27-moddasida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha gʻayriixtiyoriy tartibda statsionarga yotqizilayotganda davolash choralari ruhiy holati buzilgan shaxsning yoki uning qonuniy vakilining roziligisiz oʻtkazilishi mumkin. Bunday shaxslarga nisbatan ruhiy holat buzilishlarini davolash uchun jarrohlik usullarini hamda asl holiga qaytarib boʻlmaydigan oqibatlarni keltirib chiqaradigan boshqa usullarni qoʻllanishga, shuningdek ularda tibbiy vositalar va usullarning sinovlarini oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14-modda. Davolanishni rad qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ruhiy holati buzilgan shaxs yoki uning qonuniy vakili taklif etilayotgan davolanishni rad qilish yoki uni toʻxtatish huquqiga ega, ushbu Qonun 13-moddasining toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davolanishni rad etayotgan shaxsga yoki uning qonuniy vakiliga davolanishni toʻxtatish qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligini tushuntirish lozim. Davolanishni rad etish olib kelishi mumkin boʻlgan oqibatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar tibbiy hujjatda koʻrsatilgan holda yozib qoʻyilishi va davolanishni rad etayotgan shaxsning yoki uning qonuniy vakilining, shuningdek shifokor psixiatrning imzo qoʻyishi orqali rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15-modda. Tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ruhiy holati buzilgan, ijtimoiy xavfli qilmishlar sodir etgan shaxslarga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari qonun hujjatlarida belgilangan asoslar boʻyicha va tartibda sudning qaroriga binoan qoʻllaniladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining XVII bobi (91—96-moddalar) (“Tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarining asoslari va ularni tayinlash”), shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining 33 bobi (181—194-moddalar)ga qarang. (“Tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini ijro etish”).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari sogʻliqni saqlash organlarining psixiatriya muassasalarida, alkogolizm, giyohvandlik yoki toksikomaniyaga duchor boʻlgan yoxud aqli rasolikni istisno etmaydigan ruhiy holati buzilgan shaxslarga nisbatan esa — jazoni ijro etish muassasalarida ham amalga oshiriladi. Sudning tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari qoʻllanish toʻgʻrisidagi qaroriga binoan psixiatriya statsionariga joylashtirilgan shaxslar psixiatriya statsionarida boʻladigan butun davrda mehnatga layoqatsiz deb topiladilar va, shifokor psixiatr huzurida ambulatoriya majburiy kuzatuvida va davolanishida turgan shaxslar singari, davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha nafaqa olish yoki umumiy asoslarda pensiya olish huquqiga egadirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. PSIXIATRIYA YORDAMI KOʻRSATUVChI ShAXSLAR
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.02 Alohida faoliyat turlarini litsenziyalash (shuningdek, 09.01.05.00 ga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.06.00 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash. Ruxsat berish (shuningdek, 02.08.06.00ga qarang) / 09.01.06.01 Umumiy qoidalar. Litsenziyalanishi lozim boʻlgan faoliyat turlari;
3.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.02.00 Tibbiyot muassasalari va xodimlari / 14.01.02.03 Tibbiyot va farmatsevtika faoliyatiga ruxsat. Litsenziyalash]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16-modda. Psixiatriya yordami koʻrsatish faoliyati bilan shugʻullanish huquqi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Psixiatriya yordami koʻrsatish faoliyati bilan shugʻullanish huquqiga oliy maxsus tibbiy maʼlumotga ega boʻlgan shaxslar egadirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Psixiatriya yordami koʻrsatishda qatnashuvchi tibbiy psixolog, boshqa mutaxassislar va tibbiy xodimlar ruhiy holati buzilgan shaxslar bilan ishlashga ijozat olish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda maxsus tayyorgarlikdan oʻtishlari kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Psixiatriya yordami koʻrsatish faoliyati bilan shugʻullanish uchun yuridik va jismoniy shaxslarga litsenziyalar berish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-iyundagi 405-son qarori bilan tasdiqlangan “Tibbiy faoliyatni litsenziyalash tartibi toʻgʻrisida nizom”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Psixiatriya yordami koʻrsatishga ixtisoslashgan yuridik va jismoniy shaxslar koʻrsatadigan psixiatriya yordami turlari ustav hujjatlarida yoki litsenziya talablari va shartlarida koʻrsatiladi. Ular toʻgʻrisidagi axborot hamma uchun ochiq boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17-modda. Tibbiyot xodimlari va boshqa mutaxassislarning psixiatriya yordami koʻrsatayotgan paytdagi kasbiy huquqlari va majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shifokor psixiatr, boshqa mutaxassislar va tibbiyot xodimlarining psixiatriya yordami koʻrsatayotgan paytdagi kasbiy huquqlari va majburiyatlari qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ruhiy xastalik tashxisini belgilash, gʻayriixtiyoriy tartibda psixiatriya yordami koʻrsatish toʻgʻrisida qaror qabul qilish yoki bu masalani koʻrib chiqish uchun xulosa berish shifokor psixiatr yoki shifokor psixiatrlar komissiyasining mutlaq huquqi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshqa ixtisoslikdagi shifokorning shaxsning ruhiy sogʻligʻi holati toʻgʻrisidagi xulosasi birlamchi xususiyatga ega boʻladi hamda shaxsning huquqlari va qonuniy manfaatlarini cheklash toʻgʻrisidagi masalani hal etish uchun, shuningdek ruhiy holati buzilgan shaxslar uchun qonunda nazarda tutilgan imtiyozlarni unga berish uchun asos boʻlmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18-modda. Psixiatriya yordami koʻrsatish paytida shifokor psixiatrning mustaqilligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Psixiatriya yordami koʻrsatish paytida shifokor psixiatr oʻzi mustaqil qarorlarga keladi va faqat shifokorlik burchiga hamda qonunga amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tibbiy komissiya qaroriga oʻz fikri mos kelmagan shifokor psixiatr oʻz xulosasini berishga haqli boʻlib, u tibbiy hujjatlarga qoʻshib qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19-modda. Psixiatriya yordami koʻrsatishda ishtirok etuvchi shifokor psixiatrlarga, boshqa mutaxassislarga, tibbiyot xodimlari va boshqa xodimlarga kafolatlar va imtiyozlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Psixiatriya yordami koʻrsatishda ishtirok etuvchi shifokor psixiatrlar, boshqa mutaxassislar, tibbiyot xodimlari va boshqa xodimlar alohida mehnat sharoitidagi faoliyat bilan shugʻullanuvchi shaxslar uchun qonun hujjatlarida belgilangan imtiyozlarni olish huquqiga egadirlar, shuningdek ular xizmat vazifalarini bajarish paytida sogʻligʻiga zarar yetkazilishi yoki vafot etishi hollaridan davlat tomonidan majburiy sugʻurtalanishlari kerak.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 12-maydagi 250-son qarori bilan tasdiqlangan Talab qilinadigan umumiy va maxsus ish staji boʻlganda umumiy belgilangan yoshdan 5 yil oldin pensiyaga chiqish huquqini beruvchi ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va koʻrsatkichlarning 3-roʻyxatiga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 11-martdagi 133-son qarori bilan tasdiqlangan Alohida tusga ega boʻlgan ishlardagi qisqartirilgan ish kuni belgilanadigan xodimlar roʻyxatiga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Psixiatriya yordami koʻrsatishda ishtirok etuvchi shaxsning sogʻligʻiga zarar yetkazilib, bu hol uning mehnat qobiliyati vaqtincha yoʻqotilishiga olib kelgan taqdirda, shuningdek nogironlik yuz berganda unga, u vafot etgan taqdirda esa — uning boqimandalariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda zarar qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. PSIXIATRIYA YORDAMI TURLARI VA UNI KOʻRSATISh TARTIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20-modda. Psixiatriya tekshiruvidan oʻtkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ruhiy holati buzilganligini, psixiatriya yordami zarurligini aniqlash, shuningdek bunday yordam turi haqidagi masalani hal etish uchun shaxs psixiatriya tekshiruvidan oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Psixiatriya tekshiruvi, shuningdek profilaktika koʻriklari: tekshiriluvchining iltimosiga koʻra yoki uning roziligi bilan; oʻn toʻrt yoshgacha boʻlgan voyaga yetmagan shaxsga nisbatan — uning ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakilining iltimosiga koʻra yoki roziligi bilan; qonunda belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxsga nisbatan — uning qonuniy vakilining iltimosiga binoan yoki roziligi bilan oʻtkaziladi. Ota-onadan biri eʼtiroz bildirsa yoxud ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakili boʻlmasa, voyaga yetmagan shaxs vasiylik va homiylik organining qaroriga binoan tekshiruvdan oʻtkaziladi, bunday qaror ustidan sudga shikoyat qilish mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Psixiatriya tekshiruvini oʻtkazayotgan shifokor tekshiriluvchiga va uning qonuniy vakiliga oʻzini psixiatr deb tanishtirishi shart, ushbu Qonun 21-moddasi birinchi qismining ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21-modda. Shaxsni oʻzining roziligisiz yoki uning qonuniy vakilining roziligisiz psixiatriya tekshiruvidan oʻtkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxs mavjud maʼlumotlarga koʻra oʻzida ogʻir ruhiy holatning buzilishi bor deb taxmin qilish uchun asos beruvchi harakatlarni sodir etsa, u oʻzining roziligisiz yoki qonuniy vakilining roziligisiz psixiatriya tekshiruvidan oʻtkazilishi mumkin boʻlib, bu quyidagilar bilan bogʻliqdir:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uning oʻzi uchun yoki atrofidagilar uchun bevosita xavf tugʻdirishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uning nochorligi, yaʼni asosiy hayotiy ehtiyojlarini mustaqil ravishda qondirishga layoqatsizligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agar shaxs psixiatriya yordamisiz qoldirilgudek boʻlsa, ruhiy holati yomonlashuvi oqibatida uning sogʻligʻiga jiddiy zarar yetkazilishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar shaxs ushbu Qonunning 25-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha dispanser kuzatuvi ostida boʻlsa, u oʻzining yoki qonuniy vakilining roziligisiz psixiatriya tekshiruvidan oʻtkazilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Psixiatriya tekshiruvi maʼlumotlari va tekshiriluvchining ruhiy sogʻligʻi holati toʻgʻrisidagi xulosa tibbiy hujjatlarda qayd etilib, unda shifokor psixiatrga murojaat etish sabablari va tibbiy tavsiyalar ham koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan hollarda shaxsni oʻzining roziligisiz yoki qonuniy vakilining roziligisiz psixiatriya tekshiruvidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror shifokor psixiatr tomonidan mustaqil ravishda yoki sud ajrimiga koʻra qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22-modda. Shaxsni oʻzining roziligisiz yoki qonuniy vakilining roziligisiz psixiatriya tekshiruvidan oʻtkazish toʻgʻrisida ariza berish va qaror qabul qilish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxsni oʻzining roziligisiz yoki qonuniy vakilining roziligisiz psixiatriya tekshiruvidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror, ushbu Qonunning 25-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan hollarni istisno etganda, shunday tekshiruv uchun ushbu Qonunning 21-moddasi birinchi qismida sanab oʻtilgan asoslar mavjudligi haqidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan arizaga binoan shifokor psixiatr tomonidan qabul qilinadi. Ariza psixiatriya tekshiruvidan oʻtkazilishi lozim boʻlgan shaxsning qarindoshlari, har qanday ixtisoslikdagi shifokor tomonidan berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxs oʻzi uchun yoki atrofidagilar uchun bevosita xavf tugʻdirgan kechiktirib boʻlmaydigan hollarda ariza ogʻzaki boʻlishi mumkin. Psixiatriya tekshiruvi oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror shifokor psixiatr tomonidan darhol qabul qilinadi va tibbiy hujjatlarga yozib qoʻyish orqali rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxs oʻzi uchun yoki atrofidagilar uchun bevosita xavf tugʻdirmasa, psixiatriya tekshiruvi oʻtkazish toʻgʻrisidagi ariza yozma ravishda boʻlishi, shunday tekshiruvning zarurligini asoslovchi batafsil maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan boʻlishi va shaxs yoki uning qonuniy vakili shifokor psixiatrga murojaat etishni rad etganligi koʻrsatib oʻtilishi lozim. Shifokor psixiatr qaror qabul qilish uchun zarur boʻlgan qoʻshimcha maʼlumotlarni talab qilib olishga haqli. Agar arizada ushbu Qonun 21-moddasi birinchi qismining uchinchi va toʻrtinchi xatboshilarida nazarda tutilgan holatlar mavjudligidan dalolat beruvchi maʼlumotlar boʻlmasa, shifokor psixiatr psixiatriya tekshiruvi oʻtkazishni yozma ravishda asoslantirib rad etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23-modda. Ambulatoriya psixiatriya yordami turlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ruhiy holati buzilgan shaxsga ambulatoriya psixiatriya yordami tibbiy koʻrsatuvlarga qarab maslahat berish-davolash muolajasi yoki dispanser kuzatuvi tarzida koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24-modda. Maslahat berish-davolash muolajasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maslahat berish-davolash muolajasi shifokor psixiatr tomonidan ruhiy holati buzilgan shaxsning iltimosiga koʻra yoki roziligi bilan, oʻn toʻrt yoshgacha boʻlgan voyaga yetmagan shaxsga esa — ota-onasining yoxud boshqa qonuniy vakilining iltimosiga koʻra yoki roziligi bilan koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25-modda. Dispanser kuzatuvi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dispanser kuzatuvi ogʻir barqaror yoki tez-tez zoʻrayib turuvchi dardchillik koʻrinishlari boʻlgan surunkali va uzoq choʻziladigan ruhiy holatning buzilishiga chalingan shaxsning, shuningdek uning qonuniy vakilining roziligidan qatʼi nazar oʻrnatilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dispanser kuzatuvini oʻrnatish zarurligi va uni toʻxtatish toʻgʻrisidagi masalaga doir qaror ambulatoriya psixiatriya yordamini koʻrsatayotgan psixiatriya muassasasining maʼmuriyati tayinlaydigan shifokor psixiatrlar komissiyasi yoki sogʻliqni saqlash organi tayinlaydigan shifokor psixiatrlar komissiyasi tomonidan qabul qilinadi. Agar davolash-profilaktika muassasasi xizmat koʻrsatadigan hududda psixiatriya yordami bitta shifokor psixiatr tomonidan koʻrsatilsa, bunday qarorni u mustaqil ravishda uch oydan oshmagan muddatga qabul qiladi. Shu muddat ichida masala shifokor psixiatrlar komissiyasi tomonidan koʻrib chiqilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shifokor psixiatrlar komissiyasining asoslantirilgan qarori tibbiy hujjatlarga yozib qoʻyilgan holda rasmiylashtiriladi. Dispanser kuzatuvini oʻrnatish yoki toʻxtatish toʻgʻrisidagi qaror ustidan ushbu Qonunning 42-moddasida nazarda tutilgan tartibda shikoyat qilish mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dispanser kuzatuvi shaxs sogʻayib ketganda yoki uning ruhiy holati ancha va barqaror yaxshilanganda toʻxtatiladi. Dispanser kuzatuvi toʻxtatilganidan keyin ambulatoriya psixiatriya yordami shaxsning yoki uning qonuniy vakilining iltimosiga koʻra yoki roziligi bilan maslahat berish-davolash muolajasi tarzida koʻrsatiladi. Ruhiy holati oʻzgargan taqdirda, ruhiy holati buzilgan shaxs oʻzining yoki qonuniy vakilining roziligisiz ushbu Qonunning 21 va 22-moddalarida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha va tartibda tekshiruvdan oʻtkazilishi mumkin. Dispanser kuzatuvi, bunday hollarda, shifokor psixiatrlar komissiyasining qaroriga binoan tiklanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26-modda. Psixiatriya statsionariga yotqizish uchun asoslar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxsda ruhiy holatning buzilishi borligi va statsionar sharoitida tekshiruvdan oʻtkazish yoki davolash toʻgʻrisidagi shifokor psixiatrning qarori yoxud sudning qarori psixiatriya statsionariga yotqizish uchun asos boʻlib hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonun hujjatlarida belgilangan hollarda va tartibda psixiatriya ekspertizasini oʻtkazish zarurati ham psixiatriya statsionariga joylashtirish uchun asos boʻlishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksining 172-moddasiga muvofiq, ish uchun ahamiyatli holatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni fan, texnika, sanʼat yoki kasb sohasi boʻyicha bilimi boʻlgan shaxs oʻtkazadigan maxsus tekshirish orqali olish mumkin boʻlganda ekspertiza tayinlanadi. Ekspertiza tayinlash va oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksining 22 bobi (172—187-moddalar) bilan tartibga solingan.
LexUZ sharhi
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining 183-moddasiga muvofiq, hibsda ushlab turilgan shaxslarning sud-psixiatriya ekspertizasi surishtiruv, tergov, prokuratura organining qarori yoki sudning ajrimi, qamoq jazosiga yoki ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarga nisbatan esa — qamoq uyi yoki jazoni ijro etish muassasasi boshligʻining qarori asosida tayinlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxsni psixiatriya statsionariga joylashtirish, ushbu Qonunning 27-moddasida nazarda tutilgan hollarni istisno etganda, ixtiyoriy tartibda uning iltimosiga binoan yoki roziligi bilan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻn toʻrt yoshgacha boʻlgan voyaga yetmagan shaxs uning ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakilining iltimosiga binoan yoki roziligi bilan psixiatriya statsionariga joylashtiriladi. Ota-onadan biri eʼtiroz bildirsa yoxud ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakili boʻlmasa, voyaga yetmagan shaxsni psixiatriya statsionariga joylashtirish vasiylik va homiylik organining qaroriga binoan amalga oshiriladi, bu qaror ustidan sudga shikoyat qilish mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunda belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxs uning qonuniy vakilining iltimosiga binoan yoki roziligi bilan psixiatriya statsionariga yotqiziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Statsionarga yotqizishga rozilik tibbiy hujjatlarga yozish orqali va shaxsning yoki uning qonuniy vakilining, shuningdek shifokor psixiatrning imzosi qoʻyilib rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27-modda. Psixiatriya statsionariga gʻayriixtiyoriy tartibda yotqizish uchun asoslar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar ruhiy holati buzilgan shaxsni faqat statsionar sharoitida tekshiruvdan oʻtkazish yoki davolash mumkin boʻlsa, ruhiy holatning buzilishi esa ogʻir va quyidagilar bilan bogʻliq boʻlsa, bu shaxs oʻzining roziligisiz yoki qonuniy vakilining roziligisiz sud qarori chiqarilmasidanoq statsionarga yotqizilishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uning oʻzi uchun yoki atrofidagilar uchun bevosita xavf tugʻdirishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uning nochorligi, yaʼni asosiy hayotiy ehtiyojlarini mustaqil ravishda qondirishga layoqatsizligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agar shaxs psixiatriya yordamisiz qoldirilgudek boʻlsa, ruhiy holati yomonlashuvi oqibatida uning sogʻligʻiga jiddiy zarar yetkazilishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28-modda. Gʻayriixtiyoriy tartibda psixiatriya statsionariga joylashtirilgan shaxslarni tekshiruvdan oʻtkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonunning 27-moddasida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha psixiatriya statsionariga joylashtirilgan shaxs psixiatriya muassasasining shifokor psixiatrlar komissiyasi tomonidan 48 soatdan oshmagan muddatda majburiy tekshiruvdan oʻtkazilishi lozim boʻlib, komissiya statsionarga yotqizilganlik qay darajada asosliligi toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Yotqizish asossiz deb topilgan va yotqizilgan shaxs psixiatriya statsionarida qolish istagini bildirmagan hollarda, u darhol statsionardan chiqarilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar yotqizish asosli deb topilsa, shifokor psixiatrlar komissiyasining xulosasi shaxsning u yerda bundan buyon boʻlishi toʻgʻrisidagi masalani hal qilish uchun 24 soat ichida psixiatriya muassasasi joylashgan yerdagi sudga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29-modda. Gʻayriixtiyoriy tartibda statsionarga yotqizish toʻgʻrisidagi masala yuzasidan sudga murojaat etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonunning 27-moddasida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha shaxsni gʻayriixtiyoriy tartibda psixiatriya statsionariga yotqizish toʻgʻrisidagi masala psixiatriya muassasasi joylashgan yerdagi sudda hal qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxsni gʻayriixtiyoriy tartibda psixiatriya statsionariga yotqizish toʻgʻrisidagi ariza sudga shaxs yotgan psixiatriya muassasasi tomonidan beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Gʻayriixtiyoriy tartibda psixiatriya statsionariga yotqizish uchun qonunda nazarda tutilgan asoslar koʻrsatilishi lozim boʻlgan arizaga shifokor psixiatrlar komissiyasining shaxsning psixiatriya statsionarida bundan buyon boʻlishi zarurligi toʻgʻrisidagi asoslantirilgan xulosasi ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud arizani qabul qilish bilan bir paytda arizani sudda koʻrib chiqish uchun zarur boʻlgan muddatda shaxsning psixiatriya statsionarida boʻlib turishi masalasini hal etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxsni gʻayriixtiyoriy tartibda psixiatriya statsionariga yotqizish toʻgʻrisidagi ariza sud tomonidan qonunda belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.
LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 32 bobiga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30-modda. Gʻayriixtiyoriy tartibda statsionarga yotqizish toʻgʻrisidagi ariza yuzasidan sud qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudning arizani qanoatlantirish toʻgʻrisidagi qarori shaxsni psixiatriya statsionariga yotqizish va bundan buyon saqlab turish uchun asos hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud qarori ustidan psixiatriya statsionariga joylashtirilgan shaxs, uning qonuniy vakili, psixiatriya muassasasi rahbari yoki prokuror qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31-modda. Gʻayriixtiyoriy tartibda statsionarda yotishni uzaytirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxsning gʻayriixtiyoriy tartibda psixiatriya statsionarida boʻlishi statsionarda yotishni uzaytirishga sabab boʻlgan asoslar saqlanib turgan vaqt mobaynidagina davom etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Gʻayriixtiyoriy tartibda psixiatriya statsionariga joylashtirilgan shaxs dastlabki olti oy mobaynida har oyda kamida bir marta psixiatriya muassasasining shifokor psixiatrlari komissiyasi tomonidan statsionarda yotishni uzaytirish toʻgʻrisidagi masalani hal qilish uchun tekshiruvdan oʻtkazilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxs gʻayriixtiyoriy tartibda psixiatriya statsionariga joylashtirilgan paytdan eʼtiboran olti oy oʻtgandan keyin shifokor psixiatrlarning statsionarda ana shunday yotishni uzaytirish zarurligi toʻgʻrisidagi xulosasi psixiatriya statsionari maʼmuriyati tomonidan psixiatriya muassasasi joylashgan yerdagi sudga yuboriladi. Sud statsionarda yotishni ushbu Qonunning 29—30-moddalarida nazarda tutilgan tartibda uzaytirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxsning psixiatriya statsionarida yotishi olti oydan ortiq uzaytirilganda shifokor psixiatrlar komissiyasi tomonidan tekshiruvlar olti oyda kamida bir marta oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32-modda. Psixiatriya yordami koʻrsatishda xavfsizlikni taʼminlash choralari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Statsionarda psixiatriya yordami statsionarga yotqizilgan shaxsning va boshqa shaxslarning xavfsizligini taʼminlaydigan sharoitlarda, tibbiy xodimlar tomonidan uning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilgan holda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Gʻayriixtiyoriy tartibda psixiatriya statsionariga yotqizilganda va bu yerda boʻlinganda jismoniy siquvga olish va ajratib qoʻyish choralari, shifokor psixiatrning fikriga koʻra, shaxsning oʻzi yoki boshqa shaxslar uchun xavf tugʻdiruvchi harakatlarini oʻzga usullar bilan bartaraf etish mumkin boʻlmagan hollarda, shakllarda va davrda qoʻllaniladi va tibbiy xodimlarning doimiy nazoratida amalga oshiriladi. Jismoniy siquvga olish yoki ajratib qoʻyish choralarining shakllari va vaqti haqida tibbiy hujjatlarga yozib qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichki ishlar organlarining xodimlari gʻayriixtiyoriy ravishda statsionarga yotqizishni amalga oshirishda tibbiy xodimlarga yordam koʻrsatishlari va yotqizilayotgan shaxs bilan muloqotda boʻlish va uni koʻzdan kechirish uchun xavfsiz sharoitni taʼminlashlari shart. Yotqizilayotgan shaxsning atrofidagilar hayoti va sogʻligʻiga xavf soluvchi harakatlarini bartaraf etish zarur boʻlgan hollarda, shuningdek yotqizilishi kerak boʻlgan shaxsni qidirish va ushlash zarurati boʻlganda ichki ishlar organlarining xodimlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda harakat qiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33-modda. Voyaga yetmaganlar va muomalaga layoqatsiz deb topilgan, qonuniy vakillarining iltimosiga binoan yoki roziligi bilan psixiatriya statsionariga joylashtirilgan shaxslarni tekshiruvdan oʻtkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonuniy vakillarining iltimosiga binoan yoki roziligi bilan psixiatriya statsionariga joylashtirilgan oʻn toʻrt yoshgacha boʻlgan voyaga yetmagan shaxs va qonunda belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxs psixiatriya muassasasi shifokor psixiatrlarining komissiyasi tomonidan ushbu Qonun 28-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan tartibda majburiy tekshiruvdan oʻtkazilishi kerak. Bu shaxslar dastlabki olti oy mobaynida shifokor psixiatrlar komissiyasi tomonidan har oyda kamida bir marta statsionarda boʻlishini uzaytirish toʻgʻrisidagi masalani hal qilish uchun tekshiruvdan oʻtkazilishlari lozim. Statsionarda boʻlish olti oydan ortiq uzaytirilganda shifokor psixiatrlar komissiyasi tomonidan tekshiruv olti oyda kamida bir marta oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻn toʻrt yoshgacha boʻlgan voyaga yetmagan shaxsni yoki belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxsni statsionarga yotqizishda shifokor psixiatrlar komissiyasi yoki psixiatriya statsionari maʼmuriyati yoʻl qoʻyilgan suiisteʼmolliklarni aniqlagan taqdirda, psixiatriya statsionari maʼmuriyati bu haqda vasiylikdagi shaxsning turar joyidagi vasiylik va homiylik organiga xabar qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34-modda. Psixiatriya statsionarida davolanuvchilarning huquqlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davolanuvchiga uni psixiatriya statsionariga joylashtirish asoslari va maqsadlari, uning huquqlari va statsionarda oʻrnatilgan qoidalar tushuntirilishi kerak. Bu haqda tibbiy hujjatlarga yozib qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Psixiatriya statsionarida davolanayotgan yoki tekshiruvdan oʻtayotgan davolanuvchilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davolash, tekshiruvdan oʻtkazish, psixiatriya statsionaridan chiqarish va ushbu Qonun bilan berilgan huquqlarga rioya etish masalalari yuzasidan bevosita bosh shifokorga yoki boʻlim mudiriga murojaat etishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga shikoyatlar va arizalar berishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
advokat va ruhoniy bilan yolgʻiz uchrashishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tibbiy moneliklar boʻlmasa diniy urf-odatlarni bajo etishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gazeta va jurnallarga obuna boʻlishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agar davolanuvchi oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan boʻlsa umumiy taʼlim maktabi yoki intellektual rivojlanishi buzilgan bolalar maxsus maktabi dasturi boʻyicha taʼlim olishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agar davolanuvchi foydali mehnatda ishtirok etayotgan boʻlsa mehnati uchun uning miqdori va sifatiga muvofiq boshqa fuqarolar bilan teng ravishda haq olishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xatlar yozish va olishga, posilkalar, banderollar va pul joʻnatmalari olish va joʻnatishga, telefondan foydalanishga, keluvchilarni qabul qilishga, eng zaruriy narsalarga ega boʻlish va ularni olishga, oʻz kiyim-kechagidan foydalanishga haqli. Bu huquqlar davolanuvchi va boshqa shaxslarning sogʻligʻi yoki xavfsizligi manfaatlarini koʻzlab shifokorning tavsiyasiga koʻra cheklanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Gazeta va jurnallarga yakka tartibda obuna boʻlish, telefonda soʻzlashuvlar va boshqa pulli xizmatlar davolanuvchilarning mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Psixiatriya statsionarida davolanayotgan yoki tekshiruvdan oʻtayotgan davolanuvchilar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35-modda. Psixiatriya statsionari maʼmuriyati va tibbiy xodimlarining majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Psixiatriya statsionarining maʼmuriyati va tibbiy xodimlari davolanuvchilarning va ularning qonuniy vakillarining ushbu Qonunda nazarda tutilgan huquqlarini amalga oshirish uchun shart-sharoit yaratishlari, shu jumladan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
psixiatriya statsionaridagi davolanuvchilarni zarur tibbiy yordam bilan taʼminlashlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Qonun matni, mazkur psixiatriya statsionarining ichki tartib qoidalari bilan, davolanuvchilarning huquqlari buzilgan taqdirda murojaat etishlari mumkin boʻlgan davlat va jamoat organlari, muassasalar, tashkilotlar va mansabdor shaxslarning manzillari va telefonlari bilan tanishish imkoniyatini berishlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davolanuvchilarning xat yozishi va olishi, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga shikoyat va arizalar yoʻllashi uchun shart-sharoit yaratishlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davolanuvchi gʻayriixtiyoriy tartibda psixiatriya statsionariga tushgan paytdan eʼtiboran 24 soat ichida uning qonuniy vakili, qarindoshlari yoki u koʻrsatgan boshqa shaxsni xabardor qilish choralarini koʻrishlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davolanuvchining sogʻligʻi holatidagi oʻzgarishlar va u bilan bogʻliq favqulodda hodisalar haqida uning qonuniy vakili yoki qarindoshlarini, shuningdek u koʻrsatgan boshqa shaxsni xabardor qilishlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
statsionardagi davolanuvchilarning xavfsizligini taʼminlashlari, posilkalar va unga olib kelingan narsalarning tarkibini nazorat qilishlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunda belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz deb topilgan, ammo qonuniy vakilga ega boʻlmagan davolanuvchilarning qonuniy vakili vazifasini bajarishlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarni bajarishlari shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36-modda. Psixiatriya statsionaridan chiqarish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davolanuvchini psixiatriya statsionaridan chiqarish u sogʻayib ketgan yoki uning ruhiy holati yaxshilanib, bundan buyon statsionarda davolanish talab qilinmagan hollarda, shuningdek statsionarga joylashtirish uchun asos boʻlgan tekshiruv yoki ekspertiza nihoyasiga yetkazilganidan keyin amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Psixiatriya statsionarida ixtiyoriy ravishda turgan davolanuvchini chiqarish uning shaxsiy arizasiga, uning qonuniy vakilining arizasiga yoki davolovchi shifokorning qaroriga binoan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Gʻayriixtiyoriy tartibda psixiatriya statsionariga yotqizilgan davolanuvchini chiqarish shifokor psixiatrlar komissiyasining xulosasiga yoki sudning bunday yotishni uzaytirishni rad qilish toʻgʻrisidagi qaroriga binoan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud qaroriga binoan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari qoʻllanilgan davolanuvchini statsionardan chiqarish faqat sud qarori bilan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ixtiyoriy ravishda psixiatriya statsionariga yotgan davolanuvchini, agar psixiatriya muassasasining shifokor psixiatrlari komissiyasi tomonidan gʻayriixtiyoriy tartibda yotqizish uchun ushbu Qonunning 27-moddasida nazarda tutilgan asoslar aniqlansa, uni chiqarish rad etilishi mumkin. Bu holda psixiatriya statsionarida boʻlish, yotishni uzaytirish va statsionardan chiqarish masalalari ushbu Qonunning 28—31-moddalarida, shuningdek ushbu moddaning uchinchi qismida belgilangan tartibda hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37-modda. Shaxslarni ijtimoiy taʼminot psixiatriya muassasasiga joylashtirish asoslari va tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijtimoiy taʼminot psixiatriya muassasasiga joylashtirish uchun ruhiy holati buzilgan shaxsning shaxsiy arizasi va shifokor psixiatr ishtirokidagi tibbiy komissiyaning xulosasi, oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan shaxs yoki qonunda belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxs uchun esa — shifokor psixiatr ishtirokidagi tibbiy komissiyaning xulosasi asosida vasiylik va homiylik organi qabul qilgan qaror asos hisoblanadi. Xulosa shaxsda uning ixtisoslashmagan ijtimoiy taʼminot muassasasida boʻlish imkoniyatidan mahrum etadigan ruhiy holatning buzilishi borligi haqidagi, muomalaga layoqatli shaxsga nisbatan esa — shuningdek uni muomalaga layoqatsiz deb topish toʻgʻrisidagi masalani sud oldiga qoʻyish uchun asoslar yoʻqligi haqidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vasiylik va homiylik organi ijtimoiy taʼminot psixiatriya muassasasiga joylashtirilgan shaxslarning mulkiy manfaatlarini muhofaza qilish choralarini koʻrishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38-modda. Shaxslarni maxsus taʼlim psixiatriya muassasasiga joylashtirish asoslari va tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan, ruhiy holati buzilgan shaxslarni maxsus taʼlim psixiatriya muassasasiga joylashtirish uchun uning ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakilining arizasi va psixolog, pedagog va shifokor psixiatrdan iborat tarkibdagi komissiyaning majburiy xulosasi asos hisoblanadi. Xulosa voyaga yetmagan shaxsni intellektual rivojlanishi buzilgan bolalar maxsus maktabi sharoitida oʻqitish zarurligi haqidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39-modda. Ijtimoiy taʼminot yoki maxsus taʼlim psixiatriya muassasasida yashayotgan shaxslarning huquqlari va shu muassasalar maʼmuriyatining majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijtimoiy taʼminot yoki maxsus taʼlim psixiatriya muassasalarida yashayotgan shaxslar ushbu Qonunning 34-moddasida nazarda tutilgan huquqlardan foydalanadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijtimoiy taʼminot yoki maxsus taʼlim psixiatriya muassasasi maʼmuriyati va xodimlarining u yerda yashovchi shaxslarning huquqlarini roʻyobga chiqarish uchun shart-sharoit yaratishga doir majburiyatlari ushbu Qonunning 35-moddasi hamda boshqa qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijtimoiy taʼminot yoki maxsus taʼlim psixiatriya muassasasining maʼmuriyati bir yilda kamida bir marta u yerda yashovchi shaxslarni bu muassasada bundan buyon saqlab turish toʻgʻrisidagi, shuningdek ularning muomalaga layoqatliligi haqidagi qarorni qayta koʻrib chiqish mumkinligi toʻgʻrisidagi masalani hal etish maqsadida ularni shifokor psixiatr ishtirokidagi tibbiy komissiya tomonidan tekshiruvdan oʻtkazishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40-modda. Ijtimoiy taʼminot yoki maxsus taʼlim psixiatriya muassasasidan boshqasiga oʻtkazish va chiqarish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxsni ijtimoiy taʼminot yoki maxsus taʼlim psixiatriya muassasasidan umumiy tipdagi shunday muassasaga oʻtkazish uchun shifokor psixiatr ishtirokidagi tibbiy komissiyaning ixtisoslashtirilgan psixiatriya muassasasida yashashi yoki taʼlim olishi uchun tibbiy zarurat yoʻqligi haqidagi xulosasi asos hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijtimoiy taʼminot yoki maxsus taʼlim psixiatriya muassasasidan chiqarish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shifokor psixiatr ishtirokidagi tibbiy komissiyaning shaxs sogʻligʻi holatiga koʻra mustaqil ravishda yashashga layoqatliligi toʻgʻrisidagi xulosasi boʻlsa, shaxsning shaxsiy arizasiga binoan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chiqarilayotgan shaxsning ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakilining, oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan shaxsni yoki qonunda belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxsni parvarishlash majburiyatini zimmasiga olayotgan qarindoshlarining arizasiga binoan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. YAKUNLOVChI QOIDALAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41-modda. Psixiatriya yordami koʻrsatish faoliyati ustidan nazorat qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Psixiatriya muassasalari va psixiatriya yordami koʻrsatuvchi shaxslarning faoliyati ustidan nazoratni Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, boshqa davlat organlari, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlari oʻz vakolatlari doirasida amalga oshiradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Psixiatriya muassasalari, shuningdek psixiatriya yordami koʻrsatuvchi shaxslar faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati jamoat birlashmalari tomonidan oʻz ustavlariga muvofiq amalga oshirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42-modda. Psixiatriya yordami koʻrsatishga doir harakatlar ustidan shikoyat qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tibbiyot xodimlari, boshqa mutaxassislar, ijtimoiy taʼminot va taʼlim xodimlari, tibbiy komissiyalar va boshqa shaxslarning fuqarolarga psixiatriya yordami koʻrsatishda ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini kamsituvchi harakatlari ustidan boʻysunuviga koʻra yuqori turuvchi organga yoki bevosita sudga shikoyat qilish mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43-modda. Psixiatriya yordami toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Psixiatriya yordami toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining buzilishida aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahri,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2000-yil 31-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
123-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-y., 7-8-son, 215-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 51-son, 542-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.08.2019-y., 03/19/559/3670-son, 13.09.2019-y., 03/19/567/3737-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)