Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Davlatning xorijdan mablagʻ jalb qilishi toʻgʻrisidagi shartnomalar boʻyicha yuridik xulosalar berish tartibi haqidagi Nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida
Keyingi tahrirga qarang.
“Xorijdan mablagʻ jalb qilish toʻgʻrisida”gi Qonunga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-son qaroriga muvofiq, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan davlatning xorijdan mablagʻ jalb qilishi toʻgʻrisidagi shartnomalar boʻyicha yuridik xulosalar berishni tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
1. Davlatning xorijdan mablagʻ jalb qilishi toʻgʻrisidagi shartnomalar boʻyicha yuridik xulosalar berish tartibi haqidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri M.M. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2015-yil 10-iyul,
187-son
Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 10-iyuldagi 187-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Davlatning xorijdan mablagʻ jalb qilishi toʻgʻrisidagi shartnomalar boʻyicha yuridik xulosalar berish tartibi haqida
NIZOM
Keyingi tahrirga qarang.
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom “Xorijdan mablagʻ jalb qilish toʻgʻrisida”gi Qonunga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-son qaroriga muvofiq davlatning xorijdan mablagʻ jalb qilishi toʻgʻrisidagi shartnomalar boʻyicha yuridik xulosalar berish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ushbu Nizom investitsiya shartnomalari doirasida paydo boʻladigan munosabatlarga tatbiq etilmaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
davlatning xorijdan mablagʻ jalb qilishi toʻgʻrisidagi shartnoma — chet el manbalaridan (chet davlatlar, xalqaro tashkilotlardan, xalqaro moliya va iqtisodiy institutlardan, chet el hukumatlarining moliya tashkilotlaridan hamda Oʻzbekiston Respublikasining boshqa norezidentlaridan) mablagʻlarni jalb etish boʻyicha shartnoma, bu mablagʻlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining qarz oluvchi yoki qarz oluvchi-rezidentlarning kreditlarini (qarzlarini) toʻlashga kafil sifatidagi majburiyatlari yuzaga keladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Taraflar — davlatning xorijdan mablagʻ jalb qilishi toʻgʻrisidagi shartnomaning taraflari yoki taraflaridan biri;
Qarz oluvchi — davlatning xorijdan mablagʻ jalb qilishi toʻgʻrisidagi shartnomani tuzgan Oʻzbekiston Respublikasi nomidan ish koʻruvchi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoki belgilangan tartibda vakolat berilgan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar.
3. Davlatning xorijdan mablagʻ jalb qilishi toʻgʻrisidagi shartnomalari boʻyicha yuridik xulosalar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (keyingi oʻrinlarda Adliya vazirligi deb ataladi) tomonidan beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Yuridik xulosaning shakli Taraflar tomonidan belgilanadi va u davlatning xorijdan mablagʻ jalb qilishi toʻgʻrisidagi shartnoma tuzilgunga qadar Adliya vazirligi bilan kelishiladi.
II. Yuridik xulosa berish uchun zarur boʻladigan hujjatlar
5. Qarz oluvchi yuridik xulosa olish uchun Adliya vazirligiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
a) ilova qilinayotgan hujjatlar koʻrsatilgan holda, davlatning xorijdan mablagʻ jalb qilishi toʻgʻrisidagi shartnoma boʻyicha yuridik xulosa berish haqidagi yozma murojaat;
Keyingi tahrirga qarang.
b) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining davlatning xorijdan mablagʻ jalb qilishi toʻgʻrisidagi shartnoma boʻyicha yuridik xulosa berish yuzasidan qarori (topshirigʻi) nusxasi;
Keyingi tahrirga qarang.
v) davlatning xorijdan mablagʻ jalb qilishi toʻgʻrisidagi shartnomaning asli va nusxasi;
g) yuridik xulosaning davlat yoki rus tilidagi (Taraflarning tanlashiga koʻra — ingliz tilidagi) qogʻoz va elektron koʻrinishdagi loyihasi;
d) davlatning xorijdan mablagʻ jalb qilishi toʻgʻrisidagi shartnomani imzolash uchun Qarz oluvchining vakolatini tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
e) Oʻzbekiston Respublikasining davlat kafolatini nazarda tutuvchi hujjatning nusxasi (agar uni taqdim etish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorida nazarda tutilgan boʻlsa);
j) taʼsis hujjatlarining nusxalari — agar Qarz oluvchi mustaqil xoʻjalik yurituvchi subyekt boʻlsa;
z) Qarz oluvchining asoslangan yozma izohi — taqdim etilgan hujjatlarda kelishmovchiliklar (nomuvofiqliklar) va/yoki noaniqliklar mavjud boʻlgan taqdirda;
i) davlatning xorijdan mablagʻ jalb qilishi toʻgʻrisidagi shartnomada ularga havolalar mavjud boʻlgan boshqa hujjatlarning nusxalari.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Ushbu Nizomning 5-bandida koʻrsatilgan hujjatlar chet tilida (rus tilidan tashqari) tuzilgan taqdirda ushbu hujjatlarning davlat tiliga yoki rus tiliga tarjima qilingan matnlari ham taqdim etiladi, ular hujjatlarni taqdim etgan organ rahbarining yoki rahbari oʻrinbosarining imzosi bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak.
Davlatning xorijdan mablagʻ jalb qilishi toʻgʻrisidagi shartnomaning Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlari vazirligida saqlanayotgan nusxasi belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlari vazirligi tomonidan tasdiqlangan boʻlishi kerak.
Taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqish natijalaridan qatʼi nazar, ularning nusxalari qaytarib berilmaydi.
7. Hujjatlar Qarz oluvchi tomonidan Adliya vazirligiga bevosita taqdim etiladi yoxud ularning olingani toʻgʻrisidagi xabarnoma bilan pochta aloqa vositasi orqali yetkaziladi.
Hujjatlar Adliya vazirligi kanselyariyasining masʼul shaxsi tomonidan roʻyxat boʻyicha va hujjatlarning qabul qilingan sanasi toʻgʻrisidagi belgi bilan qabul qilinadi.
8. Notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlar taqdim etilganligi uchun Qarz oluvchi javobgar boʻladi.
III. Hujjatlarni koʻrib chiqish, yuridik xulosani rasmiylashtirish, berish yoki berishni rad etish
9. Ushbu Nizomning 5-bandiga muvofiq taqdim etilgan hujjatlar kanselyariya tomonidan qabul qilingan kundan boshlab 10 ish kuni mobaynida Adliya vazirligi tomonidan oʻz vakolati doirasida, shu jumladan Qarz oluvchining davlatning xorijdan mablagʻ jalb qilishi toʻgʻrisidagi shartnomani tuzishga vakolatlari mavjudligi, ularning toʻliqligi va oʻzaro muvofiqligi yuzasidan koʻrib chiqiladi.
11. Yuridik xulosa Taraflarning tanlashiga koʻra davlat, rus yoki ingliz tilida rasmiylashtiriladi.
12. Hujjatlarning va yuridik xulosaning asl nusxalari Qarz oluvchining vakiliga tilxat bilan beriladi. Yuridik xulosa rasmiylashtirilgandan keyin hujjatlar bir ish kuni mobaynida Qarz oluvchining vakili tomonidan olinmagan taqdirda ular yuridik xulosa olish uchun hujjatlarni taqdim etgan Qarz oluvchiga Adliya vazirligi tomonidan pochta aloqa vositasi orqali yuborilishi mumkin.
13. Agar yuridik xulosa berilgandan keyin Taraflarda asoslangan sabablarga koʻra takroriy yuridik xulosa (tuzatishlar bilan) olishga zarurat paydo boʻlsa, yuridik xulosani takroran berish ushbu masala Qarz oluvchi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan belgilangan tartibda kelishilgandan keyin Adliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
14. Yuridik xulosani berish quyidagi holatlarda rad etiladi, agar:
a) ushbu Nizomning 5-bandida koʻrsatilgan hujjatlar toʻliq hajmda taqdim etilmagan boʻlsa;
b) taqdim etilgan hujjatlarda qarama-qarshiliklar yoki nomuvofiqliklar mavjud boʻlsa;
v) Qarz oluvchi davlatning xorijdan mablagʻ jalb qilishi toʻgʻrisidagi shartnomani tuzish vakolatlariga ega boʻlmasa;
g) talab etilayotgan yuridik xulosaning shakli ushbu Nizomning 4-bandiga muvofiq Adliya vazirligi bilan kelishilgan yuridik xulosa loyihasi shakliga muvofiq boʻlmasa.
15. Yuridik xulosani berish rad etilgan taqdirda hujjatlarning asl nusxalari Qarz oluvchiga ushbu Nizomning 12-bandida koʻrsatilgan tartibda, rad etishning sabablari yozma ravishda asoslangan holda qaytarib beriladi.