10.07.2015 yildagi 187-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlatning xorijdan mablagʻ jalb qilishi toʻgʻrisidagi shartnomalar va Oʻzbekiston Respublikasining davlat kafolatlari boʻyicha yuridik xulosalar berish tartibi haqidagi Nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-iyuldagi 522-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.07.2018-y., 09/18/522/1492-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Xorijdan mablagʻ jalb qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son qaroriga muvofiq, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan davlatning xorijdan mablagʻ jalb qilishi toʻgʻrisidagi shartnomalar va Oʻzbekiston Respublikasining davlat kafolatlari boʻyicha yuridik xulosalar berishni tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-iyuldagi 522-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.07.2018-y., 09/18/522/1492-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Davlatning xorijdan mablagʻ jalb qilishi toʻgʻrisidagi shartnomalar va Oʻzbekiston Respublikasining davlat kafolatlari boʻyicha yuridik xulosalar berish tartibi haqidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-iyuldagi 522-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.07.2018-y., 09/18/522/1492-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri M.M. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2015-yil 10-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
187-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 10-iyuldagi 187-son qaroriga
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlatning xorijdan mablagʻ jalb qilishi toʻgʻrisidagi shartnomalar va Oʻzbekiston Respublikasining davlat kafolatlari boʻyicha yuridik xulosalar berish tartibi haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nizom
(ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-iyuldagi 522-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.07.2018-y., 09/18/522/1492-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom “Xorijdan mablagʻ jalb qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son qaroriga muvofiq davlatning xorijdan mablagʻ jalb qilishi toʻgʻrisidagi shartnomalar va Oʻzbekiston Respublikasining davlat kafolatlari boʻyicha yuridik xulosalar berish tartibini belgilaydi.
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-iyuldagi 522-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.07.2018-y., 09/18/522/1492-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Nizom investitsiya shartnomalari doirasida paydo boʻladigan munosabatlarga tatbiq etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlatning xorijdan mablagʻ jalb qilishi toʻgʻrisidagi shartnoma — chet el manbalaridan (chet davlatlar, xalqaro tashkilotlardan, xalqaro moliya va iqtisodiy institutlardan, chet el hukumatlarining moliya tashkilotlaridan hamda Oʻzbekiston Respublikasining boshqa norezidentlaridan) mablagʻlarni jalb etish boʻyicha shartnoma, bu mablagʻlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining qarz oluvchi yoki qarz oluvchi-rezidentlarning kreditlarini (qarzlarini) toʻlashga kafil sifatidagi majburiyatlari yuzaga keladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining davlat kafolati — qarz oluvchi-rezident oʻzidan undiriladigan summani qarz (kredit) berish kelishuvlarida belgilangan muddatda toʻlamagan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasining qarz beruvchi oldidagi qarzni toʻliq yoki qisman toʻlash majburiyatidir.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-iyuldagi 522-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.07.2018-y., 09/18/522/1492-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taraflar — davlatning xorijdan mablagʻ jalb qilishi toʻgʻrisidagi shartnomaning taraflari yoki taraflaridan biri;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarz oluvchi — davlatning xorijdan mablagʻ jalb qilishi toʻgʻrisidagi shartnomani tuzgan Oʻzbekiston Respublikasi nomidan ish koʻruvchi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoki belgilangan tartibda vakolat berilgan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Davlatning xorijdan mablagʻ jalb qilishi toʻgʻrisidagi shartnomalari va Oʻzbekiston Respublikasining davlat kafolatlari boʻyicha yuridik xulosalar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (keyingi oʻrinlarda Adliya vazirligi deb ataladi) tomonidan beriladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-iyuldagi 522-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.07.2018-y., 09/18/522/1492-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Yuridik xulosaning shakli Taraflar tomonidan belgilanadi va u davlatning xorijdan mablagʻ jalb qilishi toʻgʻrisidagi shartnoma tuzilgunga qadar Adliya vazirligi bilan kelishiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Yuridik xulosa berish uchun zarur boʻladigan hujjatlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Qarz oluvchi yuridik xulosa olish uchun Adliya vazirligiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) ilova qilinayotgan hujjatlar koʻrsatilgan holda, davlatning xorijdan mablagʻ jalb qilishi toʻgʻrisidagi shartnoma va Oʻzbekiston Respublikasining davlat kafolatlari boʻyicha yuridik xulosa berish haqidagi yozma murojaat;
(5-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-iyuldagi 522-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.07.2018-y., 09/18/522/1492-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining davlatning xorijdan mablagʻ jalb qilishi toʻgʻrisidagi shartnoma va Oʻzbekiston Respublikasining davlat kafolatlari boʻyicha yuridik xulosa berish yuzasidan qarori (topshirigʻi) nusxasi;
(5-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-iyuldagi 522-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.07.2018-y., 09/18/522/1492-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) davlatning xorijdan mablagʻ jalb qilishi toʻgʻrisidagi shartnomaning asli va nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) yuridik xulosaning davlat yoki rus tilidagi (Taraflarning tanlashiga koʻra — ingliz tilidagi) qogʻoz va elektron koʻrinishdagi loyihasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) davlatning xorijdan mablagʻ jalb qilishi toʻgʻrisidagi shartnomani imzolash uchun Qarz oluvchining vakolatini tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) Oʻzbekiston Respublikasining davlat kafolatini nazarda tutuvchi hujjatning nusxasi (agar uni taqdim etish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorida nazarda tutilgan boʻlsa);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) taʼsis hujjatlarining nusxalari — agar Qarz oluvchi mustaqil xoʻjalik yurituvchi subyekt boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
z) Qarz oluvchining asoslangan yozma izohi — taqdim etilgan hujjatlarda kelishmovchiliklar (nomuvofiqliklar) va/yoki noaniqliklar mavjud boʻlgan taqdirda;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
i) taqdim etilayotgan hujjatlarda havolalari mavjud boʻlgan boshqa hujjatlarning nusxalari.
(5-bandning “i” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-iyuldagi 522-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.07.2018-y., 09/18/522/1492-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ushbu Nizomning 5-bandida koʻrsatilgan hujjatlar chet tilida (rus tilidan tashqari) tuzilgan taqdirda ushbu hujjatlarning davlat tiliga yoki rus tiliga tarjima qilingan matnlari ham taqdim etiladi, ular hujjatlarni taqdim etgan organ rahbarining yoki rahbari oʻrinbosarining imzosi bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlatning xorijdan mablagʻ jalb qilishi toʻgʻrisidagi shartnomaning Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlari vazirligida saqlanayotgan nusxasi belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlari vazirligi tomonidan tasdiqlangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqish natijalaridan qatʼi nazar, ularning nusxalari qaytarib berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Hujjatlar Qarz oluvchi tomonidan Adliya vazirligiga bevosita taqdim etiladi yoxud ularning olingani toʻgʻrisidagi xabarnoma bilan pochta aloqa vositasi orqali yetkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatlar Adliya vazirligi kanselyariyasining masʼul shaxsi tomonidan roʻyxat boʻyicha va hujjatlarning qabul qilingan sanasi toʻgʻrisidagi belgi bilan qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlar taqdim etilganligi uchun Qarz oluvchi javobgar boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Hujjatlarni koʻrib chiqish, yuridik xulosani rasmiylashtirish, berish yoki berishni rad etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Ushbu Nizomning 5-bandiga muvofiq taqdim etilgan hujjatlar kanselyariya tomonidan qabul qilingan kundan boshlab 10 ish kuni mobaynida Adliya vazirligi tomonidan oʻz vakolati doirasida, shu jumladan Qarz oluvchining davlatning xorijdan mablagʻ jalb qilishi toʻgʻrisidagi shartnomani tuzishga vakolatlari mavjudligi, ularning toʻliqligi va oʻzaro muvofiqligi yuzasidan koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Ushbu Nizomning 5-bandiga muvofiq taqdim etilgan hujjatlar boʻyicha eʼtirozlar mavjud boʻlmagan taqdirda Adliya vazirligi tomonidan ushbu Nizomning 9-bandida koʻrsatilgan muddat doirasida yuridik xulosa rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Yuridik xulosa Taraflarning tanlashiga koʻra davlat, rus yoki ingliz tilida rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Hujjatlarning va yuridik xulosaning asl nusxalari Qarz oluvchining vakiliga tilxat bilan beriladi. Yuridik xulosa rasmiylashtirilgandan keyin hujjatlar bir ish kuni mobaynida Qarz oluvchining vakili tomonidan olinmagan taqdirda ular yuridik xulosa olish uchun hujjatlarni taqdim etgan Qarz oluvchiga Adliya vazirligi tomonidan pochta aloqa vositasi orqali yuborilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Agar yuridik xulosa berilgandan keyin Taraflarda asoslangan sabablarga koʻra takroriy yuridik xulosa (tuzatishlar bilan) olishga zarurat paydo boʻlsa, yuridik xulosani takroran berish ushbu masala Qarz oluvchi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan belgilangan tartibda kelishilgandan keyin Adliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Yuridik xulosani berish quyidagi holatlarda rad etiladi, agar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) ushbu Nizomning 5-bandida koʻrsatilgan hujjatlar toʻliq hajmda taqdim etilmagan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) taqdim etilgan hujjatlarda qarama-qarshiliklar yoki nomuvofiqliklar mavjud boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Qarz oluvchi davlatning xorijdan mablagʻ jalb qilishi toʻgʻrisidagi shartnomani tuzish vakolatlariga ega boʻlmasa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) talab etilayotgan yuridik xulosaning shakli ushbu Nizomning 4-bandiga muvofiq Adliya vazirligi bilan kelishilgan yuridik xulosa loyihasi shakliga muvofiq boʻlmasa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Yuridik xulosani berish rad etilgan taqdirda hujjatlarning asl nusxalari Qarz oluvchiga ushbu Nizomning 12-bandida koʻrsatilgan tartibda, rad etishning sabablari yozma ravishda asoslangan holda qaytarib beriladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 28-son, 368-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.07.2018-y., 09/18/522/1492-son)