Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2020 24.03.2000 yildagi 104-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2020
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
BANK TIZIMINI ISLOH QILIShGA DOIR QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Koʻchirma]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-avgustdagi 472-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2019-yil 22-oktabrdagi OʻRQ-573-son va “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2019-yil 5-noyabrdagi OʻRQ-580-son qonunlari)”gi qaroriga asosan 2020-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Bank tizimini yanada erkinlashtirish va isloh qilish borasidagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2000-yil 21-martdagi PF–2564-son Farmoniga muvofiq va bank tizimini rivojlantirishni ragʻbatlantirish, boʻsh mablagʻlarni bank muomalasiga jalb qilish va banklarning iqtisodiyotning aniq sektorida ishlayotgan korxonalarni kreditlash boʻyicha imkoniyatlarini kengaytirish, banklarning mustaqilligini taʼminlash va aholining moliya-bank tizimiga boʻlgan ishonchini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan kredit siyosatini shakllantirish va amalga oshirishga, shu jumladan yakka tartibdagi tadbirkorlarni, fermer va dehqon xoʻjaliklarini, kichik va oʻrta biznesning boshqa subyektlariga kredit va mikrokredit berishda, investitsiya loyihalarini, erkin muomaladagi valyutada mablagʻ bilan taʼminlashda tijorat banklariga koʻproq mustaqillik berishga qaratilgan meʼyoriy hujjatlar turkumi, shuningdek banklarda korporativ boshqarishga doir tavsiyalar ishlab chiqilganligi va tasdiqlanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga Moliya vazirligi, Davlat mulki qoʻmitasi, Tijorat banklari Kengashlari bilan birgalikda banklarning kapitallashuvi darajasiga qarab 2000—2004-yillar mobaynida har yili soliqlar toʻlangandan keyin foydaning 10 foizidan 30 foizgachasini tijorat banklarining oʻz sarmoyalarini koʻpaytirishga yoʻllashini nazarda tutuvchi meʼyoriy talablarni bir oy muddatda ishlab chiqish va joriy etish tavsiya qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Tijorat banklariga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fermer va dehqon xoʻjaliklariga, mikrofirmalarga, kichik va oʻrta biznes korxonalariga, ishlab chiqarish korxonalariga berilayotgan investitsiya kreditlari miqdorini kengaytirishni nazarda tutish tavsiya qilinsin. Bunda dehqon va fermer xoʻjaliklariga kredit berishning eng kam muddati, qoidaga koʻra, kamida 2 yil boʻlishi belgilab qoʻyilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yirik investitsiya loyihalarini mablagʻ bilan taʼminlash uchun sindikatlashtirilgan kreditlarni amaliyotga joriy etish chora-tadbirlarini koʻrish tavsiya qilinsin. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tijorat banklari tomonidan bunday kreditlar berish tartibi toʻgʻrisidagi tavsiyalarni ishlab chiqsin, kreditlashda qatnashuvchi banklarning javobgarligi va vakolatlarining aniq doiralarini belgilashni nazarda tutsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
omonatlarning har xil turlari boʻyicha bank tomonidan belgilangan foiz stavkalarini, shuningdek berilayotgan kreditlar boʻyicha oʻrtacha stavkalarni ommaviy axborot vositalarida muntazam eʼlon qilish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy bank bilan birgalikda Vazirlar Mahkamasiga aholining muddatli depozitlari oʻsishiga qarab tijorat banklari daromadlariga imtiyozli soliq solishni joriy etish toʻgʻrisida ikki hafta muddatda takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Bank tizimini isloh qilish respublika komissiyasi tomonidan ishlab chiqilgan 2000 — 2003-yillarda bank tizimini yanada isloh qilish dasturi va uning boʻyicha tadbirlar 1-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Tijorat banklarining Kengashlari va boshqaruvlariga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korporativ boshqaruvni yanada takomillashtirish, aksiyadorlarning manfaatlarini himoya qilish uchun taʼsirchan shart-sharoitlar yaratish va banklarning kapitallashuvini mustahkamlash uchun banklarning ijro etuvchi organlari va ichki audit xizmatlari rahbarlarining kredit, investitsiya va operatsiya siyosatini amalga oshirishga doir hisobotlarini yilning har choragida eshitish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iqtisodiyotning real sektoriga kredit qoʻyilmalari oʻsishini, tavakkalchiliklarning oqilona diversifikatsiyasini, qisqa muddatli kredit resurslari bozorida operatsiyalardan yuqori daromadlar olinishini ragʻbatlantiruvchi bank kredit siyosatining asosiy yoʻnalishlarini har yili ishlab chiqish va tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kreditlar berish shartlarini, shuningdek bank kredit portfelining holatini banklar aksiyadorlari manfaatlarini himoya qilish nuqtai nazaridan muntazam ravishda koʻrib borish tavsiya qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston banklar uyushmasi va tijorat banklari tomonidan xalqaro reyting agentliklarining reytinglari olingandan keyin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mustaqil xalqaro audit natijalariga koʻra, Jahon bankining moliyaviy sektorni rivojlantirish agentligi va Oʻzbekiston banklar uyushmasining “Axbor Reyting” kompaniyasi bilan birgalikda xalqaro reytinglar olish uchun tavsiya qilinayotgan tijorat banklarini aniqlasinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki ishtirokida 2000-yil 1-iyulgacha reytingdan oldin oʻrganish uchun “Tompson Financial Bank Watch” agentligini jalb etish masalasini ishlab chiqsinlar va tijorat banklari bilan birgalikda har bir bank boʻyicha reyting olish tadbirlarining aniqlashtirilgan jadvallarini ishlab chiqsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda 2000-2001-yillarda strategik xorijiy investorlarni tijorat banklarining aksiyadorlik sarmoyasiga jalb qilish maqsadida chet ellarda taqdimotlar oʻtkazsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi vazirlik tuzilmasida xodimlarning belgilangan soni doirasida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan banklarning ustav sarmoyalaridagi davlat ulushini boshqarish boʻyicha, shtatdagi xodimlari soni 3 kishidan iborat boʻlim tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyidagilar boʻlimning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
banklarning kredit siyosati, shu jumladan, ustuvor davlat dasturlarini mablagʻ bilan taʼminlash manfaatlaridan kelib chiqqan holda, ishlab chiqilishida qatnashish va ularning amalga oshirilishini nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
banklarni, shu jumladan, xorijiy sarmoyalarni jalb qilgan holda, xususiylashtirishga doir takliflarni ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ulushi boʻyicha dividendlar hisoblanishini va ularning belgilangan tartibda yoʻnaltirilishini nazorat qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Ustav sarmoyasida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan aksiyadorlik-tijorat banki kengashi toʻgʻrisidagi Namunaviy nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat mulki qoʻmitasi bilan birgalikda ustav sarmoyasida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan banklar kengashlari shaxsiy tarkibini bir oy muddatda oʻrganib chiqsin va ular boʻyicha takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Moliya vazirligi, vazirliklar va idoralar Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda oʻz meʼyoriy hujjatlarini mazkur qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3 va 3a-ilovalarga muvofiq qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari B.S. Hamidov va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2000-yil 24-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
104-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 24-martdagi 104-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2000—2003-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi bank tizimini isloh qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
DASTURI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Dastur Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aksiyadorlik tijorat banklari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1998-yil 2-oktabrdagi PF—2084-son Farmonini, Vazirlar Mahkamasining “Bank tizimini isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 15-yanvardagi 24-son qarorini va “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis XIV sessiyasidagi maʼruzasi asosiy qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 10-iyundagi 296-son qarorlarini bajarish yuzasidan ishlab chiqilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bank tizimini isloh qilish dasturi Oʻzbekiston Respublikasida bozor islohotlari siyosatini amalga oshirishning tarkibiy qismi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
BANK TIZIMINI ISLOH QILISh DASTURINING MAQSADLARI VA YOʻNALIShLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bozor iqtisodiyoti talablariga javob beruvchi bank tizimini shakllantirish, banklarning moliya bozoridagi vositachilik rolini faollashtirish, ularning moliyaviy mustaqilligini taʼminlash, faoliyatini jahon bank amaliyotiga yaqinlashtirish, va, pirovard natijada, banklarning ichki va xalqaro moliyaviy bozorlarda raqobatbardoshligining yuqori darajasiga erishish Dasturning strategik maqsadi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻrsatib oʻtilgan maqsadlarga erishish uchun quyidagilar Dasturning asosiy yoʻnalishlari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
banklarni xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish jarayonlarini chuqurlashtirish, tijorat banklarini yanada aksiyalashtirish, banklarga rahbarlik qilishda aksiyadorlarning rolini oshirish yoʻli bilan korporativ boshqarish tizimini mustahkamlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bank tizimini institutsional rivojlantirish, banklarning aktivlari, shu jumladan valyuta aktivlari sifatini yaxshilash hisobiga ularning moliyaviy barqarorligini oshirish, bank ishini yanada takomillashtirish va koʻrsatilayotgan bank xizmatlari turlarini kengaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tijorat banklarining investitsiya jarayonlaridagi rolini oshirish va mulkchilikning barcha shakllaridagi tadbirkorlik tuzilmalarining kredit resurslari, shu jumladan, xalqaro moliya tashkilotlari liniyasi boʻyicha kredit resurslari olishi mexanizmini takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
banklar faoliyatining tezkorligini oshirish, xalqaro moliya bozorlari bilan integratsiyalash uchun shart-sharoitlarni taʼminlash maqsadida zamonaviy xalqaro standartlarga muvofiq maʼlumotlarni uzatish banklararo tarmogʻining axborot-kompyuter infratuzilmasini yanada takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korporativ boshqarish prinsiplariga asoslangan banklar menejmentining bozor tizimini shakllantirish, banklarni bozor sharoitlarida ishlashga tayyor boʻlgan yuqori malakali mutaxassislar bilan mustahkamlash, bank kadrlarini tayyorlash va qayta tayyorlash usullarini takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholining bank tizimiga boʻlgan yuksak ishonchini taʼminlash, omonatchilar, investorlar va kreditorlarning manfaatlarini himoya qilish maqsadida banklar faoliyatini tartibga solish va bank nazorati tizimini yanada rivojlantirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. TIJORAT BANKLARINI XUSUSIYLAShTIRISh VA DAVLAT TASARRUFIDAN ChIQARISh
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hozirgi vaqtda respublika hududida 34 ta tijorat banki faoliyat koʻrsatmoqda, ularning joylarda 800 tadan ortiq filiallari bor. 5 ta bank ustav sarmoyasida davlat ulushi 25 foizdan ortiqdir. Aksiyalarning asosiy nazorat paketi davlatga qarashli boʻlgan korxonalar, uyushmalar, korporatsiyalar va konsernlar yirik aksiyadorlik-tijorat banklarining asosiy muassislari hisoblanadilar. Shu munosabat bilan aholining, xususiy tadbirkorlarning, kichik va oʻrta biznes korxonalarining, shuningdek xorijiy investorlarning tijorat banklari sarmoyasida qatnashishini kengaytirish favqulodda muhim ahamiyatga egadir. Bu banklarni boshqarishda bozor iqtisodiyoti uchun muhim boʻlgan xususiy mulkdorning manfaatini ishga tushirish imkonini beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dastur:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2000-2001-yillarda Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankini aksiyalashtirish va aksiyalarining 40 foizini hamda “Asaka” banki aksiyalarining 50 foizini xorijiy investorlarga sotish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2000—2003-yillarda mamlakatimiz investorlarini va chet ellik investorlarni jalb qilish hisobiga “Oʻzuyjoyjamgʻarmabank”, “Oʻztadbirkorbank” va “Zamin” banki ustav sarmoyalarida davlat ulushini kamaytirish yoʻli bilan banklarni bosqichma-bosqich xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarishni nazarda tutadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bank sohasida xususiylashtirish jarayonini faollashtirish, tijorat banklari aksiyalari sotilishini va ularning xaridorgirligini oshirishni taʼminlash uchun dastur fond birjalari, shu jumladan xorijiy fond birjalari orqali qimmatli qogʻozlarning birlamchi va ikkilamchi bozorlarida banklarning aksiyalarini sotish mexanizmini takomillashtirishni nazarda tutadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. BANK TIZIMINI INSTITUTSIONAL RIVOJLANTIRISh VA BANK IShINI YANADA TAKOMILLAShTIRISh
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hozirgi vaqtda bank tizimi aktivlarining 80 foizdan ortigʻi davlat va ixtisoslashtirilgan (tarmoq) banklar ulushiga toʻgʻri kelmoqda. Banklar aktivlarining iqtisodiyotning ayrim tarmoqlarida notekis jamlanishi kichik, oʻrta va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishiga, moliya bozorida banklar oʻrtasida raqobatning kuchayishiga, banklar tavakkalchilik aktivlarining diversifikatsiyasiga, shuningdek bank faoliyatining monopoliyadan chiqarilishiga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Banklarning tavakkalchilik aktivlarini diversifikatsiyalash, bank faoliyatini amalga oshirishda ularning mustaqilligini taʼminlash, moliya bozorida raqobatni kuchaytirish, bank tomonidan moliyalashtirishning bozor prinsiplarini rivojlantirish, shuningdek, kichik, oʻrta va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga koʻmaklashish maqsadida Dasturda quyidagilar nazarda tutiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ixtisoslashtirilgan banklar tomonidan xizmat koʻrsatilayotgan tarmoqlar sonini, xoʻjalik yurituvchi subyektlar turlarini va sodir etilayotgan operatsiyalar sonini kengaytirish yoʻli bilan ishlab turgan ixtisoslashtirilgan (tarmoq) tijorat banklarini universallashtirish va tijoratlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bank aksiyadorlarining huquqlarini boshqa xoʻjalik jamiyatlari aksiyadorlarining huquqlari bilan tenglashtirishni taʼminlash maqsadida tijorat banklariga soliq solish tartibini takomillashtirish (banklarni foydadan soliq olinadigan soliq toʻlovchilar toifasiga oʻtkazish);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
banklar faoliyatini jahon bank amaliyotiga yaqinlashtirishni taʼminlovchi chora-tadbirlar koʻrish. 2000—2002-yillar mobaynida banklar tomonidan bajarilayotgan nazorat funksiyalari tegishli davlat organlariga bosqichma-bosqich beriladi, shuningdek, banklarning mijozlari tomonidan sodir etilayotgan operatsiyalar uchun ularning javobgarligini oshirish chora-tadbirlari koʻriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Banklar aktivlari tarkibini oʻzgartirish agentligi koʻmagida 2000-2001-yillar mobaynida banklarning muammoli aktivlar toifasidagi mavjud aktivlarining tarkibi oʻzgartiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2001-yilda Oʻzbekiston banklar uyushmasi huzurida banklarni potensial qarz oluvchilarning kredit tarixi toʻgʻrisidagi axborot bilan taʼminlash uchun Kredit-axborot byurosi tashkil etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Garov sifatidagi kredit tavakkalchiligini taʼminlashning amaliy bozor vositasidan samarali foydalanish maqsadida Adliya vazirligi, Markaziy bank va Banklar uyushmasi tomonidan 2000-yilda garov toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga qoʻshimchalar kiritish yuzasidan takliflar tayyorlanadi va tegishli organlarning koʻrib chiqishi uchun kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaziy bank tomonidan Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda bank muomalasiga qoʻshimcha moliyaviy resurslarni jalb qilish va bank sektoriga ishonchni oshirish maqsadida, naqd va naqdinasiz shakllardan foydalanish sohasini birxillashtirgan holda, hisob-kitoblar tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari koʻriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dasturning amalga oshirilishi tijorat banklarida jamgʻarma ishini rivojlantirish, talab va taklif asosida depozitlar boʻyicha oʻzgaruvchan foiz siyosatini joriy etish, shuningdek banklarning depozit bazasini mustahkamlash, aholining boʻsh mablagʻlarini amaliy muomalaga jalb qilish maqsadida mijozlarning pul mablagʻlari, qimmatli qogʻozlari va mol-mulkini saqlashga oid seyf operatsiyalarini joriy etish bilan bogʻliqdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2000-yildan boshlab tijorat banklarining resurs bazasi barqarorligini va kapitallashuvi darajasini oshirish maqsadida ipoteka obligatsiyalari, depozit, jamgʻarma sertifikatlar va boshqa qimmatli qogʻozlar singari banklarning uzoq muddatli qarz majburiyatlarining zamonaviy bozor vositalari joriy etiladi. Bunga qoʻshimcha ravishda 2000—2004-yillar mobaynida foydaning 10 foizidan 30 foizgachasi, soliqlar toʻlangandan keyin, banklarning kapitallashuvi darajasiga qarab tijorat banklarining ustav sarmoyalarini koʻpaytirishga yoʻnaltiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2000—2005-yillar mobaynida Xalq bankining resurs bazasini mustahkamlash va uning ustav sarmoyasi miqdorini mazkur bankning mayda omonatchilari manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash uchun 10 mlrd soʻmgacha yetkazish chora-tadbirlari koʻriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholi omonatlari boʻyicha banklar javobgarligining zarur sugʻurta himoyasi Jamoa sugʻurta jamgʻarmasi mablagʻlarini ishonchli yuqori likvidli davlat va korporativ qimmatli qogʻozlarga va bank depozitlariga investitsiya qilishning maqbul strategiyasini amalga oshirish hisobiga taʼminlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. INVESTITSIYa JARAYoNLARINING FAOL QATNAShChILARI SIFATIDA TIJORAT BANKLARINING ROLINI OShIRISh
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hozirgi vaqtda yirik tijorat banklari investitsiya jarayonlarining asosiy qatnashchilari boʻlib qolmoqda. Bu kichik va oʻrta tadbirkorlikni rivojlantirish uchun xalqaro moliyaviy tashkilotlarning kredit liniyalarini oʻzlashtirishga ham toʻliq darajada taalluqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hukumatning investitsiya dasturini muvaffaqiyatli amalga oshirishda barcha banklarning vositachilik rolini oshirish, kichik va oʻrta tadbirkorlikni rivojlantirish uchun xorijiy kredit liniyalarni va budjetdan tashqari fondlarning mablagʻlarini oʻz vaqtida oʻzlashtirish maqsadida mazkur Dastur quyidagilarni nazarda tutadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kichik va oʻrta tadbirkorlikni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash uchun investitsiya jarayonlarida ayniqsa xalqaro moliyaviy tashkilotlar liniyasi boʻyicha moliyaviy vositachilikni faollashtirish maqsadida Oʻzbekiston taraqqiyot bankini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2000-yildan boshlab yirik investitsiya loyihalarini kombinatsiyali (sindikatlashtirilgan) moliyalashtirish va kreditlash mexanizmi va vositalarini shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
banklar foydasining 25 foizgachasini tijorat banklarida tashkil etilayotgan kichik va oʻrta biznesning ishlab chiqarish korxonalarini, yuqori texnologiyali va innovatsiya loyihalarini, dehqon va fermer xoʻjaliklarini Imtiyozli kreditlash jamgʻarmasi mablagʻlariga ajratish hisobiga kichik va oʻrta biznesning ishlab chiqarish korxonalarini, yuqori texnologiyali va innovatsiya loyihalarini, dehqon va fermer xoʻjaliklarini imtiyozli kreditlashdan foydalanish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. XUSUSIY TADBIRKORLAR VA AHOLINI MIKROKREDITLAShNI RIVOJLANTIRISh
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hozirgi vaqtda xususiy tadbirkorlarni, kichik va mikrokorxonalarni mikrokreditlash bozori toʻliq banklarga tegishlidir, bu ushbu bozorda raqobatning darajasi yetarli emasligiga olib keladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dastur mikrokreditlash bozorida raqobatni kuchaytirish maqsadida quyidagilarni nazarda tutadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Osiyo taraqqiyot banki va boshqa xalqaro moliyaviy muassasalarning koʻmagida kredit kooperativlari (uyushmalar) tashkil etish yoʻli bilan kichik va oʻrta tadbirkorlikni mablagʻ bilan taʼminlashning bank kreditlashiga muqobil shakllarini rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xususiy tadbirkorlar, kichik va mikrokorxonalarni mikrokreditlash mexanizmini doimiy ravishda takomillashtirish maqsadida kredit kooperativlari uyushmalarning tijorat banklari bilan oʻzaro hamkorligi mexanizmini rivojlantirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga bank tizimida kichik va oʻrta biznes subyektlarini, xususiy tadbirkorlikni mikrokreditlashning vositalaridan keng foydalaniladi, shu jumladan qarz oluvchi tomonidan uchinchi shaxslar, mahalla, qishloq, ovul fuqarolari yigʻini organlarining kafilligini berishdan foydalaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. BANK AXBOROT TIZIMLARI VA TEXNOLOGIYALARINI RIVOJLANTIRISh
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika mustaqilligi yillarida bank tizimida mijozlarning pul mablagʻlarini oʻz vaqtida oʻtkazishni taʼminlovchi elektron toʻlov tizimi shakllantirildi. Biroq bank tizimi oldida yaqin yillarda turgan vazifalar uni yanada takomillashtirish va rivojlantirishni taqozo etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dasturda banklararo axborot-kompyuter infratuzilmani yanada yaxshilash maqsadida quyidagilar nazarda tutilgan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaziy bank maʼlumotlarni uzatish banklararo tarmogʻining axborot-kompyuter infratuzilmasini hisob-kitoblar tizimini rivojlantirishning ilgʻor yoʻnalishlariga muvofiq takomillashtirish. Buning uchun 2000-yil mobaynida Jahon banki loyihasi doirasida toʻlov tizimining konseptual dizayni ishlab chiqiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaziy bank maʼlumotlarni uzatish banklararo tarmogʻini 2000-2001-yillar mobaynida bank tuzilmalari va boshqa moliyaviy tuzilmalarning axborot borasida oʻzaro hamkorligini taʼminlovchi telekommunikatsiyalarning global respublika tarmogʻiga aylantirish yoʻli bilan rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maʼlumotlarni uzatish tarmogʻida standartlarni va axborot ayirboshlash tartibotini takomillashtirish yoʻli bilan elektron pochta ishini yanada yaxshilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
plastik kartochkalar negizida naqd pulsiz hisob-kitoblar milliy tizimini yaratish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI. BANK MENEJMENTINI VA BANK KADRLARI TAYYORLASh USULLARINI TAKOMILLAShTIRISh
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dastur bank menejmentini va bank kadrlari tayyorlash usullarini yanada takomillashtirish maqsadida quyidagilarni nazarda tutadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bank faoliyati natijalari, kreditlarning qaytarilishi uchun banklar Kengashlari va Boshqaruvlarining javobgarligini oshirish yoʻli bilan banklarni korporativ boshqarishni mustahkamlash boʻyicha 1999-yilda boshlangan chora-tadbirlarni 2000-yilda davom ettirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tijorat banklarida ichki audit xizmatlarining rolini kuchaytirish, ularning ijro etuvchi organdan mustaqilligini taʼminlash va banklar ijro etuvchi organlari tomonidan ichki audit xizmatlarini ular faoliyatidagi muammolarni oʻz vaqtida aniqlash va bartaraf etish uchun bankning moliyaviy ahvoli toʻgʻrisidagi ishonchli axborot bilan taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tijorat banklari tomonidan xalqaro reyting agentliklarining reytinglarini olish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bozor iqtisodiyotining zamonaviy talablariga javob beruvchi bank kadrlari tayyorlash uchun shart-sharoitlarni taʼminlash maqsadida 2000-yilda va undan keyingi yillarda zamonaviy kompyuter texnikasi, bank ishi boʻyicha mamlakatimiz adabiyoti va xorijiy adabiyot bilan taʼminlash yoʻli bilan bank taʼlim muassasalarining moddiy-texnika bazasini va kutubxona fondini mustahkamlash chora-tadbirlari koʻriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ana shu maqsadda bank mutaxassislarini ilgʻor jahon bank amaliyotiga muvofiq oʻqitish maqsadida oliy oʻquv yurtlari, bank kollejlari va sinflari uchun: darsliklar, qoʻllanmalar va uslubiy adabiyotning yangi avlodini, shuningdek, birxillashtirilgan oʻquv dasturlarini yaratish jarayoniga 2000—2002-yillarda alohida eʼtibor beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
professional oʻsishni ragʻbatlantirish va taʼminlash, banklarning ijtimoiy infratuzilmasini, shuningdek ragʻbatlantirishning nomoddiy shaklllari tizimini rivojlantirish yoʻli bilan bank xodimlari mehnati asoslanishining bozor usullari tizimini yanada takomillashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tijorat banklari tomonidan konferensiyalarda chiqishlar qilish, ommaviy axborot vositalaridan, bosma mahsulotlardan, “Internet” tarmogʻidan, Oʻzbekiston Respublikasi elchixonalari va diplomatik vakolatxonalari imkoniyatlaridan foydalanish yoʻli bilan chet elda taqdimotlar tashkil etish amaliyoti qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VII. BANK NAZORATINI KUChAYTIRISh VA YANADA RIVOJLANTIRISh
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bank faoliyatini tartibga soluvchi qabul qilingan qonunlarga muvofiq Markaziy bankda tijorat banklari faoliyatini nazorat qilishning xalqaro standartlarga va Bank nazorati boʻyicha Bazel qoʻmitasi talablariga javob beruvchi taʼsirchan tuzilmasi yaratilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tijorat banklari hisob raqamlarining Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga muvofiq boʻlgan va banklar faoliyati ochiqligini taʼminlovchi yangi rejasi amalga joriy etilgan. Shuningdek tijorat banklarida xalqaro eʼtirof etilgan audit kompaniyalar tomonidan tashqi auditorlik tekshirishlari oʻtkazish amaliyoti joriy etilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tijorat banklari faoliyatini nazorat qilish, jadal rivojlanayotgan bozor sharoitlarida bank nazoratining taʼsirchanligini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha Markaziy bankning rolini yanada kuchaytirish maqsadida Dastur quyidagilarni nazarda tutadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amaldagi qonun hujjatlariga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yoʻli bilan tijorat banklari faoliyati ustidan nazoratni takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
banklarning buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotini moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga muvofiq takomillashtirish yoʻli bilan tijorat banklarining axborotni tashqi foydalanuvchilar uchun oshkor qilish standartlarini yanada rivojlantirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VIII. KUTILAYOTGAN NATIJALAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bank tizimini isloh qilish dasturining asosiy yoʻnalishlari milliy moliya-kredit tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirishning ustuvor yoʻnalishlarini ochib beradi va Dasturning mamlakatda amalga oshirilayotgan umumiy iqtisodiy qayta oʻzgartirishlar, bank tizimini bosqichma-bosqich isloh qilish, milliy moliya tizimining barqarorligini, moliya bozorlarida erkin raqobatni qoʻllab-quvvatlash bilan muvofiqligi prinsiplariga asoslanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bank tizimini isloh qilish dasturi asosiy yoʻnalishlarining amalga oshirilishi quyidagilarni taʼminlaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat va nodavlat bank muassasalari faoliyat koʻrsatishining balansliligiga erishish maqsadida bank tizimi mol-mulki tuzilmasini maqbullashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bank tizimini rivojlantirishni raqobatbardoshlik darajasini oshirishga yoʻnaltirgan holda bank sektorini monopoliyadan chiqarishni kuchaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bozor va kredit tavakkalchiliklarini hisobga olgan holda aktivlar va passivlarni samarali boshqarishni taʼminlovchi banklar kredit siyosatini takomillashtirish; tijorat banklarida ichki kredit nazorati tizimini rivojlantirish; kredit resurslarini isteʼmol va investitsiya talabini ragʻbatlantirishga yoʻnaltirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
banklarning bank vositalarining xaridorgirligini joriy etish va takomillashtirish yoʻli bilan yuridik va jismoniy shaxslarning pul mablagʻlarini (shu jumladan valyuta mablagʻlarini) omonatlarga jalb qilish ishlari faollashuvini taʼminlaydigan ularning depozit siyosatini rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
banklarning investitsiya vositachilari sifatida tijorat banklarining rolini oshirishga; real sektorning ustuvor tarmoqlarini kreditlash koʻlamlarini kengaytirishga; iqtisodiyotning xususiy sektorini, shuningdek kichik va oʻrta biznesni rivojlantirishning moliyaviy imkoniyatlarini rivojlantirishga; banklarning investitsiya loyihalari va dasturlarini mablagʻ bilan taʼminlashda qatnashishining yangi shakllari va usullarini joriy etishga qaratilgan investitsiya siyosatini takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bank xizmatlarini kengaytirish va diversifikatsiyalash, bank mijozlariga xizmat koʻrsatishning zamonaviy bank mahsulotlari va texnologiyalarini joriy etish asosida tijorat banklari bilan ularning mijozlari oʻrtasidagi munosabatlarni uygʻunlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bankning barqarorligi va faoliyat koʻrsatishi ishonchliligi oshishiga koʻmaklashuvchi bankning joriy va strategik faoliyatini boshqarishda sifat va samaradorlik oshishini taʼminlovchi zamonaviy xalqaro standartlar va huquqiy normalarga javob beruvchi tijorat banklarida korporativ boshqarishni institutsional mustahkamlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bank xizmatlari bozorining, shuningdek tijorat banklari faoliyatining ularning mijozlari, investorlar va hamkorlar uchun ochiq boʻlishini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
monetar siyosat, davlat krediti, fiskal siyosat, ichki nazorat va auditlash, tashqi auditni oʻz ichiga oluvchi banklar faoliyatini davlat tomonidan va ichki iqtisodiy tartibga solish tizimini takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jahon iqtisodiyoti globallashuvi sharoitlarida mamlakat moliya tizimi uchun salbiy tizimli tavakkalchiliklarga yoʻl qoʻyilmasligini taʼminlovchi mamlakatimiz tijorat banklarining jahon bank tizimiga izchil integratsiyalashuvini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moliyaviy sektorning huquqiy negizini takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bankdan tashqari moliya muassasalarining, ayniqsa ichki investitsiya resurslarini jamlash masalasidagi faoliyatini rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻlaqonli bank nazorati ostida boʻlgan yaxshi boshqariladigan kredit muassasasi boʻlishi mumkin boʻlgan banklarning milliy tarmogʻini yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bank sektorining taʼminlovchi kichik tizimlarini rivojlantirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bank tizimini isloh qilish dasturining amalga oshirilishi iqtisodiyotning real sektori korxonalari uchun ancha rivojlangan moliyaviy muhitni taʼminlash, kichik, oʻrta va xususiy tadbirkorlikning amaliy faolligini oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimiz korxonalarining raqobatbardoshligi oshishiga ijobiy taʼsir koʻrsatish, mamlakat iqtisodiyotiga qoʻyilayotgan jamgʻarmalar va investitsiyalar darajasi jiddiy ravishda oʻsishiga koʻmaklashish, makroiqtisodiy barqarorlikni va iqtisodiy oʻsish tendensiyalarini mustahkamlash yoʻli bilan iqtisodiyotda bir qancha ijobiy natijalarga olib keladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bank tizimini isloh qilish dasturini amalga oshirish tadbirlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
T/r‎

Dasturni amalga oshirish chora-tadbirlari‎

Amalga oshirish shakli‎

Bajarish muddati‎

Bajarish uchun masʼul‎

Izoh‎

1. Tijorat banklarini xususiylashtirish va davlat tasarruvtidan chiqarish

1.‎ Moliya vazirligi huzuridagi tijorat banklarini xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish boʻyicha agentlik tashkil etish‎ Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi‎ 2000-yilning , II choragi‎ Moliya vazirligi, Davlat mulki qoʻmitasi, Markaziy bank, Moliya sektorini rivojlantirish agentligi‎ Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki qarzi doirasida‎
2.‎ Banklar aksiyalarining bozor qiymatini belgilash uchun tijorat banklari aktivlarini baholash tartibini ishlab chiqish‎ Tartib loyihasi‎ 2000-yilning I yarmi‎ Moliya vazirligi, Markaziy bank, Tijorat banklarini xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish agentligi‎ Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki qarzi doirasida‎
3.‎ 2000-2001-yillar davomida “Asaka” banki aksiyalarining 50 foizi�i xorijiy investorlarga sotish‎ Chora-tadbirlar jadvali‎ 2000-yilning II choragi‎ “Asaka” banki, Moliya vazirligi, Davlat mulki qoʻmitasi, Markaziy bank, Tijorat banklarini xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish agentligi‎
4.‎ 2001-yilda Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankini aksiyalashtirish va 40 foizini xorijiy investorlarga sotish‎ Chora-tadbirlar jadvali‎ 2000-yilning II choragi‎ Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, Moliya vazirligi, Davlat mulki qoʻmitasi, Markaziy bank, Tijorat banklarini xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish agentligi‎
5.‎ Oʻz investorlarimiz va xorijiy investorlarni jalb qilish hisobiga 2000 — 2003-yillarda “Oʻzuyjoyjamgʻarmabank”, “Oʻztadbirkorbank”, “Zamin” banki ustav sarmoyasidagi davlat ulushini kamaytirishga doir tadbirlar ishlab chiqish‎ Chora-tadbirlar jadvali‎ 2000-yilning II choragi‎ Tegishli banklar, tijorat banklarini xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish agentligi, Moliya vazirligi, Davlat mulki qoʻmitasi, Markaziy bank‎
6.‎ Banklar aksiyalarini mintaqaviy filiallar orqali sotishni faollashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish‎ Tadbirlar ishlab chiqish‎ 2000-yilning II choragi‎ Tijorat banklari‎
7.‎ Banklarning qiymatli qogʻozlarini birlamchi va ikkilamchi bozorda sotish mexanizmini takomillashtirish maqsadida reklama faoliyatini faollashtirishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish‎ Tadbirlar ishlab chiqish‎ 2000-yilning II choragi‎ Tijorat banklari‎

‎‎2. Bank tizimini institutsional rivojlantirish va bank ishini yanada takomillashtirish

1.‎ Ixtisoslashtirilgan tijorat banklari faoliyatini universallashtirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari va meʼyoriy hujjatlariga oʻzgartirishlar va koʻshimchalar kiritish‎ Vazirlar Maxkamasining qarori loyihasi‎ 2000-yilning II yarmi‎ Adliya vazirligi, Markaziy bank, tijorat banklari‎
2.‎ Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarining banklarni foydadan soliq toʻlovchilar toifasiga oʻtkazish qismiga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish‎ Qoʻshimchalar va oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha Qonun loyihasi‎ 2000-yilning II yarmi‎ Moliya vazirligi, Markaziy bank, Adliya vazirligi, tijorat banklari‎
3.‎ Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga banklar tomonidan toʻlovlar oʻtkazishni amalga oshirishda soliq organlari va xoʻjalik yurituvchi subyektlarga xos boʻlgan funksiyalarni ularga bosqichma-bosqich berish boʻyicha oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish‎ Qoʻshimchalar va oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha Qonun loyihasi‎ 2000-yilning I yarmi‎ Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Adliya vazirligi, Markaziy bank, tijorat banklari‎
4.‎ Moliya vazirligi huzurida Banklar aktivlari tarkibini oʻzgartirish agentligini tashkil etish‎ Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi‎ 2000-yilning II choragi‎ Moliya vazirligi, Markaziy bank, Moliya sektorini rivojlantirish agentligi‎ Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki qarzi doirasida‎
5.‎ 2001-yilda Oʻzbekiston banklar uyushmasi huzurida Kredit-axborot byurosini tashkil etish va byuro ish tartibini ishlab chiqish‎ Tashkiliy-texnikaviy tadbirlar‎ 2001-yil davomida‎ Oʻzbekiston banklar uyushmasi, tijorat banklari‎ Banklarning kredit operatsiyalari boʻyicha tavakkalchiliklarni diversifikatsiyalash va pasaytirish hamda banklarni salohiyatli qarz oluvchilarning kredit tarixi toʻgʻrisidagi axborotlar bilan taʼminlash‎
6.‎ Tijorat banklari kreditlari oʻz vaqtida qaytarilishini taʼminlash uchun garovni sotish mexanizmini takomillashtirish maqsadida “Garov toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartirishlar va koʻshimchalar kiritish‎ Qonun loyihasi‎ 2000-yilning II choragi‎ Markaziy bank, Oʻzbekiston banklar uyushmasi, Adliya vazirligi, Yer resurslari davlat qoʻmitasi‎
7.‎ 2000-2001-yillarda hisob-kit?blarning naqd pulli va naqd pulsiz shakllarini bosqichma-bosqich birxillashtirishni nazarda tutuvchi tadbirlar kompleksini ishlab chiqish‎ Vazirlar Maxkamasining qarori loyihasi‎ 2000-yilning I yarmi‎ Markaziy bank, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi‎ Qoʻshimcha moliya resurslarini bank oborotiga jalb qilish va bank tizimiga boʻlgan ishonchni oshirish‎
8.‎ Banklar tomonidan seyf operatsiyalarini, shu jumladan, mijozlarning hujjatlari va boyliklarini saqlash, omonatga qoʻyish ishlarini rivojlantirish maqsadida seyflar va ixtisoslashtirilgan xonalarni ijaraga berish boʻyicha xizmatlar koʻrsatishni amalga oshirish tartibini ishlab chiqish‎ Tartib loyihasi‎ 2000-yilning III choragi‎ Xalq banki, tijorat banklari, Markaziy bank‎
9.‎ Aholi jamgʻarmalarini jamoa tartibida sugʻurtalash jamgʻarmasining faoliyat koʻrsatish tartibini ishlab chiqish‎ Tartib loyihasi‎ 2000-yil, aprel‎ Oʻzbekiston banklar uyushmasi, tijorat banklari, Markaziy bank‎
10.‎ “Markaziy bankda majburiy zaxiralarni tijorat banklari va ularning filiallari tomonidan deponentlashtirish tartibiga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish‎ �ngi tartib loyihasi‎ 2000-yilning II choragi‎ Markaziy bank‎
11.‎ 2000 — 2005-yillar davomida ustav sarmoyasini 10 mlrd soʻmgacha koʻpaytirgan holda Xalq bankining resurs bazasini koʻpaytirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish‎ Farmon loyihasi‎ 2000-yilning III choragi‎ Moliya vazirligi, Markaziy bank, Xalq banki‎ Mayda omonatchilar manfaatlarini himoya qilishni kuchaytirish va Xalq bankining barqaror sarmoya bazasini taʼminlash‎

3. Investitsiya jarayonlarining faol qatnashchilari sifatida tijorat banklarining rolini oshirish

1.‎ Kichik va oʻrta tadbirkorlikni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash uchun investitsiya jarayonlarida, ayniqsa xalqaro moliya tashkilotlari liniyasi boʻyicha moliyaviy vositachilikni faollashtirish maqsadida Oʻzbekiston taraqqiyot bankini tashkil etish‎ Farmon loyihasi‎ 2000-yilning III choragi‎ Markaziy bank, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi‎ “KfV” (Germaniya) bankining texnikaviy koʻmagi doirasida‎
2.‎ Kichik .va oʻrta biznesning ishlab chiqarish korxonalarini, yuqori texnologik innovatsiya loyihalarini, dehqon va fermer xoʻjaliklarini imtiyozli kreditlash maxsus jamgʻarmasi tartibini ishlab chiqish‎ Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi‎ 2000-yilning I choragi‎ Markaziy bank, tijorat banklari‎
3.‎ Tijorat banklari tomonidan investitsiya loyihalarini sindikatlashtirilgan mablagʻ bilan taʼminlash tartibini ishlab chiqish‎ Tartib loyihasi‎ 2000-yilning I yarmi‎ Markaziy bank, tijorat banklari‎

4. Xususiy tadbirkorlarni va aholini mikrokreditlash tizimini rivojlantirish

1.‎ Kredit shirkatlari (uyushmalari)ning meʼyoriy-huquqiy bazalarini shakllantirish‎ Qonun va meʼyoriy hujjatlar‎ 2000-yilning II choragidan boshlab‎ Markaziy bank, Adliya vazirligi‎ Osiyo taraqqiyot bankining yordami doirasida‎
2.‎ Kredit shirkatlari (uyushmalari)ning tijorat banklari bilan oʻzaro faoliyat koʻrsatish mexanizmini ishlab chiqish‎ Meʼyoriy hujjatlar‎ 2000-yilning II choragidan boshlab‎ Markaziy bank, mahalliy hokimiyat organlari‎ Osiyo taraqqiyot baikining texnikaviy yordami doirasida‎

5. Bank axborot tizimlari va texnologiyalarini rivojlantirish

1.‎ Banklararo axborot-kompyuter infratuzilmasini yanada takomillashtirish maqsadida: 2000 — 2003-yillar davrida toʻlov tizimini takomillashtirish maqsadida mavjud raqamli bank telekommunikatsiya tarmogʻini rivojlantirish boʻyicha texnik loyihani ishlab chiqish; banklararo maʼlumotlarni uzatish tarmogʻini xalqaro banklar tarmoqlariga ulash boʻyicha texnikaviy hujjatlarni ishlab chiqish; 2001-2002-yillarda maʼlumotlarni uzatish banklararo tarmogʻiga Respublika moliya tuzilmalarini ulash boʻyicha texnikaviy hujjatlarni tayyorlash; 2000-2002-yillar davrida Markaziy bankning elektron pochta tizimini zamonaviylashtirish tadbirlar kompleksini amalga oshirish‎ Texnik loyiha- Texnikaviy hujjatlar Texnikaviy hujjatlar Tadbirlar‎ 2000-yilning II yarmi 2001-yilning II choragi 2001-yilning I yarmi 2000-yilning II yarmi‎ Markaziy bank, Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi, tijorat banklari Markaziy bank, tijorat banklari, Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi Markaziy bank, Moliya vazirligi, .Davlat soliq qoʻmitasi, Markaziy bank‎
2.‎ Ikkita tijorat bankida boshqaruv axborot tizimi (BAT) pilot loyihasini ishlab chiqish va joriy etish boʻyicha tashkiliy-texnikaviy tadbirlar kompleksini oʻtkazish‎ BAT loyihasini tayyorlash va texnikaviy hujjatlarni ishlab chiqish‎ 2001-yilning III choragi‎ Markaziy bank, tijorat banklari‎ Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki‎
3.‎ Plastik kartalar asosida naqd pulsiz hisob-kitoblarning milliy tizimini joriy etish maqsadida: plastik kartalar asosida naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimi faoliyat koʻrsatishining meʼyoriy huquqiy va uslubiy bazasini shakllantirish; tijorat banklari ishtirokida alohida olingan mintaqada pilot loyihasini joriy etish chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish‎ Meʼyoriy hujjatlar Texnikaviy loyihani tayyorlash‎ 2000-yilning III choragi 2000-yilning III choragi‎ Markaziy bank, Banklar uyushmasi, tijorat banklari Banklar uyushmasi, tijorat banklari, Markaziy bank‎

6. Bank menejmenti va bank kadrlari tayyorlash usullarini takomillashtirish

1.‎ Aksiyadorlar, Banklar kengashlari, ichki audit xizmatlari, kredit qoʻmitalari, xaridorgirlik boshqarmalari rolini kuchaytirishni nazarda tutadigan tijorat banklarida korporativ boshqarish va kreditlar berilishi va kreditlar qaytarilishi uchun ularning javobgarligini oshirish toʻgʻrisidagi Nizomning yangi tahririni ishlab‎ chiqarish Nizom loyihasi‎ 2000-yilning II choragi‎ Markaziy bank, Adliya vazirligi texnikaviy vazirligi, tijorat banklari koʻmagida‎ “USAID” texnikaviy koʻmagida‎
2.‎ Quyidagilar: 2000-2002-yillarda Banklarning markazlashtirilgan fondi mablagʻlari hisobiga oliy oʻquv yurtlari, bank kollejlari va sinflari uchun darsliklar, qoʻllanmalar va uslubiy adabiyotlarning yangi avlodini, shuningdek birxillashtirilgan oʻquv dasturlarini shakllantirish boʻyicha;‎ Banklar uyushmasi syezdi qarori va ishlab chiqish dasturi Dasturlar loyihasi‎ 2000-yilning I yarmi 2000-yilning II choragi‎ Oʻzbekiston banklar uyushmasi, Bank-moliya akademiyasi, Respublika bank oʻquv markazi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, tijorat banklari‎
AQSh, Yaponiya Germaniya, Buyuk Britaniya, Shveysariya va boshqa xorijiy yetakchi banklar bilan birgalikda bank mutaxassislarini tayyorlash va ularni qayta tayyorlash boʻyicha‎ Oʻzbekiston banklar uyushmasi, Bank moliya akademiyasi, Respublika bank oʻquv markazi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi‎
uzoq muddatli dasturlar ishlab chiqish boʻyicha; banklar ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish, professional oʻsishini ragʻbatlantirish va taʼminlashni, shuningdek ragʻbatlantirishning nomoddiy uslublari tizimini nazarda tutadigan bank xodimlari mehnatini asoslash bozor usullari tizimini yanada taqomillashtirish boʻyicha tadbirlar kompleksini tayyorlash Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi‎ 2000-yilning I yarmi‎ Oʻzbekiston banklar uyushmasi, Markaziy bank, tijorat banklari‎
3.‎ Xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakatlar hukumatlari bilan qoʻshma loyihalarni amalga oshirish doirasida oʻquv bankini tashkil etish‎ Tashkiliy-texnikaviy tadbirlar‎ 2000-yilning I yarmi‎ Oʻzbekiston banklar uyushmasi, Bank-moliya akademiyasi, Respublika bank oʻquv markazi‎

7. Bank nazoratini yanada rivojlantirish

1.‎ Tijorat banklari faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish boʻyicha Markaziy bank rolini takomillashtirish maqsadida “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish‎ Qonun loyihasi‎ 2000-yilning I yarmi‎ Markaziy bank, Adliya vazirligi‎
2.‎ Tijorat banklarining bank aksiyadorlarini salohiyatli investorlar va boshqa manfaatdor tomonlar uchun ochiqligini taʼminlash maqsadida ularning eʼlon qilinadigan hisobotlari toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish‎ Nizom loyihasi‎ 2000-yilning III choragi‎ Markaziy bank‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 24-martdagi 104-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ustav sarmoyasida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan aksiyadorlik-tijorat banki kengashi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NAMUNAVIY NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. UMUMIY QOIDALAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki toʻgʻrisida”, “Banklar va bank faoliyati”, “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar xuquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga hamda boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek, bank ustaviga muvofiq ishlab chiqilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Nizom “__________” aksiyadorlik-tijorat banki kengashi maqomini belgilaydi va ishini tartibga soladi, Kengash aʼzolarini saylash tartibini, shuningdek Bank kengashi aʼzosining huquqlari va vazifalarini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “_________” aksiyadorlik-tijorat banki kengashi (keyingi oʻrinlarda Bank kengashi deb ataladi) bank faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi, Aksiyadorlar umumiy majlisining mutlaq vakolatiga taalluqli masalalar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. BANK KENGAShINING HUQUQLARI VA VAZIFALARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Bank kengashi quyidagi masalalar boʻyicha qarorlar qabul qilishda mutlaq huquqqa egadir:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bank faoliyatining ustuvor yoʻnalishlarini belgilash, shu jumladan, uning kredit siyosatini ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bankning tashkiliy-boshqaruv tuzilmasini tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yillik hisobotni, foyda va zararlar hisob raqamlarini koʻrib chiqish va ularni Aksiyadorlar umumiy majlisiga tasdiqlash uchun kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bank ustaviga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish hamda ularni Aksiyadorlar umumiy majlisiga tasdiqlash uchun kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moliya yili uchun daromad va xarajatlar rejasini tasdiqlash toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obligatsiyalar chiqarish va bankning boshqa qarz majburiyatlari toʻgʻrisida, ularni qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda sotib olish tartibi toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yangi boʻlimlar, filiallar, chet ellarda vakolatxonalar tashkil etish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tijorat, shuʼba va aloqador korxonalar tashkil etishni nazarda tutuvchi investitsiyalar toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshqaruv aʼzolariga beriladigan mukofotlar va kompensatsiyalar miqdorlarini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bank boshqaruvi faoliyati tartibini belgilovchi hujjatlarini tasdiqlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Bank boshqaruv Bank kengashi bilan kelishgan holda quyidagilar toʻgʻrisida qarorlar qabul qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bank aksiyadorlarining yillik va navbatdan tashqari umumiy majlislarini chaqirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bankning zaxira va boshqa jamgʻarmalaridan foydalanish boʻyicha qarorlar qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yirik bitishuvlar tuzish, shu jumladan, oʻz vakolati doirasida korxonalarga (bitishuvlar yoki umumiy qiymati qaror qabul qilingan sanada bank sarmoyasining 15 foizidan koʻprogʻini tashkil qiladigan bir nechta oʻzaro bogʻliq bitishuvlar) mol-mulk sotib olish va ularni begonalashtirish bilan bogʻliq kreditlar berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agar ilgari berilgan kreditlar qaytarilmagan boʻlsa, bitta qarz oluvchiga yangi kreditlar berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bank ustavida Kengashga berilgan vakolatlarga oid boshqa masalalarni hal qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Quyidagilar Bank kengashi vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz vakolatlarini bank aksiyadorlari manfaatlarini koʻzlab amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bankka vakolatli rahbarlikni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bank faoliyati, kreditning toʻgʻri berilishi va mablagʻlarning investitsiyalanishi ustidan joriy nazoratni amalga oshirish (omonatchilar, kreditorlar va aksiyadorlar manfaatlarini himoya qilish maqsadida);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bankning teng ravishda kapitallashuvini saqlab turish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bank faoliyati strategiyasini shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bankni rivojlantirishga oid qabul qilingan biznes-rejalarning bajarilishini nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bank daromadlari ustidan monitoringni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki audit xizmati faoliyat koʻrsatishini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har chorakda bank faoliyati natijalarini eshitish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. BANK KENGAShINI SAYLASh VA UNI OʻTKAZISh TARTIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Aksiyadorlarning umumiy Majlisi, Bank kengashi hamda Bank boshqaruvi bankni boshqarish organlari hisoblanadi. Aksiyadorlarning umumiy Majlisi boshqarishning yuqori organi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Bank kengashi tarkibida aʼzolarning vakilligi aksiyadorlar ulushlariga mutanosib boʻlishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Bank boshqaruvi aʼzolari hamda Boshqaruv raisi Bank kengashiga saylanishlari mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Bank kengashi tarkibiga saylangan shaxslar uning tarkibiga cheklanmagan marta saylanishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Aksiyador oʻziga tegishli aksiyalar boʻyicha ovozlarni Bank kengashi aʼzoligiga nomzodlardan biriga toʻliq yoki bir necha nomzodga taqsimlab berishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Bank kengashi raisi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengash ishini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengash majlislarini chaqiradi va ularda raislik qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
majlislarda protokol yuritilishini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyadorlarning umumiy majlisini ochadi va uning hayʼati tarkibiga kiradi, bank nomidan Boshqaruv raisi bilan mehnat shartnomasi tuzadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bank ustavida va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa harakatlarni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Bank kengashi raisi joyida boʻlmagan taqdirda uning funksiyalarini qonun hujjatlarida va bank ustavida belgilangan tartibda tayinlanadigan Kengash aʼzolaridan biri amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Bank kengashi Majlisi Kengash raisining oʻz tashabbusiga koʻra yoki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bank ustav sarmoyasidagi davlat ulushini boshqarish vakolati berilgan organ sifatidagi Moliya vazirligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengashning ikki va undan ortiq aʼzolari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taftish komissiyasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshqaruv;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bank ichki audit xizmati rahbari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bank tashqi auditorining talabiga koʻra chaqiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Bank kengashi majlisini chaqirish va uni oʻtkazish tartibi ustavda belgilanadi (Bank kengashi majlislari, qoidaga koʻra, Kengashning tasdiqlangan ish rejasiga muvofiq chaqiriladi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Bank kengashi majlisini oʻtkazish uchun kvorum bank ustavida belgilanadi, lekin u Bank kengashining saylangan aʼzolarining 2/3 qismidan kam boʻlmasligi kerak. Kengashning ayrim aʼzolari kelolmagan taqdirda ularning ovozlari yozma ravishda soʻrov yoʻli bilan hisobga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Kengash aʼzolarining soni ustavda nazarda tutilgan aʼzolar sonining 2/3 qismidan kam boʻlib qolgan taqdirda bank Bank kengashining yangi tarkibini saylash uchun Aksiyadorlarning favqulodda (navbatdan tashqari) umumiy majlisini chaqirishga majbur. Bank kengashining qolgan aʼzolari faqat Aksiyadorlarning favqulodda (navbatdan tashqari) umumiy majlisini chaqirish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Bank kengashi majlisida qarorlar qatnashayotganlarning koʻpchilik, kamida 2/3 qismining ovozi bilan qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Bank kengashi bir aʼzosi ovozining Kengashning boshqa aʼzosiga berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Bank kengashi majlisida protokol yuritiladi, u Kengash Majlisi oʻtkazilgandan keyin 10 kundan kechikmay tuziladi va tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Majlis protokolida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
majlis oʻtkazilgan joy va vaqt;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
majlisda qatnashgan shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
majlis kun tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ovozga qoʻyilgan masalalar, ular boʻyicha ovoz berish natijalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qabul qilingan qarorlar koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Bank kengashi majlisining protokoli majlisda raislik qiluvchi tomonidan imzolanadi, u protokolning toʻgʻriligi uchun javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Bank kengashi tomonidan qarorlar qabul qilishda ovozlar teng boʻlib qolgan taqdirda Bank kengashi raisi hal qiluvchi ovozga ega boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Bank kengashi qarorlari bilan bank aksiyadorlari tanishtirilishi mumkin (tijorat siri boʻlgan qarorlar bundan mustasno).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. BANK KENGAShI AʼZOLARINING HUQUQLARI VA MAJBURIYATLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Bank kengashi aʼzosi quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bank kengashi majlisida shaxsan qatnashish, ish tartibiga muvofiq ajratilgan vaqt doirasida majlisda muhokama qilinayotgan masala boʻyicha soʻzga chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bankning muayyan davr mobaynidagi faoliyati natijalari, bankni rivojlantirish rejalari toʻgʻrisida toʻliq va ishonchli axborot olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuklangan funksiyalarni bajargan holda Bank kengashida ishlaganligi uchun muayyan miqdorda mukofot olish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengashning har bir aʼzosi uchun aniq funksiyalar Kengash raisi tomonidan tasdiqlanadi. Kengash aʼzosining har biri uchun mukofotlar va kompensatsiyalar miqdori Aksiyadorlarning umumiy Majlisi tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Bitishuv tomonlaridan biri bank boʻlgan bitishuvdan Kengash aʼzosi moliyaviy manfaatdor boʻlgan taqdirda, shuningdek Kengash aʼzosi va bank manfaatlari oʻrtasida boshqa nizo paydo boʻlganda Kengash aʼzosi bitishuv sodir etilgunga qadar oldindan Kengashni oʻz manfaatdorligi toʻgʻrisida xabardor qilishi kerak, bitishuv toʻgʻrisidagi qaror esa bunday manfaatdorlikka ega boʻlmagan Kengash aʼzolarining koʻpchilik ovozi bilan yoxud aksiyadorlarning umumiy majlisida koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinishi kerak. Bunda Kengashning manfaatdor aʼzolari bunday bitishuv boʻyicha muhokamada ham, qaror qabul qilishda ham qatnashmaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Kengash aʼzolari Kengash tomonidan u yoki bu tusdagi qaror qabul qilishga taʼsir oʻtkazganliklari uchun bevosita yoki bilvosita mukofot olish huquqiga ega emaslar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Kengash aʼzolari bankning imkoniyatlari (bankning mulkiy va nomulkiy huquqlari, xoʻjalik faoliyati sohasidagi imkoniyatlari, faoliyati va rejalari toʻgʻrisidagi axborotlar)dan shaxsiy boylik orttirish maqsadida foydalanish huquqiga ega emaslar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. BANK AKSIYADORLARINING HUQUQ VA MANFAATLARINI HIMOYA QILISh
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Bank aksiyadorlarining huquq va manfaatlarini himoya qilish Kengash tomonidan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bank faoliyatini aksiyadorlar manfaatlarini hisobga olgan holda tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyadorlar umumiy majlislarining tayyorlanishi va oʻtkazilishini nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ovoz berish, ovozlarni hisoblash va qarorlar qabul qilish tartibotlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ustav fondini koʻpaytirish yohud kamaytirish, qoʻshimcha qimmatli qogʻozlar chiqarish va boshqalar bilan ustav sarmoyasi ulushlari oʻzgartirilganda aksiyadorlar huquqlari cheklanishiga yoʻl qoʻymaslik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bankning samarali dividend siyosatini ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bank aksiyadorlarining oʻzaro munosabatlari bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshqaruvning noqonuniy va asoslanmagan xatti-harakatlari ustidan aksiyadorlarning takliflari va shikoyatlarini qabul qilish va koʻrib chiqish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. BANK FAOLIYATINI NAZORAT QILISh
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Bank kengashi Boshqaruvdan vaqti-vaqti bilan (kamida har chorakda bir marta) bankning moliyaviy ahvoli va faoliyati, shu jumladan ularni yaxshilash boʻyicha tavsiyalar toʻgʻrisida qisqacha maʼlumotlar va yozma hisobotlar oladi, shuningdek, Boshqaruv raisi va ichki audit xizmati rahbarining axborotlarini eshitadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengash aʼzolari bu hisobotlarning toʻgʻriligini va tavsiyalarni amalga oshirish mumkinligini aniqlash maqsadida ularni sinchiklab tekshiradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Xususan, quyidagi moliyaviy koeffitsiyentlar Kengash tomonidan muntazam nazorat qilinadigan koʻrsatkichlar hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aktivlarga nisbatan daromad;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oddiy aksiyalar boʻyicha daromad;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy foiz marjasi miqdori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bankning aktivlarga nisbatan foizlar toʻlash bilan bogʻliq boʻlmagan xarajatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
barcha kreditlarga nisbatan shubhali va ishonchsiz kreditlar ulushi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
barcha kreditlarga nisbatan hisobdan chiqarilgan kreditlar ulushi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yirik kreditlar summasi va bank bilan bogʻliq shaxslarga berilgan kreditlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. KADRLAR SIYOSATINI AMALGA OShIRISh
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Bank kengashi bankning kadrlar siyosatini, yuqori malakali bank rahbarlari va xodimlarini jalb qilish strategiyasini ishlab chiqadi va amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Kadrlar siyosati qonun hujjatlariga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bank xodimlarini mukofotlash, ragʻbatlantirish va jazolash tizimini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻqitish va qayta oʻqitish dasturini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boʻsh oʻrinlar paydo boʻlganda rahbarlikka koʻtarish tartibini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bank rahbariyati ishdan boʻshatilishi majburiy boʻlgan holatlarni belgilashni oʻz ichiga oladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Bank kengashi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bank boshqaruvi aʼzolari hamda asosiy xizmatlar rahbarlari ishini baholash mezonlarini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axloq kodeksini va manfaatlar qarama-qarshiliklarini bartaraf etish chora-tadbirlarini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
omilkor boʻlmaganligi, vijdonan ishlamaganligi, manfaatlar qarama-qarshiligi tufayli bankning mansabdor shaxslari yuklangan vazifalardan chetlatiladigan shart-sharoitlar roʻyxatini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. BANKNING TENG KAPITALLAShUVINI SAQLAB TURISh
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Bank kapitalini saqlash va uning operatsiyalar koʻlami tavakkalchilik darajasiga muvofiqligini taʼminlash maqsadida Bank kengashi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bank tomonidan vujudga kelishi mumkin boʻlgan boy berishga qarshi Markaziy bank belgilagan miqdorlarda maxsus zaxiralar yaratilishini nazorat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bank boshqaruvidan bank tavakkalchiliklari darajasi Markaziy bank belgilaganidan yuqori boʻlmasligini taʼminlashni talab qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bank aksiyalarini joylashtirish chora-tadbirlarini koʻradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bankning kapital va umumiy zaxiralari yetarli darajada saqlab turilishini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. BANKNI RIVOJLANTIRISh BIZNES-REJASINI ShAKLLANTIRISh VA UNI AMALGA OShIRISh
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Bank kengashi bankni rivojlantirish biznes-rejasini (ham mustaqil ravishda, ham chetdan maslahatchilar va ekspertlarni jalb qilgan holda) ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, biznes-reja:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kredit berish toʻgʻrisida qaror qabul qilish siyosatini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kreditlarni nazorat qilish tartibotini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aktivlar va passivlarni boshqarish tizimini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiyalash tartibini oʻz ichiga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Kengash bankni rivojlantirish biznes-rejasi uning Boshqaruvi tomonidan amalga oshirilishini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Bankni rivojlantirish biznes-rejasi, qoidaga koʻra, unga zarur oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish maqsadida, yiliga kamida bir marta qayta koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. BANK KENGAShI AʼZOLARINING JAVOBGARLIGI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Bank kengashi aʼzolari bank va uning aksiyadorlari oldidagi oʻz majburiyatlarini zarur darajada bajarmaganliklari uchun Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga va bank ustaviga muvofiq javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Kengash yigʻilishida ovoz berishda qatnashmagan yoki bankka zarar yetkazishga olib kelgan qaror uchun qarshi ovoz bergan Bank kengashi aʼzolari javobgarlikdan ozod qilinadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 24-martdagi 104-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining “Respublikada kassa aʼmollarini tartibga solishning kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1992-yil 24-iyuldagi 346-son qarorining 9-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Aholining Oʻzbekiston jamgʻarmalar banki muassasalarida saqlanayotgan omonatlari boʻyicha yangi foiz stavkalarini tasdiqlash haqida” 1993-yil 16-yanvardagi 36-son qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Pul muomalasini tartibga solish va respublika isteʼmol bozorini himoya qilishni kuchaytirish toʻgʻrisida” 1993-yil 5-maydagi 204-son qarorining 6-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Pul muomalasini barqarorlashtirishga oid qoʻshimcha choralar toʻgʻrisida” 1993-yil 6-noyabrdagi 533-son qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Bank tizimini takomillashtirish va pul-kredit munosabatlarini barqarorlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1994-yil 18-martdagi 146-son qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublika bank tizimi boshqaruvi tuzilmasini va uning amaliy faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1994-yil 3-maydagi 234-son qarorining 2-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublika korxonalari, tashkilotlari va muassasalaridan pul tushumi tushishi ustidan nazoratni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1994-yil 29-iyundagi 331-son qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Muomaladagi naqd pullarni kamaytirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1994-yil 11-iyuldagi 356-son qarorining 1 va 4-bandlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi budjetining ijrosini taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1997-yil 31-iyuldagi 379-son qarorining 8-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xoʻjaligi korxonalarini sanatsiya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1998-yil 7-fevraldagi 61-son qarorining 6-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yangi tashkil etilayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyati ustidan bank va soliq nazoratini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 30-martdagi 146-son qarori 1-bandining uchinchi xatboshi.
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 2000-yil, 3-son, 16-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)