Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.06.2010 15.04.1999 yildagi 768-I-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.06.2010
Hujjat 07.05.1999 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Arxivlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 15-iyundagi OʻRQ-252-sonli “Arxiv ishi toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda. Qonunning maqsadi va vazifalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonun arxivlarni shakllantirish, saqlash va ulardan foydalanishda yuzaga keladigan munosabatlarni hamda Oʻzbekiston Respublikasi arxiv muassasalari faoliyatini tartibga soladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonun Oʻzbekiston hududida mavjud boʻlgan barcha arxiv hujjatlarini toʻliq qamrab olishga, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondining yaxlitligini saqlab qolishga va fuqarolar, jamiyat va davlatning ijtimoiy, madaniy, ilmiy va boshqa ehtiyojlarini qondirish maqsadida arxiv hujjatlarini hisobga olish, ekspertiza qilish, roʻyxatdan oʻtkazish, butlash hamda ulardan foydalanishning yagona tartibini belgilashga qaratilgandir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda. Arxivlar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining arxivlar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iborat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasida arxiv ishi Qoraqalpogʻiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining arxivlar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda. Asosiy tushunchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
arxiv — arxiv hujjatlari majmui, shuningdek arxiv muassasasi yoki korxona, muassasa va tashkilotning arxiv hujjatlarini qabul qiluvchi, saqlovchi va ulardan foydalanuvchi tarkibiy boʻlinmasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
arxiv hujjatlari — qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tegishli ekspertiza asosida arxiv ahamiyatiga molik deb topilgan matnli, qoʻlyozma va mashinada oʻqiladigan hujjatlar, ovozli yozuvlar, videoyozuvlar, kinolentalar, fotosuratlar, fotografiya plyonkalari, chizmalar, sxemalar, xaritalar, shuningdek turli moddiy ashyolardagi yozuvlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
arxiv fondi — tarixiy yoki mantiqiy jihatdan bir-biri bilan aloqador arxiv hujjatlari majmui;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
arxiv ishi — arxiv hujjatlarini qabul qilish, hisobga olish, saqlash va ulardan foydalanishni tashkil etishga oid faoliyat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
arxiv hujjatlarini doimiy saqlash — ularni arxivda, muzeyda, kutubxonada cheklanmagan muddatlarda saqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
arxiv hujjatlarini vaqtincha saqlash — ularni arxivlarda qonun hujjatlarida belgilangan davr mobaynida saqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
arxiv hujjatlarini depozitar saqlash — ularni hujjatlar mulkdori bilan arxiv, muzey, kutubxona oʻrtasidagi kelishuv (shartnoma) boʻyicha belgilanadigan shartlar asosida mulkdorning arxiv hujjatlariga nisbatan mulk huquqini saqlab qolgan holda arxivda, muzeyda, kutubxonada saqlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatlarida Oʻzbekiston xalqining moddiy va maʼnaviy hayoti aks ettirilgan barcha arxiv fondlarining majmui Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi davlat va nodavlat arxiv fondlaridan tashkil topadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat arxivlarida va davlatning boshqa hujjatxonalarida doimiy saqlanayotgan hujjatlar, shuningdek davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida, prokuraturalar, sudlar, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarida, banklarda, Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarida vaqtincha saqlanayotgan arxiv hujjatlari davlat arxiv fondini tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nodavlat yuridik shaxslarning faoliyati natijasida toʻplangan arxiv hujjatlari, shuningdek fuqarolarning shaxsiy arxivlari nodavlat arxiv fondini tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatlarni Oʻzbekiston Respublikasining Milliy arxiv fondiga kiritish yoki hujjatlarni undan chiqarish ekspert komissiyasining xulosasi asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatlarning qimmatliligini aniqlash mezonlarini, ekspert komissiyalarini tuzish va ularning faoliyat koʻrsatish tartibini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh arxiv boshqarmasi belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatlarni Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondiga kiritish masalasini hal qilish uchun yuridik va jismoniy shaxslar davlat arxiv muassasasining talabiga binoan hujjatlarni ekspertizaga taqdim etishlari shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda. Arxiv hujjatlariga boʻlgan mulkdorlik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat arxiv fondining hujjatlari davlat mulkidir va ular davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, oldi-sotdi yoki mulk huquqini berish bilan bogʻliq boshqa bitimlar obyekti boʻlishi mumkin emas hamda faqat vaqtincha foydalanish uchun beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nodavlat arxiv fondlarining hujjatlari nodavlat yuridik shaxslarning — fond egalarining mulkidir. Jismoniy shaxslarning arxiv hujjatlari shu shaxslarning xususiy mulkidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vafot etgan fuqarolarning arxiv hujjatlari, qonun boʻyicha yoki vasiyatnoma boʻyicha merosxoʻrlar boʻlmasa, shuningdek arxivning egasini aniqlash imkoniyati boʻlmasa, davlat mulkiga oʻtadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-modda. Arxivlar tuzish huquqi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxslari arxivlar tuzish huquqiga egadir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi davlat arxivlari (ularning filiallari) tegishli ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi tomonidan tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Viloyatlar davlat arxivlari (ularning filiallari) hamda Toshkent shahar davlat arxivi tegishli viloyat va Toshkent shahar hokimlarining qarori bilan tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxfiy arxivlar tuzishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-modda. Arxiv hujjatlarini doimiy saqlash huquqi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat arxiv fondining hujjatlari davlat hujjatxonalarida doimiy saqlanishi kerak. Hujjatlarni qabul qilish va roʻyxatdan oʻtkazishni amalga oshiradigan, ularning asralishi va ulardan foydalanishni taʼminlaydigan davlat arxivlari va ularning filiallari davlat arxiv fondi hujjatlarining asosiy hujjatxonalari hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat arxiv fondi hujjatlarini vazirliklar va idoralarda doimiy saqlash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh arxiv boshqarmasi bilan kelishilgan idoraviy normativ hujjatlar asosida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat arxiv fondining hujjatlarini doimiy saqlash vazifasi topshiriladigan vazirliklar va idoralarning roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-modda. Idoraviy arxivlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar arxiv hujjatlarini vaqtincha saqlash, ulardan xizmat, ishlab chiqarish, ilmiy va boshqa maqsadlarda foydalanish uchun idoraviy, birlashgan idoraviy yoki idoralararo arxivlar tuzishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Idoraviy arxivlarda vaqtincha saqlanayotgan hujjatlarni roʻyxatdan oʻtkazishni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh arxiv boshqarmasi va u vakolat bergan davlat arxiv muassasalari amalga oshiradi. Roʻyxatdan oʻtkazish tartibi va roʻyxatdan oʻtish guvohnomasining shakli Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat arxiv fondining hujjatlarini idoraviy arxivlarda vaqtincha saqlash muddatining meʼyorlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilab qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Idoraviy arxivda vaqtincha saqlash muddatlari oʻtganidan keyin doimiy saqlanishi kerak boʻlgan arxiv hujjatlari belgilangan tartibda davlat arxivlariga topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Idoraviy arxivlarning arxiv hujjatlarini saqlash va ulardan foydalanish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlagan nizomda belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-modda. Fuqarolarning shaxsiy arxivlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususiy mulkida arxiv hujjatlari boʻlgan fuqarolar ularning asralishini taʼminlaydilar va arxiv hujjatlarini doimiy yoki depozitar saqlash uchun davlat arxivlari, muzeylari va kutubxonalariga topshirishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Depozitar saqlash uchun topshirilgan arxiv hujjatlari, ularning mulkdorlari hujjatlarni saqlash shartnomasini oʻz vaqtida uzaytirmagan boʻlsalar va mazkur hujjatlar arxivga, muzeyga va kutubxonaga topshirilgan paytdan boshlab yuz yil mobaynida ularni talab qilib olmasalar, davlat mulkiga oʻtadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-modda. Qayta tashkil etilayotgan va tugatilayotgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning arxiv fondlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korxonalar, muassasalar va tashkilotlar qayta tashkil etilganda ularning arxiv hujjatlarini kelgusida saqlash ular tomonidan tegishli davlat arxiv muassasalari bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tugatilganda ularning arxiv fondi hujjatlari tegishli davlat arxivlariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-modda. Arxiv ishini davlat tomonidan boshqarish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Arxiv ishini davlat tomonidan boshqarish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan ular tuzadigan arxivlar ishini boshqarish vakolatli davlat organlari orqali amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh arxiv boshqarmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzuridagi Arxiv boshqarmasi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining arxiv boʻlimlari arxiv ishini boshqarish vakolatli davlat organlari hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi va Qoraqalpogʻiston Respublikasining davlat arxivlari (ularning filiallari), viloyatlar davlat arxivlari (ularning filiallari) va Toshkent shahar davlat arxivi bevosita arxiv ishini boshqarish vakolatli davlat organlariga boʻysunadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Arxiv ishini boshqarish vakolatli davlat organining faoliyatini tashkil etish tartibi hamda tuzilishi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-modda. Davlat arxiv muassasalarini moliyalash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat arxiv muassasalarini moliyalash tegishli budjetlar mablagʻlari hisobiga, shuningdek budjetdan tashqari mablagʻlar hisobiga amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pulli xizmatlar koʻrsatishdan hamda moliyalashning boshqa qoʻshimcha manbalaridan olinadigan mablagʻlar arxiv muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirishga hamda ularning xodimlarini moddiy ragʻbatlantirishga yoʻnaltiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-modda. Arxiv muassasalarining xizmatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat arxiv fondi muassasalari va idoraviy arxivlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda xizmatlar koʻrsatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolarning huquqlari va manfaatlarini ijtimoiy himoya qilish uchun zarur boʻlgan arxiv maʼlumotnomalarini, shuningdek davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga arxiv maʼlumotnomalarini va hujjatlarning nusxalarini berish bepul amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14-modda. Arxivlarni butlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat arxivlari davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining faoliyati jarayonida vujudga kelgan hujjatlardan, shuningdek ular tomonidan qoʻlga kiritilgan yoki ularga boshqa yuridik va jismoniy shaxslar topshirgan hujjatlardan butlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat arxivlari fuqarolarning shaxsiy arxiv hujjatlarini shartnoma asosida mulk qilib olishlari mumkin. Fuqarolarning arxiv hujjatlari sotilayotganda davlat arxivi ularni mulk egasi eʼlon qilgan narxida sotib olishda ustuvor huquqqa ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nodavlat yuridik shaxslarning arxivlari va fuqarolarning shaxsiy arxivlari davlat arxiv fondi hujjatlaridan butlanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatlari Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondiga butlash maqsadida topshirilishi lozim boʻlgan korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh arxiv boshqarmasi tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15-modda. Hujjatlar saqlanishini taʼminlash yuzasidan hujjatlar mulkdorlarining majburiyati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondiga kiritilishi lozim boʻlgan hujjatlarning mulkdorlari ularning saqlanishini taʼminlashlari va koʻpayib borishiga koʻmaklashishlari shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Alohida qimmatli va noyob arxiv hujjatlarining sugʻurta nusxalari tayyorlab qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Arxiv hujjatlarini alohida qimmatli va noyob hujjatlar jumlasiga kiritish, shuningdek ularning sugʻurta nusxalarini tayyorlash va saqlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh arxiv boshqarmasi tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli, noyob arxiv hujjatlarining lozim darajada asralishini taʼminlamayotgan nodavlat yuridik shaxslar sud qarori bilan hujjatlarga boʻlgan mulk huquqidan mahrum etilishlari mumkin, shundan soʻng bu hujjatlar saqlash uchun tegishli davlat arxiviga topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarini davlat hisobiga olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondining hujjatlari, ularning saqlanayotgan joyidan qatʼi nazar, davlat hisobiga olinishi kerak. Mazkur hujjatlarni davlat hisobiga olish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh arxiv boshqarmasi tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17-modda. Arxiv hujjatlaridan foydalanish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar davlat arxiv fondining arxiv hujjatlaridan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda foydalanadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nodavlat arxiv fondining hujjatlari, shu jumladan jismoniy shaxslarning xususiy mulki sifatida oʻzida saqlanayotgan arxivlar yuridik va jismoniy shaxslarning foydalanishi uchun fond egalarining roziligi bilan berilishi mumkin boʻlib, ular arxiv hujjatlarining asralishini taʼminlash maqsadida ulardan foydalanishni cheklashlari mumkin. Cheklashlar xizmat topshirigʻini bajarayotgan huquqni muhofaza qilish, nazorat qiluvchi organlarning xodimlariga nisbatan, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda tatbiq etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Arxiv hujjatlarining mahfiylik darajasi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondining davlat va tijorat sirini oʻz ichiga olgan hujjatlaridan foydalanishga doir cheklashlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolarning shaxsiy hayoti toʻgʻrisidagi yoki ularning hayoti va xavfsizligiga tahdid tugʻdiruvchi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan arxiv hujjatlaridan foydalanishga doir cheklashlar, hujjatlar tayyorlangan vaqtdan eʼtiboran yetmish besh yil muddatga belgilanadi. Ushbu muddatdan oldin ana shunday hujjatlardan foydalanishga fuqaroning oʻzi tomonidan, uning vafotidan soʻng esa — uning merosxoʻrlari tomonidan ruxsat berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat arxiv muassasalari davlat arxiv fondi hujjatlaridan foydalanishni ular ilmiy-texnik ishlovdan oʻtkazilayotgani yoki qayta tiklanayotgani munosabati bilan cheklab qoʻyish huquqiga egadir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18-modda. Arxiv ishi sohasidagi xalqaro hamkorlik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻz arxivlariga ega boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar arxiv ishi sohasidagi xalqaro hamkorlikda qonun hujjatlariga muvofiq ishtirok etishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasidan chetga olib ketilgan arxiv hujjatlarini qaytarish xalqaro shartnomalar asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarining Oʻzbekistondan olib chiqilishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarining asl nusxalarini yoki ularning oʻrnini bosuvchi nusxalarini Oʻzbekistondan olib chiqilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondining hujjatlarini chet elda koʻrgazmaga qoʻyish yoki qayta tiklash maqsadida Oʻzbekistondan vaqtincha olib chiqilishiga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh arxiv boshqarmasining ruxsati bilan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yoʻl qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20-modda. Nizolarni hal etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Arxivlardan foydalanish masalalariga doir nizolar sud tomonidan hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuridik va jismoniy shaxslar arxivlar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun yetkazilgan zarar oʻrnini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplashlari shart. Zarar oʻrnining qoplanishi aybdorlarni qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikdan ozod etmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21-modda. Arxivlar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Arxivlar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1999-yil 15-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
768-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-y., 5-son, 120-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y.,25-son, 287-modda)