Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.09.2021 21.02.2000 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 897
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh arxiv boshqarmasining Namunaviy nizomi, 21.02.2000 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 897
Kuchga kirish sanasi
21.02.2000
Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.09.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi
Bosh arxiv boshqarmasining
2000-yil 11-fevraldagi
4-son buyrug‘i bilan
“TASDIQLANGAN”

O‘zbekiston Respublikasi
O‘zbosharxiv yig‘ilishining
1998-yil 27-oktabrdagi 3-son
bayonnomasi bilan
“MA’QULLANGAN”

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MULKChILIK ShAKLARIDAN QAT’IY NAZAR KORXONALAR, MUASSASALAR, TAShKILOTLARNING DOIMIY HARAKATDAGI EKSPERT KOMISSIYA (EK)SI TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
namunaviy nizom
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2000-yil 21-fevralda 897-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur namunaviy nizom O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi direktorining 2021-yil 6-sentabrdagi 316-sonli “Mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar korxonalar, muassasalar, tashkilotlarining doimiy harakatdagi Ekspert komissiya (EK)si to‘g‘risida namunaviy nizom, shuningdek unga o‘zgartirishlarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish haqida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 897-3, 11.09.2021-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. UMUMIY QOIDALAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.1. O‘zbekiston Respublikasining “Arxiv ishi to‘g‘risida”gi Qonuni mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar korxonalar, muassasalar, tashkilotlar (yuridik shaxs hisoblangan kichik tadbirkor subyektlari bundan mustasno)faoliyatida shakllanadigan boshqaruv (ish yuritish)ga oid, ilmiy-texnikaviy va boshqa hujjatlarning qimmatliligini aniqlash ekspertizasini o‘tkazish, arxiv saqloviga topshirishga tayyorlash uchun o‘rnatilgan tartibda doimiy faoliyat yurituvchi Ekspert Komissiyasi (keyingi o‘rinlarda EK deb yuritiladi) tashkil qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.2. 1.2. EK maslahat organi hisoblanadi. EK qarorlari tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanib va zarur holatlarda tegishli davlat arxivi tomonidan kelishilgandan so‘ng kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.3. EK tashkilot rahbari buyrug‘i bilan tashkilotning yuqori malakali mutaxassislari orasidan, rahbarlardan biri rais etib tayinlanadi. Komissiyaning tarkibiga tashkilot ish yurituvchisi va tashkilot arxivi mudiri yoki arxivga mas’ul shaxs, tegishli arxiv muassasasining vakili bo‘lishi shart. Qoida ko‘ra komissiya kotibligi tashkilot ish yuritish xizmati xodimi yoki tashkilot arxivi mudiri (arxiv uchun mas’ul shaxs)ga yuklatiladi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.4 EK o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining “Arxivlar to‘g‘risida”gi Qonuni hamda boshqa qonun hujjatlariga asoslanadi.
(1.4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi Bosh direktorining 2008-yil 9-apreldagi 9-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 897-1, 23.04.2008-y.) tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 17-son, 140-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.5. Tashkilot tomonidan ushbu Namunaviy Nizomga muvofiq EK Nizomi ishlab chiqiladi, tegishli arxiv muassasasi bilan kelishilgan holda rahbar tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. EKSPERT KOMISSIYASI FUNKSIYALARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashkilot EKsi quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.1. Ish yuritish xizmati va idoraviy arxiv bilan birgalikda, har yili kelgusida saqlash va yo‘q qilishga ajratish uchun tashkilotning hujjatlarni tanlab oladi. Tashkilotda ish yuritishni yo‘lga qo‘yish va olib borish nazoratini amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.2. Ma’qullash va tasdiqlash uchun masalalarini belgilangan tartibda ko‘rib chiqadi va qaror chiqaradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hujjatlarni davlat saqloviga topshirishga tayyorlash va topshirish rejalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yig‘majildlar ro‘yxati doimiy va uzoq muddatli (10 yildan ortiq) saqlanadigan, shu jumladan shaxsiy tarkib bo‘yicha yig‘majildlar ro‘yxatlarini maqullaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
doimiy saqlanadigan ilmiy-texnik hujjatlar ro‘yxati, loyihalari va muammolarni ko‘rib chiqadi va ma’qullaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
saqlash muddati tugagan va yo‘q qilishga ajratilgan hujjatlarni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli tartibda izlash ishlari tashkil etilib, topilmagan yig‘majildlar to‘g‘risidagi dalolatnomalarni ;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shikastlangan va tuzatib bo‘lmaydigan yig‘majildlar to‘g‘risidagi dalolatnomalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.3. tashkilotning yig‘majildlari nomenklaturasini tuzish va ko‘rib chiqish, ish yuritishda hujjatlarni tashkil etish bo‘yicha uslubiy qo‘llanmalarni, ularni qimmatliligini aniqlash ekspertizasini o‘tkazish va arxiv hujjatlarini saqlash uchun tayyorlashda va ko‘rib chiqish ishlarida ishtirok etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.4. O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi (MAF) hujjatlari tarkibini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi, hujjatlarning saqlov muddatlari ko‘rsatilgan tegishli ro‘yxatda ayrim hujjatlarga muddatlar qo‘yilmagan bo‘lsa, ularning tasnifi yoki taqdim etilmagan hujjatlar ro‘yxatini ko‘rib chiqadi va alohida hujjatlar saqlash muddatini aniqlash, o‘zgartirish va istisno tariqasida tegishli arxiv muassasasi tasdiqlashi to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.5. Ish yuritishini olib borish hujjatlar qimmatliligini aniqlash ekspertizasini o‘tkazish va kelgusida saqlash uchun topshirishga tayyorlash masalalari yuzasidan tashkilot xodimlariga maslahatlar va instruktaj o‘tkazilishini ta’minlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. EKSPERT KOMISSIYASI HUQUQLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashkilot EKsi quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.1. Ish yuritishda hujjatlarni tashkil etish, hujjatlar qimmatliligini aniqlash ekspertizasini o‘tkazish va kelgusida saqlash uchun topshirishga tayyorlash masalalariga javobgar tegishli xodimlarga, tarkibiy bo‘linmalariga o‘rnatilgan talablarga muvofiq ko‘rsatmalar berish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.2. Hujjatlar yo‘qolgan taqdirda tarkibiy bo‘linmalar rahbarlaridan ularni izlab topishni talab qilish, davlat arxivida saqlanishi shart bo‘lgan hujjatning yo‘qolganligi to‘g‘risida yozma tushuntirish taqdim etishini talab qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.3. Hujjatlarlar qimmatliligi va saqlov muddatlarini aniqlash uchun zarur ma’lumot va xulosalarni tashkilotning tarkibiy bo‘limlaridan so‘rab olish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.4. O‘z yig‘ilishlarida ish yuritish xizmati bo‘yicha javobgar yoki arxiv ishi bo‘yicha mas’ul shaxs (arxiv mudiri)ning tashkilot idoraviy arxiviga qabul qilinadigan hujjatlarini rasmiylashtirish va ish yuritishda yig‘majildlarni shakllantirish, uzoq muddatli hamda doimiy saqlanuvchi hujjatlarning ahvoli to‘g‘risida axborotlarini tinglash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.5. EK yig‘ilishlariga maslahatchi va ekspertlar sifatida tegishli tashkilotlarning mutaxassislarini, zarur hollarda arxiv muassasalarining xodimlarini taklif qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.6. Sohaviy va hududiy jamoaviy ko‘riklarda va arxivning ish yuritish holatini tekshirishda ishtirok etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.7. EK vakolatiga doir masalalar yuzasidan tashkilot rahbariyatini xabardor qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. EKSPERT KOMISSIYA IShINI TAShKIL ETISh
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.1. Tashkilot EKsi o‘z faoliyatini yuqori turuvchi tashkilotning MEKi va tegishli davlat arxivi Ekspert-tekshiruv uslubiy komissiyasi (ETK, ETUK) bilan bevosita hamkorlikda olib boradi va ulardan zarur tashkiliy-uslubiy ko‘rsatmalar olish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.2. EK tashkilot rahbari tasdiqlagan reja asosida ish olib boradi va unga o‘z ishi bo‘yicha hisob beradi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.3. EK faoliyati va uning vakolat doirasiga tegishli masalalar zarur bo‘lganda chaqiriladigan, lekin o‘tkazish yiliga ikki martadan kam bo‘lmagan uning yig‘ilishlarida ko‘rib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.4. EK qarorlari har bir masala bo‘yicha alohida ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi. EK yig‘ilishlari bayonnoma orqali rasmiylashtirib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.5. Tegishli arxiv muassasasi tomonidan quyidagilar majburiy tasdiqlanishi lozim bo‘lgan: EK tomonidan ma’qullangan doimiy va uzoq muddatli (10 yildan ortiq) saqlanishi lozim bo‘lgan yig‘majildlar ro‘yxatlari; amaldagi sohaviy ro‘yxat va taxminiy yig‘majildlar nomenklaturasida ko‘zda tutilmagan hujjatlarning saqlash muddatini belgilash bo‘yicha takliflar, O‘zbekiston Respublikasi MAF hujjatlari tarkibiga kiritish yuzasidan takliflarni ma’qullash bo‘yicha EK qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.6. EK hujjatlarini yuritish va uning hujjatlarini saqlash komissiyaning kotibiga yuklatiladi.