O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat-tijorat Xalq bankining kapitallashuv darajasini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015-yil 25-martdagi PQ-2325-son qarori)
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat-tijorat Xalq bankining kapitallashuv darajasini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015-yil 25-martdagi PQ-2325-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 59-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat-tijorat Xalq banki aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi Davlat-tijorat Xalq bankining yangi tahrirdagi ustavi tasdiqlanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat-tijorat Xalq banki Ustavni belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida qayta ro‘yxatdan o‘tkazsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2015-yil 21-may,
132-son
Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 21-maydagi 132-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilayotgan qarorlari
ro‘yxati
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat-tijorat Xalq bankining kapitallashuvini yanada ko‘paytirish va investitsion faolligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2008-yil 16-oktabrdagi PQ-986-son qarori)” 2008-yil 25-noyabrdagi 256-son qaroriga 1-ilovaning 2-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 11-son, 62-modda).
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y., 20-son, 259-modda)