02.03.2015 yildagi 39-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat mulkidan samarali foydalanish va Toshkent shahri aholisining uy-joy-kommunal shart-sharoitlarini yanada yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish, shuningdek Toshkent shahri aholisining uy-joy-kommunal shart-sharoitlarini yaxshilash ishlarini izchil amalga oshirish, koʻp kvartirali uylarning umumiy foydalaniladigan joylari, muhandislik kommunikatsiyalarini taʼmirlash hamda ularning hududlarini obodonlashtirish, kommunal xizmat koʻrsatish tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Toshkent shahri hokimligining foydalanilmayotgan ayrim davlat mulki obyektlarini Toshkent shahar hokimligiga operativ boshqarish huquqi asosida bepul berish hamda ommaviy savdolar orqali sotish toʻgʻrisidagi taklifi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahar hokimligiga operativ boshqarish huquqi asosida bepul beriladigan foydalanilmayotgan davlat mulki obyektlari roʻyxati 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ochiq savdolarda sotiladigan davlat mulki obyektlari roʻyxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qarorning 1-ilovasida koʻrsatilgan obyektlarning balansda saqlovchilari ushbu obyektlarni tegishli hududlari bilan birgalikda bepul topshirsinlar, Toshkent shahar hokimligi qabul qilib olsin hamda ulardan samarali foydalanilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-ilovada koʻrsatilgan davlat mulki obyektlarini ochiq savdolarga qoʻyish Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Ularni sotishdan tushadigan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi ixtiyorida qoldiriladigan, shuningdek baholovchi tashkilot va savdo tashkilotchisi xizmatlari uchun xarajatlarni chegirgan holda, Toshkent shahar hokimligining maxsus hisob raqamida jamlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahar hokimligining maxsus hisob raqamida jamlangan mablagʻlar koʻp kvartirali uylarning hududlarini obodonlashtirishga, ularning muhandislik tarmoqlarini, tomlarini, fasadlarini, lift xoʻjaligini taʼmirlashga, mavzelar hududidagi yoritish tizimlarini tiklashga, bolalar maydonchalarini tashkil etishga, koʻp qavatli uylar, ijtimoiy soha muassasalari va boshqa obyektlarga xizmat koʻrsatish uchun energiyani tejaydigan zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan mahalliy qozonxonalarni qurishga, koʻp kvartirali uylar uchun umumiy issiqlik energiyasini hisoblash asboblarini sotib olish va oʻrnatishga, shuningdek kommunal xizmat koʻrsatish tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga yoʻnaltiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Toshkent shahar hokimligi davlat mulki obyektlarini sotishdan tushadigan mablagʻlardan belgilangan yoʻnalishlar uchun maqsadli foydalanilishini taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasiga Toshkent shahar hokimligining maxsus hisob raqamidan moliyalashtiriladigan mablagʻlardan maqsadli foydalanilishini har chorakda tekshirib borish vazifasi yuklatilsin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2015-yil 2-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 2-martdagi 39-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahar hokimligiga operativ boshqarish huquqi asosida bepul beriladigan foydalanilmayotgan davlat mulki obyektlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Manzili

Balansda saqlovchi

1.

Mirzo Ulugʻbek tumani, Temur Malik koʻchasi, 112-uy manzilida joylashgan 9 qavatli yotoqxona binosi

Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti

2.

Mirzo Ulugʻbek tumani, Sayram 3-tor koʻchasi, 92-uy manzilida joylashgan binolar

Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi

3.

Mirobod tumani, Matbuotchilar koʻchasi, 32-uy manzilidagi binoning bir qismi

“Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi

4.

Mirzo Ulugʻbek tumani, Hamid Olimjon koʻchasi, 11a-uy manzilida joylashgan sobiq “Nur” majmuasi

Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining Toshkent shahar hududiy boshqarmasi

6.

Mirobod tumani, Otaturk koʻchasi, 24b-uy manzilidagi 2 qavatli binoning bir qismi

7.

Sergeli tumani, Qoʻyliq-5, Yangi Qoʻyliq koʻchasi, 2-uy manzilida joylashgan bino va inshootlar

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 10-fevraldagi 70-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 2-martdagi 39-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ochiq savdolarda sotiladigan davlat mulki obyektlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

№‎

Obyektning nomi‎

Manzili‎

Umumiy maydoni 1)

Balansda saqlovchi‎

1.‎

Omborxona bino va inshootlari‎

Bektemir tumani, Oltintopgan koʻchasi, 37-uy‎

253 kv. m.‎

Binolardan foydalanish departamenti‎

2.‎

Qurilishi tugallanmagan poliklinika binosi ‎

Mirzo Ulugʻbek tumani, Feruza mavzesi‎

7128 kv. m.‎

Toshkent shahar Hududiy kommunal foydalanish birlashmasi‎

5.‎

Qurilishi tugallanmagan savdo uyi binosi 4)

Mirzo Ulugʻbek tumani, Mustaqillik shoh koʻchasi ‎

2101 kv. m.‎

Savdo, xizmat koʻrsatish sohasi va xalq isteʼmol mollari ishlab chiqarish departamenti‎

6.‎

Qurilishi tugallanmagan ishlab chiqarish binosi‎

Olmazor tumani, Shimoliy Olmazor va Miskin koʻchalari kesishuvi‎

13986 kv. m.‎

“Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi‎

7.‎

Maʼmuriy bino‎

Olmazor tumani, Jomiy koʻchasi, 5-uy‎

1459 kv. m.‎

Binolardan foydalanish departamenti‎

8.‎

Omborxona binosi‎

Olmazor tumani, Kamarniso koʻchasi, 57 v-uy‎

86 kv. m.‎

Binolardan foydalanish departamenti‎

10.‎

Qurilishi tugallanmagan turar joy binosi‎

Sergeli tumani, Quruvchilar mavzesi‎

389 kv. m.‎

“Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi‎

11.‎

Qurilishi tugallanmagan turar joy binosi‎

Sergeli tumani, Sergeli — 5 mavzesi‎

361 kv. m.‎

“Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi‎

12.‎

Qurilishi tugallanmagan turar joy binosi‎

Sergeli tumani, Quruvchilar mavzesi, Xonobod koʻchasi‎

476 kv. m.‎

“Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi‎

13.‎

Maktabgacha taʼlim muassasasi binosi 3)

Uchtepa tumani, Chilonzor — 24 mavzesi ‎

2127 kv. m.‎

Binolardan foydalanish departamenti‎

15.‎

Koʻp qavatli turar joy binosi birinchi qavatining qismi (ofis)‎

Yashnobod tumani, Elbek koʻchasi, 3/1-uy‎

137 kv. m.‎

Binolardan foydalanish departamenti‎

19.‎

Qurilishi tugallanmagan maʼmuriy bino 2)

Shayxontohur tumani, Olmazor koʻchasi ‎

2438 kv. m.‎

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi‎

21.‎

Bir qavatli binoning yertoʻla qismi (xizmat koʻrsatish)‎

Shayxontohur tumani, Zulfiyaxonim koʻchasi, 1a-uy ‎

154 kv. m.‎

Shayxontohur tumani hokimligi‎

22.‎

Sobiq maktabgacha taʼlim muassasasi binosi 2)

Yakkasaroy tumani, Shohjahon koʻchasi ‎

856 kv. m.‎

Yakkasaroy tumani Xalq taʼlimi boʻlimi‎

23.‎

Maʼmuriy bino‎

Yakkasaroy tumani, A. Qahhor koʻchasi, 47-uy‎

579 kv. m.‎

“Suvsoz” davlat unitar korxonasi‎

24.‎

Qurilishi tugallanmagan dam olish oromgohi binolari‎

‎‎Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumani, Chorvoq hududi

“Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi‎

25.‎

Qurilishi tugallanmagan dam olish oromgohi binolari‎

‎‎Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumani, Chimyon hududi

“Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi‎

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) Kadastr xizmati oʻlchovi natijalariga koʻra aniqlashtirish mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) Obyektlar Toshkent shahar hokimligiga topshiriladi va soʻng savdoga qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) Istisno tariqasida ijarachiga toʻgʻridan-toʻgʻri (ommaviy savdolar oʻtkazmasdan), ijara faoliyati davrida kiritilgan investitsiyalar miqdorini chegirgan holda sotiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) Sotishdan tushgan mablagʻlarning bir qismi Toshkent shahar hokimligining Savdo, xizmat koʻrsatish sohasi va xalq isteʼmol mollari ishlab chiqarish departamenti tomonidan obyekt qurilishiga sarflangan 3 047 523 142 soʻm miqdoridagi jalb qilingan kredit va oʻz mablagʻlarini qoplash uchun yoʻnaltiriladi (xarajatlar miqdori pul mablagʻlarining Toshkent shahar hokimligining maxsus hisob raqamiga tushishi sanasiga qarab, binoni saqlash xarajatlari va kredit foizlari hisobiga oʻzgarishi mumkin).
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 730-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 2-martdagi 39-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim qarorlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy biznes maktabining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2013-yil 19-fevraldagi 48-son qarori 1-bandining uchinchi xatboshi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulkini samarali boshqarish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2014-yil 28-martdagi 75-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-ilovaning 19-satri;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-ilovaning 4 va 7-satrlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulkidan samarali foydalanish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2014-yil 2-maydagi 111-son qaroriga 2-ilovaning 5-satri.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Qurilishi tugallanmagan obyektni foydalanishga topshirishni jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2014-yil 27-oktabrdagi 296-son qarori.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 9-son, 99-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son; 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)