Hujjat kuchini yo‘qotgan 09.03.2015 27.10.2014 yildagi 296-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 09.03.2015
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qurilishi tugallanmagan obyektni foydalanishga topshirishni jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 2-martdagi 39-sonli “Davlat mulkidan samarali foydalanish va Toshkent shahri aholisining uy-joy-kommunal shart-sharoitlarini yanada yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahar, Mirzo Ulugʻbek tumani, Mustaqillik shoh koʻchasida joylashgan qurilishi tugallanmagan savdo uyi binosini foydalanishga topshirishni jadallashtirish va undan samarali foydalanishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Toshkent shahar hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, OAT “Aloqabank” va “ZRAS BIZNES” masʼuliyati cheklangan jamiyat muassislarining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahar, Mirzo Ulugʻbek tumani, Mustaqillik shoh koʻchasida joylashgan qurilishi tugallanmagan savdo uyi binosini (keyingi oʻrinlarda obyekt deb ataladi) foydalanishga topshirishni jadallashtirish maqsadida, uni istisno tariqasida baholash qiymatida toʻgʻridan toʻgʻri “ZRAS BIZNES” MChJga sotish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sotishdan tushgan mablagʻlarning bir qismini obyekt qurilishiga Toshkent shahar hokimligining Savdo, xizmat koʻrsatish sohasi va xalq isteʼmol mollari ishlab chiqarish departamenti tomonidan sarflangan 3 016 469 200 soʻm miqdoridagi jalb qilingan kredit va oʻz mablagʻlarini qoplash uchun Toshkent shahar hokimligining alohida hisob raqamiga yoʻnaltirish (xarajatlar miqdori pul mablagʻlarining Toshkent shahar hokimligi alohida hisob raqamiga tushishi sanasiga qarab binoni saqlash xarajatlari va kredit foizlari hisobiga oʻzgarishi mumkin);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sotishdan tushgan mablagʻlarning qolgan qismini Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 29-yanvardagi 27-son qarori bilan tasdiqlangan Xususiylashtirishdan tushgan mablagʻlarni hisobga olish, taqsimlash va ulardan foydalanilishini nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan tartibda taqsimlash toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Toshkent shahar hokimligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyektning xususiylashtirishga tegishli hujjatlar toʻplami belgilangan tartibda tayyorlanishi va baholanishini hamda baholangan narxida toʻgʻridan toʻgʻri “ZRAS BIZNES” MChJga sotish yuzasidan oldi-sotdi shartnomasi rasmiylashtirilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sotishdan tushgan mablagʻlar ushbu qarorning 1-bandida koʻrsatilgan tartibda taqsimlanishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“ZRAS BIZNES” MChJ tomonidan shartnoma shartlari toʻliq bajarilgandan soʻng unga obyektga nisbatan mulkiy huquqni tasdiqlovchi davlat orderi berilishini taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Obyektning sotib olish toʻlovlari 2014-yil 15-dekabrga qadar “ZRAS BIZNES” MChJ tomonidan toʻliq toʻlanishi hamda 2015-yil 1-yanvarga qadar qurilish ishlari yakunlanib, obyekt foydalanishga topshirilishi inobatga olinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2014-yil 27-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
296-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 44-son, 536-modda)