Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.03.2020 31.12.2014 yildagi 378-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.03.2020
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kichik sanoat zonalarini barpo etish va ularning faoliyatini tashkil qilish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-martdagi 134-sonli “Kichik sanoat zonalari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat mulki obyektlarini kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga sotish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2014-yil 3-iyuldagi PQ-2200-son qarorini hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Zarar koʻrib ishlayotgan, iqtisodiy nochor va past rentabelli tashkilotlarning foydalanilmayotgan hududlarini hamda ortiqcha ishlab chiqarish maydonlarini yanada maqbullashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2014-yil 15-iyuldagi 192-son qarorini bajarish yuzasidan, shuningdek ishlab chiqarish sohasida aholi bandligini oshirish, yangi raqobatbardoshli ishlab chiqarishlarni, ularni muhandislik kommunikatsiyalari oʻtkazilgan va zarur infratuzilmaga ega boʻlgan alohida hududlarda jamlash yoʻli bilan tashkil etish uchun investitsiyalar va texnologiyalarni jalb etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Kichik sanoat zonalarini barpo etish va ularning faoliyatini tashkil qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlariga muvofiq mahalliy davlat hokimiyati organlariga berilayotgan davlat mulki obyektlarining foydalanilmayotgan hududlari va boʻsh ishlab chiqarish maydonlari negizida kichik sanoat zonalari (keyingi oʻrinlarda sanoat zonalari deb ataladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi qarorlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan qabul qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanoat zonalari hududida kichik ishlab chiqarish obyektlarini tashkil etish boʻyicha loyihalarni tanlab olish Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzurida tuziladigan kichik sanoat zonalarida tadbirkorlik subyektlarini tanlash va joylashtirish boʻyicha tanlov komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik subyektlariga yer uchastkalari berish masalalarini tartibga soladigan normativ-huquqiy hujjatlar talablari sanoat zonalari hududlarida joylashgan yer uchastkalarini berishga tatbiq etilmaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanoat zonalarida joylashtiriladigan xoʻjalik subyektlariga yer uchastkalari ajratish toʻgʻrisidagi qarorlar tegishli tumanlar va shaharlar hokimlari tomonidan tanlov komissiyalarining ijobiy qarorlari asosida qabul qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanoat zonalari hududidagi ishlab chiqarish maydonlari tadbirkorlik subyektlariga davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun eng kam ijara toʻlovi stavkasi boʻyicha, ijaraga olingan maydonda amalga oshiriladigan faoliyat turidan kelib chiqqan holda, tegishli koeffitsiyentlarni qoʻllamasdan uzoq muddatli ijaraga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Kichik sanoat zonalarida tadbirkorlik subyektlarini tanlash va joylashtirish boʻyicha tanlov komissiyalarining namunaviy tarkibi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
*1 va 2-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kichik sanoat zonalarida tadbirkorlik subyektlarini tanlash va joylashtirish boʻyicha tanlov komissiyasining shaxsiy tarkibi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari qarori bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ushbu qaror bilan tasdiqlangan tanlov komissiyalarining namunaviy tarkibi asosida kichik sanoat zonalarida tadbirkorlik subyektlarini tanlash va joylashtirish boʻyicha tanlov komissiyalarining (keyingi oʻrinlarda tanlov komissiyalari deb ataladi) shaxsiy tarkibini bir hafta muddatda tasdiqlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilansinki, sanoat zonalari faoliyatini boshqarish va muvofiqlashtirish uchun:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10 gektar va undan koʻp boʻlinmas hududga ega sanoat zonalari uchun — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzurida kichik sanoat zonalarini boshqarish direksiyalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10 gektardan kam hududga ega boʻlgan, bitta tuman (shahar) doirasida joylashgan sanoat zonalari uchun — tegishli tumanlar (shaharlar) hokimliklari huzurida kichik sanoat zonalarini boshqarish yagona direksiyalari tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilab qoʻyilsinki, kichik sanoat zonalarini boshqarish direksiyalari va yagona direksiyalari (keyingi oʻrinlarda direksiyalar deb ataladi):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat unitar korxonalari shaklida tashkil etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanoat zonalari qatnashchilari bilan, tanlov komissiyalari qarorlariga muvofiq, ishlab chiqarish maydonlarining loyihalarini va uzoq muddatli ijara shartnomalarini (balansida saqlovchi nomidan), shuningdek sanoat zonalari hududida xizmatlar koʻrsatish yuzasidan shartnomalarni amalga oshirish toʻgʻrisida bitimlar tuzadilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanoat zonalari qatnashchilari tomonidan qabul qilingan majburiyatlarning loyihani hamda uzoq muddatli ijara shartnomasini amalga oshirish toʻgʻrisidagi bitimga muvofiq bajarilishi yuzasidan monitoringni amalga oshiradilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanoat zonalari faoliyatini tezkorlik bilan boshqarishga doir boshqa funksiyalarni amalga oshiradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Quyidagilar direksiyalar faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalari tomonidan tasdiqlangan xarajatlar smetalariga muvofiq Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari mablagʻlari;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanoat zonalari qatnashchilariga xizmatlar koʻrsatishdan tushgan daromadlar, shu jumladan hududlarni saqlash va qoʻriqlashdan tushgan daromadlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Direksiyalar faoliyati qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa manbalar hisobidan ham moliyalashtirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har qaysi direksiyaning xodimlarining cheklangan soni va mehnatga haq toʻlash fondi miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan kelishgan holda aniqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
direksiyalar taʼminoti Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti va tegishli viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari mablagʻlari hisobiga, keyingi yillarda oʻzini oʻzi moliyalashtirishga oʻtkazgan holda, ular tashkil etilgan vaqtdan boshlab 3 yil mobaynida amalga oshiriladi;
(7-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
direksiyalarga ular egallab turgan maydondan kelib chiqqan holda hisoblanadigan yer soligʻining uch baravari miqdorida belgilangan eng kam miqdordagi yagona soliq toʻlovi boʻyicha qonunchilikda nazarda tutilgan talab tatbiq etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat mulki obyektlarini kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga sotish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2014-yil 3-iyuldagi PQ-2200-son qaroriga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari asosida sotiladigan budjet tashkilotlari davlat mulki obyektlariga kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti va tegishli viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanoat zonalarining zarur tashqi muhandislik kommunikatsiyalari va infratuzilmasini qurish “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “Oʻztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasining oʻz mablagʻlari, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti hamda tegishli viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari mablagʻlari hisobiga, sanoat zonalarida tadbirkorlik subyektlarini joylashtirishning ishlab chiqilgan loyihalariga muvofiq amalga oshiriladi;
(8-bandning “a” kichik bandi ikkinchi va uchinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Vazirlar Mahkamasining “Kadastr hujjatlarini tayyorlash boʻyicha davlat xizmatlari narxlarini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2014-yil 10-iyuldagi 186-son qaroriga muvofiq koʻchmas mulkka huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish hamda koʻchmas mulkni ijaraga berish shartnomalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonalari tomonidan, toʻlov undirmasdan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyidagilarga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari rahbarlari zimmasiga — sanoat zonalarida joylashtiriladigan tadbirkorlik subyektlariga yer uchastkalari ajratishda hamda ishlab chiqarish maydonlarini uzoq muddatli ijaraga berishda koʻrsatib oʻtilgan normalarning soʻzsiz qoʻllanishi yuzasidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “Oʻztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari rahbarlari zimmasiga — sanoat zonalarida joylashtirilgan tadbirkorlik subyektlarini, ularning ishlab chiqarish ehtiyojlariga muvofiq, elektr energiyasi va tabiiy gaz bilan uzluksiz taʼminlash yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti hamda tegishli viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari loyihalarini shakllantirishda, yer uchastkalarini tanlash va ajratish, shuningdek yoʻl infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha materiallarni tayyorlagan holda, zarur mablagʻlar ajratilishini nazarda tutsin.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 8-apreldagi 102-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 4-son, 26-modda) bilan tasdiqlangan Davlat mulkini ijaraga berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga quyidagi mazmundagi 72-band qoʻshilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“72. Kichik sanoat zonalari hududidagi davlat mulkini uzoq muddatli ijaraga berish, tanlov komissiyasi qarorlariga muvofiq, ijaraga beruvchi, Kichik sanoat zonasini boshqarish direksiyasi va tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida tuziladigan uzoq muddatli ijara shartnomasi asosida, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2014-yil 31-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
378-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 1-son, 10-modda; 2016-y., 17-son, 176-modda; 18-son, 197-modda; 2017-y., 33-son, 863-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.11.2017-y., 09/17/907/0245-son, 11.08.2019-y., 09/19/661/3571-son)