18.04.2003 yildagi 188-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 18.04.2003 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Amalga oshirilayotgan iqtisodiy nochor korxonalarni tarkibiy oʻzgartirish va moliyaviy sogʻlomlashtirish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiy nochor, zarar koʻrib ishlovchi va past rentabelli korxonalarning tarkibiy oʻzgartirilishi va bankrot boʻlishi jarayonlari samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Belgilansinki, Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasining qarori asosida tarkibiy oʻzgartiriladigan iqtisodiy nochor, zarar koʻrib ishlovchi va past rentabelli korxonalar, shuningdek ularga nisbatan bankrotlik tartiboti qoʻllanilgan korxonalar oʻz balansidagi:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turar joylar, yotoqxonalar, bolalar bogʻchalari va ijtimoiy infratuzilmaning boshqa obyektlarini — oʻzlari joylashgan joy boʻyicha shaharlar va tumanlar hokimliklari balansiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy foydalaniladigan ishlab chiqarish infratuzilmasi obyektlarini (elektr tarmogʻi xoʻjaligi, suv taʼminoti obyektlari, transport kommunikatsiyalari va hokazolar) — funksional mansubliligiga koʻra tegishli xoʻjalik birlashmalarining korxonalari balansiga joriy holati boʻyicha belgilangan tartibda beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilab qoʻyilsinki, mazkur qarorga muvofiq balansdan balansga berilayotgan umumiy foydalaniladigan ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasi obyektlari qiymati beruvchi tomon uchun qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblashda va qabul qiluvchi tomon uchun daromad (foyda) soligʻini hisoblash chogʻida soliq solish obyekti hisoblanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi shaharlar va tumanlar hokimliklari, iqtisodiy nochor, zarar koʻrib ishlovchi va past rentabelli korxonalarning ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasi obyektlari balansiga berilayotgan manfaatdor xoʻjalik birlashmalari, shuningdek ularga nisbatan bankrotlik tartiboti qoʻllanilgan korxonalar bilan birgalikda berilayotgan obyektlarni puxta xatlovdan oʻtkazsinlar hamda ularni keyinchalik xususiylashtirish, mablagʻ bilan taʼminlash manbalari va maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi takliflarni belgilangan tartibda kiritsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Tarkibiy oʻzgartiriladigan iqtisodiy nochor, zarar koʻrib ishlovchi va past rentabelli korxonalarning, shuningdek ularga nisbatan bankrotlik tartiboti qoʻllanilgan korxonalarning tugallanmagan qurilish obyektlari va asosiy fondlarini konservatsiya qilish toʻgʻrisidagi qaror tarkibiy oʻzgartirish yoki bankrotlik tartiboti amalga oshirish davrida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻrsatib oʻtilgan korxonalarning tugallanmagan qurilish obyektlari va asosiy fondlarini konservatsiya qilish Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 20-avgustdagi 397-son qarori bilan tasdiqlangan tartibga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasiga Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligining hududiy organlari xulosalarini hisobga olgan holda Vazirlar Mahkamasiga tarkibiy oʻzgartiriladigan iqtisodiy nochor, zarar koʻrib ishlovchi va past rentabelli korxonalarning, shuningdek ularga nisbatan bankrotlik tartiboti qoʻllaniladigan korxonalarning tugallanmagan qurilish obyektlari va asosiy fondlarini konservatsiya qilish toʻgʻrisida takliflar kiritish huquqi berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bankrotlik va sanatsiya masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasining tugallanmagan qurilish obyektlari va asosiy fondlarni konservatsiya qilish toʻgʻrisidagi takliflarini Vazirlar Mahkamasi tomonidan koʻrib chiqishning cheklangan muddatlari koʻpi bilan ikki hafta etib belgilansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilansinki, Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasining qaroriga koʻra tarkibiy oʻzgartiriladigan iqtisodiy nochor, zarar koʻrib ishlovchi va past rentabelli korxonalarning (mulkiy kompleksni va biznesni baholash ham shu jumlaga kiradi), shuningdek xoʻjalik sudining qarori bilan ularga nisbatan bankrotlik tartiboti qoʻllanilgan korxonalarning mol-mulkini xalqaro metodikaga muvofiq mol-mulkning real bozor, investitsiya va tugatish qiymatini hisobga oluvchi mustaqil baholovchilar tomonidan amalga oshirilgan baholash kimoshdi, birja savdolarida va oshkora taklif asosida mol-mulkni sotishda belgilangan tartibda boshlangʻich baho sifatida qoʻllanilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tarkibiy oʻzgartiriladigan korxonalarning, shuningdek ularga nisbatan bankrotlik tartiboti qoʻllanilgan korxonalarning mol-mulkini baholash va sotish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Sanatsiya jamgʻarmasi mablagʻlaridan yanada samarali foydalanish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qoʻmitasiga Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasining qaroriga koʻra Jamgʻarma mablagʻlaridan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarkibiy oʻzgartirish va sanatsiya qilish muddati tugallangandan keyin sarflangan mablagʻlar qaytarilgan holda bozor istiqboliga ega boʻlgan zarar koʻrib ishlovchi, past rentabelli va iqtisodiy nochor korxonalarni tarkibiy oʻzgartirish va sanatsiya qilish rejalarini ishlab chiqishda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatiladigan rejimdagi korxonalarning boshqaruvchilari boʻlgan shaxslarni, shuningdek ushbu lavozimlarga zaxirada turgan mutaxassislarni oʻqitishda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bankrot korxonalarning mol-mulki sotilgandan keyin qaytargan holda bankrot korxonalarga baholash, kadastr va auditorlik tashkilotlari tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlarga haq toʻlash uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qoʻmitasi tomonidan ommaviy axborot vositalarida joylashtiriladigan mulkida davlat ulushi boʻlgan bankrot korxonalarning mol-mulkini sotish toʻgʻrisidagi reklama xizmatlariga va eʼlonlarga haq toʻlash, ularning mol-mulkini sotish boʻyicha oshkora savdolarni tashkil etish xarajatlarini qoplash, ularda bankrotlik tartiboti joriy etish va ishlab chiqarishni tugatishni yakunlash, bankrot korxonani tugatish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa ehtiyojlar uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iqtisodiy nochor korxonalar ishlari organlarini rivojlantirish uchun Jamgʻarmaga tushuvchi mablagʻlarning 15 foizi miqdorida, shu jumladan kamida 10 foizi miqdorida — ularning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va zamonaviy maʼlumotlarning axborot bazasini shakllantirish uchun foydalanishga ruxsat berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qoʻmitasi 2003-yil mobaynida korporativ boshqaruvni takomillashtirish va moliyaviy nobarqaror korxonalarni tarkibiy oʻzgartirish maqsadlari uchun Osiyo taraqqiyot bankining qarzini jalb etish masalasini ishlab chiqsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2003-yil 18-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
188-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
2003-yil 18-apreldagi
188-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tarkibiy oʻzgartiriladigan korxonalarning, shuningdek ularga nisbatan bankrotlik tartiboti qoʻllanilgan korxonalarning mol-mulkini baholash va sotish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi qaroriga koʻra tarkibiy oʻzgartirishni amalga oshiruvchi, past rentabelli, zarar koʻrib ishlayotgan va iqtisodiy nochor korxonalarning, shuningdek ularga nisbatan xoʻjalik sudi qaroriga koʻra bankrotlik tartiboti qoʻllanilgan korxonalarning mol-mulkini baholash, boshlangʻich (dastlabki) narxini aniqlash tartibini tartibga soladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisida joylashgan Oʻzbekiston Respublikasi mulki boʻlgan obyektlar boʻyicha bitishuvlarni amalga oshirishda qoʻllanilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomga muvofiq, kelgusida tarkibiy oʻzgartirish va bankrotlik tartibotini amalga oshirish rejalariga muvofiq sotiladigan mol-mulk baholanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Korxonalar mol-mulkining baholash qiymatini aniqlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Baholovchi va uning xizmatlari isteʼmolchisi (buyurtmachi) oʻrtasida qonun hujjatlariga muvofiq tuzilgan shartnoma baholashni oʻtkazish uchun asos hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu Nizomga muvofiq, tarkibiy oʻzgartiriladigan korxona yoki unga nisbatan bankrotlik tartiboti qoʻllanilgan korxona baholash xizmatlarini amalga oshirishga buyurtmachi hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Buyurtmachida pul mablagʻlari mavjud boʻlmagan taqdirda, baholashni oʻtkazish uchun xizmatlar qiymatini toʻlash hisobiga (shu jumladan avans toʻlovlari) pul mablagʻlarining bir qismi buyurtmachiga Sanatsiyalash jamgʻarmasi mablagʻlaridan belgilangan tartibda berilishi mumkin, u kelgusida tarkibiy oʻzgartiriladigan korxona yoki unga nisbatan bankrotlik tartiboti qoʻllanilgan korxonaning mol-mulkini sotishdan tushgan mablagʻlar hisobiga qaytariladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Baholashni oʻtkazish uchun xizmatlar qiymatining qolgan qismini toʻlash baholangan obyekt sotilgan va korxona hisobiga pul mablagʻlari tushgandan keyin navbatdan tashqari tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Korxonani xatlovdan oʻtkazish natijalariga koʻra baholanadigan mol-mulk tarkibiga quyidagilar kiritiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxona balansida boʻlgan, shu jumladan, texnik holatidan qatʼi nazar, boshqa korxona va tashkilotlarga foydalanish uchun (ijaraga) berilgan ham ishlab turgan (shu jumladan vaqtinchalik mukammal taʼmirlashda va zamonaviylashtirishda boʻlgan), ham konservatsiyada turgan asosiy vositalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nomoddiy aktivlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tugallanmagan qurilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻrnatiladigan asbob-uskunalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqa uzoq muddatli aktivlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
joriy aktivlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xatlovdan oʻtkazishda korxona mol-mulki balans (qoldiq) qiymati boʻyicha baholanadi. Mol-mulkning balans (qoldiq) qiymatini baholash Buxgalteriya hisobi milliy standartlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Tarkibiy oʻzgartiriladigan korxonalarning sotiladigan mol-mulkini baholash maqsadida — vakolatli organning va unga nisbatan bankrotlik tartiboti qoʻllanilgan korxonalarning sotiladigan mol-mulkni baholash maqsadida — kreditorlar (kreditorlar qoʻmitasi) majlisi qaroriga koʻra baholash faoliyatini amalga oshirishga litsenziyasi boʻlgan baholovchi jalb etiladi. Mulkida davlat ulushi boʻlgan korxonalar uchun baholovchini jalb etish majburiydir.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Baholashni oʻtkazishda, atamalar, tushunchalar va metodikalardan foydalanishda, shuningdek baholash boʻyicha hisobot tuzishda baholovchi qonun hujjatlari talablariga rioya etishi va mavjud baholash standartlariga amal qilishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Tarkibiy oʻzgartiriladigan korxonalar va ularga nisbatan bankrotlik tartiboti qoʻllanilgan korxonalar mol-mulkini baholashda baholovchi tomonidan qiymatning quyidagi turlari aniqlanadi:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bozor qiymati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tugatish qiymati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydalaniladigan qilish qiymati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiya qiymati.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Korxonaning bozor qiymatini baholash baholovchi tomonidan korxonaning (mol-mulkning) balans (qoldiq) qiymatini, baholash sanasida mazkur mol-mulkka boʻlgan aniq talabni, uning joylashgan joyini, uning tarkibida maxsus mol-mulkning, bozorda xaridorgirligi cheklangan mol-mulkning mavjudligini, shuningdek fizik va/yoki maʼnaviy eskirgan mol-mulkni hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Unga nisbatan bankrotlik tartiboti qoʻllanilgan korxona mol-mulkining bozor qiymatini baholash — kreditorlar majlisi qaroriga koʻra, tarkibiy oʻzgartiriladigan korxonaga nisbatan esa — vakolatli organ qaroriga koʻra savdolarda sotishning boshlangʻich (dastlabki) narxi belgilangan taqdirda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Korxonalar mol-mulkining tugatish qiymatini baholash mol-mulkning bozor qiymatiga asoslanadi, bunda mol-mulkni majbur etuvchi holatlar mavjudligi tufayli qisqa muddatlarda sotish zarurligi faktori yuzasidan diskont qilish, shuningdek mazkur mol-mulkni saqlash va qoʻriqlash boʻyicha qoʻshimcha xarajatlar hisobga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Unga nisbatan bankrotlik tartiboti qoʻllanilgan korxona mol-mulkining tugatish qiymatini baholash kreditorlar (kreditorlar qoʻmitasi) majlisi qaroriga koʻra, savdolarda sotishning boshlangʻich (dastlabki) narxi belgilangan taqdirda amalga oshirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Mol-mulkning foydalaniladigan qilish qiymatini baholash baholash sanasida maʼnaviy (funksional) eskirganligi yoki texnik holatiga koʻra belgilangan maqsadda foydalanilishi mumkin boʻlmagan, faqat unda sotish uchun materiallar majmui mavjudligi tufayli qiziqish tugʻdiradigan obyektlarga nisbatan qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Investitsiya qiymatini baholash mol-mulkning bozor qiymatini baholashga asoslanadi va ikki qismga — badal toʻloviga hamda sotib olinayotgan mol-mulkdan foydalangan holda biznes tashkil etish uchun zarur boʻlgan investitsiya majburiyatlariga boʻlinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Unga nisbatan bankrotlik tartiboti qoʻllanilgan korxona mol-mulkining investitsiya qiymatini baholash kreditorlar (kreditorlar qoʻmitasi) majlisi qaroriga koʻra, tarkibiy oʻzgartiriladigan korxonalarga nisbatan esa — vakolatli organ qaroriga koʻra savdolarda korxona (yoki uning bir qismi) mol-mulk kompleksi yoki biznes sifatida sotilgan taqdirda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mol-mulkni investitsiya qiymati boʻyicha sotishda savdolarning majburiy shartlari quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
badal toʻlovini toʻlash summasi va muddatlari (qoidaga koʻra, shartnoma tuzilgandan keyin ayni bir vaqtda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiya majburiyatlarini bajarish, shu jumladan bankrot korxonaning qolgan kreditorlik qarzini toʻlash summasi va toʻlash muddatlari (qoidaga koʻra, shartnoma tuzilgandan keyin bir yil mobaynida).
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Badal toʻlovlari va investitsiya majburiyatlari miqdorlari nisbati savdolar shartlarida belgilab qoʻyiladi va kreditorlar (kreditorlar qoʻmitasi) majlisi qarori bilan tasdiqlanadi, mulkida davlat ulushi boʻlgan korxonalar boʻyicha esa — shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi bilan kelishgan holda va vakolatli organ qarori bilan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Korxonalar mol-mulkini sotish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Tarkibiy oʻzgartiriladigan korxonalar va ularga nisbatan bankrotlik tartiboti qoʻllanilgan korxonalar mol-mulkini sotish quyidagi shakllarda amalga oshirilishi mumkin:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kimoshdi savdolari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birja savdolari;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlov boʻyicha savdolar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oshkora oferta shartlaridagi toʻgʻridan-toʻgʻri savdolar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Korxonalarning davlatga qisman yoki toʻliq tegishli boʻlgan mol-mulki savdolarini oʻtkazish shakli Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi va Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qoʻmitasi bilan kelishiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Unga nisbatan bankrotlik tartiboti qoʻllanilgan korxona mol-mulkini sotish hollarida (tugatish ishlaridan tashqari) savdolar tashkilotchisiga (ixtisoslashtirilgan tashkilotga) quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muassislar (qatnashchilar)ning vakolatli organi yoki mulkdorning belgilangan tartibdagi qarori protokoli;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kreditorlar majlisi protokoli;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sotuvga qoʻyiladigan mol-mulk roʻyxati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
baholovchi tomonidan baholangan mol-mulkni sotishning dastlabki narxini belgilash toʻgʻrisidagi hujjat.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Korxona mol-mulkini sotishda tugatish ishlarini oʻtkazish davomida bankrotlik tartibotini oʻtkazish uchun xoʻjalik sudi tasdiqlagan shaxs savdolar tashkilotchisiga belgilangan shakl boʻyicha quyidagi hujjatlar paketi bilan birga buyurtmanoma beradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sudning korxonani bankrot deb eʼlon qilish toʻgʻrisidagi qarori nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sotilayotgan mol-mulkka egalik huquqini tasdiqlovchi hujjatlar, shu jumladan koʻchmas mulk obyektlari uchun kadastr hujjati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sotuvga qoʻyilayotgan mol-mulk roʻyxati, unda baholovchi tomonidan baholangan har bir obyektning dastlabki narxi koʻrsatilgan boʻladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan tartibga muvofiq boshqa materiallar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Savdolar oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi axborotni ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilish va manfaatdor shaxslarni sotiladigan obyektlar hamda savdolar shartlari bilan tanishtirish tartibi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Dastlabki savdolarda sotilmagan mol-mulk takroriy savdolarga qoʻyiladi yoki qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oldi-sotdi shartnomasi asosida sotilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Ularga nisbatan bankrotlik tartiboti qoʻllanilgan korxonalarning oldingi savdolarda sotilmagan mol-mulki narxi takroriy savdolarda kreditorlar (kreditorlar qoʻmitasi) majlisi qaroriga koʻra, tarkibiy oʻzgartiriladigan korxonalarning oldingi savdolarda sotilmagan mol-mulki narxi esa — vakolatli organ qaroriga koʻra pasaytirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korxona mol-mulki takroriy savdolarda bir oy mobaynida sotilmagan taqdirda hujjatlar belgilangan tartibda oldi-sotdi shartnomasi asosida sotish uchun sotuvchiga qaytariladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Kreditorlar (kreditorlar qoʻmitasi) majlisining roziligi mavjud boʻlgan taqdirda, bankrotlik tartibotini oʻtkazish uchun xoʻjalik sudi tasdiqlagan shaxs takroriy savdolar oʻtkazmasdan, korxonani mulkiy kompleks sifatida oshkora oferta shartlarida toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida sotishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Korxonaning mol-mulki tugatish ishlari davomida oxirgi oshkora savdolar oʻtkazilgandan keyin uch oy mobaynida oldi-sotdi shartnomasi asosida sotilmagan taqdirda bankrotlik tartibotini oʻtkazish uchun xoʻjalik sudi tasdiqlagan shaxs mol-mulkni kreditorlarga qarzlarni uzish hisobiga tavsiya etadi. Kreditorlar mol-mulkni rad etgan taqdirda (rad etish yozma shaklda rasmiylashtiriladi) mol-mulk bir oy mobaynida mulkdorga beriladi. Mulkdor joylashgan joy aniqlanmagan taqdirda mazkur mol-mulk qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mahalliy hokimiyat organlariga beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Tugatilgan korxonalar mol-mulkini qiymati boʻlib-boʻlib toʻlanadigan holda sotish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Tugatish ishlari tartibotida turgan korxonalar mol-mulki qiymati boʻlib-boʻlib toʻlanadigan holda sotilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Mol-mulkni qiymati boʻlib-boʻlib toʻlanadigan holda sotish bankrotlik tartibotini oʻtkazish uchun xoʻjalik sudi tasdiqlagan shaxs tomonidan, kreditorlar (qoʻmitasi) majlisi bilan kelishuv boʻyicha va sotib oluvchi tomonidan unga xizmat koʻrsatuvchi tijorat bankining tegishli kafolatnomasi taqdim etilgan holda amalga oshiriladi. Xoʻjalik sudi mol-mulkni uning qiymati boʻlib-boʻlib toʻlanadigan holda sotish toʻgʻrisida xabardor qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Mol-mulkni qiymati boʻlib-boʻlib toʻlanadigan holda sotish oldi-sotdi shartnomasi bilan rasmiylashtiriladi, shartnoma u tuzilgan paytdan boshlab oʻn kun mobaynida dastlabki badal toʻlanishini nazarda tutadi. Bunda dastlabki badal miqdori mol-mulk qiymatining kamida 15 foizini tashkil qilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Mol-mulkni qiymati boʻlib-boʻlib toʻlanadigan holda sotishning umumiy muddati bir yildan oshmasligi kerak. Mol-mulk qiymatiga koʻra uni qiymati boʻlib-boʻlib toʻlanadigan holda sotishning quyidagi muddatlari belgilanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mol-mulkning qiymati eng kam oylik ish haqi miqdorining yuz baravariga teng boʻlganda — uch oygacha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mol-mulkning qiymati eng kam oylik ish haqi miqdorining yuz baravaridan toʻrt yuz baravarigacha teng boʻlganda — uch oydan olti oygacha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mol-mulkning qiymati eng kam oylik ish haqi miqdorining toʻrt yuz baravaridan ming baravarigacha teng boʻlganda — olti oydan toʻqqiz oygacha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mol-mulkning qiymati eng kam oylik ish haqi miqdorining ming baravaridan yuqori boʻlganda — toʻqqiz oydan bir yilgacha.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qiymati boʻlib-boʻlib toʻlanadigan holda sotiladigan mol-mulk qiymatini toʻlash oldi-sotdi shartnomasiga ilova qilinadigan jadvalga muvofiq amalga oshiriladi. Sotuvchida shartnomada belgilangan summani muddatidan oldin toʻliq hajmda toʻlash huquqi saqlanib qoladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Bankrot korxonaning qiymati boʻlib-boʻlib toʻlanadigan holda sotilgan mol-mulkini sotib oluvchi tomonidan sotib olish muddati oldi-sotdi shartnomasi shartlariga muvofiq tugatish ishlari muddatidan oshgan taqdirda bankrotlik tartibotini oʻtkazish uchun xoʻjalik sudi tasdiqlagan shaxs tugatish ishlarini tugallashni va bankrot korxonani reyestrdan chiqarishni tugatish ishlarini tashkil etish, oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar majburiy toʻlangandan va bankrot korxonaning “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni 83-moddasida belgilangan majburiyatlari birinchi navbatda bajarilgandan keyin amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Sotuv summasi navbatda turgan barcha kreditorlarning talablarini toʻliq qondirish uchun yetishmagan taqdirda ikkinchi va keyingi navbatdagi qarzlarini uzish jadvali “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 83-moddasining toʻqqizinchi qismiga muvofiq tuziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Bankrot korxonaning ikkinchi va undan keyingi navbatdagi kreditorlar talablarini qondirish sotib oluvchi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 322-moddasiga muvofiq bevosita ularning talab qilib olinadigan depozit hisob raqamiga amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Dastlabki badal toʻlangandan keyin mol-mulk sotib oluvchiga beriladi. Ishonchli shaxs tomonidan mol-mulkni berish va uni sotib oluvchi tomonidan qabul qilib olish tomonlar imzolaydigan topshirish-qabul qilib olish dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Sotib oluvchida mulk egasi huquqi mol-mulk qiymati toʻliq toʻlangandan keyin tuzilgan roʻyxatdan oʻtkazilgan shartnomaga muvofiq, zarur hollarda amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq boshlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Mol-mulkning qiymati boʻlib-boʻlib toʻlanadigan holda oldi-sotdi shartnomasi imzolangan paytdan boshlab ishonchli shaxsning kreditorlar bilan oʻzaro munosabatlari, ushbu Nizomning 26-bandida nazarda tutilgan hollarda alohida shartnoma bilan rasmiylashtiriladi, unda kelgusidagi xarajatlar (shu jumladan ishonchli shaxsning haqi) miqdori, ularni toʻlash tartibi va muddatlari koʻrsatiladi, keyinchalik u xoʻjalik sudi tomonidan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Mulkni qiymati boʻlib-boʻlib toʻlanadigan holda sotishdan olingan mablagʻlar tugatish hisob raqamiga tushganda ishonchli shaxs bankrotlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan navbat boʻyicha kreditorlar talablarini qondiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Mol-mulkning qiymati boʻlib-boʻlib toʻlanadigan holda oldi-sotdi shartnomasi sotib oluvchining tashabbusi bilan bekor qilingan taqdirda mol-mulk belgilangan tartibda qaytariladi. Bunda sotib oluvchi ushbu shartnomaning bekor qilinishi oqibatida koʻrilgan zararlarni qonun hujjatlariga muvofiq toʻlashi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qaytarilgan mol-mulk ishonchli shaxs tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va muddatlarda qaytadan savdolarga qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Mol-mulkni sotish boʻyicha bitishuvlarni rasmiylashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Savdolarda tuzilgan bitishuvlar qonun hujjatlariga muvofiq rasmiylashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Savdolar qatnashchilarini roʻyxatdan oʻtkazish shartlari va savdolarni yuritish qoidalari, tuzilgan bitishuvlar boʻyicha zakalatlar miqdorlari, tuzilgan shartnomalar (kontraktlar)ni roʻyxatdan oʻtkazish tartibi, shuningdek savdolar qatnashchilarining javobgarlik shartlari hamda belgilangan qoidalar va majburiyatlarning qatnashchilar tomonidan buzilganligi uchun neustoykalar (jarimalar, penyalar) miqdorlari savdolarning tashkilotchilari tomonidan amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq mustaqil ravishda belgilanadi va shartnomada qayd etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
2003-yil 18-apreldagi
188-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Korxonalarning bankrotligi toʻgʻrisidagi qonunchilikni amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1999-yil 26-iyuldagi 362-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 7-son, 42-modda):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-ilovaning 14-bandi ikkinchi xatboshida “5 foizidan ortiq boʻlmagan” soʻzlari “15 foizidan ortiq boʻlmagan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-ilovaning 4-bandida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻrtinchi xatboshidan keyin quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“sanatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish rejimidagi korxonalarni boshqaruvchi shaxslarni, shuningdek ushbu lavozimlarga zaxirada turgan mutaxassislarni taʼlim beruvchi tashkilotlar bilan tuziladigan shartnoma asosida oʻqitish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarkibiy oʻzgartirish va sanatsiya muddati tugallangandan keyin sarflangan mablagʻlarni qaytargan holda bozor istiqboliga ega boʻlgan past rentabelli, zarar koʻrib ishlovchi va iqtisodiy nochor korxonalarni tarkibiy oʻzgartirish va sanatsiya qilish rejalarini korxonalarning rahbarlari buyurtmanomalari asosida ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bankrot korxonalarning mol-mulki sotilgandan keyin ularni qaytargan holda ishonchli shaxslarning buyurtmanomalari boʻyicha bankrot korxonalarga baholash, kadastr va auditorlik tashkilotlari tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlarga haq toʻlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qoʻmitasi tomonidan ommaviy axborot vositalarida joylashtiriladigan mulkida davlat ulushi boʻlgan bankrot korxonalarining mol-mulkini sotish toʻgʻrisidagi reklama va eʼlonlar uchun haq toʻlash, ularning mol-mulkini sotish boʻyicha ommaviy savdolarni tashkil etish xarajatlari, ularda bankrotlik tartibotlarini joriy etish va tugatishni yakunlash xarajatlari, bankrot korxonalarni tugatish bilan bogʻliq boshqa ehtiyojlarga haq toʻlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iqtisodiy nochor korxonalar ishlari organlarini rivojlantirish — Jamgʻarmaga tushuvchi mablagʻlarning 15 foizi miqdorida, shu jumladan kamida 10 foizi — ularning moddiy-texnika bazasini rivojlantirishga va zamonaviy maʼlumotlarning axborot bazasini shakllantirishga”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “qurilishi tugallanmagan obyektlar va asosiy fondlar qurilishini vaqtincha toʻxtatib qoʻyish va qaytadan boshlash tartibini tasdiqlash toʻgʻrisida” 1999-yil 20-avgustdagi 397-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 8-son, 48-modda) ilovada:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bandning “a” kichik bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“tarkibiy oʻzgartirishni amalga oshiruvchi iqtisodiy nochor, zarar koʻrib ishlovchi va past rentabelli korxonalarning, shuningdek ularga nisbatan bankrotlik tartiboti qoʻllaniladigan korxonalarning tugallanmagan qurilish obyektlari va asosiy fondlari boʻyicha”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bandning ikkinchi xatboshiga “mablagʻ bilan taʼminlovchi banklar” soʻzlaridan keyin “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining hududiy organlari bilan kelishgan holda tarkibiy oʻzgartirishni amalga oshiruvchi korxonalar va ularga nisbatan bankrotlik tartiboti qoʻllaniladigan korxonalar boʻyicha Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi” soʻzlari qoʻshilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi 7-band qoʻshilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“7. Tarkibiy oʻzgartirishni amalga oshiruvchi korxonalar va ularga nisbatan bankrotlik tartiboti qoʻllaniladigan korxonalarning tugallanmagan qurilish obyektlari va asosiy fondlarini konservatsiya qilish toʻgʻrisida asoslovchi hujjatlar bilan birgalikda kiritilgan iltimosnoma Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining hududiy organlari tomonidan taqdim etilgan kundan boshlab oʻn kun muddatda koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iltimosnomaga konservatsiya qilish zarurligini asoslovchi hujjatlar (hisob-kitoblar) hamda konservatsiya qilinadigan tugallanmagan qurilish obyektlari va (yoki) asosiy fondlar roʻyxati ilova qilinadi, bunda muddatlari tamom boʻlgan tugallanmagan qurilish obyektlari va ular boʻyicha eskirish toʻliq hisoblangan asosiy fondlar alohida ajratib koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konservatsiya qilish Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasining taklifiga koʻra tarkibiy oʻzgartirish yoki bankrotlik tartiboti davri uchun amalga oshiriladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7—19-bandlar tegishli ravishda 8—20-bandlar hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 7-8-son, 62-modda; 17-18-son, 148-modda; 2004-y., 3-son, 32-modda; 7-son, 82-modda; 2005-y., 30-31-son, 235-modda; 32-33-son, 251-modda; 34-36-son, 263-modda; 2006-y., 1-son, 2-modda; 2008-y., 52-son, 522-modda; 2010-y., 17-son, 130-modda, 44-45-son, 385-modda; 2011-y., 50-son, 518-modda; 2012-y., 8-9-son, 83-modda; 2013-y., 37-son, 485-modda; 2015-y., 13-son, 157-modda; 2017-y., 33-son, 863-modda, Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/34/0605-son, 03.07.2018-y., 09/18/499/1439-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)