Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
SUDLAR VA ADLIYA ORGANLARINI RIVOJLANTIRISh JAMGʻARMASINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-avgustdagi PQ-3240-sonli “Sudlar va adliya organlari faoliyatini moddiy-texnik va moliyaviy taʼminlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oldingi tahrirga qarang.
Sudlar adliya organlari va muassasalarining (keyingi oʻrinlarda adliya organlari deb yuritiladi) moddiy-texnika taʼminotini yaxshilash, ular faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida, shuningdek amaldagi Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish, Ijro ishini rivojlantirish jamgʻarmalari mablagʻlaridan foydalanish samaradorligini oshirish uchun Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 21-dekabrdagi 263-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 50-51-son, 523-modda)
1. Oʻzbekiston Respublikasi Sudlari va adliya muassasalarini rivojlantirish, Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik sudlarini rivojlantirish, Ijro ishini rivojlantirish jamgʻarmalari negizida yagona Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb yuritiladi) tashkil etilsin.
2. Belgilansinki, quyidagilar Jamgʻarma daromadlarini shakllantirish manbalari hisoblanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
umumiy yurisdiksiya sudlari tomonidan koʻrib chiqiladigan ishlar boʻyicha jarimalar va davlat bojlari toʻlashdan davlat budjetiga tushayotgan summalarning 16 foizi miqdoridagi ajratmalar;
(2-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-apreldagi 62-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 14-15-son, 106-modda)
xoʻjalik sudlari tomonidan koʻrib chiqiladigan ishlar boʻyicha davlat bojlari va jarima sanksiyalarini toʻlashdan davlat budjetiga tushayotgan summalarning 12 foizi miqdoridagi ajratmalar;
(2-bandning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-apreldagi 62-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 14-15-son, 106-modda)
FHDYo organlari tomonidan undiriladigan davlat boji summalaridan 16 foiz, notariuslar tomonidan undiriladigan davlat boji summalaridan esa 12 foiz miqdoridagi ajratmalar;
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1 maydagi 252-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 18-son, 325-modda)
adliya organlari tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlarini, advokatlik byurolarini, firmalarini, hayʼatlarini, nodavlat notijorat tashkilotlarining ramzlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazganlik, nodavlat notijorat tashkilotlarining xorijiy fuqarolari boʻlgan xodimlarini, shuningdek ularning oila aʼzolarini akkreditatsiyadan oʻtkazganlik, nodavlat notijorat tashkiloti, ramzi davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning dublikatini berganlik uchun, advokatlik faoliyatini litsenziyalaganlik, yuridik kadrlarni malaka attestatsiyasidan oʻtkazganlik uchun undiriladigan mablagʻlarning, shuningdek adliya organlari tomonidan undiriladigan jarimalar summasining 80 foizi;
(2-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-martdagi 57-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 11-son, 126-modda)
ijro ishi boʻyicha budjetga undirilgan soʻmmadan 24 foiz miqdoridagi ajratmalar soliqlar hamda boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha muddatida toʻlanmagan qarzlar undirilishidan tashqari;
(2-bandning oltinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-apreldagi 62-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 14-15-son, 106-modda)
vakolatli organlar tomonidan olib qoʻyilgan va davlat daromadiga oʻtkazilgan mol-mulkni sotishdan tushadigan mablagʻlarning 8 foizi, shuningdek qarzdorning mol-mulkini sotish hisobiga soliq qarzdorligini undirish boʻyicha;
(2-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 11-oktabrdagi 290-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 41-42-son, 480-modda)
sud ijrochilari tomonidan undiriladigan ijro yigʻimlarining 80 foizi;
(2-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-apreldagi 62-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 14-15-son, 106-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 31-avgustdagi PQ-458-son qarori bilan tasdiqlangan Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish jarayonida avtomototransport vositalari va koʻchmas mulkni sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 37-bandida nazarda tutilgan hollarda sud ijrochilari tuman (shahar) boʻlimlarining depozit hisobiga oʻtkaziladigan ochiq auksionda ishtirok etish uchun kiritilgan zakalatlarning 80 foizi;
(2-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-apreldagi 62-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 14-15-son, 106-modda)
mol-mulkni sotish yoki baholash boʻyicha oʻzining shartnomaviy majburiyatlarini bajarmagan (lozim darajada bajarmagan) birjalar, baholash, ixtisoslashtirilgan savdo va rieltorlik tashkilotlari, boshqa shaxslardan undiriladigan jarimalar va penyalar summasining 80 foizi miqdoridagi ajratmalar.
(2-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 27-fevraldagi 52-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 8-9-son, 83-modda)
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa daromadlar.
3. Belgilab qoʻyilsinki, umumiy yurisdiksiya sudlari binolarini qurish va taʼmirlash, ularni zarur anjomlar, kompyuterlar va boshqa zamonaviy tashkiliy-texnika vositalari bilan taʼminlash Jamgʻarmaning birinchi navbatdagi vazifasi hisoblanadi.
Jamgʻarma mablagʻlari shuningdek:
xoʻjalik sudlarini va adliya organlarini, shu jumladan notariatni, FHDYoni va sud ijrochilarini moddiy-texnik taʼminlashga;
Toshkent davlat yuridik universitetining moddiy-texnika, oʻquv-metodik mustahkamlashga, huquq va davlat qurilishi sohasida tadqiqotlar oʻtkazishga, Oʻzbekistonning va xorijiy davlatlarning yetakchi taʼlim muassasalarida professor-oʻqituvchilar tarkibining stajirovkadan oʻtishini tashkil etishga;
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 16-avgustdagi 227-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2013-y., 34-son, 453-modda)
sudlar va adliya organlari xodimlariga malaka klasslari, darajalari va muayyan vaqt davomida ishlaganligi uchun ustama va qoʻshimcha haq toʻlashga, ularning malakasini oshirishga, kadrlarni oʻqitishga;
sudlar va adliya organlari xodimlarini ijtimoiy muhofaza qilishga;
kommunal-foydalanish hamda sudlar va adliya organlarining boshqa joriy xarajatlariga;
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 25-dekabrdagi PQ-2099-sonli qaroriga asosan yettinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2013-y., 52-son, 690-modda)
notarius tomonidan oʻz kasb majburiyatlari buzilishi oqibatida yetkazilgan zararni qoplashga va tegishli xarajatlarga;
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 28-dekabrdagi 318-sonli qaroriga muvofiq oltinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2010-y., 52-son, 520-modda)
sudlar va adliya organlari faoliyatini yaxshilashga qaratilgan boshqa tadbirlarga yoʻnaltiriladi.
5. Belgilansinki, Jamgʻarma faoliyatini boshqarish va uning mablagʻlarini taqsimlash Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri boshqaradigan Kuzatuvchi kengash tomonidan amalga oshiriladi.
Kuzatuvchi kengash tarkibiga lavozimiga koʻra Oliy sud va Oliy xoʻjalik sudi raislari, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash departamenti direktori va Jamgʻarmaning ijro etuvchi direktori kiradi.
6. Belgilab qoʻyilsinki, Jamgʻarma mablagʻlarini toʻplash va sarflashni tezkor boshqarish 4 kishidan iborat tarkibdagi, Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan mablagʻ bilan taʼminlanadigan Jamgʻarma ijro etuvchi direksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Jamgʻarma ijro etuvchi direksiyasini Ijro etuvchi direktor boshqaradi, u Jamgʻarma Kuzatuvchi kengashi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
Jamgʻarma ijro etuvchi direktori Jamgʻarma mablagʻlaridan belgilangan maqsadda foydalanilishi uchun shaxsan javob beradi.
Jamgʻarmaning Kuzatuvchi kengashi bir oy muddatda Jamgʻarma ijro etuvchi direksiyasini joylashtirilishini va butlanishini, shuningdek Jamgʻarma faoliyatining boshqa tashkiliy-texnik masalalari hal etilishini taʼminlasin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (M. Nurmurodov) Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishi ustidan qatʼiy nazoratni amalga oshirsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri A. Polvon-zoda yilning har choragida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoniga Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanilishi toʻgʻrisida hisobot taqdim etsin.
9. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Adliya vazirligi faoliyatini takomillashtirish masalalari toʻgʻrisida” 1992-yil 12-noyabrdagi 523-son qaroriga 3-ilova (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1992-y., 11-son, 32-modda);
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining Xoʻjalik sudlarini rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisida” 1993-yil 4-martdagi 124-son qarori;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning iqtisodiy nochorligi va shartnoma majburiyatlarining bajarilishi uchun mansabdor shaxslarning javobgarligini kuchaytirish toʻgʻrisida” 1998-yil 4-martdagi PF-1938-son Farmonining bajarilishini taʼminlash chora-tadbirlari haqida” 1998-yil 24-apreldagi 177-son qarorining 8-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 4-son, 17-modda);
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi umumiy yurisdiksiya sudlarining moddiy-texnika taʼminotini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2000-yil 15-avgustdagi 321-son qarorining 5-bandi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ijro ishini rivojlantirish jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2002-yil 17-oktabrdagi 358-son qarori, 1-band bundan mustasno;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi adliya muassasalari va sudlarini rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi Nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2003-yil 28-fevraldagi 114-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 2-son, 20-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga bir oy muddatda takliflar kiritsin.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi A.A. Azizov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2003-yil 18-mart,
147-son
Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisida
NIZOM
Oldingi tahrirga qarang.
1. Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb yuritiladi) sudlar, adliya organlari va muassasalari (keyingi oʻrinlarda adliya organlari deb yuritiladi) moddiy-texnika taʼminotini yaxshilash, shuningdek ular faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida tashkil etilgan.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 21-dekabrdagi 263-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 50-51-son, 523-modda)
2. Jamgʻarma mablagʻlari:
Oldingi tahrirga qarang.
umumiy yurisdiksiya sudlari tomonidan koʻrib chiqiladigan ishlar boʻyicha jarimalar va davlat bojlari toʻlashdan davlat budjetiga tushayotgan summalarning 16 foizi miqdoridagi ajratmalar;
(2-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-apreldagi 62-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 14-15-son, 106-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
xoʻjalik sudlari tomonidan koʻrib chiqiladigan ishlar boʻyicha davlat bojlari va jarima sanksiyalarini toʻlashdan davlat budjetiga tushayotgan summalarning 12 foizi miqdoridagi ajratmalar;
(2-bandning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-apreldagi 62-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 14-15-son, 106-modda)
FHDYo organlari tomonidan undiriladigan davlat boji summalaridan 16 foiz, notariuslar tomonidan undiriladigan davlat boji summalaridan esa 12 foiz miqdoridagi ajratmalar;
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1 maydagi 252-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 18-son, 325-modda)
adliya organlari tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlarini, advokatlik byurolarini, firmalarini, hayʼatlarini, nodavlat notijorat tashkilotlarining ramzlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazganlik, nodavlat notijorat tashkilotlarining xorijiy fuqarolari boʻlgan xodimlarini, shuningdek ularning oila aʼzolarini akkreditatsiyadan oʻtkazganlik, nodavlat notijorat tashkiloti, ramzi davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning dublikatini berganlik uchun, advokatlik faoliyatini litsenziyalaganlik, yuridik kadrlarni malaka attestatsiyasidan oʻtkazganlik uchun undiriladigan mablagʻlarning, shuningdek adliya organlari tomonidan undiriladigan jarimalar summasining 80 foizi;
(2-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-martdagi 57-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 11-son, 126-modda)
ijro ishi boʻyicha budjetga undirilgan summadan 24 foiz miqdoridagi ajratmalar soliqlar hamda boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha muddatida toʻlanmagan qarzlar undirilishidan tashqari;
(2-bandning oltinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-apreldagi 62-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 14-15-son, 106-modda)
vakolatli organlar tomonidan olib qoʻyilgan va davlat daromadiga oʻtkazilgan mol-mulkni sotishdan tushadigan mablagʻlarning 8 foizi, shuningdek qarzdorning mol-mulkini sotish hisobiga soliq qarzdorligini undirish boʻyicha;
(2-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 11-oktabrdagi 290-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 41-42-son, 480-modda)
sud ijrochilari tomonidan undiriladigan ijro yigʻimlarining 80 foizi:
(2-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-apreldagi 62-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 14-15-son, 106-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 31-avgustdagi PQ-458-son qarori bilan tasdiqlangan Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish jarayonida avtomototransport vositalari va koʻchmas mulkni sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 37-bandida nazarda tutilgan hollarda sud ijrochilari tuman (shahar) boʻlimlarining depozit hisobiga oʻtkaziladigan ochiq auksionda ishtirok etish uchun kiritilgan zakalatlarning 80 foizi;
(2-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-apreldagi 62-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 14-15-son, 106-modda)
mol-mulkni sotish yoki baholash boʻyicha oʻzining shartnomaviy majburiyatlarini bajarmagan (lozim darajada bajarmagan) birjalar, baholash, ixtisoslashtirilgan savdo va rieltorlik tashkilotlari, boshqa shaxslardan undiriladigan jarimalar summasining 80 foizi miqdoridagi ajratmalar va penyalar.
(2-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 27-fevraldagi 52-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 8-9-son, 83-modda)
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa daromadlar hisobiga shakllantiriladi.
3. Umumiy yurisdiksiya sudlari binolarini qurish va taʼmirlash, ularni zarur anjomlar, kompyuterlar va boshqa zamonaviy tashkiliy-texnika vositalari bilan taʼminlash Jamgʻarmaning birinchi navbatdagi vazifasi hisoblanadi.
4. Jamgʻarma mablagʻlari:
a) sudlar va adliya organlari binolari va xonalarini qurish, taʼmirlash va jihozlashga, ularni zarur anjomlar, kompyuterlar va boshqa zamonaviy tashkiliy-texnika vositalari bilan taʼminlashga;
b) sudlar va adliya organlari texnika vositalariga xizmat koʻrsatish va ularni taʼmirlashga;
v) sudyalarga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyalaridan tashqari) malaka klasslari hamda muayyan yil ishlaganligi uchun ustamalar va qoʻshimcha haq toʻlashga;
g) adliya organlari xodimlariga daraja klasslari hamda muayyan yil ishlaganligi uchun ustamalar va qoʻshimcha haq toʻlashga;
d) sudlar va adliya organlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirishga va ijtimoiy muhofaza qilishga (uy-joy qurish, sanatoriya-kurort va tibbiy xizmat koʻrsatish, maoshlarga ustamalar va qoʻshimcha haq belgilash, moddiy yordam koʻrsatish);
d¹) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, umumiy yurisdiksiya sudlari (harbiy sudlardan tashqari) va xoʻjalik sudlari sudyalari tomonidan belgilangan tartibda uy-joyni ijaraga olishga (ijarada turishga), uy-joy sotib olishga dastlabki badalni toʻlashga;
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 31-oktabrdagi 312-son qaroriga asosan “d1” kichik band bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2012-y., 44-son, 506-modda)
e) kadrlar malakasini oshirishga, ularni oʻqitishga, tegishli adabiyotlar va matbaa nashrlari bilan taʼminlashga;
Oldingi tahrirga qarang.
e-1) Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasini yuritish, texnik jihatdan saqlab turish va modernizatsiya qilish tadbirlarini moliyalashtirish;
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 31-dekabrdagi 340-son qaroriga muvofiq “e-1” kichik bandi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 576-modda)
j) sudlarning (sudyalardan tashqari) va adliya organlarining qoʻshimcha xodimlari taʼminotiga;
z) sudyalarni va adliya organlari xodimlarini formali kiyim-boshlar bilan taʼminlash xarajatlarini moliyalashtirishga;
z1) “kommunal-foydalanish hamda sudlar va adliya organlarining boshqa joriy xarajatlariga;
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 25-dekabrdagi PQ-2099-sonli qaroriga asosan “z1” kichik bandi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2013-y., 52-son, 690-modda)
i) Jamgʻarma zaxirasini yaratishga;
i1) Toshkent davlat yuridik universitetining moddiy-texnika, oʻquv-metodik mustahkamlashga, huquq va davlat qurilishi sohasida tadqiqotlar oʻtkazishga, Oʻzbekistonning va xorijiy davlatlarning yetakchi taʼlim muassasalarida professor-oʻqituvchilar tarkibining stajirovkadan oʻtishini tashkil etishga.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 16-avgustdagi 227-sonli qaroriga asosan “i1” kichik band bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2013-y., 34-son, 453-modda)
k) sudlar va adliya organlari faoliyatini yaxshilashga qaratilgan boshqa tadbirlarga yoʻnaltiriladi.
Jamgʻarma mablagʻlari:
mablagʻlarni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi orqali ajratish yoʻli bilan Sud qonunchiligini demokratlashtirish va liberallashtirish hamda sud tizimi mustaqilligini taʼminlash boʻyicha tadqiqot markazi faoliyatini moliyalashtirishga;
notarius tomonidan oʻz kasb majburiyatlari buzilishi oqibatida yetkazilgan zararni va u bilan bogʻliq xarajatlarni qoplashga yoʻnaltiriladi. Notarius tomonidan oʻz kasb majburiyatlari buzilishi oqibatida yetkazilgan zararni va u bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash maqsadida Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(4-bandning oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 28-dekabrdagi 318-sonli qaroriga muvofiq oʻn uchinchi—oʻn beshinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — OʻR QHT, 2010-y., 52-son, 520-modda)
Istisno hollarda Jamgʻarma mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi va uning hududiy boshqarmalari faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlarini moliyalashtirishga yoʻnaltirilishi mumkin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 9-dekabrdagi 308-sonli qaroriga asosan oʻn uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2009-y., 50-51-son, 536-modda)
Mazkur Nizomning 2-bandi oltinchi va yettinchi xatboshida koʻrsatilgan manbalar boʻyicha Sud departamenti organlari tomonidan undirilgan mablagʻlarning bir qismi bilan bir qatorda, Jamgʻarmaga kelib tushgan ijro yigʻimlari, sud ijrochilari tomonidan undirilgan jarima summalari, shuningdek birjalar, baholash, ixtisoslashtirilgan savdo va rieltorlik tashkilotlari va oʻzga shaxslar tomonidan mol-mulkni baholash yoki sotishda zimmasiga olingan shartnoma majburiyatlarni bajarmaganlik (lozim darajada bajarmaganlik) uchun jarima va penyalar Sud departamentining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, sud ijrochilarini moddiy ragʻbatlantirish, shuningdek sud ijrochilari faoliyatini va majburiy ijro etish tizimini takomillashtirish boʻyicha boshqa chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun ishlatiladi.
(4-bandning oʻn sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 29-dekabrdagi PQ-1900-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 2-son, 16-modda)
5. Jamgʻarmaning joriy yilda foydalanilmagan mablagʻlari budjetga olib qoʻyilmaydi va ulardan keyingi yilda foydalaniladi.
6. Sudlar va adliya organlari xodimlarini qoʻshimcha koʻpaytirish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
7. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish sudlarni va adliya organlarini rivojlantirish dasturlarini mablagʻ bilan taʼminlash orqali amalga oshiriladi, ushbu dasturlar har yili mablagʻlar va buyurtmanomalar tushishi prognozi asosida shakllantiriladi.
Dasturda sudlar va adliya organlari binolari va xonalarini qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash, jihozlash muddatlari va hajmlari; ularni jihozlar, transport vositalari, kompyuterlar va boshqa zamonaviy tashkiliy-texnika vositalari bilan taʼminlash, shuningdek sudlar va adliya organlarini rivojlantirish boʻyicha boshqa tadbirlar nazarda tutiladi.
Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish dasturi, ularni mablagʻ bilan taʼminlash hajmlari hamda Jamgʻarmaning zaxiraga qoʻyiladigan har yilgi qismi miqdori Jamgʻarmaning Kuzatuvchi kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
8. Jamgʻarma faoliyatini boshqarish Jamgʻarmaning Kuzatuvchi kengashi tomonidan amalga oshiriladi, unga Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri rahbarlik qiladi, u Jamgʻarma Kuzatuvchi kengashining raisi hisoblanadi. Kuzatuvchi kengash tarkibiga lavozimiga koʻra Oliy sud va Oliy xoʻjalik sudi raislari, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash departamenti direktori hamda Jamgʻarmaning ijro etuvchi direktori kiradi.
Jamgʻarmaning Kuzatuvchi kengashi har chorakda kamida bir marta majlis oʻtkazadi. Zarur hollarda Jamgʻarma Kuzatuvchi kengashining navbatdan tashqari majlislari chaqirilishi mumkin.
Jamgʻarmaning Kuzatuvchi kengashi majlisi unda Jamgʻarmaning Kuzatuvchi kengashi aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etgan taqdirda vakolatli hisoblanadi.
Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish boʻyicha qaror Jamgʻarmaning Kuzatuvchi kengashi aʼzolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi va Jamgʻarma Kuzatuvchi kengashi raisi tomonidan imzolanadi.
9. Jamgʻarma mablagʻlari toʻplanishi va sarflanishini tezkor boshqarish Jamgʻarmaning Ijro etuvchi direksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Jamgʻarmaning Ijro etuvchi direksiyasiga Ijro etuvchi direktor rahbarlik qiladi, u Jamgʻarmaning Kuzatuvchi kengashi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
Jamgʻarmaning Ijro etuvchi direktori Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishi uchun shaxsan javob beradi.
10. Jamgʻarmaning Ijro etuvchi direksiyasi quyidagilarga majbur:
buyurtmanomalarni yigʻish va Kuzatuvchi kengash tomonidan koʻrib chiqish uchun materiallarni tayyorlash;
Kuzatuvchi kengash qarorlarini sudlar va adliya organlariga yetkazish;
Kuzatuvchi kengash qarorlarini oʻz vaqtida ijro etish;
Jamgʻarmaning ajratilgan mablagʻlaridan foydalanilishini nazorat qilish va uning monitoringini amalga oshirish;
Kuzatuvchi kengashga va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanilishi boʻyicha hisobot taqdim etish.
Jamgʻarmaning ijro etuvchi direksiyasi quyidagi huquqlarga ega:
zarur hollarda mablagʻlar ajratishga tushgan buyurtmanomalar boʻyicha qoʻshimcha maʼlumotlar olish;
undirilgan va Jamgʻarmaga oʻtkaziladigan pul mablagʻlarining amalda tushgan summasi boʻyicha tegishli tashkilotlardan axborotlar va statistika maʼlumotlarini soʻrab olish;
Jamgʻarmaning ajratilgan mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishini tekshirish;
Mablagʻlardan belgilangan maqsadda foydalanilmagan taqdirda moliyalashtirishni toʻxtatib turish, keyinchalik ushbu masalani Kuzatuvchi kengashga koʻrib chiqish uchun kiritish.
11. Ijro etuvchi direksiya oʻz Nizomiga muvofiq boshqa huquq va majburiyatlarga ega boʻlishi mumkin.
Jamgʻarmaning Ijro etuvchi direksiyasi toʻgʻrisidagi Nizom Jamgʻarmaning Kuzatuvchi kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
12. Jamgʻarmadan mablagʻlar ajratish yuzasidan buyurtmanomalar Adliya vazirligi, Oliy sud, Oliy xoʻjalik sudi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash departamenti (keyingi oʻrinlarda Departament deb yuritiladi) tomonidan Jamgʻarmaning Ijro etuvchi direksiyasiga tushadi.
Jamgʻarmaning Ijro etuvchi direksiyasi tushgan buyurtmanomalarni umumlashtiradi va ularni koʻrib chiqish uchun Jamgʻarmaning Kuzatuvchi kengashiga kiritadi.
Ijro etuvchi direksiya Jamgʻarmaning Kuzatuvchi kengashi qarorlari boʻyicha mablagʻlarni yuqorida koʻrsatib oʻtilgan idoralarga qabul qilingan qarorga muvofiq foydalanish uchun oʻtkazadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Oliy sudi, Oliy xoʻjalik sudi va Departament Jamgʻarmaning Kuzatuvchi kengashiga Jamgʻarmaning ajratilgan mablagʻlaridan foydalanilishi toʻgʻrisida belgilangan tartibda hisobot taqdim etadi.
13. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish toʻgʻrisidagi hisobot har chorakda Jamgʻarmaning Kuzatuvchi kengashi tomonidan koʻrib chiqiladi va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoniga taqdim etiladi.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishini nazorat qiladi.
15. Jamgʻarma mablagʻlarini toʻplash va ulardan foydalanish tartibi Jamgʻarmaning Kuzatuvchi kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamgʻarmasini boshqarish
tuzilmasi
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 5-6-son, 54-modda; 22-son, 223-modda; 2007-y., 45-son, 451-modda, 50-51-son, 523-modda; 2008-y., 42-son, 420-modda; 2009-y., 10-11-son, 115-modda, 50-51-son, 536-modda, 52-son, 576-modda; 2010-y., 14-15-son, 106-modda, 22-son, 175-modda, 44-45-son, 385-modda, 52-son, 520-modda; 2012-y., 8-9-son, 83-modda, 15-son, 170-modda, 41-42-son, 480-modda, 44-son, 506-modda; 2013-y., 2-son, 16-modda, 34-son, 453-modda, 52-son, 690-modda; 2014-y., 11-son, 126-modda; 2017-y., 18-son, 325-modda)