31.08.2006 yildagi PQ-458-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI HUZURIDAGI SUD QARORLARINI IJRO ETISH, SUDLAR FAOLIYATINI MODDIY-TEXNIKA JIHATIDAN VA MOLIYAVIY TA’MINLASH DEPARTAMENTI FAOLIYATINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud hokimiyati mustaqilligini mustahkamlash va sud himoyasining samaradorligini oshirishga qaratilgan mamlakat sud-huquq tizimini isloh qilishning asosiy vazifalari bo‘lib, sud qarorlarini ijro etishning samarali tizimini yaratish, sudlarni har tomonlama moddiy-texnika jihatidan ta’minlash va moliyalashtirish hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur vazifalarni amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash departamenti (keyingi o‘rinlarda — Sud departamenti) alohida o‘rin egallaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud departamenti tomonidan sud qarorlarini majburiy ijro etish ishlarining samaradorligini oshirish yuzasidan muayyan ishlar olib borilmoqda. Oxirgi 4 yil mobaynida ijro etilgan sud qarorlarining soni 3 baravarga oshdi. 2005-yil yakunlariga ko‘ra, sud ijrochilari tomonidan 2002-yilga nisbatan 17 baravar ko‘p, ya’ni 716,8 mlrd. so‘m mablag‘ amalda undirildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudlarning moddiy-texnik ta’minoti sezilarli yaxshilandi. Ushbu maqsadlarga ajratilayotgan pul mablag‘lari hajmi keyingi to‘rt yilda 2,7 baravarga ko‘paydi. Faqatgina 2005-yilda 1,3 mlrd. so‘m mablag‘lar evaziga 60 ta sud binolari qurildi va kapital ta’mirlandi, 14 ta yangi binolar sotib olindi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ayni paytda maxsus o‘tkazilgan tekshirishlar shuni ko‘rsatdiki, lozim darajada ish tashkil etilmaganligi oqibatida Sud departamenti faoliyatida jiddiy xato va kamchiliklar mavjud bo‘lib, ular sud qarorlarini majburiy ijro etish tizimi samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Mas’ul mansabdor shaxslar tomonidan majburiy undiruvlar bo‘yicha yuklatilgan majburiyatlar muntazam ravishda buzib kelinayotganligi oqibatida, sud ijrochilari ish yurituviga kelib tushgan ijro hujjatlaridagi ijrosi ta’minlanmagan hujjatlar qoldig‘i yildan yilga ko‘payib bormoqda va 2005-yil yakunlariga ko‘ra 26 foizni tashkil etgan. Ular bo‘yicha undirilmay qolgan mablag‘lar esa 445,5 mlrd. so‘mni tashkil etgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, ularning malakasini oshirish masalalariga yetarlicha e’tibor berilmagan. Sud departamentida qonuniylikni hamda xodimlar o‘rtasida intizomni mustahkamlash bo‘yicha ishlar susaytirib yuborilgan. Tekshirish mobaynida yetarli ish tajribasiga, ma’lumotga ega bo‘lmagan yoxud huquqni muhofaza qilish idoralaridagi avvalgi xizmati davomida o‘z sha’niga isnod keltirgan shaxslarni mas’ul lavozimlarga tayinlash holatlari aniqlandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashkiliy va kadrlar bilan ishlash masalalari bo‘shashtirib yuborilganligi oqibatida Sud departamenti tizimida mansabdorlik jinoyatlari oxirgi 3 yil davomida deyarli 14 baravarga ortgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud departamenti rahbarlari va xodimlari tomonidan qarzdorlarning mol-mulkini sotishda suiiste’molliklar, ijro ishini yuritishda sansalorlik va muddat buzilishlar, ko‘chmas mulk obyektlari va avtotransport vositalari narxini qasddan kamaytirish, shuningdek poraxo‘rlik holatlari uchramoqda. Ijro hujjatlarini ro‘yxatga olmasdan yashirish holatlari mavjud.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tizimda usulubiy-tahliliy ishlar lozim darajada tashkil etilmagan. Cudyalar, sud protsesslari va ularning ishtirokchilari xavfsizligini ta’minlash darajasi bugungi kun talablariga javob bermaydi. Bu sohada zarur tashkiliy-huquqiy mexanizmlar ishlab chiqilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sohadagi bunday ahvol, avvalambor, Sud departamentida ishlarning qoniqarsiz darajada tashkil etilganligi, rahbar kadrlarning malakasizligi va ular tomonidan qonuniylikni buzib kelinishi natijasi bo‘lib, o‘z navbatida mamlakatda sud tizimi obro‘siga putur yetkazmoqda hamda sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mavjud salbiy holatning yuzaga kelishiga oxirgi yillarda Sud departamentiga sud qarorlarini ijro etish bo‘yicha bir qator qo‘shimcha vazifalarning yuklanishi sezilarli ta’sirini o‘tkazdi. Jumladan, budjet oldidagi boqimanda qarzlarni qarzdorning mol-mulki hisobidan majburiy undirish, davlat daromadiga o‘tkazilgan mol-mulkni yo‘q qilib tashlash yoki sotish, moliyaviy jarimalarni tadbirkorlik subyektlaridan sud tartibida undirish kabi vazifalarning yuklatilishi evaziga sud ijrochilarining ish hajmi keskin oshib ketdi. Sud ijrochisining o‘rtacha ish hajmi 2001-yilga nisbatan uch baravardan ortiq, ayrim hududlarda esa 6-7 baravarga oshdi. Shu bilan birga, Sud departamenti bo‘linmalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, sud ijrochilari faoliyatini tashkil etishning shakl va usullarini, axborot-kommunikatsiya va boshqa zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda takomillashtirish chora-tadbirlari ko‘rilmadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud qarorlarining so‘zsiz ijro etilishini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish, Sud departamentining unga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishi yuzasidan faoliyati samaradorligini ko‘tarish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Sud departamenti faoliyatiga rahbarlik qilish, sud qarorlarini majburiy ijro etish tizimini takomillashtirish bo‘yicha ishlari qoniqarsiz deb topilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishdagi jiddiy qonunbuzilishlar, kamchiliklar va yo‘l qo‘yilgan suiiste’molliklar uchun Sud departamenti direktori, ayrim tarkibiy bo‘linmalarning rahbarlari va xodimlari egallab turgan lavozimlaridan ozod etilganligi, tekshirish materiallari qonun asosida ko‘rib chiqish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi rahbariyati (B. Mustafoyev):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kadrlar tarkibini halol, vijdonli, malakali mutaxassislar bilan mustahkamlash, Sud departamenti bo‘linmalarini kasbiy tayyorgarligi va ma’naviy saviyasiga ko‘ra egallab turgan lavozimiga nomunosib xodimlardan tozalashni nazarda tutgan holda 2006-yil 1-noyabrga qadar Sud departamenti xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mutaxassislarni tanlab olishda xolislik va ochiq-oydinlikni ta’minlagan holda sud ijrochisi lavozimiga tayinlash uchun kadrlarni tanlov asosida saralab olish tartibini amaliyotga joriy qilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-maydagi PQ-3016-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2017-y., 22-son, 425-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Sud departamenti tuzilmasida boshqaruv xodimlari soni 22 kishidan, shu jumladan markaziy apparatda 5 kishidan iborat tarkibda Ichki xavfsizlik inspeksiyasi tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, Ichki xavfsizlik inspeksiyasi va uning joylardagi bo‘linmalari yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishda bevosita Sud departamenti direktoriga bo‘ysunadilar.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-maydagi PQ-3016-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 22-son, 425-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (R. Azimov):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Departamentning shtat jadvali va xarajatlar smetasiga mazkur qarordan kelib chiqqan holda tegishli o‘zgartirishlar kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda sud ijrochilari bo‘limlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, undirgan pul mablag‘lari miqdori hamda ishining yakuniy natijalaridan kelib chiqqan holda ularni rag‘batlantirishga qaratilgan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Belgilansinki, sud qarorlari va boshqa organlar hujjatlariga muvofiq avtomototransport vositalari va ko‘chmas mulkni sotish faqat elektron onlayn-auksionlar orqali amalga oshiriladi.
(6-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-noyabrdagi PF-5227-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.11.2017-y., 06/17/5227/0206-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish jarayonida avtomototransport vositalari va ko‘chmas mulkni sotish tartibi to‘g‘risidagi nizom 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi, Adliya vazirligi ikki oy muddatda:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mol-mulk bahosini qasddan pasaytirilishi va boshqa qonunbuzilishlarni oldini olishni nazarda tutgan holda Ijro harakatlarini amalga oshirish jarayonida sud ijrochilari tomonidan xatlangan mol-mulkni baholash tartibi to‘g‘risidagi nizomni;
(7-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 29-dekabrdagi PQ-1900-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 2-son, 16-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mol-mulkni sotadigan savdo tashkilotini tanlov asosida tanlab olishni nazarda tutgan holda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Ijro hujjatlari asosida mol-mulkni (avtomototransport vositalari va ko‘chmas mulk bundan mustasno) sotish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (R. Qosimov) bilan birgalikda 2006/2007 o‘quv yilidan boshlab yuridik yo‘nalishdagi oliy ta’lim muassasalari o‘quv dasturlariga ijro ishi yurituvi bo‘yicha fanlar kiritsin, shuningdek mutaxassislarni davriy ravishda (har besh yilda) Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazida majburiy ijro masalalari bo‘yicha qayta tayyorlashni nazarda tutgan holda zamonaviy talablar va standartlar asosida sud ijrochilarini tayyorlash maxsus o‘quv dasturini ishlab chiqilishi va tatbiq etilishini ta’minlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi (A. Aripov) bilan birgalikda ikki oy muddatda Sud departamentida ijro hujjatlarining ma’lumotlar bazasini tashkil etish va yuritish, shuningdek sud ijrochilari tomonidan undirilgan mablag‘larni nazorat qilishga mo‘ljallangan yagona axborot-kompyuter tarmog‘ini tashkil etish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy sud, Oliy xo‘jalik sudi, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Markaziy bank bilan birgalikda Vazirlar Mahkamasiga sud ijrochilarining sud, huquqni muhofaza qiluvchi, ro‘yxatga oluvchi idoralar va moliya-kredit tashkilotlari bilan yaqindan hamkorlik qilishini ta’minlashga qaratilgan ijro ish yurituvi to‘g‘risidagi qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichki ishlar vazirligi (B. Matlyubov) bilan birgalikda ikki oy muddatda: sudlar, sud protsesslari va ularning ishtirokchilarining xavfsizligini ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi; sudlarning alohida topshiriqlarini ijro etish, shu jumladan sudga kelishdan bo‘yin tovlagan shaxslarni majburiy keltirish tartibi to‘g‘risidagi; shuningdek, ijro harakatlari amalga oshirilayotgan joylarda jamoat tartibini saqlashni ta’minlash bo‘yicha yo‘riqnomalarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin, ularda sud ijrochilarining ichki ishlar idoralari bilan yaqindan hamkorlik qilishini va o‘zaro harakatlarini muvofiqlashtirib turish nazarda tutilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiquvchi o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin, shuningdek vazirliklar va idoralar tomonidan o‘z normativ hujjatlarini mazkur qarorga muvofiqlashtirilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi sudlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2001-yil 22-sentabrdagi 383-son qarorining 9-bandi birinchi xatboshisi va unga 1—4-ilovalar (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 9-son, 55-modda).
Oldingi tahrirga qarang.
(9-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi A. Nabiyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2006-yil 31-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-458-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-maydagi PQ-3016-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 22-son, 425-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 29-dekabrdagi PQ-1900-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2013-y., 2-son, 16-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 29-dekabrdagi PQ-1900-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2013-y., 2-son, 16-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 29-dekabrdagi PQ-1900-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2013-y., 2-son, 16-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 29-dekabrdagi PQ-1900-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2013-y., 2-son, 16-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 29-dekabrdagi PQ-1900-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2013-y., 2-son, 16-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2006-yil 31-avgustdagi PQ-458-son qaroriga
7-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish jarayonida avtomototransport vositalari va ko‘chmas mulkni sotish tartibi to‘g‘risidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 15-iyuldagi 200-son qaroriga muvofiq, sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini (keyingi o‘rinlarda — ijro hujjatlari) ijro etish yuzasidan avtomototransport vositalari va ko‘chmas mulkni sotish, shu jumladan ularni davlat daromadiga o‘tkazish to‘g‘risidagi ijro hujjatlari bo‘yicha sotish tartibini belgilaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 21-fevraldagi PF-4424-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 8-9-son, 77-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ijro hujjatlari bo‘yicha avtomototransport vositalarini, ko‘chmas mulkni shu jumladan, yer uchastkasini (jismoniy va yuridik shaxslarning mulk huquqi obyekti hisoblanadigan), qurilishi tugallanmagan obyektni sotish faqat “E-AUKSION” elektron savdo platformasida mol-mulkni realizatsiya qilish bo‘yicha elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish va o‘tkazishga vakolatli operator (keyingi o‘rinlarda — operator) tomonidan o‘tkaziladigan elektron onlayn-auksionlar shaklida o‘tkaziladi.
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-67-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Operator tomonidan avtomototransport vositalari va ko‘chmas mulkni sotish bo‘yicha o‘tkaziladigan elektron onlayn-auksionlarda xar qanday yuridik yoki jismoniy shaxs ishtirok egishga haqli.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-yanvardagi PF-6146-son Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.01.2021-y., 06/21/6146/0065-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni realizatsiya qilish bo‘yicha elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish va o‘tkazish operator tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektron onlayn-auksionni tashkil etish bo‘yicha xizmatlar uchun operator shartnomada belgilangan, biroq mol-mulk sotilgan summaning bir foizidan oshmagan miqdorda haq oladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-noyabrdagi PF-5227-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.11.2017-y., 06/17/5227/0206-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-noyabrdagi PF-5227-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.11.2017-y., 06/17/5227/0206-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Avtomototransport vositalari va ko‘chmas mulkni ko‘zdan kechirish va baholash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Avtomototransport vositalari va ko‘chmas mulk auksion savdolariga qo‘yilgunga qadar ko‘zdan kechirilishi va baholanishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat daromadiga o‘tkazilgan avtomototransport vositalari va ko‘chmas mulkni ko‘zdan kechirish va baholash Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 15-iyuldagi 200-son qaroriga muvofiq ularni olib qo‘ygan vakolatli organning mansabdor shaxslari tomonidan tashkil etiladi.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 5-noyabrdagi PQ-1430-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 44-45-son, 378-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Undiruvni qarzdorning mol-mulkiga qaratishni nazarda tutuvchi boshqa ijro hujjatlari bo‘yicha avtomototransport vositalari va ko‘chmas mulkni ko‘zdan kechirish hamda baholash sud ijrochilari tomonidan tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Avtomototransport vositasining texnik holatini ko‘rikdan o‘tkazish Ichki ishlar vazirligi Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati (keyingi o‘rinlarda — DYHXX) mutaxassisining, davlat daromadiga o‘tkazishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari bo‘yicha esa — shuningdek hududiy moliya idorasi vakilining ishtirokida o‘tkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ko‘chmas mulk shu jumladan yer uchastkasi, qurilishi tugallanmagan obyekt holatini ko‘zdan kechirish Yergeodezkadastr davlat qo‘mitasining hududiy organi mutaxassisining, davlat daromadiga o‘tkazishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari bo‘yicha esa — shuningdek hududiy moliya idorasi vakilining ishtirokida o‘tkaziladi.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 29-dekabrdagi PQ-1900-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 2-son, 16-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Avtomototransport vositasi va ko‘chmas mulkni ko‘zdan kechirish natijalari bo‘yicha sud ijrochisi (davlat daromadiga o‘tkazilgan avtomototransport vositalari va ko‘chmas mulk bo‘yicha — ularni olib qo‘ygan organning mansabdor shaxsi) hamda ko‘zdan kechirishda ishtirok etgan shaxslar tomonidan imzolanadigan ko‘zdan kechirish dalolatnomasi tuziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Avtomototransport vositasi va ko‘chmas mulkni baholash baholovchi tashkilot tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bojxona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun davlat daromadiga o‘tkazilgan avtomototransport vositasini baholashda, uning bahosi bojxona qiymatidan kelib chiqib, biroq “erkin muomalaga chiqarish” bojxona rejimida bojxona chegarasi orqali o‘tkazishda to‘lanishi lozim bo‘lgan bojxona to‘lovlaridan kam bo‘lmagan qiymatda belgilanadi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 5-noyabrdagi PQ-1430-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 44-45-son, 378-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Undiruvni ko‘chmas mulkka, shu jumladan mulk huquqi asosida qarzdorga tegishli bo‘lgan yer uchastkasi, qurilishi tugallanmagan obyektga qaratilgan taqdirda, qarzdorning mazkur mulkka bo‘lgan huquqini tasdiqlovchi hujjat mavjud bo‘lganda tegishli hujjatlar baholash uchun baholovchi tashkilotga yuboriladi. Qarzdorga tegishli va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan ko‘chmas mulkka bo‘lgan mulk huquqini, keyinchalik undiruvni unga qaratish maqsadida, belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun sud ijrochisi “Yergeodezkadastr” Davlat qo‘mitasi organiga murojaat qilishga haqli. Bunda, ko‘chmas mulkni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi sud ijrochisining yozma topshirig‘iga qarzdorning mazkur ko‘chmas mol-mulkka bo‘lgan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi. Qarzdorning huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun hujjatlarni rasmiylashtirish va ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha xarajatlar ijro harakatlarini amalga oshirish xarajatlariga kiradi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 29-dekabrdagi PQ-1900-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2013-y., 2-son, 16-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Ko‘zdan kechirish hamda baholash avtomototransport vositasi va ko‘chmas mulk xatlangan kundan boshlab ko‘pi bilan 3 kun ichida o‘tkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Avtomototransport vositalari, ko‘chmas mulk va qurilishi tugallanmagan obyektni baholashni ularni ko‘zdan kechirish bilan bir vaqtda o‘tkazishga yo‘l qo‘yiladi.
(8-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 29-dekabrdagi PQ-1900-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 2-son, 16-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Sud ijrochisi vakolatli organdan davlat daromadiga o‘tkazilgan avtomototransport vositalari va ko‘chmas mulkni qabul qilishda barcha hujjatlarni, shu jumladan ularning ko‘zdan kechirilganligi va baholanganligini tasdiqlovchi hujjatlarning, yer uchastkasi davlat daromadiga o‘tkazilgan taqdirda — shuningdek yer uchastkasi plani ilova qilingan holda Yer uchastkasiga bo‘lgan mulk huquqini beruvchi davlat orderining yoki Yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatiga olish to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxalarining ham mavjudligini tekshiradi. Zarur hujjatlar bo‘lmagan, ular belgilangan talablarga muvofiq kelmagan taqdirda, ijro hujjati uch kunlik muddat ichida uni yuborgan sudga qaytariladi, ularning mazmuni aniq bo‘lmagan holatlarda esa — ushbu holatlarni yoki ijro etish usuli va tartibini tushuntirib berish to‘g‘risida murojaat qilinadi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 29-dekabrdagi PQ-1900-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 2-son, 16-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Avtomototransport vositasi va ko‘chmas mulkni elektron onlayn-auksionda sotish uchun yuborish, elektron onlayn-auksionni tashkil etish va o‘tkazish
(III bo‘lim nomi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-noyabrdagi PF-5227-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.11.2017-y., 06/17/5227/0206-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Avtomototransport vositasi va ko‘chmas mulkni elektron onlayn-auksionda realizatsiya qilish uchun yuborish, elektron onlayn-auksionni tashkil etish va o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyuldagi PQ-3149-son qarori bilan tasdiqlangan Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni realizatsiya qilish bo‘yicha elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomda ko‘rsatilgan tartib va shartlarda amalga oshiriladi;
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-noyabrdagi PF-5227-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.11.2017-y., 06/17/5227/0206-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-noyabrdagi PF-5227-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.11.2017-y., 06/17/5227/0206-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-noyabrdagi PF-5227-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.11.2017-y., 06/17/5227/0206-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-noyabrdagi PF-5227-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.11.2017-y., 06/17/5227/0206-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-noyabrdagi PF-5227-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.11.2017-y., 06/17/5227/0206-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(IV-bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-noyabrdagi PF-5227-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.11.2017-y., 06/17/5227/0206-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(V-bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-noyabrdagi PF-5227-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.11.2017-y., 06/17/5227/0206-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(VI-bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-noyabrdagi PF-5227-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.11.2017-y., 06/17/5227/0206-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VII. Yakuniy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi va uning hududiy boshqarmalari operator tomonidan ijro hujjatlari bo‘yicha elektron onlayn-auksionlarni tashkil etilishi va o‘tkazilishi ustidan doimiy nazorat olib boradi;
(39-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-noyabrdagi PF-5227-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.11.2017-y., 06/17/5227/0206-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Mazkur Nizomning buzilishi qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlikni keltirib chiqaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Ushbu Nizomni qo‘llash bo‘yicha kelib chiqadigan nizolar sud tartibda hal etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-noyabrdagi PF-5227-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.11.2017-y., 06/17/5227/0206-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 36-son, 360-modda; 2007-y., 45-son, 451-modda; 2010-y., 44-45-son, 378-modda; 2012-y., 8-9-son, 77-modda; 2013-y., 2-son, 16-modda; 2016-y., 7-son, 63-modda; 2017-y., 22-son, 425-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.11.2017-y., 06/17/5227/0206-son; 27.01.2021-y., 06/21/6146/0065-son; 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son; 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son)