Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.08.2012 23.01.2003 yildagi 40-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.08.2012
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

“ChILONZOR BUYuM BOZORI” OChIQ AKSIYADORLIK JAMIYATI FAOLIYATINI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-avgustdagi 253-sonli “Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini tartibga solishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Chilonzor buyum bozori” ochiq aksiyadorlik jamiyati faoliyatini takomillashtirish, savdoning zamonaviy usullariga o‘tish va sotuvchilar va xaridorlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi qarori bilan “Otchopar buyum bozori” ochiq aksiyadorlik jamiyati “Chilonzor buyum bozori” ochiq aksiyadorlik jamiyati sifatida qayta nomlanganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bozorni rekonstruksiya qilish tugallanganligi, savdo o‘rinlarini ijaraga olish huquqi uchun kimoshdi savdolari o‘tkazilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Chilonzor buyum bozori” ochiq aksiyadorlik jamiyati bozorida savdo faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Toshkent shahar hokimligi:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yakka tartibdagi tadbirkorlar qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini va ularga chakana savdoni amalga oshirish huquqi uchun ruxsat guvohnomalari berilishini ta’minlasin;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxslarga va yakka tartibdagi tadbirkorlarga turg‘un savdo shoxobchalari berilganligi uchun qonun hujjatlariga muvofiq ijara haqi, yakka tartibdagi tadbirkorlarga savdo joylari berganlik uchun bir martalik yig‘im miqdorlarini va bozor tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar qiymatini belgilasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bozorda yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan savdo faoliyati amalga oshirilishi hamda soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning to‘liq to‘lanishi ustidan qattiq nazoratni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘n kun muddatda “Chilonzor buyum bozori” ochiq aksiyadorlik jamiyati bozorida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarning maxsus to‘plami nashr etilishini va uning yakka tartibdagi tadbirkorlar o‘rtasida tarqatilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda bozor hududida jamoat tartibi va mol-mulk qo‘riqlanishini, pasport rejimiga, yo‘l harakati xavfsizligiga va yong‘in xavfsizligiga rioya qilinishiga doir profilaktika tadbirlari o‘tkazilishini ta’minlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda operativ tadbirlar o‘tkazish yo‘li bilan bozorga kontrabanda tovarlari kirib kelishining oldini olsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Tijorat banklariga o‘zaro hisob-kitoblarning zamonaviy usullarini joriy etgan holda “Chilonzor buyum bozori” ochiq aksiyadorlik jamiyati bozori hududida filiallar ochish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Toshkent shahar hokimligi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda mazkur qarorda belgilangan tartibga muvofiq “Chilonzor buyum bozori” ochiq aksiyadorlik jamiyatining 2003-yil 1-fevraldan boshlab faoliyat ko‘rsatishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahar “Otchopar buyum bozori” ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati hududida jismoniy shaxslarning savdo faoliyatini tartibga solish to‘g‘risida” 1998-yil 18-maydagi 218-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosari M.Z. Usmonov va Toshkent shahar hokimi R.M. Shoabdurahmonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2003-yil 23-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40-son

Vazirlar Mahkamasining
2003-yil 23-yanvardagi
40-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Chilonzor buyum bozori” ochiq aksiyadorlik jamiyati bozorida savdo faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.1. Ushbu Nizom “Chilonzor buyum bozori” ochiq aksiyadorlik jamiyati bozorida (keyingi o‘rinlarda bozor deb ataladi) savdo faoliyatini tashkil etishni ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan hamda yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan chakana savdoni ro‘yxatdan o‘tkazish va amalga oshirish tartibotini tartibga soladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.2. Bozorda iste’mol tovarlari bilan savdo qilishga:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
savdo qilish huquqi uchun (faqat yakka tartibdagi tadbirkorlarga nisbatan) belgilangan tartibda berilgan ruxsat guvohnomasiga ega bo‘lgan;
(1.2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bozorda savdo o‘rnini ijaraga olish shartnomasini tuzgan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.3. Bozorning ish tartibi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bozor har kuni soat 8-00 dan 18-00 gacha, yoz davrida esa soat 19-00 gacha ishlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bozor hududiga kirish bepul;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dam olish (sanitariya ) kuni — dushanba;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik subyektlari ish o‘rinlarini tayyorlash uchun bozorga ertalab soat 6-00 dan boshlab kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.4. Bozordagi savdo o‘rinlari soni Toshkent shahar hokimi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.5. Toshkent shahar hokimligi bozor tomonidan taqdim etiladigan ma’lumot asosida mavjud bo‘sh savdo o‘rinlarining doimiy tezkor hisobini yuritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.6. Bozorda oziq-ovqat tovarlari bilan savdo qilishga belgilangan tartibda faqat yuridik shaxslar tomonidan turg‘un chakana savdo shoxobchalari orqali ruxsat etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Hujjatlarni rasmiylashtirish va bozorda chakana savdoni amalga oshirish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.1. Yuridik shaxslar tomonidan:
Oldingi tahrirga qarang.
(2.1.1-2.1.6-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.1.7. Tovarlarni chakana sotish yuridik shaxslar tomonidan faqat turg‘un chakana savdo shoxobchalari orqali, nazorat-kassa mashinalari majburiy qo‘llangan holda amalga oshirilishi mumkin. Chakana savdoni ko‘chma ravishda (do‘konchalarda) amalga oshirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.1.8. Chakana savdoni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar tovarlarning sotib olinganligini tasdiqlovchi hujjatlarga, shuningdek, qonun hujjatlarida belgilangan hollarda sotilayotgan tovarlarning muvofiqlik sertifikatlariga ega bo‘lishlari shart. Sotiladigan tovarlar vitrinalarga qo‘yilgan bo‘lishi va kelib chiqqan mamlakati, ishlab chiqaruvchisi va narxi ko‘rsatilgan narxnomalarga ega bo‘lishi kerak. Yaroqlilik muddatiga ega bo‘lgan tovarlarni sotishda yaroqlilik muddati ham ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.1.9. Chakana savdoni amalga oshiruvchi yuridik shaxslarni soliqqa tortish amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.2. Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan turg‘un chakana savdo shoxobchalari orqali:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.2.1. Yakka tartibdagi tadbirkorlar chakana savdo faoliyati bilan faqat chakana savdoni amalga oshirish huquqi uchun 2-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha ruxsat guvohnomasi olgan taqdirda shug‘ullanishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.2.2. Chakana savdo faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi ruxsat guvohnomasini olish uchun yakka tartibdagi tadbirkor bozor joylashgan joydagi hokimlikka quyidagi hujjatlarni taqdim etishi zarur:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yakka tartibdagi tadbirkor sotishni mo‘ljallayotgan tovarlar guruhlari ko‘rsatilgan ariza;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxs sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijara shartnomasi yoki yakka tartibdagi tadbirkorning bozor hududida turg‘un chakana savdo shoxobchasi mavjudligini tasdiqlovchi hujjat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nazorat-kassa mashinasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida davlat soliq xizmati organining ma’lumotnomasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
savdoni amalga oshirish huquqi uchun yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi bank hujjatining nusxasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.2.3. Ruxsat guvohnomasi yakka tartibdagi tadbirkorlarga faqat tovarlarning saqlanishini, sortlarga ajratilishini va chakana sotish uchun qadoqlanishini ta’minlovchi o‘zining yoki bozordan ijaraga olingan, savdo asbob-anjomlari bilan jihozlangan chakana savdo shoxobchalari mavjud bo‘lganda berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.2.4. Ruxsat guvohnomasi faqat yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan uning chakana savdoni amalga oshirish tartibi, savdo qoidalari, chakana savdo sohasidagi tadbirkorlik faoliyatini soliqqa tortish tartibi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari, keltirilayotgan tovarlarni bojxonada rasmiylashtirish tartibi, shuningdek qonun hujjatlarini buzganligi uchun javobgarlik choralari bilan tanishligi yozma ravishda tasdiqlangandan keyin beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.2.5. Ruxsat guvohnomasida ushbu guvohnoma bilan chakana sotishga ruxsat berilgan tovarlar guruhlari majburiy tartibda ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.2.6. Ruxsat guvohnomasi belgilangan tartibda shartnomada (arizada) ko‘rsatilgan savdo huquqi uchun haq to‘langan muddatga, lekin bir yildan ortiq bo‘lmagan muddatga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.2.7. Ruxsat guvohnomasi savdo qoidalari buzilishlari aniqlangan taqdirda davlat soliq xizmati organlari taqdimnomasiga ko‘ra, ruxsat guvohnomasini bergan hokimlik tomonidan qaytarib olinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.2.8. Ruxsat guvohnomasining amal qilishi hafta mobaynida savdo aylanmasi mavjud bo‘lmagan yoki naqd pul tushumini inkassatsiya qilish qoidalari buzilgan taqdirda davlat soliq xizmati organi taqdimnomasiga ko‘ra, xizmat ko‘rsatuvchi bank axboroti asosida to‘xtatib turilishi mumkin. Hokimlik ruxsat guvohnomasining amal qilishini tuzilgan shartnomalar bo‘yicha tovarlar olinganligi to‘g‘risida tasdiqnoma olingan taqdirda tiklashi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.2.9. Tovarlarni chakana sotish yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan turg‘un savdo shoxobchalari orqali, nazorat-kassa mashinalari majburiy qo‘llangan, tovar operatsiyalari va daromadlar hisobi yuritilgan holda amalga oshirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.2.10. Tovarlarni savdo shoxobchasidan tashqarida, shu jumladan do‘konchalarda sotishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.2.11. Chakana savdoni amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar tovarlarning sotib olinganligini tasdiqlovchi hujjatlarga, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan hollarda sotilayotgan tovarlarning muvofiqlik sertifikatlariga ega bo‘lishlari shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sotiladigan tovarlar vitrinalarga qo‘yilgan bo‘lishi va kelib chiqqan mamlakati, ishlab chiqaruvchisi va narxi ko‘rsatilgan narxnomalarga ega bo‘lishi kerak. Yaroqlilik muddatiga ega bo‘lgan tovarlarni sotish chog‘ida narxnomalarda yaroqlilik muddati ham ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.2.12. Chakana savdoni amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarni soliqqa tortish amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.3 Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan bozor tomonidan berilgan (turg‘un bo‘lmagan) joylar orqali:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.3.1. Yakka tartibdagi tadbirkorlar bozorda chakana savdoni faqat quyidagilar bo‘yicha amalga oshirish huquqiga egadirlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yakka tartibdagi tadbirkorlarning bevosita o‘zlari keltirishgan import tovarlar, tegishli hujjatlar mavjud bo‘lganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘zlari tayyorlagan (sotilishi taqiqlanmagan) tovarlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu tovarlarni ishlab chiqargan boshqa yakka tartibdagi tadbirkorlardan yozma shartnomalar asosida sotib olingan tovarlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.3.2. 3-ilovaga muvofiq ruxsat guvohnomasi olish uchun yakka tartibdagi tadbirkor bozor joylashgan joydagi hokimlikka quyidagilarni taqdim etishi zarur:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yakka tartibdagi tadbirkor chakana savdoda sotishni mo‘ljallayotgan tovarlar guruhlari ko‘rsatilgan ariza;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchining jismoniy shaxs sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bozor bilan tuzilgan shartnoma nusxasi yoki bozorning yakka tartibdagi tadbirkorga savdo joyi berilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
savdo huquqiga yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi bank hujjati nusxasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.3.3. Ruxsat guvohnomasi faqat yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan uning buyum bozorlarida chakana savdoni amalga oshirish tartibi, savdo qoidalari, chakana savdo sohasidagi tadbirkorlik faoliyatini soliqqa tortish tartibi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari, keltirilayotgan tovarlarni bojxonada rasmiylashtirish tartibi, shuningdek qonun hujjatlarini buzganligi uchun javobgarlik choralari bilan tanishligi yozma ravishda tasdiqlangandan keyin beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.3.4. Ruxsat guvohnomasida ushbu guvohnoma bilan chakana sotishga ruxsat berilgan tovarlar guruhlari majburiy tartibda ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.3.5. Ruxsat guvohnomasi belgilangan tartibda shartnomada (arizada) ko‘rsatilgan savdo huquqi uchun haq to‘langan muddatga, lekin uch oydan ortiq bo‘lmagan muddatga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.3.6. Ruxsat guvohnomasi savdo qoidalari buzilishlari aniqlangan taqdirda davlat soliq xizmati organlari taqdimnomasiga ko‘ra, ruxsat guvohnomasini bergan hokimlik tomonidan qaytarib olinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.3.7. Bozorda tovarlarni chakana sotish yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan nazorat-kassa mashinalari qo‘llamasdan, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tovar operatsiyalari va daromadlar hisobini majburiy ravishda yuritgan holda amalga oshirilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.3.8. Import tovarlarni chakana sotuvchi yakka tartibdagi tadbirkor yakka tartibdagi tadbirkor sifatida, eksport-import operatsiyalarini va chakana savdoni amalga oshirish huquqi bilan belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lishi kerak hamda uning respublika hududiga tovarlar keltirganligini va ularning bojxonada rasmiylashtirilganligini tasdiqlovchi hujjatlarga, muvofiqlik sertifikatlariga, bojxona to‘lovlari va qat’iy belgilangan soliq to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatlarga ega bo‘lishi shart.
(2.3.8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 28-yanvardagi 16-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 5-son, 19-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.3.9. O‘zi tayyorlagan tovarlarni chakana sotishni amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar ishlab chiqarish sharoitlarining mavjudligini tasdiqlovchi va davlat soliq xizmati organlari tomonidan tasdiqlangan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan berilgan hujjatlarga ega bo‘lishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.3.10. Mazkur tovarlarni ishlab chiqargan boshqa yakka tartibdagi tadbirkorlardan sotib olingan tovarlarni chakana sotishni amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar yakka tartibdagi tadbirkor-ishlab chiqaruvchi bilan tuzilgan sotilayotgan tovarlarning oldi-sotdi shartnomasiga ega bo‘lishlari shart. Shartnomada quyidagi rekvizitlar majburiy tartibda ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yakka tartibdagi tadbirkorlar — sotuvchi va sotib oluvchining familiyasi, ismi va otasining ismi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yakka tartibdagi tadbirkorlarning — sotuvchi va sotib oluvchi pasportlarining seriyasi, tartib raqami va berilgan sanasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalarning tartib raqami va berilgan sanasi hamda guvohnomani bergan davlat hokimiyati organlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq to‘lovchilarning va ro‘yxatdan o‘tkazilgan joydagi davlat soliq xizmati organining indentifikatsiya raqamlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bank muassasasida hisob raqamlari mavjud bo‘lgan taqdirda bank rekvizitlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.3.11. Bozorda chakana savdoni amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarni soliqqa tortish amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Ushbu Nizomga rioya etilishi yuzasidan javobgarlik va nazorat
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.1. Savdo faoliyatini ruxsat guvohnomasisiz yoxud uning amal qilishi to‘xtatib turilgan yoki u olib qo‘yilgan davrda amalga oshirish faoliyatni litsenziyasiz amalga oshirish hisoblanadi va buning uchun qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlik choralari qo‘llanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.2. Savdo qoidalari buzilganda, sanitariya normalari va yong‘in xavfsizligi qoidalari bajarilishi ta’minlanmaganda, savdoni amalga oshirish huquqi uchun yig‘im yoki tovarlarning alohida turlari bilan savdoni amalga oshirish huquqi uchun litsenziya yig‘imi to‘lanmaganda ruxsat guvohnomasi qoida buzilishlari bartaraf etilgunga qadar olib qo‘yilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.3. Ushbu Nizomga rioya etilishini nazorat qilish davlat soliq xizmati organlariga yuklanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Chilonzor buyum bozori” ochiq aksiyadorlik jamiyati bozorida chakana savdo faoliyatini tashkil etish
tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
Chilonzor tumani hokimligi

‎‎Blankaning seriyasi
‎va tartib raqami

‎Chakana savdoni amalga oshirish huquqi uchun‎‎

RUXSAT GUVOHNOMASI‎‎

‎‎(turg‘un savdo shoxobchasi)

‎200 _____ yil ____________________ № _____‎‎

‎‎

‎Surat o‘rni

‎_________________________________________________________ ga berildi.
(yakka tartibdagi tadbirkorning familiyasi, ismi, otasining ismi)‎

Pochta manzili ___________________________________________________________________‎
‎‎
‎Pasport seriya _____ № ________________

‎‎‎‎
________________ da __________________‎

tomonidan berilgan

‎‎
_________________________________________________________ joylashgan‎
‎(yakka tartibdagi turg‘un chakana savdo shoxobchasi orqali amalga oshirilganda to‘ldiriladi)

‎‎‎‎
turg‘un savdo shoxobchasi____________________________________________________ orqali‎
‎‎
‎200____ yil “____” ___________________ gacha
‎‎Quyidagi ____________________________________________________________________ ____________________________________________________________________
‎____________________________________________________________________

‎‎____________________________________________________________________

_________________________ tovar guruhlari bilan chakana savdoni amalga oshirish huquqi berildi.‎

‎‎‎‎
Nazorat-kassa mashinasi _____________________________ davlat soliq inspeksiyasida

‎‎
______________________ tartib raqami bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan.‎‎

‎‎
‎‎
‎‎
M.O‘

‎‎

‎Imzo ________________

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Chilonzor buyum bozori” ochiq aksiyadorlik jamiyati bozorida chakana savdo faoliyatini tashkil etish
tartibi to‘g‘risidagi nizomga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
Chilonzor tumani hokimligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

‎‎Blankaning seriyasi
‎va tartib raqami

‎Chakana savdoni amalga oshirish huquqi uchun‎‎

RUXSAT GUVOHNOMASI‎‎

‎‎(turg‘un bo‘lmagan savdo shoxobchasi)

‎200 _____ yil ____________________ № _____‎‎

‎‎

‎Surat o‘rni

‎_________________________________________________________ ga berildi.
(yakka tartibdagi tadbirkorning familiyasi, ismi, otasining ismi)‎

Pochta manzili ____________________________________________________________________‎
‎‎
‎Pasport seriya _____ № __________________

‎__________________________ tomonidan berilgan

‎‎
Soliq to‘lovchi identifikatsiyasi raqami _____________________________________________________
‎________________________________________________________ joylashgan‎
‎(yakka tartibdagi turg‘un chakana savdo shoxobchasi orqali amalga oshirilganda to‘ldiriladi)

‎‎‎‎
turg‘un savdo shoxobchasi____________________________________________________ orq�li‎
‎‎
‎200____ yil “____” ___________________ gacha
‎‎Quyidagi ____________________________________________________________________ ____________________________________________________________________
‎____________________________________________________________________

‎‎____________________________________________________________________
‎‎____________________________________________________________________
‎‎‎‎
_________________________ tovar guruhlari bilan chakana savdoni amalga oshirish huquqi berildi.‎

‎‎‎‎
Nazorat-kassa mashinasi _____________________________ davlat soliq inspeksiyasida

‎‎
______________________ tartib raqami bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan.‎‎

‎‎
‎‎
‎‎
M.O‘

‎‎

‎Imzo ________________

(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 1-2-son, 15-modda; 2006-y., 20-21-son, 181-modda; 2008-y., 5-son, 19-modda)