02.07.2014 yildagi 176-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 07.07.2014 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2014-yil 7-apreldagi PF-4609-son Farmoniga muvofiq, aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruvni takomillashtirish, shuningdek qimmatli qogʻozlar bozorini yanada rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Aksiyadorlik jamiyatlarining korporativ veb-saytlariga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin va u 2015-yil 1-yanvardan boshlab amalga kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2014-yil 2-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
176-son

Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 2-iyuldagi 176-son qaroriga
1-ILOVA

Aksiyadorlik jamiyatlarining korporativ veb-saytlariga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2014-yil 7-apreldagi PF-4609-son Farmoniga muvofiq ishlab chiqilgan hamda aksiyadorlik jamiyatlarining (keyingi oʻrinlarda jamiyat deb ataladi) korporativ veb-saytlariga va ushbu saytlarda joylashtirilishi majburiy boʻlgan axborotga qoʻyiladigan talablarni belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etilgan xoʻjalik boshqaruvi organining korporativ veb-sayti Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 31-dekabrdagi 355-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining rasmiy veb-saytiga qoʻyiladigan asosiy talablarga ham muvofiq boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Jamiyatning korporativ veb-saytida majburiy joylashtirilishi kerak boʻlgan axborot
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Jamiyatning korporativ veb-saytida majburiy joylashtirilishi kerak boʻlgan axborotga quyidagilar tegishlidir:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyat faoliyatining predmeti va maqsadlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyatning ustavi, shu jumladan unga oʻzgartirish va qoʻshimchalar hamda jamiyatning tasdiqlangan biznes-rejalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyatni rivojlantirish strategiyasi toʻgʻrisidagi axborot;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyatning tashkiliy tuzilmasi, uning tarkibiy boʻlinmalari, filiallari, vakolatxonalari, shuʼba va tobe xoʻjalik jamiyatlarining nomi, ularning telefonlari raqamlari, manzili (pochta va elektron manzillari), ularning ish tartibi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyatning rahbarlari (direktor va boshqaruv raisi) toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma axborot;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boʻsh ish oʻrinlari, ishga qabul qilish shartlari va nomzodlarga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyat yoki uning boshqaruv organlari tomonidan tuzilgan kollegial va maslahat organlari (komissiyalar, kengashlar, qoʻmitalar va boshqalar) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyatning affillangan shaxslari roʻyxati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korporativ boshqaruv masalalari boʻyicha jamiyatning ichki hujjatlari, shu jumladan aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi tomonidan tasdiqlangan korporativ boshqaruv kodeksi (u mavjud boʻlganda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Qimmatli qogʻozlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 39-moddasiga muvofiq oshkor qilinishi kerak boʻlgan jamiyat faoliyatidagi muhim faktlar;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida qabul qilingan qarorlar boʻyicha ovoz berish yakunlari (ushbu qarorlar qabul qilingan sanadan boshlab oʻttiz kun mobaynida eʼlon qilinadi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi oʻtkazilishi, sanasi, vaqti, oʻtkaziladigan joyi, kun tartibi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlar emissiyasi prospektlari, shuningdek qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq oshkor qilinishi kerak boʻlgan jamiyatning choraklik va yillik hisobotlari;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyat tomonidan oʻtkaziladigan ommaviy tadbirlar (majlislar, kengashlar, uchrashuvlar, matbuot konferensiyalari, seminarlar va brifinglar, davra suhbatlari, rasmiy tashriflar) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, matbuot-relizlar va kundalik faoliyat toʻgʻrisidagi boshqa axborot;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyat tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulotlar (bajariladigan ishlar va koʻrsatiladigan xizmatlar) roʻyxati hamda ular toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovarlarni yetkazib berish (ishlarni bajarish, xizmatlar koʻrsatish) boʻyicha jamiyat va uning tashkilotlari tomonidan oʻtkaziladigan ochiq tanlovlar (tenderlar) va kimoshdi savdolari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyatning moliya-xoʻjalik holatini va uni rivojlantirish dinamikasini tavsiflovchi asosiy koʻrsatkichlar toʻgʻrisidagi muhim maʼlumotlar, jamiyat faoliyati toʻgʻrisidagi axborot tusidagi tahliliy sharhlar;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oxirgi uch yilda hisoblangan va toʻlangan dividendlar, shu jumladan qarzdorlik miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, aksiyadorlar tomonidan dividendlarni olish uchun bogʻlanish maʼlumotlari va boshqa maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yillik moliya-xoʻjalik faoliyatni tekshirish natijalari boʻyicha auditorlik tashkilotining xulosasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyat tomonidan aksiyalar sotib olinishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korporativ veb-saytdagi axborot materiallaridan boshqa shaxslar foydalanganda jamiyatning korporativ veb-saytiga majburiy havolalar koʻrsatilishi toʻgʻrisidagi talab;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyatning korporativ veb-saytida joylashtirishni jamiyat zarur deb hisoblaydigan boshqa maʼlumotlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Jamiyatning korporativ veb-saytida boshqa manbalardan maʼlumotlarni joylashtirishga faqat axborot manbai koʻrsatilgan taqdirda yoʻl qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Jamiyatning korporativ veb-saytini yuritish boʻyicha talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Jamiyatning korporativ veb-saytida quyidagilar boʻlishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
guruhlar boʻyicha joylashtirilgan axborot tasniflangan holda qulay va oddiy interfeys;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyat veb-saytining foydalaniladigan interfeysi unda joylashtirilgan axborotning tuzilishi toʻgʻrisidagi koʻrgazmali tasavvurni, boʻlimlar va sahifalarga darhol va mantiqli oʻtishni taʼminlashi kerak;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyat bilan qayta aloqa bogʻlash, yuridik va jismoniy shaxslardan murojaatlarni qabul qilish imkoniyati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
joylashtirilgan axborotni arxivlashtirish, tiklash va takrorlash imkoniyati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron pochta vositasida hamda yangilashlar va yangiliklarni yetkazib berishning ommabop avtomatlashtirilgan formatlari vositasida korporativ veb-saytning yangilanishlariga yozilish imkoniyati.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Jamiyatning korporativ veb-saytida joylashtirilgan axborotdan uning tomonidan bazaviy axborot xizmatlari koʻrsatilishi doirasida foydalanish erkin va bepul boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat bazaviy axborot xizmatlaridan tashqari, jamiyatning korporativ veb-sayti orqali, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda pulli asosda qoʻshimcha xizmatlar koʻrsatishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Jamiyat ijro etuvchi organ rahbarining qarori bilan jamiyatning korporativ veb-saytidagi axborotni shakllantirish, joylashtirish, shuningdek yangilash uchun masʼul boʻlgan shaxsni belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Jamiyatning korporativ veb-saytidagi axborot davlat tilida taqdim etilishi kerak. Jamiyat korporativ veb-saytining boshqa tillardagi versiyalari boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Jamiyatning korporativ veb-saytida joylashtirilgan axborot yoʻq qilinishi, blokirovka qilinishi, buzilishi va qalbakilashtirilishining, shuningdek ruxsat berilmagan aralashuvlar boshqa shakllarining oldini olish boʻyicha jamiyat tomonidan himoya qilishning tegishli chora-tadbirlari koʻrilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Jamiyatning korporativ veb-saytida joriy etish uchun majburiy boʻlgan asosiy funksiyalarga quyidagilar tegishlidir:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyatning korporativ veb-sayti boʻyicha izlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mobil qurilmalar uchun soddalashtirilgan dizaynli jamiyat veb-sayti versiyasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun qoʻshimcha qulayliklar yaratish (kontrastni qoʻshimcha qilish, shriftni kattalashtirish, ovoz joʻrligi va boshqa funksiyalar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyatning veb-saytidan xavfsiz foydalanish (maxfiy axborotni berishni yoki pulli xizmatlar koʻrsatishni nazarda tutuvchi saytlar uchun);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning murojaatlarini shu jumladan elektron pochtaga bildirishnoma yuborish vositasida koʻrib chiqishni va vaqtini kuzatib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamoatchilik fikrini oʻrganish va jamiyat faoliyatiga tegishli masalalarni muhokama qilish vositalari (on-layn-soʻrovlar, bloglar, forumlar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashriflarni va statistikani nazorat qilish vositalari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Ustav kapitalida davlat ulushi 50 foizdan ortiq boʻlgan, aholi va tadbirkorlik subyektlari uchun bevosita yoxud oʻzining idoraviy mansub tashkilotlari orqali xizmatlar koʻrsatuvchi va/yoki tovarlarni sotuvchi jamiyatlarning korporativ veb-saytlarida quyidagi funksiyalar nazarda tutilishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovarlar, ishlar va xizmatlarning turlari va qiymati (tariflar) toʻgʻrisidagi toʻliq va muhim maʼlumotlarni qulay shaklda taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
arizalar, deklaratsiyalar, soʻrovnomalar, blankalar va boshqa zarur hujjatlarning elektron shakllarini shu jumladan mobil qurilmalar yordamida toʻldirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻlovlarga shu jumladan mobil qurilmalar yordamida on-layn haq toʻlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmatlar koʻrsatish yuzasidan soʻrovnomani rasmiylashtirishda (shakllarni toʻldirishda) hujjatlarning elektron versiyalarini ilova qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Jamiyatning korporativ veb-sayti mazmuniga qoʻyiladigan talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Jamiyatning korporativ veb-saytida joylashtirilgan axborot ishonchli boʻlishi va jamiyat faoliyatini xolisona yoritishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Jamiyatning korporativ veb-saytida davlat siriga va xizmatda foydalanish uchun tegishli boʻlgan axborot, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq eʼlon qilish va tarqatish taqiqlangan boshqa axborot boʻlmasligi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Jamiyat ijroiya organining rahbari ushbu Nizomga muvofiq jamiyatning korporativ veb-saytida joylashtiriladigan axborotning toʻliqligi va toʻgʻriligi uchun javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Ushbu Nizom talablariga rioya etilishini nazorat qilish qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi maxsus vakolatli organ bilan birgalikda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 2-iyuldagi 176-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 8-iyundagi 285-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi hududida qiymatli qogʻozlar bilan bitishuvlar tuzish va ularni roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 2-bandning ikkinchi xatboshidagi “ochiq” soʻzi chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 21-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“21. Xususiylashtirilayotgan davlat tashkilotining mehnat jamoasiga aksiyalarni sotish tartibi Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan belgilanadi”;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 5-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“5. Birja bozorida va uyushgan birjadan tashqari bozorda qimmatli qogʻozlarga doir bitimlar tuzish va ularni roʻyxatdan oʻtkazish ularni yozma (qogʻozda) rasmiylashtirish zaruriyatisiz elektron shaklda amalga oshiriladi. Qimmatli qogʻozlar bilan boshqa bitimlar yozma shaklda tuziladi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarining oldi-sotdisi boʻyicha ikkilamchi bozordagi bitimlar faqat qimmatli qogʻozlarning birja bozorida va uyushgan birjadan tashqari bozorda tuziladi, aksiyadorlarning talabiga koʻra aksiyadorlik jamiyati tomonidan oʻz aksiyalarini sotib olish boʻyicha bitimlar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Investor umumiy qiymati mazkur aksiyadorlik jamiyati ustav kapitalining yigirma va undan koʻp foizini tashkil qiladigan aksiyadorlik jamiyati aksiyalari paketining bir yoki bir nechta bitimlar tuzish natijasida mustaqil ravishda va (yoki) affillangan shaxslar bilan birgalikda sotib olganligi haqidagi axborotni qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan tartibda oshkor qilishi shart”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) quyidagi mazmundagi 51-band qoʻshilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“51. Qimmatli qogʻozlar savdosining tashkilotchisi investorlardan sotishga qoʻyiladigan qimmatli qogʻozlarni oldindan baholashning oʻtkazilishini talab qilishga, agar bunday talab qonunchilikda belgilanmagan boʻlsa, shuningdek qimmatli qogʻozlarni ularning nominal qiymatidan past narxda sotishni taqiqlashga haqli emas”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) 14-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) 201-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“201. Qimmatli qogʻozlar savdosining tashkilotchilari, Qimmatli qogʻozlarning markaziy depozitariysi va qimmatli qogʻozlar bilan bitimlar tuzishda roʻyxatdan oʻtkazuvchilar boʻlgan qimmatli qogʻozlar bozorining boshqa professional ishtirokchilari, agar bitimlarni tuzishda qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisidagi qonunchilikning buzilganligini aniqlashgan boʻlsa, qimmatli qogʻozlar bilan bitimlarni roʻyxatdan oʻtkazishni rad etishlari shart”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) 22-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
z) 25-bandning birinchi jumlasidan keyin “elektron shaklda tuzilgan bitimlar bundan mustasno” soʻzlari qoʻshilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
i) 251-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“251. Depozitariy:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlarni begonalashtirishga cheklovni faqat tegishli davlat organining yozma talabnomasi mavjud boʻlgan taqdirdagina qoʻyadi, yozma talabnomada qimmatli qogʻozlar egasining nomi (ismi), uning identifikatsiyalash maʼlumotlari, qoʻyilgan cheklashning amal qilish muddati, shuningdek cheklovni qoʻyish uchun asos mavjud boʻlishi kerak;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki ish kuni mobaynida tegishli davlat organini qimmatli qogʻozlarni begonalashtirishga cheklov qoʻyish boʻyicha talablarni bajarish mumkin emasligi toʻgʻrisida tegishli davlat organini yozma ravishda xabardor qilishi shart, agar davlat organi talabnomasida ushbu bandning ikkinchi xatboshida koʻrsatilgan axborot mavjud boʻlmasa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlar egasini unga tegishli boʻlgan qimmatli qogʻozlarni begonalashtirishga cheklov qoʻyilganligi toʻgʻrisida cheklash belgilangan (qoʻyilgan) vaqtdan boshlab ikki ish kuni mobaynida xabardor qilishi shart”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini rivojlantirish markazining faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida” 1996-yil 30-martdagi 126-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1996-y., 3-son, 11-modda):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) qarorning nomidagi, 3-bandining birinchi xatboshidagi va 4-bandidagi “Qimmatli qogʻozlar bozorini rivojlantirish” soʻzlari “Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 3-ilovaning nomidagi va 1-bandidagi “Qimmatli qogʻozlar bozorini rivojlantirish” soʻzlari “Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazining Qimmatli qogʻozlar komissiyalari xalqaro tashkiloti (IOSCO)ga kirishi toʻgʻrisida” 1998-yil 12-yanvardagi 16-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 2-banddagi “Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish” soʻzlari “Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 4-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi xususiylashtirishdan tushadigan milliy valyutadagi mablagʻlarning Qimmatli qogʻozlar komissiyalari xalqaro tashkiloti tomonidan belgilanadigan aʼzolik badallarini hamda Komissiya tomonidan oʻtkaziladigan tadbirlarda Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazining boʻlishi va qatnashishi bilan bogʻliq boshqa xarajatlarni toʻlash uchun ajratilishini taʼminlasin”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 16-oktabrdagi 215-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 10-son, 77-modda) bilan tasdiqlangan Davlatga tegishli aksiyalar paketlarini (ulushlarni) ishonchli boshqaruvga berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 10-bandi toʻrtinchi xatboshidagi “aksiyalar paketlarini” soʻzlaridan keyin “shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining depo hisob raqamlaridagi davlat aksiya paketlarini” soʻzlari qoʻshilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 27-son, 329-modda; 2015-y., 39-son, 507-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.08.2019-y., 09/19/650/3532-son; 09.12.2020-y., 09/20/775/1612-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 23.04.2025-y., 09/25/247/0383-son)