20.07.2011 yildagi 06-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 20.07.2011 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudlar tomonidan nikohdan ajratishga oid ishlar boʻyicha qonunchilikni qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudlar tomonidan nikohdan ajratishga doir ishlarni koʻrishda qonunchilikning qoʻllanilishi shuni koʻrsatadiki, sudlar oilaviy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarni asosan toʻgʻri hal etishmoqda. Ayni paytda mazkur toifaga oid ishlarni koʻrishda sud amaliyotida nikohning tugatilishi, uni haqiqiy emas deb topish, shuningdek iqtisodiyot erkinlashuvi sharoitida er-xotin mulkiy munosabatlarini tartibga soluvchi qonunchilikni qoʻllash bilan bogʻliq masalalar kelib chiqmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudlar tomonidan nikohdan ajratishga doir ishlarni koʻrishda qonunchilikning toʻgʻri va bir xilda qoʻllanilishini taʼminlash maqsadida, “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 17-moddasiga tayangan holda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida oila jamiyatning asosiy boʻgʻini sifatida eʼtirof etilganligi, unda oila davlat tomonidan himoya qilinishi kafolatlanganligi toʻgʻrisidagi normalarning mavjudligi nikoh-oilaviy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlarni koʻrishda sudlar zimmasiga katta masʼuliyat yuklaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudlar oila toʻgʻrisidagi qonunchilik vazifalaridan kelib chiqib, qonunda nazarda tutilgan hamda oilani mustahkamlash, er-xotin va ularning bolalari huquqlari hamda qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan barcha choralarni koʻrishlari lozim;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Tushuntirilsinki, Oila kodeksining 37-moddasiga muvofiq nikoh er-xotindan birining vafoti yoki ulardan biri sud tomonidan vafot etgan deb eʼlon qilinishi oqibatida tugaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Er va xotin hayotligida nikoh ulardan biri yoki har ikkalasining arizasiga koʻra nikohdan ajratish yoʻli bilan tugatilishi mumkin. Zarur hollarda, agar buni muomalaga layoqatsiz er yoki xotin manfaatlari himoyasi taqozo etsa, nikohdan ajratish toʻgʻrisidagi ariza uning vasiysi tomonidan berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oila kodeksining 42-moddasiga koʻra, voyaga yetmagan umumiy bolalari boʻlmagan er-xotinning oʻzaro roziligi boʻlgan taqdirda nikohdan ajratish fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida (bundan buyon matnda-FHDY organlari) amalga oshiriladi, er-xotin oʻrtasida mehnatga layoqatsiz muhtoj er yoki xotinga moddiy taʼminot berish yoki umumiy mol-mulkni boʻlish toʻgʻrisida nizo mavjud boʻlgan hollar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oila kodeksining 43-moddasiga muvofiq, nikohdan ajratish quyidagi hollarda er-xotindan birining arizasi boʻyicha, ular oʻrtasida voyaga yetmagan umumiy bolalar borligidan qatʼi nazar, FHDY organlarida amalga oshiriladi, agar er-xotindan biri sud tomonidan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bedarak yoʻqolgan deb topilgan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ruhiyati buzilishi (ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi) sababli muomalaga layoqatsiz deb topilgan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sodir qilgan jinoyati uchun uch yildan kam boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilingan boʻlsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qayd etilgan asoslardan birortasi mavjud boʻlganda FHDY organi nikohdan ajratish toʻgʻrisidagi talabni rad etishga haqli emas. Er-xotin oʻrtasida bolalar toʻgʻrisida, mehnatga layoqatsiz muhtoj er yoki xotinga moddiy taʼminot berish yoki umumiy mol-mulkni boʻlish toʻgʻrisida nizo mavjud boʻlgan hollar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Tushuntirilsinki, OK 42-moddasi ikkinchi qismi va 43-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan barcha hollarda nikohdan ajratish sud tartibida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nikohdan ajratish masalasi FHDY organlari vakolatiga taalluqli boʻlgan ayrim hollarda ham u sud tartibida amalga oshirilishi mumkin, chunonchi, agar er-xotindan biri nikohdan ajratish toʻgʻrisida ariza berishdan bosh tortsa yoki FHDY organiga ariza berish uchun shaxsan kelish imkoniyatiga ega boʻlmasa yoxud ariza berib, nikohdan ajratishni qayd etish uchun hozir boʻlmasa. Bunday holatlar mavjudligi FHDY organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari maʼlumotnomalari va h.k.lar bilan tasdiqlanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuni nazarda tutish lozimki, OK 43-moddasi birinchi qismida belgilangan nikohdan FHDY organlarida ajratish tartibi spirtli ichimliklar, narkotik vositalar yoki psixotrop moddalarni suiisteʼmol qilishi oqibatida muomala layoqati cheklangan shaxslar bilan nikohdan ajratish hollariga tatbiq etilmaydi. Bunday shaxslarga nisbatan berilgan, shuningdek bunday shaxslar tomonidan berilgan daʼvolar boʻyicha nikohdan ajratish sud tartibida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Nikohdan ajratish toʻgʻrisidagi daʼvo arizasini qabul qilishda shuni inobatga olish lozimki, OK 39-moddasiga muvofiq, er xotinining roziligisiz uning homiladorligi vaqtida va bola tugʻilganidan soʻng bir yil mobaynida nikohdan ajratish toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatishga, garchi u tugʻilish toʻgʻrisidagi yozuvlar daftarida bolaning otasi sifatida yozilmagan boʻlsa ham, haqli emas. Mazkur qoida bola oʻlik tugʻilgan yoki bir yoshga toʻlmay vafot etgan hollarga ham tatbiq etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xotinning nikohdan ajratish toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatishga roziligi boʻlmagan hollarda, sudya daʼvo arizasini qabul qilishni rad etadi, agar u qabul qilingan boʻlsa, sud ish yuritishni tugatadi. Nikohdan ajratish toʻgʻrisidagi ish xotinning roziligi bilan qoʻzgʻatilgan boʻlib, ishni sud majlisida koʻrish vaqtida u nikohdan ajratishga qarshi eʼtiroz bildirgan, shuningdek xotinning homiladorligi va uning nikohdan ajratishga roziligi yoʻqligi ishni apellyatsiya, kassatsiya yoki nazorat instansiyasida koʻrish vaqtida maʼlum boʻlgan barcha hollarda ham ish yuritish tugatilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuni nazarda tutish lozimki, OK 39-moddasida koʻrsatilgan holatlar mavjudligi nikohdan ajratish toʻgʻrisidagi daʼvo xotin tomonidan qoʻzgʻatilishiga toʻsqinlik qilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Sudlarga tushuntirilsinki, nikohdan ajratish toʻgʻrisidagi daʼvolar, qoida tariqasida, javobgarning doimiy yashash joyidagi sudga, FPK 241-moddasida nazarda tutilgan hollarda esa, daʼvogarning xohishi boʻyicha taqdim etiladi. Xususan, nikohdan ajratish toʻgʻrisidagi daʼvo:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jazo muddatidan qatʼi nazar, ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxs bilan (agar ish sudning sudloviga taalluqli boʻlsa) — mazkur shaxsning sudlangunga qadar oxirgi yashash joyida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yashash joyi nomaʼlum boʻlgan shaxs bilan-uning maʼlum boʻlgan oxirgi yashash joyida yoki uning mol-mulki turgan joyda, daʼvogar voyaga yetmagan bolalari borligi yoki salomatligi tufayli javobgarning yashash joyiga borishga qiynalgan hollarda esa,-daʼvogarning yashash joyida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida yashash joyiga ega boʻlmagan yoki mamlakatdan chiqib ketgan shaxs bilan uning mol-mulki turgan joyda yoki Oʻzbekiston Respublikasida maʼlum boʻlgan oxirgi yashash joyida taqdim etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Bir yil davomida yashash joyi haqida maʼlumot boʻlmagan shaxsga nisbatan nikohdan ajratish haqidagi daʼvo bilan murojaat qilinganda, sudya daʼvogarga fuqaroni bedarak yoʻqolgan deb topish tartibini tushuntiradi (FK 33-moddasi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, agar er yoki xotindan biri ikkinchisini bedarak yoʻqolgan deb topish haqida ariza berishdan bosh tortsa, sudya daʼvo arizasini qabul qilishni rad etishga haqli emas, sud esa, nikohdan ajratish haqidagi daʼvoni umumiy asoslarda koʻrishga majbur.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini chet el fuqarolari bilan tuzilgan, chet el fuqarolarini oʻzaro tuzilgan nikohdan ajratish, shuningdek mazkur shaxslarning oilaviy-huquqiy munosabatlaridan kelib chiqadigan boshqa nizolar Oila kodeksining 9-moddasi hamda VIII-boʻlimida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Nikohdan ajratish haqidagi daʼvo arizasi FPK 149, 150-moddalari talablariga javob berishi kerak. Unda jumladan, nikoh qachon va qayerda rasmiylashtirilganligi, nikohdan bolalar bor-yoʻqligi, ularning yoshi, er-xotin oʻrtasida ularni taʼminoti va tarbiyasi haqida kelishuvga erishilgan-erishilmaganligi, nikohdan ajratish sabablari nikohdan ajratish haqidagi daʼvo bilan birga koʻrilishi mumkin boʻlgan boshqa talablar bor-yoʻqligi koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Arizaga nikoh tuzilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma, bolalar tugʻilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma nusxalari, er-xotinning oylik maoshi va oʻzga daromadlari haqidagi, davlat boji toʻlanganligi toʻgʻrisidagi hujjatlar, daʼvo talablarini tasdiqlovchi dalillar ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolik protsessual qonunida nikohdan ajratish toʻgʻrisidagi talablarni sudga qadar koʻrib chiqish tartibi belgilanmaganligi sababli, sud daʼvogardan qonunda belgilanmagan hujjatlarni, jumladan mazkur nizo dastlab fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida koʻrilganligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma talab qilishga haqli emas.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Nikohdan ajratish toʻgʻrisidagi arizani qabul qilgach, sudya har bir ish boʻyicha uni FPK 16-bobida nazarda tutilgan tartibda sudda koʻrishga tayyorlashi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jumladan, ishni sudda koʻrishga tayyorlash tartibida, qoida tariqasida, ikkinchi tarafni chaqirishi, uning arizaga nisbatan munosabatini aniqlashi kerak. Shu maqsadlarda sudya taraflar bilan oilani saqlab qolish masalasida suhbat oʻtkazadi. Sudya, shuningdek er-xotin oʻrtasida nikohdan ajratish daʼvosi bilan bir vaqtda hal qilinishi lozim boʻlgan boshqa nizolar bor-yoʻqligini aniqlaydi, taraflarga voyaga yetmagan bolalari taʼminoti uchun buyruq tartibida aliment undirish huquqini tushuntiradi, ishning koʻrilishi uchun ahamiyatga molik boshqa masalalarni aniqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oila kodeksining 44-moddasiga muvofiq nikohdan ajratish toʻgʻrisidagi ishni koʻrishda er-xotin sudga quyidagi masalalar yuzasidan kelishuv taqdim etishlari mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nikohdan ajratilgandan keyin voyaga yetmagan bolalar ulardan qaysi biri bilan yashashi toʻgʻrisida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
voyaga yetmagan bolalar va (yoki) mehnatga layoqatsiz muhtoj er(xotin)ga taʼminot berish uchun mablagʻ toʻlash tartibi va miqdori toʻgʻrisida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
er-xotinning umumiy mol-mulkini boʻlish toʻgʻrisida.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunday kelishuv mavjud boʻlmagan yoki mazkur masalalar yuzasidan er-xotin oʻrtasida nizo boʻlgan hollarda ular nikohdan ajratish toʻgʻrisidagi talab bilan bir vaqtda mazmunan koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nikohdan ajratish toʻgʻrisidagi daʼvo bilan bir vaqtda nikoh shartnomasini toʻliq yoki qisman haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi talab ham, basharti bunday talablar oʻzaro bogʻliqligi sababli, koʻrib chiqilishi mumkin (FPK 156-moddasi). Sud mazkur ishda javobgarning nikohni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi qarshi daʼvosini ham koʻrishga haqli (FPK 247-moddasi).
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Agar daʼvo arizasida nikohdan ajratish ishi bilan bir vaqtda koʻrilishi mumkin boʻlmagan talab qoʻyilgan boʻlsa (masalan, nikoh tuzilgunga qadar topilgan mol-mulkni olib berish, uyga kiritish va h.k.), bunday daʼvo alohida ish yuritishga ajratiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Nikohdan ajratishga doir ishlar boʻyicha qonuniy va asosli hal qiluv qarori qabul qilinishi uchun sud ishning haqiqiy holatlarini har taraflama, toʻliq va xolisona tekshirib chiqishi, jumladan, er-xotin oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar xususiyatini, nikohdan ajratish masalasi qoʻyilishiga asos boʻlgan sabablar, er-xotin oʻrtasidagi kelishmovchilikning asl sabablarini aniqlashi shart. Shu maqsadlarda, sud ishni ikkala taraf ishtirokida koʻrishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Daʼvogar va javobgar sud majlisiga kelmagan taqdirda, kelmaslik sabablari uzrli yoki uzrsizligidan qatʼiy nazar, sud ishni koʻrishni keyinga qoldiradi. Daʼvogar va javobgar sud majlisiga ikkinchi chaqiruv boʻyicha uzrsiz sabablarga koʻra kelmagan taqdirda, sud arizani koʻrmasdan qoldirishga haqli. Faqat daʼvogar ikkinchi chaqiruv boʻyicha uzrsiz sabablarga koʻra kelmagan taqdirda, sud javobgarning roziligi bilan arizani koʻrmasdan qoldirishga haqli (FPK 174, 175-moddalari).
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud majlisining vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli tartibda xabardor qilingan javobgar sud majlisiga kelmagan taqdirda, basharti daʼvogar bunga qarshi eʼtiroz bildirmasa, ish sirtdan ish yuritish tartibida koʻrilishi mumkin (FPK 224-moddasi). Bunday holda, faqat sud javobgarni soʻroq qilmasdan turib ham ishning barcha holatlari har tomonlama va toʻliq tekshirilganligi haqida xulosaga kelgan taqdirdagina nikohdan ajratish toʻgʻrisidagi daʼvo qanoatlantirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Er-xotindan biri doimiy yashash uchun Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga koʻchib ketgan va uning sud majlisiga kelish imkoniyati boʻlmagan hollarda, sud Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari normalariga muvofiq taraflarni xabardor qilish choralarini koʻradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Sudlarga tushuntirilsinki, OK 1-moddasi ikkinchi qismi talabiga muvofiq nikohdan ajratish toʻgʻrisidagi ishni koʻrishda sud oilani saqlab qolish yuzasidan choralar koʻrishi lozim. Shu maqsadda, sud majlisida oilani saqlab qolish mumkinligini tasdiqlovchi holatlar (bolalar borligi, nikohning davomiyligi, oiladagi munosabatlarning xususiyatlari va boshqa holatlar) aniqlansa, sud har ikkala tarafning yoki ulardan birining iltimosiga binoan yoxud oʻz tashabbusi bilan nikohdan ajratish toʻgʻrisidagi ish koʻrilishini keyinga qoldirishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishning koʻrilishi keyinga qoldirilganda, sud OK 40-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq er-xotinga yarashishlari uchun olti oygacha muddat tayinlashga haqli. Bunda shuni eʼtiborga olish lozimki, OK 218-moddasi talablarini inobatga olgan holda yarashish uchun beriladigan muddat uch oydan kam boʻlishi samarasiz hisoblanadi. Er-xotin yarashishi maqsadida olti oylik muddat ichida ishning koʻrilishi bir necha marta keyinga qoldirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Er-xotinga yarashishi uchun muddat berilishi munosabati bilan ishning koʻrilishini keyinga qoldirish toʻgʻrisidagi sud ajrimi taraflarning tushuntirishlari tinglangandan soʻng, zarur hollarda esa, boshqa dalillar tekshirilganidan soʻng chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud er va xotinning yoki ulardan birining arizasiga koʻra, yarashish uchun berilgan muddatni bunga jiddiy asoslar mavjud boʻlgan hollarda qisqartirishga va ishni bu muddat tugagunga qadar koʻrishga haqli. Yarashish uchun berilgan muddatni qisqartirish toʻgʻrisidagi masala sud majlisida taraflarni xabardor qilgan holda va ajrim chiqarish yoʻli bilan hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Er-xotin yarashishi uchun ishning koʻrilishini keyinga qoldirish toʻgʻrisidagi ajrim alohida xonada (maslahatxonada) chiqariladi va bunday ajrim kelgusida ishning harakatiga toʻsqinlik qilmasligi sababli, uning ustidan apellyatsiya, kassatsiya tartibida shikoyat qilinishi yoki protest keltirilishi mumkin emas (FPK 346, 34816-moddalari).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishning koʻrilishi keyinga qoldirilib, er-xotinga yarashish uchun muddat berilganda, sud OK 112-moddasi va FPK 263-moddasiga muvofiq bolalar taʼminoti uchun aliment undirish masalasini muhokama qilishga haqli.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, nikohdan ajratish toʻgʻrisidagi talab, faqat, er-xotin bundan buyon birga hayot kechirishlarining va oila batamom buzilganligi sababli uni saqlab qolishning iloji yoʻqligi aniqlangan holdagina qanoatlantirilishi lozim (OK 41-moddasi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turmushda kechadigan vaqtinchalik kelishmovchiliklar va tasodifiy sabablarga koʻra er-xotin oʻrtasida kelib chiqqan ixtiloflar, shuningdek er-xotindan birining yoki har ikkalasining jiddiy vajlar keltirmagan holda nikoh munosabatlarini davom ettirishni xohlamasligi nikohdan ajratish uchun yetarli asos boʻla olmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nikohdan ajratishga asoslar boʻlmaganda, sud daʼvoni rad etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Nikohdan ajratish toʻgʻrisidagi daʼvo rad etilgan taqdirda, mazkur daʼvo bilan birga berilgan boshqa talablar sud tomonidan alohida ish yuritishga ajratilishi lozim (FPK 157-moddasi).
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar daʼvogar nikohdan ajratish toʻgʻrisidagi daʼvodan voz kechsa, ishning shu qismi ish yuritishdan tugatilishi, er yoki xotinning mazkur daʼvo bilan birga bergan boshqa talablari esa, mazmunan koʻrilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Sudlarga tushuntirilsinki, aynan oʻsha taraflar tomonidan aynan oʻsha asoslar boʻyicha nikohdan ajratish toʻgʻrisidagi takroriy daʼvo arizasi sudning ish yurituviga bunday daʼvoni rad qilish haqidagi hal qiluv qarori yoki daʼvogarning daʼvodan voz kechganligi yoxud taraflar yarashganligi munosabati bilan ish yuritishni tugatish haqidagi ajrim qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab, kamida olti oy oʻtgandan soʻng qabul qilinishi mumkin. Bunday daʼvo yangi asoslarga koʻra taqdim etilganda, takroriy daʼvo arizasi mazkur muddatga rioya qilinmasdan berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Nikohdan ajratish toʻgʻrisidagi daʼvo bilan bir vaqtda er-xotin oʻrtasidagi umumiy mulkni boʻlish toʻgʻrisidagi nizoni koʻrishda, sudlar bunday nizo uchinchi shaxslar huquqlariga daxl qilish-qilmasligini aniqlashlari lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar nizo uchinchi shaxslar huquqlariga daxl qilsa (masalan, mol-mulk dehqon (fermer) xoʻjaligi mulki boʻlib, uning tarkibida er-xotin va ularning voyaga yetmagan bolalaridan tashqari boshqa aʼzolar ham boʻlsa) sud taraflarga ularning umumiy tartibda alohida daʼvo taqdim etish huquqlarini tushuntirishi lozim, chunki qonun (OK 44-moddasi uchinchi qismi) bunday hollarda nikohdan ajratish va mol-mulkni boʻlish toʻgʻrisidagi talablarni bitta ish yurituvda hal etishga yoʻl qoʻymaydi. Bu qoida xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari (AJ, MCHJ va h.k.) ustav fondi omonatlariga, shuningdek ishlab chiqarish va matlubot kooperativlari paylariga nisbatan huquq toʻgʻrisidagi nizolarni hal etishga ham tatbiq etiladi. Bunday shirkatlar va jamiyatlar mulkini boʻlish masalalari fuqarolik qonunchiligi normalari bilan tartibga solinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oila kodeksi 44-moddasi uchinchi qismida nazarda tutilgan qoida er-xotin tomonidan banklar yoki boshqa kredit-moliya tashkilotlariga qoʻyilgan omonatlarni boʻlish hollariga (pul mablagʻlari er-xotindan qaysi birining nomiga qoʻyilganligidan qatʼi nazar) tatbiq etilmaydi, chunki bunday omonatlarni boʻlishda banklar yoki boshqa kredit tashkilotlari huquqlariga daxl etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar er yoki xotinga uchinchi shaxslar pul mablagʻlari bergan va uni er yoki xotin oʻz nomiga bank yoki boshqa kredit-moliya tashkilotiga qoʻygan boʻlsa, FK normalariga muvofiq uchinchi shaxslar pul summasini qaytarish toʻgʻrisida (omonatni boʻlish toʻgʻrisida emas) daʼvo qoʻzgʻatishga haqli boʻlib, u alohida ish yurituvda hal etilishi lozim. Dehqon (fermer) xoʻjaligi aʼzolarining va boshqa shaxslarning dehqon (fermer) xoʻjaligi aʼzosi boʻlgan er yoki xotinga nisbatan talablari ham shu tartibda hal etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Oila kodeksining 23-moddasiga muvofiq er-xotinning boʻlinishi lozim boʻlgan birgalikdagi umumiy mol-mulki deganda, ular tomonidan nikoh davomida orttirgan mol-mulklar, shuningdek nikoh qayd etilgunga qadar boʻlajak er-xotinning umumiy mablagʻlari hisobiga olingan va FK 81, 82, 209-moddalariga koʻra fuqarolarning mulk huquqi obyekti boʻla oladigan koʻchar va koʻchmas har qanday mol-mulklar tushuniladi, basharti ular oʻrtasida tuzilgan nikoh shartnomasida mol-mulkka nisbatan boshqacha tartib belgilangan boʻlmasa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudlarga tushuntirilsinki, sud tomonidan faqat ishni koʻrish vaqtida amalda mavjud hamda er-xotinning birida yoki uchinchi shaxslarda (masalan, ijara, mulkdan tekin foydalanish, omonat saqlash va sh.k. shartnomalar boʻyicha) boʻlgan umumiy mol-mulk boʻlinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mulkni boʻlishda, shuningdek er-xotinning umumiy qarzlari (OK 28-moddasi uchinchi qismi) va oila manfaatlari yoʻlida vujudga kelgan majburiyatlar boʻyicha talab qilish huquqi inobatga olinadi. Biroq sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, toʻyni, shuningdek nikoh marosimlari bilan bogʻliq boshqa tadbirlarni oʻtkazish boʻyicha qarzlar va boshqa xarajatlar inobatga olinmaydi (OK 44-moddasi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nikohni FHDY organlarida qayd etmasdan bir oila boʻlib yashaydigan shaxslarning mulkiy nizolari fuqarolik qonunchiligi normalari boʻyicha hal etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Oila kodeksining 25-moddasi birinchi qismiga muvofiq nikohga qadar er va xotinning har biriga tegishli boʻlgan, shuningdek ulardan biri tomonidan nikoh davomida hadya tariqasida, meros huquqi boʻyicha yoki boshqa tekin bitimlar boʻyicha olingan mol-mulk uning oʻz mulki hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Er-xotin tomonidan tekin asoslarga koʻra olingan, jumladan toʻy sovgʻalari, toʻydan soʻng oʻtkaziladigan marosimlar munosabati bilan olingan sovgʻalar, agar ular umumiy foydalanish buyumlaridan iborat boʻlsa, birgalikdagi umumiy mulk tarkibiga kiradi. Agar bu sovgʻalar er-xotindan birining shaxsiy foydalanishi uchun moʻljallangan boʻlsa, ular oʻsha er yoki xotinning oʻz mulki hisoblanadi (qimmatbaho va serhasham buyumlar bundan mustasno).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Er-xotindan biriga nikohga kirgunga (toʻyga) qadar tegishli boʻlgan mol-mulk, bu buyumlardan nikoh tuzilganidan soʻng foydalanilganligidan qatʼiy nazar, birgalikdagi umumiy mulk tarkibiga kirmaydi (masalan, mebel, gilamlar, idish-tovoq va kelin sepini tashkil etuvchi boshqa mol-mulk).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oila kodeksining 25-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq, er-xotindan har biriga tegishli boʻlgan mulk, basharti nikoh davomida mazkur mulk qiymatini ancha oshishiga olib kelgan mablagʻ qoʻshilganligi (kapital taʼmirlash, qoʻshimcha imorat qurish, yangidan jihozlash va h.k.) aniqlansa, ularning birgalikdagi umumiy mulki deb topilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Oila kodeksining 24-moddasiga muvofiq er-xotin oʻzlarining birgalikdagi umumiy mulkka nisbatan mulk huquqini (egalik qilish, foydalanish, tasarruf etish) har ikkalasining roziligi boʻyicha amalga oshirilishi lozimligini inobatga olgan holda, agar umumiy mulkni boʻlish toʻgʻrisidagi talabni koʻrishda er yoki xotindan biri ikkinchisining irodasiga xilof tarzda oʻz xohishiga koʻra umumiy mulkni boshqaga oʻtkazgan yoki oila manfaatiga mos boʻlmagan tarzda sarflagan yoxud mol-mulkni yashirgan boʻlsa, boʻlish chogʻida oʻsha mol-mulk yoki uning qiymati hisobga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar oilaviy munosabatlar va umumiy xoʻjalik yuritilishi amalda tugagandan soʻng er-xotin birgalikda mulk orttirishmagan boʻlsa, sud OK 27-moddasining beshinchi qismiga muvofiq, har bir er yoki xotin tomonidan ular alohida yashagan davrda topilgan mol-mulkni ulardan har birining mulki deb topishi va faqat er-xotin tomonidan umumiy xoʻjalik yuritilishi toʻxtatilgan vaqtga qadar topilgan mol-mulkni boʻlishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Sudlar er-xotinning umumiy mulkini boʻlishda shuni nazarda tutishlari lozimki, OK 27-moddasi oltinchi va yettinchi qismlariga koʻra, voyaga yetmagan bolalar ehtiyoji uchun olingan narsalar (kiyim-kechak, oyoq kiyimi, maktab va sport anjomlari, musiqa asboblari, bolalar kutubxonasi va boshqalar), shuningdek er-xotin tomonidan ularning umumiy mulki hisobidan ular oʻrtasidagi voyaga yetmagan bolalar nomiga qoʻyilgan omonatlar ham er-xotinning umumiy mol-mulkini boʻlishda hisobga olinmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Er-xotinning umumiy mol-mulkini boʻlishda, sudlar OK 28-moddasiga rioya etishlari va, qoida tariqasida, er va xotin hissalari tengligi prinsipidan kelib chiqishlari lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar nikoh shartnomasida birgalikdagi mulkka nisbatan qonunda belgilangan tartib oʻzgartirilgan boʻlsa, sud er-xotinning umumiy mol-mulkini boʻlish toʻgʻrisidagi nizoni hal etishda bunday shartnoma shartlariga rioya etishi lozim. Bunda shuni inobatga olish kerakki, OK 31-moddasi beshinchi qismiga koʻra, nikoh shartnomasining er yoki xotindan birini oʻta noqulay sharoitga solib qoʻyadigan (masalan, er-xotindan birini nikoh davrida topilgan mol-mulkka nisbatan mulk huquqidan batamom mahrum etadigan) shartlari mazkur er yoki xotin talabi boʻyicha sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Er-xotinning umumiy mol-mulkini boʻlishda, sud ayrim hollarda OK 28-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq voyaga yetmagan bolalar manfaatlaridan yoki er-xotindan birining eʼtiborga molik manfaatidan kelib chiqib, er va xotin hissalari tengligi prinsipidan chekinishga haqli. Er-xotindan birining eʼtiborga molik manfaati deganda, jumladan nafaqat er yoki xotin uzrsiz sabablarga koʻra daromad olmagan yoki umumiy mol-mulkni oila manfaatlariga zarar yetkazgan holda sarflagan hollar, balki er-xotindan biri sogʻligʻi holatiga yoki unga bogʻliq boʻlmagan boshqa sabablarga koʻra mehnat faoliyatidan daromad olish imkoniyatidan mahrum etilgan hollar ham tushunilishi lozim. Agar nikoh shartnomasiga muvofiq er va xotin hissalari tengligi prinsipidan chekinish mumkin boʻlmasa, unga faqat shartnomaning shu qismi haqiqiy emas deb topilgandagina yoʻl qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud hal qiluv qarorida umumiy mulkda er va xotin hissalari tengligi qoidasidan chekinish sabablarini bayon etishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Er-xotindan biriga u yoki bu mulkni asl holida berish masalasini hal etishda sud mulkning xususiyati va nima uchun moʻljallanganligini, uni sotib olish shartlari va boshqa eʼtiborga molik holatlarni eʼtiborga olishi lozim. Chunonchi, avtomobilni boʻlishda sud er-xotindan qaysi biri undan amalda foydalanganligini, texnik holatiga qarab kelganligini, uni boshqarish uchun huquqi borligini va h.k.larni eʼtiborga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uyni asl holida boʻlish masalasi sud tomonidan fuqarolik qonunchiligi normalarini inobatga olgan holda hal etilishi lozim (FK 223-moddasi).
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Boʻlinishi lozim boʻlgan mol-mulk qiymati hal qiluv qarori chiqariladigan kundagi bozor narxlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi. Uyning qiymati nizoli uy turgan joydagi narxdan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Er-xotinning umumiy mol-mulki qiymati yuzasidan nizo boʻlgan taqdirda tegishli ekspertiza tayinlanishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, 1944-yil 8-iyulga qadar nikohni qayd etmasdan turib oilaviy munosabatlarga kirishgan shaxslarning mol-mulkiga nisbatan er-xotin oʻrtasidagi birgalikdagi mulk tartibi tatbiq etiladi. Bunday mol-mulkni boʻlish toʻgʻrisidagi nizoni hal etishda OK 23 — 28-moddalarida belgilangan qoidalarga rioya etish lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Oila kodeksi 27-moddasining toʻqqizinchi qismida nikohdan ajratilgan er-xotinning birgalikdagi umumiy mulkini boʻlish uchun belgilangan uch yillik daʼvo muddatining oʻtishini nikoh tugatilgan vaqtdan (yaʼni, FHDY organlarida nikohdan ajratish qayd etilgan yoki sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgan kundan) emas, balki shaxs oʻz huquqi buzilganligini bilgan yoki bilishi lozim boʻlgan kundan boshlab hisoblash lozim (FK 154-moddasi birinchi qismi).
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Nikohdan ajratish yoki nikohdan ajratishni rad qilish haqidagi hal qiluv qarori qonuniy, asosli boʻlishi hamda sud majlisida har tomonlama tekshirilgan dalillarga asoslangan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hal qiluv qarorining asoslantirish qismida sud tomonidan aniqlangan er-xotin oʻrtasidagi kelishmovchilik sabablari, sudning oilani saqlab qolish imkoniyati borligi yoki uning uzil-kesil barham topganligi toʻgʻrisidagi xulosasiga asos boʻlgan dalillar, sud tomonidan u yoki bu dalillarni rad etish uchun asos boʻlgan vajlar, shuningdek sud qoʻllagan qonunlar koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nikohdan ajratish haqidagi daʼvoni qanoatlantirish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarorining xulosa qismi quyidagilarni oʻz ichiga olishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taraflarning barcha talablari boʻyicha, shu jumladan birgalikda koʻrish uchun birlashtirilgan talablari boʻyicha ham sud xulosalarini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolik holatlarini qayd etish daftarida nikohdan ajratishni roʻyxatdan oʻtkazish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar (nikoh qayd qilingan sana, dalolatnoma yozuvining raqami, nikohni qayd qilgan organning nomi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
er-xotinning familiyalari — nikoh tuzilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaga muvofiq (nikohga kirish vaqtida familiya oʻzgartirilgan boʻlsa — nikohgacha boʻlgan familiya ham);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
er-xotinning har biridan undirilishi lozim boʻlgan davlat boji miqdori yoki ulardan qaysi biri uni toʻlashdan ozod qilinganligi haqida koʻrsatma (davlat boji miqdorini belgilashda sud ulardan har birining moddiy ahvolini, oilaning buzilishida aybi darajasini va boshqa muayyan holatlarni, jumladan voyaga yetmagan bolalar er-xotindan qaysi biri bilan yashash uchun qolayotganligini hisobga oladi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mol-mulk qiymati — er-xotindan biriga mol-mulk asl holida berilganda.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Sudlarga tushuntirilsinki, nikohga kirish vaqtida oʻz familiyasini oʻzgartirgan er (xotin) nikohdan ajratilgandan keyin ham shu familiyada qolishga haqli. Biroq, uning xohishiga binoan nikohdan ajratish toʻgʻrisidagi qaror chiqarilayotganda sud tomonidan unga nikohgacha boʻlgan familiyasi qaytarilishi mumkin. Agar mazkur masala sud tomonidan qaror chiqarish paytida hal qilinmagan boʻlsa, familiyani oʻzgartirish fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi tomonidan nikohdan ajralishni qayd etish paytida hal etiladi (OK 220-moddasi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Nikohdan ajratishni rad etganda, shuningdek ish yuritish tugatilgan barcha hollarda, sud daʼvogarning arizasiga koʻra unga nikoh tuzilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomani qaytaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Oila kodeksining 47-moddasiga muvofiq nikoh fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organida nikohdan ajratilganlik roʻyxatga olingan kundan boshlab tugatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur qoida nikoh tugatilishi payti qonunga koʻra sudning hal qiluv qarori kuchga kirgan paytdan boshlanishi tan olingan (1998-yil 30-apreldan 2010-yil 15-sentabrgacha) davrga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Sudlarga tushuntirilsinki, OK 50-moddasining birinchi qismiga muvofiq nikohni haqiqiy emas deb topish faqat sud tartibida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nikohni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi daʼvo arizasini qabul qilishda, sudya nikohning haqiqiyligi qanday asos boʻyicha nizolashilayotganligini va daʼvogar OK 51 — 54-moddalariga koʻra aynan daʼvo arizasida koʻrsatilgan asos boʻyicha nikohni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi masalani qoʻzgʻatish huquqiga ega boʻlgan shaxslar toifasiga kirish-kirmasligini aniqlashi lozim. Agar arizachi bunday shaxslar doirasiga kirmasa, sudya uning daʼvo arizasini qabul qilishni FPK 152-moddasi birinchi qismi 1 bandiga asosan rad etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Oila kodeksining 49-moddasida koʻrsatilgan nikohni haqiqiy emas deb topish asoslari qatʼiy boʻlib, ularni kengaytirib talqin etishga yoʻl qoʻyilmaydi. Bunday asoslarga quyidagilar kiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oila kodeksining 14 — 16-moddalarida belgilangan shartlar buzilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soxta nikoh tuzilishi, yaʼni er-xotin yoki ulardan biri oila qurish maqsadini koʻzlamay nikoh qayd qildirsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nikohlanuvchi shaxslardan biri tanosil kasalligi yoki odamning immunitet tanqisligi virusi (OIV/OITS kasalligi) borligini ikkinchisidan yashirsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jumladan, agar nikohni tuzish vaqtida shaxs oʻz harakati mohiyatini tushunmaganligi va ularni idora qila olmaganligi natijasida nikohga kirishga nisbatan oʻzining haqiqiy roziligini bermaganligi aniqlansa, nikoh OK 14-moddasida nazarda tutilgan shartlar buzilgan degan asos bilan sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuni nazarda tutish lozimki, soxta nikoh tuzgan shaxslar ish sud tomonidan koʻrilgunga qadar amalda oila qurgan boʻlsalar, bunday nikoh er-xotin huquqlarini qoʻriqlash maqsadida soxta deb topilishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Agar nikohni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi daʼvo nikohdan sud tartibida ajratilgandan soʻng berilgan boʻlsa, sudya daʼvo arizasini qabul qilishni u sudda koʻrishga tegishli emasligi sababli rad etadi (FPK 152-moddasi birinchi qismi 1 bandi). Bunday daʼvo faqat nikohdan ajratish toʻgʻrisidagi sudning hal qiluv qarori va nikohdan ajratish toʻgʻrisidagi dalolatnoma yozuvi belgilangan tartibda bekor qilingan holda koʻrilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar nikohdan FHDY organlarida ajratilgan boʻlib, keyinchalik nikohdan ajratish toʻgʻrisidagi dalolatnoma yozuvini bekor qilish va nikohni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisida talablar qoʻyilgan boʻlsa, sud bu talablarni bir vaqtning oʻzida koʻrishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Nikohdan ajratish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda, sudlar oilaning buzilishi sabablarini aniqlashlari va oila buzilishida aybdor boʻlgan er-xotin va boshqa shaxslarning nomunosib xulq-atvorlaridan dalolat beruvchi faktlarga nisbatan xususiy ajrim chiqarish yoʻli bilan munosabat bildirishlari lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Qoraqalpogʻiston Respublikasi fuqarolik ishlari boʻyicha Oliy sudi, fuqarolik ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari nikohdan ajratishga doir ishlar boʻyicha sud amaliyotini muntazam ravishda umumlashtirib borishlari va ushbu toifa ishlar boʻyicha qonunchilikni qoʻllashda yoʻl qoʻyilgan sud xatolarining oldini olish yuzasidan zarur choralar koʻrishlari lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998-yil 11-sentabrdagi 22-sonli “Sudlar tomonidan nikohdan ajratish haqidagi ishlarni koʻrishda qonunlarni qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy sud raisi B. MUSTAFAYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Plenum kotibi, Oliy sud sudyasi V. NAZAROV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2011-yil 20-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
06-son