28.09.2012 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Estoniya Respublikasi Hukumati oʻrtasida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konvensiya
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ikki tomonlama soliqqa tortishdan saqlanish, daromad va sarmoya soliqlarini toʻlashdan bosh tortishning oldini olish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Estoniya Respublikasi Hukumati,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki tomonlama soliqqa tortishdan saqlanish, daromad va sarmoya soliqlarini toʻlashdan bosh tortishning oldini olish, shuningdek ikki mamlakat oʻrtasida iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlash maqsadida quyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda
Qoʻllanilish sohasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Konvensiya Ahdlashuvchi Davlatlarning biri yoki har ikkisining rezidentlari hisoblanadigan shaxslarga nisbatan qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda
Konvensiyada tatbiq qilinadigan soliqlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Konvensiya Ahdlashuvchi Davlatlar yoki ularning mahalliy organlari nomidan undiriladigan daromad va sarmoya soliqlariga, undirish usullaridan qatʼi nazar, tatbiq qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Daromad va sarmoya soliqlariga umumiy daromaddan, umumiy sarmoyadan yoki daromad yoki sarmoyaning bir qismidan undiriladigan barcha soliqlar, shu jumladan koʻchar yoki koʻchmas mulkni begonalashtirishdan undiriladigan soliqlar, shuningdek sarmoya qiymati koʻpayib borishidan undiriladigan soliqlar kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu Konvensiyada tatbiq qilinadigan mavjud soliqlarga, xususan, quyidagilar kiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Oʻzbekiston Respublikasiga nisbatan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) yuridik shaxslarning daromadiga (foydasiga) solinadigan soliq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) jismoniy shaxslarning daromadiga solinadigan soliq, va
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) mulk soligʻi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(keyingi oʻrinlarda “Oʻzbekiston soligʻi” deb yuritiladi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Estoniya Respublikasiga nisbatan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
daromad soligʻi (tulumaks).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(keyingi oʻrinlarda “Estoniya soligʻi” deb yuritiladi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu Konvensiya, u imzolangan kundan soʻng undiriladigan shunga oʻxshash va mohiyatiga koʻra yaqin boʻlgan mavjud soliqlarga yoki ularning oʻrniga qoʻllaniladigan har qanday soliqlarga nisbatan tatbiq etiladi. Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli organlari oʻzlarining soliq qonunchiliklariga kiritiladigan har qanday jiddiy oʻzgarishlar haqida bir-birlarini xabardor qiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda
Umumiy taʼriflar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Konvensiya maqsadlari uchun, agar kontekstdan oʻzgacha maʼno kelib chiqmasa:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) “Oʻzbekiston” atamasi Oʻzbekiston Respublikasini anglatadi va geografik maʼnoda qoʻllanilganda Oʻzbekiston Respublikasi hududini, oʻzining suveren huquqlari va yurisdiksiyasini, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga koʻra va xalqaro huquqqa muvofiq tuproq osti va tabiiy resurslardan foydalanish huquqini amalga oshirishi mumkin boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi hududini, shu jumladan, hududiy suv havzalari va havo hududini bildiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) “Estoniya” atamasi Estoniya Respublikasini anglatadi, geografik maʼnoda qoʻllanilganda uning hududini, Estoniya qonunchiligi va xalqaro huquqqa muvofiq Estoniyaning dengiz tubi va tuproq osti va tabiiy resurslariga nisbatan huquqlari amalga oshirilishi mumkin boʻlgan Estoniya hududini va Estoniya hududiy suvlariga tutash boʻlgan har qanday boshqa viloyatni bildiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) “bir Ahdlashuvchi Davlat” va “boshqa Ahdlashuvchi Davlat” atamasi kontekstdan kelib chiqib, Oʻzbekistonni yoki Estoniyani anglatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) “shaxs” atamasi jismoniy shaxs, kompaniya va shaxslarning istalgan boshqa birlashmasini anglatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) “kompaniya” atamasi har qanday korporativ birlashmani yoki soliq solish maqsadida korporativ birlashma sifatida koʻrib chiqiladigan har qanday boshqa tashkilotni anglatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) “bir Ahdlashuvchi Davlat korxonasi” va “boshqa Ahdlashuvchi Davlat korxonasi” atamalari tegishli ravishda bir Ahdlashuvchi Davlat rezidentining boshqaruvi ostida faoliyat koʻrsatayotgan va boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidenti boshqaruvi ostida faoliyat koʻrsatayotgan korxonani anglatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yo) “xalqaro tashuvlar” atamasi Ahdlashuvchi Davlat korxonasi tomonidan foydalanilayotgan dengiz yoki havo kemasi, avtomobil yoki temir yoʻl transport vositasi orqali amalga oshirilayotgan har qanday tashuvlarni bildiradi, dengiz yoki havo kemasi, avtomobil yoki temir yoʻl transport vositasi faqat boshqa Ahdlashuvchi Davlatda joylashgan punktlar orasida foydalanilgan hollar bundan mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) “vakolatli organ” atamasi quyidagilarni anglatadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) Oʻzbekistonga nisbatan — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining raisi yoki uning vakolatli vakili;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) Estoniyaga nisbatan — Moliya vazirini yoki uning vakolatli vakili;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
z) “milliy shaxs” atamasi quyidagilarni anglatadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) Ahdlashuvchi Davlat fuqaroligiga ega har qanday jismoniy shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) Ahdlashuvchi Davlatning amaldagi qonunchiligiga muvofiq oʻzining shunday maqomini olgan har qanday yuridik shaxs, shirkat va uyushma.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Konvensiya Ahdlashuvchi Davlat tomonidan qoʻllanishi asnosida istalgan paytda unda aniqlashtirilmagan taʼrif, kontekstdan boshqacha maʼno kelib chiqmasa, bu vaqtga kelib, ushbu Davlatning qonunchiligiga muvofiq mazkur Konvensiya tatbiq etiladigan soliqlarga nisbatan bildiradigan maʼnosini anglatadi. Ushbu Davlatning soliq qonunchiligida koʻzda tutilgan maʼno ushbu Davlat qonunchiligining boshqa sohalarida ushbu atama uchun koʻzda tutilgan maʼnoga nisbatan ustunlikka ega boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda
Rezident
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Konvensiya maqsadlari uchun “Ahdlashuvchi Davlat rezidenti” atamasi ushbu Davlat qonunchiligiga koʻra unda oʻzining turar joyi, doimiy yashash joyi, yuridik shaxs yoki har qanday boshqa oʻxshash mezon asosida boshqarish joyi, tashkil topish joyiga yoki shunga oʻxshash boshqa mezonga asosan unga soliq solinishi lozim boʻlgan har qanday shaxsni bildiradi, ayni paytda ushbu Davlatni va har qanday mahalliy hokimiyat organini qamrab oladi. Ammo mazkur atama faqat ushbu Davlatdagi manbalardan olinadigan daromadiga nisbatan yoki unda joylashgan sarmoyasiga nisbatan soliqqa tortiladigan har qanday shaxsni qamrab olmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Agarda 1-band qoidalariga muvofiq jismoniy shaxs har ikki Ahdlashuvchi Davlatlar rezidenti hisoblansa, uning maqomi quyidagi tartibda belgilanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) u faqat foydalanishi mumkin boʻlgan doimiy turar joyiga ega boʻlgan Davlatning rezidenti hisoblanadi; agarda u har ikki davlatda foydalanishi mumkin boʻlgan turar joyga ega boʻlsa, u faqat eng yaqin shaxsiy va iqtisodiy aloqalarga ega boʻlgan (hayotiy manfaatlari markazi) Davlatning rezidenti hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) agarda uning hayotiy manfaatlari markazini aniqlashning iloji boʻlmasa yoki u Davlatlarning birontasida ham foydalanishi mumkin boʻlgan turar joyga ega boʻlmasa, u faqat odatda koʻp hozir boʻladigan Davlatning rezidenti hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) agarda shaxs odatda har ikki Davlatda istiqomat qilsa, yoki odatda ularning birontasida ham istiqomat qilmasa, u qaysi Davlatning milliy shaxsi hisoblansa, faqat uning rezidenti hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) agarda u har ikki Davlatning milliy shaxsi hisoblansa, yoki birontasiga ham mansub boʻlmasa, bu holda Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli organlari bu masalani oʻzaro kelishuv asosida hal qilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Agarda 1-band qoidalariga koʻra, jismoniy shaxs boʻlmagan shaxs, har ikki Ahdlashuvchi Davlatlarning rezidenti hisoblansa, Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli organlari ushbu masalani oʻzaro kelishuv asosida hal qilishga intiladilar va mazkur Konvensiyani bunday shaxsga tatbiq qilish usulini belgilaydi. Bunday kelishuvga erishilmasa, ushbu Konvensiya ustuvorliklaridan foydalanish maqsadida bunday shaxs Ahdlashuvchi Davlatlarning birontasining ham rezidenti hisoblanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda
Doimiy muassasa
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Konvensiya maqsadlari uchun “doimiy muassasa” atamasi u orqali korxona toʻliq yoki qisman oʻzining tadbirkorlik faoliyatini olib borayotgan doimiy faoliyat yuritish joyi tushuniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Doimiy muassasa” atamasiga, xususan quyidagilar kiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) boshqaruv joyi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) boʻlim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) ofis;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) fabrika;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) ustaxona, va
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) shaxta, neft yoki gaz qudugʻi, karyer yoki tabiiy resurslar qazib olinadigan boshqa joy.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ayni paytda doimiy muassasaga quyidagilar kiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Qurilish maydonchasi, montaj qilinadigan yoki yigʻiladigan obyekt, faqat bunday maydoncha, obyekt yoki faoliyatining davomiyligi 9 oydan uzoq muddat davom etgan holda doimiy muassasa hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Ahdlashuvchi Davlat korxonasi tomonidan xizmatchilari yoki, ushbu maqsadlar uchun yollangan boshqa xodimlari orqali xizmat koʻrsatish, shu jumladan, maslahat xizmatlarini koʻrsatish, bu oʻrinda faqat bu turdagi faoliyat boshqa Ahdlashuvchi Davlat hududida istalgan oʻn ikki oylik davr mobaynida umumiy hisobda 183 kundan ortiq davom etadigan hollar koʻzda tutiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur moddaning yuqoridagi qoidalaridan qatʼi nazar, “doimiy muassasa” atamasiga kuyidagilar kirmaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) inshootdan faqat ushbu korxonaga tegishli boʻlgan tovarlar yoki mahsulotlarni saqlash, namoyish etish yoki yetkazib berish maqsadlarida foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) ushbu korxonaga tegishli boʻlgan tovarlar yoki mahsulotlar zaxirasini faqat saqlash, namoyish etish yoki yetkazib berish maqsadlarida foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) ushbu korxonaga tegishli boʻlgan tovarlar yoki mahsulotlarni ularga faqat boshqa korxonalar tomonidan ishlov berilishi maqsadida saqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) doimiy faoliyat koʻrsatish joyini faqat tovarlar yoki mahsulotlarni xarid qilish, yoki ushbu korxona uchun maʼlumotlar toʻplash maqsadida saqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) doimiy faoliyat joyini faqat ushbu korxona maqsadlari yoʻlida tayyorlov yoki koʻmakchi xaraktyerga ega har qanday boshqa faoliyatni yuritish uchun saqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) doimiy faoliyat joyidan faqat (a) — (d) qoʻshimcha bandlarida koʻzda tutilgan faoliyat turlarini har qanday tartibda birga yuritish uchun foydalanish, bunda bu kabi birikuvdan tashkil topgan ushbu doimiy faoliyat joyining umumiy faoliyati tayyorlov yoki koʻmakchi xaraktyerga ega boʻlishi koʻzda tutiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. 1 va 2-bandlarning qoidalaridan qatʼi nazar, mustaqil maqomga ega boʻlgan agentdan farq qiluvchi va unga nisbatan 6-bandning qoidalari qoʻllanilishi mumkin boʻlgan shaxs, korxona nomidan faoliyat koʻrsatsa va Ahdlashuvchi Davlatda korxona nomidan shartnoma tuzish vakolatiga ega boʻlib, faoliyat koʻrsatsa, bu holda shaxs tomonidan mazkur korxona uchun amalga oshiradigan har qanday faoliyatga nisbatan korxona ushbu Davlatda doimiy muassasaga ega deb hisoblanadi. Bunda ushbu shaxs faoliyati 4-bandda sanab oʻtilgan faoliyat turlari bilan cheklanmasligi koʻzda tutiladi, zero ular doimiy faoliyat yuritish joyida amalga oshirilganda, mazkur band qoidalariga muvofiq, ushbu doimiy faoliyat yuritish joyini doimiy muassasa joyiga aylantirmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Korxona ushbu Davlatda oʻzining odatdagi faoliyati doirasida faoliyat olib boruvchi brokeri, vositachisi yoki mustaqil maqomga ega boʻlgan har qanday boshqa agenti orqali Ahdlashuvchi Davlatda tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi doimiy muassasaga ega, deb hisoblanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti hisoblanuvchi kompaniya boshqa Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlgan, yoki ushbu boshqa davlatda tadbirkorlik faoliyatini yuritayotgan kompaniya tomonidan nazorat qilinishi (doimiy muassasa orqali yoki boshqacha tarzda) faktining oʻzi ushbu kompaniyalarning biri ikkinchisining doimiy muassasaga aylantirmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-modda
Koʻchmas mulkdan olinadigan daromadlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti tomonidan boshqa Ahdlashuvchi Davlat hududida joylashgan koʻchmas mulkidan olayotgan daromadi (shu jumladan, qishloq va oʻrmon xoʻjaligidan olinadigan daromad) ushbu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Koʻchmas mulk” atamasi koʻrib chiqilayotgan mulk joylashgan Ahdlashuvchi Davlat qonunchiligida belgilangan maʼnoni anglatadi. Mazkur atama har qanday holatda koʻchmas mulkka yoʻldosh boʻlgan mol-mulk, chorva va qishloq xoʻjaligi, hamda oʻrmon xoʻjaligi inventarlarini anglatadi. Ularga boʻlgan huquqlar yer usti mulkiga oid umumiy qonunchilik qoidalari, koʻchmas mulk uzufrukti hamda minerallar qatlami, manbalar va boshqa tabiiy resurslarni qazish yoki qazishga boʻlgan huquq uchun oʻzgaruvchan yoki qatʼiy belgilangan toʻlovlarga boʻlgan huquqlar bilan belgilangan. Dengiz va havo kemalari, avtomobil va temir yoʻl transporti koʻchmas mulk sifatida koʻrib chiqilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. 1-bandning qoidalari koʻchmas mulkdan bevosita foydalanishi, ijaraga berishi yoki boshqacha shaklda foydalanishdan olinadigan daromadga, shuningdek koʻchmas mulkni begonalashtirishdan olinadigan daromadga nisbatan qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Agarda aksiyalarga yoki kompaniyaning boshqa korporativ huquqlariga egalik qilish bunday aksiyalar yoki korporativ huquqlar egasiga kompaniyaga tegishli boʻlgan koʻchmas mulkka egalik qilish imkonini bersa, bevosita foydalanish, ijaraga berish yoki boshqacha shaklda foydalanishdan olinadigan daromadga ushbu koʻchmas mulk joylashgan Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. 1, 3 va 4-bandlarning qoidalari ham korxonaning koʻchmas mulkdan oladigan daromadlariga va mustaqil shaxsiy xizmatlarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan daromadlarga tatbiq qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-modda
Tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan foyda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Bir Ahdlashuvchi Davlat korxonasining foydasi, boshqa Ahdlashuvchi Davlatda joylashgan doimiy muassasasi tomonidan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirmasa, faqat shu Davlatda soliqqa tortilishi kerak. Agarda korxona yuqorida koʻrsatilganidek faoliyat yuritsa, uning foydasi ushbu doimiy muassasa faoliyatiga taalluqli boʻlgan qismiga koʻra boshqa Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 3-band qoidalariga koʻra, bir Ahdlashuvchi Davlatning korxonasi boshqa Ahdlashuvchi Davlatda u erda joylashgan doimiy muassasasi orqali tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirsa, har bir Ahdlashuvchi Davlatda ushbu doimiy muassasaga u shunday yoki shunga oʻxshash faoliyatni shunday yoki shunga oʻxshash sharoitlarda oʻzi doimiy muassasasi boʻlgan korxonadan mutlaqo mustaqil ravishda amalga oshiruvchi alohida va mustaqil tashkilot olishi mumkin boʻlgan foyda hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Doimiy muassasaning foydasini aniqlashda ushbu doimiy muassasa faoliyati maqsadlari uchun sarflangan xarajatlarning, shu jumladan, doimiy muassasa joylashgan Davlatda, va ayni paytda uning hududidan tashqarida sarflangan foydaning chiqarib tashlanishiga yoʻl qoʻyiladi. Ahdlashuvchi Davlatning hisob-kitob qilinishga ruxsat berilgan xarajatlariga faqat ushbu Davlatning ichki qonunchiligiga koʻra chiqarib tashlanadigan xarajatlargina kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ahdlashuvchi Davlatda korxona foydasi umumiy qiymatining uning turli tuzilmalariga mutanosib taqsimlanishi asosida doimiy muassasaga tegishli boʻlgan foydani aniqlanishi odatdagi amaliyot boʻlsa-da, 2-band qoidalari ushbu Davlatga bunday taqsimlash asosida soliqqa tortiladigan foydani aniqlashni inkor etmaydi, zero amaliyot shuni taqozo etadi; ammo taqsimlashning tanlangan usuli ushbu moddada koʻzda tutilgan tamoyillarga mos boʻlgan natijani berishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Faqat doimiy muassasa tomonidan ushbu korxona uchun tovarlar yoki mahsulotlarni xarid qilish asosida, doimiy muassasaga biron-bir foyda hisoblanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Avvalgi bandlar maqsadlari uchun doimiy muassasaga tegishli foyda, uni oʻzgartirish uchun yetarli va jiddiy sabab boʻlmasa, yildan yilga bir xil usul bilan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Agarda foyda, mazkur Konvensiyaning boshqa moddalarida soʻz yuritilgan barcha turdagi daromadlarni qamrab olsa, ushbu moddalarning qoidalariga mazkur modda qoidalari tatbiq qilinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-modda
Xalqaro transport
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ahdlashuvchi Davlatlardan biri tomonidan dengiz yoki havo kemasi, avtomobil yoki temir yoʻl transport vositasidan foydalanish orqali xalqaro tashuvlardan olingan foyda faqat ushbu Davlatda soliqqa tortiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 1-band qoidalari, shuningdek, pulda, umumiy faoliyatda yoki transport vositalari ekspluatatsiyasi boʻyicha xalqaro tashkilotda ishtirok etishdan olinadigan foydaga nisbatan ham tatbiq qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-modda
Birlashgan korxonalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagi hollarda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Ahdlashuvchi Davlat korxonasi boshqa Ahdlashuvchi Davlat korxonasining boshqaruvida, nazoratida yoki sarmoyasida bevosita yoki bilvosita ishtirok etganda, yoki
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) bitta Ahdlashuvchi Davlat korxonasi va boshqa Ahdlashuvchi Davlat korxonasi boshqaruvida, nazoratida yoki sarmoyasida bevosita yoki bilvosita aynan oʻsha shaxslar ishtirok etganda, har qanday holatda korxonalar oʻrtasida ularning tijoriy va moliyaviy munosabatlarida shartlar belgilanadi yoki oʻrnatiladi, va ular mustaqil korxonalar oʻrtasida yaratiladigan munosabatlardan farq qiladi, zero bunda ularning biriga hisoblanishi mumkin boʻlgan, ammo ushbu shartlar mavjudligi uchun hisoblanmagan foyda ushbu korxona foydasiga kiritilishi va tegishli ravishda soliqqa tortilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ahdlashuvchi Davlat ushbu Davlat korxonasi foydasiga unga nisbatan boshqa Ahdlashuvchi Davlat korxonasi ushbu Davlatda soliqqa tortiladigan foydani kiritsa (va tegishli ravishda unga soliq solsa), va shu tarzda kiritilgan foyda birinchi boʻlib tilga olingan Davlatning korxonasiga tegishli foyda hisoblansa, ikki korxona oʻrtasidagi munosabatlar ikkita mustaqil korxona munosabatlaridek boʻlsa, bu holda ushbu boshqa Davlat unda ushbu foydaga hisoblangan soliqqa tuzatish kiritadi. Bunday tuzatishni belgilashda ushbu Konvensiyaning boshqa qoidalariga tegishli tarzda eʼtibor qaratish kerak, va Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli idoralari, zaruratga koʻra, oʻzaro maslahatlashuvlarni boshlashi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-modda
Dividendlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Bir Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti hisoblangan kompaniya tomonidan boshqa Ahdlashuvchi Davlatning rezidentiga toʻlanadigan dividendlar ushbu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ayni paytda bunday dividendlarga dividendlarni toʻlayotgan kompaniya rezidenti hisoblangan, ushbu Ahdlashuvchi Davlatda mazkur Davlatning qonunchiligiga koʻra ham soliq solinishi mumkin, ammo dividendlarning amaldagi egasi boshqa Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlsa, bu tarzda undiriladigan soliq quyidagilardan oshmasligi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) amaldagi egasi dividendlarni toʻlayotgan kompaniya sarmoyasining kamida 25 foizi tegishli boʻlgan kompaniya uchun dividendlarning umumiy summasining 5 foizi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) qolgan barcha holatlar uchun 10 foiz.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu band undan dividendlar toʻlanadigan foydaga nisbatan kompaniyaning soliqqa tortilishiga taʼsir koʻrsatmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu moddada qoʻllanilganda “dividendlar” atamasi foydada ishtirok etish huquqini bermaydigan qarz talablari hisoblanmaydigan, aksiyalar yoki boshqa huquqlardan olinadigan daromadni, shuningdek foydani taqsimlovchi kompaniya rezidenti boʻlgan Davlatning qonunchiligiga muvofiq, aksiyalardan olinadigan daromad kabi soliq orqali tartibga solinishi zarur boʻlgan boshqa korporativ huquqlardan olinadigan daromadni anglatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Dividendlarning haqiqiy egasi, bitta Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlgani holda, unda joylashgan doimiy muassasalari orqali dividendlar toʻlayotgan kompaniya uning rezidenti boʻlgan boshqa Ahdlashuvchi Davlatda faoliyat yuritayotgan boʻlsa, yoki ushbu boshqa Davlatda u erda joylashgan doimiy bazasi orqali mustaqil shaxsiy xizmatlar koʻrsatayotgan boʻlsa, unga nisbatan 1-band qoidalari qoʻllanilmaydi va unga nisbatan dividendlar toʻlanayotgan xolding amalda bunday doimiy muassasa yoki doimiy baza bilan bogʻlik boʻladi. Bunday holda vaziyatga koʻra 7-modda va 14-modda qoidalari qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Agarda bir Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlgan kompaniya boshqa Ahdlashuvchi Davlatda foyda yoki daromad olayotgan boʻlsa, ushbu ikkinchi Ahdlashuvchi Davlat kompaniya tomonidan toʻlanayotgan dividendlarga soliq solmasligi mumkin, bunday dividendlar ushbu boshqa davlat rezidentiga toʻlanayotgan, yoki unga nisbatan dividendlar toʻlanayotgan xolding ushbu boshqa Davlatda joylashgan doimiy muassasa yoki doimiy baza bilan bogʻliq boʻlgan holatlar bundan mustasno, shuningdek, toʻlanayotgan dividendlar yoki taqsimlanmagan foyda toʻliq yoki qisman ushbu boshqa Davlatda yuzaga kelayotgan foyda yoki daromaddan tashkil topganligidan qatʼi nazar, kompaniyaning taqsimlanmagan foydasiga soliq solmasligi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-modda
Foizlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Bitta Ahdlashuvchi Davlatda yuzaga kelayotgan va boshqa Ahdlashuvchi Davlatga toʻlanayotgan dividendlarga ushbu boshqa Davlatda soliq solinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ammo bunday foizlarga, ular vujudga kelayotgan ushbu Ahdlashuvchi Davlatda ham mazkur Davlat qonunchiligiga muvofiq soliq solinishi mumkin, ammo foizlarning haqiqiy egasi boshqa Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlsa, bu holda soliq foizlar umumiy qiymatining 5 foizidan oshmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Foizlar” atamasi ushbu moddada qoʻllanilganda ipoteka taʼminotidan qatʼi nazar, har qanday turdagi qarz talablaridan olinadigan daromadni, va xususan, hukumat qimmatli qogʻozlaridan olinadigan daromadni, obligatsiyalar yoki qarz majburiyatlari boʻyicha olinadigan daromadni, jumladan, ushbu qarz qogʻozlari, obligatsiyalar yoki qarz majburiyatlari boʻyicha mukofot va yutuqlarni anglatadi. Oʻz vaqtida toʻlanmaganlik uchun jarimalar ushbu modda maqsadlarida foiz sifatida koʻrib chiqilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. 1-band qoidalari bitta Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti hisoblangan foizlarning haqiqiy egasi unda foizlar vujudga kelgan boshqa Ahdlashuvchi Davlatda unda joylashgan doimiy muassasa orqali tadbirkorlik faoliyatni yuritayotgan boʻlsa, yoki ushbu boshqa Davlatda joylashgan doimiy bazasi orqali mustaqil shaxsiy xizmatlarni, hamda ularga nisbatan foizlar toʻlanadigan qarz majburiyatlari haqiqatdan ham bunday doimiy muassasa yoki doimiy baza bilan bogʻliq boʻlgan taqdirda qoʻllanilmaydi. Bunday hollarda vaziyatga qarab, 7-modda yoki 14-modda qoidalari qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Toʻlovchi ushbu Davlatning rezidenti hisoblangan taqdirda foizlar Ahdlashuvchi Davlatda yuzaga kelgan deb hisoblanadi. Ammo foizlarni toʻlayotgan shaxs Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlgani yoki boʻlmagani holda Ahdlashuvchi Davlatda unga nisbatan foizlar vujudga kelgan doimiy muassasa yoki doimiy bazaga ega boʻlgan taqdirda ushbu foizlar boʻyicha xarajatlar ushbu doimiy muassasa yoki doimiy baza zimmasiga tushadi, bu holda foizlar doimiy muassasa yoki doimiy baza joylashgan Ahdlashuvchi Davlatda vujudga kelgan deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Agarda foizlarning toʻlovchisi bilan amaldagi egasi, yoki har ikkalasi bilan boshqa shaxs oʻrtasidagi alohida munosabatlar tufayli, yoki ularga nisbatan toʻlanadigan qarz talablariga oid foizlar summasi bunday munosabatlar mavjud boʻlmagan taqdirda, toʻlovchi bilan amaldagi egasi oʻrtasida kelishilgan summadan ortiq boʻlsa, ushbu modda qoidalari faqat tilga olingan oxirgi summaga nisbatan qoʻllaniladi. Bu holda toʻlovning ortiqcha qismi avvalgidek har ikkala Ahdlashuvchi Davlatlarning qonunchiligiga koʻra ushbu Konvensiya qoidalarini eʼtiborga olgan holda soliqqa tortiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-modda
Royalti
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Bir Ahdlashuvchi Davlatda yuzaga kelayotgan va boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidentiga toʻlanadigan royaltiga ushbu boshqa Davlatda soliq solinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Biroq ushbu royaltilarga u yuzaga kelgan Davlatda ham mazkur Davlat qonunchiligiga muvofiq soliq solinishi mumkin, ammo royaltining amaldagi egasi boshqa Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlsa, bu tarzda undirilayotgan soliq royalti umumiy qiymatining 10 foizidan oshmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Royalti” atamasi ushbu moddada qoʻllanilganda adabiyot, sanʼat va fan asarlari, shu jumladan har qanday patentlar, kinofilmlar, tovar belgisi, chizmalar yoki modellar, sxemalar, maxfiy formulalar yoki jarayonlar boʻyicha mualliflik huquqidan foydalanganlik yoki foydalanish huquqi berilgani yoki sanoat, tijorat yoki ilmiy tajriba boʻyicha maʼlumot uchun mukofot tariqasida olinadigan har qanday turdagi toʻlovlarni anglatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Agar amaldagi royaltining egasi, bir Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlgani holda royalti vujudga keladigan boshqa Ahdlashuvchi Davlatda unda joylashgan doimiy muassasa orqali tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan boʻlsa, yoki ushbu boshqa Davlatda unda joylashgan doimiy baza orqali mustaqil shaxsiy xizmatlarni amalga oshirayotgan boʻlsa va ularga nisbatan royalti toʻlanadigan mol-mulkka boʻlgan huquq bunday doimiy muassasa yoki doimiy baza bilan bogʻliq boʻlsa 1-bandning qoidalari tatbiq qilinmaydi. Bunday hollarda vaziyatdan kelib chiqib, 7-modda yoki 14-modda qoidalari qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Royalti toʻlovchi ushbu Davlatning rezidenti hisoblangan taqdirda, royalti Ahdlashuvchi Davlatda vujudga keladi, deb hisoblanadi. Ammo royalti toʻlayotgan shaxs Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlishi yoki boʻlmasligidan qatʼi nazar, Ahdlashuvchi Davlatda unga bogʻliq holda royalti toʻlash majburiyati vujudga kelgan doimiy muassasaga yoki doimiy bazaga ega boʻlsa, va toʻlovlar boʻyicha xarajatlar bunday doimiy muassasa yoki doimiy baza zimmasiga tushsa, bunday royaltilar doimiy muassasa yoki doimiy baza joylashgan Ahdlashuvchi Davlatda vujudga kelgan, deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Toʻlovchi bilan royaltining haqiqiy egasi, yoki ularning har ikkalasi bilan boshqa biron shaxs oʻrtasidagi alohida munosabatlar tufayli foydalanganlik, foydalanish huquqiga yoki ular uchun toʻlanadigan maʼlumotlarga oid royalti summasi yoki toʻlovchi bilan ushbu daromadlarning haqiqiy egasi oʻrtasida kelishilgan boʻlsa, bundan munosabatlar mavjud boʻlmagan hollarda ushbu moddaning qoidalari faqat ushbu oxirgi summaga nisbatan qoʻllaniladi. Bu holda toʻlovning ortiqcha qismi Ahdlashuvchi Davlatlardan har birining qonunchiligiga muvofiq, mazkur Konvensiyaning boshqa qoidalarini eʼtiborga olgan holda avvalgidek soliqqa tortiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-modda
Sarmoya qiymati oʻsib borishidan olinadigan daromadlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Bir Ahdlashuvchi Davlat rezidenti tomonidan, 6-moddada koʻzda tutilgan va boshqa Ahdlashuvchi Davlatda joylashgan koʻchmas mulkni begonalashtirishdan olinadigan daromadlar ushbu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Bir Ahdlashuvchi Davlat korxonasining boshqa Ahdlashuvchi Davlatda joylashgan doimiy muassasasi tadbirkorlik mol-mulkiga kiruvchi doimiy muassasasi qismini tashkil etuvchi koʻchmas mulkni begonalashtirishdan, yoki bitta Ahdlashuvchi Davlatning boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidenti tomonidan mustaqil shaxsiy xizmatlarini amalga oshirish uchun foydalanishi mumkin boʻlgan doimiy bazasiga tegishli koʻchmas mulkni begonalashtirishdan oladigan daromadlari, shu jumladan, ushbu doimiy muassasani (alohida yoki korxona bilan birga) yoki doimiy bazasi begonalashtirishdan olinadigan daromadlar ushbu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ahdlashuvchi Davlat korxonasi tomonidan ushbu korxona tomonidan xalqaro tashuvlarda foydalaniladigan dengiz yoki havo kemalarini, avtomobil yoki temir yoʻl transport vositalarini begonalashtirishdan olinadigan, yoki bunday dengiz yoki havo kemalarini, avtomobil yoki temir yoʻl transport vositalariga bogʻliq boʻlgan koʻchmas mulkni begonalashtirishdan olinadigan daromadlar faqat ushbu Davlatda soliqqa tortiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Bir Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti tomonidan boshqa Ahdlashuvchi Davlatda joylashgan koʻchmas mulkidan bevosita yoki bilvosita tarzda aksiyalarni begonalashtirishdan oʻz qiymatining 50 foizi miqdorida olinadigan daromadlar ushbu boshqa Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Avvalgi bandlarda sanab oʻtilmagan har qanday boshqa mulkni begonalashtirishdan olinadigan daromadlar faqat mol-mulkini begonalashtirayotgan shaxs rezidenti boʻlgan Ahdlashuvchi Davlatdagina soliqqa tortiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14-modda
Mustaqil shaxsiy xizmatlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti tomonidan kasbiy xizmatlar koʻrsatish yoki boshqa faoliyatdan olinayotgan daromadi boshqa Ahdlashuvchi Davlatda uning faoliyat yuritishi uchun zarur boʻlgan, uning uchun doimiy ravishda ochiq boʻlgan baza paydo boʻlmaguncha faqat oʻsha Davlatda soliqqa tortiladi. Agar u shunday doimiy bazaga ega boʻlsa, daromad boshqa Ahdlashuvchi Davlatda daromadning faqat ushbu doimiy bazaga tegishli boʻlgan qismida soliqqa tortiladi. Agar jismoniy shaxs — Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti boʻlib, bunday doimiy bazaga ega boʻlsa, lekin boshqa Ahdlashuvchi Davlatda koʻrib chiqilayotgan moliyaviy yilda boshlanayotgan yoki yakunlanayotgan har qanday oʻn ikki oylik davr ichida jami 183 kundan ortiq davr yoki davrlar mobaynida hozir boʻlsa, u shu boshqa Davlatda doimiy ravishda foydalanadigan doimiy bazaga ega deb hisoblanadi hamda shu boshqa Davlatda yuqorida koʻrsatilgan faoliyatdan olinayotgan daromad doimiy bazaga tegishli boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Kasbiy xizmatlar” atamasi, shu jumladan, mustaqil ilmiy, adabiy, badiiy, taʼlim va taʼlim berish faoliyatini, shuningdek vrachlar, huquqshunoslar, muhandislar, meʼmorlar, stomatologlar va hisobchilar mustaqil faoliyatini oʻz ichiga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15-modda
Mustaqil boʻlmagan shaxsiy xizmatlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 16, 18 va 19-moddalar qoidalarini hisobga olib, Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti tomonidan yollanma ish munosabati bilan olinayotgan maosh, oylik ish haqi va boshqa shu kabi toʻlovlar, agar yollanma ish boshqa Ahdlashuvchi Davlatda amalga oshirilmayotgan boʻlsa, faqat shu Davlatda soliqqa tortiladi. Agar yollanma ish shu tarzda amalga oshirilsa, shu munosabat bilan olingan haq ushbu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 1-band qoidalaridan qatʼi nazar, bitta Ahdlashuvchi Davlat rezidenti tomonidan boshqa Ahdlashuvchi Davlatda amalga oshirilayotgan yollanma ish munosabati bilan olinayotgan haq quyidagi hollarda ushbu birinchi aytib oʻtilgan Davlatda soliqqa tortiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) haq oluvchi koʻrib chiqilayotgan moliyaviy yilda boshlanayotgan yoki yakunlanayotgan har qanday oʻn ikki oylik davr ichida jami 183 kundan ortiq davr yoki davrlar mobaynida boshqa Davlatda hozir boʻlsa, va
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) haq boshqa Davlatning rezidenti boʻlmagan yollovchi tomonidan yoki yollovchining nomidan toʻlansa, va
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) haq toʻlash boʻyicha xarajatlar yollovchining boshqa Davlatdagi doimiy muassasasi yoki doimiy bazasi hisobidan toʻlanmasa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu moddaning avvalgi qoidalaridan qatʼi nazar, Ahdlashuvchi Davlat korxonasi tomonidan xalqaro tashuvlarda qoʻllanilayotgan dengiz, havo kemalari, avtomobil yoki temir yoʻl transport vositasida amalga oshirilayotgan yollanma ish munosabati bilan olinayotgan haq shu Davlatda soliqqa tortiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16-modda
Direktorlarning gonorarlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bir Ahdlashuvchi Davlat rezidenti boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidenti boʻlgan kompaniyaning Direktorlar kengashi yoki boshqa shunga oʻxshash organi aʼzosi sifatida olayotgan direktorlar mukofotlari va boshqa shunga oʻxshash toʻlovlari ushbu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17-modda
Sanʼat xodimlari va sportchilar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 14 va 15-moddalarning qoidalaridan qatʼi nazar, bitta Ahdlashuvchi Davlat rezidenti tomonidan teatr, kino, radio yoki televideniye ijodkori, yoki musiqachi, yoki sportchi sifatida boshqa Ahdlashuvchi Davlatda amalga oshirayotgan shaxsiy faoliyatidan olinayotgan daromad mana shu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Sanʼat xodimi yoki sportchi tomonidan amalga oshirilayotgan shaxsiy faoliyat munosabati bilan olingan daromad sanʼat xodimi yoki sportchining oʻziga emas, boshqa shaxs nomiga hisoblansa, bu daromad, 7, 14 va 15-moddalar qoidalaridan qatʼi nazar, sanʼat xodimi yoki sportchi faoliyati qayerda amalga oshirilayotgan boʻlsa, oʻsha Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. 1 va 2-bandlarning qoidalari Ahdlashuvchi Davlatlardan birida sanʼat xodimlari yoki sportchilar tomonidan amalga oshirilayotgan faoliyatdan olinayotgan daromadga, agar ularning ushbu Davlatga tashrifi boshqa Ahdlashuvchi Davlatning jamoat fondlari hisobidan yoki mahalliy hokimiyat organlari tomonidan toʻliq moliyalashtirilgan taqdirda, taalluqli boʻlmaydi. Bu holda daromad faqat ushbu sanʼat xodimi yoki sportchi rezident boʻlgan Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18-modda
Pensiyalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19-moddaning 2-bandida koʻzda tutilgan qoidalarini hisobga olib, Ahdlashuvchi Davlat rezidentiga avvalgi yollanma ish uchun kompensatsiya sifatida toʻlanadigan pensiyalar va shunga oʻxshash toʻlovlar, faqat shu Davlatda soliqqa tortiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19-modda
Hukumat xizmati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. a) Ahdlashuvchi Davlat yoki uning mahalliy hokimiyat organiga koʻrsatilgan xizmatlar uchun ushbu Davlat yoki uning mahalliy hokimiyat organi tomonidan jismoniy shaxsga toʻlanadigan oylik ish haqi, maosh va boshqa shunga oʻxshash toʻlovlar (pensiya bundan mustasno) faqatgina shu Davlatda soliqqa tortiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Ammo, bunday oylik ish haqi, maosh va boshqa shunga oʻxshash toʻlovlar, qachonki xizmat ushbu boshqa Davlatda amalga oshirilayotgan va jismoniy shaxs kuyidagi Davlatning rezidenti boʻlsa, faqat boshqa Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) ushbu Davlatning milliy shaxsi boʻlgan; yoki
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) faqat shu xizmatni amalga oshirish maqsadida shu Davlatning rezidenti boʻlishdan toʻxtagan boʻlsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. a) Ahdlashuvchi Davlat yoki mahalliy hokimiyat organlari tomonidan yoki ular tomonidan yaratilgan fondlar hisobidan shu Davlat yoki mahalliy hokimiyat organiga koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlanadigan har qanday pensiya faqat shu Davlatda soliqqa tortiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Ammo bunday pensiya jismoniy shaxs shu Davlatning rezidenti va milliy shaxsi boʻlgan hollarda faqat boshqa Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. 15, 16 va 18-moddalar qoidalari Ahdlashuvchi Davlat yoki mahalliy hokimiyat organi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirkorlik faoliyati munosabati bilan koʻrsatilgan xizmatlar uchun ish haqi, maosh va shunga oʻxshash haqlar va pensiyalarga qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20-modda
Talabalar va amaliyotchilar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ahdlashuvchi Davlatlarning biriga kelishdan avval boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidenti boʻlgan yoki boʻlib turgan va aytib oʻtilgan birinchi davlatga faqatgina oʻrganish yoki taʼlim olish maqsadida kelgan talaba yoki amaliyotchi tomonidan olinayotgan hamda yashash, oʻrganish va taʼlim olishga moʻljallangan toʻlovlar, bunday toʻlovlar shu Davlatdan tashqaridagi manbalar hisobidan yuzaga kelgan holda mazkur Davlatda soliqqa tortilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21-modda
Boshqa daromadlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ahdlashuvchi Davlatlar rezidenti daromadlarining ushbu Konvensiyaning avvalgi moddalarida aytib oʻtilmagan turlari, ular qayerda yuzaga kelishidan qatʼi nazar, faqatgina shu Davlatda soliqqa tortiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 1-band qoidalari, 6-modda 2-bandida koʻrsatilgan koʻchmas mulkdan olinayotgan daromadlarni istisno qilgan holda, agar bunday daromadlarni oluvchi bitta Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻla turib, boshqa Ahdlashuvchi Davlatda oʻsha erda joylashgan doimiy muassasa orqali faoliyat yuritayotgan yoki shu boshqa Davlatda joylashgan doimiy baza bilan birgalikda mustaqil shaxsiy xizmatlar koʻrsatayotgan boʻlsa, hamda daromad manbai boʻlgan huquq yoki mulki haqiqatdan ham shunday doimiy muassasa yoki doimiy baza bilan bogʻlik boʻlsa, ushbu daromadlarga tatbiq qilinmaydi. Bu holda vaziyatdan kelib chiqib 7-modda va 14-modda qoidalari qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22-modda
Sarmoya
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 6-moddada aytib oʻtilgan, bir Ahdlashuvchi Davlat rezidentiga tegishli boʻlgan va boshqa Ahdlashuvchi Davlatda joylashgan koʻchmas mulkdan iborat sarmoya ushbu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Bir Ahdlashuvchi Davlat korxonasi boshqa Ahdlashuvchi Davlatda egalik qilayotgan doimiy muassasaning ish mulkining qismi boʻlgan koʻchma mulkdan iborat sarmoya yoki bir Ahdlashuvchi Davlat rezidentiga boshqa Ahdlashuvchi Davlatda mustaqil shaxsiy xizmatlar koʻrsatish uchun ochiq boʻlgan doimiy bazaga tegishli koʻchmas mulk ushbu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ahdlashuvchi Davlat korxonasi tomonidan foydalaniladigan dengiz va havo transporti, avtomobil va temir yoʻl transporti vositalaridan iborat hamda bunday dengiz yoki havo transporti, avtomobil yoki temir yoʻl transporti vositalaridan foydalanish bilan bogʻliq koʻchmas mulkdan tashkil topgan sarmoya faqatgina shu Davlatda soliqqa tortiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ahdlashuvchi Davlat rezidenti sarmoyasining boshqa barcha elementlari faqatgina shu Davlatda soliqqa tortiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23-modda
Ikki tomonlama soliqqa tortishni bartaraf etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston rezidentiga nisbatan ikki tomonlama soliqqa tortish quyidagicha bartaraf etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston rezidenti ushbu Konvensiya qoidalariga muvofiq Estoniyada soliqqa tortilishi mumkin boʻlgan daromad olsa yoki sarmoyaga ega boʻlsa, Oʻzbekiston:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) ushbu rezidentga hisoblanadigan daromad soligʻidan Estoniyada toʻlangan daromad soligʻiga teng boʻlgan summani ayirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) ushbu rezidentga hisoblanadigan sarmoya soligʻidan Estoniyada toʻlangan mulk soligʻiga teng boʻlgan summani ayirishga ruxsat berishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ammo, bunday ayirishlar, har qanday holatda, Oʻzbekistonda ayirish amalga oshirilgundan avval hisoblangan daromad yoki sarmoya soligʻining vaziyatdan kelib chiqib, Estoniyada soliqqa tortilishi mumkin boʻlgan daromad yoki sarmoyaga tegishli qismidan oshmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Estoniya rezidentiga nisbatan ikki tomonlama soliqqa tortish quyidagicha bartaraf egiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Estoniya rezidenti ushbu Konvensiyaga muvofiq Oʻzbekistonda soliqqa tortilishi mumkin boʻlgan daromad olsa yoki sarmoyaga ega boʻlsa, Estoniya b) xatboshisi va 3-band qoidalarini hisobga olgan holda bunday daromad yoki sarmoyani soliqqa tortishdan ozod etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Agar Estoniya rezidenti:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) 10-modda 2-bandi b) xatboshisi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) 11 va 12-moddalar 2-bandi qoidalariga muvofiq.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekistonda soliqqa tortilishi mumkin boʻlgan daromad olsa, Estoniya shu rezident daromad soligʻidan Oʻzbekistonda toʻlangan daromad soligʻiga teng summani ayirishi mumkin. Bunday ayirishlar har qanday holatda soliqning ayirilgundan avval hisoblangan, Oʻzbekistonda olinadigan daromadning bunday turlariga tegishli boʻlgan qismidan oshmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu Konvensiyaning biron-bir qoidasiga muvofiq, Ahdlashuvchi Davlat rezidenti tomonidan olingan daromad yoki egalik qilayotgan kapital shu Davlatda soliqqa tortilishdan chiqarilgan boʻlsa, shu Davlat shu rezidenti daromadi yoki kapitalining qolgan qismi uchun soliqni hisoblashda, bundan qatʼi nazar, soliqqa tortishdan chiqarilgan daromad yoki sarmoya summasini hisobga olishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24-modda
Diskriminatsiya qilmaslik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Bir Ahdlashuvchi Davlatning milliy shaxslariga Boshqa Ahdlashuvchi davlatda shu boshqa Davlatning milliy shaxslariga aynan shu sharoitlarda, xususan qarorgohga nisbatan tatbiq etilayotgan yoki tatbiq etilishi mumkin boʻlgan soliqqa tortish va u bilan bogʻliq majburiyatlardan ogʻirroq boʻlgan har qanday soliqqa tortish yoki u bilan bogʻliq majburiyatlar tatbiq etilmaydi. Bu qoida 1-modda qoidalaridan qatʼi nazar, Ahdlashuvchi Davlatlarning biri yoki ikkalasining rezidentlari boʻlmagan jismoniy shaxslarga qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Bir Ahdlashuvchi Davlat korxonasi boshqa Ahdlashuvchi Davlatda egalik qilayotgan doimiy muassasasini soliqqa tortish shu boshqa Ahdlashuvchi Davlatda shu boshqa Ahdlashuvchi Davlatning aynan shu faoliyatni amalga oshirayotgan korxonalarning soliqqa tortilishiga koʻra nomaqbul boʻlmaydi. Bu qoida Ahdlashuvchi Davlatlardan birini boshqa Ahdlashuvchi Davlatlarning rezidentlariga u oʻz rezidentlariga taqdim etayotgan fuqarolik holati yoki oilaviy sharoitlari asosida soliqqa tortish maqsadida qandaydir alohida imtiyozlar, erkinliklar va chegirmalar berishga majbur etayotgan qoida sifatida talqin qilinmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. 9-moddaning 1-bandi, 11-moddaning 6-bandi yoki 12-moddaning 6-bandi qoidalari qoʻllaniladigan hollardan tashqari, bir Ahdlashuvchi Davlatning korxonasi boshqa Ahdlashuvchi Davlat korxonasiga toʻlanayotgan foizlar, royalti va boshqa tovon pullari, bunday korxonaning soliqqa tortiluvchi foydasini aniqlash maqsadida, bunday toʻlovlar aytib oʻtilgan birinchi Davlat rezidentiga toʻlangan aynan shunday sharoitlarga muvofiq ushlab qolinadi. Xuddi shunday, Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidentiga qarzlari shu korxonaning soliqqa tortiluvchi mulkini aniqlash maqsadida aytib oʻtilgan birinchi Davlat rezidentining qarzlari boʻlganidek, aynan shunday sharoitlarga muvofiq ushlab qolinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Bir Ahdlashuvchi Davlatning sarmoyasi boshqa Ahdlashuvchi Davlatning bir yoki undan ortiq rezidentiga toʻliq yoki qisman tegishli boʻlgan yoki bevosita yoki bilvosita nazorat qilinayotgan korxonaga aytib oʻtilgan birinchi Davlatda shunga oʻxshash korxonalarga tatbiq etilayotgan yoki tatbiq etilishi mumkin boʻlgan soliqqa tortish va u bilan bogʻliq boshqa majburiyatlardan boshqacha yoki ulardan ogʻirroq hech qanday soliqqa tortish yoki shu bilan bogʻliq boshqa majburiyat tatbiq etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ushbu modda qoidalari, 2-modda qoidalaridan qatʼi nazar, barcha tur va taʼrifdagi soliqlarga tatbiq qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25-modda
Oʻzaro kelishish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Agar shaxs Ahdlashuvchi Davlatlardan biri yoki ikkalasining harakatlari unga mazkur Konvensiya qoidalariga amal qilinmasdan uning soliqqa tortilishiga olib kelayotgani yoki olib kelishi mumkin, deb hisoblasa, u shu Davlatlarning ichki qonunchiligi bilan nazarda tutilgan himoya vositalaridan qatʼi nazar, oʻz arizasini Ahdlashuvchi Davlatlardan qay birining rezidenti boʻlsa, oʻsha Davlat vakolatli organiga yoki, uning vaziyati 24-moddaning 1-bandi taʼsiriga tushgan boʻlsa, Ahdlashuvchi Davlatlardan qay birining milliy shaxsi boʻlsa, oʻsha Davlat vakolatli organiga taqdim etishi mumkin. Bu ariza ushbu Konvensiya qoidalariga amal qilinmasdan soliqqa tortishga olib keluvchi harakat toʻgʻrisida birinchi marta xabardor boʻlgan kundan uch yil mobaynida taqdim etilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vakolatli organ, agar u eʼtirozni asosli, deb tan olsa va oʻzi qoniqarli yechimga kela olmasa, masalani ushbu Konvensiya qoidalariga nomuvofiq boʻlgan soliqqa tortishni oldini olish uchun boshqa Ahdlashuvchi Davlat vakolatli organi bilan oʻzaro kelishilgan holda hal qilishi mumkin. Erishilgan har qanday kelishuv Ahdlashuvchi Davlatlar ichki qonunchiliklaridagi qandaydir vaqt cheklovlaridan qatʼi nazar, amalga oshirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli organlari ushbu Konvensiyani tatbiq etish yoki talqin qilishda yuzaga kelayotgan har qanday murakkabliklar yoki gumonlarni oʻzaro kelishgan holda hal qilishga intiladilar. Shuningdek, ular ushbu Konvensiya bilan nazarda tutilmagan xollarda ikki tomonlama soliqqa tortishni bartaraf qilish maqsadida bir-biri bilan maslahatlashishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli organlari avvalgi bandlarda bayon etilgan masalalarda kelishuvga erishish maqsadida bir-birlari bilan bevosita, shu jumladan ularning oʻzlari yoki vakillaridan iborat birlashgan komissiya doirasida aloqa oʻrnatishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26-modda
Axborot almashish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli organlari ushbu Konvensiya qoidalarini bajarish yoxud Ahdlashuvchi Davlatlar, yoki ularning siyosiy boʻlinmalari, yoki mahalliy hokimiyat organlari nomidan undirilayotgan har qanday tur va taʼrifdagi soliqlarga tegishli ichki qonunchilikni boshqarish yoki qoʻllash uchun, bunday soliqqa tortish ushbu Konvensiyaga zid kelmagan darajada muayyan ahamiyatga ega boʻlgan axborot bilan almashishlari mumkin. Axborot almashinuvi 1 va 2-moddalar bilan cheklanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ahdlashuvchi Davlatlardan biri 1-bandga muvofiq olgan har qanday axborot shu Davlatning ichki qonunchiligiga muvofiq olingan axborot kabi maxfiy hisoblanadi hamda 1-bandda aytib oʻtilgan soliqlarga nisbatan baholash va toʻplash, majburiy undirish yoki sud taʼqibi yoki appelatsiyalar koʻrib chiqish, ham yuqorida sanab oʻtilganlarning barchasini nazorat qilish bilan mashgʻul shaxslar yoki organlargagina (shu jumladan, sudlar va maʼmuriy organlar) xabar beriladi. Bunday shaxs yoki organlar bu axborotni faqat belgilangan maqsadlarda ishlatishlari lozim. Ular bu axborotni ochiq sud majlisi yoki sud qarorlarida oshkor etishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Hech bir holatda 1 va 2-bandlar qoidalari Ahdlashuvchi Davlatga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) shu yoki boshqa Ahdlashuvchi Davlatning qonunchiligi yoki maʼmuriy amaliyotiga zid keluvchi maʼmuriy tadbirlar oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) shu yoki boshqa Ahdlashuvchi Davlat qonunchiligiga koʻra yoki oddiy maʼmuriy boshqarish davomida olib boʻlmaydigan axborotni taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) savdo, tadbirkorlik, sanoat, tijorat yoki kasbiy sir yoki savdo jarayoni, yoki oshkor etilishi davlat siyosatiga zid kelishi mumkin boʻlgan axborot (ordre public) taqdim etish majburiyatini yuklovchi qoidalar sifatida talqin qilinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Agar axborot Ahdlashuvchi Davlatlardan biri tomonidan ushbu moddaga muvofiq soʻralgan boʻlsa, boshqa Ahdlashuvchi Davlat bunday axborot shu boshqa Davlatning soliq maqsadlari uchun kerak boʻlmagan holda ham soʻralgan axborotni olish uchun axborot toʻplash boʻyicha oʻz tadbirlaridan foydalanishi lozim. Avvalgi gapda bayon etilgan majburiyat 3-band qoidalari bilan cheklangan, lekin hech bir holatda bunday cheklovlar Ahdlashuvchi Davlatga axborotga ichki manfaatdorlik mavjud boʻlmaganligi sababi bilan axborot taqdim etishdan bosh tortishga ruxsat beruvchi qoida sifatida talqin qilinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. 3-band qoidalari hech bir holatda Ahdlashuvchi Davlatga axborotga bank, boshqa moliyaviy muassasa, nominal ega, yoki agent, yoki ishonchli vakil boʻlgan shaxs egalik qilayotganligi sababli yoki axborot shaxsning mulkchilik huquqiga tegishli ekanligi sababli axborot taqdim etishdan bosh tortishga ruxsat beruvchi qoida sifatida talqin etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27-modda
Imtiyozlarni cheklash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Konvensiyaning boshqa har qanday qoidasidan qatʼi nazar, Ahdlashuvchi Davlat rezidentiga boshqa Ahdlashuvchi Davlat tomonidan ushbu Konvensiyada nazarda tutilgan soliqlarga nisbatan har qanday kamaytirish yoki ozod etish boʻyicha imtiyozlar berilmaydi, agarda bunday rezident yoki bunday rezident bilan bogʻliq har qanday shaxsning tuzilishi yoki faoliyatining asosiy maqsadi yoki asosiy maqsadlaridan biri Konvensiyada koʻzda tutilgan imtiyozlarni suiisteʼmol qilishdan iborat boʻlsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28-modda
Diplomatik vakolatxonalar va konsullik muassasalar xodimlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Konvensiyaning hech bir qoidasi diplomatik vakolatxonalar yoki konsullik muassasalar xodimlarining xalqaro huquqning umumiy normalari yoki maxsus kelishuvlar qoidalariga muvofiq taqdim etilgan soliq imtiyozlariga tatbiq etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29-modda
Konvensiyaning kuchga kirishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ahdlashuvchi Davlatlar ularning qonunchiligiga koʻra ushbu Konvensiyaning kuchga kirishi uchun kerak boʻlgan tartib-taomillarning yakunlanishi toʻgʻrisida bir-birini xabardor qiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Konvensiya 1-bandda aytib oʻtilgan xabarlarning oxirgi sanasidan kuchga kiradi va uning qoidalari Ahdlashuvchi Davlatlarning ikkalasida ham amal qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) manbadan ushbu Konvensiya kuchga kirgan yildan bevosita keyin keluvchi kalendar yilning birinchi yanvarida yoki birinchi yanvaridan keyin olinayotgan daromaddan undiriladigan soliqlarga nisbatan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Konvensiya kuchga kirgan yildan bevosita keyin keluvchi kalendar yilining birinchi yanvaridan yoki birinchi yanvaridan keyin boshlanuvchi har qanday moliyaviy yil davomida undiriladigan boshqa daromad soliqlari yoki kapital soliqlariga nisbatan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30-modda
Amal qilishda toʻxtashi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Konvensiya Ahdlashuvchi Davlatlarda biri tomonidan uning amal qilishi toʻxtatilgunga qadar amal qilishda davom etadi. Ahdlashuvchi Davlat Konvensiya amal qilishini diplomatik kanallar orqali har qanday kalendar yil yakunigacha kamida olti oy avval amal qilishni toʻxtatish toʻgʻrisidagi yozma bildirish xati joʻnatish orqali toʻxtatishi mumkin. Bunday holda Konvensiya Ahdlashuvchi Davlatlarning ikkisida ham amal qilishda toʻxtaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) manbadan ushbu bildirish xati berilgan yildan bevosita keyin keluvchi kalendar yilning birinchi yanvarida yoki birinchi yanvaridan keyin olingan daromaddan undiriladigan soliqlarga nisbatan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) bildirish xati berilgan yildan bevosita keyin keluvchi kalendar yilining birinchi yanvaridan yoki birinchi yanvaridan keyin boshlanuvchi har qanday moliyaviy yil davomida undiriladigan boshqa daromad soliqlari yoki kapital soliqlariga nisbatan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqoridagilarni tasdiqlab, quyida imzo qoʻyganlar, tegishli tartibda bunga vakolat olganlar, ushbu Konvensiyani imzoladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nyu-York shahrida 2012-yilning 28-sentabrida ikki nusxada, har biri oʻzbek, eston va ingliz tilida tuzildi. Uchala matn ham bir xil kuchga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Konvensiya qoidalarini talqin qilishda tushunmovchiliklar yuzaga kelganda ingliz tilidagi matn asos qilib olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(imzolar)
(Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari toʻplami, 2013-y., 3-4-son,)