Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Estoniya Respublikasi Hukumati oʻrtasida ikki tomonlama soliqqa tortishga yoʻl qoʻymaslik hamda daromad va kapitaldan soliq toʻlashdan boʻyin tovlashga chek qoʻyish toʻgʻrisida 2012-yil 28-sentabr kuni Nyu-York shahrida imzolangan Konvensiya tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan ichki davlat tartib-tamoyillari bajarilgani toʻgʻrisida tegishli bildirishnoma yoʻllasin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlasinlar.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2013-yil 7-mart,
PQ-1932-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 11-son, 139-modda)