Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 23.09.1999 yildagi 445-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2000-yil hosilini yetishtirish uchun kuzgi-qishki agrotexnika tadbirlarini mablag‘ bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Ko‘chirma]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2000-yil hosilini yetishtirish uchun 1999-yilning sentyabr — dekabr oylarida o‘tkaziladigan kuzgi-qishki agrotexnika tadbirlarini o‘z vaqtida mablag‘ bilan ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2000-yilgi paxta xomashyosi, boshoqli ekinlar doni, sholi hosilini yetishtirish uchun 1999-yilda o‘tkaziladigan kuzgi-qishki agrotexnika tadbirlariga avans berish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki, kuzgi-qishki tadbirlarga avans berish davlat resurslariga xarid qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi yuzasidan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshoqli ekinlar doni bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 17-avgustdagi 391-son qarori bilan belgilangan miqdorlarda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
paxta xomashyosi va sholi bo‘yicha — 1999-yil uchun belgilangan davlat xaridlari hajmlaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jalik mahsulotlarining hisob-kitob jamg‘armasi, “O‘zdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi va “O‘zdonmahsulot” davlat-aksiyadorlik korporatsiyasiga Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zmevasabzavotuzumsanoat-xolding” Xolding kompaniyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda qishloq xo‘jaligi korxonalari bilan 2000-yil hosili uchun ushbu qarorning 2-bandida belgilangan hajmlarda, 1999-yilgi xarid narxlaridan kelib chiqqan holda avans berish yuzasidan kontraktatsiya shartnomalari tuzishni 1999-yil 15-oktabrgacha ta’minlash vazifasi yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilab qo‘yilsinki, 2000-yil hosili yuzasidan uzil-kesil kontraktatsiya shartnomalari 2000-yilning I choragida, paxta xomashyosi yetishtirish, sholi bo‘yicha davlat xaridlari va ularning xarid narxlari prognozi belgilangan tartibda tasdiqlangandan keyin tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jalik mahsulotlarining hisob-kitob jamg‘armasi, Jamg‘armaning moliya agentlari bo‘lgan tijorat banklari, “O‘zdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi va “O‘zdonmahsulot” davlat-aksiyadorlik korporatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zagrosug‘urta” kompaniyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari bilan birgalikda xo‘jaliklarda paxta xomashyosi, boshoqli ekinlar doni va sholi yetishtirish uchun, yangidan tasdiqlangan texnologiya kartalari bo‘yicha xarajatlardan va xo‘jaliklarning moddiy-texnika resurslari limitlaridan kelib chiqqan holda tuzilgan shartnomalar asosida, avans berilishini ta’minlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Har bir qishloq xo‘jaligi korxonasini ichki xo‘jalik hisob-kitobining va xarajatlarni hisobga olish chek tizimining joriy etilishi bo‘yicha attestatsiyadan o‘tkazish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bir hafta muddatda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining hamda viloyatlar hokimlarining birinchi o‘rinbosarlari, tumanlarda esa — tuman hokimlari boshchiligidagi hududiy komissiyalar tuzsinlar, ular zimmasiga amaldagi ichki xo‘jalik iqtisodiy mexanizmini puxta tahlil qilish hamda 1999-yil 1-noyabrgacha tijorat banklariga ichki xo‘jalik hisob-kitobini va xarajatlarni hisobga olishning chek tizimini joriy etishning O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “1999-yilda paxta xomashyosi va boshoqli ekinlar doni xarid narxlari va ichki xo‘jalik iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 15-maydagi 248-son qarori talablariga muvofiqligi haqida xulosalar taqdim etish vazifasini yuklasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jalik mahsulotlarining hisob-kitob Jamg‘armasining moliya agentlari bo‘lgan tijorat banklari 1999-yil 1-noyabrdan boshlab 2000-yil hosili uchun avans berishni faqat viloyatlar komissiyalarining qishloq xo‘jaligi korxonalarini ichki xo‘jalik hisob-kitobi va xarajatlarni hisobga olishning chek tizimi joriy etilishi bo‘yicha attestatsiyadan o‘tkazish to‘g‘risidagi ijobiy xulosasi asosida amalga oshirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Xarajatlarni hisobga olishning chek tizimini va ichki xo‘jalik hisob-kitobini joriy qilmasdan xarajatlarni mablag‘ bilan ta’minlash hollari aniqlangan taqdirda qishloq xo‘jaligi korxonalarining mansabdor shaxslari amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortilishi to‘g‘risida ogohlantirilsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi 2000-yilda paxta xomashyosi, boshoqli ekinlar doni va sholi yetishtirish uchun 1999-yilda o‘tkaziladigan kuzgi-qishki agrotexnika tadbirlari uchun avans berishga ajratiladigan mablag‘lardan belgilangan maqsadda va samarali foydalanilishi yuzasidan yalpi va tanlab tekshirishlarni muntazam ravishda o‘tkazsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari B. S. Hamidov va B. M. Olimjonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1999-yil 23-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
445-son