Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 15.05.1999 yildagi 248-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1999 YILDA PAXTA XOM AShYoSI VA BOShOQLI EKINLAR DONI XARID NARXLARI VA IChKI XO‘JALIK IQTISODIY MEXANIZMINI TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mulkchilikning turli shakllaridagi qishloq xo‘jaligi korxonalarida paxta xomashyosi va boshoqli ekinlar doni yetishtirishni rag‘batlantirish, mavjud quvvatlardan samarali foydalanish hamda ichki xo‘jalik hisobi va ishlab chiqarish xarajatlarini chek tizimida hisobga olish hamda nazorat qilishga asoslangan oila (jamoa) pudrati asosida sarf-xarajatlarni kamaytirish mexanizmini joriy etishni tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Davlat ehtiyojlari uchun 1999-yil hosilidan o‘rtacha xarid narxlari quyidagi miqdorlarda belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Paxta xomashyosi — bir tonnasi 34800 so‘m
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshoqli ekinlar doni:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bug‘doy — bir tonnasi 15840 so‘m
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
javdar — bir tonnasi 15050 so‘m
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
arpa va suli — bir tonnasi 12670 so‘m
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat ehtiyojlaridan ortiqcha tayyorlangan boshoqli don hajmlari kelishilgan narxlarda xarid qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bir hafta muddatda 1999-yil hosili uchun paxta xomashyosi va boshoqli ekinlar donining yangi xarid narxlari preyskurantini ishlab chiqsin va tegishli vazirliklar va idoralarga yetkazsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi o‘n kun muddatda paxta xom-ashyosi va boshoqli don ekinlarini yetishtirish bo‘yicha namunaviy texnologiya kartalarini tasdiqlasin va qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga yetkazsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi “O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” davlat-kooperativ qo‘mitasi, “O‘zkimyosanoat” uyushmasi va “O‘zneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi bilan birgalikda bir oy muddatda mineral o‘g‘itlar, zaharli ximikatlar va neft mahsulotlarini taqsimlash limitlarini yangi tasdiqlangan texnologiya kartalariga muvofiq bajariladigan ishlar hajmlarini, haydov traktorlari va o‘rim-yig‘im texnikasining mashina-traktor parklariga berilganligini hisobga olgan holda har bir xo‘jalik bo‘yicha qayta ko‘rib chiqsin, shuningdek yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan resurslar bo‘yicha hukumatning tegishli qarorlari bilan tasdiqlangan limitlarni aniqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zmevasabzavotuzumsanoat-xolding” kompaniyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar hokimliklari va qishloq xo‘jaligi korxonalari rahbarlari har bir oila (jamoa) va qishloq xo‘jaligi korxonalarining boshqa ichki xo‘jalik bo‘linmalari bo‘yicha moddiy hamda moliyaviy xarajatlar birlamchi ishlab chiqarish bo‘linmalarining cheklari asosida hisobga olinishini va hisobdan chiqarilishini ta’minlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar hokimliklari va Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jalik mahsulotlarining hisob-kitob jamg‘armasi bilan birgalikda 1999-yil 1-iyungacha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zarur bo‘lgan miqdorda chek daftarchalarini tayyorlashni tashkil etsinlar va chek daftarchalari bilan ichki xo‘jalik hisobida ishlovchi har bir bo‘linmani ta’minlasinlar. Chek daftarchalarini tayyorlash bo‘yicha xarajatlar Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jalik mahsulotlarining hisob-kitob jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ta’minlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har bir xo‘jalikda xo‘jaliklar, oila (jamoa) va boshqa ichki xo‘jalik bo‘linmalari rahbarlari va mutaxassislari bilan ichki xo‘jalik hisob-kitoblari prinsiplari va mexanizmini, xarajatlarni hisobga olish va nazorat qilishning chek tizimini yuritishni, shuningdek mazkur qaror qoidalarini tushuntirish bo‘yicha seminar-kengashlar o‘tkazsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jalik mahsulotlarining hisob-kitob jamg‘armasi moliyaviy agentlari bo‘lgan tijorat banklari har bir xo‘jalikda har bir ichki xo‘jalik bo‘linmalari bo‘yicha moddiy va moliyaviy resurslarni alohida hisobga olish joriy etilishini ta’minlasinlar va doimiy nazoratga olsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Belgilansinki, 1999-yilda topshirilgan paxta xomashyosi uchun qishloq xo‘jaligi kooperativlari (shirkat xo‘jaliklari)ga va boshqa qishloq xo‘jalik korxonalariga haq topshirilgan paxta xomashyosi qiymatining 80 foizi hisobidan 7 bank kuni mobaynida, 20 foiz miqdoridagi uzil-kesil hisob-kitob esa paxta tolasining chiqishini hisobga olgan holda qayta ishlash yakunlari bo‘yicha paxta tozalash zavodlari tomonidan to‘lanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, shirkat xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari har bir oila (jamoa) va boshqa ichki xo‘jalik bo‘linmalari bilan topshirilgan paxta xom-ashyosining amaldagi hajmi va sifati asosida hisob-kitob qiladilar. Bitta xo‘jalik ichida yetishtirilgan mahsulot uchun hisob-kitob qilinganda ayrim bo‘linmalar (oila, jamoa va shu kabilar)ning zararlarini boshqalar daromadlari hisobiga qoplashga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Belgilansinki, 1999-yil hosilidan boshlab davlat buyurtmasida belgilangan hajmdan ortiqcha paxta xomashyosini qayta ishlashdan olingan qo‘shimcha mahsulotlar (o‘simlik yog‘i, sheluxa, shrot va lint) paxta xomashyosi yetishtirish bo‘yicha shartnomalarni bajargan ichki xo‘jalik bo‘linmalariga tayyorlov hajmlariga mutanosib ravishda xo‘jaliklar ixtiyoriga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Moliya vazirligi, Markaziy bank O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi va Mehnat vazirligi bilan birgalikda topshirilgan paxta xomashyosi uchun shirkat xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jalik korxonalarining oila (jamoa) va boshqa ichki xo‘jalik bo‘linmalari bilan alohida hisob-kitob qilish tartibini, shuningdek qishloq xo‘jalik korxonalari har bir alohida bo‘linmasining ichki xo‘jalik hisobi prinsiplari asosidagi faoliyati pirovard moliyaviy natijasidan kelib chiqqan holda ish haqi to‘lash, qo‘shimcha ish haqi va mukofot berish tartibini bir hafta muddatda ishlab chiqsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda quyidagilar nazarda tutilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki xo‘jalik bo‘linmalari xodimlariga ish haqi qat’iy ravishda yil davomidagi ishning natijasi bo‘yicha, hisoblangan mehnatga haq to‘lash fondi summaning 70 foizigacha, tarif fondi summasidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda, mutaxassis va rahbarlarga esa belgilangan lavozim maoshining 80 foizi miqdorida avans berish yo‘li bilan to‘lanadi. Qo‘shimcha haq va mukofotlarning qolgan qismi xo‘jalik faoliyatining yillik natijalari bo‘yicha to‘lanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tabiiy ofatlar va noqulay ob-havo sharoitlari bilan bog‘liq bo‘lmagan sabablar natijasida jiddiy zararga yo‘l qo‘ygan xo‘jalik hisobidagi bo‘linmalar shirkat xo‘jaligi boshqaruvi yoki umumiy yig‘ilishi qarori bo‘yicha kompensatsiya jarimasiga tortilishi, shuningdek ajratilgan yer uchastkasidan foydalanish huquqidan mahrum etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. “O‘zteleradio” kompaniyasi, ommaviy axborot vositalari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda qishloq xo‘jaligi korxonalarida ichki xo‘jalik hisobi va iqtisodiy ishlarni takomillashtirish asosida ishlab chiqarishni tashkil etishda ilg‘or tajribalarni tarqatish masalalari bo‘yicha materiallarni doimiy ravishda yoritishni ta’minlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari B.S.Hamidov va B.M.Olimjonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1999-yil 15-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
248-son