Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 24.05.1999 yildagi 267-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1999-yilgi boshoqli don ekinlari hosilini yig‘ishtirib olishni uyushqoqlik bilan o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Ko‘chirma]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshoqli don ekinlarini o‘z vaqtida va sifatli o‘rib-yig‘ib olishni ta’minlash hamda davlat resurslariga don sotish yuzasidan kontraktatsiya shartnomalarini bajarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi (Murodov) va “O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” davlat-kooperativ qo‘mitasi (Yusupov)ning 1999-yilgi boshoqli don ekinlari hosilini o‘rib-yig‘ib olish, tozalash va tashish uchun texnikani tayyorlash asosan tugallanganligi to‘g‘risidagi axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin. O‘rim-yig‘im ishlari davrida texnikaning uzluksiz ishlashi uchun ehtiyot qismlar va tuzatish materiallarining zarur zaxiralari yaratilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hosilni yig‘ishtirib olishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar bo‘yicha 1-ilovaga muvofiq 6551 kombayn, shu jumladan 1184 “Keys” va “Klaas” kombaynlari ishlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Don hosili o‘rim-yig‘imining tashkil etilishi hamda o‘z vaqtida va sifatli yig‘ishtirib olinishi uchun mas’uliyat shaxsan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar hokimlari, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi hamda “O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” davlat-kooperativ qo‘mitasi rahbarlari zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” davlat-kooperativ qo‘mitasi, “O‘zmevasabzavotuzumsanoat-xolding” kompaniyasi, “O‘zdonmahsulot” davlat korporatsiyasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yanchilgan don miqdori va don kirim qilinishi ustidan nazoratni ta’minlash maqsadida boshoqli don ekinlari hosilini yig‘ishtirish boshlangunga qadar hosilning har bir dala bo‘yicha ekspert baholanishini va tegishli dalolatnomalar tuzilishini tugallasinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kombaynchilar, transport vositalari haydovchilari, o‘rim-yig‘imda va don tashishda, texnikaga xizmat ko‘rsatishda band bo‘lgan boshqa xodimlar mehnatiga kombaynning ish unumiga, hosil o‘rim-yig‘imi sifatiga qarab haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirishga oid tavsiyalarni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda bir hafta muddatda ishlab chiqsinlar va xo‘jaliklarga yetkazsinlar. Mehnatga mahsulot bilan haq to‘lash hisobiga don berishni faqat “O‘zdonmahsulot” davlat korporatsiyasi korxonalariga don sotish bo‘yicha shartnoma majburiyatlari bajarilgandan, urug‘lik fondi g‘amlangandan va mahsulot kirim qilingandan keyin amalga oshirsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kombaynlarning guruh bo‘lib, kechayu-kunduz ishlash usullarini keng qo‘llasinlar, guruhlarning har biriga texnika xizmati ko‘rsatish va transport vositalarini, yonilg‘i quyish mashinalarini biriktirib qo‘ysinlar. G‘allaning pishishiga qarab guruhlarning harakatlanish yo‘nalishlarini ishlab chiqsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shirali ozuqa yetishtirishni ko‘paytirish va sug‘oriladigan yerlardan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida takroriy ekinlar ekish uchun maydonlarni belgilasinlar, qisqa muddatlarda ularga 2-ilovaga muvofiq maydonlarga ozuqa, sabzavot ekinlari va boshqa ekinlarni eksinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Davlat resurslariga don sotish bo‘yicha shartnoma majburiyatlarini bajargan qishloq xo‘jaligi korxonalariga hosilni o‘rish-yig‘ish ishlari uchun mashina-traktor parklari bilan hisob-kitoblarni xo‘jaliklar ixtiyorida qolgan don bilan, uni shartnomaviy narxlar bo‘yicha don mahsulotlari tayyorlash korxonalariga yetkazib berish va so‘ngra mablag‘larni mashina-traktor parklariga o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshirishiga ruxsat etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” davlat-kooperativ qo‘mitasi Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jalik mahsulotlarining hisob-kitob jamg‘armasi, xizmat ko‘rsatuvchi banklar va “O‘zdonmahsulot” davlat korporatsiyasi bilan birgalikda mashina-traktor parklarining hosilni yig‘ishtirish bo‘yicha bajargan ishlari hisobiga xo‘jaliklar tomonidan topshirilgan don uchun hisob-kitob qilish tartibini bir hafta muddatda ishlab chiqsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” davlat-kooperativ qo‘mitasi (Yusupov), “O‘zqishloqxo‘jalikmash-xolding” kompaniyasi (Matchonov) don hosilini yig‘ishtirib olish davrida sanoat korxonalarini tumanlarga 3-ilovaga muvofiq biriktirib qo‘ysinlar, sanoat korxonalari bilan “MTP” davlat-aksiyadorlik jamiyatlari o‘rtasida tegishli shartnomalar tuzishlarini ta’minlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zavtotrans” davlat korporatsiyasi, “O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” davlat-kooperativ qo‘mitasi xo‘jaliklarga ularning buyurtmanomalariga muvofiq donni tashishda foydalanish uchun yuk avtomobillarini 4-ilovaga muvofiq miqdorlarda yuborsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zarurat bo‘lganda don tashishga Mudofaa vazirligi va boshqa vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning avtomobil transporti tomonlarning kelishuviga asosan jalb qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Donni xo‘jaliklar tomonidan don qabul qilish punktlariga yetkazib berish bo‘yicha transport xarajatlari “O‘zdonmahsulot” davlat korporatsiyasi tomonidan to‘lanishi belgilab qo‘yilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. “O‘zdavdoninspeksiya” “O‘zdonmahsulot” davlat korporatsiyasi va “O‘zdavnazoraturug‘markaz” bilan birgalikda tayyorlanayotgan don va boshoqli don ekinlari urug‘ligining sifati ustidan kundalik nazorat o‘rnatsin, belgilangan me’yorlar va qoidalarning buzilishi hollariga qat’iy barham bersin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda xo‘jaliklarning 1999-yilda o‘zlari yetishtirgan hosildan o‘z ehtiyojlarini ta’minlaydigan hajmda urug‘lik g‘amlashini tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Urug‘lik donni “O‘zdonmahsulot” davlat korporatsiyasi bilan tuzilgan kontraktatsiya shartnomalari bo‘yicha don sotishning umumiy hajmlari hisobiga topshirish, shuningdek tovar dondan urug‘lik sifatida foydalanish qat’iy taqiqlansin. Urug‘lik fondini yaratishning belgilangan tartibi buzilishiga yo‘l qo‘ygan shaxslar respublika qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jalik mahsulotlarining hisob-kitob jamg‘armasi “O‘zdonmahsulot” davlat korporatsiyasi va Jamg‘armaning moliya agentlari bilan birgalikda topshirilgan don uchun Topshirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari uchun yakuniy hisob-kitob qilishda to‘lovlarni amalga oshirish tartibiga muvofiq Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan xo‘jaliklar bilan o‘z vaqtida hisob-kitob qilinishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jalik mahsulotlarining hisob-kitob jamg‘armasiga, “G‘alla-bank”, “Paxta-bank” va boshqa tijorat banklariga xo‘jaliklar va mashina-traktor parklarini don o‘rim-yig‘imi mavsumi qatnashchilariga o‘rim-yig‘im ishlari boshidan boshlab har besh kunda Vazirlar Mahkamasining “1999-yilda paxta xomashyosi va boshoqli ekinlar doni xarid narxlari hamda ichki xo‘jalik iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 15-maydagi 248-son qarorida nazarda tutilgan narxlar bo‘yicha ish haqi to‘lash uchun pul mablag‘lari va tegishli naqd pul bilan ta’minlash tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. “O‘zdonmahsulot” davlat korporatsiyasiga urug‘chilik xo‘jaliklaridan navli urug‘larni sifatiga muvofiq — super elita uchun tovar donga belgilangan narxdan 300 foizga, elita urug‘ uchun 200 foizga, birinchi reproduksiyali urug‘ uchun 150 foizga, ikkinchi-uchinchi reproduksiyali urug‘ uchun 100 foizga oshirilgan narxlar bo‘yicha xarid qilishga ruxsat berilsin, ular davlat resurslariga xarid qilinadigan donning umumiy hajmlariga kiritilmasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Don tashiyotgan temir yo‘l va avtomobil transporti xizmatlari uchun o‘z vaqtida hisob-kitob qilinishini ta’minlash maqsadida 1999-yil don hosilini tashish davrida, istisno tariqasida, shu yilning 1-noyabrigacha “O‘zdonmahsulot” davlat korporatsiyasi tizimi korxonalari uchun bevosita ishlab chiqarish faoliyati bilan bog‘liq kechiktirib bo‘lmaydigan ehtiyojlarga (transport xarajatlarini hisobga olgan holda) tushumdan 15 foiz miqdorida mablag‘ ajratish stavkasi belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. “O‘zneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi (Ahmedov) boshoqli don ekinlari hosilini yig‘ishtirish davrida xo‘jaliklarga hamda hosilni o‘rish-yig‘ishda va tashishda band bo‘lgan mashina-traktor parklariga yonilg‘i-moylash materiallarini belgilangan limitlar bo‘yicha uzluksiz berilishini ta’minlasin. “Keys” kombaynlari va traktorlari uchun moy yetkazib berilishiga alohida e’tibor berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. “O‘zagrokimyota’minot” birlashmasi elevator va omborxonalarni, shuningdek don mahsulotlarini zararli mikroblardan tozalash uchun zarur miqdordagi fumigantlarning o‘z vaqtida keltirilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Ichki ishlar vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari donning nobud bo‘lishi va talon-toroj qilinishi hollarining oldini olish maqsadida donni o‘rib-yig‘ib olish joylarida, xirmonlarda va don qabul qilish punktlarida kecha-kunduz ishlaydigan nazorat postlari o‘rnatsinlar, yong‘indan saqlash bo‘yicha zarur tadbirlarning bajarilishini ta’minlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman darajasidan boshlab don tayyorlashning yagona statistika hisobini yuritsin, don qabul qilish punktlaridan xo‘jaliklar bo‘yicha hisobotlarni qabul kvitansiyalari nusxalari ilova qilingandagina qabul qilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
don yetishtirishning umumiy hajmini aniqlash uchun aholi xo‘jaliklarida yetishtirilgan donni alohida satrda hisobga olsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
don yetishtirish va sotish to‘g‘risidagi statistika hisobotining to‘g‘riligini muntazam tekshirib borsin va aniqlangan noto‘g‘ri ma’lumotlar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasini xabardor qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosari B. M. Olimjonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1999-yil 24-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
267-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 24-maydagi 267-sonli qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1999-yilda boshoqli don ekinlari o‘rim-yig‘imida g‘alla kombaynlarining qatnashishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
G‘alla kombaynlari, jami‎ Shu jumladan, “Keys”, “Klaas” kombaynlari‎
Qoraqalpog‘iston Respublikasi‎ 179*‎ 77‎

viloyatlar:‎

Andijon‎ 456‎ 97‎
Buxoro‎ 266‎ 58‎
Jizzax‎ 610‎ 128‎
Qashqadaryo‎ 1355‎ 153‎
Navoiy‎ 177‎ 33‎
Namangan‎ 493‎ 63‎
Samarqand‎ 850‎ 111‎
Surxondaryo‎ 488‎ 96‎
Sirdaryo‎ 417‎ 114‎
Toshkent‎ 557‎ 110‎
Farg‘ona‎ 631‎ 72‎
Xorazm‎ 72‎ 72‎
Respublika bo‘yicha ‎jami:‎ 6551‎ 1184**
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* — sholi o‘rish-yig‘ish kombaynlari qatnashishi hisobga olingan holda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
** — 1999-yilda olinadigan 300 ta yangi “Keys” firmasi kombaynlarini hisobga olgan holda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 24-maydagi 267-sonli qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1998-yilda boshoqli don ekinlari yig‘ishtirib olingandan keyin sug‘oriladigan yerlarda takroriy qishloq xo‘jaligi ekinlari ekish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
M A Y D O N L A R I
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

‎‎‎‎‎‎‎‎‎‎‎(ming ga)

‎‏ Hammasi‎‏ Ulardan:‎‎

makkajo‘xori‎‎

sabzavot
‎‏soya
kartoshka‎‏
sholi

don uchun‎

silos uchun
Qoraqalpog‘iston Respublikasi‎ 1,4‎ 1‎ 0,4‎

viloyatlar:‎

Andijon‎ 41‎ 4‎ 25‎ 8‎ 3,5‎ 0,5‎
Buxoro‎ 28,3‎ 4‎ 20‎ 4‎ 0,3‎
Jizzax‎ 15,8‎ 3‎ 5‎ 7‎ 0,8‎
Qashqadaryo‎ 26‎ 4‎ 14‎ 8‎
Navoiy‎ 13,2‎ 3‎ 6‎ 4‎ 0,2‎
Namangan‎ 39,5‎ 4‎ 25‎ 8‎ 2‎ 0,5‎
Samarqand‎ 31‎ 4‎ 20‎ 7‎
Surxondaryo‎ 35,3‎ 4‎ 25‎ 6‎ 0,3‎
Sirdaryo‎ 20,5‎ 3‎ 10‎ 7‎ 0,5‎
Toshkent‎ 38,2‎ 3‎ 25‎ 9‎ 0,4‎ 0,8‎
Farg‘ona‎ 40,5‎ 4‎ 25‎ 9‎ 2‎ 0,5‎
Xorazm‎ 15,5‎ 10‎ 2‎ 2‎ 1,5‎
Jami:‎ 346,2‎ 40‎ 210‎ 80‎ 9,5‎ 1,7‎ 5‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 24-maydagi 267-sonli qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1999-yilda boshoqli don ekinlari hosilini yig‘ishtirib olish davrida “O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” davlat-kooperativ qo‘mitasi va “O‘zqishloqxo‘jalikmash-xolding” kompaniyasi zavodlarining don ekuvchi tumanlarga
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
BIRIKTIRIB QO‘YILIShI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Tumanlar‎

Zavodlar‎

Baxmal‎ “Toshkent qishloq xo‘jaligi mashinasozligi zavodi” OAJ‎
Zomin‎ “Toshkenttraktor zavodi” DAJ‎
Forish‎ “Jizzaxta’mirlash” AJ‎
Bulung‘ur‎ “Samarqandta’mirlash” AJ‎
Boysun‎ “Termiz remont zavodi” AJ‎
Denov‎ “Denovta’mir” AJ‎
Sherobod‎ “Sho‘rchi remont zavodi” AJ‎
Ohangaron‎ “Toshkent tajriba remont-mexanika zavodi” AJ‎
G‘allaorol‎ “Uskunaquruvchi” AJ‎
G‘uzor‎ “Toshkent agregat zavodi” AJ‎
Koson‎ “Qarshita’mir” AJ‎
Qamashi‎ “O‘zgidravlika” AJ‎
Chiroqchi‎ “Ko‘gayta’mirlash” AJ‎
Yakkabog‘‎ “Kimyoqishloqmash” AJ‎
Nurota‎ “Navoiy kon-metallurgiya kombinatining remont-mexanika zavodi” AJ‎
Nurobod‎ “Chirchiq qishloq xo‘jaligi mashinasozligi zavodi” OTAJ‎
Xovos‎ “O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mashinasozligi zavodi” ishlab chiqarish birlashmasi‎
Oq oltin‎ “Qo‘qonta’mirlash” AJ‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 24-maydagi 267-sonli qaroriga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1999-yilgi boshoqli don ekinlari hosilini tashish uchun jalb qilinadigan yuk avtomobillari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
‎‏
Jami avtomobillar‎‏
Shu jumladan:‎‎

Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi xo‘jaliklari va korxonalari‎

“O‘zavtotrans” davlat korporatsiyasi‎ “O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” davlat qo‘mitasi ‎ boshqa tashkilotlar‎
Qoraqalpog‘iston Respublikasi‎ 245‎ 245‎ —‎ —‎ —‎
viloyatlar:‎
Andijon‎ 637‎ 242‎ 195‎ 200‎
Buxoro‎ 952‎ 654‎ 156‎ 92‎ 50‎
Jizzax‎ 1117‎ 580‎ 425‎ 40‎ 72‎
Qashqadaryo‎ 2011‎ 1436‎ 435‎ 100‎ 40‎
Navoiy‎ 469‎ 393‎ 50‎ —‎ 26‎
Namangan‎ 1180‎ 680‎ —‎ 200‎ 300‎
Samarqand‎ 2068‎ 1768‎ 150‎ 100‎ 50‎
Surxondaryo‎ 2372‎ 2050‎ 150‎ 120‎ 52‎
Sirdaryo‎ 757‎ 276‎ 240‎ 57‎ 184‎
Toshkent‎ 1470‎ 1230‎ 150‎ 90‎ —‎
Farg‘ona‎ 1751‎ 1431‎ 100‎ 120‎ 100‎
Xorazm‎ 371‎ 371‎ —‎ —‎ —‎
Respublika bo‘yicha jami:‎ 15400‎ 11356‎ 2051‎ 1119‎ 874
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: bundan tashqari, xo‘jaliklarning 15,3 mingta traktor tirkamalari don tashishda qatnashadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Avtomobil transportiga bo‘lgan ehtiyoj viloyatlarning buyurtmanomalaridan kelib chiqib belgilangan.