Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 03.02.2000 yildagi 36-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2000-yilda ekinlarning oʻsish davrida Norin-Sirdaryo havzasi suv resurslaridan samarali foydalanishga doir kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi yillarda suv resurslaridan isrofgarchilik bilan foydalanish sugʻorish suvlarini ishlatishning koʻpayishiga olib keldi. Masalan, ekinlarning oʻsish davrida norma boʻyicha 1 gektar hisobiga moʻljallangan 8,0 — 8,5 ming kub metr oʻrniga amalda 12,0 — 13,0 ming kub metr suv sarflanmoqda. Natijada koʻpgina mintaqalarda yerlarning meliorativ holati yomonlashmoqda va botqoqlanish hollari yuz bermoqda, shuningdek tuproq unumdorligi va qishloq xoʻjaligi ekinlari hosildorligi pasaymoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xoʻjaligi ekinlarini oʻstirish boʻyicha agrotexnika tadbirlari baʼzan yuqori sugʻorish normasi bilan tez-tez sugʻorishlardan iborat boʻlib qolmoqda, natijada moddiy xarajatlar va tegishli ravishda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari tannarxi oshmoqda. Bunday hollar Jizzax, Namangan, Sirdaryo, Toshkent, Fargʻona viloyatlarida kuzatilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Norin-Sirdaryo havzasi suv resurslaridan samarali foydalanish va 2000-yilda ekinlarning oʻsish davridagi sugʻorishlarni meʼyorida oʻtkazish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Qishloq xoʻjaligi organlari, shirkatlar, kooperativlar, boshqa suvdan foydalanuvchilar va suv xoʻjaligi tashkilotlarining suv resurslaridan oqilona foydalanishga doir ishlari qoniqarsiz deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Viloyatlar, kanallar tizimlari boʻyicha suv isteʼmoli limitlari va qishloq xoʻjaligi ekinlarini sugʻorishga ichki suv resurslarini qoʻshimcha ravishda jalb qilishga doir tadbirlar 1 va 2-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Andijon, Jizzax, Namangan, Sirdaryo, Toshkent, Fargʻona viloyatlari hokimliklari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suv isteʼmolining belgilangan limitlariga qatʼiy rioya qilinishini, suv resurslaridan oqilona foydalanilishini, qishloq xoʻjaligi ekinlarini oʻstirishda tuproqda nam saqlanishiga koʻmaklashuvchi agrotexnika tadbirlar kompleksi oʻz vaqtida oʻtkazilishini, zaruriyat boʻlganda, xoʻjaliklararo suv oborotlari joriy etilishini taʼminlasinlar, sugʻoriladigan suvning behuda oqizilishiga yoʻl qoʻymasinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuproqda nam toʻplash, koʻp yillik oʻsimliklarni sugʻorish va shoʻr yuvishni oʻz vaqtida, sifatli tugallash uchun qishki boʻsh suv oqimlaridan toʻliq foydalanish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqsinlar va amalga oshirsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har bir viloyatda sugʻorish suvlarini nazorat qilish va ulardan oqilona foydalanish boʻyicha maxsus guruhlar tuzsinlar, suvdan foydalanish intizomini buzganlarni amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq qatʼiy javobgarlikka tortsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har bir suvdan foydalanuvchi bilan Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida suvdan cheklangan miqdorda foydalanish toʻgʻrisida” 1993-yil 3-avgustdagi 385-son qaroriga muvofiq suvdan foydalanish yuzasidan shartnomalar tuzilishini taʼminlasinlar va ularning bajarilishi ustidan qattiq nazorat oʻrnatsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligi ekinlarining oʻsish davrida ularning qurib qolishiga yoʻl qoʻymaslik va moʻl hosil olish boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi manfaatdor vazirliklar, idoralar bilan birgalikda davlatlararo Qayroqqum suv omborini (Tojikiston Respublikasi bilan kelishuv boʻyicha), shuningdek respublikamizdagi Andijon, Karkidon, Kosonsoy va boshqa suv omborlarini toʻldirish hamda ularning suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlarini ishlab chiqsin va amalga oshirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. 2000-yilda Toʻqtagʻul suv ombori suv resurslarini saqlash va ekinlarni oʻsish davrida sugʻorishni taʼminlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Energetika va elektrlashtirish vazirligi Toʻqtagʻul suv omboridan qoʻshimcha suv oʻtkazish hisobiga yoz davrida Norin GES kaskadi ishlab chiqargan elektr quvvatini 3-ilovaga* muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi energetika tizimiga olishni taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
olingan elektr quvvati qiymatini “Qirgʻiz energo” AJning 11,8 mln. AQSh dollari miqdoridagi 1999-yilgi qarzi hamda joriy yilning qish-bahor davrida Qirgʻiziston Respublikasi bilan kelishilgan holda yetkazib beriladigan 152 mln. kub metr hajmidagi tabiiy gaz hisobiga kompensatsiya qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. 2000-yilda ekinlarning oʻsish davrida suv resurslaridan foydalanish masalalarini nazorat qilish va tartibga solib borish boʻyicha 4-ilovaga* muvofiq tarkibda respublika komissiyasi tuzilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
*1, 2, 3, va 4-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.M. Olimjonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2000-yil 3-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36-son