Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.05.2021 10.08.2013 yildagi 479-q-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.05.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
samarqand viloyati Nurobod tumani hokimining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori

Bayram kunlarida tuman hududida Davlat bayrogʻini koʻtarish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining 2021-yil 7-maydagi 219/30-VI-sonli “Samarqand viloyati mahalliy davlat hokimiyati organlarining eskirgan va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan normativ tusdagi qarorlarini bekor qilish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2021-yil 25-maydan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 1-son, 27-modda) talablaridan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 12-iyundagi PQ-1984-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining yigirma ikki yillik bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan mazkur bayramni yuqori saviyada tashkil etish va oʻtkazish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasiga asosan qaror qilaman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Tuman hududining “Mustaqillik” bayrami tadbirlari boʻlib oʻtadigan “Shoʻrobod” mahallasi hududidagi “Guliston” koʻchasida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi 2013-yil 27-avgust kunidan boshlab 3-sentabrgacha, har kuni soat 06-00 da koʻtarilib, 22-00 da tushirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Tuman hududida yuqorida belgilangan kun va vaqtlarda Davlat bayrogʻi koʻtariladigan korxona, muassasa, tashkilotlar roʻyxati 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 1-ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilangan kunlarda Davlat bayroqlarini koʻtarish va tushirish 1-ilovada koʻrsatilgan barcha tashkilot, korxona, muassasalar rahbarlari zimmalariga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Tuman ichki ishlar boʻlimi “Davlat bayrogʻi toʻgʻrisida”gi Qonun hamda mazkur qaror talablarini bajarilishi yuzasidan qatʼiy nazorat oʻrnatsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish tuman hokimining iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari B. Xolboyev zimmasiga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hokim J. IBRAGIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nurobod sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2013-yil 10-avgust,

479-q-son