Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining
Qarori
Samarqand viloyati mahalliy davlat hokimiyati organlarining eskirgan va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan normativ tusdagi qarorlarini bekor qilish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6, 24 va 25-moddalariga muvofiq, xalq deputatlari viloyat Kengashining VI chaqiriq, XXX sessiyasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmonida 2021-yil 1-iyunga qadar mahalliy davlat hokimiyati organlarining eskirgan va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan normativ-huquqiy hujjatlarini bekor qilish choralarini koʻrish belgilanganligi inobatga olinsin.
2. Samarqand viloyatidagi mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilingan eskirgan va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan normativ huquqiy tusdagi qarorlar ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari — matbuot kotibi (M. Mirzayev) ushbu qaror rasmiy eʼlon qilinishini va hokimlikning rasmiy veb-saytiga joylashtirilishini taʼminlasin.
4. Mazkur qaror rasman eʼlon qilingandan keyin kuchga kiradi.
5. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish viloyat hokimining birinchi oʻrinbosari J. Urakov zimmasiga yuklatilsin.
Kengashi raisi E. TURDIMOV
Samarqand sh.,
2021-yil 7-may,
219/30-VI-son