Hujjat kuchini yo‘qotgan 12.12.2018 09.07.2004 yildagi PF-3454-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 12.12.2018
Hujjat 09.07.2004 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SANOATDA VA KONChILIKDA IShLARNING BEXATAR OLIB BORILIShINI NAZORAT QILISh AGENTLIGINI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SANOATDA, KONChILIKDA VA KOMMUNAL-MAIShIY SEKTORDA IShLARNING BEXATAR OLIB BORILIShINI NAZORAT QILISh DAVLAT INSPEKSIYASIGA AYLANTIRISh TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-dekabrdagi PF-5594-soni “Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasida davlat boshqaruvi va nazorati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika davlat boshqaruvi organlari tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2003-yil 9-dekabrdagi PF-3358-son Farmoniga muvofiq va Sanoatda, gaz taʼminoti hamda kon nazorati sohasida boshqaruv tuzilmasini yanada takomillashtirish va ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish samaradorligini taʼminlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (“Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi)ga aylantirilsin,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan Sanoatda ishlarni bexatar olib borish, gaz taʼminoti va undan foydalanish, yer osti boyliklaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish, mineral xomashyolarni qayta ishlash va metallurgiya jihatidan ishlov berish, shuningdek konchilikda ishlarning geologiya-marksheyderlik taʼminoti boʻyicha qonun hujjatlari va normativ-texnik hujjatlar talablariga rioya etilishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanoatda va kon nazoratini taʼminlash sohasida ishlarning bexatar olib borilishini oldini olish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika gaz xoʻjaligi tizimida hamda koʻp kvartirali uylar va kommunal-maishiy obyektlarning gaz taʼminotida xavfsizlikni taʼminlash yuzasidan nazoratni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
texnik xavfsizlik va yer osti boyliklarini muhofaza qilish masalalari boʻyicha ilmiy-texnik dasturlarni ishlab chiqishda ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iqtisodiyotning tegishli sektorda ishlarning bexatar olib borilishini taʼminlash tizimini takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining harbiylashtirilgan kon-qutqarish qismiga tezkor va uslubiy rahbarlik qilish.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi qayta tashkil etilayotgan Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligining huquqiy vorisi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat qoʻmitasini Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligiga aylantirish toʻgʻrisida” 2000-yil 7-fevraldagi PF–2535-son Farmoni oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish masalalari boʻyicha qaror qabul qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur Farmonning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2004-yil 9-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-3454-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 28-son, 319-modda; 2010-y., 52-son, 510-modda)