O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2013-2018-yillarda zamonaviy madaniyat va aholi dam olish markazlarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2013-yil 25-iyundagi 178-son qarori)
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2013 — 2018-yillarda zamonaviy madaniyat va aholi dam olish markazlarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2013-yil 25-iyundagi 178-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 13-sentabr,
249-son
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 13-sentabrdagi 249-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar va qo‘shimcha
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-iyundagi 411-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son)
2. Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 19-yanvardagi 10-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 1-son, 2-modda) bilan tasdiqlangan Asarlar ommaviy ijro etilganligi uchun mualliflik haqining eng kam stavkalari to‘g‘risidagi nizomda:
a) I bo‘limning 23-bandidagi “klublar” so‘zi “madaniyat va aholi dam olish markazlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) III bo‘limning 1-bandidagi “klublar, madaniyat uylari va saroylari” so‘zlari “madaniyat va aholi dam olish markazlari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-iyundagi 411-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son)
4. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 24-iyundagi 177-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 6-son, 51-modda) bilan tasdiqlangan Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish qoidalariga 9-ilovadagi Ish beruvchining faoliyati turlari xavfliligi darajalari tasnifi va ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta tariflari koeffitsiyentlarining 29-bandidagi “Madaniyat saroylari va uylari, doimiy va ko‘chma klublar (avtoklublar, klub-vagonlar, suzuvchi madaniy bazalar va boshqalar)” so‘zlari “Madaniyat va aholi dam olish markazlari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
5. Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulki obyektlaridan kelgusida samarali foydalanish va ularni tasarruf etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2012-yil 31-maydagi 154-son qarorida:
a) 1-ilovaning 139 va 260-qatorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 774-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 38-son, 491-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son)