1-ILOVA
|
T/r |
Tadbirlar nomi |
Bajarish muddatlari |
Moliyalashtirish manbalari |
Bajarish uchun mas’ullar |
|
I. Madaniyat va aholi dam olish markazlari faoliyatini tashkil etish | ||||
|
1. |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar tumanlari (shaharlari) bo‘yicha 1777 ta madaniyat uylari va klub muassasalari negizida, ular tomonidan ko‘rsatiladigan madaniy-ommaviy xizmatlardan keng aholi qatlamlarining foydalanishi ta’minlanishini hisobga olgan holda, 894 ta madaniyat va aholi dam olish markazlarini (ulardan 38 tasi — imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun) aniqlash va joylashtirish sxemasini tasdiqlash. |
2013-yil III chorak |
— |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Madaniyat va sport ishlari vazirligi |
|
2. |
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan taqdim etilgan buyurtma va texnik talablar asosida madaniyat va aholi dam olish markazlarining uchta namunaviy loyihalarini tegishli loyihalash institutini jalb etgan holda ishlab chiqish, bunda markazlarning qiyofasi va interyerining arxitektura-rejalashtirish yechimlariga yagona yondashuvlarni nazarda tutish. |
2013-yil iyun-iyul |
Madaniyat va sport ishlari vazirligi mablag‘lari |
O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi |
|
3. |
Madaniyat va aholining dam olish markazlarining joylashgan o‘rniga va xizmat ko‘rsatiladigan aholiga bog‘liq holda ularning I, II, III tiplari namunaviy shtatlar jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2013-yil avgust |
— |
Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligi |
|
4. |
Madaniyat va aholi dam olish markazlari rahbarlari va ijodiy xodimlarining lavozim yo‘riqnomalarini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2013-yil iyul |
— |
Madaniyat va sport ishlari vazirligi |
|
5. |
Madaniyat va san’at markazlarida to‘garak ishlarining har bir turi bo‘yicha yangi, zamonaviy o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish. |
2013-yil oxirigacha |
— |
Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati markaziy kengashi |
|
6. |
To‘garaklar, studiyalar, havaskorlik birlashmalari badiiy havaskorlik jamoalari faoliyatini tashkil etish bo‘yicha yangi uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqish. |
2013-yil oxirigacha doimo |
— |
Madaniyat vazirligi |
|
7. |
Madaniyat va aholi dam olish markazlari uchun yangi repertuar to‘plamlari ishlab chiqish va ular bilan ta’minlash. |
2013-yil oxirigacha doimo |
— |
Madaniyat vazirligi |
|
8. |
Madaniyat va aholi dam olish markazlarini zamonaviy axborot resurslari hamda davriy matbuot nashrlari bilan ta’minlash. |
birinchi bosqich — 2013-yil oxirigacha |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari va xayriya mablag‘lari |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Madaniyat vazirligi |
|
II. Madaniyat va aholi dam olish markazlari moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va mustahkamlash | ||||
|
9. |
Madaniyat va aholi dam olish markazlarining ustavdagi vazifalariga muvofiq bo‘lgan (ko‘p funksiyali zali mavjud bo‘lgan) mos binolarni qidirib topish va ajratish. |
2013-yil III chorak |
— |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Davlat raqobat qo‘mitasining hududiy boshqarmalari, Madaniyat va sport ishlari vazirligi |
|
10. |
2013 — 2018-yillarda madaniyat va aholi dam olish markazlarini mukammal ta’mirlash hamda zamonaviy asbob-uskunalar va anjomlar bilan jihozlashning manzilli ro‘yxatlari asosiy parametrlarini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Madaniyat, ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari axborot-tahlil departamenti bilan kelishish. |
2013-yil III chorak |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari va xayriya mablag‘lari |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi |
|
11. |
Madaniyat va aholi dam olish markazlarini, shu jumladan |
har yili |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari va xayriya mablag‘lari |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Madaniyat, Iqtisodiyot, Moliya vazirliklarining, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasining hududiy boshqarmalari |
|
12. |
Madaniyat va aholi dam olish markazlarini mukammal ta’mirlash va jihozlashning mintaqaviy manzilli ro‘yxatlarini, keyinchalik tegishli protokol bilan tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritgan holda, har yili Iqtisodiyot vazirligiga va Moliya vazirligiga taqdim etish. |
har yili |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari va xayriya mablag‘lari |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Madaniyat vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi |
|
13. |
Madaniyat va aholi dam olish markazlarini muassasalarning turlari bo‘yicha jihozlash normativini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2013-yil III chorak |
— |
Madaniyat va sport ishlari vazirligi |
|
14. |
Maqbullashtirilayotgan madaniyat uylari va klub muassasalaridagi mavjud, foydalanishga yaroqli musiqa asboblari va anjomlarini yangidan tashkil etilayotgan madaniyat va aholi dam olish markazlarining balansiga belgilangan tartibda o‘tkazish. |
2013-yil II va |
— |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, |
|
15. |
Madaniyat va aholi dam olish markazlarini tasdiqlangan normativlarga muvofiq zarur musiqa asboblari, mebellar va anjomlar bilan jihozlashni hisobga olgan holda loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi yagona buyurtmachi xizmatlari tomonidan madaniyat va aholi dam olish markazlari obyektlarini mukammal ta’mirlash uchun tanlov (tender) savdolari o‘tkazish. |
har yilgi manzilli ro‘yxatlar tasdiqlangandan keyin ikki oy muddatda |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari va xayriya mablag‘lari |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Madaniyat vazirligi, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi |
|
16. |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari mablag‘lari, shu jumladan madaniyat uylari va klub muassasalarini maqbullashtirish munosabati bilan bo‘shaydigan mablag‘lar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining yil boshidagi bo‘sh qoldiqlari, I — III choraklar yakunlari bo‘yicha daromadlar prognozining oshirib bajarilishi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari xarajatlari bo‘yicha tejash natijasida bo‘shaydigan mablag‘lar, shuningdek jalb etiladigan homiylik mablag‘lari va boshqa mablag‘lar hisobiga madaniyat va aholi dam olish markazlarini mu�ammal ta’mirlash (rekonstruksiya qilish) va jihozlashga mablag‘lar ajratish. |
yil davomida |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari va xayriya mablag‘lari |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Moliya vazirligi |
|
17. |
Madaniyat va aholi dam olish markazlariga ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, madaniy-ommaviy tadbirlarni sifatli o‘tkazish, shu jumladan transport xizmati ko‘rsatish uchun ularga zarur shart-sharoitlarni tashkil etish masalalarida ko‘maklashish. |
doimo |
— |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
18. |
Madaniyat uylari va klub muassasalarini maqbullashtirish natijasida bo‘shaydigan binolarni mahalliy hokimliklar balansiga qabul qilib olish hamda kelgusida ulardan samarali foydalanish, shu jumladan ularni birja va birjadan tashqari savdolar orqali sotish. |
2013-2014-yillar |
— |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Davlat raqobat qo‘mitasining hududiy boshqarmalari |
|
III. Kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish | ||||
|
19. |
Yangidan tashkil etilayotgan madaniyat va aholi dam olish markazlariga madaniyat uylari va klub muassasalari rahbar xodimlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda attestatsiyadan o‘tkazish yo‘li bilan tanlov asosida malakali rahbar kadrlarni tanlab olish bo‘yicha respublika komissiyasini tuzish. Attestatsiya o‘tkazish to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish, respublika komissiyasi tarkibini tuzish va tasdiqlash, shuningdek madaniyat va aholi dam olish markazlarining asosiy vazifalaridan kelib chiqqan holda rahbar xodimlarni yuqori talabchanlik, qat’iyatlilik va xolisona baholash vaziyatida attestatsiyadan o‘tkazish. |
2013-yil iyul |
— |
Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
20. |
Madaniyat uylari va klub muassasalari sonini maqbullashtirish natijasida bo‘shab qoladigan xodimlarni ishga joylashtirish uchun zarur chora-tadbirlar ko‘rish va ko‘maklashish. |
2013-yil II va |
— |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi |
|
21. |
O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida, Toshkent milliy raqs va xoreografiya oliy maktabida, O‘zbekiston davlat konservatoriyasida madaniyat va aholi dam olish markazlari uchun tayyorlanadigan ta’lim standartlari, o‘quv rejalari va dasturlarini yo‘nalishlar va mutaxassisliklarni takomillashtirish. |
2013-yil oxirigacha |
— |
Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, “O‘zstandart” agentligi |
|
22. |
Ko‘chma treninglar va mintaqaviy seminarlar o‘tkazish yo‘li bilan madaniyat va aholi dam olish markazlari mutaxassislarining malakasini oshirish. |
doimo, har yili tasdiqlanadigan jadvallarga muvofiq |
Madaniyat va sport ishlari vazirligi mablag‘lari |
Madaniyat vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi |
|
23. |
Madaniyat va aholi dam olish markazlarida to‘garak mashg‘ulotlarini o‘tkazishga musiqa va san’at maktablari, umumta’lim maktablari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari o‘qituvchilarini ko‘pi bilan 0,5 stavka hisobidan, kontrakt asosida jalb etish. |
doimo |
— |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Madaniyat vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi |
|
24. |
Madaniyat va aholi dam olish markazlarida oliy ta’lim muassasalarining tegishli yo‘nalishlar va mutaxassisliklar bo‘yicha bitiruvchi talabalarining, shuningdek madaniyat va san’at kasb-hunar kollejlari o‘quvchilarining o‘quv, ishlab chiqarish hamda diplomdan oldingi amaliyotini o‘tashini (stajirovkasini) ta’minlash. |
doimo, har yili tasdiqlanadigan jadvallarga muvofiq |
— |
Madaniyat vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi |
|
IV. Madaniy-ma’rifiy faoliyatni tashkil etish chora-tadbirlari | ||||
|
25. |
Har bir markazning ma’naviy-ma’rifiy ishlar sohasidagi davlat siyosati asosiy yo‘nalishlarini bajarishga qaratilgan yillik kalendar rejalari — tadbirlarini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2013-yildan boshlab har yili |
— |
Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, O‘zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
“Mustaqillik”, “Navro‘z”, “Xotira va qadrlash kuni”, “Konstitutsiya kuni”, “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni”, “O‘qituvchilar va murabbiylar kuni” milliy va kasb bayramlariga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining boshqa kasb bayramlariga bag‘ishlangan tadbirlarni o‘tkazishga madaniyat va aholi dam olish markazlarining yanada keng jalb etilishini ta’minlash. |
2013-yildan boshlab har yili |
Bajaruvchilar mablag‘lari |
Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, O‘zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari | |
|
26. |
Madaniyat va san’at, ma’naviy-axloqiy rivojlanish hamda milliy o‘z o‘zini anglashning o‘sishi sohalarida O‘zbekistonda ro‘y berayotgan o‘zgarishlarni keng va to‘liq ochib berishni ta’minlovchi ko‘riklar, ko‘rgazmalar, festivallar va tanlovlarni aholining turli qatlamlarini jalb etgan holda tashkil etish va o‘tkazish. |
2013-yildan boshlab doimo |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari mablag‘lari |
Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, O‘zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
27. |
Aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida O‘zbekistonning boy ma’naviy va madaniy merosini saqlash va targ‘ib etishga yo‘naltirilgan tadbirlar rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish. Chunonchi, folklor jamoalarini, milliy hunarmandchilik ustaxonalarini tashkil etish. |
2013-yildan boshlab har yili |
— |
Madaniyat vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
28. |
O‘quvchilar va talabalarning yozgi ta’tillari davrida bolalar va yoshlar uchun madaniy-ommaviy va sport tadbirlarini o‘tkazish. |
2013-yildan boshlab har yili |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari mablag‘lari |
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Markaziy kengashi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hok�mliklari |
|
29. |
Qo‘shimcha pulli xizmatlar ko‘rsatishni takomillashtirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rish, shu jumladan madaniyat va aholi dam olish markazlarida pulli to‘garaklar, studiyalar, havaskorlik jamoalari konsertlarini tashkil etish. |
2013-yil II chorak doimo |
— |
Madaniyat vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi |
|
30. |
Dastur doirasida bajarilayotgan tadbirlarni, madaniyat va aholi dam olish markazlari qatnashchilarining yutuqlari va muvaffaqiyatlari to‘g‘risidagi materiallarni ommaviy axb�rot vositalarida hamda Internet tarmog‘ida muntazam yoritib borish. |
doimo |
Bajaruvchilar mablag‘lari |
O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, Madaniyat vazirligi |