O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yerlarning meliorativ holatini yaxshilash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007-yil 29-oktabrdagi PF–3932-sonli Farmoniga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida” 2013-yil 19-apreldagi PF–4533-son Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2013 — 2017-yillar davrida sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yanada yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2013-yil 19-apreldagi PQ–1958-son qarori)
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 401-sonli “Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish ishlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yerlarning meliorativ holatini yaxshilash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007-yil 29-oktabrdagi PF-3932-son Farmoniga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida” 2013-yil 19-apreldagi PF-4533-son Farmoniga hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2013 — 2017-yillar davrida sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yanada yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2013-yil 19-apreldagi PQ-1958-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 28-iyun,
185-son
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 28-iyundagi 185-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-dekabrdagi 969-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2017-y., 09/17/969/0405-son)
2. Vazirlar Mahkamasining “Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash dasturlarini shakllantirish va amalga oshirishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2008-yil 28-noyabrdagi 261-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 11-son, 63-modda):
a) Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash bo‘yicha loyihalarni shakllantirish, ishlab chiqish, ekspertizadan o‘tkazish, tasdiqlash va amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomda:
3-bandga quyidagi mazmundagi o‘n yettinchi xatboshi qo‘shilsin:
“meliorativ obyektlardagi oldindan ko‘rib bo‘lmaydigan ishlar — meliorativ obyektlardan foydalanish davomida aniqlangan Davlat dasturi bilan qamrab olinmagan bajarilishi zarur bo‘lgan ta’mirlash-tiklash ishlari”;
o‘n yettinchi — o‘n to‘qqizinchi xatboshi tegishli ravishda o‘n sakkizinchi — yigirmanchi xatboshi deb hisoblansin;
6-bandning to‘rtinchi xatboshidagi va 16-bandning oltinchi xatboshidagi “mexanizmlar” so‘zi “boshqa mexanizatsiyalash vositalari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
7-bandning to‘rtinchi xatboshidagi “chora-tadbirlarni” so‘zlari “va boshqa suv xo‘jaligi ishlarini” so‘zlari bilan almashtirilsin;
11-banddagi “meliorativ texnika” so‘zlari “melioratsiya texnikasi, mashinalari va boshqa mexanizatsiyalash vositalari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “meliorativ texnika” so‘zlari “melioratsiya texnikasi, mashinalari va boshqa mexanizatsiyalash vositalari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi qo‘shilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining Qurilayotgan korxonalar birlashgan direksiyalari (keyingi o‘rinlarda QKBD deb ataladi);
oltinchi, yettinchi va sakkizinchi xatboshi tegishli ravishda yettinchi, sakkizinchi va to‘qqizinchi xatboshi deb hisoblansin;
to‘qqizinchi xatboshidagi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi” so‘zlaridan keyin “O‘zbekiston Fermerlari kengashi” so‘zlari qo‘shilsin;
16-bandning yettinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
birinchi va ikkinchi xatboshidagi “Meliorativ ekspeditsiya” so‘zlari “Meliorativ ekspeditsiya bilan birgalikda QKBD” so‘zlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “va korxonalar” so‘zlari chiqarib tashlansin;
uchinchi xatboshidagi “tumanlar hokimliklari rahbarlari” va “energetika va aloqa boshqarmalari boshliqlari” so‘zlaridan keyin tegishli ravishda “Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va tumanlar Fermerlar kengashlari” va “QKBD” so‘zlari qo‘shilsin;
to‘rtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
beshinchi — sakkizinchi xatboshi tegishli ravishda to‘rtinchi — yettinchi xatboshi deb hisoblansin;
oltinchi va yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“meliorativ obyektlardagi avariya-tiklash ishlari va oldindan ko‘rish mumkin bo‘lmagan ishlarning xarajatlari smetalari bo‘yicha takliflar;
viloyatlar va texnika turlari bo‘yicha “O‘zmeliomashlizing” davlat lizing kompaniyasi bilan kelishilgan melioratsiya texnikasi, mashinalari va boshqa mexanizatsiyalash vositalarini taqsimlash bo‘yicha takliflar;
30-bandning uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“tumanlararo va xo‘jaliklararo kollektorlarni va ulardagi inshootlarni, vertikal drenaj quduqlarni, nasos stansiyalarini, kuzatish tarmoqlarini, yopiq gorizontal drenaj tarmoqlarini tiklash va ta’mirlash, shuningdek meliorativ obyektlardagi avariya-tiklash ishlari va oldindan ko‘rish mumkin bo‘lmagan ishlar – QKBD;
31-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“31. Loyiha-qidiruv hujjatlarini ishlab chiqishga topshiriqlar:
meliorativ obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha — Departament tomonidan;
meliorativ obyektlarni ta’mirlash va tiklash bo‘yicha — QKBD tomonidan meliorativ ekspeditsiyalar bilan birgalikda tayyorlanadi.
Loyiha-qidiruv hujjatlarini ishlab chiqishga topshiriqlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari mutasaddi rahbarlari, havza boshqarmalari, nasos stansiyalari, energetika va aloqa boshqarmalari, “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi hududiy organlari, zarurat bo‘lganda — Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi hududiy organlari rahbarlari bilan kelishiladi”;
37-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“37. Meliorativ nasos stansiyalari va vertikal drenaj quduqlarni ta’mirlash va tiklash ishlari ishchi loyihalar asosida amalga oshiriladi.
Meliorativ nasos stansiyalari va vertikal drenaj quduqlarni ta’mirlash va tiklash ishlari bo‘yicha ishchi loyihalar havza boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan ishchi komissiyalar tomonidan tuzilgan nuqsonlar dalolatnomalari asosida amalga oshiriladi.
Ishchi komissiya tarkibiga QKBD, meliorativ ekspeditsiya, nasos stansiyalari, energetika va aloqa boshqarmasi, Departament, tuman qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limi, tegishli suv iste’molchilari uyushmalari va boshqa manfaatdor tashkilotlarning vakillari kiritiladi.
Favqulodda hollarda meliorativ obyektlardagi avariya-tiklash ishlari va oldindan ko‘rish mumkin bo‘lmagan ishlar Departament bilan kelishgan holda alohida lokal smetalar bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin.
Lokal smetalar loyiha tashkilotlari tomonidan tuziladi, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasining hududiy ekspertiza boshqarmalarida ekspertizadan o‘tkaziladi va QKBD tomonidan tasdiqlanadi”;
VII bo‘lim o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
Nizomga ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilashning har yilgi manzilli dasturlarini shakllantirish, kelishib olish va tasdiqlash
SXEMASI
SXEMASI
1. 1-maygacha meliorativ obyektlarning texnik holatini va sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini o‘rganish, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash bo‘yicha takliflarni tahlil qilish, umumlashtirish va ishlab chiqish, muhokama qilish, shuningdek tumanlar hokimlari bilan kelishish.
2. Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash bo‘yicha takliflarni umumlashtirish va 15-maygacha bo‘lgan muddatda QKBD va meliorativ ekspeditsiyaga taqdim etish.
3. Ishchi guruhlarning takliflarini tahlil qilish va umumlashtirish, kelgusi yil uchun hududiy manzilli dasturni shakllantirish va havza boshqarmasi suv xo‘jaligi kengashi a’zolari va boshqa manfaatdor tashkilotlar ishtirokida tumanlar hokimlari (viloyat hokimi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi) huzurida uning taqdimotini o‘tkazish.
4. 25-maygacha bo‘lgan muddatda hududiy manzilli dasturlarni ko‘rib chiqish uchun Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligiga taqdim etish.
5. 1-iyungacha bo‘lgan muddatda hududiy manzilli dasturlarni tahlil qilish, ekspertizadan o‘tkazish va umumlashtirish, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining ITK va Yer-suv resurslaridan oqilona foydalanish, irrigatsiyani rivojlantirish va yerlar unumdorligini oshirish kengashi majlisida muhokama qilish.
6. 5-iyungacha bo‘lgan muddatda kelgusi yil uchun sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish uchun kiritish.
7. Ko‘rib chiqish va 15-iyungacha bo‘lgan muddatda xulosalar berish.
8. Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash bo‘yicha takliflar va xulosalarni o‘rganib chiqish hamda 1-iyulgacha bo‘lgan muddatda Jamg‘arma Kengashiga taqdim qilish.
9. Kelgusi yil uchun manzilli dasturni hamda amalga oshirish yo‘nalishini muhokama qilish va tasdiqlash.
10. Loyihani amalga oshirish”;
b) O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasi daromadlarini shakllantirish va mablag‘larini sarflash tartibi to‘g‘risidagi Nizomda:
4-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“4. Jamg‘arma mablag‘lari Jamg‘armaning g‘aznachilik hisob raqamida jamlanadi”;
ikkinchi xatboshiga “Davlat budjeti” so‘zlaridan oldin “O‘zbekiston Respublikasi” so‘zlari qo‘shilsin;
quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
“Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan to‘lanadigan yagona yer solig‘i bo‘yicha tushumlarga muvofiq bo‘lgan Davlat budjetidan ajratmalar Jamg‘arma mablag‘larining har yili tasdiqlanadigan asosiy parametrlari doirasida ajratiladi”;
7-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“7. Meliorativ tadbirlarni moliyalashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari Departamentning O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligiga taqdim etilgan buyurtmanomalari asosida Jamg‘armaning g‘aznachilik hisob raqamiga o‘tkaziladi”;
quyidagi mazmundagi 81-band qo‘shilsin:
“81. Departament Jamg‘arma Kengashi tomonidan tasdiqlanadigan sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash loyihalarining manzilli dasturiga kiritilgan loyihalarni moliyalashtiradi.
Loyihalarning tasdiqlangan manzilli ro‘yxati, buyurtmachi bilan pudrat tashkilotlari o‘rtasida tuzilgan kontrakt va boshqa moliyaviy hujjatlar moliyalashtirish uchun asos hisoblanadi”;
9-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“9. Departament Jamg‘arma mablag‘larining bosh tasarrufchisi hisoblanadi hamda meliorativ obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilish, magistral kollektorlarni ta’mirlash va tiklash obyektlari bo‘yicha buyurtmachi hisoblanadi, shuningdek qaytarish asosida mablag‘lar berish yo‘li bilan melioratsiya texnikasi, mashinalari va boshqa mexanizatsiyalash vositalari (keyingi o‘rinlarda melioratsiya texnikasi deb ataladi) xarid qilinishini moliyalashtiradi.
Departament tumanlararo kollektorlarni, xo‘jaliklararo kollektor-drenaj tarmoqlarini, meliorativ nasos stansiyalari (agregatlari)ni, vertikal drenaj quduqlarini va kuzatish tarmoqlarini ta’mirlash va tiklash obyektlari bo‘yicha moliyalashtiruvchi organ hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining Qurilayotgan korxonalar birlashgan direksiyalari (keyingi o‘rinlarda QKBD deb ataladi) esa — buyurtmachilar va Jamg‘arma mablag‘larining quyi taqsimlovchilari hisoblanadilar”;
quyidagi mazmundagi 91 va 92-bandlar qo‘shilsin:
“91. Jamg‘arma mablag‘lari hisobiga loyihalarni moliyalashtirish qat’iy ravishda kapital qo‘yilmalarning ajratilgan limitlari doirasida amalga oshiriladi.
Jamg‘arma mablag‘lari hisobiga tomchilatib sug‘orish tizimini joriy etish bo‘yicha loyihalarni moliyalashtirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Bunda Davlat dasturi bo‘yicha nazarda tutilgan mablag‘lardan boshqa maqsadlarda, shu jumladan foydalanish tusidagi ishlarda foydalanish taqiqlanadi. Loyihalarni Jamg‘arma mablag‘lari hisobiga moliyalashtirish qat’iy ravishda kapital qo‘yilmalarning ajratilgan limitlari doirasida amalga oshiriladi.
92. Qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha loyihalarning manzilli ro‘yxatlari Departament tomonidan tayyorlanadi hamda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi bilan kelishgan holda Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Magistral kanallarni ta’mirlash va tiklash bo‘yicha loyihalarning manzilli ro‘yxatlari Departament tomonidan tayyorlanadi hamda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi bilan kelishgan holda Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Meliorativ obyektlarni ta’mirlash va tiklash bo‘yicha loyihalarning manzilli ro‘yxatlari, magistral kollektorlar bundan mustasno, tegishli QKBD tomonidan tayyorlanadi va O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi”;
10 va 11-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“10. Meliorativ obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va tiklashga, loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishga, melioratsiya texnikasini xarid qilishga Jamg‘arma mablag‘larini sarflash Departamentning xarajatlar smetasi va belgilangan tartibda tasdiqlanadigan manzilli ro‘yxatlar asosida amalga oshiriladi.
Meliorativ obyektlardagi ta’mirlash-tiklash ishlarini moliyalashtirish favqulodda hollarda (meliorativ obyektlardagi avariya-tiklash ishlari va oldindan ko‘rish mumkin bo‘lmagan ishlar) nuqsonli dalolatnomalar asosida tuzilgan tasdiqlangan lokal smetalar bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin.
11. Pudrat meliorativ ishlarni moliyalashtirish Buyurtmachi bilan uning pudratchilari o‘rtasida tuzilgan shartnomalar asosida obyektma-obyekt quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
qurilishning prognozlashtirilayotgan yiliga qurilishning dastlabki ikki oyi mobaynida tanlov savdolari (tenderlar) natijalari bo‘yicha aniqlangan ishlar qiymatining 30 foizigacha miqdorda teng ulushlarda avans to‘lovlari ajratish;
ajratilgan avansni mutanosib ushlab qolish hisobga olingan holda bajarilgan ishlar qiymatining 95 foizi miqdorida har oyda joriy moliyalashtirish;
tuzilgan shartnomalarda nazarda tutilgan kafolat muddati tamom bo‘lgandan keyin obyekt qiymatining 5 foizini to‘lash”;
12 va 14-bandlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
13-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“13. Jamg‘arma mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladigan meliorativ obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilish loyihalari O‘zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturiga kiritiladi”;
15-banddagi “belgilangan tartibda tasdiqlanadigan xarajatlar smetalari” so‘zlari “tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
16-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“16. Meliorativ obyektlardagi avariya-tiklash ishlarini va oldindan ko‘rish mumkin bo‘lmagan ishlarni moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi bilan kelishgan holda Departament tomonidan asoslangan amaldagi xarajatlar bo‘yicha tegishli mutaxassislar ishtirokida QKBD tomonidan tuzilgan lokal smetalar asosida amalga oshiriladi.
Bunda meliorativ obyektlardagi avariya-tiklash ishlariga va oldindan ko‘rish mumkin bo‘lmagan ishlarga avans berish irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalarining boshliqlari tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlangan nuqsonli dalolatnomalarga muvofiq xarajatlar qiymatining 50 foizigacha miqdorda amalga oshiriladi, uzil-kesil moliyalashtirish esa tasdiqlangan lokal smetalar doirasida amalda bajarilgan ishlar qabul qilib olingandan keyin amalga oshiriladi.
Meliorativ obyektlardagi avariya-tiklash ishlarini va oldindan ko‘rish mumkin bo‘lmagan ishlarni amalga oshiruvchi loyiha va pudrat tashkilotlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o‘rinbosari (viloyat hokimining o‘rinbosari) tomonidan tasdiqlangan protokol qaror bilan tayinlanadilar”;
17-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Melioratsiya texnikasini xarid qilishga mablag‘lar Jamg‘armaning asosiy parametrlarida tasdiqlangan limitlar doirasida ajratiladi”;
III bo‘limga quyidagi mazmundagi 181—1811-bandlar qo‘shilsin:
“181. Moliyalashtirishni boshlash uchun buyurtmachi tomonidan g‘aznachilikning hududiy boshqarmalariga quyidagilar taqdim etiladi:
loyihalarning manzilli ro‘yxati (loyiha-qidiruv hujjatlari va ilmiy-tadqiqot ishlarining manzilli ro‘yxati);
loyihaning titul ro‘yxati (qurish va rekonstruksiya qilish obyektlari bo‘yicha);
buyurtmachi bilan pudrat tashkiloti o‘rtasida tuzilgan shartnoma nusxasi;
pudrat tashkilotining qurilish tavakkalchiliklarini sug‘urta qilish uchun shartnoma va tanlov savdolari (tender) natijalari to‘g‘risida buyurtmachining hisoboti nusxalari;
qurilish-montaj ishlarini bajarishga (qurish va rekonstruksiya qilish obyektlari bo‘yicha) Davlat arxitektura-qurilish nazorati hududiy inspeksiyasining ruxsatnomasi nusxasi;
davlat ekologiya ekspertizasining xulosasi nusxasi (zaruriyat bo‘lganda).
182. Loyihalarni moliyalashtirish Departament tomonidan berilgan “tayinlash sertifikatlari” asosida amalga oshiriladi.
183. Meliorativ obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash, tiklash bo‘yicha xarajatlarni moliyalashtirish uchun Departamentning g‘aznachilik hisob raqamiga tushadigan pul mablag‘larini o‘tkazish uchun bosh pudrat qurilish tashkilotlari tomonidan bosh pudrat shartnomalari sonidan qat’i nazar, ikkitadan ortiq bo‘lmagan ikkilamchi depozit hisob raqamlari (moliyalashtirish hisob raqamlari) ochiladi. Bunda bir hisob raqami – rekonstruksiya qilish va qurish obyektlari uchun, ikkinchi hisob raqami – ta’mirlash va tiklash obyektlari uchun.
“O‘zmeliomashlizing” kompaniyasi uchun melioratsiya texnikasi, mashinalari va boshqa mexanizatsiyalash vositalarini xarid qilish bo‘yicha Jamg‘arma tomonidan moliyalashtiriladigan xarajatlarni o‘tkazish va hisobga olish uchun maxsus alohida ikkilamchi talab qilib olinadigan depozit hisob raqami ochiladi.
184. Departament ta’minoti Jamg‘arma Kengashi tomonidan tasdiqlanadigan xarajatlar smetasi asosida “O‘zmeliomashlizing” kompaniyasiga berilgan qarz mablag‘lari bo‘yicha marja shaklida olinadigan Jamg‘arma daromadlari hisobiga G‘aznachilikning hududiy boshqarmasida ochiladigan alohida hisob raqamidan amalga oshiriladi.
185. Meliorativ obyektlardagi ta’mirlash-tiklash ishlari bo‘yicha, magistral kanallar bundan mustasno, buyurtmachining xizmatlari uchun haq to‘lash yuzasidan QKBD ta’minoti belgilangan tartibda tasdiqlangan va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazilgan xarajatlar smetalarida ta’mirlash-tiklash ishlarini moliyalashtirish uchun nazarda tutilgan mablag‘lar hisobiga amalga oshiriladi.
186. Hududiy boshqarmalarning shaxsiy hisob raqamidan pul mablag‘larini o‘tkazish buyurtmachi tomonidan to‘lov topshirig‘i taqdim etilgan kundan keyingi kundan kechikmay amalga oshiriladi.
187. Buyurtmachi to‘lov topshiriqlari qurilishning manzilli yoki titul ro‘yxatiga qat’iy muvofiqligi uchun javob beradi.
To‘lov topshirig‘iga “ma’lumotnoma – hisob raqami – faktura” yoki bajarilgan ishlar qiymati to‘g‘risidagi hisob raqami – faktura ilova qilinadi.
188. G‘aznachilikning hududiy boshqarmalari va tijorat banklari qonun hujjatlariga muvofiq mablag‘lar o‘z vaqtida o‘tkazilishi uchun javob beradilar.
189. Moliyalashtirish hisob raqamidan qurilishning manzilli yoki titul ro‘yxatiga va unda ko‘rsatilgan kapital qo‘yilmalardan foydalanish yo‘nalishlariga muvofiq bo‘lmagan to‘lovlarni amalga oshirish taqiqlanadi.
1810. Joriy moliyalashtirish Departament tomonidan har oyda qurilish ishlarining amalda bajarilgan hajmlari hisobga olingan holda 20-kundan kechikmay amalga oshiriladi.
1811. Loyihani amalga oshirish qatnashchilari o‘rtasidagi hisob-kitoblar ular o‘rtasida tuzilgan shartnomada nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi”;
20-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“20. Departament O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda:
5-iyungacha – joriy yilda Jamg‘arma asosiy parametrlarining kutilayotgan ijrosini va meliorativ tadbirlar turlari bo‘yicha, shuningdek kelgusi yilda melioratsiya texnikasini xarid qilishga xarajatlar prognozini tahlil qiladi;
10-iyungacha — O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga kelgusi yilda meliorativ obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilish prognozini taqdim etadi”;
“Jamg‘arma mablag‘lari xarajatlari prognozi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan” so‘zlari “Jamg‘arma mablag‘lari xarajatlari prognozi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda Departament tomonidan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Bunda meliorativ obyektlardagi avariya-tiklash ishlarini va oldindan ko‘rish mumkin bo‘lmagan ishlarni moliyalashtirish uchun zaxira tashkil etilishi nazarda tutilishi kerak (ta’mirlash-tiklash ishlariga mablag‘lar hajmining 5 foizigacha miqdorda)”;
26 va 27-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“26. Jamg‘arma Kengashi kelgusi yilga Jamg‘arma xarajatlari prognozi olingan kundan boshlab ikki hafta muddatda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan:
meliorativ obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha amalga oshiriladigan loyihalarning manzilli dasturini;
meliorativ obyektlarni ta’mirlash va tiklash bo‘yicha loyihalarning manzilli dasturini;
loyiha-qidiruv va ilmiy-tadqiqot ishlarining manzilli dasturini;
xarid qilinadigan melioratsiya texnikasi ro‘yxatini;
meliorativ obyektlardagi avariya-tiklash ishlariga va oldindan ko‘rish mumkin bo‘lmagan ishlarga zaxira xarajatlar miqdorini;
Davlat dasturiga kiritilgan boshqa ishlarni Departament va Kengash a’zolari bilan kelishgan holda tasdiqlaydi.
27. Departament bir hafta muddatda tegishli hududda amalga oshiriladigan meliorativ obyektlarni ta’mirlash va tiklash bo‘yicha loyihalarning tasdiqlangan manzilli dasturlarini QKBDga yuboradi”;
ikkinchi xatboshidagi “meliorativ ekspeditsiyalar” so‘zlari “QKBD” so‘zi bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “va boshqa asbob-uskunalar” so‘zlari chiqarib tashlansin;
31-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“31. QKBD va “O‘zmeliomashlizing” kompaniyasi Departament tomonidan belgilangan shakllar bo‘yicha va muddatlarda Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanish to‘g‘risida oylik, yil choragi va yillik hisobotlarni Departamentga taqdim etadilar”;
to‘rtinchi va beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“buxgalteriya balansi va buxgalteriya hisobotlarini, meliorativ obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va tiklash xarajatlarini, shu jumladan meliorativ obyektlardagi avariya-tiklash ishlariga va oldindan ko‘rish mumkin bo‘lmagan ishlarga xarajatlar bo‘yicha materiallar va hisobotlarni olish;
g‘aznachilikning hududiy boshqarmalaridan va banklardan pudrat qurilish tashkilotlari bo‘yicha materiallarni hamda maxsus va hisob-kitob raqamlaridagi mablag‘lar harakati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish”;
oltinchi va to‘qqizinchi xatboshidagi “meliorativ ekspeditsiyalar” va “meliorativ ekspeditsiyalardan” so‘zlari tegishli ravishda “QKBD” va “ QKBDdan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
yettinchi xatboshidan “belgilangan tartibda” so‘zlari chiqarib tashlansin;
o‘n ikkinchi xatboshidagi “jazo” so‘zi “ta’sir ko‘rsatish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band “b” kichik bandining sakson to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-dekabrdagi 969-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2017-y., 09/17/969/0405-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-dekabrdagi 969-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2017-y., 09/17/969/0405-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 26-son, 338-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2017-y., 09/17/969/0405-son)