Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 19.04.2013 yildagi PQ-1958-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2013 — 2017-yillar davrida sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yanada yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yanada yaxshilash, melioratsiya va irrigatsiya obyektlari tarmog‘ini rivojlantirish, suv resurslaridan oqilona va tejamkorlik bilan foydalanish, buning asosida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining barqaror ishlashini ta’minlash, yerlarning unumdorligini oshirish hamda qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligini ko‘paytirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda ishlab chiqilgan quyidagilarni o‘z ichiga olgan 2013 — 2017-yillar davrida sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanish Davlat dasturi ma’qullansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2013 — 2017-yillar davrida sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanishni ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksi 1-ilovaga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
*1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan 2013 — 2017-yillar davrida sug‘oriladigan yerlarni meliorativ yaxshilash bo‘yicha ishlarning prognoz parametrlari 2-ilovaga* muvofiq;
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-iyundagi PQ-3043-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 24-son, 492-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
*2-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan markazlashtirilgan investitsiyalar hisobiga moliyalashtiriladigan 2013 — 2017-yillar davrida irrigatsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish prognoz parametrlari 3-ilovaga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
*3-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suv iste’molchilari va fermer xo‘jaliklari uyushmalarining mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan 2013 — 2017-yillar davrida sug‘orish tarmoqlarini ta’mirlash va tiklash prognoz parametrlari 4-ilovaga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
*4-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarining kredit mablag‘lari va o‘z mablag‘lari hisobidan 2013 — 2017-yillar davrida tomchilatib sug‘orish tizimini joriy etishning prognoz parametrlari 5-ilovaga* muvofiq.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
*5-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bir oy muddatda 2013 — 2017-yillar davrida sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanishning hududiy dasturlarini ishlab chiqsin hamda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasini boshqarish departamenti bilan kelishilgan holda tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, boshqa ijrochi vazirliklar hamda idoralar rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va tumanlar hokimlari zimmasiga mazkur qaror bilan tasdiqlangan sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanishning Davlat dasturi hamda hududiy dasturlarini sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti va Investitsiya dasturining har yillik loyihalarini shakllantirishda 2013 — 2017-yillar davrida sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanishning Davlat dasturiga kiritilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun belgilangan tartibda mablag‘lar ajratishni nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining Qurilayotgan korxonalar birlashgan direksiyalarining vakolatlari va vazifalarini kengaytirish zarur deb hisoblansin va ularning zimmasiga davlat kapital qo‘yilmalari hisobidan amalga oshiriladigan irrigatsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish, tumanlararo va xo‘jaliklararo kollektorlar hamda boshqa melioratsiya obyektlarini ta’mirlash va tiklash bo‘yicha buyurtmachi vazifalari yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda ikki oy muddatda ushbu o‘zgarishlar amalga oshirilishini ta’minlasin, vakolatlar va vazifalarni aniq belgilagan holda Qurilayotgan korxonalar birlashgan direksiyasi to‘g‘risidagi namunaviy nizomni o‘rnatilgan tartibda tasdiqlasin, ularga yuklatilgan vazifalar va mintaqa yerlarining meliorativ holatini hisobga olgan holda uning tuzilmasi va xodimlar sonini tartibga solsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq 2013-yilning 1-mayidan boshlab meva-sabzavotchilik, uzumchilik va poliz mahsulotlarini yetishtirish uchun yer uchastkalarini berish bo‘yicha ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan qishloq xo‘jalik tovar ishlab chiqaruvchilari o‘rtasida tuziladigan ijara shartnomalarida, qoida tariqasida, qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan tomchilatib sug‘orish tizimini va suv tejaydigan boshqa sug‘orish texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha investitsiya majburiyatlarini olish nazarda tutiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi bir oy muddatda 2013-2014-yillarda, tajriba tariqasida, qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan tomchilatib sug‘orish tizimi joriy etilishini rag‘batlantirish mexanizmi bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4086-sonli qaroriga asosan 2019-yil 1-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2018-y., 07/18/4086/2354-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasi Kengashi (Z.T. Mirzayev) quyidagilarni ta’minlasin:
(8-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-iyundagi PQ-3043-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 24-son, 492-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sug‘oriladigan yerlarni meliorativ yaxshilash va suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha loyihalarning har yilgi ro‘yxati shakllantirilishi va tasdiqlanishini, zarur hollarda, mazkur qaror bilan tasdiqlangan Davlat dasturida nazarda tutilgan umumiy parametrlar doirasida ularga yil davomida o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat dasturining tasdiqlangan parametrlari amalga oshirilishi to‘g‘risida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat hamda boshqa tashkilotlar rahbarlarining hisobotlarini har chorakda tinglagan holda, Davlat dasturida nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalda ro‘yobga chiqarish bo‘yicha faoliyati samarali monitoring qilinishi va muvofiqlashtirilishini ta’minlasin.

(9-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4086-sonli qaroriga asosan 2019-yil 1-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2018-y., 07/18/4086/2354-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2013-yil 19-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-1958-son.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4086-sonli qaroriga asosan 2019-yil 1-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2018-y., 07/18/4086/2354-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 17-son, 223-modda; 2017-y., 24-son, 492-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.11.2017-y., 06/17/5250/0284-son, 27.12.2018-y., 07/18/4086/2354-son)