Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasining raqamli telekanallari sonini koʻpaytirish, ulardan toʻliq formatda foydalanish, sifatli toʻldirish va xizmat koʻrsatish toʻgʻrisida” 2012-yil 30-iyuldagi PQ-1794-sonli va “Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasining mediamarkazi faoliyatini tashkil qilish toʻgʻrisida” 2011-yil 24-fevraldagi PQ-1488-sonli qarorlariga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2013-yil 8-aprel,
PF-4532-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 8-apreldagi PF-4532-sonli Farmoniga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritiladigan oʻzgartish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mustaqil teleradio kanallarni isloh qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2005-yil 8-noyabrdagi PF-3678-sonli Farmoni:
a) 7-bandining uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston MTRK raisiga, zarur hollarda, kompaniya va tobe tashkilotlarning tashkiliy tuzilmasiga Oʻzbekiston MTRK tizimidagi xodimlarning cheklangan soni doirasida oʻzgartishlar kiritish huquqi berilsin”.
b) 1-ilovaning I boʻlimi quyidagi tahrirdagi 9 — 11-bandlar bilan toʻldirilsin:
“9. “Oʼzbekiston MTRK Mediamarkazi”
10. “Madaniyat va maʼrifat” telekanali
11. “Dunyo boʼylab” telekanali. Oʻzbekiston MTRK”
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 31-dekabrdagi PF-4909-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2017-y., 1-son, 8-modda)
g) 3-ilovada:
13 - banddagi “Oʼzbektelefilm” soʻzidan keyin “Oʼzbekiston MTRK Mediamarkazi”, “Madaniyat va maʼrifat” telekanali”, “Dunyo boʼylab” telekanali soʻzlari bilan toʻldirilsin;
14 - band quyidagi mazmundagi oʻn oltinchi - yigirma toʻrtinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Madaniyat va maʼrifat” telekanali” Davlat unitar korxonasining asosiy vazifalari:
aholining madaniy va bilim darajasini oshirishga yoʻnaltirilgan yuqori saviyadagi badiiy, ilmiy-ommabop va madaniy-maʼrifiy teledasturlarni yaratish, oʻsib kelayotgan avlodda ilmiy ixtirolar hamda bilimlarga, madaniy boyliklarga boʻlgan keng qiziqishlarini shakllantirish, Oʻzbekiston xalqining boy madaniy va maʼnaviy merosini saqlab qolish hamda boyitish;
Oʻzbekiston Respublikasining madaniy va ilmiy hayotidagi muhim voqealardan mamlakat aholisini, shuningdek chet el jamoatchiligini keng xabardor qilish, milliy musiqa, teatr va tasviriy sanʼatning eng yaxshi namunalarini koʻrsatish, jumladan, hozirgi zamonaviy translatsiyaning turli interaktiv shakllari va usullaridan, raqamli hamda multimediya texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalangan holda milliy adabiyot va sanʼatning atoqli arboblari hayoti va ijodi toʻgʻrisida telekoʻrsatuvlar tayyorlash;
mamlakat aholisini, avvalan bor yoshlarni ilm-fan, madaniyat va sanʼat sohasida dunyo sivilizatsiyasining ilgʻor yutuqlari bilan har tomonlama va xolisona tanishtirish, insoniyatning madaniy va intellektual merosini, shuningdek yetakchi xorijiy taʼlim, ilmiy va madaniy markazlari faoliyatini ommalashtirish;
“Dunyo boʼylab” telekanali” Davlat unitar korxonasining asosiy vazifalari:
aholi, ayniqsa yoshlarning dunyo mamlakatlarining tarixi, geografiyasi va zamonaviy rivojlanish darajasi, jahon xalqlari milliy anʼanalari va madaniyatining oʻziga xosligi toʻgʻrisidagi dunyoqarashini kengaytirish va bilim doirasini oshirishni taʼminlash, shu jumladan yetakchi dunyo telekanallari telemahsulotlarini litsenziya asosida namoyish etish yoʻli bilan buyuk geografik kashfiyotlar, sayyoramiz turli qitʼalari hamda Dunyo okeani tabiatining noyob jihatlari, oʻsimlik va hayvonot dunyosi ajoyibotlari bilan tanishtirish;
Oʻzbekistonning oʻsimlik va hayvonot olami, milliy qoʻriqxonalari va oʻxshashi yoʻq tabiiy-landshaft zonalari, dunyo sivilizatsiyasining boyligi hamda mulki hisoblangan chinakam nodir, milliy betakror tarixiy-meʼmoriy obidalar toʻgʻrisida, ayniqsa yosh avlodda Vataniga boʻlgan muhabbat hissini shakllantirishga yoʻnaltirilgan, uning oʻziga xos xususiyatlari va diqqatga sazovor joylarini chuqurroq oʻrganishga boʻlgan intilishlari, mamlakat mintaqalarining madaniy va etnografik rivojlanishi haqidagi yuqori sifatli maxsus ilmiy-ommabop va bilim doirasini kengaytirishga xizmat qiladigan teledasturlarni yaratish;
aholining ekologik madaniyatini oshirish, ona tabiatni asrab-avaylash ruhida tarbiyalash, uning yaxshi saqlanishini taʼminlash, shuningdek atrof muhitni himoya qilish boʻyicha mamlakatimizda oʻtkazilayotgan tadbirlar, Markaziy Osiyo mintaqasida ekologik ofatlarga qarshi kurashish va ekologik halokatning oldini olish toʻgʻrisida aholini keng xabardor etish, tabiatni muhofaza qilish faoliyatiga aholining keng tabaqalarini jalb etish boʻyicha telekoʻrsatuvlar tayyorlash;
xalqaro jamoatchilikni va mamlakatimiz aholisini Oʻzbekistonning noyob turistik salohiyati, bilim beradigan va ekologik turizmning imkoniyatlari hamda rivojlanish darajasi toʻgʻrisida keng xabardor qilish, Oʻzbekiston haqida badiiy yuksak ilmiy-ommabop va maʼrifiy koʻrsatuv dasturlari tayyorlash va ularni litsenziya asosida xorijiy kanallarga tarqatish, shuningdek sogʻlom turmush tarzi va faol dam olish shakllarini ommalashtirish”;
18-bandining toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“zarur hollarda, Oʻzbekiston MTRK tizimidagi umumiy shtat birligi doirasida Kompaniyaning va tobe tashkilotlarning tashkiliy tuzilmasiga oʻzgartishlar kiritadi”.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi faoliyatini tashkil etish boʻyicha tadbirlar haqida” 2005-yil 27-dekabrdagi PQ-245-sonli qarorida:
a) 2-bandining uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasining raisiga, zarur hollarda, tarkibiy boʻlinmalarning tashkiliy tuzilmasiga Oʻzbekiston MTRK tizimining umumiy shtat birligi doirasida oʻzgartishlar kiritish huquqi berilsin”;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 31-dekabrdagi PF-4909-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2017-y., 1-son, 8-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 31-dekabrdagi PF-4909-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2017-y., 1-son, 8-modda)
g) 11-ilovaning 2-bandi “Oʼzbektelefilm” soʻzidan keyin “Madaniyat va maʼrifat” telekanali”, “Dunyo boʼylab” telekanali” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 15-son, 198-modda; 2017-y., 1-son, 8-modda)