Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.05.2023 04.03.2013 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2434
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshligʻining buyrugʻi, 04.03.2013 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2434
Kuchga kirish sanasi
11.03.2013
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.05.2023
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshlig‘ining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyrug‘i
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shahar yo‘lovchilar transportida (taksidan tashqari) ayrim toifadagi fuqarolarga bepul yurish huquqini beruvchi yagona guvohnomalarni berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 4-martda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2434]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2022-yil 10-noyabrdagi 18-sonli ““Shahar yo‘lovchilar transportida (taksidan tashqari) ayrim toifadagi fuqarolarga bepul yurish huquqini beruvchi yagona guvohnomalarni berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga o‘zgartirish va qo‘shimchalarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish haqida”gi buyruqni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2434-2, 17.11.2022-y.) asosan 2023-yil 1-maydan o‘z kuchini yo‘qotadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining “Shahar yo‘lovchilar transportidan bepul foydalanishni tartibga solish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 9-son, 141-modda), “Shahar yo‘lovchilar transporti to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 4-5-son, 124-modda) qonunlari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 17-sentabrdagi 273-sonli “Umumiy foydalaniladigan transportda yo‘lovchi tashuvchilar faoliyatini hamda ularni moliyalashtirish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 38-son, 437-modda) ijrosini ta’minlash maqsadida buyuraman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Shahar yo‘lovchilar transportida (taksidan tashqari) ayrim toifadagi fuqarolarga bepul yurish huquqini beruvchi yagona guvohnomalarni berish tartibi to‘g‘risidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshliq A. ABDUVALIYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2013-yil 29-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-son

O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshlig‘ining 2013-yil 29-yanvardagi 2-son buyrug‘iga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shahar yo‘lovchilar transportida (taksidan tashqari) ayrim toifadagi fuqarolarga bepul yurish huquqini beruvchi yagona guvohnomalarni berish tartibi to‘g‘risidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 17-sentabrdagi 273-son “Umumiy foydalaniladigan transportda yo‘lovchi tashuvchilar faoliyatini hamda ularni moliyalashtirish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, shahar yo‘lovchilar transportida (taksidan tashqari) ayrim toifadagi fuqarolarga bepul yurish huquqini beruvchi yagona guvohnomalarni (keyingi o‘rinlarda guvohnoma deb yuritiladi) berish tartibini belgilaydi.
(muqaddima O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshlig‘ining 2017-yil 7-fevraldagi 57-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2434-1, 15.02.2017-y.) tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 7-son, 103-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
arizachi — guvohnoma olish uchun tegishli shahar yo‘lovchi transportini boshqarish organiga ariza bilan murojaat etgan shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shahar yo‘lovchi transportini boshqarish organlari (keyingi o‘rinlarda ShYTBO deb yuritiladi) — Toshkent viloyati va Toshkent shahar hokimliklari yo‘lovchi transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamenti hamda viloyat markazi hisoblangan shaharlar, shuningdek Nukus shahar hokimligi huzuridagi yo‘lovchi transportini boshqarish tashkilotlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
guvohnoma — mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda ShYTBO tomonidan beriladigan, qat’iy hisobda turadigan, belgilangan namunadagi, egasining nomi yozilgan hujjat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
guvohnomalar reyestri — guvohnomalar berish bo‘yicha ma’lumotlar elektron tarzda shakllantiriladigan baza.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Eski namunada berilgan guvohnomalar mazkur Nizom kuchga kirgandan keyin olti oy mobaynida o‘z kuchini saqlab qoladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Guvohnoma egasi O‘zbekiston Respublikasining barcha hududida shahar yo‘lovchilar transportida (taksidan tashqari) bepul yurish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. ShYTBOning joylashgan eri (pochta manzili), telefon raqamlari, mas’ul shaxslar va ularning ishlash jadvali, guvohnomalarni berish to‘g‘risidagi axborotlar manfaatdor shaxslar e’tiboriga mazkur axborotlarni ommaviy axborot vositalari, jumladan ShYTBOning Internetdagi rasmiy veb-saytida e’lon qilish, ShYTBO binosining kirish joylarida barchaning tanishib chiqishi qulay bo‘lgan joylariga osib qo‘yish orqali yetkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Guvohnoma olish bo‘yicha murojaat etgan fuqarolarga zarur axborotlar taqdim etish va guvohnomalarni rasmiylashtirish uchun ShYTBO rahbari tomonidan mas’ul xodim tayinlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. “Shahar yo‘lovchilar transportidan bepul foydalanishni tartibga solish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, quyidagi shaxslar shahar yo‘lovchilar transportidan (taksidan tashqari) bepul foydalanish huquqiga ega:
(6-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshlig‘ining 2017-yil 7-fevraldagi 57-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2434-1, 15.02.2017-y.) tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 7-son, 103-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1941–1945-yillardagi urush qatnashchilari jumlasidan bo‘lmish harbiy xizmatchilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1941–1945-yillardagi urush nogironlari va urushning I guruh nogironiga hamrohlik qiluvchi shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1941–1945-yillardagi urush davrida front ortida fidokorona mehnati va benuqson harbiy xizmati uchun orden va medallar bilan taqdirlangan shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Afg‘oniston Respublikasida va boshqa mamlakatlarning hududidagi jangovar harakatlarda qatnashgan sobiq baynalminalchi jangchilar jumlasidan bo‘lmish fuqarolar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
haqiqiy muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilar va kontrakt bo‘yicha oddiy askarlar hamda serjantlar tarkibidagi harbiy xizmatchilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chernobil AES halokati oqibatida nurlanish kasalligiga chalingan va uni boshdan kechirgan shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ko‘zi ojiz nogironlar va ko‘zi ojiz nogironga hamrohlik qiluvchi shaxs.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Haqiqiy muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga va kontrakt bo‘yicha oddiy askarlar hamda serjantlar tarkibidagi harbiy xizmatchilarga guvohnoma berilmaydi. Ular harbiy guvohnomasi yoki kontrakt asosida xizmat qiluvchining shaxsiy guvohnomasini ko‘rsatgan taqdirda shahar yo‘lovchilar transportida (taksidan tashqari) bepul yurish huquqidan foydalanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. 1941–1945-yillardagi urushning I guruh nogironi va ko‘zi ojiz nogironlarga hamrohlik qiluvchi shaxslar uchun mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda varaqa beriladi. Mazkur varaqa guvohnoma egasiga hamrohlik qilish vaqtidagina haqiqiy hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Guvohnoma egasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
guvohnomasini asrab-avaylashi, uning boshqa shaxsga berilishiga, yo‘qolishiga va yaroqsiz holga kelishiga yo‘l qo‘ymasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
guvohnoma yo‘qolgan taqdirda, darhol guvohnoma bergan ShYTBOga yozma ravishda murojaat qilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Guvohnoma blankalari va varaqalari qat’iy hisobda turadigan va belgilangan himoya chizig‘iga ega hujjat bo‘lib, hisobga olish seriyasi va tartib raqamiga ega bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Guvohnomalar och yashil rangda tayyorlanib, o‘rtasiga O‘zbekiston Respublikasi davlat chegaralari konturlarining ko‘rinishi joylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Guvohnoma blankalari va varaqalari tegishli ShYTBOning buyurtmasiga asosan, “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan yagona namunada tayyorlanadi. Guvohnoma blankalari va varaqalarining hisobga olinishi, saqlanishi va ulardan maqsadli foydalanilishi uchun ShYTBO rahbari javobgardir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Guvohnoma va varaqa cheklanmagan muddatga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Guvohnoma va varaqa uning egasiga yuklarini bagaj shaklida tekin tashish huquqini bermaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Guvohnomani boshqa shaxslarga berish taqiqlanadi.
(14-band O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshlig‘ining 2017-yil 7-fevraldagi 57-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2434-1, 15.02.2017-y.) tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 7-son, 103-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II bob. Guvohnoma olish uchun taqdim etilgan hujjatlarni qabul qilish, ko‘rib chiqish va berilgan guvohnomalarni ro‘yxatga olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Guvohnoma olish uchun fuqaro yoki u vakolat bergan shaxs tomonidan doimiy yashash (ro‘yxatdan o‘tish) joyi bo‘yicha ShYTBOga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shakldagi ariza;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3 x 4 sm o‘lchamdagi ikkita fotosurat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolik pasporti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur Nizomning 6-bandida nazarda tutilgan toifaga kirishini tasdiqlovchi hujjat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. ShYTBOning mas’ul xodimi tomonidan mazkur Nizomning 15-bandida nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishni talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqqanlik va guvohnoma berganlik uchun yig‘im undirilmaydi. Guvohnoma mazkur Nizomning 15-bandida nazarda tutilgan hujjatlar taqdim etilgandan keyin bir ish kuni ichida beriladi. Mazkur Nizomning 7-bandida nazarda tutilgan fuqarolarga ularga hamrohlik qiluvchi shaxslar uchun varaqa ham qo‘shib beriladi.
(17-band O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshlig‘ining 2017-yil 7-fevraldagi 57-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2434-1, 15.02.2017-y.) tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 7-son, 103-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Guvohnomalarni berish bo‘yicha ma’lumotlar Guvohnomalarni qayd etish jurnalida (keyingi o‘rinlarda Jurnal deb yuritiladi) va guvohnomalar reyestrida ro‘yxatga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Jurnalda va guvohnomalar reyestrida quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqaroning familiyasi, ismi va otasining ismi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
guvohnoma olish uchun ariza berilgan sana;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqaroning turar joy manzili, fuqarolik pasportining seriyasi va raqami;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
berilgan guvohnomaning seriyasi va raqami;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqaroning mazkur Nizomning 6-bandida nazarda tutilgan shaxslar toifasiga kirishini tasdiqlovchi hujjat turi va raqami.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Fuqaro guvohnoma olganligini Jurnalga imzo qo‘yish orqali tasdiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Jurnal varaqlari raqamlangan, ip o‘tkazib bog‘langan hamda ShYTBO rahbari imzosi va muhr bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak. Tegishli ma’lumotlar Jurnalga ketma-ketlikda tartib bilan qayd etiladi. Jurnalga asossiz ravishda qo‘shimcha yozuvlar kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Guvohnomalar reyestridagi ma’lumotlar ShYTBOning Internetdagi rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi va barchaning tanishib chiqishi uchun ochiq hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III bob. Guvohnomani dublikatini berish, almashtirish va uni bekor qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Guvohnoma yo‘qotib qo‘yilgan taqdirda, fuqaroga guvohnomaning dublikati beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Guvohnoma dublikatini olish uchun guvohnoma egasi ShYTBOga quyidagi hujjatlarni taqdim etishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
guvohnomaning yo‘qolganligi to‘g‘risida ommaviy axborot vositalarida chop etilgan e’lon nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
topilmalar idorasining guvohnoma topilmaganligi haqidagi ma’lumotnomasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Guvohnoma yaroqsiz holga kelgan taqdirda, guvohnoma almashtirib beriladi. Bunda, guvohnoma egasi yaroqsiz holga kelgan guvohnomani ShYTBOga topshirishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Guvohnoma soxta hujjatlar taqdim etgan holda olinganligi aniqlanganda u bekor qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV bob. Shahar yo‘lovchilar transportida (taksidan tashqari) bepul yurish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarning ro‘yxatini inventarizatsiya qilish
(IV bob nomi O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshlig‘ining 2017-yil 7-fevraldagi 57-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2434-1, 15.02.2017-y.) tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 7-son, 103-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. ShYTBO tomonidan moliya yili yakunida shahar yo‘lovchilar transportida (taksidan tashqari) bepul yurish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar ro‘yxati har yili inventarizatsiyadan o‘tkaziladi.
(27-band O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshlig‘ining 2017-yil 7-fevraldagi 57-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2434-1, 15.02.2017-y.) tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 7-son, 103-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. ShYTBO moliya yili yakunlangandan keyin o‘ttiz kun ichida guvohnomalar reyestridagi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlariga — 1941 — 1945-yillardagi urush qatnashchilari jumlasidan bo‘lmish harbiy xizmatchilar, 1941 — 1945-yillardagi urush nogironlari, 1941 — 1945-yillardagi urush davrida front ortida fidokorona mehnati va benuqson harbiy xizmati uchun orden va medallar bilan taqdirlangan, Chernobil AES halokati oqibatida nurlanish kasalligiga chalingan va uni boshdan kechirgan shaxslar va ko‘zi ojiz nogironlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining hududiy organlariga — Afg‘oniston Respublikasida va boshqa mamlakatlarning hududidagi jangovar harakatlarda qatnashgan sobiq baynalminalchi jangchilar jumlasidan bo‘lmish fuqarolar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shaklda inventarizatsiyadan o‘tkazish uchun yuboradi.
(28-band O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshlig‘ining 2017-yil 7-fevraldagi 57-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2434-1, 15.02.2017-y.) tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 7-son, 103-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlari va Mudofaa vazirligining hududiy organlari guvohnomalar reyestri olingandan so‘ng o‘ttiz kun ichida ShYTBOga guvohnomalar reyestridan chiqib ketgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shaklda taqdim etadi.
(29-band O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshlig‘ining 2017-yil 7-fevraldagi 57-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2434-1, 15.02.2017-y.) tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 7-son, 103-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. ShYTBO taqdim etilgan ma’lumotlarga asosan, guvohnomalar reyestri va Jurnalga tegishli o‘zgartirishlar kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V bob. Guvohnomalarni va varaqalarni hisobdan chiqarish va yo‘q qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Foydalanish mumkin bo‘lmagan guvohnomalarni va varaqalarni hisobdan chiqarish va yo‘q qilish ShYTBO rahbarining buyrug‘i asosida tashkil qilinadigan komissiya tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Guvohnomalarni hisobdan chiqarish va yo‘q qilish tegishli dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi. Dalolatnomada guvohnomalarning seriyalari, tartib raqamlari, soni va qiymati, shuningdek hisobdan chiqarish va yo‘q qilish asoslari ko‘rsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI bob. Yakuniy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Mazkur Qoidalarning talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
(33-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Mudofaa vazirligi bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vaziri R. AZIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2013-yil 29-yanvar

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri A. XAITOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2013-yil 29-yanvar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mudofaa vaziri K. BERDIYEV

Shahar yo‘lovchilar transportida (taksidan tashqari) ayrim toifadagi fuqarolarga bepul yurish huquqini beruvchi yagona guvohnomalarni berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA

Shahar yo‘lovchilar transportida (taksidan tashqari) bepul yurish huquqini beruvchi guvohnomaning shakli
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shahar yo‘lovchilar transportida (taksidan tashqari) ayrim toifadagi fuqarolarga bepul yurish huquqini beruvchi yagona guvohnomalarni berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA

Shahar yo‘lovchilar transportida (taksidan tashqari) bepul yurish huquqini beruvchi varaqaning shakli
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shahar yo‘lovchilar transportida (taksidan tashqari) ayrim toifadagi fuqarolarga bepul yurish huquqini beruvchi yagona guvohnomalarni berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
3-ILOVA

‎‎ __________________________‎‎
‎‎ __________________________‎‎
‎‎

‎‎__________________________

‎‎

(ShYTBOning nomi)‎‎

‎‎‎‎A R I Z A

‎‎Men, _______________________________________, _______________________

‎‎(ariza beruvchining F.I.O.)

___________________________________________________________da yashovchi,
‎‎_______________________________________________________________________bo‘lib,

‎‎(qaysi toifaga kirishi)

‎‎menga shahar yo‘lovchilar transportida (taksidan tashqari) bepul yurish huquqini beruvchi guvohnoma berishingizni so‘rayman.
‎‎
‎‎Arizamga 3x4 sm o‘lchamdagi ikkita fotosuratimni ilova qildim.
‎‎
‎‎ ‎‎_________________________ ____________‎
‎‎

‎‎(F.I.O. va imzo)

‎‎_____________________

‎‎

‎‎(ariza berilgan sana)

‎‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shahar yo‘lovchilar transportida (taksidan tashqari) ayrim toifadagi fuqarolarga bepul yurish huquqini beruvchi yagona guvohnomalarni berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shahar yo‘lovchilar transportida (taksidan tashqari) bepul yurish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
RO‘YXATI

T/r

‎‎ShYTBOning ro‘yxati bo‘yicha bepul yurish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar

‎‏Moliya vazirligi huzuridagi
‎budjetdan tashqari Pensiya
‎jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan

‎‏Mudofaa vazirligining hududiy organlari tomonidan

‎‏‎‏Izoh

(ShYTBO tomonidan taqdim etiladi)

Hudud nomi‎

F.I.O.‎

Manzili‎

Tug‘ilgan yili‎

Toifa shakli‎

pensiya yoki nafaqa oluvchi sifatida ro‘yxatda turadi‎

Harbiy pensiya oluvchi sifatida ro‘yxatda turadi‎

Afg‘oniston Respublikasida va boshqa
‎mamlakatlarning hududidagi jangovar
‎harakatlarda qatnashgan sobiq baynalminalchi
‎jangchilar sifatida ro‘yxatda turadi‎

(4-ilova O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshlig‘ining 2017-yil 7-fevraldagi 57-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2434-1, 15.02.2017-y.) asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2017-y., 7-son, 103-modda)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 10-son, 131-modda; 2017-y., 7-son, 103-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)