O‘zbekiston Respublikasining qonuni
SHAHAR YO‘LOVCHILAR TRANSPORTI TO‘G‘RISIDA
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi O‘zbekiston Respublikasida shahar yo‘lovchilar transporti faoliyatining huquqiy asoslarini shakllantirishdan iboratdir.
Oldingi tahrirga qarang.
2-modda. Shahar yo‘lovchilar transporti to‘g‘risidagi qonunchilik va qonunning amal qilish sohasi
Shahar yo‘lovchilar transporti to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Ushbu Qonun Toshkent shahrida, viloyat va tuman bo‘ysunuvidagi shaharlarda, shuningdek shaharchalarda shahar yo‘lovchilar transporti subyektlariga nisbatan tatbiq etiladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida shahar yo‘lovchilar transporti sohasidagi munosabatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasining qonunchiligi bilan ham tartibga solinadi.
(2-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
3-modda. Shahar yo‘lovchilar transporti tushunchasi
Shahar yo‘lovchilar transporti deganda O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatga olingan, shahar doirasida yo‘lovchilar hamda bagaj tashishga mo‘ljallangan avtomobil va elektr transporti tushuniladi.
4-modda. Shahar yo‘lovchilar transportining mulk shakllari
Shahar yo‘lovchilar transporti ommaviy yoki xususiy mulk asosida ishlashi mumkin.
5-modda. Shahar yo‘lovchilar transportining turlari
Shahar yo‘lovchilar transporti jumlasiga avtobuslar, tramvaylar, trolleybuslar, metropoliten, yo‘nalishli va yo‘nalishsiz taksilar kiradi.
Avtobuslar, tramvaylar, trolleybuslar, metropoliten va yo‘nalishli taksilar belgilangan yo‘nalishlar bo‘yicha, harakat jadvaliga muvofiq, belgilangan tarifdagi haq evaziga yo‘lovchilar tashiydi.
Yo‘nalishsiz taksilar yo‘lovchilarning talablari asosida taksometr (hisoblagich) ko‘rsatishi bo‘yicha haq evaziga tashish xizmatlari ko‘rsatadi.
6-modda. Idoralarga qarashli yo‘lovchilar transporti
Idoralarga qarashli yo‘lovchilar transporti jumlasiga korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning o‘z xodimlarini muayyan yo‘nalish va harakat jadvali bo‘yicha mazkur korxona, muassasa yoki tashkilot tomonidan belgilangan tartibda yoxud tashish shartnomasi bo‘yicha tashish xizmatlari ko‘rsatuvchi avtobuslari va mikroavtobuslari kiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Idoralarga qarashli yo‘lovchilar transportidan shahar yo‘lovchilar transportini boshqarish organi bilan tuzilgan tashish shartnomasi bo‘yicha yo‘lovchilar tashish uchun foydalanilishi mumkin. Bu holda shahar yo‘lovchilar transporti to‘g‘risidagi qonunchilikning qoidalari idoralarga qarashli yo‘lovchilar transportiga nisbatan tatbiq etiladi.
(6-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
7-modda. Yo‘lovchi tashish shartnomasi
Shahar yo‘lovchilar transportida yo‘lovchilar tashish ishi tashish shartnomasi asosida amalga oshiriladi.
Yo‘lovchi tashish shartnomasi ommaviy shartnoma hisoblanadi.
Quyidagilar tashish shartnomasining taraflaridir:
Oldingi tahrirga qarang.
tashuvchi — mulk huquqi asosida yoki boshqa qonuniy asosda transport vositasiga ega bo‘lgan, shaharda tijorat asosida yo‘lovchilar tashish xizmati ko‘rsatadigan va bunga maxsus ruxsatnomasi (litsenziyasi) bo‘lgan yuridik shaxs;
(7-modda uchinchi qismi ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni tahririda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2006-yil 13-sentabrdagi O‘RQ- 48-son — O‘R QHT, 2006-y., 37-38-son, 367-modda)
yo‘lovchi — tashuvchining xizmatidan foydalanuvchi jismoniy shaxs.
Tashish shartnomasi bo‘yicha tashuvchi yo‘lovchini va uning bagajini belgilangan manzilga eltib qo‘yishi shart. Yo‘lovchi belgilangan yo‘l haqini, bagaji bo‘lsa, bagaj tashish haqini ham to‘lashi shart.
8-modda. Tashuvchining asosiy vazifalari
Quyidagilar tashuvchining asosiy vazifalaridir:
fuqarolarning tashishga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish;
shahar yo‘lovchilar transportining bir maromda ishlashini tashkil etish;
yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifati va madaniyatini oshirish;
yo‘lovchilarning hayoti va sog‘lig‘i xavfsizligini, transport vositalari harakatining xavfsizligini, shuningdek atrof muhitni muhofaza qilish talablari bajarilishini ta’minlash.
9-modda. Shahar yo‘lovchilar transporti faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat shahar yo‘lovchilar transporti faoliyatini litsenziyalash, soliq solish, kreditlash, moliyalash va narx belgilash, investitsiya, yagona ilmiy-texnika siyosatini amalga oshirish, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa vositalar bilan tartibga soladi.
(9-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
10-modda. Shahar yo‘lovchilar transportini davlat tomonidan boshqarish
Shahar yo‘lovchilar transportining davlat boshqaruvi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek Vazirlar Mahkamasi maxsus vakolat bergan shahar yo‘lovchilar transportini boshqarish organi tomonidan amalga oshiriladi.
11-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining vakolatlari
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining shahar yo‘lovchilar transporti faoliyatini tartibga solish va boshqarish sohasidagi vakolatlari jumlasiga quyidagilar kiradi:
rivojlantirish va ilmiy-texnika tadqiqotlari o‘tkazish masalalarida davlat siyosatini amalga oshirish;
litsenziyalash tartibini belgilash;
kreditlash, moliyalash va investitsiyalar sohasida ustun yo‘nalishlarni aniqlash;
metropoliten va boshqa muhim obyektlar qurilishini moliyalash masalalarini hal etish;
davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish dasturlarini ishlab chiqish va ularni izchil ro‘yobga chiqarish;
xalqaro shartnomalar bajarilishini ta’minlash va davlatlararo aloqalarni rivojlantirish;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
(11-moddaning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
12-modda. Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarining vakolatlari
Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarining shahar yo‘lovchilar transporti faoliyatini tartibga solish va boshqarish sohasidagi vakolatlari jumlasiga quyidagilar kiradi:
rivojlanishning asosiy yo‘nalishlarini belgilash va kompleks mintaqaviy dasturlarni tasdiqlash;
aholiga transport xizmati ko‘rsatish va transport harakatini tashkil etish rejasini tasdiqlash;
yo‘l qo‘yiladigan doiradagi tariflarni belgilash va ularga rioya etilishi ustidan nazoratni uyushtirish;
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
(12-modda O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Oldingi tahrirga qarang.
121-modda. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining vakolatlari
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining shahar yo‘lovchilar transporti faoliyatini tartibga solish va boshqarish sohasidagi vakolatlari jumlasiga quyidagilar kiradi:
bekatlar, to‘xtab o‘tish va dispetcherlik manzillarini, boshqa obyektlarni joylashtirish, qurish va obodonlashtirish masalalarini hal etish;
aholiga transport xizmati ko‘rsatish haqida shahar yo‘lovchilar transportini boshqarish organi bilan shartnoma tuzish va transport harakatini tashkil etish rejasini ishlab chiqish;
yo‘lovchilar tashish ishining sifati ustidan nazorat qilish;
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
(121-modda O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-1109-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
13-modda. Shahar yo‘lovchilar transportini boshqarish organining vakolatlari
Shahar yo‘lovchilar transportini boshqarish organining vakolatlari jumlasiga quyidagilar kiradi:
tashuvchilar bilan shartnomalar tuzish va ularning faoliyatini muvofiqlashtirish;
barcha turdagi shahar yo‘lovchilar transportining bir maromda ishlashini ta’minlash;
yagona texnika siyosati yuritish;
barcha turdagi shahar yo‘lovchilar transportini rivojlantirish va yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish, ularga ko‘rsatiladigan xizmatlarning hajmlari va turlarini kengaytirish yuzasidan kompleks tadbirlar ishlab chiqish va ularni ro‘yobga chiqarish;
yo‘lovchilarga xizmatlar ko‘rsatish tartibi va qoidalarini belgilovchi normativ hujjatlar ishlab chiqish;
avtobuslar, tramvaylar, trolleybuslar, shuningdek yo‘nalishli taksilarda yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlari va harakat jadvallarini tasdiqlash;
yo‘lovchilarning huquqlari ta’minlanishini nazorat qilish;
shahar yo‘lovchilar transporti subyektlari uchun yagona chipta tizimini joriy etish, yo‘l chiptalari, varaqalari, shuningdek ayrim toifadagi fuqarolarga transportda imtiyozli yurish huquqini beradigan hujjatlar tayyorlash;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
(13-moddaning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
14-modda. Shahar yo‘lovchilar transporti faoliyatini litsenziyalash
Tashuvchi shaharda yo‘lovchilar tashishni maxsus ruxsatnoma (litsenziya) asosida amalga oshiradi.
Shaharda yo‘lovchilar tashish uchun litsenziya berish va uni qaytarib olish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
15-modda. Shahar yo‘lovchilar transporti faoliyatini moliyalash
Oldingi tahrirga qarang.
Shahar yo‘lovchilar transporti faoliyatini moliyalash tashuvchilarning daromadlari, o‘z investitsiyalari va chet el investitsiyalari, budjet mablag‘lari va boshqa manbalar hisobidan qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(15-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Shaharda yo‘lovchilar tashish sohasidagi ilmiy-tadqiqot ishlari, metropoliten qurilishi, qoida tariqasida, davlat budjeti hisobidan amalga oshiriladi.
Bekatlarni, to‘xtab o‘tish va dispetcherlik manzillarini loyihalash, qurish, obodonlashtirish va saranjom saqlash, shuningdek yangi tramvay va trolleybus yo‘llari qurish mahalliy budjet hisobidan amalga oshiriladi.
Shahar yo‘lovchilar transporti tashuvchilarining yo‘l qo‘yiladigan doiradagi tariflar bo‘yicha yo‘lovchilar va bagaj tashish xizmatlari ko‘rsatish munosabati bilan ko‘rgan zarari Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda tegishli mahalliy budjet hisobidan qoplanadi.
Ayrim toifadagi fuqarolarni transportda imtiyozli tashish davlat budjeti hisobidan amalga oshiriladi.
16-modda. Shahar yo‘lovchilar transportida yo‘l haqi to‘lash
Oldingi tahrirga qarang.
Shahar yo‘lovchilar transportida yo‘lovchilar va bagaj tashish haqini to‘lash Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan yo‘l qo‘yiladigan doirada belgilangan tariflar bo‘yicha amalga oshiriladi.
(16-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Shahar yo‘lovchilar transportida yo‘lovchilar va bagaj tashishning yo‘l qo‘yiladigan doiradagi tariflari darajasi iqtisodiy asoslangan tashish xarajatlaridan va yo‘lovchilar tashish xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojdan kelib chiqib belgilanadi.
Yo‘nalishsiz taksilarda bagaj tashish haqi olinmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
(17-modda O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 31-dekabrdagi O‘RQ-197-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2008-y., 52-son, 513-modda)
18-modda. Shahar yo‘lovchilar transporti vositalarini boshqarish huquqi
Shahar yo‘lovchilar transporti vositalarini boshqarish huquqi tegishli malakaga ega bo‘lgan va tibbiy tekshiruvdan o‘tgan shaxsga beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Yo‘lovchilar transportini boshqarishga doir malaka talablari va tibbiy tekshiruvdan o‘tish tartibi qonunchilikda belgilanadi.
(18-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
19-modda. Yo‘nalishlarni tashkil etish. Bekatlar, to‘xtab o‘tish va dispetcherlik manzillari
Oldingi tahrirga qarang.
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va shahar yo‘lovchilar transportini boshqarish organlari, aholining ehtiyojlariga qarab yo‘nalish tarmoqlarini hamda shahar yo‘lovchilar transportining har xil turlarini ulardan samarali foydalanishni nazarda tutgan holda rivojlantirishni ta’minlaydilar.
(19-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Yo‘nalishlarni tashkil etish, shu jumladan yangi yo‘nalishlar ochish va ishlab turganlarini o‘zgartirish, bekatlarni, to‘xtab o‘tish va dispetcherlik manzillarini joylashtirish yerini aniqlash shahar yo‘lovchilar transportini boshqarish organi tomonidan mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari bilan kelishgan holda amalga oshiriladi.
(19-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Yo‘lovchilarning, shu jumladan nogironligi bo‘lgan shaxslarning va bolali yo‘lovchilarning transport vositasiga chiqishi va undan tushishining xavfsizligini ta’minlash maqsadida bekatlar va to‘xtab o‘tish manzillari hududida jihozlangan supachalar bo‘lishi lozim.
(19-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 17-maydagi O‘RQ-770-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Bekatlar va to‘xtab o‘tish manzillarida aholiga xizmatlar ko‘rsatish obyektlari joylashtirilishi mumkin. Bunda yo‘lovchilarning hayoti va sog‘lig‘i xavfsizligi hamda transport harakati xavfsizligi ta’minlanishi kerak.
(19-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi O‘RQ-352-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
Bekatlar,to‘xtab o‘tish va dispetcherlik manzillari mazkur turdagi inshootlarga qo‘yiladigan sanitariya va texnika talablariga mos, zamonaviy ko‘rinishga ega bo‘lishi lozim.
20-modda. Shahar yo‘lovchilar transportining harakat jadvali
Shahar yo‘lovchilar transportining harakati tashuvchi tomonidan shahar yo‘lovchilar transportini boshqarish organi tasdiqlagan harakat jadvaliga muvofiq tashkil qilinadi.
Barcha bekatlarda, oxirgi va to‘xtab o‘tish manzillarida yo‘nalishning nomi, tartib raqami va harakatning oraliq vaqti to‘g‘risidagi ma’lumot lavhasi joylashtiriladi.
Metropoliten bekatlarida poyezdlar harakatining oraliq vaqti maxsus qoidalarga binoan belgilanadi.
21-modda. Shahar yo‘lovchilar transporti vositalariga qo‘yiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
Shahar yo‘lovchilar transporti vositalari xavfsizlik, mehnatni muhofaza qilish, ekologiya talablariga, shuningdek standartlar va texnikaviy shartlarga, tibbiy-sanitariya va yong‘inga qarshi normalarga muvofiqlik sertifikatiga ega bo‘lishi lozim. Transport vositalari qonunchilikda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lishi kerak.
(21-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Sertifikatlashdan o‘tmagan va belgilangan tartibda ro‘yxatga olinmagan transport vositalari foydalanishga qo‘yilmaydi.
Yo‘lovchilar transportini sertifikatlash tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Shahar yo‘lovchilar transportining salonida harakat yo‘nalishi, yo‘lovchi va bagaj tashish haqi to‘g‘risidagi ma’lumot, shuningdek boshqa zarur axborot bo‘lishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Tashuvchi shahar yo‘lovchilar transportida nogironligi bo‘lgan shaxslar va bolali yo‘lovchilar uchun zarur qulayliklarni yaratadi.
(21-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 17-maydagi O‘RQ-770-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son)
Yo‘nalishsiz taksilarda yo‘l haqini aniqlash uchun hisoblagich (taksometr), maxsus tanib olish belgilari va boshqa yengil avtomobillardan farqlanuvchi raqam belgilari bo‘lishi lozim.
Yo‘nalishsiz taksilar uchun umumiy belgilar Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
22-modda. Shahar yo‘lovchilar transportida reklama
Oldingi tahrirga qarang.
Tashuvchilar yuridik va jismoniy shaxslarning reklamasini transport vositalarida qonunchilikda belgilangan tartibda joylashtiradilar.
(22-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
23-modda. Shahar yo‘lovchilar transporti tashuvchisining majburiyatlari
Tashuvchi:
shaharda yo‘lovchilarni tashish ishlarini bajarish uchun litsenziyaga ega bo‘lishi;
yo‘lovchilarni tashish yuzasidan belgilangan qoidalarga rioya etishi;
yo‘lovchilarning hayoti va sog‘lig‘i xavfsizligini ta’minlashi;
mehnatni muhofaza qilish, yong‘indan saqlash xavfsizligi, ishlab chiqarish sanitariyasi va ekologiya talablarini bajarishi;
harakat xavfsizligini, shahar yo‘lovchilar transportidan texnik foydalanish va uni ishlatish qoidalariga rioya etilishini ta’minlashi;
fuqarolarning ayrim toifalarini imtiyozli tashishi;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa talablarni bajarishi shart.
(23-modda birinchi qismining sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Tashuvchilarning belgilangan yo‘nalishdan o‘zboshimchalik bilan chetga chiqishi, harakat jadvalini buzishi hamda yo‘lovchilarga qonunchilikda nazarda tutilmagan biron-bir talabni qo‘yishi man etiladi.
(23-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
24-modda. Yo‘lovchilarning huquqlari
Yo‘lovchilar:
shahar yo‘lovchilar transportining har qanday turidan foydalanish;
bekatlar va to‘xtab o‘tish manzillaridan foydalanish;
o‘zlari bilan birgalikda yetti yoshgacha bo‘lgan bolalarini bepul olib yurish;
o‘lchamlari belgilangan kattalikdan oshmaydigan, vazni yigirma kilogrammgacha bo‘lgan qo‘l yukini bepul olib yurish;
belgilangan tariflar bo‘yicha haq to‘lab bagaj olib yurish;
hayoti va sog‘lig‘ini shaxsiy sug‘urta qilish haqida ixtiyoriy ravishda shartnoma tuzish;
bekatlar va oxirgi dispetcherlik manzillari dispetcherlaridan shahar yo‘lovchilar transportining ishi to‘g‘risida axborot olish;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikda berilgan boshqa huquqlardan foydalanish huquqiga egadir.
(24-moddaning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
25-modda. Yo‘lovchilarning majburiyatlari
Yo‘lovchilar:
yo‘lovchilarni tashish yuzasidan belgilangan qoidalarga rioya etishlari;
yo‘l haqi va bagaj tashish haqini o‘z vaqtida to‘lashlari, chiptani manzilga yetgunga qadar saqlashlari va uni nazorat qiluvchi shaxslarning talabiga binoan ko‘rsatishlari;
transportda imtiyozli yurish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni ko‘rsatishlari;
shahar yo‘lovchilar transportidan foydalanganda tozalik va tartibga rioya etishlari, tashuvchilarning asbob-uskunalari va mol-mulkini ehtiyot qilishlari;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa talablarni bajarishlari shart.
(25-modda birinchi qismining oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Yo‘lovchilarning tez yonuvchan, portlovchi, zaharli, radioaktiv moddalar va ashyolarni, shuningdek qurolni hamda sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ashyolarni ochiq (g‘ilofsiz) holda olib yurishi taqiqlanadi.
(25-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 31-maydagi O‘RQ-772-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2022-y., 03/22/772/0460-son — 2022-yil 2-sentabrdan kuchga kiradi)
26-modda. Shahar yo‘lovchilar transportida imtiyozli yurish
Oldingi tahrirga qarang.
Ayrim toifadagi fuqarolarga qonunchilik bilan shahar yo‘lovchilar transportida imtiyozli yurish huquqi belgilanadi.
(26-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Transportda imtiyozli yurish huquqidan foydalanadigan shaxslarning qo‘l yuki va bagaj olib yurishi umumiy asoslarda amalga oshiriladi.
Transportda imtiyozli yurish huquqini beradigan hujjatlar bo‘yicha ketayotgan yo‘lovchilar uchun shahar yo‘lovchilar transportida amal qilayotgan tashish qoidalari majburiydir.
Oldingi tahrirga qarang.
27-modda. Shahar yo‘lovchilar transporti to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
(27-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Shahar yo‘lovchilar transporti to‘g‘risidagi qonunchilikni buzgan shaxslar qonunda belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
(27-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Chiptalarni, yo‘l varaqalarini va shahar yo‘lovchilar transportida imtiyozli yurish huquqini beradigan hujjatlarni qalbakilashtirganlik uchun javobgarlik qonunda belgilab qo‘yiladi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1997-yil 25-aprel,
419-I-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 4-5-son, 124-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 37-38-son, 367-modda; 2008-y., 52-son, 513-modda; 2013-y., 18-son, 233-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son, 01.06.2022-y., 03/22/772/0460-son; 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)