|
Yoʻnalishlar nomi (vazifalar) |
Yoʻnalishlarni amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar (vazifalar) |
Bajarish muddati |
Bajaruvchilar | ||
|
Turkmaniston tomonidan |
Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan | ||||
|
I. Savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari | |||||
|
1.1. |
Oʻzaro mahsulotlar (xizmatlar) yetkazib berish hajmini va turlarini koʻpaytirish. |
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Turkmaniston oʻrtasida oʻzaro eksport-import qilishning hajmini oshirish, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkmaniston Hukumati oʻrtasida oʻzaro mahsulot yetkazib berish toʻgʻrisidagi Bitim doirasida. |
2013 — 2017-yillar |
Turkmaniston Savdo va tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi |
TIAISV “Oʻzavtosanoat” AK, “Oʻzqurilishmateriallari� AK, "Oʻzbekyengilsanoat" DAK, “Oʻzeltexsanoat” Uyushmasi, “Oʻzkimyosanoat” DAK |
|
1.2. |
Ikki davlat xoʻjalik yurituvchi subyektlari va ishbilarmon doiralari oʻrtasida savdo-iqtisodiy aloqalarni faollashtirish. |
Tomonlar ishbilarmon doiralarining ikki davlat hududida oʻtkaziladigan xalqaro koʻrgazma, iqtisodiy yarmarka, biznes-forumlarda ishtirok etishi uchun tashriflarini tashkil etish. |
2013 — 2017-yillar |
Turkmaniston Savdo- sanoat palatasi, Turkmaniston Ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar Uyushmasi |
Savdo-sanoat palatasi, TIAISV, TIV, tegishli vazirlik va idoralar |
|
Ikki davlat ishbilarmon doira vakillari oʻrtasida toʻgʻridan toʻgʻrialoqalar oʻrnatishga koʻmaklashish. |
2013 — 2017-yillar |
Turkmaniston Savdo- sanoat palatasi, Turkmaniston Ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar Uyushmasi |
Savdo-sanoat palatasi, TIAISV, TIV, tegishli vazirlik va idoralar | ||
|
Ikki davlat savdo-sanoat palatalari oʻrtasida hamkorlikni yanada rivojlantirish. |
2013 — 2017-yillar |
Turkmaniston Savdo- sanoat palatasi |
Savdo-sanoat palatasi | ||
|
Qoʻshma korxonalar, kompaniya va korxonalar vakolatxonalari va filiallarini tashkil etishga, ishlab chiqarish kooperatsiyasini kengaytirish va chuqurlashtirishga koʻmaklashish. |
2013 — 2017-yillar |
tegishli vazirlik va idoralar |
Savdo-sanoat palatasi, TIAISV, TIV, tegishli vazirlik va idoralar | ||
|
1.3. |
Milliy va xalqaro koʻrgazmalar, yarmarkalar va boshqa tadbirlar oʻtkazish. |
Oʻzbekiston Respublikasida Turkmaniston milliy koʻrgazmasini tashkil etish. |
2013 — 2017-yillar |
Turkmaniston Savdo- sanoat palatasi, tegishli vazirlik va idoralar |
Savdo-sanoat palatasi, TIAISV, TIV, tegishli vazirlik va idoralar |
|
Turkmanistonda oʻzbek sohaviy koʻrgazmalarini tashkil etish. |
2013 — 2017-yillar |
Turkmaniston Savdo-sanoat palatasi |
Savdo-sanoat palatasi, TIAISV, TIV, tegishli vazirlik va idoralar | ||
|
II. Transport va transport kommunikatsiyalari sohasida hamkorlik | |||||
|
2.1. |
Tomonlarning tranzit va transport salohiyatlaridan samarali foydalanish, ikki davlat hududidan yuklar oʻtishini taʼminlaydigan xalqaro transport yoʻlaklari va magistrallarini rivojlantirishga koʻmaklashish. |
Oʻzbekiston va Turkmaniston hududi boʻylab temir yoʻl transporti bilan tashiladigan asosiy eksport yuklari (paxta tolasi, mineral oʻgʻitlar, qurilish materiallari, rangli metallar, tekstil mahsulotlari) tranzitiga qoʻshimcha tarif yengilliklari berish boʻyicha muzokaralar oʻtkazish. |
2013 — 2017-yillar |
Tegishli vazirlik va idoralar |
TIAISV, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” DATK, TIV |
|
Oʻzbek tashqi savdo yuklarini “Turkmenboshi” porti va Kaspiy dengizi orqali paromda oʻtkazish orqali tashishda xizmatlar vaqti va narxini kamaytirish masalalari boʻyicha muzokaralar olib borish. |
2013 — 2017-yillar |
Tegishli vazirlik va idoralar |
TIAISV, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” DATK, TIV | ||
|
2.2. |
Transport sohasida koʻp tomonlama va ikkitomonlama normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va toʻla-toʻkis bajarish. |
2000-yilning 21-sentabrida Ashxobod shahrida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkmaniston Hukumati oʻrtasida temir yoʻl transporti bilan tranzit yuklarni tashishni tartibga solish sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitimga, ikki davlat hududi orqali eksport-import tranzit yuklarini tashishda qoʻshimcha hududlar kiritishni nazarda tutuvchi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish. |
2013-yil |
Tegishli vazirlik va idoralar |
TIAISV, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” DATK, TIV |
|
2.3. |
2011-yil 25-aprelda Ashxobod shahrida imzolangan Eron Islom Respublikasi, Omon Sultonligi, Qatar Davlati, Turkmaniston va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatlari oʻrtasida xalqaro transport hamda tranzit yoʻlagini tashkil etish Bitimini amalga oshirish. |
Bitim doirasida qoʻyidagi asosiy vazifalarni oldiga qoʻygan Ishchi qoʻmitani shakllantirish (Bitimning 10-moddasiga asosan): — yoʻnalishlarni belgilash; — xalqaro yuk tashishni tartibga solishni soddalashtirish va uygʻunlashtirish; — yuk tranzitida xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq soliq, boj va boshqa toʻlovlarni hamda yigʻimlarni optimallashtirish; — xavfli va taqiqlangan yuklar, hamda ikki maqsadli mahsulotlar roʻyxatini belgilab olish; — Tranzit koridori boʻyicha transport infratuzilmasini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan loyihalarga investitsiyalar jalb etishga koʻmaklashish. |
Bitim kuchga kirishi bilan |
Tegishli vazirlik va idoralar |
TIAISV, TIV, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” DATK, tegishli vazirlik va idoralar |
|
2.4. |
Ikki davlat oʻrtasida avtomobil tashuvi tizimini takomillashtirish. |
1996-yil 16-yanvardagi Oʻzbekiston Respublikasi bilan Turkmaniston Hukumati oʻrtasidagi xalqaro avtomobilda yoʻlovchi va yuk tashish aloqasi toʻgʻrisidagi Bitimga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish. |
2013-yilning |
Tegishli vazirlik va idoralar |
Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi |
|
III. Atrof-muhitni himoya qilish va tabiatdan oqilona foydalanish sohasida, shu jumladan | |||||
|
3.1. |
Transchegaraviy qazilma-konlari boʻyicha hamkorlik. |
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkmaniston Hukumati oʻrtasida transchegaraviy qazilma konlari boʻyicha Bitimni tuzish. |
2013-yil |
Turkmaniston Neftgaz sanoati va mineral resurslar vazirligi, Turkmangeologiya davlat korporatsiyasi, tegishli vazirlik va idoralar |
Geologiya va kartografiya davlat qoʻmitasi, “Oʻzbekneftegaz” MXK, tegishli vazirlik va idoralar |
|
3.2. |
Ikki davlat hududida joylashgan, shu jumladan suv xoʻjaligi va elektr�nergiya obyektlaridan foydalanilayotganda ekspluatatsiya xodimlari, avtotransporti va mexanizmlarining obyektlarga kirish, chiqish va obyektda turish shartlarini tartibga soluvchi oʻzaro kelishilgan yondashuvga amal qilish. |
Ikki davlat hududida joylashgan, shu jumladan suv xoʻjaligi va elektrenergiya obyektlaridan foydalanilayotganda ekspluatatsiya xodimlari, avtotransporti va mexanizmlarining obyektlarga kirish, chiqish va obyektda turish shartlarini tartibga solishga yoʻnaltirilgan qoʻshma chora-tadbirlar ishlab chiqish. |
2013-2014 |
“Turkmenenergo” DEK, Turkmaniston Energetika vazirligi |
Davlat bojxona qoʻmitasi, IIV, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi |
|
Tomonlar chegara oldi hududida joylashgan Oʻzbekiston Respublikasi va Turkmaniston xoʻjalik obyektlaridan foydalanish va ularni taʼmirlash-qayta tiklash ishlarini oʻtkazish sohasida hamkorlik toʻgʻrisida hukumatlararo Bitimni amalga oshirish. |
2013 — 2017-yillar |
Tegishli vazirlik va idoralar |
Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, TIV, Adliya vazirligi, MXX Davlat chegarasini himoya qilish qoʻmitasi, “Oʻzbekenergo” DAK, “Oʻzkommunxizmat” Agentligi | ||
|
3.3. |
Atrof-muhitni himoya qilish va suv xoʻjaligi sohasida hamkorlik. |
Turkmaniston hududida toʻlov asosida foydalanilayotgan Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligi obyektlarining hududini aniqlashtirish boʻyicha qoʻshma ishlar olib borish va ulardan foydalanish masalalarini muhokama qilish. |
2013-2014 |
Turkmaniston Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Turkmaniston Suv xoʻjaligi vazirligi |
Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Yergeodezkadastr davlat qoʻmitasi, TIV |
|
Iqlimni global isishi sohasida tajriba almashish boʻyicha qoʻshma ishchi uchrashuvlar oʻtkazish va ushbu oqibatlarga moslashish boʻyicha qoʻshma chora-tadbirlarini muhokama qilish. |
2013 — 2017-yillar |
Turkmaniston Tabiatni himoya qilish vazirligi |
Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi | ||
|
IV. Favqulodda holatlarni oldini olish va bartaraf etish sohasida hamkorlik | |||||
|
4.1. |
Tabiiy hodisalar, xavfli texnogen va ekologik jarayonlarning hamkorlikda monitoringini tashkil etish va amalga oshirish, shuningdek favqulodda hodisalarni oldindan aniqlash va ularning oqibatlarini baholash. |
Favqulodda holatlarni monitoring qilish va oldindan aniqlash borasida tajriba almashish maqsadida ishchi uchrashuvlarni oʻtkazish. |
2013 — 2017-yillar |
Tegishli vazirlik va idoralar |
Favqulodda vaziyatlar vazirligi, TIV |
|
Aholi va hududlarni himoya qilishga doir oʻtkaziladigan chora-tadbirlar haqidagi maʼlumotlarni almashish uchun ishchi uchrashuvlarni tashkil qilish. |
2013-yil |
Tegishli vazirlik va idoralar |
Favqulodda vaziyatlar vazirligi, TIV | ||
|
Zararli chigirtkalarning chegara oldi hududlarda koʻpayishini yillik mavsumiy monitoring qilish va monitoring natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotni majburiy doimiy ravishda oʻzaro almashishni amalga oshirish. |
Har yili |
Tegishli vazirlik va idoralar |
Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi, TIV | ||
|
4.2. |
Favqulodda holatlarni bartaraf etishda oʻzaro yordam koʻrsatish. |
Zaruriy yordam koʻrsatish maqsadida trans- chegaraviy favqulodda holatlarning tahdidi va paydo boʻlishi yuzasidan qoʻshma tadbirlarni muvofiqlashtirish boʻyicha ishchi guruhni tashkil etish. |
Tomonlarning kelishuviga asosan |
Tegishli vazirlik va idoralar |
Favqulodda vaziyatlar vazirligi, TIV |
|
Transchegaraviy favqulodda holatlarni bartaraf etishda oʻzaro yordam koʻrsatish uchun texnik vositalar maxsus zaxirasini tashkil etish masalasini koʻrib chiqish. |
Tomonlarning kelishuviga asosan |
Tegishli vazirlik va idoralar |
Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi | ||
|
4.3. |
Qoʻshma konferensiya, seminar, ishchi yigʻilishlar, oʻqishlar va mashgʻulotlar tashkil qilish. |
Tajriba almashish boʻyicha quyidagi masalalarda qoʻshma seminar va konferensiyalarni tayyorlash va oʻtkazish: — favqulodda vaziyatlarni oldini olish va bartaraf etish sohasidagi chora-tadbirlarni tashkil qilish va amalga oshirish; — favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish paytida mahalliy hokimiyatlarning favqulodda vaziyatlarga qarshi chora koʻrish xizmati harakatlarini muvofiqlashtirish. |
2014 — 2017-yillar |
Tegishli vazirlik va idoralar |
Favqulodda vaziyatlar vazirligi, TIV |
|
Chegara oldi hududlarda zararli chigirtkalarga qarshi kurash boʻyicha qoʻshma maxsus-taktik mashgʻulotlar oʻtkazish. |
2013 — 2017-yillar |
Tegishli vazirlik va idoralar |
Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Fav�ulodda vaziyatlar vazirligi, TIV | ||
|
V. Taʼlim, sogʻliqni saqlash va madaniyat sohasida hamkorlik | |||||
|
5.1. |
Quyidagi yoʻnalishlarda oʻzaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish uchun tadbirlarni muvofiqlashtirish: |
||||
|
— oliy taʼlim sohasida tomonlar hamkorligi; |
Oʻzbekiston Respublikasi va Turkmaniston oliy oʻquv yurtlari oʻrtasida toʻgʻridan toʻgʻrialoqalarni oʻrnatish va rivojlantirish. |
2013 — 2017-yillar |
Tegishli vazirlik va idoralar |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi | |
|
Professor-oʻqituvchilar, amaliyotchilar, tadqiqotchilar, katta ilmiy xodim-tadqiqotchilar, magistrlar, talabalar va boshqalar ishtirokida akademik almashish. |
2013 — 2017-yillar |
Tegishli vazirlik va idoralar |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi | ||
|
Toshkent tibbiyot akademiyasida gigiyena yoʻnalishi boʻyicha mutaxassislar malakasini oshirish. |
2013 — 2017-yillar |
Turkmaniston Sogʻliqni saqlash va tibbiyot sanoati vazirligi |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Toshkent tibbiyot akademiyasi | ||
|
— sogʻliqni saqlash sohasida va epidemiologiya masalalari boʻyicha tomonlarning oʻzaro saʼy-harakatlari; |
Aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini koʻrsatishni tashkil etish sohasida hamkorlik. |
2013 — 2017-yillar |
Tegishli vazirlik va idoralar |
Sogʻliqni saqlash vazirligi | |
|
Maxsus tibbiy yordamni tashkil etish sohasida hamkorlik. |
2013 — 2017-yillar |
Tegishli vazirlik va idoralar |
Sogʻliqni saqlash vazirligi | ||
|
Epidemiologiya sohasida maʼlumot va tajriba almashish boʻyicha tadbirlar tashkil etish va oʻtkazish. |
2013 — 2017-yillar |
Tegishli vazirlik va idoralar |
Sogʻliqni saqlash vazirligi | ||
|
— qoʻshma ilmiy-tadqiqot ishlari oʻtkazish, olim, aspirant va talabalar almashinuvi; |
Fan va taʼlim sohalaridagi dolzarb mavzularga, ikki davlat tarixi, madaniyati va sanʼatining muhim ahamiyatga ega boʻlgan sanalariga bagʻishlangan ilmiy-amaliy kon�erensiya, simpozium, seminar va davra suhbatlarida qatnashish. |
2013 — 2017-yillar |
Turkmaniston Fanlar akademiyasi, tegishli vazirlik va idoralar |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi | |
|
Sogʻliqni saqlash sohasida qoʻshma ilmiy loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish. |
2013 — 2017-yillar |
Turkmaniston Fanlar akademiyasi, tegishli vazirlik va idoralar |
Sogʻliqni saqlash vazirligi | ||
|
Tibbiyotning dolzarb yoʻnalishlari boʻyicha yosh olimlar tajriba orttirishlari uchun amaliyotlarni tashkil qilish, qoʻshma konferensiya va seminarlar oʻtkazish. |
2013 — 2017-yillar |
Turkmaniston Fanlar akademiyasi, tegishli vazirlik va idoralar |
Sogʻliqni saqlash vazirligi | ||
|
Oʻzbekiston Respublikasi va Turkmanistonda chop etiladigan ilmiy toʻplamlarda ilmiy maqolalar va qoʻshma tadqiqotlarning natijalarini chop etish. |
2013 — 2017-yillar |
Fanlar akademiyasi, tegishli vazirlik va idoralar |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi | ||
|
2011-yil 5-mayda imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkmaniston Hukumati oʻrtasida ilmiy-texnologik hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitim doirasida tadqiqot loyihalarini hissali moliyalashtirish orqali qoʻshma tanlovni tashkil qilish va oʻtkazish. |
2013-2014 |
Turkmaniston Fanlar akademiyasi, tegishli vazirlik va idoralar |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi fan va texnologiyalarni rivojlantirishni m�vofiqlashtirish qoʻmitasi | ||
|
— madaniyat va sanʼat, sport. |
Turkman madaniyat va sanʼat arboblarining “Sharq taronalari” (“Melodii Vostoka”) Xalqaro musiqiy festivalida qatnashishi. |
2013 — 2017-yillar |
tegishli vazirlik va idoralar |
Madaniyat va sport ishlari vazirligi | |
|
Ikki davlat hududlarida boʻlib oʻtadigan madaniyat va sanʼat sohasidagi xalqaro tadbirlar, hamda sport musobaqalari va turli bellashuvlarda ikki davlat vakillarining qatnashishlarini tashkillashtirish va ularga koʻmaklashish. |
2013 — 2017-yillar |
Turkmaniston Madaniyat vazirligi, Sport boʻyicha Turkmaniston davlat qoʻmitasi |
Madaniyat va sport ishlari vazirligi | ||
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Turkmaniston oʻrtasida Shartnoma
Kuchga kirish sanasi
07.12.2012
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
|
Hujjat kuchini yo‘qotgan 31.12.2017
|
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Turkmaniston oʻrtasida
2013 - 2017-yillarga moʻljallangan iqtisodiy hamkorlik toʻgʻrisida
Shartnoma
2012-yil 2-oktabr, Ashxobod
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Turkmaniston, bundan keyin “Tomonlar” deb ataluvchilar,
ikki tomonlama iqtisodiy hamkorlikni yanada chuqurlashtirish va kengaytirishga boʻlgan oʻzaro qiziqishni eʼtiborga olib,
1996-yil 16-yanvardagi Oʻzbekiston Respublikasi bilan Turkmaniston oʻrtasida doʻstlik, hamkorlik va oʻzaro yordam toʻgʻrisidagi Shartnomaning, 2004-yil 19-noyabrdagi Oʻzbekiston Respublikasi bilan Turkmaniston oʻrtasida doʻstlik, oʻzaro ishonchni mustahkamlash va hamkorlikni rivojlantirish toʻgʻrisidagi Shartnomaning, 2007-yil 18-oktabrdagi Oʻzbekiston Respublikasi bilan Turkmaniston oʻrtasida doʻstona munosabatlarni va har tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash toʻgʻrisidagi Shartnomaning, shuningdek Tomonlar ishtirokchi boʻlgan boshqa xalqaro shartnomalarning qoidalariga amal qilgan holda,
ikki mamlakat xalqlari oʻrtasida tarixiy shakllangan doʻstlik, oʻzaro hurmat va ishonch munosabatlariga asoslanib,
savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy va gumanitar sohalarda ikki tomonlama aloqalarni va oʻzaro manfaatli sherikchilikni yanada kengaytirish maqsadlaridan kelib chiqqan holda,
ikki davlat hududida amaldagi milliy qonunchilikka rioya qilib hamda xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan normalari va prinsiplarini hisobga olgan holda, quyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar:
1-modda.
Tomonlarning iqtisodiy hamkorligi davlatlarning suveren tengligi, teng huquqlilik, strategik sherikchilik va oʻzaro foydalilik prinsiplariga asoslangan hamda Tomonlarning milliy manfaatlarini inobatga olgan holda xoʻjalik yurituvchi subyektlarning mulk shaklidan qatʼi nazar, ular oʻrtasida bevosita aloqa qilish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Tomonlar boshqa Tomonning manfaatlariga zarar yetkazuvchi xatti-harakatlardan oʻzlarini tiyadilar.
2-modda.
Tomonlar ikki tomonlama tovar almashinuvini amalga oshirish, oʻzaro tovarlar (xizmatlar) yetkazib berishning hajmi va assortimentini koʻpaytirish uchun qulay sharoitlar yaratish hamda Oʻzbekiston Respublikasi va Turkmaniston biznes tuzilmalari vakillari oʻrtasida bevosita amaliy aloqalarni oʻrnatish yoʻli bilan savdo-iqtisodiy munosabatlarni yanada rivojlantirish boʻyicha hamkorlikni kuchaytiradilar.
3-modda.
Tomonlar transport va transport kommunikatsiyalari sohasida hamkorlikni rivojlantirish har ikki davlat uchun strategik ahamiyat kasb etishini taʼkidladilar.
Shu maqsadda Tomonlar tashqi bozorlarga chiqish uchun transport yoʻlaklari va magistrallarini diversifikatsiya qilish yuzasidan, shuningdek ikki mamlakat hududlari boʻylab oʻtuvchi tashqi savdo yuklarni tashish uchun qulay sharoitlar yaratish boʻyicha ishni davom ettiradilar.
4-modda.
Tomonlar quyidagilar boʻyicha yordam koʻrsatadilar:
atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan oqilona foydalanish sohasida hamkorlik qilish masalalari boʻyicha, shu jumladan Markaziy Osiyoning transchegaraviy daryolari havzalarining suv va energetika resurslarini boshqarish va ulardan foydalanish masalalari boʻyicha, shuningdek Orol dengizi havzasida ekologik inqirozni bartaraf etish va ijtimoiy-iqtisodiy holatni yaxshilash boʻyicha yagona pozitsiyani ishlab chiqish;
ikki davlat hududidagi suv xoʻjaligi va elektroenergetika obyektlarida ishlaydigan xodimlar, ishlatiladigan avtotransport va mexanizmlarning kirishi, chiqishi va turishi uchun oʻzaro manfaatli sharoitlarni taʼminlash;
favqulodda vaziyatlarni oldini olish va bartaraf qilish borasida, shuningdek taʼlim, ilmiy-tadqiqot ishlari, sogʻliqni saqlash, madaniyat, sport va turizm sohalarida hamkorlikni rivojlantirish.
5-modda.
Tomonlar mazkur Shartnomani amalga oshirish maqsadida uning ajralmas qismi boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi bilan Turkmaniston oʻrtasida 2013 — 2017-yillarga moʻljallangan iqtisodiy hamkorlik Dasturini (bundan keyin — Dastur) qabul qiladilar va uning amalga oshirilishida har tomonlama koʻmaklashadilar.
Tomonlar Dasturda nazarda tutilgan, ikki davlatning iqtisodiy rivojlanishida muhim oʻrin tutuvchi sohalarda hamkorlikni jadallashtiradilar.
Tomonlar koʻrsatib oʻtilgan iqtisodiyot sohalarida hamkorlik qilish uchun kulay investitsiyaviy muhit yaratishga koʻmaklashadilar.
6-modda.
Tomonlar Savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy hamkorlik boʻyicha oʻzbek-turkman Qoʻshma komissiyasiga Dasturning bajarilishini muvofiqlashtirishni va uni amalga oshirilishini nazorat qilishni topshiradilar.
Dastur bajarilishi yuqorida koʻrsatib oʻtilgan komissiyaning majlislarida yiliga kamida bir marotaba koʻrib chiqiladi.
7-modda.
Mazkur Shartnomaning qoidalarini talqin qilish va qoʻllashga doir bahs va kelishmovchiliklar maslahatlashuvlar va muzokaralar yoʻli bilan hal etiladi.
8-modda.
Tomonlarning oʻzaro roziligi bilan mazkur Shartnomaga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin. Ular ushbu Shartnomaning 10-moddasida belgilangan tartibda kuchga kiradigan va kuchga kirish paytidan boshlab uning ajralmas qismi hisoblanadigan alohida bayonnomalar bilan rasmiylashtiriladi.
9-modda.
Mazkur Shartnoma Tomonlar ishtirokchi boʻlgan boshqa xalqaro shartnomalardan kelib chiquvchi huquq va majburiyatlarga daxl qilmaydi.
10-modda.
Mazkur Shartnoma Tomonlar uning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki protseduralarini bajarganliklarini tasdiqlovchi soʻnggi yozma xabarnoma diplomatik kanallar orqali olingan sanadan boshlab kuchga kiradi va 2017-yilning 31-dekabrigacha amal qiladi.
Tomonlarning har biri boshqa Tomonga ushbu Shartnomani tugatish toʻgʻrisida yozma xabarnoma yuborish yoʻli bilan uning amal qilishini tugatishi mumkin. Bu holda Shartnoma shunday xabarnoma olingan sanadan boshlab olti oy oʻtgach amal qilishi tugaydi.
Agar Tomonlar boshqacha kelishib olmasalar, mazkur Shartnoma amal qilishining tugatilishi uning doirasida boshlangan loyiha va dasturlarni amalga oshirilishiga ular toʻla yakunlanmaguniga qadar taʼsir qilmaydi.
Ashxobod shahrida 2012-yil 2-oktabrda ikki asl nusxada, har biri oʻzbek, turkman va rus tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil yuridik kuchga ega.
Mazkur Shartnoma qoidalarini talqin qilishda rus tilidagi matndan foydalaniladi.
(imzolar)
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Turkmaniston oʻrtasida 2013 — 2017-yillarga moʻljallangan iqtisodiy hamkorlik
DASTURI
(Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari toʻplami, 2012-y., 3-4-son,)