Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasining qarori, 18.02.2013 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2428
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori

Pochta, kuryerlik joʻnatmalari pochta xavfsizligi yuzasidan nazoratni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 18-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2428]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Pochta aloqasi toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-yil, 17-son, 209-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 16-oktabrdagi PF–4475-son “Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 23-oktabrdagi PQ–1836-son “Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Pochta, kuryerlik joʻnatmalari pochta xavfsizligi yuzasidan nazoratni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Rais X. MIRZAXIDOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2013-yil 21-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-mh-son

Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasining 2013-yil 21-yanvardagi 6-mh-son qaroriga ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pochta, kuryerlik joʻnatmalari pochta xavfsizligi yuzasidan nazoratni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
YOʻRIQNOMA

Ushbu Yoʻriqnoma pochta aloqasi operatorlari va provayderlari tomonidan pochta, kuryerlik joʻnatmalarida odamlar hayoti va sogʻligʻi uchun xavfli boʻlgan predmetlar va moddalarni aniqlash boʻyicha nazoratni tashkil etish va oʻtkazish tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 6-maydagi 17-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3830, 06.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2026-y., 10/26/3830/0465-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Yoʻriqnomada quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pochta, kuryerlik joʻnatmalari nazorati — pochta, kuryerlik joʻnatmalarini ularda xavfli pochta, kuryerlik joʻnatmalarini aniqlash maqsadida vizual koʻrikdan oʻtkazish va texnik nazorat vositalarini qoʻllash orqali tekshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xavfli pochta, kuryerlik joʻnatmalari – Pochta aloqasi xizmatlarini koʻrsatish qoidalarining (roʻyxat raqami 2219, 2011-yil 18-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 16-son, 167-modda) 3-ilovasi 1-bandi “a” va “b” kichik bandlarida koʻrsatib oʻtilgan predmetlar va moddalar yoki ularning belgilarini oʻz ichiga olgan joʻnatmalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vakolatli organlar — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi;
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirining 2023-yil 15-maydagi 244-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2428-7, 05.06.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi 05.06.2023-y., 10/23/2428-7/0335-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
texnik nazorat vositalari — xavfli pochta, kuryerlik joʻnatmalarini aniqlash uchun qoʻllaniladigan maxsus texnika (metallodetektorlar, rentgen texnikasi, dozimetrlar, gaz analizatorlari va boshqalar).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Pochta, kuryerlik joʻnatmalari nazorati ularni qabul qilish, saralash va ishlov berishni amalga oshiruvchi pochta aloqasi operatorlari, provayderlariga yuklatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Pochta aloqasi operatorlari, provayderlari pochta, kuryerlik joʻnatmalari nazoratini amalga oshirish uchun ish joylari ajratilishini tashkillashtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pochta, kuryerlik joʻnatmalari nazorati uchun kerakli boʻlgan joylarning miqdori pochta aloqasi operatori, provayderi tomonidan nazorat qilinishi kerak boʻlgan pochta, kuryerlik joʻnatmalari hajmidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Pochta, kuryerlik joʻnatmalari nazorati joylari quyidagilar bilan jihozlangan boʻlishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
noqulay sanitariya-epidemiologik sharoitga, karantin va observatsiya zonalariga ega mamlakatlar roʻyxati (bunday mamlakatlar roʻyxati Respublika karantin va oʻta xavfli infeksiyalarni profilaktika qilish markazining maʼlumotlari boʻyicha tuziladi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pochta, kuryerlik joʻnatmalari yuqori eʼtiborni talab etadigan mamlakatlar roʻyxati (bunday mamlakatlar roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining maʼlumotlari boʻyicha tuziladi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pochta aloqasi xizmatlarini koʻrsatish qoidalarining (roʻyxat raqami 2219, 2011-yil 18-aprel) 3-ilovasi 1-bandi “a” va “b” kichik bandlarida koʻrsatib oʻtilgan predmetlar va moddalar, shuningdek ularning belgilari roʻyxati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
texnik nazorat vositalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Yoʻriqnomaning 1-ilovasiga muvofiq favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda xabardor qilish sxemasi (bundan buyon matnda xabardor qilish sxemasi deb yuritiladi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xavfli pochta, kuryerlik joʻnatmalari aniqlanganda xatti-harakatlar toʻgʻrisidagi qoʻllanma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xavfli pochta, kuryerlik joʻnatmalarini ajratib qoʻyish vositalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yakka tartibda himoyalanish vositalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vakolatli organlarning tezkor boʻlinmalari (navbatchi qismlari) bilan bogʻlanish telefonlarining roʻyxati.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Pochta aloqasi operatorlari, provayderlari kelib tushadigan pochta, kuryerlik joʻnatmalarini kiruvchi pochta, kuryerlik joʻnatmalarini qabul qilish, ularga ishlov berish (saralash)da, shuningdek joʻnatiladigan pochtani joʻnatishdan oldin amalga oshiriladigan vizual koʻrikdan oʻtkazish yoʻli bilan qabul qilish hamda shubhali pochta, kuryerlik joʻnatmalarini texnik nazorat vositalari bilan tekshirishning tartib-taomillarini tashkil qilishga majburdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Pochta aloqasi operatori, provayderi tomonidan xavfli pochta, kuryerlik joʻnatmalari aniqlanganda, bunday joʻnatmalar mazkur Yoʻriqnomada oʻrnatilgan talablarga rioya qilingan va ushbu Yoʻriqnomaning 2-ilovasiga muvofiq shaklda dalolatnoma tuzilgan holda ajratib qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dalolatnoma pochta aloqasi operatori, provayderi tomonidan ikki nusxada tuziladi, birinchi nusxasi xavfli pochta, kuryerlik joʻnatmasi aniqlangan boʻlinmalarning hujjatlariga qoʻshib qoʻyiladi, dalolatnomaning ikkinchi nusxasi ushbu joʻnatmalar olingan operator yoki provayder vakiliga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Pochta, kuryerlik joʻnatmalarida joʻnatilishi taqiqlangan predmetlar va moddalar aniqlangan taqdirda, Pochta aloqasi xizmatlarini koʻrsatish qoidalarining (roʻyxat raqami 2219, 2011-yil 18-aprel) 184-bandiga muvofiq huquqni muhofaza qiluvchi organlarning xodimlari pochta aloqasi obyektining rahbari (uning oʻrinbosari) ishtirokida, bayonnoma tuzish bilan qonun hujjatlariga muvofiq taqiqlangan predmetlar va moddalarning olib qoʻyilishini amalga oshiradi va bayonnomaning bir nusxasi joʻnatuvchiga yuboriladi. Yuborish taqiqlangan predmetlar va moddalarning olib qoʻyilishi yoki yoʻq qilinganligi toʻgʻrisida hududiy pochta aloqasi tashkilotlarining rahbarlari oʻn kun muddat ichida yozma shaklda joʻnatuvchi yoki adresatga xabar beradi, koʻrsatilgan predmetlar va moddalar topilganligi fakti boʻyicha huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tezkor-qidiruv tadbirlarini oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan hollar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II bob. Vizual koʻrikdan oʻtkazishni amalga oshirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Vizual koʻrikdan oʻtkazuvchi xodim quyidagilarga alohida ahamiyat berishga majburdir:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
cheklovchi yozuvlar (masalan, “Oʼz qoʼliga topshirilsin. Buyurtma bildirishnoma bilan” — “Vruchit lichno. S zakaznim uvedomleniyem” va hokazo) boʻlgan pochta, kuryerlik joʻnatmalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yozuv mashinkasida yomon yozilgan yoki pochta manzillari qoʻlda yozilgan, pochta manzillari toʻliq yozilmagan pochta, kuryerlik joʻnatmalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
joʻnatuvchilarning pochta manzillari va familiyalari koʻrsatilmagan pochta, kuryerlik joʻnatmalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pochta manzillari kesilgan va yopishtirilgan harflardan tuzilgan pochta, kuryerlik joʻnatmalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mashhur madaniyat va sanʼat arboblari, atoqli davlat, ijtimoiy-siyosiy va diniy arboblar, siyosiy partiyalar yetakchilariga moʻljallangan pochta, kuryerlik joʻnatmalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻrovlash usuli: shoshilib berkitilgan konvert yoki ortiq darajada oʻrovlangan va berkitilgan (plastik oʻrov, kanop ip); qogʻoz oʻrovdagi posilkalar va hokazo; konvertlarni yopishqoq tasma bilan puxta berkitish yoki ikkinchi (qoʻsh) konvertdan foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ortiqcha miqdordagi pochta markalarining mavjudligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ogʻirlikning siljigan markaziga ega, konvert tekisligi boʻyicha notekis yoʻgʻonlashishga ega yoki ogʻir pochta, kuryerlik joʻnatmalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bukilmaydigan paketlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻrovdan chiqib turgan metall simlar yoki folga va ulardan qolgan teshiklar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
marsipan hidlari yoki boshqa kuchli hidlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mexanizmlarning chiqillashi yoki hushtak ovozi va vishillashni eslatadigan tovushlarning (soatlar, vaqt datchiklari yoki siqilgan gazlar) mavjudligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Vizual koʻrikdan oʻtkazuvchi xodim umumiy xavfsizlik choralariga rioya qilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III bob. Texnik nazorat vositalarini qoʻllagan holda nazoratni amalga oshirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Kelib tushgan pochta, kuryerlik joʻnatmalari pochtaga ishlov berish va saralashni amalga oshiruvchi pochta aloqasi operatori, provayderining xodimlari tomonidan tekshirib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Texnik nazorat vositalari uchun masʼul shaxs (bundan buyon matnda masʼul xodim deb yuritiladi) pochta aloqasi operatori, provayderining buyrugʻi bilan xavfsizlik uchun masʼul boʻlgan xodimlar orasidan tayinlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Masʼul xodimlar xavfli pochta, kuryerlik joʻnatmalarni aniqlash usullari va metodlari boʻyicha maxsus oʻquv mashgʻulotlaridan oʻtgandan, texnik vositalarni ekspluatatsiya qilish qoidalari boʻyicha imtihonlarni topshirgandan keyin texnik nazorat vositalari bilan ishlashga qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Masʼul xodim ish joylarida texnik xarakteristikalar, ushbu asbobni ekspluatatsiya qilish boʻyicha koʻrsatmalar va uni qoʻllashda xavfsizlik choralarini hisobga olgan holda texnik nazorat vositalarini joylashtirishi va ulardan foydalanishi kerak. Texnik nazorat vositalari taʼminlangan tartibda saqlanadi, ularni saqlash shartlari tayyorlovchi zavodning normativ-texnik hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiq boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Pochta aloqasi operatori, provayderining masʼul xodimlari pochta, kuryerlik joʻnatmalari nazoratini texnik nazorat vositalari yordamida ekspluatatsiya qilish boʻyicha qoʻllanma (yoʻriqnoma)ga muvofiq hamda tayyorlovchi zavod tomonidan va ushbu Yoʻriqnomada oʻrnatilgan xavfsizlik choralariga rioya qilgan holda amalga oshiradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Pochta, kuryerlik joʻnatmalari nazorati pochtani belgilangan joyga joʻnatish muddatlariga rioya qilingan holda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-§. Rentgen texnikasini qoʻllagan holda nazoratni amalga oshirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Rentgen texnikasi pochta, kuryerlik joʻnatmalarini rentgen nurlanishi yordamida tekshirish uchun moʻljallangan boʻlib, tekshiriladigan pochta, kuryerlik joʻnatmalarining tarkibini koʻz bilan kuzatish va joylanmaning ayrim predmetlarini identifikatsiyalash imkonini beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Rentgen uskunasi oʻrnatilgan joy xavfli pochta, kuryerlik joʻnatmalarining namunali rasmlari va rentgenogrammalari bilan jihozlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-§. Dozimetrni qoʻllagan holda nazoratni amalga oshirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Dozimetrlar pochta, kuryerlik joʻnatmalarida ionlanuvchi nurlanish manbalarini, shu jumladan radioaktiv moddalarni aniqlash uchun qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Radioaktiv moddalar pochta, kuryerlik joʻnatmalarida kukunsimon massa yoki radioaktiv nurlanish manbalari boʻlib hisoblangan predmetlar koʻrinishida joʻnatilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Pochta, kuryerlik joʻnatmalarni tekshirib koʻrishda dozimetrning raqamli tablosidagi koʻrsatkichlarni hisoblash oʻlchashning belgilangan kichik diapazon birliklarida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Tabiiy radiatsion fonning yoʻl qoʻyiladigan darajasi sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari tomonidan belgilangan radiatsion xavfsizlik normalari qoʻllaniladi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 6-maydagi 17-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3830, 06.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2026-y., 10/26/3830/0465-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-§. Gaz analizatorini qoʻllagan holda nazoratni amalga oshirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Portlovchi moddalarning gaz analizatori pochta, kuryerlik joʻnatmalarida portlovchi, yengil alangalanadigan moddalarning mavjudligini aniqlash uchun qoʻllaniladi. Aniqlash tekshirilayotgan pochta, kuryerlik joʻnatmalarining ust qismidan yoki ichki hajmidan havoning namunasini tanlab olish va portlovchi, tez alanga oluvchi moddalar bugʻlariga xos boʻlgan komponentlarning mavjudligi yuzasidan namunalarni tahlil qilish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Ushbu maqsadlar uchun portativ dreyfspektrometrik gaz analizatorlari qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pochta, kuryerlik joʻnatmalarida narkotik, yengil alangalanadigan moddalar, toksik sanoat moddalari mavjudligini aniqlashda shu maqsadlar uchun moʻljallangan ekspress-analizatorlar qoʻllanilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Namunalarni tanlab olish zonasida jadal havo oqimlari (shamol, yelvizak va hokazolar) mavjud boʻlganda tekshirish joyini ulardan muhofaza qilish zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-§. Metallodetektorni qoʻllagan holda nazoratni amalga oshirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Yozma xat-xabarlarda metall predmetlarni aniqlash uchun metallodetektorlardan foydalaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Metallodetektorning talab etiladigan sezgirligini oʻrnatish uchun, unga ilova qilinadigan, tayyorlovchi zavodning normativ-texnik hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiq kalibrlash zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV bob. Nazoratdan oʻtgan pochta, kuryerlik joʻnatmalarini rasmiylashtirish va ularni keyingi pochtaga berish uchun topshirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Nazorat tugagandan keyin pochta aloqasi operatori, provayderi kelib tushgan pochtaga ilova qilingan hujjatlarga nazorat oʻtkazilganligi toʻgʻrisida belgi qoʻyadi va unda nazorat oʻtkazilgan joy, nazorat oʻtkazilgan sana va vaqt koʻrsatiladi. Belgi ushbu nazoratni oʻtkazgan shaxsning imzosi bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Yoʻriqnomaning V bobiga muvofiq ajratilgan pochta, kuryerlik joʻnatmalari pochta aloqasi operatori, provayderi tomonidan xabardor qilish sxemasiga muvofiq vakolatli organlarga topshirish uchun olib qoʻyiladi. Ilova qilingan hujjatlarda sana va vaqti koʻrsatilgan holda “Olib qoʻyildi” deb belgi qoʻyiladi va uni qoʻygan shaxs tomonidan imzo bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Vakolatli organlardan, avval olib qoʻyilgan va tekshirish uchun topshirilgan roʻyxatga olinadigan pochta, kuryerlik joʻnatmalari qaytarilgan holatda pochta aloqasi operatori, provayderi tomonidan alohida yukxat tuziladi, bu yukxat boʻyicha pochta, kuryerlik joʻnatmalarini belgilangan joyga keyinchalik joʻnatish uchun topshirish amalga oshiriladi. Nazorat oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi yozuv yozilgan yukxat ikki nusxada tuziladi, yukxatning birinchi nusxasi pochta, kuryerlik joʻnatmalari bilan birga topshiriladi, yukxatning ikkinchi nusxasi pochta aloqasi operatori, provayderida qoladi. Oddiy pochta joʻnatmalari pochta aloqasi operatori, provayderi tomonidan avval tuzilgan ushbu pochta, kuryerlik joʻnatmalarini ajratish toʻgʻrisidagi dalolatnomaning birinchi nusxasiga imzo qoʻyilib belgilangan joyga joʻnatish uchun topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Umumiy yukxatlarda nazorat oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi yozuvlar mavjud boʻlmagan holatda butun pochta odatdagi tartibda qabul qilinadi, bunda pochtani joʻnatgan pochta aloqasi operatori, provayderining rahbari nomiga xabarnoma yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Xabarnomada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi: pochta, kuryerlik joʻnatmalarini qabul qilish raqami, joyi va sanasi, hujjat tuzilgan joyi va sanasi, qayerdan va qanday hujjatlar bilan kelib tushganligi koʻrsatiladi, keyin tekshiruv vaqtida aniqlangan barcha kamchiliklar sanab oʻtiladi. Belgilar tekshiruvchi xodimning imzosi bilan tasdiqlanadi.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2019-yil 28-fevraldagi 190-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2428-4, 11.03.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.03.2019-y., 10/19/2428-4/2738-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V bob. Xavfli pochta, kuryerlik joʻnatmalarini ajratish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Xavfli pochta, kuryerlik joʻnatmalari pochta aloqasi operatori, provayderi tomonidan boshqa pochta, kuryerlik joʻnatmalaridan maxsus ajratilgan joyga alohida olib qoʻyilishi kerak, bu yerda ular vakolatli organlarning vakillari kelgunga qadar va ular xavf tugʻdirmasligi tasdiqlanmaguncha saqlanadi. Ushbu joyga bino ichidagi turli joylaridan qulay kelish yoʻli belgilanishi lozim va ushbu yoʻl oʻtish uchun toʻsiqlarsiz boʻsh holatda taʼminlab turilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Xavfli pochta, kuryerlik joʻnatmalarini ajratish vositalari sifatida maxsus konteynerlar, seyflar, temir javonlar, qutichalar, zich berkitiladigan sigʻimlar va boshqa shu kabilar boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Tarkibida portlovchi moddalar yoki portlovchi qurilmalarning mavjudligi belgilariga ega pochta, kuryerlik joʻnatmalari ajratilmaydi. Vakolatli organlarning vakillari kelgunga qadar bunday shubhali pochta, kuryerlik joʻnatmasi bilan har qanday harakatlarni amalga oshirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI bob. Xavfli pochta, kuryerlik joʻnatmalari aniqlanganda pochta aloqasi operatorlari, provayderlari rahbarlarini, vakolatli organlarni xabardor qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Xavfli pochta, kuryerlik joʻnatmalari aniqlanganda pochta aloqa operatori, provayderi zudlik bilan xabardor qilish sxemasiga muvofiq faktlar va koʻrilgan choralar toʻgʻrisida vakolatli organlarga axborot beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Axborot oʻz ichiga quyidagilarni olishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xavfli pochta, kuryerlik joʻnatmalari aniqlangan pochta aloqasi operatori, provayderi boʻlinmasining nomi va uning pochta manzili;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boʻlinma boshligʻining familiyasi, ismi va otasining ismi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xavfli pochta, kuryerlik joʻnatmalarini aniqlagan xodim familiyasi, ismi va otasining ismi, aniqlangan sana va vaqti, shubha tugʻdirgan sabablar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xavfli pochta, kuryerlik joʻnatmasining toʻliq maʼlumotlari: pochta, kuryerlik joʻnatmasining turi, qabul qilingan joyi, raqami, sanasi, eʼlon qilingan qiymat summasi, joʻnatuvchi va oluvchining manzili, oʻrov, sugʻurta muhrlarining turi va holati, sugʻurta qopining raqami va holati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻrilgan choralar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VII bob. Xavfli pochta, kuryerlik joʻnatmalarini vakolatli organlarga topshirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Xavfli pochta, kuryerlik joʻnatmalari aniqlangan holatda, ushbu joʻnatmalarni vakolatli organlarga topshirish ushbu organlar tomonidan tuziladigan olib qoʻyish toʻgʻrisidagi dalolatnoma asosida pochta aloqasi operatorlari, provayderlari tomonidan amalga oshiriladi. Xavfli pochta, kuryerlik joʻnatmasini olib qoʻyish toʻgʻrisidagi dalolatnomaning birinchi nusxasi pochta aloqasi operatori, provayderining hujjatlariga qoʻshib qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Xavfli pochta, kuryerlik joʻnatmasini vakolatli organlarga yakuniy xulosa olingunga qadar tekshirishga topshirish boʻyicha nazorat pochta aloqasi operatori, provayderi tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VIII bob. Xavfli pochta, kuryerlik joʻnatmasi aniqlanganda xavfsizlik texnikasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Pochta, kuryerlik joʻnatmalarini nazorat qiluvchi pochta aloqasi operatori, provayderi xodimlari xavfli pochta, kuryerlik joʻnatmasini aniqlaganda umumiy xavfsizlik choralariga rioya etishga va:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydalanishda eʼtiborsizlik va manmanlikka yoʻl qoʻymaslik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarkibini hidi boʻyicha aniqlashga urinmaslik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ochmaslik va ichidagi tarkibini olmaslik (toʻkmaslik);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqalarga uni tekshirib koʻrishiga yoʻl qoʻymaslik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shubhali predmetni begona shaxslarning foydalana olmasligi uchun ajratib qoʻyishga majburdir, tarkibida portlovchi moddalar yoki portlovchi qurilmalarning mavjudligi belgilariga ega pochta, kuryerlik joʻnatmalari bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Tarkibida portlovchi moddalar yoki portlovchi qurilmalar mavjudligi belgilariga ega pochta, kuryerlik joʻnatmalari aniqlanganda xavfsizlik choralari quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
unga mexanik, tovush, yorugʻlik taʼsirini oʻtkazmaslik va isitish asboblari yonida saqlamaslik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
cheklangan va zax joyda saqlamaslik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
predmetni suvga tushirmaslik va ustini biror narsa bilan yopmaslik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uni boshqa pochta, kuryerlik joʻnatmalari yonida saqlamaslik.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Pochta aloqasi operatorlari, provayderlari vakolatli organlar bilan birgalikda xavfli pochta, kuryerlik joʻnatmalari aniqlanganda harakatlanish rejasini ishlab chiqishlari kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Tarkibida radiatsion, infeksion yoki kimyoviy moddalarning mavjudligi belgilariga ega pochta, kuryerlik joʻnatmalari aniqlanganda xavfsizlik choralari quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ularni ochmaslik, silkitmaslik va paypaslamaslik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ularni hid orqali aniqlashga urinmaslik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shubhali va yonida yotgan pochta, kuryerlik joʻnatmalarini (ularga aniqlangan modda tushgan boʻlsa) germetik plastik paketga, keyin ikkinchi tara (idish) (qopqoqli chelak, seyf, maxsus konteyner va sh.k.)ga joylashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu joʻnatmaga tegilgan qoʻlqoplar va predmetlarga 3 foizli monoxloramin eritmasida shimdirilgan tampon bilan puxta ishlov berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eng sodda yakka tartibda himoyalanish vositalari (respirator, paxta-doka bogʻich, koʻzoynaklar, rezina qoʻlqoplar, maxsus kiyim)dan foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ventilyatsiyani oʻchirish, deraza va eshiklarni yopish, begona shaxslar kirishining oldini olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
keyingi koʻrsatmalar olingunga qadar joyida qolish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Pochta, kuryerlik joʻnatmalarini qabul qilish, saralash va ularga ishlov berishni amalga oshiradigan pochta aloqasi operatorlari, provayderlarining xodimlari xavfli pochta, kuryerlik joʻnatmalari aniqlangan holatda oʻz uchastkalarida qanday choralar koʻrishlari kerakligi toʻgʻrisida yoʻl-yoʻriq olishlari kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Pochta aloqasi operatori, provayderining har bir boʻlinmasida favqulodda holatlarda qoʻngʻiroq qilish zarur boʻlgan pochta aloqasi operatorlari, provayderlarining xavfsizligi uchun masʼul boʻlgan shaxslar, vakolatli organlarning (shu jumladan portlovchi moddalar va portlovchi qurilmalarni aniqlash, zararsizlantirish va yoʻq qilish boʻyicha hududiy ichki ishlar organlarining maxsus otryadi, yongʻin boʻlinmalari va boshqa vakolatli organlarning) roʻyxati va telefon raqamlari boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IX bob. Yakuniy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Pochta aloqasi operatorlari, provayderlari tomonidan ushbu Yoʻriqnoma talablariga rioya qilishlari ustidan nazorat qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Ushbu Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi va “Oʻzbekiston pochtasi” OAJ bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Favqulodda vaziyatlar vaziri T. XUDAYBERGENOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2013-yil 15-yanvar

Ichki ishlar vaziri B. MATLYUBOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2013-yil 15-yanvar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy xavfsizlik xizmati raisi R. INOYATOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2013-yil 15-yanvar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sogʻliqni saqlash vaziri A. IKRAMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2013-yil 15-yanvar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashqi ishlar vaziri A. KAMILOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2013-yil 15-yanvar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston pochtasi” OAJ Bosh direktori R. QOSIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2013-yil 15-yanvar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pochta, kuryerlik joʻnatmalari pochta xavfsizligi yuzasidan nazoratni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda pochta aloqasi operatorlari, provayderlari tomonidan xabar qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirining 2023-yil 15-maydagi 244-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2428-7, 05.06.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi 05.06.2023-y., 10/23/2428-7/0335-son)
Pochta xavfsizligi yuzasidan nazoratni oʻtkazish natijasida pochta, kuryerlik joʻnatmasida xavfli va/yoki joʻnatilishi taqiqlangan buyumlar va predmetlar mavjudligining quyidagi belgilari aniqlandi___________________________
Buning oqibatida ushbu _______________ pochta xavfsizligi yuzasidan keyingi
(pochta joʻnatmasi turi koʻrsatilsin)
tekshirish uchun tegishli organlarga topshirish uchun
___________________________________________ tomonidan yoʻl qoʻyilmadi.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2019-yil 28-fevraldagi 190-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2428-4, 11.03.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.03.2019-y., 10/19/2428-4/2738-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 8-son, 107-modda; 2015-y., 25-son, 331-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.10.2018-y., 10/18/2428-2/1999-son; 12.02.2019-y., 10/19/2428-3/2600-son, 11.03.2019-y., 10/19/2428-4/2738-son; 04.06.2020-y., 10/20/2428-5/0715-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2022-y., 10/22/2428-6/0356-son; 05.06.2023-y., 10/23/2428-7/0335-son; 07.05.2026-y., 10/26/3830/0465-son)