OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATI BILAN ChEXIYA RESPUBLIKASI HUKUMATI OʻRTASIDA
Bitim
IKKI YoQLAMA SOLIQQA TORTIShNING OLDINI OLISh HAMDA DAROMAD VA MOL-MULK SOLIQLARINI TOʻLAShDAN BOSh TORTIShNI BARTARAF ETISh TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Chexiya Respublikasi Hukumati,
ikki yoqlama soliqqa tortishning oldini olish hamda daromad va mol-mulk soliqlarini toʻlashdan bosh tortishni bartaraf etish toʻgʻrisida Bitim tuzish niyatida, shuningdek ikkala mamlakat oʻrtasida iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlashga koʻmaklashish maqsadida,
quyidagilar toʻgʻrisida ahdlashib oldilar:
1-modda
Qoʻllash sohasi
Qoʻllash sohasi
Bu Bitim Ahdlashuvchi Davlatlarning biri yoki har ikkalasining rezidenti boʻlgan shaxslarga nisbatan qoʻllanadi.
2-modda
Bitim tatbiq etiladigan soliqlar
Bitim tatbiq etiladigan soliqlar
1. Ushbu Bitim Ahdlashuvchi Davlat yoki uning maʼmuriy-hududiy boʻlinmalari yoxud mahalliy hokimiyat organlari nomidan undiriladigan daromad va mol-mulk soliqlariga nisbatan, ularni undirish metodidan qatʼi nazar, tatbiq etiladi.
2. Daromad va mol-mulk soliqlariga, jami daromaddan, jami mulkdan yoxud daromad yoki mulkning bir qismidan, shu jumladan koʻchar va koʻchmas mulkni begonalashtirishdan olinadigan daromadlardan, korxonalar tomonidan toʻlanadigan ish haqi yoki mukofotlarning umumiy miqdoridan, shuningdek mulk qiymatining oʻsishidan olinadigan barcha soliqlar taalluqlidir.
3. Ushbu Bitim qoʻllanadigan amaldagi soliqlar, xususan quyidagilardir:
a) Oʻzbekiston Respublikasiga nisbatan:
(i) yuridik shaxslardan olinadigan daromad (foyda) soligʻi;
(ii) jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi;
(iii) mol-mulk soligʻi;
(bundan keyin “Oʻzbekiston soliqlari” deb ataladi);
b) Chexiya Respublikasiga nisbatan:
(i) jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi;
(ii) yuridik shaxslardan olinadigan daromad soligʻi;
(iii) koʻchmas mulkdan olinadigan soliq;
(bundan keyin “Chexiya soliqlari” deb ataladi).
4. Ushbu Bitim shu Bitim imzolangan sanadan soʻng undiriladigan soliqlarga qoʻshimcha yoki mavjudlari oʻrniga kiritilgan har qanday bir xil yoki mohiyati jihatidan oʻxshash soliqlarga nisbatan ham qoʻllanadi. Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli organlari oʻzlarining tegishli soliq qonunlaridagi barcha mavjud oʻzgarishlar toʻgʻrisida bir-birlarini xabardor qiladilar.
3-modda
Umumiy taʼriflar
Umumiy taʼriflar
1. Ushbu Bitim maqsadi uchun, agar matndan oʻzga maʼno kelib chiqmasa:
a) “Oʻzbekiston” atamasi Oʻzbekiston Respublikasini va jugʻrofiy maʼnoda ishlatilganda Oʻzbekiston Respublikasi hududini, jumladan hududiy suvlari va osmon kyengliklari doirasida Oʻzbekiston Respublikasi suveren huquqlari va yurisdiksiyasini, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga binoan va xalqaro huquqqa muvofiq yer osti va tabiiy resurslardan foydalanish huquqini amalga oshirishi mumkin boʻlgan hududni anglatadi;
b) “Chexiya Respublikasi” atamasi Chexiya qonunlari boʻyicha va xalqaro huquqqa muvofiq, Chexiya Respublikasi suveren huquqlarini amalga oshirishi mumkin boʻlgan Chexiya Respublikasi hududini anglatadi;
c) “bir Ahdlashuvchi Davlat” va “boshqa Ahdlashuvchi Davlat” atamalari matnga bogʻliq ravishda, Oʻzbekiston Respublikasini yoki Chexiya Respublikasini anglatadi;
d) “shaxs” atamasi jismoniy shaxsni, kompaniyani yoki shaxslarning har qanday boshqa birlashmasini oʻz ichiga oladi;
e) “kompaniya” atamasi har qanday korporativ birlashmani yoki soliqqa tortish borasida korporativ birlashma sifatida qaraladigan xar qanday tashkilotni anglatadi;
f) “bir Ahdlashuvchi Davlat korxonasi” va “boshqa Ahdlashuvchi Davlat korxonasi” atamalari tegishlicha bir Ahdlashuvchi Davlat rezidenti boshqaruvida ish yuritayotgan korxonani va boshqa Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boshqaruvida ish yuritayotgan korxonani anglatadi,
g) “xalqaro tashish” atamasi Ahdlashuvchi Davlat korxonasi tomonidan foydalaniladigan dengiz, havo kemalari, temir yoʻl va avtomobil transportida har qanday tashishni anglatadi, dengiz, havo kemalari, temir yoʻl va avtomobil transporti vositalarining boshqa Ahdlashuvchi Davlat hududida joylashgan punktlar oʻrtasida foydalanish hollari bundan mustasno;
h) “vakolatli organ” atamasi:
(i) Oʻzbekistonga nisbatan—Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Raisini yoki uning vakolatli vakilini;
(ii) Chexiya Respublikasiga nisbatan—Moliya vazirini yoki uning vakolatli vakilini anglatadi.
i) “milliy shaxs” atamasi:
(i) Ahdlashuvchi Davlat fuqaroligiga ega boʻlgan har qanday jismoniy shaxsni anglatadi.
(ii) Ahdlashuvchi Davlatning amaldagi qonunlariga muvofiq oʻz maqomini olgan har qanday yuridik shaxsni, shirkat va assotsiatsiyani anglatadi.
2. Ushbu Bitim Ahdlashuvchi Davlat tomonidan har qanday vaqtda qoʻllanganda, unda belgilanmagan har qanday atama, agar matn mazmunidan oʻzga maʼno kelib chiqmasa, u ushbu Bitim tatbiq etiladigan soliqlarga nisbatan shu Ahdlashuvchi Davlatning ana shu davrdagi qonunlariga muvofiq belgilangan maʼnoga ega boʻladi. Atamaning maʼnosi ana shu Davlatning soliq qonunlariga muvofiq, shu Davlatning boshqa huquq sohalarida shu atama uchun belgilangan maʼnodan ustunlik qiladi.
4-modda
Rezident
Rezident
1. Ushbu Bitimda “Ahdlashuvchi Davlat rezidenti” atamasi ana shu Davlat qonunlari boʻyicha oʻzining yashash joyi, doimiy boʻlib turish joyi, boshqaruv joyi yoki har qanday boshqa shunga oʻxshash mezonlar asosida soliqqa tortiladigan har qanday shaxsni anglatadi. shuningdek shu Davlatni va tegishlicha har qanday maʼmuriy--hududiy boʻlinmani yoki mahalliy hokimiyat organini oʻz ichiga oladi. Biroq, bu atama ana shu Davlatda faqat shu Davlatda joylashgan manbalardan yoki mulkdan daromad olayotgani uchungina soliqqa tortiladigan har qanday shaxsni anglatmaydi.
2. 1-band qoidalariga muvofiq jismoniy shaxs har ikkala Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlsa, uning maqomi quyidagi tarzda aniqlanadi:
a) u qaysi Davlatda oʻzi uchun toʻsiqsiz yashashi mumkin boʻlgan doimiy turar joyiga ega boʻlsa, shu Davlatning rezidenti hisoblanadi; agar u har ikkala Davlatda toʻsiqsiz yashashi mumkin boʻlgan doimiy turar joyiga ega boʻlsa, shaxsiy va iqtisodiy aloqalari yaqinroq (hayotiy manfaatlar markazi) boʻlgan Davlatning rezidenti hisoblanadi;
b) agar shaxsning hayotiy manfaatlar markazi joylashgan Davlatni aniqlab boʻlmasa yoki Davlatlardan hech birida toʻsiqsiz yashashi mumkin boʻlgan doimiy turar joyi boʻlmasa, u odatda boʻlib turadigan Davlatining rezidenti hisoblanadi;
c) agar shaxs odatda har ikkala Davlatda yashasa, yoki odatda ularning hech birida yashamasa, faqat u milliy shaxsi hisoblangan Davlatning rezidenti hisoblanadi;
d) agar u har ikkala Davlatning milliy shaxsi boʻlsa yoki hech birining milliy shaxsi boʻlmasa, unda Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli organlari bu masalani oʻzaro kelishib hal qilishlari lozim.
3. Agar 1-band qoidalariga muvofiq jismoniy shaxsdan boshqa boʻlgan shaxs har ikkala Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlsa, unda u faqat uning amaldagi rahbar organi joylashgan oʻsha Davlatning rezidenti hisoblanadi.
5-modda
Doimiy muassasa
Doimiy muassasa
1. Ushbu Bitimda “doimiy muassasa” atamasi korxonaning tadbirkorlik faoliyatini toʻliq yoki qisman amalga oshiradigan doimiy faoliyat joyini anglatadi.
2. “Doimiy muassasa” atamasi, xususan quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
a) boshqaruv joyi;
b) boʻlim;
c) ofis;
d) fabrika;
e) ustaxona; va
f) shaxta neft yoki gaz qudugʻi, karyer yoki tabiiy resurslar qazib olinadigan har qanday boshqa joyni.
3. “Doimiy muassasa” atamasi quyidagilarni ham oʻz ichiga oladi:
a) qurilish maydonchasi, qurilish, montaj yoki yigʻuv obyekti, yoki ular bilan bogʻliq boʻlgan boshqaruv faoliyati, biroq shunday maydoncha, obyekt yoki faoliyatning davomiyligi 12 oydan koʻproq davom etsagina;
b) Ahdlashuvchi Davlat korxonasi tomonidan xizmatlar koʻrsatish, jumladan konsalting yoki boshqaruv xizmatlari amalga oshirilsa, korxonaning shu maqsad uchun yollagan xizmatchilar yoki boshqa personallar orqali biroq shu mazmundagi faoliyat boshqa Ahdlashuvchi Davlat hududida har qanday oʻn ikki oylik davr doirasida 6 oydan oshadigan davr yoki davrlar mobaynida davom etsagina.
4. Ushbu moddaning avvalgi qoidalariga qaramay, “doimiy muassasa” atamasi quyidagilarni oʻz ichiga olmaydi:
a) inshootlardan shu korxonaga tegishli boʻlgan tovar yoki buyumlarni saqlash yoki namoyish qilish maqsadida foydalanish;
b) shu korxonaga tegishli boʻlgan tovar yoki buyumlar zaxirasini saqlash, namoyish qilish yoki yetkazib berish maqsadida ushlab turilishi;
c) shu korxonaga tegishli tovar yoki buyumlar zaxirasini boshqa korxona tomonidan faqat qayta ishlash maqsadida ushlab turilishi;
d) doimiy faoliyat joyining tovar yoki buyumlar sotib olish yoki ushbu korxona uchun axborot yigʻish maqsadida ushlab turilishi;
e) doimiy faoliyat joyining ana shu korxona maqsadi uchungina boshqa har qanday tayyorgarlik yoki yordamchi tusdagi faoliyatni amalga oshirish maqsadida ushlab turilishi;
f) doimiy faoliyat joyining (a)-(e) kichik bandlarida eslatib oʻtilgan faoliyat turlarining har qanday kombinatsiyalashuvi uchungina bunday doimiy faoliyat joyining faoliyati ana shu kombinatsiyalashuvi natijasi, tayyorgarlik hamda yordamchi tusda boʻlgan taqdirda saqlab turilishi.
5. 1- va 2-bandlarning qoidalariga qaramay, agar 7-band tatbiq etiladigan mustaqil maqomli agentdan oʻzga boʻlgan shaxs Ahdlashuvchi Davlatda boshqa Ahdlashuvchi Davlat korxonasi nomidan ish yuritsa, bu korxona birinchi eslatib oʻtilgan Davlatda ana shu korxona uchun ushbu shaxs tomonidan koʻrsatilgan har qanday faoliyatga nisbatan doimiy muassasaga ega, deb hisoblanadi, agar bunday shaxs:
a) ushbu Davlatda korxona nomidan shartnomalar tuzish vakolatiga ega boʻlsa va amalga oshirsa, bunday shaxsning faoliyati 4-bandda eslatib oʻtilganlar bilan cheklanib qolmasa, agar faoliyat shu bandning qoidalariga binoan doimiy faoliyat joyi orqali amalga oshirilsa, doimiy faoliyat joyidan doimiy muassasa hosil qilmaydi, yoki
b) bunday vakolatga ega boʻlmasa, biroq muntazam ravishda tovar va buyumlar oladigan joydan olingan tovar va buyumlar zaxiralarini birinchi eslatib oʻtilgan Davlatda saqlasa.
6. Agar u ana shu boshqa Davlat hududida sugʻurta mukofotlarini yigʻsa yoki 7-band taalluqli boʻlgan mustaqil maqomli agentdan oʻzga boʻlgan shaxs orqali. u yerda boʻlishi mumkin boʻlgan tavakkalchiliklarni sugʻurta qilsa, ushbu moddaning avvalgi qoidalariga qaramay, Ahdlashuvchi Davlatning sugʻurta korxonasi, qayta sugʻurta qilish hollaridan tashqari, boshqa Ahdlashuvchi Davlatda doimiy muassasaga ega deb hisoblanadi.
7. Korxona, agar ana shu boshqa Davlatda broker, komissioner yoki har qanday boshqa mustaqil maqomli agent orqali tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirsa, bunda bu shaxslarning harakati oʻzlarining odatdagi faoliyati doirasida boʻlishi sharti bilan boshqa Ahdlashuvchi Davlatda doimiy muassasaga ega, deb qaralmaydi.
8. Bir Ahdlashuvchi Davlat rezidenti boʻlgan kompaniya boshqa Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlgan kompaniyani nazorat qilsa yoki kompaniya tomonidan nazorat qilinsa yoki ana shu boshqa Davlatda tijorat faoliyatini (doimiy muassasa orqali yoki boshqa tarzda) amalga oshirayotgan boʻlsa, bu hol oʻz-oʻzidan bu kompaniyalardan hech birini boshqasi uchun doimiy muassasaga aylantirmaydi.
6-modda
Koʻchmas mulkdan olinadigan daromadlar
Koʻchmas mulkdan olinadigan daromadlar
1. Ahdlashuvchi Davlatlardan biri rezidentining boshqa Ahdlashuvchi Davlatda joylashgan koʻchmas mulkdan (jumladan, qishloq yoki oʻrmon xoʻjaligidan) oladigan daromadi ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
2. “Koʻchmas mulk” atamasi koʻrib chiqilayotgan mulk joylashgan Ahdlashuvchi Davlat qonunlari boʻyicha belgilangan maʼnoga egadir. Ushbu atama har qanday holda ham huquqi yer ustidagi mulkchilikka taalluqli umumiy qonunlarning qoidalari bilan belgilangan koʻchmas mulkka tegishli boʻlgan mulkni, chorva, qishloq va oʻrmon xoʻjaligiga tegishli vositalarni, koʻchmas mulk uzufruktini va minerallar, manbalar va boshqa tabiiy resurslarning qatlamlarini qazish uchun tovon sifatida toʻlanadigan oʻzgaruvchan yoki qayd etilgan toʻlovlar huquqini yoki minerallar, manbalar va boshqa tabiiy resurslar qatlamlarini qazish huquqini oʻz ichiga oladi; dengiz va havo kemalari koʻchmas mulk sifatida qaralmaydi.
3. 1-band qoidalari koʻchmas mulkdan toʻgʻridan toʻgʻrifoydalanish, ijaraga berish yoki har qanday boshqa shaklda foydalanishdan olingan daromadga nisbatan qoʻllanadi.
4. 1- va 3-band qoidalari, shuningdek korxonaning koʻchmas mulkdan olgan daromadlariga va mustaqil shaxsiy xizmatlarni amalga oshirishda foydalaniladigan koʻchmas mulkdan oladigan daromadlariga ham tatbiq etiladi.
7-modda
Tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan foyda
Tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan foyda
Oldingi tahrirga qarang.
1. Agar korxona oʻz tadbirkorlik faoliyatini boshqa Ahdlashuvchi Davlatda oʻsha yerda joylashgan doimiy muassasa orqali amalga oshirmayotgan boʻlsa, bir Ahdlashuvchi Davlat korxonasining foydasi faqat ana shu Davlatda soliqqa tortiladi. Agar korxona oʻz faoliyatini yuqorida aytilganidek amalga oshirayotgan boʻlsa, korxonaning foydasi boshqa Ahdlashuvchi Davlatda faqat mazkur doimiy muassasa faoliyatiga taalluqli qismida soliqqa tortilishi mumkin:
(7-moddaning 1-bandi birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Chexiya Respublikasi Hukumati oʻrtasida 2011-yil 8-dekabrdagi Protokol tahririda)
a) ana shu doimiy muassasa faoliyatiga;
b) ana shu boshqa Davlatda doimiy muassasa orqali sotiladigan tovar yoki mahsulotlarga oʻxshash turdagi yoki shunday tovarlarni sotishga.
2. 3-band qoidalariga muvofiq, agar bir Ahdlashuvchi Davlatning korxonasi boshqa Ahdlashuvchi Davlatda u yerda joylashgan doimiy muassasa orqali tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan boʻlsa, har bir Ahdlashuvchi Davlatda bunday doimiy muassasaga oʻtkaziladigan foyda u alohida va mustaqil korxona sifatida xuddi shunday yoki shunga oʻxshash faoliyatni xuddi shunday yoki shunga oʻxshash shartlar asosida amalga oshirib, doimiy muassasa hisoblangan korxonadan mutlaqo mustaqil ravishda ish koʻrib olishi mumkin boʻlgan foyda kabi oʻtkaziladi.
3. Doimiy muassasa foydasini aniqlashda ushbu doimiy faoliyati uchun sarflangan, jumladan doimiy muassasa joylashgan Davlatda, va uning hududidan tashqaridagi kabi faoliyati uchun sarflangan boshqaruv va umumiy maʼmuriy xarajatlarni chegirib tashlashga yoʻl qoʻyiladi.
Agar doimiy muassasa tomonidan korxonaning bosh ofisiga yoki uning boshqa ofislaridan istalgan biriga patentlardan yoki boshqa huquqlardan foydalanganlik uchun gonorarlar, royalti toʻlovlari, yoki boshqa shunga oʻxshash toʻlovlar orqali yoki aniq xizmatlar koʻrsatganlik uchun komission toʻlov yoʻli bilan yoki menedjment, yoxud bank muassasasidan tashqari ana shu korxona uchun qarzga berilgan qarz foizlari toʻlovlari yoʻli bilan toʻlanadigan, (haqiqiy xarajatlarni qoplashdan boshqa boʻlgan) summalarga nisbatan chegirishlarga yoʻl qoʻyilmaydi. Boshqacha aytganda, doimiy muassasa tomonidan korxonaning bosh ofisiga yoki uning muassasalaridan boshqa biriga gonorarlar, royalti toʻlovlari yoki patentlardan yoxud boshqa huquqlardan foydalanganlik uchun shunga oʻxshash boshqa toʻlovlar toʻlash yoʻli bilan yoki koʻrsatilgan aniq xizmatlar yoki menedjment uchun komission toʻlovlar yoʻli bilan, yoki bank muassasadan tashqari ana shu korxona uchun qarzga berilgan qarz foizlari toʻlovlari yoʻli bilan (haqiqiy xarajatlarni qoplashdan tashqari) sarflangan summalar doimiy muassasa foydasini aniqlashda hisobga olinmaydi.
4. Ahdlashuvchi Davlatda doimiy muassasaga tegishli boʻlgan foydani korxona oladigan umumiy foyda mikdorini uning turli boʻlinmalariga mutanosib taqsimlash asosida aniqlash odatdagi amaliyot ekanligiga qaramay, 2-banddagi hech bir narsa, odatda qabul qilinganidek, bu Davlatga shunday taqsimlash asosida soliqqa tortiladigan foydani aniqlashga xalaqit bermaydi; biroq, taqsimlashning tanlangan usuli ushbu moddada mavjud boʻlgan tamoyillarga muvofiq keluvchi natijalarni berishi lozim.
5. Doimiy muassasa tomonidan korxona uchun tovar yoki buyumlarning xarid qilinishigagina asoslanib doimiy muassasaga biron-bir foyda hisoblanmaydi.
6. Avvalgi bandlar maqsadi uchun doimiy muassasaga taalluqli boʻlgan foyda, agar uning oʻzgarishi uchun salmoqli va yetarli sabablar boʻlmasa, har yili bir xil metodda aniqlanadi.
7. Foyda ushbu Bitimning boshqa moddalarida alohida aytib oʻtilgan daromad turlarini qamrab oladigan boʻlsa, unda ana shu moddalarning qoidalari ushbu modda qoidalariga taʼsir etmaydi.
8-modda
Xalqaro transport
Xalqaro transport
1. Ahdlashuvchi Davlatlardan biri korxonasining xalqaro tashishlarda dengiz, havo kemalari, temir yoʻl yoki avtomobil transporti vositalaridan foydalanishdan oladigan foydalari faqat ana shu Davlatda soliqqa tortiladi.
2. Ushbu modda maqsadi uchun xalqaro tashishlarda dengiz va havo kemalaridan foydalanishdan olingan foyda quyidagilardan iborat boʻladi:
(a) ekipajsiz kemalar yoki samolyotlarni fraxtlash asosida olingan foydalar; va
(b) tovar va buyumlarni tashish uchun ishlatiladigan konteynerlar (bunga konteynerlarni tashish uchun foydalaniladigan treyler va boshqa yordamchi uskunalar ham kiradi)dan foydalanish, saqlash va ijaraga berishdan olinadigan foydalar;
agar bunday foydalar 1-band tatbiq etiladigan foydalarga nisbatan qoʻshimcha yoki tasodifiy boʻlsa.
9-modda
Birlashgan korxonalar
Birlashgan korxonalar
1. Agar:
a) Bir Ahdlashuvchi Davlat korxonasi boshqa Ahdlashuvchi Davlat korxonasini boshqarishda, nazorat qilishda yoki uning kapitalida bevosita yo bilvosita qatnashsa, yoki
b) oʻsha shaxslar bir Ahdlashuvchi Davlat korxonasini va boshqa Ahdlashuvchi Davlat korxonasini boshqarishda, nazorat qilishda yoki kapitalida bevosita yoki bilvosita qatnashsa,
va har qanday holatda ikki korxona oʻrtasida ularning tijorat va moliyaviy munosabatlarida mustaqil korxonalar oʻrtasida yaratiladigandan farqli boʻlgan sharoitlar vujudga keltirilsa yoki belgilansa, bunda ulardan biriga hisoblanishi mumkin boʻlgan, ammo shunday sharoitlar natijasida unga hisoblanmagan har qanday foyda ana shu korxonaning daromadi yoki foydasiga hisoblanishi mumkin va muvofiq ravishda soliqqa tortiladi.
2. Ahdlashuvchi Davlat shu Davlat korxonasi foydasiga boshqa Ahdlashuvchi Davlat korxonasi boʻyicha ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortiladigan foydani kiritsa tegishli tarzda soliqqa tortsa va shu tariqa kiritilgan foyda, agar ikkala korxona oʻrtasidagi munosabatlar ikki mustaqil korxona oʻrtasidagi munosabatlar kabi boʻlganida birinchi eslatilgan Davlat korxonasiga hisoblanadigan foyda boʻlsa, u holda ana shu boshqa Davlat shu Davlatga tegishli foydadan olinadigan soliq miqdoriga zarur tuzatishlar kiritadi. Bunday tuzatishlarni belgilashda ushbu Bitimning boshqa qoidalariga tegishlicha eʼtiborni qaratishi kerak va Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli organlari zarur boʻlsa, oʻzaro maslahatlashishlarni boshlashlari lozim.
3. 2-band qoidalari tovlamachilik, qoʻpol beparvolik yoki oldin rejalangan xato hollarida qoʻllanilmaydi.
10-modda
Dividendlar
Dividendlar
1. Bir Ahdlashuvchi Davlat rezidenti boʻlgan kompaniya tomonidan boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidentiga toʻlanadigan dividendlar ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Biroq bunday dividendlar ularni toʻlayotgan kompaniya qaysi Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlsa, ushbu Davlatning qonunlariga binoan ham soliqqa tortilishi mumkin, ammo dividendlarning haqiqiy egasi boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidenti boʻlsa, unda shu tarzda undiriladigan soliqning miqdori:
a) dividendlar umumiy miqdorining 5 foizidan oshmasligi kerak, agar haqiqiy ega kompaniya kapitalining kamida 25 foiziga ega boʻlgan dividend toʻlaydigan kompaniya boʻlsa;
b) boshqa barcha holatlarda dividendlar umumiy miqdorining 10 foizidan oshmasligi kerak.
Bu band kompaniyaning dividendlar toʻlanadigan foydasining soliqqa tortilishiga daxl qilmaydi.
(10-moddaning 2-bandi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Chexiya Respublikasi Hukumati oʻrtasida 2011-yil 8-dekabrdagi Protokol tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
3. “Dividendlar” atamasi ushbu moddada qoʻllanganida, aksiyalardan yoki qarz talablari hisoblanmagan, foydada ishtirok etish huquqini beruvchi aksiyalardan yoki aksiyalardan foydalanish yoxud huquqlardan foydalanish, kon qazish sanoati aksiyalaridan, taʼsischilar aksiyalari va boshqa huquqlardan olinadigan daromadni, shuningdek toʻlovni amalga oshiradigan kompaniya rezidenti boʻlgan Davlatning qonunlariga muvofiq, aksiyalardan olinadigan daromad kabi xuddi shunday soliqlar orqali tartibga solinadigan boshqa daromadlarni anglatadi.
(10-moddaning 3-bandi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Chexiya Respublikasi Hukumati oʻrtasida 2011-yil 8-dekabrdagi Protokol tahririda)
4. Agar dividendlarning haqiqiy egasi bir Ahdlashuvchi Davlat rezidenti boʻlgani holda, ana shu dividendlarni toʻlayotgan kompaniya rezidenti boʻlgan boshqa Ahdlashuvchi Davlatda oʻz faoliyatini u yerda joylashgan doimiy muassasa orqali amalga oshirsa yoki ushbu boshqa Davlatda mustaqil shaxsiy xizmatlarni u yerda joylashgan doimiy bazadan koʻrsatsa va dividendlar toʻlanadigan xolding aslida shu doimiy muassasa yoki doimiy baza bilan bogʻliq boʻlsa, 1- va 2-band qoidalari qoʻllanmaydi. Bunday holda, vaziyatga qarab, 7-modda yoki 14-moddaning qoidalari qoʻllanadi.
5. Agar bir Ahdlashuvchi Davlat rezidenti boʻlgan kompaniya boshqa Ahdlashuvchi Davlatdan foyda yoki daromad olayotgan boʻlsa, ana shu boshqa Ahdlashuvchi Davlat kompaniya toʻlayotgan dividendlardan soliq olmasligi mumkin, bunda dividendlar ana shu boshqa Davlat rezidentiga toʻlanadigan yoki dividendlar toʻlanadigan xolding shu boshqa Davlatda joylashgan doimiy muassasa yoki doimiy baza bilan bogʻliq boʻlgan hollar bundan mustasno, shuningdek kompaniyaning taqsimlanmagan foydasidan sodiqlar olmaydi, kompaniyaning taqsimlanmagan foydasi hatto toʻlanayotgan dividendlar yoki taqsimlanmagan foyda ana shu boshqa Davlatda toʻla yoki qisman hosil boʻlgan foyda yoki daromaddan tashkil topgan boʻlsa ham.
11-modda
Foizlar
Foizlar
1. Bir Ahdlashuvchi Davlatda hosil boʻladigan va boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidentiga toʻlanadigan foizlar faqat ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
2. Biroq bunday foizlar, shuningdek ular hosil boʻladigan Ahdlashuvchi Davlatda, shu Davlatning qonunlariga binoan ham soliqqa tortilishi mumkin, ammo foizlarning haqiqiy egasi boshqa Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlsa, bunday holda soliq foizlar yalpi miqdorining 5 foizidan oshmasligi kerak.
3. 2-band qoidalariga qaramay, foizlar ular paydo boʻladigan Davlatda soliqqa tortiladi, basharti:
Oldingi tahrirga qarang.
a) olingan va quyidagilarga tegishli boʻladi:
(I) boshqa Ahdlashuvchi Davlatning Hukumati, maʼmuriy-hududiy boʻlinmasi yoki mahalliy hokimiyat organiga, ushbu boshqa Davlatning Markaziy bankiga yoki boshqa Davlatning Hukumatiga tegishli boʻlgan yoki u tomonidan nazorat qilinadigan istalgan moliyaviy muassasaga;
yoki
(II) boshqa Ahdlashuvchi Davlatning Hukumati, ushbu boshqa Davlatning Markaziy banki yoki ushbu Hukumatga tegishli boʻlgan yoxud u nazorat qiladigan istalgan moliyaviy muassasa tomonidan kafolatlangan yoki sugʻurtalangan qarz yoki kreditga nisbatan boshqa Ahdlashuvchi Davlatning rezidentiga.
(11-moddaning 3-bandi “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Chexiya Respublikasi Hukumati oʻrtasida 2011-yil 8-dekabrdagi Protokol tahririda)
b) har qanday uskuna va buyumlarning kreditga sotilishi munosabati bilan toʻlangan boʻlsa;
c) bank tomonidan taqdim etilgan har qanday turdagi har qanday kredit yoki zayomdan toʻlangan boʻlsa.
Oldingi tahrirga qarang.
4. “Foizlar” atamasi ushbu moddada qoʻllanganida ipoteka taʼminotidan qatʼi nazar va qarzdorning foydalarida ishtirok etish huquqidan hamda xususan hukumatning qimmatbaho qogʻozlaridan olinadigan daromad va obligatsiya yoki qarz majburiyatlaridan olinadigan daromaddan, jumladan ana shu qimmatbaho qogʻozlar, obligatsiya yoki qarz majburiyatlari boʻyicha olinadigan mukofot va yutuqlardan qatʼi nazar, har qanday turdagi qarz majburiyatlaridan olinadigan daromadni anglatadi. Toʻlov muddati choʻzib yuborilganligi uchun qoʻllanadigan jarimalar ushbu modda maqsadi uchun foizlar sifatida qaralmaydi. “Foizlar” atamasi 10-moddaning 3-bandi qoidalari bilan dividendlar sifatida qaraladigan hech qanday daromad turlarini oʻz ichiga olmaydi.
(11-moddaning 4-bandi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Chexiya Respublikasi Hukumati oʻrtasida 2011-yil 8-dekabrdagi Protokol tahririda)
5. Agar foizlarning haqiqiy egasi Ahdlashuvchi Davlat rezidenti boʻla turib, foizlar hosil boʻlayotgan boshqa Ahdlashuvchi Davlatda u yerda joylashgan doimiy muassasa orqali tijorat faoliyati olib borayotgan boʻlsa, yoki ushbu boshqa Davlatda joylashgan doimiy baza orqali mustaqil shaxsiy xizmatlar koʻrsatayotgan boʻlsa va foizlar toʻlanayotgan qarz majburiyatlari shunday doimiy muassasa yoki doimiy baza bilan haqiqatan ham bogʻliq boʻlsa, 1- , 2- va 3-band qoidalari qoʻllanmaydi. Bunday holda vaziyatga qarab, 7-modda yoki 14-moddalarning qoidalari qoʻllanadi.
6. Foizlarni toʻlovchi ushbu Davlatning rezidenti boʻlsa, foizlar Ahdlashuvchi Davlatda hosil boʻlgan deb hisoblanadi. Biroq, foizlarni toʻlovchi shaxs Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻladimi yoki yoʻqmi, bundan qatʼi nazar, Ahdlashuvchi Davlatda doimiy muassasaga yoki doimiy bazaga ega boʻlsa, shu tufayli qarz boʻyicha foizlar toʻlash majburiyati vujudga kelgan boʻlsa va shunday foizlar toʻlash boʻyicha xarajatlarni doimiy muassasa yoki doimiy baza amalga oshirsa, unda foizlar doimiy muassasa yoki doimiy baza joylashgan oʻsha Ahdlashuvchi Davlatda vujudga kelgan deb hisoblanadi.
7. Agar toʻlovchi bilan amalda foizlar olish huquqiga ega boʻlgan shaxs oʻrtasidagi yoki ularning ikkalasi va boshqa shaxs oʻrtasidagi alohida munosabatlar oqibatida qarz talablariga nisbatan toʻlanadigan foizlar miqdori toʻlovchi bilan amalda foizlar olish huquqiga ega boʻlgan shaxs oʻrtasida kelishilishi mumkin boʻlgan miqdordan ortiq boʻlsa, bunday munosabatlar yoʻq boʻlgan taqdirda ushbu modda qoidalari faqat oxirgi eslatilgan miqdorga nisbatan qoʻllanadi. Bunday holda toʻlovning ortiqcha qismi ushbu Bitimning boshqa qoidalarini inobatga olgan holda, har bir Ahdlashuvchi Davlat qonunlariga muvofiq, avvalgidek soliqqa tortiladi.
12-modda
Royalti
Royalti
1. Ahdlashuvchi Davlatlarning birida hosil boʻladigan va boshqa Ahdlashuvchi Davlatning rezidentiga toʻlanadigan royaltilar ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
2. Agar royaltilarning haqiqiy egasi boshqa Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlsa, bu royaltilar, shuningdek ular hosil boʻladigan Ahdlashuvchi Davlatda, ana shu Davlatning qonunlariga muvofiq ham soliqqa tortilishi mumkin, ammo bunday holda, shunday tarzda undiriladigan soliq royaltilar umumiy miqdorining 10 foizidan oshmasligi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
3. “Royalti” iborasi ushbu moddada qoʻllanganida har qanday adabiy, sanʼat va ilmiy asarlarni, shu jumladan radio va televideniye uchun kinofilm, yozuvlar va vizual yoki ovozli takror hosil qilishning istalgan boshqa vositalari, har qanday patent, tovar belgisi, chizma yoki modellar, sxema kompyuter dasturlari, maxfiy formula yo jarayonlar, yoki har qanday sanoat, tijorat yoinki ilmiy uskuna, yoxud sanoat, tijorat yoki ilmiy tajribaga taalluqli boʻlgan har qanday mualliflik huquqidan foydalanganlik, yo shu huquqdan foydalanish huquqi uchun mukofot tarzida olinadigan har qanday koʻrinishdagi toʻlovlarni bildiradi. Biroq bu atama 8-moddada eslatib oʻtilgan foydani oʻz ichiga olmaydi.
(12-moddaning 3-bandi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Chexiya Respublikasi Hukumati oʻrtasida 2011-yil 8-dekabrdagi Protokol tahririda)
4. Agar royaltilarning haqiqiy egasi bir Ahdlashuvchi Davlat rezidenti boʻla turib, royalti hosil boʻlayotgan boshqa Ahdlashuvchi Davlatda u yerda joylashgan doimiy muassasa orqali tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan boʻlsa, yoki ushbu boshqa Davlatda u yerda joylashgan doimiy baza orqali mustaqil shaxsiy xizmatlarni amalga oshirayotgan boʻlsa va royalti toʻlanayotgan huquq yoki mulk shunday doimiy muassasa yoki doimiy baza bilan haqiqatan bogʻliq boʻlsa, 1- va 2-bandlarning qoidalari qoʻllanmaydi. Bunday holda, vaziyatga qarab, 7-modda yoki 14-moddaning qoidalari qoʻllanadi.
5. Agar toʻlovchi shu Davlatning rezidenti boʻlsa, royalti Ahdlashuvchi Davlatda hosil boʻlgan deb hisoblanadi. Biroq, royaltini toʻlovchi shaxs Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻladimi yoki yoʻqmi har qanday Davlatda royaltini toʻlash majburiyati zimmasiga tushgan doimiy muassasaga yoki doimiy bazaga ega boʻlsa va bu doimiy muassasa yoki baza toʻlov xarajatlarini toʻlasa, bunday royaltilar doimiy muassasa yoki doimiy baza joylashgan shu Ahdlashuvchi Davlatda hosil boʻlgan, deb hisoblanadi.
6. Agar toʻlovchi bilan amalda royalti huquqiga ega shaxs oʻrtasidagi, yoki ularning ikkalasi va boshqa biron-bir shaxs oʻrtasidagi alohida munosabatlar oqibatida royaltidan foydalanishga, foydalanish huquqiga yoki axborot uchun toʻlanadigan royaltining miqdori toʻlovchi va amalda shu daromadlar huquqiga ega shaxs oʻrtasida kelishilishi mumkin boʻlgan miqdordan oshiq boʻlsa, bunday munosabatlar yoʻq boʻlgan taqdirda, ushbu modda qoidalari faqat oxirgi eslatilgan miqdorga nisbatan qoʻllanadi. Bunday holda, toʻlovning ortiqcha qismi ushbu Bitimning boshqa qoidalarini inobatga olgan holda, har bir Ahdlashuvchi Davlat qonunlariga muvofiq avvalgidek soliqqa tortiladi.
13-modda
Mulk qiymatining oʻsishidan olinadigan daromadlar
Mulk qiymatining oʻsishidan olinadigan daromadlar
1. Bir Ahdlashuvchi Davlat rezidentining 6-moddaga taalluqli boʻlgan va boshqa Ahdlashuvchi Davlatda joylashgan koʻchmas mulkni begonalashtirishdan oladigan daromadlari ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
2. Bir Ahdlashuvchi Davlat korxonasining boshqa Ahdlashuvchi Davlatda ega boʻlgan doimiy muassasasi tijorat mulkining bir qismini tashkil etuvchi koʻchar mulkni begonalashtirishdan oladigan yoki bir Ahdlashuvchi Davlat rezidentining boshqa Ahdlashuvchi Davlatda mustaqil shaxsiy xizmatlarni amalga oshirishida bemalol foydalanishi mumkin boʻlgan doimiy bazaga taalluqli koʻchar mulkni begonalashtirishdan oladigan daromadlari, jumladan ana shu doimiy muassasani (alohida yo korxona bilan birgalikda) yoki shunday doimiy bazani begonalashtirishdan olgan daromadlari ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
3. Xalqaro tashishlarda foydalaniladigan dengiz, havo kemalari, temir yoʻl yoki avtomobil transporti vositalarini begonalashtirishdan yoki shunday dengiz, havo kemalari, temir yoʻl yoki avtomobil transporti vositalaridan foydalanishga taalluqli boʻlgan koʻchar mulkni begonalashtirishdan olinadigan daromadlari faqat oʻsha Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Ahdlashuvchi Davlat rezidenti boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidenti boʻlgan kompaniyaning aksiyalarini uchinchi shaxsga berishdan yoki boshqa foizlardan olgan daromadlari ushbu Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
(13-moddaning 4-bandi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Chexiya Respublikasi Hukumati oʻrtasida 2011-yil 8-dekabrdagi Protokol tahririda)
5. Ushbu moddaning 1- , 2- , 3- va 4-bandlarida sanab oʻtilmagan har qanday boshqa mulkni begonalashtirishdan olinadigan daromadlar faqat mulkni begonalashtiruvchi shaxs rezidenti boʻlgan oʻsha Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortiladi.
14-modda
Mustaqil shaxsiy xizmatlar
Mustaqil shaxsiy xizmatlar
1. Bir Ahdlashuvchi Davlat rezidentining kasbiy xizmatlarni koʻrsatish yoki mustaqil tusdagi boshqa faoliyatdan oladigan daromadlari faqat ana shu Davlatda soliqqa tortiladi, bunday daromadlar, shuningdek quyidagi hollarda, istisno tariqasida boshqa Ahdlashuvchi Davlatda ham soliqqa tortilishi mumkin:
a) agar u oʻz faoliyatini amalga oshirish uchun boshqa Ahdlashuvchi Davlatda oʻzi uchun muntazam qulay boʻlgan doimiy bazaga ega boʻlsa; bunday hollarda daromadning faqat shunday doimiy bazaga taalluqli boʻlgan qismigina ushbu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin; yoki
Oldingi tahrirga qarang.
b) agar uning boshqa Davlatda boʻlishi tegishli moliya yilida boshlanadigan yoki tugaydigan istalgan 12 oylik davrda jami 183 kunni tashkil etadigan yoki undan oshadigan davr yoxud davrlar mobaynida davom etsa; ushbu holda uning mazkur boshqa Davlatdagi faoliyatidan olingan daromad qismigina soliqqa tortilishi mumkin.
(14-moddaning 1-bandi “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Chexiya Respublikasi Hukumati oʻrtasida 2011-yil 8-dekabrdagi Protokol tahririda)
2. “Kasbiy xizmatlar” atamasi, xususan mustaqil ilmiy, adabiy, badiiy, sanʼat, maʼrifiy va oʻqituvchilik faoliyatlarini, shuningdek shifokorlar, yuristlar, muhandislar, meʼmorlar, stomatologlar va buxgalterlarning mustaqil faoliyatini qamrab oladi.
15-modda
Tobe shaxsiy xizmatlar
Tobe shaxsiy xizmatlar
1. 16- , 18- va 19-moddalarning qoidalarini hisobga olgan holda, bir Ahdlashuvchi Davlat rezidentining yollanma ishga nisbatan oladigan maoshi, ish xaqi va shunga oʻxshash boshqa taqdirlash haqlari, agar yollanma ish boshqa Ahdlashuvchi Davlatda amalga oshirilmayotgan boʻlsa, faqat ana shu Davlatda soliqqa tortiladi, bir yollanma ish shu tarzda bajariladigan boʻlsa, unda shu munosabat bilan olingan taqdirlash haqlari ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
2. Agar quyidagi holatlar mavjud boʻlsa, 1-band qoidalariga qaramay, Ahdlashuvchi Davlatlardan biri rezidentining boshqa Ahdlashuvchi Davlatda amalga oshiradigan yollanma ishiga nisbatan oladigan taqdirlash haqlari faqat birinchi eslatilgan Davlatda soliqqa tortiladi:
a) oluvchi boshqa Davlatda koʻrib chiqilayotgan moliya yilida boshlanadigan yoki tugaydigan har qanday koʻrib chiqilayotgan oʻn ikki oylik davr doirasida jami 183 kundan oshmaydigan davr yoki davrlar mobaynida boʻlib tursa, va
b) taqdirlash haqlari boshqa Davlat rezidenti boʻlmagan yollovchi tomonidan yoki yollovchi nomidan toʻlanadigan boʻlsa, va
c) taqdirlash haqlari boʻyicha xarajatlarni yollovchi boshqa Davlatda ega boʻlgan doimiy muassasa yoki doimiy baza oʻz zimmasiga olmasa.
3. Ushbu moddaning avvalgi qoidalariga qaramay, Ahdlashuvchi Davlat korxonasining xalqaro tashishlarda foydalaniladigan dengiz, havo kemalari bortida yoki temir yoʻl va avtomobil transporti vositalarida amalga oshiriladigan yollanma ish uchun oladigan taqdirlash haqlari ana shu Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
16-modda
Direktorlarning gonorarlari
Direktorlarning gonorarlari
Direktorlarning gonorarlari va bir Ahdlashuvchi Davlat rezidentining boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidenti boʻlgan kompaniya Direktorlar Kengashining yoki uning shunga oʻxshash boshqa organlari aʼzosi sifatida oladigan shunga oʻxshash boshqa toʻlovlari ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
17- modda
Sanʼat xodimlari va sportchilar
Sanʼat xodimlari va sportchilar
1. 14- va 15-moddalarning qoidalariga qaramay, bir Ahdlashuvchi Davlat rezidentining teatr, kino, radio yoki televideniye artisti yoki musiqachi kabi sanʼat xodimi sifatida yoki sportchi sifatida boshqa Ahdlashuvchi Davlatda amalga oshirayotgan shaxsiy faoliyatidan oladigan daromadlari ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
2. Sanʼat xodimi yoki sportchi amalga oshirgan shaxsiy faoliyatidan olinadigan daromad sanʼat xodimi yoki sportchining oʻziga emas balki boshqa shaxsga yozilgan holatda, bu daromad 7- , 14- va 15-moddalarning qoidalariga qaramay, sanʼat xodimi yoki sportchi faoliyat koʻrsatayotgan oʻsha Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortiladi.
3. Agar birinchi eslatib oʻtilgan Davlatga boʻlgan tashrif toʻlaligicha boshqa Ahdlashuvchi Davlatning ijtimoiy jamgʻarmalari yoki maʼmuriy- hududiy boʻlinmalari yoxud mahalliy hokimiyat organlari tomonidan mablagʻ bilan taʼminlansa, 1- va 2-bandlarning qoidalari Ahdlashuvchi Davlatda sanʼat xodimi yoki sportchi tomonidan amalga oshirilayotgan faoliyatdan olinadigan daromadga taalluqli boʻlmaydi. Shunday hollarda daromad faqat ushbu sanʼat xodimi yoki sportchi rezidenti boʻlgan oʻsha Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortiladi.
18-modda
Pensiyalar
Pensiyalar
19-moddaning 2-bandi qoidalarini hisobga olib avvalgi yollanma ish uchun Ahdlashuvchi Davlat rezidentiga kompensatsiya sifatida toʻlanadigan nafaqa va shunga oʻxshash boshqa taqdirlash haqlari faqat ana shu Davlatda soliqqa tortiladi.
19-modda
Hukumat xizmati
Hukumat xizmati
1. a) Ahdlashuvchi Davlat yoki uning maʼmuriy-hududiy boʻlinmalari yoxud mahalliy hokimiyat organlari tomonidan ana shu Davlatga yoki uning maʼmuriy-hududiy boʻlinmalari yoxud mahalliy hokimiyat organlariga koʻrsatgan xizmatlari uchun jismoniy shaxsga toʻlanadigan nafaqadan tashqari ish haqi, mukofot va shunga oʻxshash boshqa taqdirlash haqlari faqat ana shu Davlatda soliqqa tortiladi.
b) Biroq agar xizmat ana shu Davlatda amalga oshirilsa, va jismoniy shaxs ana shu Davlatning rezidenti boʻlgani holda,
i) ana shu Davlatning milliy shaxsi boʻlsa, bunday ish haqi, mukofot va shunga oʻxshash boshqa taqdirlash haqlari faqat ana shu Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortiladi, yoki
ii) shu xizmatni amalga oshirish maqsadidagina ana shu Davlatning rezidenti boʻlgan boʻlmasa.
2. a) Ahdlashuvchi Davlat yoki uning maʼmuriy-hududiy boʻlinmalar yoxud mahalliy hokimiyat organlari, yoki ular tomonidan tuzilgan jamgʻarmalar tomonidan shu Davlatga yoki uning maʼmuriy-hududiy boʻlinmalar yoxud mahalliy hokimiyat organlariga koʻrsatilgan xizmatlar uchun jismoniy shaxsga toʻlanadigan har qanday pensiya faqat shu Davlatda soliqqa tortiladi.
b) Biroq agar jismoniy shaxs ana shu Davlatning rezidenti va milliy shaxsi boʻlsa, shunday pensiya boshqa Ahdlashuvchi Davlatda ham soliqqa tortilishi mumkin.
3. 15-, 16- va 18-moddalarning qoidalari Ahdlashuvchi Davlat, yoki uning maʼmuriy-hududiy boʻlinmalari yoki mahalliy hokimiyat organlari tomonidan amalga oshiriladigan tadbirkorlik faoliyatiga bogʻliq koʻrsatilgan xizmatlarga nisbatan toʻlanadigan ish haqi, mukofot va shunga oʻxshash taqdirlash haqlariga nisbatan tatbiq etiladi.
20-modda
Talabalar
Talabalar
Bir Ahdlashuvchi Davlatga kelgunga qadar bevosita boshqa Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti hisoblanib turgan yoki boʻlgan va birinchi eslatilgan Davlatda faqatgina oʻqish yoki maʼlumot olish maqsadidagina yashab turgan talaba yoki stajyorning yashashi, oʻqishi va maʼlumot olishi uchun moʻljallangan toʻlovlar, basharti bunday toʻlovlar shu Davlat hududidan tashqaridagi manbalardan paydo boʻlgan taqdirda ana shu Davlatda soliqqa tortilmaydi.
21-modda
Boshqa daromadlar
Boshqa daromadlar
1. Ahdlashuvchi Davlat rezidentining ushbu Bitimning oldingi moddalarida aytib oʻtilmagan daromad turlari, ularning qayerda paydo boʻlishidan qatʼi nazar, faqat ana shu Davlatda soliqqa tortiladi.
2. 1-band qoidalari 6-moddaning 2-bandida belgilangan koʻchmas mulkdan olingan, daromad deb hisoblanmaydigan daromadga nisbatan qoʻllanmaydi, agarda bunday daromadni oluvchi Ahdlashuvchi Davlat rezidenti boʻla turib, boshqa Ahdlashuvchi Davlatda joylashgan doimiy muassasa orqali faoliyatini amalga oshirayotgan boʻlsa yoki u yerda joylashgan doimiy bazadan mustaqil shaxsiy xizmatlarni amalga oshirayotgan boʻlsa va daromad toʻlanadigan huquq yoki mulk haqiqatdan ham bunday doimiy muassasa yoki baza bilan bogʻlangan boʻlsa. Bu holatda, vaziyatga qarab, 7-modda yoki 14-moddalarning qoidalari qoʻllanadi.
22-modda
Mulk
Mulk
1. Bir Ahdlashuvchi Davlat rezidentining boshqa Ahdlashuvchi Davlatda joylashgan koʻchmas mulki ana shu boshqa Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
2. Koʻchar mulkdan iborat boʻlib, bir Ahdlashuvchi Davlat korxonasining boshqa Ahdlashuvchi Davlatda ega boʻlgan doimiy muassasasi tijorat mulkining bir qismini tashkil etadigan yoki bir Ahdlashuvchi Davlat rezidentining boshqa Ahdlashuvchi Davlatda mustaqil shaxsiy xizmatlar koʻrsatish maqsadida unga qulay boʻlgan doimiy bazaga tegishli koʻchar mulkdan iborat boʻlgan mulki ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
3. Ahdlashuvchi Davlat korxonasining mulki boʻlgan va xalqaro tashishlarda foydalaniladigan dengiz, havo, temir yoʻl yoki avtomobil transporti vositalaridan iborat boʻlgan mulk va shunday dengiz, havo, temir yoʻl yoki avtomobil transporti vositalarini ekspluatatsiya qilish bilan bogʻliq boʻlgan koʻchar mulk faqat ana shu Davlatda soliqqa tortiladi.
4. Ahdlashuvchi Davlat rezidenti mulkining boshqa barcha unsurlari, faqat ana shu Davlatda soliqqa tortiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
23-modda
Ikki yoqlama soliq solishni bartaraf etish
Ikki yoqlama soliq solishni bartaraf etish
1. Oʻzbekiston rezidentiga nisbatan qoʻllanganda ikki yoqlama soliqqa tortishning oldini olish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Oʻzbekiston rezidenti ushbu Bitim qoidalariga muvofiq Chexiya Respublikasida soliqqa tortilishi mumkin boʻlgan daromad olsa yoki mol-mulkka egalik qilsa, Oʻzbekiston:
a) ushbu rezident daromad soligʻidan Chexiyada toʻlangan daromad soligʻiga teng summani chegirishga;
b) ushbu rezidentning mol-mulk soligʻidan Chexiyada toʻlangan mol-mulk soligʻiga teng miqdorni chegirishga ruxsat berishi kerak.
Bunday chegirmalar har qanday holda chegirishgacha hisoblangan mazkur holda holatlarga bogʻliq holda Chexiyada soliqqa tortilishi mumkin boʻlgan daromad yoki mol-mulkka taalluqli boʻlgan daromad yoki mol-mulk soligʻi tegishli qismidan oshmasligi kerak.
2. Chexiya Respublikasi qonun hujjatlarining Chexiya Respublikasi rezidentiga nisbatan ikki yoqlama soliqqa tortishning oldini olishga taalluqli qoidalarini hisobga olgan holda ikki yoqlama soliqqa tortish quyidagicha bartaraf etiladi:
Chexiya Respublikasi oʻz rezidentlaridan soliq undirishda, mazkur Bitim qoidalariga koʻra Oʻzbekistonda soliqqa tortilishi mumkin boʻlgan daromad yoki mol-mulk turlaridan olinadigan soliqlarni soliq bazasiga kiritishi mumkin, biroq hisoblangan soliq miqdoridan Oʻzbekistonda toʻlangan soliqqa teng miqdorni ushbu bazadan chegirishga ruxsat beradi.
Bunday chegirmalar har qanday holda Chexiya soligʻining chegirishga qadar hisoblangan, mazkur xolda mazkur Bitim qoidalariga muvofiq Oʻzbekistonda soliq solinishi mumkin boʻlgan daromad yoki mol-mulkka taalluqli boʻlgan qismidan oshmasligi kerak.
3. Mazkur Bitimning biror-bir qoidasiga muvofiq Ahdlashuvchi Davlat rezidenti egalik qiladigan, olingan daromad yoki mol-mulk ushbu Davlatda soliqqa tortishdan chiqarilgan boʻlsada, ushbu Davlat mazkur rezident daromadi yoki mol-mulkining qolgan qismiga soliq miqdorini hisoblayotganda soliq solishdan chiqarilgan daromad yoki mol-mulk miqdorini hisobga olishi mumkin.
4. Mazkur moddaning 1, 2 va 3-bandlari maqsadlari uchun Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidentiga tegishli boʻlgan mazkur Bitimga muvofiq boshqa Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortilishi mumkin boʻlgan rezident olgan daromad va unga tegishli mol-mulk ushbu boshqa Ahdlashuvchi Davlatdagi manbalardan olingan va ushbu boshqa Davlatga tegishli deb hisoblanadi.
(23-modda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Chexiya Respublikasi Hukumati oʻrtasida 2011-yil 8-dekabrdagi Protokol tahririda)
24-modda
Kamsitmaslik
Kamsitmaslik
1. Bir Ahdlashuvchi Davlatning milliy shaxslari boshqa Ahdlashuvchi Davlatda, ushbu boshqa Davlat milliy shaxslariga ayni bir xil sharoitlarda, jumladan rezidensiyaga nisbatan solinishi mumkin boʻlganidan ortiq har qanday soliq yoki unga aloqador majburiyatlarga, soliqqa tortishdan koʻra mushkulroq yoki unga aloqador holatlarga duchor qilinmaydilar. Bu qoida 1-modda qoidalaridan qatʼi nazar, bir yoki ikkala Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlmagan jismoniy shaxslarga nisbatan ham qoʻllanadi.
2. Bir Ahdlashuvchi Davlat korxonasining boshqa Ahdlashuvchi Davlatda ega boʻlgan-doimiy muassasasini soliqqa tortish ushbu boshqa Davlatda aynan shunday faoliyatni amalga oshiruvchi ana shu boshqa Davlat korxonalarini soliqqa tortishdan koʻra yomonroq boʻlmaydi.
3. Ushbu moddadagi hech bir narsa bir Ahdlashuvchi Davlatni boshqa Davlat rezidentini soliqqa tortish maqsadida oʻz rezidentlariga ularning fuqarolik mavqei yoki oilaviy sharoiti asosida beradigan har qanday shaxsiy soliq imtiyozlari, kamaytirish va chegirmalar berishga majburlovchi tarzda talqin qilinmasligi lozim.
4. Ahdlashuvchi Davlatlarning rezidenti boʻlib, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar Ahdlashuvchi Davlatlarning hech birida qandaydir soliqqa tortish yoki u bilan bogʻliq boʻlgan har qanday majburiyatlarga, ana shu Davlatlarning milliy shaxslari, xususan rezidensiyaga nisbatan, xuddi shunday holatlarda duchor boʻladigan yoki duchor boʻlishi mumkin boʻladigandan boshqa yoki soliqqa tortishdan koʻra mushkulroq yoxud unga aloqador boʻlgan majburiyatlarga duchor qilinmasliklari lozim.
5. Istisno tariqasida 9-moddaning 1-bandi, 11-moddaning 7-bandi yoki 12-moddaning 6-bandi qoidalari qoʻllanganida, bir Ahdlashuvchi Davlat korxonasining boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidentiga bunday korxonaning soliqqa tortiladigan daromadini aniqlash maqsadida toʻlaydigan foizlar, royaltilar va boshqa qarz toʻlovlari, agar bunday toʻlovlar birinchi eslatilgan Davlat rezidentiga toʻlangan boʻlsa, shunday shartlar asosida chegirib tashlanadi. Bir Ahdlashuvchi Davlat korxonasining boshqa Davlat rezidentiga nisbatan boʻlgan har qanday shunga oʻxshash qarzlari shu korxonaning soliqqa tortiladigan mulkini aniqlash maqsadida birinchi eslatilgan Davlat rezidentiga nisbatan boʻlgan qarzi singari shartlar asosida chegirib tashlanishi kerak.
6. Kapitali toʻliq yoki qisman boshqa Ahdlashuvchi Davlatning bir yoki bir necha rezidentlariga tegishli boʻlgan yoki bevosita yoki bilvosita nazorat qilinayotgan Ahdlashuvchi Davlat korxonasi birinchi eslatilgan Davlatning shunday korxonalariga solinadigan yoki solinishi mumkin boʻlgan har qanday soliq solish yoki unga aloqador majburiyatlarga yoki soliqqa tortishdan koʻra mushkulroq va u bilan bogʻliq boʻlgan majburiyatlarga duchor qilinmaydi.
7. Ushbu moddaning qoidalari, 2-modda qoidalariga qaramay, har qanday tur va tavsifdagi soliqlarga nisbatan qoʻllanadi.
25-modda
Oʻzaro kelishuv tartiblari
Oʻzaro kelishuv tartiblari
1. Agar shaxs Ahdlashuvchi Davlatlardan biri yoki har ikkalasining harakati unga ushbu Bitim qoidalariga muvofiq kelmaydigan soliqqa tortishga olib keladi yoki olib kelishi mumkin, deb hisoblasa, u ushbu Davlatlarning ichki qonunlarida nazarda tutilgan himoya vositalaridan qatʼi nazar, oʻz arizasini oʻzi rezident boʻlgan Ahdlashuvchi Davlatning vakolatli organiga, yoki agarda uning holati ushbu Bitimning 24-moddasi 1-bandiga muvofiq kelsa, oʻzi milliy shaxsi boʻlgan Ahdlashuvchi Davlatga taqdim etishi mumkin. Bu ariza ushbu Bitim qoidalariga nomuvofiq keladigan soliqqa tortishga olib keluvchi harakatlar toʻgʻrisida birinchi bor bildirilgan vaqtdan boshlab uch yil mobaynida berilishi kerak.
2. Vakolatli organ uning arizasini asosli deb topsa, ammo oʻzini qoniqtiradigan qarorga kela olmasa masalani ushbu Bitimga muvofiq kelmaydigan soliqqa tortilishdan qochish maqsadida boshqa Ahdlashuvchi Davlatning vakolatli organi bilan oʻzaro kelishib hal etishga harakat qiladi. Erishilgan har qanday kelishuv Ahdlashuvchi Davlatlar ichki qonunlaridagi har qanday vaqtincha cheklashlarga qaramay amalga oshirilishi lozim.
3. Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli organlari ushbu Bitimni talqin qilish yoki qoʻllashda yuzaga keladigan har qanday qiyinchilik yoki ikkilanishlarni oʻzaro kelishuv asosida hal etishga harakat qiladilar. Ular ikki yoqlama soliqqa tortishga yoʻl qoʻymaslik maqsadida Bitimda nazarda tutilmagan holatlar yuzasidan ham bir-birlari bilan maslahatlashishlari mumkin.
4. Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli organlari oldingi bandlar maʼnolarini tushunishda hamfikrlikka erishish maqsadida bir-birlari bilan shu jumladan, ularning oʻzlari yoki ularning vakillaridan iborat qoʻshma komissiyalar orqali bevosita aloqada boʻlib turishi mumkin.
26-modda
Imtiyozlarning cheklanishi
Imtiyozlarning cheklanishi
Ahdlashuvchi Davlatning vakolatli organi boshqa Ahdlashuvchi Davlatning vakolatli organi bilan kelishganidan soʻng har qanday shaxsga yoki har qanday ishga nisbatan, agar uning fikricha shunday imtiyozlarning taqdim etilishi ushbu Bitimni suiisteʼmol qilishga olib kelsa, ushbu Bitimdan kelib chiqadigan imtiyozlarni qoʻllashdan voz kechishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
27-modda
Axborot almashish
Axborot almashish
1. Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli organlari ushbu Bitim qoidalarini bajarish uchun yoxud Ahdlashuvchi Davlatlar yoki ularning maʼmuriy-hududiy boʻlinmalari yoki mahalliy davlat hokimiyati organlari nomidan undiriladigan har qanday turdagi va tavsifdagi soliqlarga taalluqli maʼmuriyatchilik yoki milliy qonun hujjatlari boʻyicha olish mumkin boʻlgan axborotni ushbu qonun hujjatlari boʻyicha soliq solish ushbu Bitimga zid boʻlmagan darajada almashinadilar. Axborot almashish 1 va 2-moddalar bilan cheklanmaydi.
2. Ahdlashuvchi Davlat tomonidan mazkur moddaning 1-bandi doirasida olingan har qanday axborot ham, shu Davlat ichki qonun hujjatlariga muvofiq olingan axborot singari, xuddi shu maʼnoda maxfiy hisoblanadi hamda 1-bandda tilga olingan yoki yuqorida koʻrsatilganidek muayyan soliqlarni belgilash yoki undirish, majburiy undirish yoki sud orqali taʼqib qilish yoxud ularga nisbatan apellyatsiyalarni koʻrib chiqish bilan bogʻlik shaxslar yoki organlargagina (shu jumladan sudlar va maʼmuriy organlar) ochib beriladi. Bunday shaxslar yoki organlar bu axborotdan faqat shu maqsadlarda foydalanadilar. Ular ushbu axborotni ochiq sud majlisi vaqtida yoki yuridik qarorlar qabul qilish chogʻida ochishlari mumkin.
3. Hech qanday holatda ham mazkur moddaning 1-bandi qoidalari Ahdlashuvchi Davlatlardan birining zimmasiga quyidagi majburiyatlarni yuklovchi qoidalar sifatida talqin qilinmaydi:
a) u yoki bu Ahdlashuvchi Davlatning ichki qonunlariga yoki maʼmuriy taomiliga zid boʻlgan maʼmuriy choralar oʻtkazish;
b) u yoki bu Ahdlashuvchi Davlatning ichki qonunlariga koʻra yoki maʼmuriy taomili davomida olinishi mumkin boʻlmagan axborotni taqdim etish;
s) savdo, tadbirkorlik, sanoat, tijorat yoki xizmat sirini yoxud savdo jarayonini ochib beruvchi axborotni yoki ochilishi davlat siyosatiga (jamoat tartibiga) zid kelishi mumkin boʻlgan axborotni taqdim etish.
4. Agar axborot bir Ahdlashuvchi Davlat tomonidan mazkur moddaga muvofiq soʻralsa, boshqa Ahdlashuvchi Davlat soʻralgan axborotni hatto agar bunday axborot ushbu boshqa Davlatga oʻz soliq maqsadlari uchun talab qilinmasada, olish uchun chora-tadbirlarni koʻrib, oʻzining axborotidan foydalanadi. Bundan avvalgi jumlada keltirilgan majburiyatlar mazkur moddaning 3-bandidagi cheklovlar obyekti hisoblanadi, biroq hech qanday holda bunday cheklovlar Ahdlashuvchi Davlatga uning manfaatdorligi yoʻqligi sababli axborot taqdim etishdan bosh tortishga ruxsat beradi deb qarash mumkin emas.
5. Mazkur moddaning 3-bandi birorta qoidasi Ahdlashuvchi Davlatga faqat axborotning egasi bank yoki boshqa moliyaviy muassasa yoki ishonchli vakil hisoblanishi yoki axborot shaxsning mulk huquqlariga tegishli ekanligi sababli axborot taqdim etishdan voz kechishga ruxsat beradi deb qaralmasligi kerak.
(27-modda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Chexiya Respublikasi Hukumati oʻrtasida 2011-yil 8-dekabrdagi Protokol tahririda)
28-modda
Diplomatik vakolatxona xodimlari va konsullik
muassasalari xizmatchilari
Diplomatik vakolatxona xodimlari va konsullik
muassasalari xizmatchilari
Ushbu Bitimning hech bir qoidasi diplomatik vakolatxona xodimlari va konsullik muassasalari xodimlarining xalqaro huquq umumiy normalariga yoki maxsus bitimlarning qoidalariga muvofiq belgilab qoʻyilgan soliq imtiyozlariga daxl qilmaydi.
29-modda
Kuchga kirishi
Kuchga kirishi
Ahdlashuvchi Davlatlarning har biri ushbu Bitimning kuchga kiritish uchun ichki qonunchilikka muvofiq talab etiladigan protseduralar bajarilganligi toʻgʻrisida diplomatik kanalar orqali bir-birlarini xabardor qiladilar. Bu Bitim ana shunday xabarnomalardan oxirgisi olingan kundan boshlab kuchga kiradi va shundan keyin quyidagilarga nisbatan amal qiladi:
a) ushbu Bitim kuchga kiradigan yildan bevosita keyin keladigan oʻsha taqvimiy yilning birinchi yanvaridan boshlab yoki shu sanadan keyin toʻlanadigan daromad manbalaridan undiriladigan soliqlarga nisbatan;
b) ushbu Bitim kuchga kiradigan yildan keyingi taqvimiy yilning birinchi yanvaridan boshlab yoki shu sanadan keyingi har bir soliqqa tortish yilida daromad va mulkdan olinadigan boshqa daromad soliqlari va mol-mulk soliqlariga nisbatan.
30-modda
Amal qilishini toʻxtatish
Amal qilishini toʻxtatish
1. Ushbu Bitim bir Ahdlashuvchi Davlat uning amal qilishini toʻxtatmaguncha oʻz kuchida qoladi. Har bir Ahdlashuvchi Davlat Bitimning amal qilishini Bitim kuchga kirgan kundan keyin besh yil oʻtgach istalgan taqvimiy yilning tugashidan kamida olti oy avval diplomatik kanallar orqali amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisida xabarnoma berish orqali Bitimning amal qilishini toʻxtatishi mumkin. Bunday holatda Bitimning amal qilishi:
a) amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisida xabarnoma berilgan yildan bevosita keyin keladigan taqvimiy yilning birinchi yanvaridan boshlab olingan daromad manbaidan undiriladigan soliqlarga nisbatan;
b) amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisida xabarnoma berilgan yildan bevosita keyin keladigan taqvimiy yilning birinchi yanvaridan yoki shu sanadan keyin boshlanadigan har qanday soliqqa tortish yillarida daromad va mulkdan olinadigan boshqa daromad soliqlari va mol-mulk soliqlariga nisbatan toʻxtatiladi.
Ushbuni shahodatlab, bunga tegishli tartibda vakolat berilgan quyidagi imzo chekuvchilar ushbu Bitimni imzoladilar.
Praga shahrida 2-martda ikki nusxada, har biri oʻzbek, chex va ingliz tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega. Har qanday kelishmovchiliklar yuzaga chiqqan holda ingliz tilidagi matn asos qilib olinadi.
(imzolar)