O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BILAN NIDERLANDIYA QIROLLIGI O‘RTASIDA
Konvensiya
Oldingi tahrirga qarang.
daromad va foyda soliqlariga nisbatan ikki yoqlama soliqqa tortishni bartaraf qilish, soliqlarni to‘lashdan qochish va bosh tortishni oldini olish to‘g‘risida
(konvensiya nomi O‘zbekiston Respublikasi bilan Niderlandiya Qirolligi o‘rtasida 2017-yil 6-fevraldagi Bayonnoma tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Niderlandiya Qirolligi Hukumati,
iqtisodiy aloqalarini yanada rivojlantirish va soliq masalalarida hamkorlikni kengaytirish istagida,
soliqlarni to‘lashdan qochish va bosh tortish yo‘li bilan soliqqa tortilmaslik hamda soliq solinishini kamaytirish imkoniyatini (jumladan, uchinchi mamlakatlar rezidentlarining bilvosita manfaatlari uchun mazkur Konvensiya tomonidan taqdim etiladigan imtiyozlar berilishiga yo‘l ochadigan imkoniyatlarni) yaratmaslik uchun O‘zbekiston Respublikasi bilan Niderlandiya Qirolligi o‘rtasidagi daromad va foyda soliqlariga nisbatan ikki yoqlama soliq solishni bartaraf qilish, soliqlarni to‘lashdan qochish va bosh tortishni oldini olish to‘g‘risida Konvensiya tuzish maqsadida,
quyidagilar to‘g‘risida kelishib oldilar:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi bilan Niderlandiya Qirolligi o‘rtasida 2017-yil 6-fevraldagi Bayonnoma tahririda)
I BOB
Konvensiyani qo‘llash sohasi
Konvensiyani qo‘llash sohasi
1-modda
Taalluqlilik doirasi
Taalluqlilik doirasi
Bu Konvensiya Ahdlashuvchi Davlatlarning biri yoki har ikkalasining rezidenti bo‘lgan shaxslarga nisbatan qo‘llaniladi.
2-modda
Qamrab olingan soliqlar
Qamrab olingan soliqlar
1. Ushbu Konvensiya Ahdlashuvchi Davlatlardan birining yoki uning siyosiy yoxud ma’muriy-hududiy bo‘linmalari yoki mahalliy hokimiyat organlari nomidan undirilayotgan daromad va kapital soliqlariga nisbatan, ularni undirish uslubidan qat’i nazar, tatbiq etiladi.
2. Daromad va kapital soliqlariga, umumiy daromaddan, umumiy kapitaldan yoki daromad yoxud kapitalning bir qismidan, shu jumladan ko‘char va ko‘chmas mulkni musodara qilishdan olingan daromadlardan hamda korxonalar tomonidan to‘lanadigan ish haqi yoki mukofotlarning umumiy miqdoridan, shuningdek kapital qiymatini o‘sishidan olinadigan soliqlar taalluqlidir.
3. Ushbu Konvensiya qo‘llaniladigan amaldagi soliqlar, xususan quyidagilardir:
Oldingi tahrirga qarang.
a) O‘zbekistonda:
i. yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i;
ii. jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i;
iii. mol-mulk solig‘i;
(bundan keyingi o‘rinlarda “O‘zbekiston soliqlari” deb nomlanadi).
(2-moddaning 3-bandi “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi bilan Niderlandiya Qirolligi o‘rtasida 2017-yil 6-fevraldagi Bayonnoma tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
b) Niderlandiyada:
i. daromad solig‘i;
ii. ish haqidan olinadigan soliq;
iii. tabiiy resurslarni ekspluatatsiya qilish asosida olingan sof foydadagi hukumat ulushini o‘z ichiga oluvchi foydali qazilmalar qazib olish to‘g‘risidagi Qonunga (de Mijnbouwwet) muvofiq undiriladigan korporativ soliq (de vennootschapsbelasting);
iv. dividend solig‘i;
(bundan keyingi o‘rinlarda “Niderlandiya soliqlari” deb nomlanadi).
(2-moddaning 3-bandi “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi bilan Niderlandiya Qirolligi o‘rtasida 2017-yil 6-fevraldagi Bayonnoma tahririda)
4. Ushbu Konvensiya imzolangan sanadan so‘ng undiriladigan soliqlarga qo‘shimcha yoki mavjudlari o‘rniga kiritilgan har qanday bir xil yoki mohiyati bo‘yicha o‘xshash soliqlarga nisbatan ham ushbu Konvensiya qo‘llaniladi. Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli organlari o‘zlarining tegishli soliq qonunchiligiga kiritilgan barcha muhim o‘zgarishlar to‘g‘risida bir-birlarini xabardor qilib turadilar.
II BOB
Ta’riflar
Ta’riflar
3-modda
Umumiy ta’riflar
Umumiy ta’riflar
1. Ushbu Konvensiya maqsadlari uchun, agar matn mazmunidan o‘zga ma’no chiqmasa:
a) “Ahdlashuvchi Davlatlardan biri” atamasi matnga bog‘liq ravishda Niderlandiya Qirolligi (Niderlandiya)ni yoki O‘zbekiston Respublikasi (O‘zbekiston)ni anglatadi; “Ahdlashuvchi Davlatlar” atamasi, Niderlandiya Qirolligini va O‘zbekiston Respublikasini anglatadi;
b) “Niderlandiya” atamasi, Niderlandiya Qirolligining Evropada joylashgan qismini, jumladan Niderlandlar xalqaro huquqqa muvofiq dengiz osti tabiiy resurslarini va uning tagzamin va tutash suvlarini, shuningdek ularning tabiiy resurslarini ishlab chiqishga doir yurisdiksiya yoki suveren huquqlarini amalga oshiradigan uning hududiy dengizini va hududiy dengizdan tashqari bo‘lgan har qanday tumanni anglatadi;
c) “O‘zbekiston” atamasi O‘zbekiston Respublikasini, jumladan xalqaro huquqqa muvofiq O‘zbekiston qonunlari bo‘yicha hudud sifatida belgilangan yoki belgilanishi mumkin bo‘lgan doirada tuproq va uning tabiiy resurslariga bo‘lgan O‘zbekiston huquqini amalga oshirishi mumkin bo‘lgan har qanday tumanni anglatadi;
d) “shaxs” atamasi jismoniy shaxsni, kompaniya yoki shaxslarning har qanday boshqa birlashmasini o‘z ichiga oladi;
e) “kompaniya” atamasi har qanday korporativ birlashmani va soliqqa tortish maqsadlarida korporativ birlashma sifatida qaraladigan har qanday tashkilotni anglatadi;
f) “Ahdlashuvchi Davlatlardan birining korxonasi” va “boshqa Ahdlashuvchi Davlat korxonasi” atamalari tegishlicha bir Ahdlashuvchi Davlat rezidenti boshqaruvi ostida ish yuritayotgan korxonani va boshqa Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boshqaruvi ostida ish yuritayotgan korxonani anglatadi;
g) “xalqaro tashish” atamasi Davlatlardan birida amaldagi rahbar organiga ega bo‘lgan korxona tomonidan foydalaniladigan dengiz, havo kemasida yoki temir yo‘l transporti orqali har qanday tashishni anglatadi, dengiz, havo kemasi yoki temir yo‘l transporti vositalarining boshqa Davlatdagi punktlar o‘rtasidagina foydalanilishi bundan mustasnodir;
h) “milliy shaxs” atamasi:
(i) Ahdlashuvchi Davlatlardan birining millati yoki fuqaroligiga ega bo‘lgan har qanday jismoniy shaxsni anglatadi,
(ii) Ahdlashuvchi Davlatlardan birida amaldagi qonunlariga muvofiq o‘z maqomini olgan har qanday yuridik shaxsni, shirkat va assotsiatsiyani anglatadi;
i) “vakolatli organ” atamasi:
(i) Niderlandiyada — Moliya vaziri yoki uning tegishli tarzda vakolat berilgan vakilini anglatadi;
(ii) O‘zbekistonda — Davlat soliq qo‘mitasining Raisi yoki uning tegishli tarzda vakolat berilgan vakilini anglatadi.
2. Ushbu Konvensiya Ahdlashuvchi Davlatlardan biri tomonidan istalgan vaqtda qo‘llanilganda, unda belgilanmagan har qanday atama, agar matn mazmunidan boshqa ma’no kelib chiqmasa, u, ushbu Konvensiya tatbiq etiladigan soliqlarga nisbatan shu Davlatning belgilangan qonunlarida belgilangan ma’noga ega bo‘ladi, ana shu Davlatning soliq qonunlariga muvofiq tatbiq etiladigan har qanday ma’no shu Davlatning boshqa qonunlariga binoan ushbu atamaga berilgan ma’nodan ustunlik qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
4-modda
Rezident
Rezident
1. “Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti” atamasi ushbu Konvensiyaning maqsadlari uchun mazkur Davlatning qonunchiligi bo‘yicha unda o‘zining yashash joyi, rezidensiyasi, boshqaruvi joylashgan joyiga ko‘ra yoki shunga o‘xshash xususiyat kasb etuvchi har qanday boshqa mezoni asosida soliqqa tortilishi kerak bo‘lgan har qanday shaxsni anglatadi, shu jumladan mazkur Davlat va uning har qanday siyosiy yoki ma’muriy-hududiy bo‘linmasini yoxud mahalliy hokimiyat organini qamrab oladi.
2. Jismoniy shaxsdan boshqa shaxs soliqqa tortilishi mumkin:
a) Niderlandiyada, agar shaxs korporativ solig‘i maqsadlari uchun Niderlandiya rezidenti bo‘lsa;
b) O‘zbekistonda, agar shaxs yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i maqsadlari uchun O‘zbekiston rezidenti bo‘lsa,
ushbu shaxs tomonidan olingan foyda mazkur Davlat soliq qonunchiligiga ko‘ra shaxsning foydasi sifatida e’tirof etilsa va bunday foyda uning mulkdorlari, a’zolari va ishtirokchilarining foydasi hisoblanmasa.
3. 1 va 2-bandlarning qoidalariga qaramasdan “Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti” atamasi ushbu Davlatdagi manbalardan olingan foydasi yoki u yerdagi mol-mulki uchun soliqqa tortilishi mumkin bo‘lgan har qanday shaxsni qamrab olmaydi.
4. 1-band qoidalariga muvofiq shaxs ikkala Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti bo‘lgan hollarda uning maqomi quyidagi tarzda aniqlanadi:
a) mazkur shaxs faqatgina doimiy uyi mavjud bo‘lgan Davlatning rezidenti hisoblanadi; agar u har ikkala Davlatda doimiy uyga ega bo‘lsa, u faqatgina shaxsiy va iqtisodiy aloqalari chuqurroq bo‘lgan (hayotiy manfaatlar markazi) Davlatning rezidenti hisoblanadi;
b) agar shaxsning hayotiy manfaatlar markazi joylashgan Davlatni aniqlab bo‘lmasa yoki Davlatlardan hech birida doimiy uyi bo‘lmasa, u odatda yashaydigan Davlatning rezidenti hisoblanadi;
c) agar shaxs odatda har ikki Davlatda ham yashasa yoki ularning hech birida odatda yashamasa, u faqatgina fuqarosi hisoblangan Davlatning rezidenti hisoblanadi;
d) agar shaxs har ikkala Davlatning fuqarosi bo‘lsa yoki hech birining fuqarosi bo‘lmasa, unda Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli organlari bu masalani o‘zaro kelishuv yo‘li bilan hal qiladilar.
5. 1-bandning qoidalariga muvofiq jismoniy shaxs bo‘lmagan shaxs har ikkala Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti bo‘lgan hollarda, u faqatgina o‘zining samarali boshqaruv organi joylashgan Davlatning rezidenti hisoblanadi.
(4-modda O‘zbekiston Respublikasi bilan Niderlandiya Qirolligi o‘rtasida 2017-yil 6-fevraldagi Bayonnoma tahririda)
5-modda
Doimiy muassasa
Doimiy muassasa
1. Ushbu Konvensiya maqsadlari uchun “doimiy muassasa” atamasi, korxonaning tadbirkorlik faoliyatini to‘liq yoki qisman amalga .oshiradigan doimiy faoliyat joyini anglatadi.
2. “Doimiy muassasa” atamasi, asosan quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
a) boshqaruv joyi;
b) filial;
c) ofis;
d) fabrika;
e) ustaxona; va
f) shaxta, neft yoki gaz qudug‘i, karyer yoki tabiiy resurslar qazib olinadigan har qanday boshqa joy.
3. Qurilish maydonchasi, montaj yoki yig‘uv obyekti, faqat shunday holdaki, agar ularning faoliyati 12 oydan ko‘proq davom etsagina doimiy muassasa tashkil qiladi.
4. Ushbu moddaning avvalgi qoidalariga qaramay, “doimiy muassasa” atamasi quyidagilarni o‘z ichiga olmaydi:
a) inshootlardan shu korxonaga tegishli bo‘lgan tovar yoki buyumlarni faqat saqlash, namoyish qilish yoki yetkazib berish maqsadlarida foydalanish;
b) shu korxonaga tegishli bo‘lgan tovar yoki buyumlar zaxirasini faqat saqlash, namoyish qilish yoki yetkazib berish maqsadlarida ushlab turilishi;
c) shu korxonaga tegishli tovar yoki buyumlar zaxirasini boshqa korxona tomonidan faqat qayta ishlash maqsadlarida ushlab turilishi;
d) doimiy faoliyat joyining faqat tovar yoki buyumlar sotib olish yoki ushbu korxona uchun axborot yig‘ish ushlab turilishi;
e) doimiy faoliyat joyining ushbu korxona uchun faqat boshqa har qanday tayyorgarlik yoki yordamchi tusdagi faoliyatni amalga oshirish yo‘lida ushlab turilishi;
f) doimiy faoliyat joyining (a) - (e) kichik bandlarida eslatib o‘tilgan faoliyat turlarining har qanday uyg‘unlashuvi uchungina bunday doimiy faoliyat oyining faoliyati ana shu uyg‘unlashuv natijasi, tayyorgarlik hamda yordamchi tusda bo‘lgan taqdirda saqlab turilishi
5. 1- va 2-bandlarning qoidalariga qaramay, agar 6-band tatbiq etiladigan mustaqil maqomli agentdan o‘zga bo‘lgan shaxs Davlatlardan birida korxonasi nomidan ish yuritsa va odatda korxona nomidan shartnomalar tuzish vakolatiga ega bo‘lsa va odatda shu vakolatni amalga oshirsa, bunda bu korxona ana shu Davlatda ana shu korxona uchun ushbu shaxs tomonidan ko‘rsatilgan har qanday faoliyatga nisbatan doimiy muassasaga ega, deb hisoblanadi, agar, faqat ushbu shaxsning faoliyati 4-bandda eslatib o‘tilgan faoliyat turlari bilan cheklanib qolmasa, agar faoliyat doimiy faoliyat joyi orqali amalga oshirilsa, shu bandning qoidalariga binoan bu doimiy faoliyat joyidan doimiy muassasa hosil qilmaydi.
6. Korxona, Davlatlardan birida broker, komissioner yoki boshqa har qanday mustaqil maqomli agent orqali ana shu Davlatda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirsagina, shu shaxslar o‘zlarining odatdagi faoliyati doirasida harakat qilishlari sharti bilan doimiy muassasaga ega deb, qaralmaydi.
7. Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti bo‘lgan kompaniya boshqa Davlatning rezidenti bo‘lgan kompaniyani nazorat qilsa yoki nazorat qilinsa yoki ana shu boshqa Davlatda tijorat faoliyatini (doimiy muassasa orqali yoki boshqa tarzda) amalga oshirayotgan bo‘lsa, bu hol o‘z-o‘zidan bu kompaniyalardan hech birini boshqasi uchun doimiy muassasaga aylantirmaydi.
III BOB
Daromadlarni soliqqa tortish
Daromadlarni soliqqa tortish
6-modda
Ko‘chmas mulkdan olinadigan daromadlar
Ko‘chmas mulkdan olinadigan daromadlar
1. Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti tomonidan boshqa Davlatda joylashgan ko‘chmas mulkdan (jumladan, qishloq yoki o‘rmon xo‘jaligidan olinadigan daromadlar) oladigan daromadi ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
2. “Ko‘chmas mulk” atamasi ko‘rib chiqilayotgan mulk joylashgan Davlat qonunchiligi bo‘yicha belgilangan ma’noga egadir, har qanday holda ham ushbu atama huquqi yer ustidagi mulkchilikka taalluqli umumiy qonunchilikning qoidalari bilan belgilangan ko‘chmas mulkka tegishli bo‘lgan mulkni, chorva, qishloq va o‘rmon xo‘jaligiga tegishli vositalarni, ko‘chmas mulk uzufruktini va minerallar, manbalar va boshqa tabiiy resurslarning qatlamlarini qazish uchun tovon sifatida to‘lanadigan o‘zgaruvchan yoki qayd etilgan to‘lovlar huquqini yoki minerallar, manbalar va boshqa tabiiy resurslar qatlamlarini qazish huquqini o‘z ichiga oladi; dengiz, daryo, havo kemalari, temir yo‘l transporti vositalari ko‘chmas mulk sifatida qaralmaydi.
3. 1-band qoidalari ko‘chmas mulkdan to‘g‘ridan to‘g‘rifoydalanish, ijaraga berish yoki har qanday boshqa shaklda foydalanishdan olingan daromadga nisbatan qo‘llaniladi.
7-modda
Tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan foyda
Tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan foyda
1. Ahdlashuvchi Davlatlardan birining korxonasini foydasi faqat ana shu Davlatda soliqqa tortiladi, agar, faqat korxona o‘z tadbirkorlik faoliyatini boshqa Davlatda u yerda joylashgan doimiy muassasa orqali amalga oshirmayotgan bo‘lsa. Agar korxona o‘z faoliyatini yuqorida aytilganidek amalga oshirayotgan bo‘lsa, korxonaning foydasi boshqa Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortilishi mumkin, faqat doimiy muassasaga tegishli bo‘lgan qismigina soliqqa ortiladi;
2. 3-band qoidalariga muvofiq agar Davlatlardan birining korxonasi boshqa Davlatda u yerda joylashgan doimiy muassasa orqali tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan bo‘lsa, har bir Ahdlashuvchi Davlatda bunday doimiy muassasaga foyda u alohida va mustaqil korxona sifatida xuddi shunday yoki shunga o‘xshash faoliyatni xuddi shunday yoki shunga o‘xshash shartlar asosida amalga oshirib doimiy muassasa hisoblangan korxonadan mutlaqo mustaqil ravishda ish ko‘rib olishi mumkin bo‘lgan foyda kabi o‘tkaziladi.
3. Doimiy muassasa foydasini aniqlashda, ushbu doimiy muassasa faoliyati maqsadlari uchun sarflangan, jumladan doimiy muassasa joylashgan Davlatda yoki har qanday boshqa yerdagi faoliyat maqsadlari uchun sarflangan boshqaruv va umumiy ma’muriy xarajatlarni chegirib tashlashga yo‘l qo‘yiladi.
4. Ahdlashuvchi Davlatlardan birida doimiy muassasaga tegishli bo‘lgan foydani korxona oladigan umumiy foyda miqdorini uning turli bo‘linmalariga proporsional taqsimlash asosida aniqlash odatdagi amaliyot ekanligiga qaramay, 2-banddagi hech bir narsa, odatda qabul qilinganidek, bu Davlatga shunday taqsimlash asosida soliq solinadigan foydani aniqlashga xalaqit bermaydi. Biroq taqsimlashning tanlangan usuli shunday bo‘lishi lozimki, natija ushbu moddada mavjud bo‘lgan tamoyillarga muvofiq kelishi lozim.
5. Doimiy muassasa tomonidan korxona uchun tovar yoki buyumlarning xarid qilishigagina asoslanib doimiy muassasaga biron-bir foyda hisoblanmaydi.
6. Avvalgi bandlar maqsadlari uchun doimiy muassasaga taalluqli bo‘lgan foyda, agar boshqasi uchun salmoqli va yetarli sabablar bo‘lmasa, har yili bir xil uslubda aniqlanadi.
7. Agar foyda ushbu Konvensiyaning boshqa moddalari bilan bog‘liq bo‘lmagan daromad turlarini qamrab oladigan bo‘lsa, unda bu moddalarning qoidalariga ushbu modda qoidalari ta’sir etmaydi.
8-modda
Xalqaro transport
Xalqaro transport
1. Xalqaro yuk tashishlarda dengiz, havo yoki temir yo‘l transporti vositalarini ekspluatatsiya qilishdan olingan foydaga faqat korxonaning haqiqiy rahbar organi joylashgan Davlatlardan biridagina soliq solinadi.
2. Ushbu modda maqsadlari uchun, xalqaro yuk tashishlarda dengiz va havo kemalarini ekspluatatsiya qilishdan olingan foyda xalqaro yuk tashishlarda foydalaniladigan dengiz va havo kemalarini ekipajsiz fraxtalash asosida olinadigan foydani o‘z ichiga oladi, agar bu foyda 1-band tadbiq etiladigan foydalarga nisbatan tasodifiy bo‘lsa.
3. 1-band qoidalari, shuningdek transport vositalarini ekspluatatsiya qilish bo‘yicha pulda, qo‘shma faoliyatda yoki xalqaro tashkilotda ishtirok etishdan olinadigan foydaga ham etiladi.
9-modda
Birlashgan korxonalar
Birlashgan korxonalar
1. Agar:
a) Ahdlashuvchi Davlatlardan birining korxonasi boshqa Ahdlashuvchi Davlat korxonasini boshqarishda, nazorat qilishda yoki uning kapitalida bevosita yoki bilvosita ishtirok etsa,
yoki
b) o‘sha shaxs bir Ahdlashuvchi Davlat korxonasini va boshqa Davlat korxonasini boshqarishda, nazorat qilishda yoki uning kapitalida bevosita yoki bilvosita ishtirok etsa,
va har qanday holatda korxona o‘rtasida ularning tijorat va moliyaviy munosabatlarida mutlaqo mustaqil bo‘lgan korxonalar o‘rtasida bo‘ladigandan farqli sharoitlar vujudga keltirilsa, unda ularning biriga hisoblanishi mumkin bo‘lgan har qanday foyda, ammo shunday sharoitlar natijasida unga hisoblanmagan foyda ana shu korxona foydasiga kiritilishi mumkin, va tegishlicha soliqqa tortiladi. Biroq shunday tushuniladiki, agar birlashgan korxonalar bitim tuzsalar, bu bitim xarajatlarni ulush sifatida taqsimlash to‘g‘risidagi bitim yoki boshqaruv, umumiy-ma’muriy, texnik yoki tijorat xarajatlarini, ilmiy tadqiqot xarajatlarini va boshqa shunga o‘xshash xarajatlarni taqsimlash uchun yoki shu asosdagi umumiy xizmat ko‘rsatish to‘g‘risidagi bitim kabi bo‘lsa, bunda bu yuqorida ta’kidlangan sharoit bo‘la olmaydi.
2. Qachonki, Davlat shu Davlat korxonasi foydasiga boshqa Ahdlashuvchi Davlat korxonasi bo‘yicha ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortiladigan foydani — shuningdek soliqlarni kiritsa, va shu tariqa kiritilgan foyda, agar ikkala korxona o‘rtasida vujudga keltirilgan munosabatlar ikki mustaqil korxona o‘rtasidagi munosabatlar kabi bo‘lganida birinchi eslatilgan Davlat korxonasiga hisoblanadigan — foyda bo‘lsa, u holda ana shu boshqa Davlat shu Davlatga tegishli foydadan olinadigan soliq miqdoriga zarur tuzatishlar kiritadi. Bunday tuzatishlarni belgilashda ushbu Konvensiyaning boshqa qoidalariga tegishlicha e’tiborni qaratishi kerak va Davlatlardan birining vakolatli organlari, bu zarur bo‘lsa, o‘zaro maslahatlashishlarni boshlashlari lozim.
10-modda
Dividendlar
Dividendlar
1. Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti bo‘lgan kompaniya tomonidan boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidentiga to‘lanadigan dividendlar ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
2. Biroq, bunday dividendlar, shuningdek ularni to‘layotgan kompaniya rezident bo‘lgan Davlatlardan birida, shu Davlatning qonunlariga muvofiq ham soliqqa tortilishi mumkin, ammo dividendlarni haqiqiy egasi boshqa Davlatning rezidenti bo‘lsa, bunda shunday tarzda olinadigan soliq miqdori quyidagilardan oshmaydi:
a) agar dividendlarning haqiqiy egasi bo‘lgan kompaniya dividendlar to‘layotgan kompaniya kapitalining kamida 25 foizini bevosita nazorat qilsa, dividendlar yalpi miqdorining 5 foizidan;
b) boshqa barcha hollarda dividendlar yalpi miqdorining 15 foizidan.
Ahdlashuvchi Davlatlardan birining vakolatli organlari o‘zaro bitimga muvofiq ushbu bandning etish sohasini aniqlaydilar.
Bu band dividendlardan to‘laydigan kompaniya foydasini soliqqa tortishga taalluqli emas.
3. “Dividendlar” atamasi, ushbu moddada qo‘llanilganida, aksiyalardan, aksiyalardan “foydalanish” yoki huquqlardan “foydalanish”, tog‘-kon sanoati aksiyalaridan foydalanish huquqi, ta’sischilar aksiyalaridan yoki qarz talablaridan olinadigan daromad kabi foydada ishtirok etishdagi boshqa huquqlardan foydalanishdan olinadigan daromadlarni, shuningdek foydani taqsimlovchi kompaniya rezidenti bo‘lgan Davlatning qonunlariga muvofiq, aksiyalardan olinadigan daromad kabi xuddi shunday soliq boshqaruviga taalluqli bo‘lgan boshqa korporativ huquqlardan olinadigan daromadlarni anglatadi.
4. Agar dividendlarning haqiqiy egasi Davlatlardan birining rezidenti bo‘lgani xolda, dividendlar to‘layotgan kompaniya rezidenti bo‘lgan boshqa Ahdlashuvchi Davlatda unda joylashgan doimiy muassasa orqali faoliyatini amalga oshirsa yoki ushbu boshqa Davlatda u yerda joylashgan doimiy bazadan mustaqil shaxsiy xizmatlar ko‘rsatsa va dividendlar to‘lanadigan xolding aslida shu doimiy muassasa yoki doimiy baza bilan bog‘liq bo‘lsa, ushbu moddaning 1- va 2-bandlari qoidalari qo‘llanilmaydi. Bunday holda, sharoitga qarab 7- yoki 14-moddalarning qoidalari qo‘llaniladi.
5. Agar Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti bo‘lgan kompaniya boshqa Ahdlashuvchi Davlatda foyda yoki daromad olayotgan bo‘lsa, shu boshqa Davlat kompaniya to‘layotgan dividendlarni soliqqa tortmasligi mumkin, qachonki dividendlar ana shu boshqa Davlat rezidentiga to‘lanadigan yoki qachonki, dividendlar to‘lanadigan xolding shu boshqa Davlatda joylashgan doimiy muassasa yoki doimiy baza bilan haqiqatda bog‘liq bo‘lgan hollar bundan mustasnodir, shuningdek kompaniyaning taqsimlanmagan foydasi hatto to‘lanayotgan dividendlar yoki taqsimlanmagan foyda ana shu boshqa Davlatda to‘la yoki qisman hosil bo‘lgan foyda yoki daromaddan tashkil topgan bo‘lsa ham kompaniyaning taqsimlanmagan foydasi soliqqa tortishga duchor qilinmaydi.
11-modda
Foizlar
Foizlar
1. Ahdlashuvchi Davlatlarning birida hosil bo‘ladigan va boshqa Ahdlashuvchi Davlatning rezidentiga to‘lanadigan foizlar, agar bu rezident foizlarining haqiqiy egasi bo‘lsa, ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
2. Biroq, bunday foizlar, shuningdek ular hosil bo‘ladigan o‘sha Ahdlashuvchi Davlatda shu Davlatning qonunlariga muvofiq ham soliqqa tortilishi mumkin, ammo, agar foizlarning haqiqiy egasi boshqa Davlatning rezidenti bo‘lsa, bunday holda soliq foizlar yalpi miqdorining 10 foizidan oshmasligi kerak. Ahdlashuvchi Davlatlardan birining vakolatli organlari o‘zaro bitimga muvofiq, bu bandni qo‘llash usulini belgilaydilar.
3. “Foizlar” atamasi ushbu moddada qo‘llanilganda ipoteka ta’minotidan va qarzdorning foydalarida ishtirok etish huquqidan, va xususan hukumat qimmatbaho qog‘ozlaridan olinadigan daromad va obligatsiya yoki qarz majburiyatlaridan olinadigan daromaddan, jumladan ana shu qimmatbaho qog‘ozlar, obligatsiya yoki qarz majburiyatlari bo‘yicha olinadigan mukofot va yutuqlardan qat’i nazar, har qanday turdagi qarz majburiyatlaridan olinadigan daromadni anglatadi. To‘lov muddati cho‘zib yuborilganligi uchun qo‘llaniladigan jarimalar ushbu modda uchun foizlar sifatida qaralmaydi.
4. Agar foizlarning haqiqiy egasi Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti bo‘la turib foizlar hosil bo‘layotgan boshqa Ahdlashuvchi Davlatda u yerda joylashgan doimiy muassasa orqali tijorat faoliyati olib borayotgan bo‘lsa, yoki ushbu boshqa Davlatda joylashgan doimiy baza orqali mustaqil shaxsiy xizmatlar ko‘rsatayotgan bo‘lsa va foizlar to‘lanayotgan qarz majburiyatlari shunday doimiy muassasa yoki doimiy baza bilan haqiqatdan ham bog‘liq bo‘lsa, 1- va 2-band qoidalari qo‘llanilmaydi. Bunday holda vaziyatga qarab 7- yoki 14-moddalarning qoidalari qo‘llaniladi.
5. Foizlar Ahdlashuvchi Davlatlardan birida hosil bo‘lgan deb hisoblanadi, qachonki, to‘lovchi ana shu Davlatning rezidenti bo‘lsa. Biroq, qachonki, foizlarni to‘lovchi shaxs Davlatlardan birining rezidenti bo‘ladimi yoki yo‘qmi, Davlatlardan birida doimiy muassasa yoki doimiy bazaga ega bo‘lib, shu tufayli foizlarni to‘lashga nisbatan qarz vujudga kelgan bo‘lsa va shunday qarzlar shunday doimiy muassasa yoki doimiy baza tomonidan to‘lanayotgan bo‘lsa, bunday holda foizlar, doimiy muassasa yoki doimiy baza joylashgan Davlatda vujudga kelgan, deb hisoblanadi.
6. Agar to‘lovchi bilan amalda foizlar olish huquqiga ega bo‘lgan shaxs o‘rtasidagi, yoki ular ikkalasi va qandaydir boshqa shaxs o‘rtasidagi alohida munosabatlar oqibatida qarz talablariga nisbatan to‘lanadigan foizlar miqdori to‘lovchi bilan amalda foizlar olish huquqiga ega bo‘lgan shaxs o‘rtasida kelishilishi mumkin bo‘lgan miqdordan ortiq bo‘lsa, bunday munosabatlar yo‘q bo‘lgan ushbu modda qoidalari faqat oxirgi eslatilgan miqdorga nisbatan qo‘llaniladi. Bunday holda to‘lovning ortiqcha qismi ushbu Konvensiyaning boshqa qoidalarini inobatga olgan holda, har bir Davlat qonunchiligiga muvofiq, avvalgidek soliqqa tortiladi.
12-modda
Royalti
Royalti
1. Ahdlashuvchi Davlatlarning birida hosil bo‘ladigan va boshqa Ahdlashuvchi Davlatning rezidentiga to‘lanadigan royaltilar, agar bu rezident royaltining haqiqiy egasi bo‘lsa, ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
2. Biroq, bunday royaltilar, shuningdek ular hosil bo‘lgan o‘sha Ahdlashuvchi Davlatda va shu Davlat qonunlariga muvofiq ham soliqqa tortilishi mumkin, ammo agar royaltining haqiqiy egasi boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidenti bo‘lsa, soliq royaltilar yalpi miqdorining 10 foizidan oshib ketmasligi lozim. Davlatlarning vakolatli organlari o‘zaro bitimga muvofiq ushbu bandning qo‘llash usulini belgilaydilar.
3. “Royalti” atamasidan ushbu moddada foydalanilganda adabiyot, san’at yoki fan asarlariga, shu jumladan kinofilmlarga har qanday patent, savdo belgisi, dizayn yoki andoza, reja, maxfiy formula yoki jarayonga, yoxud sanoat, tijorat yoki ilmiy tajribaga nisbatan axborotga — bo‘lgan har qanday mualliflik huquqidan foydalanishi yoki foydalanish huquqi uchun tovon sifatida olinadigan har qanday turdagi to‘lovlarni bildiradi.
4. Agar royaltining haqiqiy egasi Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti bo‘la turib royalti hosil bo‘layotgan boshqa Ahdlashuvchi Davlatda u yerda joylashgan doimiy muassasa orqali tijorat faoliyati olib borayotgan bo‘lsa, yoki ushbu boshqa Davlatda joylashgan doimiy baza orqali mustaqil shaxsiy xizmatlar ko‘rsatayotgan bo‘lsa va royalti to‘lanayotgan huquq yoki mulk amalda shunday doimiy muassasa yoki doimiy bazaga haqiqatdan bog‘liq bo‘lsa, 1- va 2-bandlarning qoidalari qo‘llanilmaydi. Bunday holda, 7-modda yoki 14-moddalarning qoidalari vaziyatga qarab qo‘llaniladi.
5. Royalti Ahdlashuvchi Davlatlardan birida paydo bo‘lgan deb, hisoblanadi, agar to‘lovchi ana shu Davlatning rezidenti bo‘lsa. Biroq, royaltini to‘lovchi shaxs Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti bo‘ladimi yoki yo‘qmi, Davlatlarning birida royaltini to‘lash majburiyati zimmasiga tushgan doimiy muassasaga yoki doimiy bazaga ega bo‘lsa va bu doimiy muassasa yoki baza to‘lov bo‘yicha jarimalarni qoplasa, bunda bunday royaltilar doimiy muassasa yoki doimiy baza joylashgan o‘sha Davlatda hosil bo‘lgan, deb hisoblanadi.
6. Agar to‘lovchi bilan amalda royalti olish huquqiga ega shaxs o‘rtasidagi, yoki ularning ikkalasi va boshqa biron-bir shaxs o‘rtasidagi alohida munosabatlar oqibatida royaltidan foydalanishga, foydalanish huquqiga yoki axborot uchun to‘lanadigan royaltining miqdori, to‘lovchi va amalda shu daromadlar huquqiga ega shaxs o‘rtasida kelishilishi mumkin bo‘lgan miqdordan oshiq bo‘lsa, bunday munosabatlar yo‘q bo‘lgan, ushbu modda qoidalari faqat oxirgi eslatilgan miqdorga nisbatan qo‘llaniladi. Bunday holda, to‘lovning ortiqcha qismi ushbu Konvensiyaning boshqa qoidalarini inobatga olib, har bir Ahdlashuvchi Davlat qonunchiligiga muvofiq avvalgidek soliqqa tortiladi.
13-modda
Kapitalning o‘sishidan olinadigan daromadlar
Kapitalning o‘sishidan olinadigan daromadlar
1. Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti 6-moddada aniqlab berilgan va boshqa Ahdlashuvchi Davlatda joylashgan ko‘chmas mulkni musodara qilishdan oladigan daromadlari ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
2. Ahdlashuvchi Davlatlardan birining korxonasini boshqa Ahdlashuvchi Davlatda ega bo‘lgan doimiy muassasasi tijorat mulkining bir qismini tashkil etuvchi ko‘char mulkni begonalashtirishdan olgan yoki Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti boshqa Davlatda mustaqil shaxsiy xizmatlarni amalga oshirishida bemalol foydalanishi mumkin bo‘lgan doimiy bazaga taalluqli ko‘char mulkni musodara qilishdan olgan daromadlari, unga shu doimiy muassasani (alohida yoki korxona bilan birgalikda) yoki shunday doimiy bazani musodara qilishdan olgan daromadini qo‘shgan holda, ana o‘sha boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
3. Xalqaro tashishlarda foydalaniladigan dengiz, havo kemalari yoki temir yo‘l transporti vositalarini begonalashtirishdan yoki shunday dengiz, havo kemalari yoki temir yo‘l transporti vositalaridan foydalanishga taalluqli bo‘lgan ko‘char mulkni begonalashtirishdan olinadigan daromadlari faqat korxonaning amaldagi rahbar organi joylashgan o‘sha Davlatda soliqqa tortiladi.
4. 1-, 2- va 3-bandlarda sanab o‘tilmagan har qanday boshqa mulkni begonalashtirishdan olinadigan daromadlar faqat mulkni begonalashtiruvchi shaxs rezident bo‘lgan o‘sha Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
5. 4-band qoidalari Ahdlashuvchi Davlatlardan har birining o‘z qonunchiligiga binoan kapitali to‘liq yoki qisman aksiyalarga bo‘lingan va ana shu Davlatning qonunchiligi bo‘yicha shu Davlatning rezidenti bo‘lgan kompaniyada ega bo‘lgan aksiyalarini yoki huquqlaridan “foydalanish”ni begonalashtirilishi asosida boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidenti hisoblangan va begonalashtirishdan oldingi so‘nggi o‘n yil mobaynida birinchi eslatilgan Davlat rezidenti bo‘lgan jismoniy shaxs tomonidan olinadigan daromadlarni soliqqa tortish huquqiga daxl qilmaydi.
14-modda
Mustaqil shaxsiy xizmatlar
Mustaqil shaxsiy xizmatlar
1. Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti bo‘lgan jismoniy shaxsning kasb xizmatlarini ko‘rsatish yoki boshqa mustaqil turdagi faoliyatlardan olgan daromadi faqat ana shu Davlatda soliqqa tortiladi, u boshqa Davlatda o‘zi uchun muntazam qulay bo‘lgan faoliyatni amalga oshirish uchun doimiy bazaga ega bo‘lgan hol esa bundan mustasnodir. Agar u bunday doimiy bazaga ega bo‘lsa, unda daromad boshqa Davlatda faqat shu doimiy bazaga taalluqli bo‘lgan qismida soliqqa tortilishi mumkin.
2. “Kasb xizmatlari” iborasi asosan mustaqil ilmiy, adabiy, artistlik, ma’rifiy yoki o‘qituvchilik faoliyatlarini, shuningdek shifokorlar, yuristlar, muhandislar, me’morlar, stomatologlar va buxgalterlarning mustaqil faoliyatini ham qamrab oladi.
15-modda
Yollanma shaxsiy xizmatlar
Yollanma shaxsiy xizmatlar
1. Ushbu Konvensiyaning 16-, 18-, 19- va 20-moddalari qoidalarini hisobga olib, Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti yollanma ish bo‘yicha oladigan maoshi, ish haqi va shunga o‘xshash boshqa taqdirlash haqlari, agar yollanma ish boshqa Ahdlashuvchi Davlatda amalga oshirilmayotgan bo‘lsa, faqat mana shu Davlatda soliqqa tortiladi. Agar yollanma ish shu tariqa bajarilayotgan bo‘lsa, unda shu munosabat bilan olingan taqdirlash haqlari ana o‘sha boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
2. 1-band qoidalariga qaramay, Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti boshqa Ahdlashuvchi Davlatda amalga oshiradigan yollanma ish bo‘yicha oladigan taqdirlash haqlari faqat birinchi eslatilgan Davlatda soliqqa tortiladi, agar:
a) oluvchi, boshqa Ahdlashuvchi Davlatda ko‘rib chiqilayotgan moliyaviy yilda boshlanadigan yoki tugaydigan har qanday 12 oylik davr doirasida jami 183 kundan oshmaydigan davr yoki davrlar mobaynida bo‘lib tursa; va
b) taqdirlash haqlari boshqa Davlat rezidenti bo‘lmagan yollovchi tomonidan yoki yollovchi nomidan to‘lansa, va
s) taqdirlash haqlari bo‘yicha xarajatlarni yollovchi boshqa Davlatda ega bo‘lgan muassasa yoki doimiy baza o‘z zimmasiga olmasa.
3. Ushbu moddaning avvalgi qoidalariga qaramay, Davlatlardan birining rezidenti xalqaro yuk tashishlarda foydalaniladigan dengiz, havo kemalari bortida yoki temir yo‘l transporti vositalarida amalga oshiriladigan yollanma ish bo‘yicha olinadigan haqlari, faqat ana shu Davlatda soliqqa tortiladi.
16-modda
Direktorlarning gonorarlari
Direktorlarning gonorarlari
Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti tomonidan boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidenti bo‘lgan kompaniyaning direktorlar Kengashi, yoki kompaniyaning shunga o‘xshash organining a’zosi sifatida oladigan direktorlar gonorarlari va boshqa shunga o‘xshash to‘lovlar ana o‘sha boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
17 modda
San’at xodimlari va sportchilar
San’at xodimlari va sportchilar
1. 14- va 15-moddalarning qoidalariga qaramay, Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti tomonidan boshqa Davlatda teatr, kino, radio yoki televideniya artisti, yoki musiqachi kabi san’at xodimi sifatida, yoki sportchi sifatida uning shaxsiy faoliyatidan olinadigan Daromadlar ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
2. Agar san’at xodimi yoki sportchi tomonidan amalga oshirilayotgan shaxsiy faoliyatga nisbatan bo‘lgan daromadlar san’at xodimi yoki sportchining o‘ziga emas boshqa shaxsga yozilsa, ushbu daromad 7-, 14- va 15-moddalarning qoidalariga qaramay, san’at xodimi yoki sportchining shunday faoliyati amalga oshirilayotgan o‘sha Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
3. Bu moddaning 1- va 2-bandlari qoidalariga qaramay, ushbu moddaning 1-bandida aniqlangan faoliyatdan olinadigan daromad shu faoliyat amalga oshirilayotgan o‘sha Davlatda soliqdan ozod etiladi, agar, faqat san’at xodimi, musiqachi yoki sportchining ana shu Davlatga tashrif buyurishi to‘laligicha yoki asosan ana shu boshqa Davlatning ijtimoiy jamg‘armalaridan yoki uning siyosiy yoxud ma’muriy hududiy bo‘linmalari yoki mahalliy hokimiyat organlari tomonidan mablag‘ bilan ta’minlanayotgan bo‘lsa, yoki bu faoliyat Davlatlar o‘rtasidagi madaniy yoki sport bitimlari bo‘yicha amalga oshirilayotgan bo‘lsa.
18-modda
Nafaqalar, yillik rentalar va ijtimoiy himoya bo‘yicha to‘lovlar
Nafaqalar, yillik rentalar va ijtimoiy himoya bo‘yicha to‘lovlar
1. 19-moddaning 2-bandi qoidalarini hisobga olgan holda, Davlatlardan birining rezidentiga to‘lanadigan nafaqalar va yollash bo‘yicha avvalgi ish va yillik renta bilan bog‘liq bo‘lgan shunga o‘xshash haqlari faqat ana shu Davlatda soliqqa tortiladi.
2. Biroq, shunga o‘xshash haqlari davriy tusga ega bo‘lmasa va boshqa Davlatdagi yollash bo‘yicha avvalgi ish munosabati bilan to‘lansa, yoki agar yillik renta o‘rniga umumiy summa to‘lansa, bu haqlari yoki umumiy summa ular vujudga kelgan o‘sha Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
3. Ahdlashuvchi Davlatlardan birining ijtimoiy himoya qilish tizimi qoidalariga muvofiq boshqa Davlat rezidentiga to‘langan har qanday nafaqa va boshqa to‘lovlar birinchi eslatib o‘tilgan Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
4. “Yillik renta” atamasi, pul yoki moddiy boyliklar ko‘rinishida ko‘rsatilgan o‘xshash xizmatlar uchun tovon sifatida to‘lanadigan shunday to‘lovlarni nazarda tutuvchi majburiyat asosida umrbod yoki belgilangan vaqt davri mobaynida davriy to‘lanadigan belgilangan summani anglatadi.
19-modda
Hukumat xizmati
Hukumat xizmati
1. a) Ahdlashuvchi Davlatlardan birining siyosiy yoki ma’muriy-hududiy bo‘linmasi yoki mahalliy hokimiyat organi tomonidan shu Davlatga yoki uning siyosiy yoki ma’muriy-hududiy bo‘linmalariga yoxud mahalliy hokimiyat organiga ko‘rsatgan xizmatlari uchun jismoniy shaxsga to‘lanadigan pensiyadan tashqari maosh, ish haqi va boshqa shunga o‘xshash haqlari faqat ana shu Davlatda soliqqa tortiladi.
b) Biroq, bunday maosh, ish haqi va boshqa shunga o‘xshash haqlari boshqa Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortilishi mumkin, agar xizmatlar ana shu Davlatda ko‘rsatilayotgan bo‘lsa va jismoniy shaxs shu Davlatning rezidenti bo‘lib,
(i) ana shu Davlatning milliy shaxsi bo‘lsa, yoki
(ii) faqat shu xizmatni amalga oshirish maqsadida shu Davlat rezidenti bo‘lgan bo‘lmasa.
2. a) Ahdlashuvchi Davlatlardan biri tomonidan yoki uning siyosiy bo‘linmasi yoki mahalliy hokimiyat organi yoki ular tomonidan tashkil etilgan jamg‘armalar tomonidan ana shu Davlatga yoki va uning siyosiy yoki ma’muriy-hududiy yoxud mahalliy hokimiyat organlariga ko‘rsatgan xizmatlariga nisbatan har qanday jismoniy shaxsga to‘lanadigan har qanday pensiya faqat ana shu Davlatda soliqqa tortiladi.
b) biroq, bunday pensiya faqat boshqa Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortiladi, agar jismoniy shaxs ana shu Davlatning rezidenti va milliy shaxsi bo‘lsa.
3. 15-, 16-, 17- va 18-moddalarning qoidalari Ahdlashuvchi Davlatlardan biri tomonidan yoki uning siyosiy yoki ma’muriy-hududiy bo‘linmasi yoxud mahalliy hokimiyat organi tomonidan amalga oshiriladigan tadbirkorlik faoliyati munosabati bilan ko‘rsatiladigan xizmatlarga nisbatan to‘lanadigan maosh, ish haqi va shunga o‘xshash boshqa haqlariga nisbatan qo‘llaniladi.
20-modda
Professor va o‘qituvchilar
Professor va o‘qituvchilar
1. Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti bo‘lgan va boshqa Davlatda eng ko‘pi bilan ikki yil mobaynida o‘sha boshqa Davlatdagi universitet, kollej yoki ta’lim berish yoxud ilmiy tadqiqot faoliyati bo‘yicha boshqa muassasalarda ta’lim berish yoki ilmiy tadqiqot olib borish maqsadida turgan professor yoki o‘qituvchining olgan to‘lovlari, faqat birinchi eslatib o‘tilgan Davlatda soliqqa tortiladi.
2. Bu modda tadqiqot faoliyatidan olinadigan daromadga etilmaydi, agar bunday faoliyat jamoat manfaati yo‘lida emas, balki birinchi navbatda muayyan shaxs yoki shaxslarning xususiy foydasi uchun olib borilayotgan bo‘lsa.
21-modda
Talabalar
Talabalar
Ahdlashuvchi Davlatlardan biriga kelgunga qadar bevosita boshqa Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti hisoblanib turgan yoki bo‘lgan va birinchi eslatilgan Davlatda faqatgina o‘qish yoki ma’lumot olish maqsadidagina yashab turgan talaba yoki stajyorning yashashi, o‘qishi va ma’lumot olishi uchun mo‘ljallangan to‘lovlar, agarda bunday to‘lovlar shu Davlat hududidan tashqaridagi manbalardan paydo bo‘lgan holatda mana shu Davlatda soliqqa tortilmaydi.
22-modda
Boshqa daromadlar
Boshqa daromadlar
1. Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti ushbu Konvensiyaning oldingi moddalari bilan bog‘liq bo‘lmagan daromad turlari, daromadlarning qayerda paydo bo‘lishidan qat’i nazar, faqat ana shu Davlatda soliqqa tortiladi.
2. 1-band qoidalari 6-moddaning 2-bandida belgilangan ko‘chmas mulkdan olingan daromad deb hisoblanmaydigan daromadga nisbatan qo‘llanilmaydi agarda bunday daromadni oluvchi Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti bo‘la turib boshqa Ahdlashuvchi Davlatda joylashgan doimiy muassasa orqali faoliyatini amalga oshirayotgan bo‘lsa yoki u yerda joylashgan doimiy bazadan mustaqil shaxsiy xizmatlarni amalga oshirayotgan bo‘lsa va daromad to‘lanadigan huquq yoki mulk haqiqatdan ham bunday doimiy muassasa yoki baza bilan bog‘langan bo‘lsa. Bu holatda, vaziyatga qarab 7-modda yoki 14-moddalarning qoidalari qo‘llaniladi.
IV BOB
Kapitalni soliqqa tortish
Kapitalni soliqqa tortish
23-modda
Kapital
Kapital
1. 6-moddada aytib o‘tilgan ko‘chmas mulkdan iborat bo‘lgan, Davlatlardan birining rezidentiga tegishli bo‘lgan va boshqa Ahdlashuvchi Davlatda joylashgan kapital ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
2. Ko‘char mulkdan iborat bo‘lib bir Ahdlashuvchi Davlat korxonasining boshqa Ahdlashuvchi Davlatda ega bo‘lgan doimiy muassasasi tijorat mulkining bir qismini tashkil etgan yoki Ahdlashuvchi Davlatlardan birining boshqa Ahdlashuvchi Davlatda mustaqil shaxsiy xizmatlar ko‘rsatish maqsadida unga qulay bo‘lgan doimiy bazaga tegishli ko‘char mulkdan iborat bo‘lgan kapital ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
3. Xalqaro yuk tashishlarda foydalaniladigan dengiz, havo kemalari va temir yo‘l transporti tarzidagi va shunday dengiz, /havo kemalari va temir yo‘l transportini ekspluatatsiya qilish bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘char mulkdan iborat kapital faqat korxonaning haqiqiy rahbar organi joylashgan Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortiladi.
4. Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti kapitalining boshqa barcha elementlari, faqat shu Davlatda soliqqa tortiladi.
V BOB
Ikki yoqlama soliq solishni bartaraf etish
Ikki yoqlama soliq solishni bartaraf etish
24-modda
Ikki yoqlama soliq solishni bartaraf etish
Ikki yoqlama soliq solishni bartaraf etish
1. Niderlandiya o‘z rezidentlaridan soliq undirishda soliqqa tortiladigan bazaga ushbu Konvensiya qoidalariga muvofiq O‘zbekistonda soliqqa tortilishlari mumkin bo‘lgan daromad turlari yoki kapitalni kiritishi mumkin.
2. Biroq, Niderlandiyaning rezidenti ushbu Konvensiyaning 6-moddasi, 7-moddasi, 10-moddaning 4-bandi, 11-moddaning 4-bandi, 12-moddaning 4-bandi, 13-maddaning 1- va 2-bandlari, 14-modda, 15-moddaning 1-bandi, 18-moddaning 3-bandi, 19-moddaning 1-bandi (a-kichik bandi) va 2-bandi (a-kichik bandi) va 22-moddaning 2-bandiga muvofiq, faqat O‘zbekistonda soliqqa tortilishi mumkin bo‘lgan va 1-bandda aytib o‘tilgan bazaga kiritiladigan daromad olsa yoki mulkka egalik qilsa, Niderlandiya o‘z solig‘ini kamaytirishga ruxsat etish yo‘li bilan daromadlarning bunday turlarini soliqqa tortishdan ozod qiladi. Bunday kamaytirish Niderlandiya qonunining ikki yoqlama soliqqa tortilishini bartaraf qilish qoidalariga muvofiq hisoblanadi. Bu maqsad uchun u ana shu qoidalarga muvofiq niderland solig‘idan ozod qilinadigan yuqorida aytib o‘tilgan daromad turlari daromadlar umumiy miqdoriga kiritilgan deb, hisoblanadi.
3. Bundan keyin, Niderlandlar ushbu Konvensiya 10-moddasining 2-bandiga, 11-moddaning 2-bandiga, 12-moddaning 2-bandiga, 13-moddaning 5-bandiga, 16-moddaga, 17-moddaga va 18-moddaning 2-bandiga, 23-moddaning 1- va 2-bandlariga muvofiq, O‘zbekistonda daromadlar yoki kapitalning u turlari qay darajada 1-bandda aytilgan bazaga kiritilgan bo‘lsa, o‘sha darajada soliqqa tortilgan daromadlar va kapital turlaridan shu tariqa hisoblab chiqilgan niderland solig‘idan chegirmaga ruxsat etadi. Bu chegirma O‘zbekistonda daromadlarning bu turlari yoki kapitalga nisbatan to‘langan soliqqa teng bo‘ladi, lekin u ruxsat etilgan kamaytirish miqdoridan oshib ketmasligi kerak, basharti shu tariqa kiritilgan daromad turlari yoki kapital ikki yoqlama soliqqa tortishni bartaraf qilish to‘g‘risidagi Niderlandiya qonunlari qoidalariga muvofiq niderland solig‘idan ozod bo‘ladigan daromad yoki kapitalning birdan-bir turlari hisoblansagina shunday bo‘lishi mumkin.
4. 2-bandning qoidalariga qaramay, Niderlandiya ushbu Konvensiyaning 7-moddasiga, 10-moddaning 4-bandiga, 11-moddaning 4-bandiga, 12-moddaning 4-bandiga, 14-modda va 22-moddaning 2-bandiga muvofiq, O‘zbekistonda 1-bandda eslatib o‘tilgan tarzda bazaga kiritilgan daromad va kapital turlaridan O‘zbekistonda olinadigan soliq qachonki, agar Niderlandiya ikki yoqlama soliqqa tortilishini bartaraf qilish to‘g‘risidagi Niderlandiya qonuni qoidalariga muvofiq bu daromadlardan boshqa mamlakatda to‘langan soliq niderland solig‘idan chegirib tashlashga ruxsat etadi. Bu chegirmani hisoblash uchun ushbu moddaning 3-bandi qoidalari tegishlicha qo‘llanadi.
5. O‘zbekistonda ikki yoqlama soliqqa tortish quyidagicha bartaraf etiladi:
a) agar O‘zbekiston rezidenti ushbu Konvensiya qoidalariga muvofiq Niderlandiyada soliqqa tortilishi mumkin bo‘lgan daromad yoki kapitalga ega bo‘lsa, O‘zbekiston quyidagilarga ruxsat etishi mumkin:
(i) bu rezidentning daromadiga solinadigan soliqdan Niderlandiyada to‘langan daromad solig‘iga teng miqdorni chegirib tashlashga;
(ii) bu rezidentning kapitaliga solinadigan soliqdan Niderlandiyada to‘langan kapital solig‘iga teng miqdorni chegirib tashlashga.
Bunday chegirmalar har qanday holatda, Niderlandiyada sharoitga qarab soliqqa tortilishi mumkin bo‘lgan daromad yoki kapitalga tegishli bo‘lgan chegirmani hisoblab chiqilgunga qadar bo‘lgan daromad yoki kapital solig‘i qismidan oshib ketmasligi lozim.
b) Qachonki, ushbu Konvensiyaning qandaydir qoidasiga muvofiq, O‘zbekiston rezidenti ega bo‘lgan daromad yoki kapital O‘zbekistondagi soliqqa tortishdan chiqarib tashlanganda, O‘zbekiston shu rezidentning daromadi yoki kapitalining qolgan qismidan olinadigan soliq hisoblashda daromad yoki kapitalni soliqqa tortishdan chiqarib tashlangan miqdorini hisobga olishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
24A-modda
Imtiyozlar berilishi
Imtiyozlar berilishi
1. Ushbu Konvensiyaning boshqa qoidalariga qaramasdan, agar barcha tegishli faktlar va shartlarni hisobga olgan holda, har qanday kelishuv yoki bitimning asosiy maqsadlaridan biri mazkur Konvensiya doirasida imtiyoz olish bo‘lib va bevosita yoki bilvosita bunday imtiyozni olinishiga olib kelgan deb xulosa qilishga asos bo‘lsa, bunday daromad va foyda predmetiga nisbatan ushbu imtiyozlar taqdim qilinmaydi, basharti bunday shartlarda ushbu imtiyozlarning berilishi mazkur Konvensiya tegishli qoidalarining obyekti va maqsadiga muvofiq deb topilmasa.
2. Shaxsga ushbu Konvensiya doirasida imtiyoz berish 1-bandga ko‘ra rad etilgan hollarda, Ahdlashuvchi Davlat vakolatli organi bunday imtiyoz aksincha taqdim etilishi lozim deb hisoblasa, u bunday shaxsga daromad yoki foydaning maxsus qismlariga nisbatan imtiyoz yoki turlicha imtiyozlarga ega kabi munosabatda bo‘ladi, basharti bunday vakolatli organ ushbu shaxsning so‘rovnomasiga ko‘ra va barcha tegishli faktlar va shartlarni o‘rganib chiqqanidan so‘ng 1-bandda ko‘rsatib o‘tilgan kelishuv yoki bitim mavjud bo‘lmagan taqdirda bunday imtiyozlar taqdim etilardi deb topsa.
(24A-modda O‘zbekiston Respublikasi bilan Niderlandiya Qirolligi o‘rtasida 2017-yil 6-fevraldagi Bayonnomaga asosan kiritilgan)
VI BOB
Maxsus qoidalar
Maxsus qoidalar
25-modda
Offshorlik faoliyati
Offshorlik faoliyati
1. Bu moddaning qoidalari, ushbu Konvensiyaning boshqa har qanday qoidalariga qaramay qo‘llaniladi. Biroq bu modda, agar shaxsning offshorlik faoliyati bu shaxs uchun 5-moddaning qoidalariga muvofiq doimiy muassasa tashkil etsa, yoki 14-moddaning qoidalariga muvofiq doimiy baza hosil qilsa, ushbu holatlarga tadbiq etilmaydi.
2. Bu moddada “offshorlik faoliyati” atamasi offshorning Ahdlashuvchi Davlatlardan birida joylashgan dengiz tubi va uning tagzamini va ularning tabiiy resurslarini tadqiq etish yoki foydalanish bilan bog‘liq holda amalga oshirayotgan faoliyatini anglatadi.
3. Shu moddaning 4-bandiga muvofiq boshqa Ahdlashuvchi Davlatda offshorlik faoliyatini amalga oshirayotgan Ahdlashuvchi Davlatlardan birining korxonasi bu faoliyatga nisbatan ana o‘sha boshqa Davlatda, unda joylashgan doimiy vakolatxona orqali tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan korxona sifatida qaraladi, qachonki bunday offshorlik faoliyati boshqa Davlatda har qanday o‘n ikki oylik davrda jami o‘ttiz kundan oshmaydigan davr yoki davrlar mobaynida amalga oshiriladigan bo‘lsa bundan mustasnodir.
Bu bandning maqsadlari uchun:
a) boshqa Ahdlashuvchi Davlatda offshorlik faoliyatini amalga oshiruvchi korxona boshqa korxona bilan birlashgan bo‘lsa va bu boshqa korxona o‘sha loyihaning bir qismi sifatida birinchi eslatib o‘tilgan korxona tomonidan amalga oshirilib kelgan va amalga oshirilayotgan faoliyatga o‘xshash offshorlik faoliyatini bajarishni davom ettirib kelsa, har ikkala korxona birgalikda amalga oshirayotgan yuqorida eslatib o‘tilgan faoliyat 30 kundan oshsa, u holda har bir korxona o‘n ikki oylik davrda 30 kundan oshiq faoliyatni shu davr mobaynida amalga oshiruvchi korxona deb, qaralishi lozim;
b) agar korxonalardan biri boshqa korxona kapitalining hech bo‘lmaganda uchdan bir qismiga bevosita yoki bilvosita egalik qilsa yoki shaxs har ikkala korxona kapitalining hech bo‘lmaganda uchdan bir qismiga bevosita yoki bilvosita ega bo‘lsa, korxona boshqa korxona bilan birlashgan deb, hisoblanadi.
4. Biroq, ushbu moddaning 3-bandi uchun “offshorlik faoliyati” atamasi, quyidagilarni qamrab olmaydi:
a) 5-moddaning 4-bandida eslatib o‘tilgan faoliyat turlaridan bittasini yoki har qanday kombinatsiyasini;
b) asosan ana shu maqsadlar uchun mo‘ljallangan dengiz kemalari amalga oshiradigan kemani shatakka olish yoki shvartovka qilish va shunday dengiz kemalari amalga oshiradigan boshqa har qanday faoliyat;
c) yuk tashishlar doirasida dengiz yoki havo kemalarida yuk yoki odamlarni tashish.
5. Ahdlashuvchi Davlatlardan birining boshqa Ahdlashuvchi Davlatda mustaqil tarzdagi xizmatlar yoki boshqa faoliyat turlarini o‘zida mujassam etuvchi offshorlik faoliyatini amalga oshiradigan rezidenti, agarda bunday offshorlik faoliyati 30 kun yoki undan ham ko‘proq davr mobaynida uzluksiz amalga oshirilayotgan bo‘lsa, boshqa Ahdlashuvchi Davlatda joylashgan doimiy bazada shunday faoliyatni amalga oshiruvchi deb, hisoblanadi.
6. Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti tomonidan offshorlik faoliyati bilan bog‘liq yollanib ishlash bo‘yicha boshqa Ahdlashuvchi Davlatdagi doimiy vakolatxona orqali amalga oshiradigan faoliyatidan olingan maosh, ish haqi va boshqa shunga o‘xshash haqlarining ana o‘sha boshqa Davlatda, o‘sha boshqa Davlatning offshor zonasidagi yollanib ishlash bilan bog‘liq qismida soliqqa tortilishi mumkin.
7. 7-moddaga va 14-moddaga binoan, shu moddaning 3-bandi va 5-bandiga, shuningdek shu moddaning 6-bandiga tegishlicha bog‘liq bo‘lgan, O‘zbekistonda soliqqa tortilishi mumkin bo‘lgan daromadlardan O‘zbekistonda soliq olinganligini hujjatlar asosida isbotlab berilgan, Niderlandiya ularning solig‘ini kamaytirishga ruxsat etadi, bu soliq 24-moddaning 2-bandida bayon etilgan qoidalarga muvofiq hisoblab chiqiladi.
26-modda
Kamsitmaslik
Kamsitmaslik
1. Ahdlashuvchi Davlatlardan birining milliy shaxslari, boshqa Ahdlashuvchi Davlatda, ana shu boshqa Davlat fuqarolariga nisbatan ayni bir xil sharoitlarda solinadigan yoki solinishi mumkin bo‘lgandan ortiq har qanday soliq yoki unga aloqador majburiyatlarga, soliq solishdan ko‘ra mushkulroq yoki unga aloqador holatlarga duchor qilinmaydilar. Bu qoida 1-modda qoidalaridan qat’i nazar, shuningdek bir yoki har ikkala Ahdlashuvchi Davlatning rezidentlari bo‘lmagan jismoniy shaxslarga nisbatan ham qo‘llaniladi.
2. Ahdlashuvchi Davlatlardan birining korxonasi boshqa Davlatda ega bo‘lgan doimiy muassasasini soliqqa tortish ushbu boshqa Davlatda aynan shunday faoliyatni amalga oshiruvchi ana shu boshqa Davlat korxonalarini soliqqa tortishdan ko‘ra yomonroq bo‘lmaydi. Ushbu qoida bir Davlatni boshqa Davlat rezidentiga soliq solish o‘z rezidentlariga ularning fuqarolik mavqei yoki oilaviy sharoiti asosida beradigan har qanday shaxsiy soliq imtiyozlari, kamaytirish va chegirmalar berishga majburlovchi tarzda talqin qilinmasligi lozim.
3. Ushbu Konvensiya 9-moddasining 1-bandi, 11-moddasining 6-bandi yoki 12-moddasining 4-bandi qo‘llaniladigan hollardan tashqari, Davlatlardan birining korxonasi boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidentiga to‘laydigan foizlar, royaltilar va boshqa qarz to‘lovlari bunday korxonaning soliqqa tortiladigan daromadini aniqlash maqsadida bunday to‘lovlar birinchi eslatilgan Davlat rezidentiga to‘langan bo‘lganida qo‘llaniladigan shunday shartlar asosida chegirib tashlanadi. Davlatlardan birining korxonasi boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidentiga bo‘lgan har qanday qarzlari, bunday korxonaning soliq solinadigan kapitalini aniqlash maqsadlari uchun birinchi eslatib o‘tilgan Davlat rezidentiga to‘lanadigan qarzlari kabi shartlar bilan chegirib tashlanishi lozim.
4. Ahdlashuvchi Davlatlardan birining korxonalari kapitali to‘liq yoki qisman boshqa Davlatning bir yoki bir necha rezidentlariga tegishli bo‘lsa, yoki ular tomonidan bevosita yoki bilvosita nazorat qilinsa, birinchi eslatilgan Davlatda, birinchi eslatilgan Davlatning shunday korxonalariga solinadigan har qanday soliq yoki unga aloqador holatlar, boshqa yoki soliqqa tortishdan ko‘ra mushkulroq holatlarga duchor qilinmaydi.
5. Ushbu modda qoidalari 2-modda qoidalariga qaramay, har qanday turdagi soliqlarga nisbatan qo‘llaniladi.
27-modda
O‘zaro kelishuv tartiblari
O‘zaro kelishuv tartiblari
1. Agar shaxs bir yoki har ikkala Ahdlashuvchi Davlatning harakati unga ushbu Konvensiya qoidalariga muvofiq kelmaydigan soliq solinishiga olib keladi yoki olib kelishi mumkin, deb hisoblasa, u ushbu Davlatlarning ichki qonunchiligida nazarda tutilgan himoya vositalaridan qat’i nazar, o‘z arizasini o‘zi rezident bo‘lgan Davlatning vakolatli organiga, yoki agarda uning holati ushbu Konvensiyaning 26-moddasi 1-bandiga muvofiq kelsa, o‘zi milliy shaxsi bo‘lgan Ahdlashuvchi Davlatga taqdim etishi mumkin. Bu ariza ushbu Konvensiya qoidalariga nomuvofiq soliq solinishiga olib keluvchi harakatlar to‘g‘risida birinchi bor bildirilgan vaqtdan boshlab uch yil mobaynida berilishi kerak.
2. Vakolatli organ uning arizasini asosli deb topsa va uning o‘zi qoniqtiradigan qarorga kela olmasa, masalani ushbu Konvensiyaga muvofiq kelmaydigan soliqqa tortilishdan qochish boshqa Davlatning vakolatli organi bilan o‘zaro kelishib hal etishga harakat qiladi. Erishilgan har qanday kelishuv Ahdlashuvchi Davlatlar ichki qonunlarida har qanday vaqtincha cheklashlarga qaramay bajariladi.
3. Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli organlari ushbu Konvensiyani talqin qilish yoki qo‘llashda yuzaga keladigan har qanday qiyinchilik yoki ikkilanishlarni o‘zaro kelishuv asosida hal qilishga harakat qiladilar. Ular Konvensiyada nazarda tutilmagan holatlarda ham ikki tomonlama soliq solinishiga yo‘l qo‘ymaslik bir-birlari bilan maslahatlashishlari mumkin.
4. Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli organlari oldingi bandlarni tushunishda hamfikrlikka erishish bir-birlari bilan bevosita aloqada bo‘lib turishlari mumkin.
5. Konvensiyani talqin qilish yoki qo‘llanishida munozarali masalalar yoki ikkilanishlar paydo bo‘lganida ular Davlatlarning vakolatli organlari tomonidan o‘zaro kelishuv tartiblari bo‘yicha shu moddaning oldingi bandlariga muvofiq ushbu masala paydo bo‘lganidan keyin ikki yil muddat ichida hal etilmagan, har bir Ahdlashuvchi Davlatning iltimosiga binoan, arbitraj sudida ko‘rib chiqish uchun berilishi, lekin faqat bu moddaning 1- va 4-bandlarida ko‘rsatib o‘tilgan choralar to‘liq ko‘rib bo‘lingandan keyin va jalb qilingan soliq to‘lovchi yoki soliq to‘lovchilar arbitraj sudining qarori bilan cheklanib qolishga yozma rozilik bildirishlari sharti bilan berilishi mumkin. Arbitraj organining qarori har ikkala Ahdlashuvchi Davlat uchun va ko‘rib chiqilayotgan holat taalluqli bo‘lgan soliq to‘lovchi yoki soliq to‘lovchilar uchun majburiydir.
Bu band har ikkala Davlatning vakolatli organlari arbitrajning yuqorida eslatib o‘tilgan xalqaro qabul qilgan tartiblarini o‘zaro bitim bo‘yicha ta’sis etganlaridan so‘ng qo‘llaniladi.
Oldingi tahrirga qarang.
28-modda
Axborot almashish
Axborot almashish
1. Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli organlari mazkur Konvensiya qoidalarini amalga oshirish yoki Ahdlashuvchi Davlatlar yoki ularning siyosiy va ma’muriy hududiy bo‘linmalari yoki mahalliy hokimiyat organlari foydasiga soliq solinishi bilan bog‘liq mazkur Konvensiyaga zid bo‘lmagan tarzda undiriladigan har qanday tur va tavsifdagi soliqlarga oid milliy qonunchilikni tatbiq etish yoki uni qo‘llashga aloqador axborotni almashadilar. Axborot almashinuvi 1 va 2-moddalar bilan cheklanmaydi.
2. Ahdlashuvchi Davlatlar biri tomonidan mazkur moddaning 1-bandiga muvofiq olingan har qanday axborot ushbu Davlatning milliy qonunchiligiga muvofiq olingan axborot singari maxfiy hisoblanadi hamda faqat mazkur moddaning 1-bandida qayd etilgan soliqlarni baholash yoki undirish, majburiy undirish yoki sud ta’qibi yoki ushbu soliqlarga nisbatan da’volar bo‘yicha qarorlar qabul qilish yoxud yuqoridagilarni nazorat qilish bilan shug‘ullanuvchi shaxslar yoki organlargagina (jumladan, sudlar va ma’muriy organlarga) oshkor etilishi mumkin. Bunday shaxslar yoki organlar axborotlardan faqat ko‘rsatilgan maqsadlardagina foydalanadilar. Ular bunday axborotni ochiq sud majlisida yoki sud qarorlarida oshkor etishlari mumkin. Yuqoridagilardan qat’iy nazar, Ahdlashuvchi Davlat tomonidan olingan axborot boshqa maqsadlarda foydalanilishi mumkin, basharti bunday axborot har ikkala Davlatning qonunchiligiga muvofiq boshqa maqsadlarda foydalanishga ruxsat etilgan bo‘lsa hamda axborotni taqdim etuvchi Davlat vakolatli organining bunday foydalanishga roziligi mavjud bo‘lsa.
3. Ahdlashuvchi Davlatlar 27-moddaning 5-bandi qoidalariga muvofiq ta’sis etilgan hakamlik (arbitraj) organiga arbitraj jarayonlarini bajarish uchun zarur bo‘lgan shunday axborotni oshkor qilishlari mumkin. Arbitraj organining a’zolari ularga taqdim qilingan har qanday axborotga nisbatan ushbu moddaning 2-bandida tavsiflangan oshkor etishga oid cheklovlarga rioya qilishlari lozim.
4. Hech qanday holatda yuqoridagi bandlar qoidalari Ahdlashuvchi Davlatlarga quyidagi majburiyatlarni yuklaydigan tarzda talqin qilinmasligi lozim:
a) u yoki bu Ahdlashuvchi Davlatning qonunchiligi va ma’muriy amaliyotiga zid bo‘lgan ma’muriy choralar qo‘llash;
b) u yoki bu Ahdlashuvchi Davlatning qonunchiligi yoki ma’muriy amaliyotiga muvofiq olinishi mumkin bo‘lmagan axborotni taqdim qilish;
c) har qanday savdo, tadbirkorlik, sanoat, tijorat yoki kasb sirini yoxud savdo jarayonini oshkor qiluvchi yoxud oshkor etilishi jamoat tartibiga (ordre public) xilof bo‘lgan axborotni taqdim qilish.
5. Agar axborot Ahdlashuvchi Davlat tomonidan ushbu modda qoidalariga muvofiq so‘ralgan bo‘lsa, boshqa Ahdlashuvchi Davlat o‘z soliq maqsadlari uchun bunday axborotga ehtiyoj mavjud bo‘lmasa ham so‘ralayotgan axborotni yig‘ish bo‘yicha o‘zining imkoniyatlaridan foydalanishi lozim. Avvalgi jumlada nazarda tutilgan majburiyat 4-band qoidalariga muvofiq cheklanishi mumkin, biroq hech qanday holatda, bunday cheklovlar faqatgina ichki manfaatlar mavjud emasligi sababli axborot taqdim etishni rad qilish uchun Ahdlashuvchi Davlatga ijozat beradigan tarzda talqin qilinmasligi lozim.
6. 4-band qoidalari hech qanday holatda bunday axborot faqatgina bank, boshqa moliya tashkiloti, nominal saqlovchi yoxud agent yoki ishonchli boshqaruvchi sifatida ishtirok etayotgan shaxsning ixtiyorida ekanligi yoki bunday axborot biror bir shaxsning mulkiy huquqlariga taalluqli ekanligi sababli Ahdlashuvchi Davlatga axborot taqdim qilishni rad etishga ruxsat sifatida talqin qilinishi mumkin emas.
(28-modda O‘zbekiston Respublikasi bilan Niderlandiya Qirolligi o‘rtasida 2017-yil 6-fevraldagi Bayonnoma tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
29-modda
Soliqlarni undirishda ko‘maklashish
Soliqlarni undirishda ko‘maklashish
1. Ahdlashuvchi Davlatlar o‘zlariga tegishli soliq da’volarini undirishda bir-birlariga yordam ko‘rsatadilar. Bunday yordam Konvensiyaning 1 va 2-moddalari bilan cheklanmaydi. Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli organlari mazkur moddani qo‘llash tartibini o‘zaro kelishuv yo‘li bilan belgilaydilar.
2. Mazkur moddada qo‘llanilgan “soliq da’vosi” atamasi Ahdlashuvchi Davlatlar yoki ularning siyosiy yoki ma’muriy hududiy bo‘linmalari yoki mahalliy hokimiyat organlari foydasiga undiriladigan mazkur Konvensiyaga yoki Ahdlashuvchi Davlatlar ishtirokchisi bo‘lgan istalgan boshqa hujjatga zid bo‘lmagan tarzda har qanday tur va tavsifdagi soliqlar sifatida to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘ni, shuningdek, bunday soliqlarga tegishli foizlar, ma’muriy jarimalar hamda ushbu mablag‘ni undirish yoki undirilishini ta’minlash bo‘yicha xarajatlarni anglatadi.
3. Basharti Ahdlashuvchi Davlatlardan biriga taalluqli soliq da’vosi ushbu Davlatning qonunchiligiga muvofiq undirilishi mumkin bo‘lsa va ushbu Davlatning qonunchiligiga ko‘ra ayni shu paytda undirilishiga to‘sqinlik qila olmaydigan shaxs tomonidan to‘lanishi lozim bo‘lsa, bu holda ushbu Davlatning vakolatli organlari so‘rovnomasiga binoan bunday da’vo majburiyati ikkinchi Ahdlashuvchi Davlatning vakolatli organlari tomonidan undiruv uchun qabul qilinadi. Bunday soliq da’vosi ikkinchi Davlat tomonidan, ayni mazkur Davlatga taalluqli soliq da’vosi kabi, uning o‘z soliqlarini undirishi uchun qo‘llanadigan o‘zining qonunchiligi qoidalariga muvofiq undirib olinadi.
4. Agar Ahdlashuvchi Davlatlarning biriga taalluqli soliq da’vosi uni undirish uchun ushbu Davlat qonunchiligiga muvofiq undirishni ta’minlash choralarini ko‘rishni taqozo qiladigan majburiyat hisoblansa, bunday soliq da’vosi ushbu Davlat vakolatli organlarining so‘rovnomasi bilan ikkinchi Ahdlashuvchi Davlat vakolatli organlari tomonidan ta’minot choralarini ko‘rish maqsadida qabul qilinishi lozim. Mazkur ikkinchi Davlat bunday soliq da’volariga nisbatan, hattoki ushbu soliq da’vosi, bunday choralarni qo‘llash paytida birinchi ko‘rsatilgan Davlatda soliq talabini ijro etishning imkoni bo‘lmasa yoki uni ijrosiga to‘sqinlik qilishga haqli shaxs tarafidan to‘lanilishi lozim bo‘lgan holatda ikkinchi Davlatga taalluqli bo‘lganidek, o‘z qonunchiligi qoidalariga muvofiq da’voni ta’minlash choralarini ko‘rishi lozim.
5. 3 va 4-bandlarning qoidalaridan qat’iy nazar, Ahdlashuvchi Davlatlardan birining qonunchiligiga muvofiq, soliq da’volariga nisbatan shunday da’voning xususiyatiga ko‘ra qo‘llanishi mumkin bo‘lgan vaqt cheklovlari taqdim etilgan va ustuvorlik ushbu Davlat tomonidan 3 va 4-bandlarda nazarda tutilgan maqsadlar uchun qabul qilinayotgan soliq da’vosiga nisbatan qo‘llanilmaydi. Shuningdek, Ahdlashuvchi Davlatlarning biri tomonidan 3 va 4-bandlarda nazarda tutilgan maqsadlar uchun qabul qilinayotgan soliq da’vosiga nisbatan ushbu Davlatda boshqa Ahdlashuvchi Davlatning qonunchiligiga muvofiq ustuvorlikka ega emas.
6. Ahdlashuvchi Davlatlarning biriga taalluqli soliq da’vosining mavjudligi, haqiqiyligi yoki miqdorini aniqlash bo‘yicha tartibotlar ikkinchi Ahdlashuvchi Davlatning sud yoxud ma’muriy organlari muhokamasiga olib chiqilmaydi.
7. Ahdlashuvchi Davlatlardan biri 3 va 4-bandlarga muvofiq so‘rovnoma yuborganidan so‘ng ikkinchi Ahdlashuvchi Davlat tegishli soliq da’vosi summasini undirib birinchi Ahdlashuvchi Davlatga o‘tkazguniga qadar bo‘lgan hollarda, soliq da’vosi:
a) so‘rovnoma 3-bandga muvofiq yuborilganda — birinchi aytilgan Davlatga taalluqli, ushbu Davlatning qonunchiligiga muvofiq undirilishi hamda shu paytda ushbu Davlatning qonunchiligiga ko‘ra uni undirilishiga to‘sqinlik qila olmaydigan shaxs tomonidan to‘lab berilishi lozim soliq da’vosi hisoblanmay qolsa, yoki;
b) so‘rovnoma 4-bandga muvofiq yuborilganda — ko‘rsatilgan birinchi Davlatga taalluqli, uni undirish uchun ushbu Davlat o‘z qonunchiligiga muvofiq ta’minot choralarini ko‘rishi mumkin soliq da’vosi hisoblanmay qolsa, bu holda birinchi Davlatning vakolatli organi bu haqda darhol ikkinchi Davlatning vakolatli organini xabardor qiladi va birinchi Davlat ikkinchi Davlatning ixtiyori bo‘yicha o‘z so‘rovnomasini to‘xtatadi yoki chaqirtirib oladi.
8. Ushbu moddaning qoidalari hech bir holatda Ahdlashuvchi Davlat zimmasiga quyidagi majburiyatlarni yuklanishi sifatida talqin qilinishi mumkin emas:
a) u yoki bu Ahdlashuvchi Davlatning qonunchiligi va ma’muriy amaliyotiga zid bo‘lgan ma’muriy choralarni ko‘rish;
b) jamoat tartibiga (ordre public) zid bo‘lgan choralarni ko‘rish;
c) yordam ko‘rsatish, basharti boshqa Ahdlashuvchi Davlat mavjud bo‘lgan holat bo‘yicha o‘z qonunchiligi yoki ma’muriy amaliyotida mavjud bo‘lgan undirish yoki undiruvni ta’minlashga doir barcha oqilona choralarni ko‘rmagan bo‘lsa;
d) ko‘maklashayotgan Davlat zimmasiga tushayotgan ma’muriy sarf-xarajatlar undiruv natijasida ikkinchi Ahdlashuvchi Davlat olishi mumkin bo‘lgan foydaga nomutanosib bo‘lgan holatlarda ko‘maklashish.
(29-modda O‘zbekiston Respublikasi bilan Niderlandiya Qirolligi o‘rtasida 2017-yil 6-fevraldagi Bayonnoma tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
(30-modda O‘zbekiston Respublikasi bilan Niderlandiya Qirolligi o‘rtasida 2017-yil 6-fevraldagi Bayonnomaga asosan chiqarilgan)
31-modda
Diplomatik vakolatxona xodimlari va konsullik muassasalari xizmatchilari
Diplomatik vakolatxona xodimlari va konsullik muassasalari xizmatchilari
Ushbu Konvensiyaning hech bir qoidasi diplomatik vakolatxona xodimlari va konsullik muassasalari xizmatchilarining xalqaro huquqning umumiy normalariga yoki maxsus bitim qoidalariga muvofiq belgilab qo‘yilgan soliq imtiyozlariga daxl qilmaydi.
32-modda
Hududiy ko‘lam
Hududiy ko‘lam
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Konvensiya to‘liq yoki har qanday zaruriy o‘zgartirishlari bilan Niderlandiya Qirolligining Evropada joylashmagan istalgan qismida Konvensiyada qo‘llaniladigan va ularga o‘xshash xususiyatga ega soliqlarga nisbatan tatbiq qilinadi. Agar mamlakat o‘z xususiyatiga ko‘ra ushbu Konvensiya etiladigan mamlakat singari soliqlar oladigan bo‘lsa, har qanday shunday kengaytirishlar shunday sanadan va shunday o‘zgarishlar va shart-sharoitlarga muvofiq amal qiladi, shu jumladan diplomatik kanallar orqali beriladigan xabarnomalarda belgilanishi yoki kelishib olinishi mumkin bo‘lgan amal qilishining to‘xtashi kabi shart-sharoitlarni o‘z ichiga oladi.
(32-moddaning 1-bandi O‘zbekiston Respublikasi bilan Niderlandiya Qirolligi o‘rtasida 2017-yil 6-fevraldagi Bayonnoma tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Boshqacha bo‘lishi kelishib olinmas ekan, Konvensiyaning amal qilishini to‘xtatish shu moddaga muvofiq amalga oshirilgan Niderlandiya Qirolligining istalgan qismida Konvensiyani har qanday kengaytirishni to‘xtata olmaydi.
(32-moddaning 2-bandi O‘zbekiston Respublikasi bilan Niderlandiya Qirolligi o‘rtasida 2017-yil 6-fevraldagi Bayonnoma tahririda)
VII BOB
Yakunlovchi qoidalar
Yakunlovchi qoidalar
33-modda
Kuchga kirishi
Kuchga kirishi
Ushbu Konvensiya Ahdlashuvchi Davlat hukumatlari ushbu Konvensiyaning kuchga kirishi uchun tegishli Davlat qonunchiligiga muvofiq talab qilinadigan protseduralarning bajarilganligi to‘g‘risida bir-birlarini xabardor qiladigan xabarnomalarning oxirgisi olingan sanadan o‘ttiz kun o‘tgandan so‘ng kuchga kiradi va uning qoidalari Konvensiya kuchga kirgan yildan keyin keladigan taqvimiy yilning birinchi yanvaridan yoki shu sanadan keyin boshlanadigan soliq yillari va davrlari uchun qo‘llaniladi.
34-modda
Konvensiyaning amal qilishini to‘xtatish
Konvensiyaning amal qilishini to‘xtatish
1. Ushbu Konvensiya Ahdlashuvchi Davlatlardan biri tomonidan uning amal qilishini to‘xtatmaguncha o‘z kuchida qoladi. Ahdlashuvchi Davlatlardan har biri diplomatik kanallar orqali amal qilishini to‘xtatish to‘g‘risida xabar berish yo‘li bilan Konvensiya kuchga kirgan kundan keyin besh yil o‘tgach boshlanadigan har qanday taqvimiy yilning tugashidan olti oy oldin Konvensiyaning amal qilishini to‘xtatishi mumkin. Bunday holda, Konvensiyaning amal qilishi, amal qilishini to‘xtatish to‘g‘risida xabarnoma berilgan taqvimiy yilning oxiridan boshlab, soliq solinadigan davrlar mobaynida to‘xtatiladi.
Tegishli tartibda vakolat berilgan quyida imzo chekuvchilar shunga guvohlik berib, ushbu Konvensiyani imzoladilar.
Gaaga shahrida 2001-yil 18-oktabrda ikki nusxada, har biri o‘zbek, niderland va ingliz tillarida tuzildi, bunda har uchala matn bir xil kuchga ega.
Ushbu Konvensiyaning o‘zbek va niderland tillaridagi matn qoidalarini talqin qilishda kelishmovchiliklar vujudga kelsa, ingliz tilidagi matn asos uchun qabul qilinadi.
(imzolar)
BAYoNNOMA
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi bilan Niderlandiya Qirolligi o‘rtasida daromad va foyda soliqlariga nisbatan ikki yoqlama soliqqa tortishni bartaraf qilish va soliqlarni to‘lashdan qochish va bosh tortishni oldini olish to‘g‘risida Konvensiyaga muvofiq quyida imzo chekuvchilar quyidagi qoidalarni Konvensiyaning ajralmas qismi deb kelishib oldilar.
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi bilan Niderlandiya Qirolligi o‘rtasida 2017-yil 6-fevraldagi Bayonnoma tahririda)
I. O‘zbekistonda “kapital” atamasi deganda mulk tushuniladi
II. 3-, 4-, 8-, 13- va 23-moddalarga doir qo‘shimcha tushuntirishlar
“Amaldagi rahbar organ” ma’nosi 3-modda 1-bandining d) kichik bandida, 4-moddaning 3-bandida, 8-moddaning 1-bandida, 13-moddaning 3-bandida va 23-moddaning 3-bandida ishlatilgan bo‘lib, bunda hisobga olinishi lozim bo‘lgan holatlarda haqiqatdan kompaniya qayerdan boshqarilayotgan va nazorat qilinayotgan bo‘lsa, o‘sha joy va kompaniyani boshqarish siyosati masalalari yuzasidan yuqori darajada muhim qarorlar qabul qilinadigan joy, kompaniyaning iqtisodiy va funksional nuqtai nazardan boshqarishda asosiy rol o‘ynaydigan joy va eng muhim buxgalterlik moliyaviy topshiriqlar amalga oshiriladigan joy tushuniladi.
III. 4-moddaga doir qo‘shimcha tushuntirish
Biror-bir Davlatda aniq yashash joyiga ega bo‘lmagan kema bortida yashaydigan shaxs ushbu kema qaysi Ahdlashuvchi Davlatga kelib to‘xtasa, o‘sha Davlatning rezidenti hisoblanadi.
IV. 5-, 6-, 7-, 13- va 26-moddalarga doir qo‘shimcha tushuntirishlar
Tabiiy resurslarni tadqiq qilish va ularga bo‘lgan huquqlardan foydalanishga Ahdlashuvchi Davlatda joylashgan dengiz tubi va tagzamin taalluqli bo‘lgan ko‘chmas mulk sifatida qaraladi va shunday huquqlar bu Davlatdagi doimiy muassasaning mulkiga taalluqli, deb hisoblanadi. Bundan tashqari yuqorida eslatib o‘tilgan huquqlar bunday qidiruv yoki foydalanish natijasida olinadigan aktivlarda ulush bilan qatnashish yoki ulardan foyda olish huquqlarini ham qamrab oladi.
V. 7-moddaga doir qo‘shimcha tushuntirishlar
7-moddaning 1- va 2-bandlariga nisbatan, qachonki Ahdlashuvchi Davlatlardan birining korxonasi boshqa Ahdlashuvchi Davlatda, unda joylashgan doimiy muassasasi orqali tovar yoki buyumlar sotishni va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirgan korxona daromadining to‘liq asosida emas, balki haqiqatdan ham doimiy muassasa faoliyatining shunday sotuvga yoki tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga nisbatan taalluqli bo‘lgan daromad qismi asosida belgilanadi. Xususan, korxona doimiy muassasaga ega bo‘lgan taqdirda tadqiqotchilik faoliyati olib borishga, sanoat, tijorat yoki ilmiy asbob-uskunalarni yetkazib berish, o‘rnatishga yoki binolar qurishga yoki jamoat ishlari olib borishga shartnomalar tuzilsa bunday doimiy muassasaga tegishli bo‘lgan foyda shartnomaning umumiy asosida emas, balki bu muassasa o‘zi joylashgan Davlatda haqiqatda amalga oshiradigan shartnomaning qismi asosida belgilanadi, agar soliq to‘lovchi doimiy muassasaning yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan ishlarni bajarish vaqtida amalga oshirgan qiymat va xarajatlar • haqidagi ma’lumotlarni soliq organiga taqdim etsa.
VI. 7- va 14-moddalarga doir qo‘shimcha tushuntirishlar
VII. 10-moddaga doir qo‘shimcha tushuntirishlar
Konvensiyaning 10-moddasi 2-bandining a) kichik bandi qoidalariga qaramasdan, hozircha Niderlandiyadagi korporativ soliq to‘g‘risidagi qonun qoidalariga muvofiq, undan keyingi kelgusidagi tuzatishlarga qaramay, Niderlandiya rezidenti hisoblangan kompaniyaning O‘zbekiston rezidenti bo‘lgan kompaniyadan oladigan dividendlariga niderland korporativ solig‘i solinmaydi, bu kichik bandda tadbiq etiladigan foiz nisbati nol stavkasigacha pasaytirilmaydi.
VIII. 10-, 11- va 12-moddalarga doir qo‘shimcha tushuntirishlar
Qachonki, 10-, 11- yoki 12-moddalarning qoidalarida ko‘zda tutilgan yuqoriroq stavka bo‘yicha soliq olingan holda, ortiqcha olingan soliq qaytarib berish to‘g‘risidagi arizalar Davlatning soliqni undirgan vakolatli organiga soliq undirilgan taqvimiy yildan so‘ng uch yil davomida jo‘natilishi lozim.
IX. 10- va 13-moddalarga doir qo‘shimcha tushuntirishlar
Tushuniladiki, kompaniyaning (qisman) tugatilishi yoki kompaniya aksiyalarini sotib olinishi munosabati bilan olingan daromad kapitalning o‘sishidan olinadigan daromad sifatida emas, balki aksiyalardan olingan daromad sifatida qaraladi.
X. 11- va 12-moddalarga doir qo‘shimcha tushuntirishlar
1. Ushbu Konvensiya 11-moddasining 2-bandi va 12-moddasining 2-bandi qoidalariga qaramay, agar va hozircha Niderlandiya o‘zining milliy qonunlariga muvofiq daromadlar manbaidan O‘zbekiston rezidentiga to‘langan foizlar yoki royaltiga soliq solmas ekan, ushbu Konvensiya 11-moddasining 2-bandida va 12-moddasining 2-bandida qarab chiqilgani kabi, foiz nisbati bunday holda nol stavkasigacha pasaytirilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
(X-moddaning 2-bandi O‘zbekiston Respublikasi bilan Niderlandiya Qirolligi o‘rtasida 2017-yil 6-fevraldagi Bayonnomaga asosan chiqarilgan)
XI. 16-moddaga doir qo‘shimcha tushuntirishlar
Niderlandiyaning “bestuurder or commissaris” kompaniyasi deganda aksiyadorlar yig‘ilishlari yoki shunday kompaniyaning boshqa har qanday vakolatli organi tomonidan tayinlangan shaxslar tushuniladi va ular kompaniyani va tegishli ravishda bo‘linmalarni umumiy boshqarishda ishtirok etadilar.
XII. 18-moddaga doir qo‘shimcha tushuntirishlar
Konvensiyaning 18-moddasi 1-bandi qoidalariga qaramay, O‘zbekistonning vakolatli organi Niderlandiyaning vakolatli organiga O‘zbekiston qonunchiligi bo‘yicha bunday to‘lovlarga O‘zbekiston soliq solishi mumkin, deb xabar bermaguncha, Niderlandiya o‘zining bunga taalluqli to‘lovlarga nisbatan milliy qonunlarini tadbiq etishi mumkin.
XIII. 24-moddaga doir qo‘shimcha tushuntirishlar
Tushuniladiki, 24-moddaning 3-bandida eslatib o‘tilgan, 23-moddaning 1-bandida aytib o‘tilgan kapital turlari chegirmalarini hisoblash maqsadlari uchun shu kapitalga uning garov bilan ta’minlangan qarz summasiga kamaytirilgan qiymat bahosini hisoblashda e’tiborga olinadi, 23-moddaning 2-bandida aytib o‘tilgan kapital turlari esa uning doimiy muassasa yoki doimiy bazaga tegishli bo‘lgan qarzlar qiymatiga kamaytirilgan qiymat bahosini hisoblashda e’tiborga olinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
XIV. 1 va 24a-moddalarga doir qo‘shimcha tushuntirishlar
1. Ushbu Konvensiyaning imtiyozlari Gollandiyaning investitsiyalarni soliqdan ozod qilish institutiga (Vrijgestelde beleggingsinstelling) nisbatan qo‘llanilmaydi.
2. Mazkur moddaning 1-bandi qoidalariga qaramasdan, Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli organlari Ahdlashuvchi Davlatlarning maxsus rejim subyekti hisoblangan rezidentiga nisbatan qaysi darajada Konvensiya imtiyozlarini taqdim qilmaslikni kelishish yo‘li bilan hal qiladilar.
(XIV-modda O‘zbekiston Respublikasi bilan Niderlandiya Qirolligi o‘rtasida 2017-yil 6-fevraldagi Bayonnomaga asosan kiritilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
XV. 25-moddaga doir qo‘shimcha tushuntirishlar
(XIV-modda O‘zbekiston Respublikasi bilan Niderlandiya Qirolligi o‘rtasida 2017-yil 6-fevraldagi Bayonnomaga asosan XV-modda sifatida raqamlangan)
Shu narsa nazarda tutiladiki, Orol dengizining “dengiz” sifatidagi maqomi xalqaro qonunlarga muvofiq, xalqaro miqyosda e’tirof qilingan taqdirdagina 25-moddaning qoidalari amal qiladi.
Tegishli tarzda vakolat berilgan quyida imzo chekuvchilar shunga guvohlik berib, ushbu Konvensiyani imzoladilar.
Gaaga shahrida 2001-yil 18-oktabrda ikki nusxada, har biri o‘zbek, niderland va ingliz tillarida tuzildi, bunda har uchchala matn bir xil kuchga ega.
Ushbu Konvensiyaning o‘zbek va niderland tillaridagi matn qoidalarini talqin qilishda kelishmovchiliklar vujudga kelgan taqdirda, ingliz tilidagi matn asos uchun qabul qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
XVI. 28 va 29-moddalarga doir qo‘shimcha tushuntirishlar.
28 va 29-moddalarning qoidalarini qo‘llash uchun daromadlar bilan bog‘liq Niderlandiya tartiblari bo‘yicha undiriladigan ulushlar va taqdim etiladigan imtiyozlar soliqlar sifatida ko‘riladi.
(XVI-modda O‘zbekiston Respublikasi bilan Niderlandiya Qirolligi o‘rtasida 2017-yil 6-fevraldagi Bayonnomaga asosan kiritilgan)
(imzolar)