Norasmiy tarjima
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
qarori
HUKUMATLARARO BITIMLARNI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
“Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 20-moddasiga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Tasdiqlansin:
2001-yil 4-mayda Moskva shahrida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Rossiya Federatsiyasi Hukumati oʻrtasida savdoda bilvosita soliqlarni undirish tamoyillari toʻgʻrisida toʻgʻrisidagi Bitim;
2001-yil 11-sentabrda Toshkent shahrida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi bilan Portugaliya Respublikasi oʻrtasida Ikkiyoqlama soliq solishni oldini olish va daromad soliqlarini toʻlashdan bosh tortishni bartaraf qilish toʻgʻrisidagi Konvensiya;
2001-yil 11-sentabrda Toshkent shahrida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi bilan Portugaliya Respublikasi oʻrtasida investitsiyalarni oʻzaro ragʻbantrilish va himoya qilish toʻgʻrisidagi Bitim;
2001-yil 18-oktabrda Gollandiya shahrida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Niderlandiya Qirolligi Hukumati oʻrtasida daromad va foyda soliqlariga nisbatan ikki yoqlama soliqqa tortishni bartaraf qilish, soliqlarni toʻlashdan qochish va bosh tortishni oldini olish toʻgʻrisidagi Konvensiya;
2001-yil 2-noyabrda Toshkent shahrida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Avstriya Respublikasi Federal hukumati oʻrtasida xavfsizlik va jinoyatchilikka qarshi kurashda hamkorlik qilish toʻgʻrisidagi Bitim.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov va Tashqi ishlar vaziri A.X. Kamilov Oʻzbekiston Respublikasining mazkur hujjatlarda nazarda tutilgan majburiyatlarni oʻz vaqtida bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlasin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2002-yil 20-fevral,
59-son