Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.12.2017 10.09.2012 yildagi PQ-1816-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.12.2017
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TAShQI IQTISODIY FAOLIYaTINI TARTIBGA SOLIShGA DOIR CHORA-TADBIRLARNI DAVOM ETTIRISh TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28-dekabrdagi PQ-3448-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasining 2017-yilgi versiyasini joriy etish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyatining Tovar nomenklaturasini jahon amaliyotida qoʻllanilayotgan Tovarlarni taʼriflash va kodlashning uygʻunlashtirilgan tizimi (2012-yilgi versiya) bilan unifikatsiya qilish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, jahon savdosiga chiqarilgan tovarlarning xalqaro klassifikatsiyasini uygʻunlashtirish maqsadida Jahon bojxona tashkiloti tomonidan Tovarlarni taʼriflash va kodlashning uygʻunlashtirilgan tizimiga 2012-yilda kuchga kirgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 2012-yilning 1-oktabridan boshlab yangilangan taʼriflash va kodlashning uygʻunlashtirilgan tizimi negizida ishlab chiqilgan Oʻzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyatining Tovar nomenklaturasi (2012-yilgi versiya) amalga kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Davlat bojxona qoʻmitasi bilan birgalikda 2012-yilning 1-oktabrigacha boʻlgan muddatda Oʻzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyatining Tovar nomenklaturasi (2012-yilgi versiya) chop etilishi hamda manfaatdor tashkilotlarga yetkazilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. 2012-yilning 1-oktabridan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga ilovaga* muvofiq oʻzgartishlar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
*Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. 2012-yilning 1-oktabridan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2008-yil 27-martdagi PQ–823-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki hafta muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2012-yil 10-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ–1816-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 38-son, 434-modda)