Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.10.2012 27.03.2008 yildagi PQ-823-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.10.2012
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 10-sentabrdagi PQ-1816-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyatini tartibga solishga doir chora-tadbirlarni davom ettirish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Eksport-import operatsiyalarini bojxona-tarif jihatdan boshqarishni yanada takomillashtirish, Oʻzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyati Tovar nomenklaturasini jahon tajribasida qoʻllanilayotgan Tovarlarni taʼriflash va kodlashning uygʻunlashtirilgan tizimi (2007-yilgi versiya) bilan unifikatsiya qilish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, jahon savdosida aylanayotgan tovarlarning xalqaro klassifikatsiyasini uygʻunlashtirish maqsadida, Jahon bojxona tashkiloti tomonidan Tovarlarni taʼriflash va kodlashning uygʻunlashtirilgan tizimiga 2007-yilda kuchga kirgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 2008-yilning 1-aprelidan boshlab tovarlar oʻninchi raqam darajasigacha yanada aniq klassifikatsiya qilingan (2007-yilgi versiyada) Oʻzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyatining yangilangan Tovar nomenklaturasi amalga kiritilsin
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Davlat bojxona qoʻmitasi bilan birgalikda 2008-yilning 10-apreligacha boʻlgan muddatda Oʻzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyatining yangilangan (2007-yilgi versiyada) Tovar nomenklaturasi chop etilishi hamda manfaatdor tuzilmalarga yetkazilishini taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 5-avgustdagi PQ-1169-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2009-y., 32-33-son, 359-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. 2008-yilning 1-aprelidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 2-ilovaga* muvofiq oʻzgartishlar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki hafta muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 2-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2008-yil 27-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-823-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 27-martdagi PQ-823-sonli qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 19-fevraldagi “Germaniya taraqqiyot banki hamda Quvayt arab iqtisodiy taraqqiyot jamgʻarmasi ishtirokida “Toshkent (Toʻqimachi) — Angren” temir yoʻl uchastkasini elektrlashtirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-582-son qarorining 6-bandidagi “drezinasi (TN TIF kodi 8604 000 00)” soʻzlari “drezinasi (TN TIF kodi 8604 000 000)” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 14-15-son, 98-modda; 2009-y., 32-33-son, 359-modda; 2012-y., 38-son, 434-modda)